onajonim_sheriyat | Unsorted

Telegram-канал onajonim_sheriyat - "Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

121

ОНАЖОНИМ ШЕЪРИЯТ Ҳамдам бўлдинг мен билан Ҳар қандайин кунларда, Юлдуз бўлдинг чароғон Энг қоронғу тунларда, Суҳбат қилдик гоҳ шодон, Гоҳо ҳазин унларда, Энг олий бахтим менинг Онажоним шеърият, Топган тож-тахтим менинг Жонажоним шеърият.

Subscribe to a channel

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Bolam chizgan shu rasm tufayli maktabda qiyomat bo'libdi. Mudir mendan "Bolangiz qanaqa rasm chizganini bilasizmi? Bu mening oilam deyapti". "Bir bolaning butun oila aʼzolarini boʻynidan osilgan holatda tasvirlashini oddiy hol deb o'ylaysizmi? Sizni endi doimiy nazorat ostida tutamiz" - deyishdi.
Bir amallab uyga kelib biroz tinchlanib, bolamdan "Chizgan rasmingni menga tushuntir" - dedim, u aytdiki bu....😲

👉 Davomini to’liq o’qish…

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#Психологик_тест

Ақлий ва рухий ҳолатингизни 99% аниқлаб берувчи тест.

Расмга диққатлик билан қаранг. Бир қарашда нимани кўрдингиз?

Жавобни танланг 👇🏻

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

***
Менга дардларингни беришинг тайин,
Қон бўлган қалбимда лолалар гуллар.
Сулув қиз бир боқиб куласан майин,
Сўнг кўзингдан дув-дув ёғар ёмғирлар.

Бошимга ағанар тақдирли тошим,
Ёнадирман ўтда куйиб-шоҳсувор.
Сенга ғам бермасин заминий лошим,
Мен тавба қилайин, сен имкон юбор.

Қўрқмай маломат у иддаолардан,
Сабр косасидан тўкилдим, тўлдим.
Ерга афсусланмай арши аълодан,
Сени, фақат сени севгани келдим.

09.11.2024. ⌛️21:50

© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

***

Маҳкумман қамалдим юракка,
Бекордир бойликка сафарим.
Ишониб оловли тилакка,
Ёниб кетмаяпсан қадарим.

Негадир борлиғим бўлар ғаш,
Мен учун йўл эрур тўрт томон.
Меҳрни жазолаб кўп саваш,
Ерга хос,  ишқ эса Ос(и) мон

Кўзимдан қон бўлиб тўкилсин,
Ва юрак тешади ёшларим.
Туйғулар саросар ўкинсин,
Уйғонсин сўнгра бардошларим.

Сен дунёча кенгсан меҳрибон,
Меничи тор кўнглим кўчаси.
Мендаги мудраган бир исён,
Уйғонар Ялдонинг кечаси.

Соғинчинг деб кетяпман қариб,
Кўришармиз, бир лаҳза бир зум.
Ҳижронли ҳаёни бошқариб,
Кутиб олар намли табассум.

© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

08.11.2024. ⏰⌛️ 20:10

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#ИСТЕЬДОДЛИ ЁШ ШОИР БУГУН ОРАМИЗДА ЙЎҚ..

Инсон бу дунёга аслида меҳмондир.Асли маконимизга кун келиб ҳар биримиз кетамиз. Шундай экан, ёнимиздаги борлар қадрига бугун етайлик.Ҳар бир он ғанимат эканлигини унутмайлик.Зеро, ортимиздан фақат ЯХШИЛИКЛАР ҚОЛАДИ.. 🥀

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизматининг маълум қилишича,
#МАНСУР ЖУМАЕВНИНГ жанозаси эртага, 6 ноябр куни Қарши шаҳри Шайхали қўрғони Косон йўли кўчаси 6/42-уйда ўқилади.
   Марҳум Хўжаи Жарроҳ қабристонига қўйилади.

