onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️𝒮𝒶𝓀𝒾𝓃𝒶𝓉... iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Zarra bo‘lsa sezarmisan ayt?,
Uzoqlardan mayus tikilsam?.
Qiziq yoki tanirmikansan,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Eslatgancha o‘tmishdan kulib,
Kipriginga marjonlar ilib,
Ust boshingni jiqqa ho‘l qilib,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Sukut saqlab sinab doshingni,
Sezdirmasdan oqqan yoshingni,
Tolasini silab sochingni,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Yaqin bo‘lib yana o‘zinga,
Aylansam bas tilda so‘zinga,
Hech yo‘q tomchidayin yuzinga,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Shu ahvolni o‘zga ko‘rib eb,
Qo‘ygandirman balki esim yeb,
Qo‘llaringni taftin sezay deb,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Sog‘inch seni qilganda humor,
Mendan bo‘lgan bo‘lsangda bezor,
Rozimisan bir ongina yor,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🍂🍁ЧИРОЙЛИ САБР🍂🍁

Орзуингни менга кўриштир ,
Армонларни унут қошимда.
Саодат йўлига, эргаштир,
Ишқ ифори, бармоқларингда.

Менга ишон! Кўнглимга ишон!
Зарра дилга, солма хавотир.
Қадамларда ғовлар намоён,
«Муҳаббат- бу илоҳий қаср».

Мен ўзгардим, сен ҳам улғайдинг,
Энди ҳислар эртакнамодир.
Зар-у зебга меҳрлар қўйдинг,
Сени севмоқ катта хатодир.

Лек барибир севавераман,
Кўнглим асов, буйруғим ўтмас.
Йиғлоқиман, йиғлайвераман,
Ишқ дегани эмас-ку ҳавас.

Ёнимда бўл тарк этма фақат,
Етказсангда қалбимга жабр.
Эришаман бахтимга албат,
Қилиб яшай, чиройли сабр.

©  Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bir kun o‘lishingni aniq bilsang-u,
Lek erta tug‘ilib erta o‘lmasang.
Kelajaging haqda orzu qilsang-u,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Qachon to‘xtashini bilmasdan yurak,
Ertani o‘ylaysan bo‘lgancha halak,
Buncha orzu niyat nimaga kerak,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Muhabbat bog‘idan bir gulni uzib,
Ishq uchun kurashsang olamni buzib,
Birgalikda o‘ylab rejalar tuzib,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Yaxshilik yo‘lida boringni bergin,
Bugun bilan yasha bugunni sevgin,
Qanchalik yomon-a bir o‘ylab ko‘rgin,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Oldinga intilib harakat qilib,
Ham o‘qib o‘rganib ko‘p narsa bilib,
Yetdim deganingda nimadir bo‘lib,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Bir kuni urishdan yuraging tolsa,
Azroil kelsa-yu joningni olsa,
Barcha erishganing ortingda qolsa,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Bir kam dunyo ichra shudir kamlisi,
Gap so‘zlar ichida bo‘lar g‘amlisi,
Hammasidan ko‘ra eng alamlisi,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#КУЗ ЯПРОҒИ🍁

#ОНЛАЙН БИТИЛДИ..

Нураган кўнгилни куз япроқлари,
Олтин ранг жилови билан тортқилар.
Шамолдан дарахтнинг жим титроқлари,
Ер кўксин "келдим" деб, аста турткилар.

Қалбларнинг азоби баргларга ўхшаб,
Бирма-бир тупроққа кўмар ўзини.
Ҳазон ер бағрини бир зумда қуршаб,
Бир муддат дунёдан юмар кўзини.

Аммо, яшаяпти юраккинамда,
Ёруғ орзуларим, баҳорни кутиб.
Умиддан тўхтаган тилаккинамда,
Яшаяпти ҳануз қўлларин тутиб.

Ғанимат билсангиз жиловранг куз ҳам,
Раҳмондан берилган неъматдир, неъмат.
Забондан чиқажак ҳар битта сўз ҳам,
Тил ости малаклар қилгайлар ҳиммат.

