Характерингизни 99% аниқлаб берувчи тест. Бу тест, Америкалик олимлар томонидан тасдиқланган!
Тест фақат аёллар учун. Қайси шакил ва холатда ўтиришингизни танланг ва характерингизни билиб олинг.
Сизга кулгули туюлиши мумкин, лекин бу хақиқат... ТАНЛАНГ👇🏻
Qani edi o‘z qo‘lim bilan,
Qabr toshga ismingni o‘ysam.
To‘qnash kelsang gar yo‘lim bilan,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Esga olsam qaynaydi qonim,
Azobdadir hali ham jonim,
Ko‘zlaringa qaragan onim,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Xaqiqatmi sening armoning,
Tugamaydi sira yolg‘oning,
Kuchga to‘lib qalbi vayroning,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Ko‘rmaganman sendek yomonni,
Qarg‘ish uzra joni omonni,
Qutqargancha notinch zamonni,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Charchamaysan yurak poralab,
O‘zi yarim dilni yaralab,
Sud bo‘lsa-yu sudda qoralab,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Ko‘z oldimda paymonang to‘lsa,
Hayot guling qurisa so‘lsa,
Shirin joning qo‘limda bo‘lsa,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Yashamoqdan umidim borki,
Niyatim shu tirikman toki,
Savobga ham qolarman balki,
Seni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ysam.
Muallif: Komila Qiz.✍
🌹🌹 Hamkasbimga 🌹🌹
Mashaqqatli kasbda oʻziz yoʻldoshim,
Hammadanam yaqin, doʻstim sirdoshim.
Dunyolarga oʻrnak Metin bardoshi,
Doimo sogʻ boʻling, Aziz hamkasbim 🌹🌹🌹
Mehringiz cheksizdir, dunyolarga teng, Oʻylasam sabringiz tillolarga teng.
Koʻnglingiz bunchalar Osmon qadar keng,
Doimo sogʻ boʻling, Aziz hamkasbim 🌹🌹
Oʻqituvchilik kasbin tanlabmiz yoʻlin,
Shogirdimiz tutdik mehr-la qoʻlin.
Yonimda boʻlsangiz Ravondir yoʻlim,
Baxtimga sogʻ boʻling, Aziz hamkasbim 🌹🌹
Bor mehringiz berib har oʻgʻil-qizga,
Doim havas qilay ,Siz bosgan izga.
Eng OLIY UNVONLAR arziydi sizga,
Baxtimga sogʻ boʻling,AZIZ HAMKASBIM🌹🌹🌹📝📝📝
Muallif: Sarvinoz Asad qizi✍️
31.08.2024-yil.
#тест
‼️Рухий холатингизни аниқловчи ва бутун дунйо бўйича 2- ўринда турувчи тест😮
Суратда қайси одам қорқинчили йоки жирканч коринайотганини танланг натижаси хайратда қолдиради🤯
Ohlarimdan yig‘ladi falak.
Ammo sendan kelmadi darak.
Ortga boqmay boraver mayli.
Sensizlikga rozi bu yurak.
Dilim azob qayg‘uga to‘ldi.
Gullamadi tuyg‘ular o‘ldi.
Taqdiriga ko‘nib ham bo‘ldi.
Sensizlikga rozi bu yurak.
Endi menga emassan nafas.
Iltimosim tinch qo‘ygin bir pas.
Istagim shu baxtli bo‘lsang bas.
Sensizlikga rozi bu yurak.
Seni deya ko‘zim bo‘lmas nam.
Ishonaver eslamayman ham.
Ketavergin qilmasa alam.
Sensizlikga rozi bu yurak.
Saralayver ho‘p saralarni.
Vaqt davolar dil yaralarni.
Unutaman hotiralarni.
Sensizlikga rozi bu yurak.
Ishq yo‘lida chekdim ko‘p jafo.
Lekin dardim emas bedavo.
Armon bo‘lding menga bevafo.
Sensizlikga rozi bu yurak.
Muallif: Komila Qiz.✍
Yoshini so‘ramang ayol kishidan.