Шоирнинг ҳаққига дуода бўлайлик азиз ВАТАНДОШИМ!🤲

ОХИРАТИ ОБОД БЎЛСИН ИЛОҲИМ.. 💦💦🥀

5.11.2024

   
@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

​​Men qaytaman..😢

#QADRLI SAFDOSHIMIZ #MANSUR JUMAYEVNING OXIRATI OBOD BO‘LSIN!🤲🥀

Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga–dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi ko‘z ochgan qoyasiga qaytaman.

Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, ko‘zlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash o‘g‘ilning orazida qaytaman.

Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin beg‘ubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror–tuproq, havo, o‘t va suv
himmatidan zarralab bino bo‘lgan basharman.

Anglamayman qandayin tug‘ilmoqda aytarim;
qulog‘ingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda va’dalashgan paytlarim.

Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab o‘ynamasin zarra nam,
g‘am chekmagin, Sendaman–pok dilingda zindaman;
shoirlar o‘lish uchun tug‘ilmaydi, jonginam!

✍MANSUR JUMAYEV

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

​​Men qaytaman..😢

#QADRLI SAFDOSHIMIZ #MANSUR JUMAYEVNING OXIRATI OBOD BO‘LSIN!🤲🥀

Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga–dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi ko‘z ochgan qoyasiga qaytaman.

Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, ko‘zlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash o‘g‘ilning orazida qaytaman.

Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin beg‘ubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror–tuproq, havo, o‘t va suv
himmatidan zarralab bino bo‘lgan basharman.

Anglamayman qandayin tug‘ilmoqda aytarim;
qulog‘ingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda va’dalashgan paytlarim.

Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab o‘ynamasin zarra nam,
g‘am chekmagin, Sendaman–pok dilingda zindaman;
shoirlar o‘lish uchun tug‘ilmaydi, jonginam!

✍MANSUR JUMAYEV

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Qachon yozganimni xech eslolmadim lekin.

So‘ragin yo‘q demay jonim beraman,.
Lekin so‘z demoqqa ojizdir tilim,
Ne qilay men seni hamon sevaman,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Yosh to‘la bu ko‘zlar tushganda ko‘zga,
Shodonlik niqobin tortarman yuzga,
Orzular bir ammo taqdirlar o‘zga,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Alam otashida qiynalishim rost,
Vaslinga yetolmay o‘rtanishim rost,
Lek seni hali ham qizg‘onishim rost,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Ishq to‘la yuragim ishqqa zor bo‘ldi,
Sensiz keng dunyolar ko‘zga tor bo‘ldi,
Yoningda men emas o‘zga yor bo‘ldi,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Ketarsan tillodan taxt tilay senga,
Mustahkam buzilmas ahd tilay senga,
Bugun o‘zimda yo‘q baxt tilay senga,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

©️Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

✍ Маҳмуд АБДУЛҲАМИД
🎤Нафисабегим


МУҲАББАТ ТОНГИ

Масрур вужудимда,  гупуради қон,
Ишқинг оловидан, юрагим ёнди.
Зулмат олислади,  ёришди осмон,
Гўзаллашиб отди, муҳаббат тонги.

Айрилиқлар энди, ўтмишда қолди,
Менинг туйғуимга, ҳеч қилма гумон.
Қалбимда уйғонган, нафрат йўқолди,
Сени севиб яшар, бу арзанда жон.

Ҳисларим сарҳадсиз, юракдан тошиб,
Ишқни шаробини, ичмоқда ҳануз.
Севги-муҳаббатни, куйлайман жўшиб,
Энди йиғламайман, бўлмайман маъюс.

Абадий тарк этар, қалбимни оғриқ,
Унутилар барча, дилим озори.
Барча ситамлардан, бўламан фориғ,
Бузилади эски, севгим мозори.

Мен сени севаман, ҳаммадан ортиқ,
Борлиғимдан кечгум, ҳаттоки жондан.
Оташдан чиққан қақнус бола янглиғ,
Бахтим бошланади, энди бугундан.

© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

/channel/Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

𝗝𝗨𝗗𝗔 𝗭𝗢𝗥 𝗡𝗔𝗥𝗦𝗔𝗗𝗔 𝗕𝗜𝗧𝗔 𝗞𝗢𝗥𝗜𝗕 𝗠𝗔𝗭𝗔 𝗤𝗜𝗟𝗜𝗚𝗟𝗔𝗥 𝗔𝗭𝗜𝗭𝗜𝗟𝗔𝗥𝗜𝗠🤣🤣🤣🤣🤣

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yolg‘on sabab sovidi ora,
Seni qiynab endi netaman.
Taqdir emas ekan na chora,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Ortga qaytmay yuzing burolsang,
Mahzun bo‘lmay kulib yurolsang,
Agar mensiz baxtli bo‘lolsang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Tunda sog‘inch xabar olmaydi,
Azoblarni boshga solmaydi,
Ishon xatto izim qolmaydi,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Mendan zarra ko‘ngling to‘lmasa,
Quchganingda g‘aming o‘lmasa,
Yuragingda o‘rnim bo‘lmasa,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Qara kunlar o‘tyapti tunday,
Bo‘lolmadik Layli Majnunday,
Davom etib bo‘lmaydi bunday,
Hayotingdan chiqib ketaman.

O‘zim ushlab turibman arang,
Asablar ham tortilgan tarang,
Yetar menga bitta ishorang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Yurma degin hayolga cho‘mib,
Yig‘lamayin ko‘zim chirt yumib,
Yuragimga sevgimni ko‘mib,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Qarang gunohlar ko‘p xatolar bisyor.
G‘azabda jahlning otiga minib,
Yaqinlar qalbiga beramiz ozor.

Barcha g‘amimizga o‘zimiz sabab,
Biling hech o‘zganing gunohi yo‘qdir,
Bekor aytilmagan qilmish qidirmish,
So‘ngi pushaymonlar yurakka o‘qdir.

Bir ishning ohirin bilmagan holda,
Biz ahir adashdik o‘zimiz yo‘ldan,
O‘z qo‘lib o‘zgani ayblamang endi,
Ko‘ring qars ham chiqar ikkita qo‘ldan.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Mushtoq yuragimni tilgan u deymiz,
Muhabbatning achchiq sinovlarida,
Menga bevafolik qilgan u deymiz.

Ko‘zgu qo‘limizda o‘zimiz oppoq,
Go‘yo farishtamiz bizlar benuqson,
Ular sababchidir azobimizga,
Odamlar hudbindir odamlar yomon.

Aniq qayerdadir xatoyimiz bor,
Unutmang berilmas bejizga jazo,
Bu qaytar dunyoda qaytadi bir kun,
Vafoga vafodir jafoga jafo.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Kutmaymiz kechamiz bo‘lib sabrsiz,
Vaqtida yaqinlar qadrini bilmay,
Balki shu tufayli bo‘ldik qadrsiz.

Osamdekqaramay mehr berganga,
Kekkayib manmanlik qo‘lini tutsak,
Albatta oqibat yo‘qoladida,
E'tibor bermasdan e'tibor kutsak.

Gaplarni aytamiz qog‘ozga o‘rab,
So‘zimiz tagida bo‘lar so‘zimiz,
Turfa hil niqoblar yurar biz bilan,
Eng avval ularmas soxta o‘zimiz.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
O‘ziga mindirgan nafs otimiz bor,
Nega o‘zlik bilan yuzlasholmaymiz?
Yoki o‘zimizdan qilamizmi or.

Vaqtingiz bo‘lganda bir o‘ylab ko‘ring,
Xisoblang ko‘ngilda kirimiz qancha,
Yashirib aytishga uyalib yurgan,
Odamlar bilmagan sirimiz qancha.

Taqdirning yozig‘i paymona to‘lib,
Dunyodan o‘tamiz yumib ko‘zimiz,
O‘zgamas qilgan u gunohimizga,
Javobin beramiz faqat o‘zimiz.

