onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

****.
Дарёларнинг оқ булоғинда,
Булбулларнинг гул ёноғинда,
Кўнглим арши шамчироғинда,
Ҳаё берган безакларим бор.

Қароғимда чарҳ урса бедор,
Гоҳи бўлса икки дунё тор,
Истайман-да, бўйнимга тумор,
Хаёл эзган кўлмакларим бор.

Ўша гўзал кунларим ҳаққи,
Жон олгувчи унларим ҳаққи,
Қора чопон тунларим ҳаққи,
Харсангдайин юракларим бор.

Булутларнинг қат-қатларида,
Йўлларимнинг бекатларида,
Сабр тўлган тоқатларида,
Менинг сонсиз тилакларим бор.

Сокинликка туташса умрим,
Найсонимда кезинар руҳим,
Ғариб ғордан ясалган кўнглим,
У Дунёда малакларим бор.

У Дунёда малакларим бор...

МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон.
2022 йил. 7 июл.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

O‘zimga uy tanladim ona.
Azoblardan tashvishdan holi
Mendan o‘zga sizg‘maydi unga,
Lekin ko‘chib o‘tmayman hali.

Biroz vaqt bor tayyor bo‘lmadi
Chalasi ko‘p kami bitmagan.
Galing keldi kiraqolgin deb
Ajal menga kalit tutmagan.

O‘zimga uy tanladim ona.
Balki yolg‘iz qo‘yar alamlar.
Yurak yutib har ikki kunda
Meni yo‘qlab kelmas odamlar.

Jamadonga solgan kiyimdek,
Taht qilyabman savob gunohim.
Lek bilmayman qaysi ko‘pligin,
Barchasini bilar Allohim.

O‘zimga uy tanladim ona.
Na eshik na derazasi bor.
Qimmatbaho gilam pardasiz,
Ammo undan qilmagayman or.

Eng sifatli g‘ishtlar kerakmas,
Yetar menga birgina iymon.
Zulmatimni nurga to‘ldirib,
Devorini bezasin Qur'on.

O‘zimga uy tanladim ona.
Ba'zan unga borgim keladi.
Bu dunyoga sig‘magan paytim,
O‘sha yerda qolgim keladi.

Men u uyda sog‘lom bo‘laman,
Qo‘llarimdan tutmaydi dardlar.
Holi qo‘yar og‘riqlarim ham,
Ozor bermas gap so‘z g‘iybatlar.

O‘zimga uy tanladim ona.
O‘q libosda ko‘chaman bir kun.
Yonda ikki farishta bilan,
Osmonlarga uchaman bir kun.

Zo‘r mashinam bo‘ladi shu payt,
G‘ildiragi odamdan bo‘lgan
Go‘yo bari meni e'zozlab,
Yelkasiga opichlab olgan.

O‘zimga uy tanladim ona.
Ketsam agar qaytib kelmayman.
Dardim aytib hayotdan nolib,
Sizni sira bezor qilmayman.

Har zamonda meni sog‘inib,
Ko‘p yig‘lamang ho‘pmi kelmasam.
Tug‘ilgan kun yoki to‘ylarda,
Uyingizga mehmon bo‘lmasam.

©Muallif: Komila Qiz.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yelkam uzra boshiz boʻlsa suyanch boʻlsam,
Taqdir nomli uzun yoʻlda tayanch boʻlsam,
Sogʻinganda qalbingizga yupanch boʻlsam,
Jannatlarda chorlasam yor kelasizmi

Koʻzlarim yor sizdan boshqa koʻrmas boʻlsa,
Oshiq dilim sizsiz bir zum koʻnmas boʻlsa,
Soʻzingiz siz jannat hidi yuqmas boʻlsa,
Jannatlarda chorlasam yor kelasizmi

Muhabbatning boli shirin nomi goʻzal,
Kim suymagan, suygan dillar ishqda oʻzar,
Jonim deya, borim deya goʻzal soʻzlar,
Jannatlarda chorlab aytsam kelasizmi

Muzaffardan soʻrang qadrin Sarvinozim,
Udir Dilbar , sarviqomat, hushovozim,
Alloh ato etgan menga mukofotim
Jannatlarda chorlasam yor kelasizmi

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Tilimda kalomim aylansin ohir
Azroil doʻstimdek kelsaydi ohir,
Bu dunyo ichinda, qisqa umrimda,
Yaxshisi oshkora, yomoni zohir.