Gul kabi go‘zaldur yuzga kirsa ham.
Dunyo zahmatidan qo‘li qavarib.
Yuzini ajinlar to‘sgan bo‘lsa ham.
Yangi novda kabi g‘uncha hilqat u.
Nozik yelkasiga tashvishin ortgan.
Yonib kuyib ro‘zg‘or bola chaqam deb.
Balki shuning uchun o‘zni yo‘qotgan.
Yoshini so‘ramang ayol kishidan.
Achinmang oynaga goh qaramasa.
Undanda muhimroq yumishi ko‘pdir.
Bir kunda sochini o‘n taramasa.
Umrining gullagan onlari bilan.
Beshigin tebratar murg‘ak go‘dagin.
Tunlari duoli allasi bilan.
Sekin oqartirar qaro sochlarin.
Yoshini so‘ramang ayol kishidan
Bolasin kamoli uning yoshligi.
Oyning chiroyiga alishmaydigan.
Ovunchi suyanchi qalam qoshligi.
Toqatli yaralgan ojiza zoti.
Shirin so‘z bardoshli bo‘lar qirqta jon.
Sug‘orib tursa bas bahtning bulog‘i.
Unutmang qarimas ayol hech qachon.
Muallif: Komila Qiz.✍
Ishonchning jilovi qo‘lingizdadir.
Omad tulporida oltin taxtlisiz.
Imkonlar qadamda yo‘lingizdadir.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.
Uyqudan uyg‘onib tongni ko‘rdingiz.
Oila yaqinlar holin so‘rdingiz.
Sog‘lomisiz baquvvat shaxdam yurdingiz.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.
Qarigan bo‘lsada otangiz bordir.
Duogo‘y mehribon onangiz bordir.
Yetim bolalarchi ularga zordir.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.
Turmush o‘rtog‘ingiz yoningizda-ku.
O‘g‘lingiz qizingiz joningizda-ku.
Ham yaxshi ham yomon oningizda-ku.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.
Hassasiz oyoqda turishingiz baxt.
Yurakdan quvonib kulishingiz baxt.
Asli bu dunyoda bo‘lishingiz baxt.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.
Tuningiz yorug‘dir nur sochar yog‘du.
Sizni yenga olmas xasrat-u qayg‘u.
Noligan kuningiz kimgadir orzu.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.
Muallif: Komila Qiz.
Imkon bo‘lsa sen bilan o‘tgan,
O‘tmishimda qolib ketardim.
Ket deyishsa dunyoni tashlab,
Suratingni olib ketardim.
Sendan bo‘lgan bo‘lsamda judo,
Bil sen uchun shu jonim fido,
Sog‘inchimga birgina davo,
Suratingni olib ketardim.
Xayolimga makonin qurgan,
Yurak bilan ko‘ksimda urgan,
Menga qarab jilmayib turgan,
Suratingni olib ketardim.
Avaylayman o‘zimdan ortiq,
Sendan menga yagona tortiq,
Sevsam kerak o‘zingdan ortiq,
Suratingni olib ketardim.
Kulsam men-la birga kular deb,
Balki yarim ko‘nglim to‘lar deb,
Yolg‘izlikda birga bo‘lar deb,
Suratingni olib ketardim.
Kuta-kuta umidim o‘lsa,
Vaqti kelib paymonam to‘lsa,
Kafanimning cho‘ntagi bo‘lsa,
Suratingni olib ketardim.
Muallif: Komila Qiz.
18.08.2024.✍
Овқат ейиш одоби...
Ҳозирги пайтда кўпчилик унутган бу оддий нарсаларни
Реакция!(👍👎)
Sizlar bilan o‘z holiga kulib-kulib,
Dardlarini ichga yutgan bir dil edi.
