Agar seni hamisha yoqtirishlarini istasang, oʻzingga oʻzing xizmat qil.
Benjamin Franklin
@oriftolib
Ulugʻ ish qilishga intilganlarni, hatto uddalay olmagan boʻlsalar ham, hurmat qil.
Seneka
@oriftolib
Qoʻrqoq xavfsizligiga ishonchi komil boʻlgandagina poʻpisa qiladi.
Yohan Gyote
@oriftolib
Nima uchun yoziladi?
Hajvchi adib Moris Safir bir yozuvchi bilan tortishib qoladi. Suhbatdoshi qizishib ketadi va gʻazabi qoʻzib:
– Siz, qadrdonim Safir, faqat pul uchun yozasiz, men esa faqat vijdon uchun yozaman, – deydi.
– Doʻstim, – deb javob qaytaradi Safir, – ikkovimiz ham oʻzimizda yoʻq narsa uchun yozamiz-da!
👉 Mashhurlar hayotidan
@oriftolib
Koʻproq bilish uchun emas, yaxshiroq bilish uchun oʻrgan.
Lutsiy Anney Seneka
@oriftolib
“Daqiq” nima degani?
Daqiq soʻziga duch kelgandirsiz. Imlo lugʻatida bor, lekin izohli lugʻatga kiritilmabdi. Xoʻsh, u nima maʼnoga ega?
“Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati” uning oltita maʼnosini keltirgan. Hozirgi tilimizda daqiq soʻzi nafis, nozik, ingichka, chuqur maʼnoli, mazmundor kabi maʼnolarda ishlatiladi:
Imom Tabariy – Qurʼon oyatlarining maʼnolarini daqiq joylarigacha tushungan olim.
Adibning daqiq fikrlari kitobning salmogʻini bir necha karra oshirgan.
🟢 Daqiqa, diqqat, tadqiq soʻzlari daqiq bilan aslan oʻzakdosh.
#Soʻragan_edingiz
@oriftolib
Hayotda shunaqa rahbarlarga ham duch kelganman. Bilimi beshinchi sinf darajasida, lekin mutaxassisga aql oʻrgatadi.
Shunchalik zoʻr ekansan, oʻzing qilib qoʻya qol oʻsha ishni. Yoʻq, u dono maslahatlarini berishi va boshqalar unga quloq solishi kerak.
Nega bizni hurmat qilishmaydi deb hayron boʻlishsa ham kerak keyin.
@oriftolib
Har birimizning ichimizda bir daho uxlaydi. Kundan kun uyqusi qattiqlashaveradi.
Mixail Jvanetskiy
@oriftolib
Oʻynab emas, oʻylab yozing!
Bir nufuzli saytning xabar berishicha, parranda goʻshti ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
🟢 Aniqlashtirib olaylik: jonivorlar, tomorqa va bogʻlardan olinadigan mahsulotlar (masalan, chorvadan goʻsht, sut, yung; parrandadan goʻsht, tuxum; daraxtdan meva, oʻtin; polizdan sabzavot) yetishtiriladi yoki tayyorlanadi.
Chunki bular odam qoʻli yoki uskuna yordamida tayyorlanmaydi. Shuning uchun bu oʻrinda yetishtirmoq feʼli mos. Agar bu mahsulotlar qayta ishlansa, masalan, kolbasa, sosiska, konserva, murabbo kabilar tayyorlansa, ishlab chiqarmoq feʼlini qoʻllasak boʻladi.
📌 Demak:
Parranda goʻshti yetishtirish hajmi oshiriladi. ✅
Parranda goʻshti ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. ❌
Manba: @tahrir_uz
@oriftolib
Ginnesmi yo Ginness?
Ginnesning rekordlar kitobi kitobi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Milliy ensiklopediyaga koʻra, tabiat va insoniyat olamidagi ulkan natijalar, noyob hodisalar va gʻaroyib voqealar haqidagi xabarlardan iborat boʻlgan maʼlumotnoma nashr. 1955-yildan beri nashr etib kelinadi.
Ginnes soʻzi inglizchada Guinness shaklida yoziladi. Odatda qoʻsh undoshli inglizcha soʻzlar ruschaga ham qoʻsh undoshini saqlagan holda oʻtadi. Biz esa ruschadan olib qoʻya qolamiz. Masalan: congress – kongress. Oʻzbekchada qoʻsh undoshlarga ehtiyoj yoʻqligi haqida oldinroq yozgan edim.
Ginnes soʻzi ruschada ikkita s bilan yozilgan boʻlsa-da, negadir shu soʻzda istisno boʻlgan va oʻzbekchada bitta s bilan yozish ommalashgan. Jumladan, milliy ensiklopediyada ham Ginnes shakli ishlatilgan. Shu shaklda yozish toʻgʻri.
📌 Demak:
Ginnesning rekordlar kitobi ✅
Ginnessning rekordlar kitobi ❌
@oriftolib
Oʻzbek tilida forscha soʻzlar rostdan koʻpmi?