Mening ularga hech yoʻq husumatim,
Rozilig ololsam shu erur baxtim,
Robbimdan magʻfirat eng goʻzal taxtim,
Yelkada koʻtarar koʻpdir tobutim.

Doʻstman deganlarni alqadim suydim,
Tashvishi tashvishim deb yondim kuydim,
Dardlari meniki ichimga tuydim,
Yelkada koʻtarar koʻpdir tobutim.

Yorimdan nidolar tinmas sezaman,
Suyganda suymasa kuymas bilaman,
Yo robbim halolim sen deb sevaman,
Yelkada koʻtarar koʻpdir tobutim.

Farzandlar oʻstirsam haq yoʻling uchun
Sarflasam kamolin bermogʻing uchun,
Yetarmi tolesin koʻrmoqqa umrim,
Yelkasida koʻtarsa edi tobutim.

Ne qilay ichimdan oʻtar bitta zil,
Sezaman qismatim, yo deymi taqdir,
Har bandang rizqini ohiri bordir,
Yelkada koʻtarar koʻpdir tobutim.

Muzaffar kasbingni sharafla, asra,
Shukriga bor kuchu, imkoning ata,
Sababchi boʻlsang gar shifoga har gal,
Yelkada koʻtarar koʻpdir tobutim.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🟠🔴🔴🔴🟠🔴🟠🔴🟠🟠🟠

💥БУГУН 18-СЕНТЯБРЬ
МУРОДБАХШ ЧОРШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН
❤️

🍃🌼 Бошлаётган кунингиз, хайрли-барокатли ўтсин!

🍃🌼 Қанчадан бери амалга ошмаётган орзуларингиз рўёбга чиқсин!

🍃🌼 Ризқингиз кенг, ҳар бир босган қадамингиз тавфиқ, тавбаларингиз қабул, дуоларингиз ижобат бўлсин!


Аллоҳ паноҳида бўлинг! 🤲

🍃Чоршанба кунингиз хайрли ўтсин, азизларим🍃

🌸🌼 ХАЙРЛИ ТОНГ 🌷🌹

Яқинларга  ҳам  улашинг!

Реакция!(👍👎)

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

***

Ёмғир бўлиб ёғай, кулбангизга мен,
Тирмалаб ташлайман деразангизни.
Сиз эса осуда, олаяпсиз тин,
Тушингизда кўриб, мовий денгизни.

Кўкда порлар юлдуз, севгимдир азал,
Буни тушунмайсиз, ҳеч қачон бироқ.
Сизни ўзимданда, кўраман абзал,
Аммо қисматимиз, муросасизроқ.

©  Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🔮Психологик тест🔮

🕯️Хонада 9та ёниқ шам турибди, шундан 6тасини ўчириб кетсак, хонада нечта шам қолади?

Тўғри жавобни танланг👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

САМИМИЙ, ОҚ-КЎНГИЛ, АДОЛАТПАРВАР, АЖОЙИБ ШОИРА "ЎЛСАМ ЖАНОЗАМНИ БУЛБУЛ ЎҚИСИН "ШЕЪРИНИНГ МУАЛЛИФИ #БИБИСОРА ТУРОБОВАНИ ОХИРАТИ ОБОД БЎЛСИН ИЛОҲИМ. АЛЛОҲ ЎЗ РАҲМАТИГА ОЛГАН БЎЛСИН ИЛОҲИМ. ДЎРМОНДА УЧРАШИБ РАСМЛАРГА ТУШИБ, УЗОҚ СУХБАТЛАР ҚУРГАНИМИЗДА
"ИСТЕЬДОДИНГИЗ БОР ЭКАН, УНИ ДОИМО ШУ ЭЛ УЧУН ИШЛАТИНГ, АЛЛОҲИМНИНГ СУЙГАН БАНДАСИ БЎЛИБ, ХАЛҚИМИЗНИНГ ҚАДРЛИ ШОИРАСИ БЎЛИНГ ИЛОҲИМ" ДЕБ ГЎЗАЛ ДУОЛАР ҚИЛГАНДИЛАР. АЛЛОҲ ЎЗ РАҲМАТИГА ОЛГАН БЎЛСИН. ҲАҚЛАРИГА ИЛТИМОС ДУОДА БЎЛАЙЛИК. 🤲🤲