Ayamasdan qiynadingiz ozor berib,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Qaytar dunyo qaytdi mana o‘zdan ko‘ring,
O‘sha mahal degandim-a qarab turing,
Ko‘ngilchangiz og‘ridimi battar bo‘ling,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Bizning ko‘ngil og‘riganda bilmadingiz,
Yoki bilib atay parvo qilmadingiz,
Endi o‘zdan o‘tdi qarang yig‘ladingiz,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Bir men emas sizlardan ham o‘tdi ayblar,
Barchasini xotiramga qildim qaydlar,
Ojiz edim kuchsiz edim o‘sha paytlar,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Ming hil sinov bilan toblab bardoshimni,
Yashirishni o‘rgatdingiz ko‘z yoshimni,
Sizlar sabab ko‘taryabman tik boshimni,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Bora-bora jabringizdan chekib ozor,
Qarang hatto o‘z-o‘zimdan bo‘ldim bezor,
So‘ng o‘zgardim hudbinlikdan sovutim bor,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Sabr qilib u kunlardan o‘tdim omon,
Eslaganda yurak bir jiz etar hamon,
Sezayabman ahvolingiz hozir yomon,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Ahmoqligim o‘ylasam gar chiqar jahlim,
G‘azabimdan bo‘ysunmaydi menga aqlim,
Rahmdilman lekin sizga kelmas rahmim,
Bizniki ham siznikidek ko‘ngil edi.
Muallif: Komila Qiz.
03.09.2024.✍
🌹 Ilk Muhabbat 🌹
Koʻzlarim kutmoqda Sizni yoʻl qarab,
Yashayapman Vafo,Sadoqat bilan.
Doim kelishingiz Xudodan arab,
Kutyapman Ishq, Mehr-muhabbat bilan.❤️❤️❤️
Sizni ilk yomgʻirlar esga soladi,
Sevgimiz yoʻlidan bugun oʻtyapman.
Bizga keldi ogʻir sinov kunlari,
Bu kun Sabr bilan sizni kutyapman.🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Sizni izlab koʻzlar boʻlganda giryon,
Qarang! Yigʻlamasdan oʻzni tutyapman.
Vafoda Robiya kabi men hamon ,
Sizni zor,intizor boʻlib kutyapman.🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Koʻzim qarorlari yosh toʻkkan mahal ,
Kulib dardlarimni ichga yutaman.
Halimadek yoʻlingizga men boʻlib mahtal,
Cheksiz muhabbatla sizni kutyapman 🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Keling!kutmayapman ...keling bir bora,
Shunda qalbdan sizni quchoqlab oʻlay.
Men hayot va hayol yoʻllaringizda
Bir umr yoningizda yor boʻlib qolay🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Keling! kutayapman...keling!!!
Muallif.Sarvinoz Asad qizi✍✍✍
Ассалому алайкум Ўлкамизга гўзал сокин ўзингинг тарвати майин шабодаси билан КУЗ фасли кириб келди!!! 🍂
Хуш келибсан Олтин Куз!!! 🍁
Илохим қадамларинг қутлуғ келсин!!!
Барча барчамиз шунақа мустақиллик байрамини арафасида тинчлик хотиржамликда кўп йилларга бағри бутунликда қатормиздан хато➖ бўмий кутиб олишлик насиб этсин.
🍂 Дўстларим Қадрдонларим кириб келган КУЗ ФАСЛИ муборак бўлсин!!!
Хонадонизга қут➖ барака тинчлик хотиржамлик куз ойининг гўзал кунларни биргаликда ўтқазиш барчамизга насиб этсин!!!
🍂 Ассаламу алайкум Яхшиларим!!!
Хуш келибсан 1➖Сентябрь
🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃
✿♥✿𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒂𝒎𝒊𝒛✿♥✿
⚡Бугун Ўзбекистон ўз мустақиллигини эълон қилганига 33 йил тўлди!
Байрамингиз муборак бўлсин, азиз юртдошлар!
Ovoz bering va 1 million so'm yutib oling. 🥳
Bu hammasi emas har bir bergan ovozizga 55000 so'm to'lab beriladi
@Openbudgetchibot ga kiring va ovoz bering! Xar bir bergan ovingiz uchun pul mukofoti beriladi!