Оқсоқ умидларим қуёшни излаб,
Ранжиманг дунёнинг ёлғонларидан.
Оввора бўлманг сиз калхатни сизлаб,
Осонмас кетмоқлик фиғонларидан..

Баҳорда япроқлар ҳазонсиз қайтар..🍁

17.10.2024 ТОШКЕНТ (09-07)

#ЯНГИ ИЖОДИМ СИЗЛАР УЧУН🤲

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁

#UZBEKISTAN🇺🇿

          ✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ўзимни Аллоҳ берган дугонажонларим ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин 💫

Дугоналар группасига юбориб қўямиз.🦋🦋🦋🦋🦋🦋

Яқинларга  ҳам  улашинг!👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Daryodayin to‘lib toshsang ham.
Kuni kelib tinib ketasan.
Zo‘rlar ichra zo‘rdan oshsang ham.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Kulma birov alam yutganda.
Xor bo‘lasan davring o‘tganda.
Xozir omad qo‘ling tutganda.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Baland-u past yo‘lga ishonib.
Bir kun so‘lar gulga ishonib.
Qo‘ldan ketar pulga ishonib.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Yo‘qchiliklar bukkanda qadding.
Tugab qolar tog‘dayin sabring.
Yer bilan bir bo‘ladi qadring.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Gapirma hech tilga erk berib.
Qayrilguvchi qo‘lga erk berib.
Gunoh tomon yo‘lga erk berib.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Peshonangdan chiqsa sovuq ter.
O‘z o‘zinga o‘zing savol ber.
Sendan zo‘rin yutgan qaro yer.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Muallif: Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yurmayman hech ich etimni yeb,
Sensizlikka o‘rgandim ancha.
Kel shuni bir sog‘intiray deb,
Unitilib ketganlar qancha.

Bir kun kelib tugaydi firoq,
O‘z holimga qo‘yadi qiynoq,
Ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq,
Unitilib ketganlar qancha.

Sevganlarga qilgancha havas,
Bas deguncha ishqqa bo‘lib mast,
So‘ng qastiga qilib qastma-qast,
Unitilib ketganlar qancha.

Ketgan ketar alamlar yutib,
O‘tirmaymiz hech aza tutib,
Kun yo hafta ozroq vaqt o‘tib,
Unitilib ketganlar qancha.

O‘zlaricha pinhona suya
Afsuslanib baridan to‘ya,
Meni sira unutmas deya,
Unitilib ketganlar qancha.

Qo‘sh qanotsiz osmonga uchib,
Sog‘inganda o‘zidan cho‘chib,
Xotiradan abadiy o‘chib,
Unitilib ketganlar qancha.

Azobiga sherik bo‘lib nay,
Yordam bermay ko‘p ichilgan may,
Eslasa ham hatto eslanmay,
Unitilib ketganlar qancha.

Muallif: Komila Qiz

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🌻🍂 Ассалому алайкум.
🍂 Шанба тонги
🌻🍂 муборак бўлсин!

🍂Умрингизнинг яна бир
қайтарилмас тонги муборак ва
хайрли булсин! 

🌻Омонат дунёда омон бўлинг!
Аллоҳим Хар бир қилаётган
хайрли ишингиздан, босган хар
бир қадамингиздан рози бўлсин.

🌾Жисмингизга соғлиқ, қалб
оламингизга хотиржамлик
тилайман!

🍂Топганингиз халол бойлик,
қилган ибодатларингиз ажру
савобларга тўла бўлсин!

🍁 Шанба кунингиз хайрли ва
файзли бўлсин!

🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂
  

➳♥𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒐𝒃𝒖𝒏𝒂 𝒃𝒖𝒍𝒊𝒔𝒉𝒏𝒊 𝒖𝒏𝒊𝒕𝒎𝒂𝒏𝒈♥➳
  
✿•┈┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈┈•✿

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🕋 🌸 Э Р Т А Г А 🌸
    🕋 🌸 Ж У М А 🌸

Азизларим мехрибонларим
Эртага ЖУМА
Биз севган ва кутган кун
Аллохим барчамиздан
рози бўлсин!!!
Хайрли тун Жаннат юзли каналдошларим!!!