“Qurultoy” podkastida yaxshi mavzu koʻtarilibdi. Unda oʻzbek tilining oʻtmishi va buguni, tilimizdagi forscha va arabcha soʻzlar, chetdan soʻz olish va uning tilga taʼsiri, til merosidan ijodiy foydalanish kabilar haqida eʼtiborli mulohazalar bildirilgan.
Koʻring, tavsiya qilaman:
👉 youtu.be/8YmA5NtDAyY
@oriftolib
Gap koʻp, koʻmir oz: maqolning maʼnosi nima?
Qadimda uzun qish kechalari qoʻni-qoʻshni, yor-doʻstlar bir uyga yigʻilib, tancha atrofida oʻtirib gurunglashganlar. Shunda suhbat uzoq choʻzilib ketsa, suhbatdoshlardan biri yarim hazil, yarim chin qilib: “Qish oʻchogʻi tor, bor uyingga bor”, deya yetar endi, vaqt ham allamahal boʻlib qoldi, uy uylikka, tepa toʻylikka, deyishgan.
🟢 Muqobili: Ish koʻp, temir oz, gap koʻp, koʻmir oz.
Shoir Erkin Vohidov izohicha, aslida ushbu naql “Gap koʻp, umr oz” shaklida boʻlgan. Talaffuzdagi dissimilyatsiya tufayli “Gap koʻp-u, koʻmir oz” shakliga kirib qolgan. Maqol insonni behuda suxandonlik, foydasiz nutqdan tiyib, hayotni, odamlarga munosabatni nihoyatda qadrlash va oʻylab gapirishga chaqirishi bilan qimmatlidir.
Mahmud Sattor
@oriftolib
Agar ahmoq bilan bahslashayotgan boʻlsang, katta ehtimol, u ham xuddi shu ishni qilyapti.
Mixail Jvanetskiy
@oriftolib
“Bilaman va shubha qilmayman”
Bir odam xotini oʻttiz yoshdaligini mashhur faylasuf Sitseronga zoʻr berib uqtira boshlaydi.
– Bilaman va aslo shubha qilmayman, – deb javob beradi Sitseron. – Axir bu gapni yigirma yildan beri qaytarib kelyapsan-ku!
@oriftolib
Siz ham SMM-menejer bo'la olasiz
Like bosish, izoh yozish, video tomosha qilish bu har kunlik ishimiz hisoblanadi. Lekin shu holatimizni SMM orqali daromadli kasbga aylantirishimiz mumkin.
Agar bunga hayron qolayotgan boʻlsangiz, «Najot Ta'lim» markazi tomonidan tashkil etilayotgan bepul ochiq darsga taklif qilamiz.
🗓 Vaqti: 14-sentyabr, shanba, soat 16:00
📍 Joyi: «Najot Ta'lim» Xadra filiali
🔗 Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish
P. S. Ochiq darsda qatnashish orqali umumiy qiymati 5.000.000 so'mli vaucherlardan birini qo'lga kiritishingiz mumkin.Taʼlim reklamasi
Foydalanib, tayanib, asoslanib: vergul kerak emas
Ravishdosh shakli -b, -ib bilan doim vergul ishlatilavermasligi haqida oldinroq yozgan edim.
Bu holat uyushiq boʻlaklar bilan vergul qoʻllashga oʻxshaydi: ketma-ket yoki birdan ortiq harakat boʻlishi zarur. Agar bitta harakat ifodalansa, ravishdosh shu harakatni sifatlasa, vergul kerak emas:
Tayyor fotosuratdan foydalanib rasm chizamiz.
Tajriba va kuzatishlarimizga tayanib xulosa qilamiz.
Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib hukm chiqarmang.
🟢 Vergul qoʻyish toʻgʻri boʻlgan holatlar:
Qalamdan foydalanib, ora-orada ruchka ishlatib rasm chizamiz.
Tajribaga tayanib, oʻqib-oʻrganganlarimizni mushohada qilib xulosa yasaymiz.
Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib, mohiyatini tushunmay turib hukm chiqarmang.
@oriftolib
Aka
Dilafruz otasiz oʻsgan, ammo oilasida uch qiz va onasi suyanadigan akasi bor edi. Kuchli, kelishgan akasi.
Oldiniga onasi, keyin bir baxtsiz hodisa bilan akasi vafot etganida men magistraturada Toshkentda oʻqir edim.
Uning ikki fojia tufayli surilgan toʻyi oʻtkazilishidan, qaysidir maʼnoda, gʻamlarni kesish maqsad qilingan edi. Dilafruz toʻyga aytib uyimizga kelganida toʻyga borishga hech qachon ruxsat bermaydigan dadam Toshkentga qoʻngʻiroq qilib, toʻyga kelib ket, deb aytgan edi.