Muallif: Komila Qiz.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Ijodkor shoirlar ijodiy sa'natlarizdan ajoyib sherlar tashlamay qoʻydizlar ?

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

💞ONAM 💞
Titroq bosib muzladi tanam.
Yig'lab oldim pana panada,
Ko'zlarimga dunyo bo'ldi tor,
Onam betob bo'lgan kechada.

Dunyolarga sig'may ketardim,
Davo izlab sarson ko'chada,
Qo'rqib ketdim ko'nglim edi g'ash
Onam betob bo'lgan kechada.

Allohimga yalinar edim,
Tig'pichoqsiz tilinar edim,
Bir o'lib bir tirilar edim,
Onam betob bo'lgan kechada.

Ayriliqqa etmasdi bardosh,
To'htamasdi ko'zlarimda yosh,
Tomog'imdan o'tmasdi choy osh,
Onam betob bo'lgan kechada.

Onangizni asrang odamlar,
Asl mehr bo'lmas ko'chada,
Yomon bildim onam qadrini,
Onam betob bo'lgan kechada..
27 10 2024/ G....

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

***
Отажоним изларини мозорлардан изладим,
Доно-доно сўзларини ашъорлардан изладим.

Кўнглим ичра фиғон қилдим бу нолаю достоним,
Ёзу қишдан сўроқладим, баҳорлардан изладим.

Тизим-тизим жолалардан тўлди азим дарёлар,
Моҳитобон юзларини гулзорлардан изладим.

Бу озурда кўзларимга, йиғлагайдир даҳри дун,
Еру кўкка хуршид сочган анворлардин изладим.

Ўктам, энди зор ўтарман қўмсаб ота дийдорин,
Оҳлар уриб фарёд чекиб мозорлардан изладим.

МАМЛАКАТ ЎКТАМ.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ИШҚ ДАСТХАТИ

Нурли йўллар боссам, кутиб олар бахт,
Висол куни бўлар қувончли кузда.
Сизнинг лабингизга ишқ қўяр дастхат,
Муҳаббат атри бор ҳар битта сўзда.

Эй ёрим, жабр бор кўп дастингиздан,
Кўнглингиз тошлигин дунё билмасин.
Туйғулар гулласин пок қалбингиздан,
Ғурур бахтингизга соя солмасин.

Чўккаладим гулнинг этакларига,
Ва ўқидим ишқдан намоз тўрт ракат.
Алданмай ғазабнинг эртакларига,
Сизга умр, қувонч тилай барокат.

Ҳижрон ситамлари бунчалар оғир,
Илҳақман висолга етмоқ ширин ўй.
Сизсизликдан бугун қоврилар бағр,
Телефонда янграр ғамгин туркча куй.

Жонсарак юраклар дунёни билмай,
Кирланган кўнгиллар тоҳирга етди.
На гина, на дашном надомат қилмай,
Кўнглим изингиздан эргашиб кетди.


10.11.2024. ⌛️20:10

© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

OTAM YO‘LI

Men shoir otamni yo‘lidan ketdim,
Shunday  o‘rab olib she’rga dunyoni.
Tongda turib olib bir shig‘ir bitdim.
O‘ylab do‘stim senday she’rga shaydoni.

Lekin zarra ta’ma qilmadim bunda,
Pok zot Allohimdan ilhom tilanib.
Shunday dorulomon otgan bir tongda,
Toza vijdonimday qoldim uyg‘onib.

Insondan birgina mehr qoladi
Shodlikka ko‘mib zamin Os(i)monni.
Farishta kelajak sari yuradi,
Kaftlarida tutib O‘zbekistonni.

MEN SHOIR OTAMNING YO‘LIDAN KETDIM!!!


© FARISHTABONU MAHMUDOVA

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 26-maktab 2- sinf o‘quvchisi.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

‎❗️Fazliddin Shamsiddin o'g'li iltimos reklama tarqatmang!

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

#ОНЛАЙН БИТИЛМОҚДА..