Тунингиз осуда бўлсин, пок орзу-ниятларингиз албатта ушалсин!
Хайрли тун қадрдоним.

Яқинларга  ҳам  улашинг!👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

O‘zi sig‘mas katta-katta uylar solib,
Uyi qasr yurak qalbi vayronalar.
Dam olmaydi uxlaganda kelin olib,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Yaxshi deya qo‘n-qo‘shniga sirin ochmay,
Kulib turib til uchida zahrin sochmay,
Bolasini tinchligi deb ishdan qochmay,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Begonadan topa olmay hurmatini,
Ko‘tarolmay qildim degan minnatini,
Unga qo‘shib qilar o‘zin hizmatini,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Keliniga ish buyurmas ona bo‘lib,
Yolg‘iz qolsa yig‘lab olar qalbi to‘lib,
O‘zim uchun qilyabman deb yana kulib,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Adashtirmay ko‘zlarin oq qorasiga,
Qarar ekan bolasining bolasiga,
Bora-bora sig‘may qolar xonasiga,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Ko‘cha hovli supirarkan poyigacha,
Uy to‘rida solib ko‘rpa joyigacha,
Osh ovqati hatto damlar choyigacha,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Hurmat qilib topmagan o‘z hurmatini,
Talab qilmas kelinidan izzatini,
Totmagan hech qaynonalik lazzatini,
Keliniga kelin bo‘lgan qaynonalar.

Muallif: Komila Qiz.
07.10.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Jon beraman sen uchun,
Senla yo‘q kam-u ko‘stim.
Qadrlisan men uchun,
Bilsang bilarsan do‘stim.

To‘y nahorgi oshlikdan,
Sho‘xligu beboshlikdan,
Birgamiz-ku yoshlikdan,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Talpalarda yurganim,
Urganini urganim,
Podderjkada turganim,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Qizlar ko‘zin suzmasa,
Arqoningni uzmasa,
Oramizni buzmasa,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Bir kunim bitmasidan,
Qiyomat yetmasidan,
Oqibat ketmasidan,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Qoldirmay to‘y azangni,
Qochirmayman mazangni,
O‘ldirmaman sazangni,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Meni desang gar yiroq,
Ko‘ngil yaqindir biroq,
Yetar bitta qo‘ng‘iroq,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Yonsang birga yonaman,
Quvonsang quvonaman,
Bir senga ishonaman,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Yaxshi yomon oningda,
Jon qolmasa joningda,
Men borman-ku yoningda,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Yerga qaratib yuzim,
O‘ymagin ikki ko‘zim,
Minnat emasdir so‘zim,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Sir emas sevaman juda ham seni,
Har dam yonimda bo‘l hech yolg‘iz etma.
Dilimga qarshi ko‘p so‘zlatmay meni,
Kel desam kelgin-u, ket desam ketma.

Kun o‘tar yo‘q bo‘lsang ko‘ngil og‘rinib,
Tong otar hayollar bilan ovunib,
Ahir qolamqnku seni sog‘inib,
Kel desam kelgin-u, ket desam ketma.

Kelajak baxtimdan o‘zing daraksan,
Ko‘ksimda dukkilab urgan yuraksan,
Hammadan ham ko‘proq menga keraksan,
Kel desam kelginz-u ket desam ketma.

O‘tkinchi narsaga arazlab turma,
Qizarib arazlab labingni burma,
Jahlda haydasam so‘zimga kirma,
Kel desam kelgin-u ket desam ketma.