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🤲

МЕНИ БИРГИНА САВОЛ ҚИЙНАДИ.. НЕГА ОДАМЗОДНИ ТИРИКЛИГИДА ҚАДРЛАШ КАМРОҚ БЎЛИБ, ОЛАМНИ ТАРК ЭТСАГИНА ҚАДРЛАНАДИ? РАҲМАТЛИ БЕТОБ ЭДИЛАР.. ҲАЁТЛАРИНИНГ СЎНГГИ ЛАҲЗАЛАРИДА ҲАМ "ИЖОДКОРЛАРНИ ҚИЙНАБ ҚЎЯМАН БЕМОРЛИГИМНИ БИЛМАЙ ҚЎЯ ҚОЛИШСИН" Деган аудиоларини эшитдим..ўша кундан буён қўлимга қалам ололмадим..😢🤲

15. 09.2024 ТОШКЕНТ

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ШОИРА БИБИСОРА ТУРОБОВА ОЛАМДАН ЎТДИ...

Халқимизнинг яхши шоираларидан бири, атоқли шоира Зулфия опанинг шогирди Бибисора Туробова 1446 йил Робиъул-аввал ойининг 11-кунидан 12-кунига ўтар кечаси, милодий ҳисобда 2024 йил 15-сентябрда дунёни тарк этди.

Шоира опамиз икки ўғли билан Дўрмон Ёзувчилар ижод уйининг  19-далаҳовлисида яшаб турган эдилар

Сўнгги ижод намуналари:

КЕЛИН САЛОМ" шеърий китоби, "Муҳаррир" нашриёти, Тошкент, 2020 йил,

"МЕН ИЗЛАГАН ҚУВОНЧ", шеърлар китоби, "Адабиёт"  нашриёти, Тошкент, 2021 йил.

Жоноза намози ва дафн вақти борасида хабар берилали.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yurakda umidi aslo so'lmasin.
Onam deb ko'zlari yoshga to'lmasin.
Ollohim qo'llagin bandalaringni.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Ko'ziga dunyolar tor bo'lib ketar.
Gadoy-u g'aribdan hor bo'lib ketar.
Davosiz dard bo'lsa chorasiz netar.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Saharda quyoshsiz tongi otarkan.
G'amlarni quchgancha kuni botarkan.
Ollohga yolvorib tuni o'tarkan.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Ko'zidan aylanib ketmas ekan nam.
Yarimta ko'ngliga sig'maydi qil ham.
Shifo berolmasa qilarkan alam.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Nochor bechoramiz qarshingda biz jim
Ojizmiz sen kabi bo'lolmas hech kim.
Yaratgan sendan bir yolg'iz o'tinchim.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Yayrasin farzandlar baxtini ko'rib.
Yonida yursa bas duolar qilib.
Makkaga borsinlar hojilar bo'lib.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🌿🍃ХАЙРЛИ ТОНГ🍃🌿

🌻Ассалому алайкум   
              мехрибонларим🌻
🍁 Душанба тонги муборак бўлсин!

АЗИЗЛАРИМ,
Хамиша АЛЛОХ нинг панохида бўлинг 🤲🤲🤲🌻
Дастурхонингиз рисқли, Рўзғорингизга барака,
Хонадонингизга тинчлик хотиржамлик,
Оилангизга бахт-саодат,
Шодлик қувончлар тилайман

🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃🍁🍃
  

✿♥✿𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒂𝒎𝒊𝒛✿♥✿

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bir insonni iltimosiga ko‘ra yozildi.