ҚАДРДОНИМ ВА СОБИҚ ТАЛАБАМИЗ
#ШОХСАНАМ НИШОНОВАГА БАРЧА #ЎЗДЖТУ УСТОЗЛАРИ НОМИДАН ҲАМ САБРУ-ЖАМИЛ ТИЛАБ ҚОЛАМАН!УМР ЙЎЛДОШИНГИЗ #МАНСУР ЖУМАЕВНИНГ МАКОНИ ЖАННАТ БЎЛСИН ИЛОҲИМ! 💦💦🤲

Осмон йиғламоқда ўпкаси тўлиб,
Ҳазонлар остида атиргул сўниб,
Беажал қадарга наилож кўниб,
Шоирлар ўлмайди тирикдир мангу!

Юракни нимталар фарёд нидоси,
Чарҳ урган қалами кўнгил шайдоси,
Сўнгги нафасгача ВАТАН фидоси,
Шоирлар ўлмайди тирикдир мангу!

Фасллар бағридан топгайсиз сўзин,
Аҳли диёнатдан қароғин, кўзин,
Ҳар босган изидан, ҳалоллик тузин,
Шоирлар ўлмайди тирикдир мангу!

Ҳаққига дуолар айлайлик дўстлар,
Туганмас дунёда бу каму-кўстлар,
Аҳли шоирларнинг қалб тўри бўзлар..
Шоирлар ўлмайди тирикдир мангу!

5 НОЯБРЪ. 2024-йил ТОШКЕНТ

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yolg‘on dunyo makoningizdan,
Adolat yo‘q zamoningizdan,
Barcha yaxshi yomoningizdan,
Hammangizdan nafratlanaman.

Xozir g‘amim yesangizlarda,
Zarra mehr bersangizlarda,
Sen nohaqsan desangizlarda,
Hammangizdan nafratlanaman.

Jondan o‘tar azobingiz ham,
Rost ko‘rsatgan sarobingiz ham,
Minnatlidir savobingiz ham,
Hammangizdan nafratlanaman.

Ikki gapli ikki so‘zlisiz,
Ko‘rolmaysiz yomon ko‘zlisiz,
Niqobdasiz soxta yuzlisiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Pushaymonlik kelganda gali,
Necha afsus deysizlar hali,
Yashirmayman so‘zim dangali,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qiziqtirmas chalgan kuyingiz,
Ma'rakaa-uy qilgan to‘yingiz,,
Boshingizdan qolsin uyingiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Asli dunyo deyishar bir kam,
Hech bir banda bo‘lolmas bekam,
Sizlar emas Allohdir hakam,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qalbimdagi jarohat izni,
Go‘yo ko‘rmas hudoyim bizni,
Pul, pul deysiz pul yesin sizni,
Hammangizdan nafratlanaman,

Qilmishingiz ozor berganda,
Ko‘zlarimga yoshlar terganda.
Har doimmas kezi kelganda,
Hammangizdan nafratlanaman.

O‘qiganda qizarar yuzi,
Og‘iz juftlab chiqmaydi so‘zi,
Gap egasin topadi o‘zi,
Hammangizdan nafratlanaman.

©Muallif: Komila Qiz.✍

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

         УЧРАШУВ

Руҳим куч олади она заминдан,
Ҳаддимни билдирар камтарин бир ер.
Ҳумолар потирлаб чиқар кўксимдан,
Сўнгра яралади беназир бир шеър.

Дунёда "ғам" отлиқ шароблар бисёр,
Мени маст қилади ҳуштам лабларинг.
Кўзларинг жодулар такрор  ва такрор,
Мазмун киритарди бир кулишларинг.

Осмонга кўчириб кетди Кабъамни,
Муаллақман ерда бирор қўноқ йўқ.
Кияй вужудимга қулоҳ, жандамни,
Ишқда мендай сарҳуш, сендай нўноқ йўқ.