Chorlasang to‘xtovsiz senga chopaman,
Kulsang qayg‘uyimga eshik yopaman,
Ketsang sendayini qaydan topaman,
Kel desam kelgin-u ket desam ketma.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

БАХТИНГНИ ҚИЗИМ! 🌹

#ҚИЗАЛОҒИМ КЎЗЛАРИМНИНГ НУРИ #РАЙҲОНИМ 17-ЁШИНГ МУБОРАК БЎЛСИН!ИККИ ДУНЁ САОДАТИНИ ТИЛАБ ҚОЛАМИЗ.. 🤲🌹❤️

#ОНЛАЙН БИТИЛМОҚДА..🥀

Кўзларим ёғдуси беғубор қизим,
Биламан бир куни босгайсан изим,
Ҳеч икки қилмадинг айтилган сўзим,
Аллоҳдан тилаймиз БАХТИНГНИ ҚИЗИМ!

Ёмонлар қаҳридан асрасин Раҳмон,
Ҳар икки оламда ёр бўлсин иймон,
Жаннатлар ифори ўзингсан РАЙҲОН,
Аллоҳдан тилаймиз БАХТИНГНИ ҚИЗИМ!

Меҳримнинг чеки йўқ, айтолмайман гоҳ,
Тенг келмайди сенга осмондаги моҳ,
Соғлигинг ҳамиша бўлсинда ҳамроҳ,
Аллоҳдан тилаймиз ТАХТИНГНИ ҚИЗИМ!

Маслакдош бўлибди ЎН ЕТТИ баҳор,
Келажак тонглари сенга интизор,
Бу ёруғ оламда бўлгин баҳтиёр, Аллоҳдан тилаймиз ОМАДИНГ ҚИЗИМ!

Синглингга, укангга меҳрибон бўлгин,
Хумодек чарҳ уриб, қуёшдек тўлгин,
Ҳар фасл боғида тоабад кулгин,
Сен маҳкам ушлагин ИЙМОНИ ҚИЗИМ!

26.10.2024 ТОШКЕНТ (00-00)

#UZBEKISTAN🇺🇿

🥳🌸🥳🌸🥳🌸🥳🌸🥳🌸🥳

#ШУКРОНА КУНИНГ ЯНА БИР БОР МУБОРАК БЎЛСИН.. СЕНИ ЖУДАЯМ ЯХШИ КЎРАМИЗ!

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi,
Keting ketdingizmi orqaga qaytmang.
Afsus nadomatga bo‘ldi juda kech,
Yolg‘on yashiq qo‘shib uzrlar aytmang.

Meni gapga solmang qo‘ying jim turay,
Gapirsam gapimni ko‘tarolmaysiz.
Ichimdan o‘tganin aytganim bilan,
Baribir tinglashni uddalolmaysiz.

Nega yig‘layabsiz taajjub hayronman,
Hursand edingiz-ku ketayotganda.
Hotirjam edingiz bu ko‘nglingiz  to‘q
Sevgimiz so‘ngiga yetayotkanda.

Esimda turgandek esingizdami?
Yuzimga eshikni yopganlaringiz.
Bugun shu eshikni ochibsiz qayta,
Bizdek bo‘lmadimi topganlaringiz.

Tun-u kun sog‘inish qalay bo‘larkan,
Hijronli kechalar sizga yoqdimi?
Sevib sevintirmay bugun kelajak,
O‘tmish sizni chorlab kulib boqdimi?

Tushinib turibman ahvolingizni,
Hozir men yaxshiman siz esa yomon.
Qo‘rqmang shu holimda o‘laman deya,
Bu dard o‘ldirmaydi qolasiz omon.

Ketgan paytingizdek kulingchi qani,
Men o‘sha shodlikni qayta bir ko‘ray.
O‘sha siz ketgandek endi men ketib,
Yana shodligingiz qaytarib beray.

Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Qani edi sehrgar bo‘lib,
Vaqtni ortga qaytarolsaydim.
Quvonchlarga yuragim to‘lib,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

O‘yin o‘ynab o‘tardi kunim,
Ertaklarga limmo-lim tunim,
O‘ylantirmas edi bugunim,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Sekin, sekin bosib qadamlar,
Yurar edim yutmay alamlar,
Zahrin sochmas edi odamlar,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Bo‘lar edi suyanar kishim,
Begonaga tushmasdi ishim,
Ortmas edi g‘amim tashvishim,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Bahorlarim o‘tyabti kuzdek,
Qotib bo‘ldi yuragim muzdek,
Bolalikga qaytib bo‘lmas lek,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Yolg‘on bilan baxtli bo‘lishdan,
Yig‘lab, yig‘lab sohta kulishdan,
To‘yib ketdim katta bo‘lishdan,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Ichmas edim ishq degan og‘u,
Menga hamroh bo‘lmasdi qayg‘u,
Ulg‘ayishni qilmasdim orzu,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.


Ko‘zlarimni bosmasdi shira,
Kunduzlarim bo‘lmasti hira,
Yolg‘izlikdan qo‘rqmasdim sira,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Ko‘zyoshlarim ko‘zimdan toshar,
Oh-u dodim boshimdan oshar,
Hech bo‘lmasa besh olti yashar,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Onajonim holimni so‘rgan.
Yaqinlarim ho‘p  yaxshi ko‘rgan,
Dadajonim opichlab yurgan,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Muallif: Komila Qiz.✍

Muallif huquqi himoyalangan
.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

⛅️ Aссалому алайкум. Жума тонги муборак бўлсин 😊

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🌹ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!🌙 💐

🌹 ЖУМА КУНИ АЛЛОҲ ТАОЛО БАРЧАМИЗГА: 🤲

✨🌷 Яхшилик эшикларини,
✨🌷 Омонлик эшикларини,
✨🌷 Соғлик эшикларини,
✨🌷 Неъмат эшикларини,

🌟💐 Барака эшикларини,
🌟💐 Куч-қувват эшикларини,
🌟💐 Дўстлик эшикларини,
🌟💐 Раҳмат эшикларини,

✨🌷 Ризқ эшикларини,
✨🌷 Илм эшикларини,
✨🌷 Мағфират эшикларини,
✨🌷 Муҳаббат эшикларини

ЖАННАТ ЭШИКЛАРИНИ БИЗ УЧУН ОЧСИН!!!

💝𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Германиялик 2 ёшли қиз отасининг ўйламай қилган ҳазили туфайли 40 ёшли аёлдек кўринишка келди!

Дам олишка чиқан оила кўл бўйида ўтирган вақтидан Марк ўзининг хотинига тўсатдан ҳазил қилишга қарор қилади у ўзининг фарзанди ёткан аравани тезда...давомини ўқинг😔👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Salom mening baxtim salom sevgilim,
Omon-u sog‘misan ishlaring qalar.
Bilsang senga deya aytilmay qolgan,
Qalbimning tubida so‘zlarim talay.

Menga yaqinroq tut quloqlaringni,
Isxorim aytaman bittama-bitta.
Ahir shu kungacha yashab kelyabman,
Bir meni sevasan degan umidda.

O‘zgaga qarashni o‘zga or bilib,
Bir menga boqsin shu ikki ko‘zlaring.
Labingdan chiqqanda nafasing bilan,
O‘zimga tegishli bo‘lsin so‘zlaring.

Sen mendan qarzdorsan mendan qarzing bor,
Mana shu so‘zlarim senga arz bo‘lsin.
Meni sevib yarmin to‘lading lekin,
Visoling bo‘yningda qolgan qarz bo‘lsin.

Sen menga shu qadar vafo qilginki,
Nomimni takrorlab tolmasin til ham.
Qalbinga butunlay joylashay o‘zim,
Men sig‘gan ko‘nglinga sig‘masin qil ham.

Chorlasam har onda talpin men tomon,
Sog‘inchning tig‘ida bag‘rim tilmagin.
So‘zlarim so‘ngida tilagim senga,
Mendan o‘zgasiga nasib qilmagin.

©️Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Bilmam kutgan yo ketganini.
Ko‘rmaguncha anglay olmayman,
Sog‘ingan-u unutganini.