Keling agar taklifimga hop desangiz,
Uchrashuvga Mers mashina minib boray.
Muhabbatim haridori ko‘p desangiz,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Nafasingiz tiqilsa ham bo‘g‘zingizga,
Juda bino qo‘yibsiz-a o‘zingizga,
So‘rang berib qancha sig‘sa og‘zingizga,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Qimmat qimmat restaranda yeb ichaman,
Samalyotda Dubay tomon ho‘p uchaman,
Endi sizlar orzu qilgan boyvachchaman,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Poylay sizni gullar sochib yo‘lingizga,
Iphone15 olib beray qo‘lingizga,
Zora shuda yo‘l topolsam ko‘nglingizga,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Kambag‘al deb kamsitgandi bir holangiz,
Sovchilarga yo‘q degandi jon onangiz,
Menga katta narx aytgandi shu otangiz,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Hamma ketdi yolg‘iz qolib g‘amni quchdim,
Alamimdan o‘zim yonib o‘zim o‘chdim,
O‘sha payti boy bo‘lishga qasam ichdim,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Zamon kelib bo‘lib qoldik biz shunaqa,
Sizga bunday taklif bo‘lmas hech bunaqa,
Bering o‘sha o‘tmay qolgan sariq chaqa,
Sevgingizni pullarimga sotib olay.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🕋 🌙 🤲

Hafta ichra turli kun,
Turli sahar, turli tun.
Eng muqaddas, nurli kun
Juma ayyom muborak!

Dinimiz doim omon,
Dillarda ishqu iymon.
Ey muhtaram musulmon,
Juma ayyom muborak!

Alloh duolarimizni ijobat,
Farzandlarimizga salohiyat,
Ibodatlarimizga go‘zallik,
Rizqimizga baraka bersin!
Allohning panohida bo‘ling!

JUMA MUBORAK

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Buyurtma asosida yozildi.

So‘rab surishtirib ustimdan kulib,
Ichimda dardimni xech bilmaganlar.
Otam-u onamning yo‘qligin bilib,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Baxt uchun kurashda bo‘lmayman taslim,
Ichim bilan tashqim bir hildir aslim,
Avlodim ajdodim o‘zbekdir naslim,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Bir kelgan hayotga takror kelmaysiz,
Erta ne bo‘lishin aniq bilmaysiz,
Sizlar ham dunyoga ustun bo‘lmaysiz,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Kimdir ko‘p yashaydi kimdir esa oz,
Vaqt o‘tib uzilar hatto qo‘lda soz,
Bizga ota ona o‘lmog‘i meros,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Sovchi bo‘lib eshik qoqolar edim,
Kuyovmas o‘g‘ildek yoqolar edim,
Qizingizni o‘zim boqolar edim,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Shukr ba‘zilardek emasdirman hor,
Mol dunyo davlatim uyim joyim bor,
Aslo yetimlikdan qilmagayman or,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Anglolmay qolyabmam tushim o‘ngimni,
Afsus bilmadingiz asl sevgimni,
Bergan bo‘lar edim sizga mehrimni,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Yoshlikda bularni anglamaganman,
Hatto yolg‘izman deb yig‘lamaganman,
Bu xayotni xoxlab tanlamaganman,
Yetim deya menga qiz bermaganlar.

Muallif Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ассалому алайкум қадрли обуначиларим.
ОМОНАТ ДУНЁДА ҲАР БИР НАРСА НЕЪМАТДИР, УМРИМИЗ ҒАНИМАТДИР, СИНОВЛАР ФИТРАТГА ЙЎЛДИР, МЕҲРЛИ БЎЛИШ ОҚИБАТГА ЙЎЛДИР.
ОТА-ОНАНИНГ СЎНГГИ МАНЗИЛИГА КУЗАТИШЛИК БИЗ ФАРЗАНДЛАРНИНГ БУРЧИДИР. ОТА-ОНА КИМ БЎЛИШИДАН ҚАТЪИЙ НАЗАР УЛАР БИЗ УЧУН АЗИЗДИР. 🤲