To‘lovlar 1-2soniya ichida avto amalga oshiriladi!✅
ҲАҚ СИЗНИ СУЙИБ.. 🤲❤️
#ОНЛАЙН БИТИЛДИ..
Аслида Ҳақ сизга ташласин назар,
У сизни ҳеч қачон унутмайди ҳам.
Дунёдан кетишни битса гар қадар,
Гар Аллоҳ истаса туганмас бу ғам..
Кетишга оламдан шошманг биродар,
Яшамоқ неъматдир, нафас ғанимат.
Шундоқ ҳам умримиз бўлди дарбадар,
Тақдири азалга қилманг ҳусумат..
Ҳаёт саҳнасидан мўралаб гоҳи,
Сарҳисоб қилишга улгурмоқ зарур.
Сохталар даврасин оралаб гоҳи,
Тўғрилик йўлида югурмоқ зарур!
Кимгадир соғиниш келсада малол,
Куюниб ўтирманг қовоқлар уйиб.
Арзимас дилларга бўлманг сиз увол,
Жаннатларда кутсин ҲАҚ сизни суйиб!
Кетишга оламдан шошманг биродар..
23.08.24 Тошкент 22-37
🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
#UZBEKISTAN🇺🇿
✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ
#ЯНГИ ИЖОДИМ.. ☝️
@Dilafruz_Eshonqulova
🗣 O’ychi o’ylaguncha, tavakkalchi “OpenBudget”ga 20 000 so’mdan ovoz beradi!
🤖 Bizning to'liq avtomatlashtirilgan botimizdan ovoz bering va soniyalar ichida 20 000 so’m kartangizga yoki paynet raqamingizga darrov tushirib beriladi.
👍 Ishoning, bunaqasi hali bo'lmagan. Har bir ovoz uchun kafolatlangan 20 000 so'mdan beramiz. Bu yolg'on emas. Albatta ovoz berib, sinab ko'ring!
🤖 Ovoz berish uchun bot: @OpenLoyihaBot
Бузилмас, зўр иймон қасри - ота меърос,
Йиллар ўтиб ишқнинг фасли - ота меърос,
Шоирлик ҳам менга асли ота меърос,
Оналардан кам севмайди, оталар ҳам!!!
ОТАЛАРИМИЗНИ АСРАБ-АВАЙЛАЙЛИК!
Keling endi sevishmaylik biz,
Ishq o‘yini jonimga tekkan.
O‘zi hasta bu yuragimga,
Sevgi deya ko‘p ozor yetgan.
Barin qayta boshlashim uchun,
G‘urim yo‘qdir sira shahdim yo‘q.
Boshimdagi tashvishim yetar,
Siqilishga yana vaqtim yo‘q.
Qani ayting siz aytgan ishqda,
Baxt-u omad muhabbat jammi.
Bu hayotda yashab sizningcha,
Ko‘rayotgan azobim kammi.
Sevsak agar sevgimiz boshi,
Quvonch bilan boshlanar mayli.
Hijron bilan quvlashib o‘ynab,
Tutqich bermay bo‘lamiz Layli.
Osmonlarga uchgan hayoldan,
Quloqlar kar ko‘zlarimiz ko‘r.
Avaylaymiz bir-birimizni,
Sevishganmiz endi bizlar zo‘r.
Bora-bora jonga ham tegar,
Salom alik bir hil gap so‘zlar.
Bezorlikdan xiyonatdan so‘ng,
Ochiladi ko‘r bo‘lgan ko‘zlar.
Kelmay qolar tongda SMS,
Chaqirmaydi uzoq qo‘ng‘iroq.
Asablarni buzgancha rosa,
Qiynar sog‘inch qiynaydi firoq.
Lekin ta‘bim ko‘tarmas endi,
Ayriliqning oshin yeyishga.
Sevdim degan tilim bormaydi,
Taqdir emas ekan deyishga.
Shunday ekan qo‘ying bularni,
Bular o‘yin muhabbat emas.
Agar shuni sevgi desangiz,
Bunday sevgi menga kerakmas.
Muallif: Komila Qiz.✍