Dil izhor-u yana ko‘p gaplar,
Ne desa ham ko‘nglim to‘lmaydi.
Chindan uni sevamanmi deb,
O‘zimda ham ishonch bo‘lmaydi.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Sevadi der yana qo‘ng'iroq.
Aldayapti deya o‘ylasam,
Vujudimni bosadi titroq.

Chaqiruvga javob bermasa,
SMSni kutib tolaman.
Mendan boshqa yana qalbida,
Kimdur bor deb o‘ylab qolaman.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Uyqu bermas tunda gumonlar.
Nega undan uzoqsan deya,
Tinch qo‘ymaydi meni pushmonlar.

Termulgancha yonida turib,
Ko‘rgim kelar ba'zan ko‘zlarin.
Sochin silab eshitsam edi,
Sevdim degan jonli so‘zlarin.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Ko‘ylak bo‘lsam yoqa yengsizman,
Tushib qolgan holimga qara,
Sen bilanman lekin sensizman.

Jonga tegdi shu ham sevgimi,
Bor-u ammo yo‘qqa o‘xshaydi.
Dilga oshno bo‘lgan sog‘inchning,
Bizdan ko‘ngli to‘qqa o‘xshaydi.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Sog‘inaman ko‘ra olmayman.
Oshiqlar ko‘p bog‘lar ichida,
Qo‘lin ushlab yura olmayman.

Shu vaqtgacha bo‘lding biz bilan,
Bo‘ldi hijron endi bizdan kech.
Qoldi ahir vaqt ham juda oz,
Uchrashaylik bo‘lmasidan kech.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,

Muallif Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Бугун автомобиль нархларида катта ўзгариш❗️

2024-йилнинг 12-Октябрь куни ҳолатига кўра, «UzAutoMotors» ишлаб чиқараётган автомобилларнинг янги нархлари билан танишинг❗️


Нархлар билан танишиш учун керакли бўлган автомобиль устига босинг👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Duet:

Yoningdaman degan insonlar.


Bilmam bular  tushmi yo ro'yo,
Qalbni tirnar achchiq gumonlar.
Asli  chindan yonimdamikin,
Yoningdaman degan insonlar...
Mavludabonu Imomnazarova.✍

Qadri osmon o‘zlarin olar,
Mensimayin nazarin solar.
Keragida ko‘rinmay qolar,
Yoningdaman degan insonlar...
Komila Qiz.✍

Qadrlamay kutadi qadr,
O'zgarmaydi qilsang xam sabr.
Sovuq so'z-la yondirar bag'r,
Yoningdaman degan insonlar...
Mavludabonu Imomnazarova.✍

Xol ahvoling bilayin demas,
Avvalgidek g‘amingni yemas.
Sen-la ammo sen bilan emas,
Yoningdaman degan insonlar...
Komila Qiz.✍

Ming o'ylama topilmas chora,
O'zgarar deb kutasan zora.
Goh ko'nglingni qilar ming pora,
Yoningdaman degan insonlar.
Mavludabonu Imomnazarova.✍

Men hamisha sen bilan degan,
Gul berdim deb tutarkan tikan.
Vaqti kelib o‘zgarar ekan,
Yoningdaman degan insonlar...
Komila Qiz.✍

Umring ko'mib yashar armonga,
Mast bo'lasan shirin   yolg'onga.
Oshno qilar oxir  pushmonga,
Yoningdaman degan insonlar.
Mavludabonu Imomnazarova.✍

Oxiri yo‘q zulmatga boshlar,
O‘zi bilmay azobga tashlar.
Tutib bo‘lmas soyaga o‘xshar,
Yoningdaman degan insonlar...
Komila Qiz.✍

Yolg'iz qolib bo'lasan ado,
Keragingni bilmasdan xatto,
Har ishingdan izlaydi xato.
Yoningdaman degan insonlar.
Mavludabonu Imomnazarova.✍

Ishonganda boshingni egar,
Qilmishlari  ko‘nglinga tegar.
Tashlab ketib senga pand berar,
Yoningdaman degan insonlar...
Komila Qiz.✍

