#tushungan_tushundi
– Kechirasiz, shu yerdan meni egizak ukam o'tib ketmadimi? Ko'rmadizmi?
– Bizdan boyayam so'ragandiz...
@Oramizdagi_Gaplar
"It sotib oling. Bu mehr-muhabbatni pulga sotib olishning yagona yo'li."👍👏
@Oramizdagi_Gaplar
SOVUQDA 5 KM YOʻL BOSIB YURGAN OʻQUVCHI HAQIDA
Bu rasmdagi xitoylik bola Vang Fuman. (rasm ilova qilindi)
Ikki yil oldin ushbu rasm oʻquvchining oʻqituvchisi tomonidan olingan. Imtihondan oʻtish uchun u yengil kurtkada va shapkasiz 9 daraja sovuqda 5 km yurdi.
Sochlari va qoshlari muzli, yonoqlari sovuqdan qizgʻish edi. 8 yoshli Vang Fuman Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi kichik bir qishloqda singlisi va buvisi bilan yashaydi.
Onasi oilani tark etgan, otasi esa uydan uzoqda ishlaydi va bir necha oyda bir keladi. Vang surunkali gipotermiyaga ega - issiqlik yetishmasligi, shuning uchun u doimo muzlaydi, qoʻllari shishadi va barmoqlari itoat qilmaydi.
Uning kichik maktabida isitish tizimi yoʻq va barcha oʻquvchilar dars paytida qalin, qishki kiyimda boʻlishadi.
Vang albatta, taʼlim olishni juda xohlar edi, chunki bu qashshoqlikdan qutulishning yagona yoʻli edi.
Aytgancha, bola shoshib borgan imtihonda u 100 balldan 99 ball toʻplagan. Oʻqituvchi Vangni suratga olib, fotosuratni tarmoqqa joylashtirgandan soʻng, uning hikoyasi hayajonli davom oldi. Foydalanuvchilar 3 million yuan yoki 450 ming dollar yigʻdilar.
Bu mablagʻ evaziga Vang maktabidagi isitish tizimini taʼmirladilar, Yunnan provinsiyasidagi kambagʻal oilalar farzandlariga isitgichlar va issiq kiyimlar sotib oldilar.
Keyinroq Vang Pekinga taklif qilindi. Pekinda unga nima taʼsir qilganini bilasizmi? Keyinchalik u oʻz kichik safari haqida nima deganini bilasizmi?
Oʻshanda Vang shunday degan:
- Uyda biz doimo koʻmir yoqamiz va kurtkalarda uxlaymiz. Va mana shunday iliq uylar bor, men bitta koʻylakda yura olaman! Buni birinchi marta koʻrishim, isitish - bu moʻjiza!
Shunday qilib, farzandingiz yangi telefon olishni xohlab qichqirganda - ushbu hikoyani oʻqib chiqsin!
@Oramizdagi_Gaplar
Davlat rahbarining tegishli farmoyishiga ko‘ra:
O‘tkirjon Jumayev - besh yil muddatga Jizzax viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. O‘tkirjon Jumayev 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Luqmon Qodirov - besh yil muddatga Buxoro viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Luqmon Qodirov 1966 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Shuhrat Kamolov - besh yil muddatga Farg‘ona viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Shuhrat Kamolov 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Hamidulla Qudratov – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va shuning besh yil muddatga Navoiy viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Hamidulla Qudratov 1959 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Abduqayum Mahkamov – besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Abduqayum Mahkamov 1957 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Tal’atjon Meliboyev – besh yil muddatga Andijon viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Tal’atjon Meliboyev 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Bahodir Polvanov – besh yil muddatga Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Bahodir Polvanov 1979 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi sudyasi lavozimida ishlagan.
Abdulqosim Ro‘ziqulov – besh yil muddatga Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Abdulqosim Ro‘ziqulov 1965 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Dilshod Tojiboyev – besh yil muddatga Toshkent viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Dilshod Tojiboyev 1972 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Olim Hayitov – besh yil muddatga Samarqand viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Olim Xayitov 1969 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan
A’zamjon Xudoyberdiyev – besh yil muddatga Sirdaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. A’zamjon Xudoyberdiyev 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan.
Abdurasul Eranov – besh yil muddatga Namangan viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Abdurasul Eranov 1961 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
#yurtimizdagi_yangiliklar
@oramizdagi_gaplar
Lavozimga tayinlanganlar
13 yanvarda Bahrom Yusupov Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bahrom Yusupov 1976 yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yaponiyadagi Siyosiy fanlar milliy instituti va AQSHdagi Oklaxoma universitetlarini tamomlagan. 2012-2016 yillar davomida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan.
14 yanvarda Abdukodir Hamidovich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi. Abdukodir Toshqulov bungacha Termiz davlat universiteti rektori sifatda faoliyat yuritib kelayotgandi.
Sherzod Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davronjon Kobiljonovich Odilov Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Yunusobod tumanidagi “Gold Step Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
#yurtimizdagi_yangiliklar
@oramizdagi_gaplar
Yakuniga yetayotgan hafta O‘zbekistonda turli davlat tashkilotlari, hokimliklarda tayinlov va iste’folarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, qator vazirlarning o‘rinbosarlari tarkibida ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Quyida mamlakatda hafta davomida amalga oshirilgan tayinlov va iste’folarni eslab o‘tamiz.