ХОЖА АҲРОРИ ВАЛИЙ ҲАЗРАТЛАРИНИНГ 15-16 чи АВЛОДЛАРИДАН АМИРХОН ЎҒЛИ АЛИШЕРХОН ТЎРА ХОЖИ,🤲🥀
(1956.16.06/ 2024.20.09 чамаси соат 02 лар)да омонатларини Ҳаққа топширдилар🤲

#ОТАЖОНИМ ЖОЙИНГИЗ ЖАННАТЛАРДА БЎЛСИН ИЛОҲИМ. ШАЖАРАМИЗНИНГ ☝️☝️ ЯНА БИР УСТУНИ ҲАҚ ОЛДИГА ЮЗЛАНДИ. СИЗНИ ЖУДА ЯХШИ КЎРИБ, СОҒИНИБ ЯШАДИМ. 🤲🤲😢🌹
ОХИРАТИНГИЗ ОБОД, ХИДЛАГАНИНГИЗ РАЙҲОН, БОРГАН БОҚИЙ МАНЗИЛИНГИЗ ЖАННАТ БЎЛСИН ИЛОҲИМ. 🤲

ЎЛИМ ҲАҚ БУ ДУНЁ ФОНИЙ, ЎЛИМ ҲАҚ БУ ДУНЁ ЎТКИНЧИДИР..

21.09.2024 МАРҒИЛОН

🤲💦🤲💦🤲💦🤲💦🤲💦🤲🥀

СОҒИНЧЛАРНИНГ ШАРОБИДАН ТЎЙДИМ БУГУН,
БОЛАЛИКНИНГ ХУН БАҒРИНИ ЎЙДИМ БЕУН,
ҲАҚҚИНГИЗГА ДУОЛАРНИ ЙЎЛЛАЙ БУ КУН,
АРМОНЛАРГА ТАШЛАБ КЕТГАН ОТАЖОНИМ!

💦🤲💦🤲💦🤲💦🤲💦🤲💦🤲💦

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ox otashing bunchalar totli
Shoʻx qarashing meni hoʻp yoqdi,
Bu gul yuzlar maftunlar etdi,
Choʻgʻ qonlarim sen tomon oqdi.

Ishqing meni qilmasmi tamom,
Sensiz boʻlmoq bunchalar yomon,
Bugun seni sogʻindim ishon.
Manzil boshla yorginam tomon.

Soʻrogʻim bor, holingmi menday,
Sahroda choʻl qoldimmi qumday,
Ichmoqqa suv chanqogʻim senday,
Oldimda yoʻl yor senga yetay.

Koʻzlaringni qilmagin mayus,
Mehribonim chorla yuzma yuz,
Yuragimda ishqim bir talay,
Sevgimizdan ishq qolsin ojiz.

Sogʻinchimni eltsinda koʻkka,
Hijronimni yashirdim qalbga,
Otashingni qumsadim ohir,
Manzilimni boshlaymi senga

Oh otashing bunchalar totli...

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️𝐌arjona_𝐀sadova|🧸🩶 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#Тезкор
Ойлик 30.000.000 сўмгача бўлган яхши иш қидирганлар учун Тошкент шаҳрида янги иш ўринлари очилди!👇

/channel/+B-9Lkd0aXDFmNTY6

Ётоқ жой, тушлик билан таъминланадиганлари ҳам бор, кириб кўринг.
👇👇👇👇👇👇👇👇

/channel/+B-9Lkd0aXDFmNTY6

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🟠🟠🟠🔴🔴🟠🔴🟠🔴🟠🟠🟠

💥БУГУН 17-СЕНТЯБРЬ. ГЎЗАЛ СЕШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН! 💐🕊

​​Ҳидлайдиган ифорингиз ➖ Жаннатники,
Суянадиган деворингиз ➖ Каъбаники➖🕋

Атрофингиз Аллоҳнинг севган бандалари ила тўла,💐
Кўнгилдан қилган барча
дуоларингиз қабул бўлсин!🕊

Аллоҳ сизни шу даражада севсинки, илк сўзи: «Бандам, сендан розиман» бўлсин! 🌺

Кунингиз хайрли, барокатли, фойдали ва манфаатли ўтсин
!!