Ketolmaysan xatto tark etib,
Yasholmaysan ulardan kechib.
Ishontirar yolg'on ont ichib,
Yonimizda yurgan insonlar.
Mavludabonu Imomnazarova.✍

O‘zingga kel bo‘lmay turib kech,
Ko‘z boylagan bog‘ichingni yech.
Asli seni tushunmaydi hech,
Yoningdaman degan insonlar...
Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Jimgina qo‘ynimga sudralib kirib,
Payt poylab ilondek zahrini sochdi.
Kiprigi qilt etmay tik qarab turib,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

So‘ziga ishonib mehrimni berdim,
Hech kimga bermagan sevgimni berdim,
Sevganim meni ham sevadi derdim,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Avvaliga suyib mayin erkalab,
Yonimda bo‘ldilar shom-u ertalab,
So‘ng yurak bag‘rimni ezib tilkalab,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Shashqator yoshlarni ko‘zimga terib,
Tushda ham ko‘rmagan azobni berib,
Yo‘q bo‘lib ketyabman muzdayin erib,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Hali men anchayin g‘o‘r ekanmanda,
Bilsam peshonasi sho‘r ekanmanda,
Essiz ko‘zi ochiq ko‘r ekanmanda,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Juda og‘ritdingiz bu dilginamni,
Ko‘tara olmaysiz qilsam gilamni,
Koshki ochmasaydim ko‘ngilginamni,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Muallif: Komila Qiz.
10.10.2024.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️🇦 🇱 🇮 🇬 🇦 🇷 🇬 iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Zamon Avloniysi - mening ustozim!

Tangri buyurgandir, balki ota kasb,
Yo el ertasiga jonimi halak?
Jajji nigohimda dunyolar ochgan
Shul zotga bolamni shogird et, falak.
Ta'rifingizga lol qo'shig'-u sozim,
Zamon Avloniysi - mening ustozim!

Bir yoqadan eng sho'x, bebosh sanalgan
Bolalar bog'lanar notiq sehriga.
Qirq besh daqiqalik ummon atalgan
Darsingiz kutardik, to'ymay mehriga.
Tushlarimizda ham yangrar ovozim,
Zamon Avloniysi - mening ustozim!

Siz Yurt yumushiga yelkasin tutib
Ma'rifat yukini orqalagan ham.
Uzoq kelajakning og'riqlariga
Bugun qalamingiz, shubhasiz, malham.
Qanotsiz ufqlardan oshgan parvozim,
Zamon Avloniysi - mening ustozim!

Oltin darslaringiz sabog'in olgan
Shogirdlaringizdan bugun dunyo shod.
Do'stlik, muhabbatdan vujudi qongan
Yuraklar olamga tinchlik tilar bot.
Mangu bog' yaratgan buyuk bog'bonim.
Zamon Avloniysi - mening ustozim!

Dunyoda rang bormi tasvirlamoqqa,
Qalbingiz navqiron, nomingiz azim.
Bugun erta tongdan Vatanda bayram,
Butun millat sizga qilmoqda ta'zim.
Dono sarbonlarga sarbon insonim,
Zamon Avloniysi - mening ustozim!

Termiz shahridagi Prezident maktabining tarix va tarbiya fanlari o'qituvchisi Fazliddin Shamsiddin o'g'li Abduraimov.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ВАФОТ ЭТГАН ИНСОН ТУШИГА НИМА УЧУН КИРАДИ ⁉️

Хар бир иссиқ жон борки, омонатни топширади. Ичимизда, яқинларидан айрилганлар кўп ва уларнинг тушига, бу дунёдан вафот этган яқинлари кирганлар хам бўлса керак. Хеч сизда ушбу холат бўлганми? Нима учун мархумлар, ўз яқинларининг тушига кириб, уларни безовта қилади? 

Буни сабабини билишга уриниб кўрдим, туш таъбири хақида маълумот олдим. Бу хақида билганимдан сўнг хайратга тушиб, бироз ўйланиб қолдим. Бунинг сабаби ... Батафсил👇

Читать полностью…
Subscribe to a channel