Lavozimdan olinganlar
Dastlab 13 yanvar kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining birdan ikki nafar o‘rinbosari ishdan olindi.
Vazirning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari buyicha o‘rinbosari Saidkamol Saidkarimovich Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, Botirjon Abdushukurovich Sulaymonov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori lavozimidan ozod etildi.
Uning ortidan O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ro‘ziboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
#yurtimizdagi_yangili
@oramizdagi_gaplar
Juda tasirli va ruhlantiruvchi gap bo'libdi!
Saidbek Arislonov bilan "Osmondagi bolalar" loyihasini ko'rib mazza qildim. Quyidagi video o'sha suhbatdan bir parcha.
Yoshlar, kimga havas qilayotganimizga e'tibor beraylik! Saidbek kabi yigitlar ko'paysin!
@Oramizdagi_Gaplar
#perevod
📌 Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20-dekabridan 2021 yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.
Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati
Talabalarga ulashing👇👇
@oramizdagi_gaplar
#Tik_tok da trendga aylangan ko'pchilik izlagan tarona.
Ertalabdan yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin🥰
Bizga qo'shiling⏬⏬
@Oramizdagi_gaplar
— Dunyodagi eng zukko farzandning otasi bo‘lish qanday tuyg‘u, dada?
— Men qayoqdan bilay, borib bobongdan so‘ra! 😅
@Oramizdagi_Gaplar
Tok urmaydigan odam.
23 yoshli Pokistonlik Zafar Iqbol umuman tok urmaydigan inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
@Oramizdagi_Gaplar
2021-yilda kirish test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqasi
Avvalgi yillardan farqli oʻlaroq, Fan 1, Fan 2, Fan 3, Fan 4 va Fan 5 qatorlarga bòlingan.
Rasm Davlat test markazi binosidan
@oramizdagi_gaplar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan, Fazliddin Karimovich Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu sababdan Xalilillo To‘raxo‘jayev Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. Uning nomzodi Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimiga ko‘rib chiqilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov Transport vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2018 yilda poytaxt rahbarligidan ketgach, Yunusobod tumani hokimi lavozimida ishlayotgandi.
Usmonovdan bo‘shagan “kursi”ga Bektemir tumanining sobiq hokimi Jahongir Ibrohimov tayinlandi. U 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi sifatida ishlagan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimidan olingan Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich Nurafshon shahriga hokim etib tayinlandi.
Hafta davomidagi muhim lavozimiy o‘zgarishlardan biri Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyevning o‘z xohishi bilan iste’foga chiqishi bo‘ldi. Uning o‘rniga senator Feruza Farhodovna Eshmatova ombudsman etib saylandi.
Sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori etib tayinlandi. Toshqulovdan bo‘shagan TerDU rektorligi lavozimiga Avazjon Rahimovich Marahimov tayinlandi. O‘ktam Rahimovich Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan barcha viloyatlarga yangi sud raislari tayinlandi.
#yurtimizdagi_yangiliklar
@orqmizdagi_gaplar
birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Shu kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Rahimovich Salomov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. O‘ktam Salomov 2020 yilning 30 iyunida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektorligidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Uning ortidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovning o‘zi ham ishdan olindi. Hukumat a’zolaridan yana Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich ham iste’foga chiqarildi.
Ishdan bo‘shatishlar shu bilan to‘xtamadi. Quyiroqda Toshkentning Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov va Toshkent viloyatining Nurafshon shahri hokimi Qahramon Hakimov ham lavozimidan ketdi
#yurtimizdagi_yangiliklar
@oramizdagi_gaplar
Ózim kórdim shu intervyuni judda zór, mazmunli suhbat bôlgan, bu kórsatuvni boshqa sonlarini ham kôrishni tavsiya qilaman, kelajagizdagi rejalarga sezilarli ijobiy ta'sir kórsatadi👍👍👍
Читать полностью…Disneyland qo'riqchisi shu yerga kelgan bir qizaloqga haqiqiy malika kelibdiku deb, dan dasthat so'ramoqda.😍👍👍
Qizaloqning quvonchini so'z bilan tasvirlash qiyin bo'lsa kerak.
@Oramizdagi_Gaplar
Mana bu rassom yigit o'zini suratini chizayotgan o'zini suratini chizdi😳😁👍
@Oramizdagi_Gaplar
Bugungi bayram bilan hammangizni tabriklaymiz, oilangizga tinchlik xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka, kelgusi ishlaringizda omad va zafarlar tilab qolamiz, hurmat bn @oramizdagi_gaplar kanali admenlar jamoasi 👍
Читать полностью…Rossiyadagi universitetlarning birida TikTok fakulteti ochilishi mumkin.😳
Rossiyaning Tomsk politexnika universitetida TikTok fakulteti ochilishi mumkin. Bunga sabab qilib so'nggi paytlarda innovatsion kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida o'smirlarni ko'rishni xohlayotgani aytilgan.
@Oramizdagi_Gaplar
Omadini bersin, bizning vatandoshimiz yutuqlarini eshitish maroqli, insholloh bu kishiga ôxshab intiladigan yoshlarimiz kôpaysin
@oramizdagi_gaplar