Учрашмоқ сен билан шудир халоват,
Кўнгингга ҳузунлик чора бўламан.
Борсам лабимга ҳамд, наът, саловат,
Қалбимга Худони солиб бораман.

© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

ТИНГЛАШГА ДОШИНГ.. 🥀

#ОНЛАЙН БИТИЛМОҚДА..

Айтолмайман дардимни йиғлаб,
Юрагингни озор-ла тиғлаб,
Севдирди-ку Ҳақ мени сийлаб,
Етарму айт тинглашга дошинг?

Куз бағрида тўлғониб гоҳи,
Севмаганга ўхшайман чоғи,
Чин ошиқнинг шудир гуноҳи,
Етарму айт тинглашга дошинг?

Уввос солиб йиғласа дардим,
Юрагингга тиғ тортса арзим,
Толиқтирса сени минг гардим,
Етарму айт тинглашга дошинг!

Жим бўлишга ундайди юрак,
Сўзламоққа билмам не керак?
Соғ-саломат бўлгин шу тилак,
Етарму айт тинглашга дошинг?

Муҳаббатда қоврилган дилни,
Ҳазонларда ғарқ бўлган йилни,
Ишқ пойида кесилган тилни,
Етарму айт тинглашга дошинг?

3.11.2024 Тошкент (11-15)

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

#UZBEKISTAN🇺🇿

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🎁БУГУН ҚАДРДОНИМ #МАРХАБО КАРИМОВА ЭСОНМУРОД қизининг шукрона куни билан сидқи дилдан МУБОРАКБОД ЭТАМАН!

«Дўстлик» ордени соҳибаси, Ватанимизнинг
#Боксчиларига ўз ижоди билан янада шижоатли бўлишларида кўмак бериб келаётгани учун Президентимиз томонидан таъсис этилган Ўзбекистон бокс федерациясининг "Олтин медал" соҳибасига #БАРЧА ИЖОД АҲЛИ НОМИДАН, ШАХСАН ЎЗИМНИНГ НОМИМДАН СОҒЛИК, ОИЛАВИЙ БАХТ, ХОТИРЖАМЛИК, ИЖОДИЙ ЮКСАК ПАРВОЗЛАР ҲАМРОҲЛИГИНИ ТИЛАБ ҚОЛАМАН! 🤲🌹

#ҚАДРЛИ ШОИРАМ ДОИМО ЭЛ АРДОҒИДА БЎЛИНГ ИЛОҲИМ. ИККИ ДУНЁ САОДАТИ НАСИБ ЭТСИН!

1-ноябръ 2024 ТОШКЕНТДАН

#Ижодкор синглингиз

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀

✍ДИЛ🌹🌹АФРЎЗ

@Dilafruz_Eshonqulova

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

𝗞𝗢𝗥𝗜𝗕 𝗠𝗔𝗭𝗔 𝗤𝗜𝗟𝗚𝗔𝗡𝗟𝗔𝗥 𝗕𝗜𝗧𝗔❤️

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

🟠🔴🔴🟠🔴🟠🟠🟠

🍁🍂Жума муборак бўлсин

БУГУН 1➖ НОЯБРЬ. ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН АЗИЗ ДИНДОШИМ.

🌙 Энг яқин инсоним кириб келган Жума тонги муборак бўлсин🤲

🤲 Жума кунида ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🌹• Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат.
🌹• Ибодатлар гуноҳларга бўлсин каффорат.
🌹• Ҳажга бориб Байтуллоҳни айланг зиёрат.
🌹• Борар манзилингиз бўлсин Фирдавси Жаннат.
🌹• Жаннатнинг хушбўйлардан бўлинг баҳраманд.
🌹• Дуодадир сиз учун қалбим ҳар соат.
🌹• Дуоларим Парвардигор этсин ижобат.
🌹• Хонадонни тарк этмасин файзу-барокат!

🌙🌹ЖУМАНИНГ ХАЙР-У БАРОКАТИ СИЗГА БЎЛСИН ДИНДОШИМ!!!