Яқинларга  ҳам  улашинг!

Реакция!(👍👎)

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

****.
Эртакка айланма ҳамроз қалби-мо,
Ахир дунёларда ёлғизим ўзинг.
Унсиз саҳроларда девонамисол,
Қидириб юрмайин табаррук изинг.

Кўзларим селида оқсада тақдир,
Майли чидайманда, тутол феълига.
Минг йилки танларим ўрганиб кетган,
Инжиқ изғириннинг совуқ елига.

Осмондай бепаён умрим йўлида,
Гул-чечаклар унсин саботларимдан.
Ҳурлик уруғларин сепай дилларга,
Аршларда чарҳ айлаб қанотларимдан.

Денгиздай ҳайқириб бу муштдек юрак,
Тинмайин югурса Хақ сўз ортидан.
Меҳрлари оташ,содда кўнгли-мо!
Менга ўзингдирсан,энг гўзал Ватан!

Эртакка айланма, содда қалби-мо!...

МАМЛАКАТ ЎКТАМ. Марғилон..2022 йил. 1 ноябр.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

"ЎЛСАМ ЖАНОЗАМНИ БУЛБУЛ ЎҚИСИН" 😭🤲🌹

✍БИБИСОРА ТУРОБОВА

🎙ДИЛБАР ОХУНОВА

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Сабрингиз етса оҳиригача кўринг
ва эшитинг!!
Бир оз вақт ажратиб шу видеони кўринг азизлар

Жуда жуда ҳам таъсирли, группаларга ва ҲАММА ҲАММАГА тарқатинг ✿︎


✿♥✿𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒂𝒎𝒊𝒛✿♥✿

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Azizbek Toshpo'latov
Premyera
" Bitta gapim bor "
Remix
🔥
( 2024 )

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🟠🟠🔴🔴🟠🔴🟠🔴🟠🟠🟠

💥БУГУН 11-СЕНТЯБРЬ
МУРОДБАХШ ЧОРШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН
❤️

🍃🌼 Бошлаётган кунингиз, хайрли-барокатли ўтсин!

🍃🌼 Қанчадан бери амалга ошмаётган орзуларингиз рўёбга чиқсин!

🍃🌼 Ризқингиз кенг, ҳар бир босган қадамингиз тавфиқ, тавбаларингиз қабул, дуоларингиз ижобат бўлсин!


Аллоҳ паноҳида бўлинг! 🤲

🍃Чоршанба кунингиз хайрли ўтсин, азизларим🍃

🌸🌼 ХАЙРЛИ ТОНГ 🌷🌹

Яқинларга  ҳам  улашинг!

Реакция!(👍👎)

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Маҳмуд АБДУЛҲАМИД iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Buyurtma asosida yozildi.

Soyga oqqan suvdayin,
Soylarga oqmabmizda.
Biz kambag‘al boy qizga,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Bo‘lmasak Shirin Farhod,
Bo‘lmaydi dunyo barbod,
Davom etadi hayot,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Osilib baland dorga,
Chiqdikmi hor-u zorga,
Bir erkatoy dildorga,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Yurakka tegmadi o‘q,
Kuydirmadi alam cho‘g‘,
Birovda zo‘rimiz yo‘q,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Ishq kuyini kuylabmiz,
Dilga yolg‘on so‘ylabmiz,
Sevadi deb o‘ylabmiz,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Ular ekan yagona,
Bizchi qalbi vayrona,
Qo‘ying o‘ylamang ona,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Oylardanda oyiga
O‘t tushsin chiroyiga
Tupurdim shu boyiga,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Shukr deyman jonim sog‘,
Yozdagidek ko‘nglim chog‘
Qilmayman hech oh-u voh,
Yoqmasak yoqmabmizda.

Muallif: Komila Qiz.
08.09.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Зўр ёзасиз, Комила қиз, мухлисангизман😇👍

Читать полностью…
Subscribe to a channel