Бизда кузатиб боринг👇🏻                

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

💞 ONA 💞
Sog'inch ezdi bugun yuragim,
Bag'ringizda yotgim kelayapti.
Faqatgina bitta iltimos,
Onajonim ko'rgim kelayapti.

Qadoq bosgan qo'llaringizni,
Yuzlarimga bosgim kelayapti.
Ona yurgan yo'llaringizni,
Ko'zlarimga surtgim kelayapti.

Uy to'rida o'rningiz bo'shdir,
Taftingizni tuygim kelayapdi.
Rasmingizni bag'rimga bosib,
Diydoringiz ko'rgim kelayapti.

Boray desam boraolmaymanda,
Qabringizda qolgim kelayapti.
Mehr to'la ko'zlaringizni,
Ona juda ko'rgim kelayapti.

Qaytsak o'sha bolalik chog'im,
Sho'h yillarda qolgim kelayapti.
Hazon bo'ldi sizsiz gulbog'im,
Onajonim ko'rgim kelayapti.
31.10.2024/@@@@ G

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Hayollari kimda ekan deb,
Kecha kunduz o‘ylab tolaman.
Chidolmayman ich etimni yeb,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Bu ishingiz jonimga jafo,
Yetmay qolar hattoki havo,
Meni shunday yaratgan hudo,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birov sayoq demasin ering,
Gap so‘zlarga e'tibor bering,
Ishdan to‘g‘ri yonimga keling,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Ko‘chada ko‘p ko‘zini suzgan,
Erkaklarning hayolin buzgan,
Qancha buqa ipini uzgan,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Ko‘zdan o‘qib har bir fikrini,
Ayol bilar ayol makrini,
Toping qani so‘zim aksini,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Yo‘qolgancha huzr rohatim,
Yuqmay qolar yegan ovqatim,
Bilasiz-ku ahir odatim,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birinchi deb ko‘ksimni kermoq,
Yarashadi gerdayib yurmoq,
Jon bermoqdir ahir er bermoq,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Imkon topgan jilovlab otin,
Xal qiladi hayot-mamotin,
Xozir trend ikkinchi xotin,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Muallif Komila Qiz.✍

Muallif huquqi himoyalangan.

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Нима учун, СССР даврида, эгизак хомиладорлани, мажбурий тарзда бир буйракини олиб ташлашган?

Совет хукумати даврида, эгизак хомиласи бор аёлларни, бир буйракини олиб ташлашган. Бу ишни, фақат мутлақ соғлом аёлларда бажаришган. Фақат, гап шундаки, буйракни олиб ташлашаётган пайтда хомиладор аёлдан яширин тарзда...

Батафсил ўқиш👇

Читать полностью…

"Onajonim she’riyat” to‘garak a’zolаri

Yolg‘izlikdan qo‘rqma ey yurak,
Eng yaqin do‘st u senga bilsang.
Undan o‘zga sen bilan emas,
Atrofinga e‘tibor qilsang.

O‘zligingni ko‘rsatib turar,
O‘zing bilan o‘zing qolganda.
Har hil yuzli niqobing yechib,
Oynaga bir nazar solganda.

Haydasang ham yoningda doim,
Baxtli yoki dardli kunda ham.
G‘amga to‘lib ko‘zyoshga cho‘mgan,
Tongi otmas uzun tunda ham.

Odamlarmas u bilan birga,
Ko‘zyoshingni arta olgansan.
Ishonganing kechganda sendan,
Unga yelka tutib qolgansan.

Odamlarga intilma ho‘pmi,
Sen bilgandek emas odamlar.
Qanday kelgan bo‘lsa shundayin,
Sekin ketar tashlab qadamlar.

Bir sinovli bu dunyosiga,
Yolg‘iz keldik yolg‘iz o‘lamiz.
Yurakkim unutma shuni,
Qabrda ham yolg‘iz bo‘lamiz.

Muallif: Komila Qiz.
27.10.2024.✍

Читать полностью…
Subscribe to a channel