Kursdosh dugonam bilan Andijonga yetib kelguncha qorongʻi tushib qolgan, shahardan uning qishlogʻiga borish uchun taksi “pitak”ka borganda taksichilar bemahalda yurgan qizlarni shilqimona hazil bilan kutib olishgan edi. Ammo uning qishlogʻi va vafot etgan akasining ismini aytishimiz bilan hammasi birdan hushyor tortib, oʻzini yigʻishtirib olgan, savdolashmagan, oʻrtogʻimizning uyiga kelguncha miq etmagandi. Uning akasi singlisining oʻrtoqlarini vafot etgach ham himoya qila olgani meni taʼsirlantirgan edi.
Dugonam hozir oilali, baxtli, maktabda dars beradi.
Manba: @suvaydo
@oriftolib
#Amaliyot
Tadbirkorlar ommaviy elektr tokidan uzildi ❌
Tadbirkorlar elektr tokidan ommaviy uzildi ✅
@oriftolib
Manbaimi yoki manbayi?
Unli bilan tugagan soʻzlarga -i egalik qoʻshimchasini qanday qoʻshish masalasi koʻp bahslarga sabab boʻladi. Imlo qoidalarida beshtagina soʻz uchun qoida berilgan xolos: parvo, obroʻ, mavqe, mavzu, avzo. Boshqa soʻzlar uchun, jumladan, manba soʻzi uchun tartib belgilanmagan.
Amaliyotda manbai shakli urf boʻlgan. Ammo manbayi varianti ham xato emas. Chunki -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda soʻzdagi unlidan keyin bir y orttirilishi tilda bor hodisa. Koʻp uchragani va koʻz oʻrgangani sababli menga birinchi varianti maʼqul.
Baʼzilar egalik qoʻshimchasini izofa bilan adashtiradi. Nuqtai nazar degan birikma lotinchada nuqtayi nazar yozilgani kabi bunda ham faqat va faqat manbayi varianti toʻgʻri deb hisoblaydi. Ikkovi ikki xil narsa-ku, okasi yo opasi deyishning foydasi yoʻq.
Ajoyib kunlarning birida imlo qoidalari isloh boʻlib qolsa, shu masalani ham uzil-kesil hal qilib ketish kerak. Shunda “Qoidasi qani?” deydiganlarni toʻgʻri shu yoqqa ravona qilvorish mumkin boʻladi.
🟢 Eʼtibor bering, bu soʻzga egalik qoʻshimchasi doim -i yoki -yi shaklida qoʻshilavermaydi:
Kitob – bilim manbai. ✅
Kitob – bilim manbayi. ✅
Bu maʼlumotning manbasi bormi? ✅
@oriftolib
Ilk uchrashuv
Atoqli rus shoiri Vladimir Mayakovskiy politexnika institutiga uchrashuvga boradi. U yerda nutq soʻzlayotib:
– Men ruslar orasida oʻzimni rus deb his qilaman, gruzinlar orasida esa gruzin... – deydi. Shu payt:
– Ahmoqlar orasida-chi? – deb baqiradi kimdir zaldan.
– Ahmoqlar orasida birinchi bor boʻlishim, – deb javob beradi shoir oʻsha zahotiyoq.
👉 Mashhurlar hayotidan
@oriftolib
Aqlli odamlarni yollab, soʻng ularga nima qilishni oʻrgatishda maʼni yoʻq. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilishni oʻrgatishlari uchun yollaymiz.
Stiv Jobs
@oriftolib
Lamborginimi yoki Lamborjini?
Lamborghini haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Italiyadagi Automobili Lamborghini S.p.A. kompaniyasi qimmatbaho avtomobillarini shu brendda ishlab chiqaradi. Kompaniyaga 1963-yili Ferrucho Lamborgini asos solgan. Asoschisining ismi avtomobilga nom boʻlib oʻtgan.
Mashina rusumini Lamborjini deyish koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Nega unda bunday talaffuz qilish keng tarqalgan? Ingliz tili sababli. Bilasiz, g harfi inglizcha soʻzlarda koʻpincha j deb oʻqiladi. Italyan tilini biladiganlar kam, inglizchani biladiganlar esa koʻp. Ular soʻzni inglizcha talaffuz tasavvuri bilan oʻqiydi.
Biroq Lamborghini inglizcha emas, italyancha. Italyanchada g harfi asosan g deb oʻqiladi. E va i unlilaridan oldin esa j deb oʻqiladi. Bu ikki unlidan oldin ham g oʻqilishi uchun bir h orttiriladi. Lamborghini soʻzida ham ayni shu holat kuzatilgan, bu oʻrinda gh birikmasi g tovushini beradi.
🟢 Solishtirish uchun: italyancha makaron spagetti ham asliyatda spaghetti yoziladi va yuqoridagi qoidaga koʻra, spagetti oʻqiladi. Amaliyotda bu soʻzni spajetti deyish uchramaydi hisob.
Lamborgini talaffuzini Googleʼda eshitib koʻrishingiz ham mumkin.
📌 Demak:
Lamborgini ✅
Lamborjini ❌
@oriftolib
Sahifamiz rivojiga hissa qoʻshing
“Tirikchilik” platformasida hisob ochdim. Endi u orqali kanalimizni moddiy qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin. Xayriya mablagʻlari kanal faoliyatini yaxshilash, sifatli maʼlumotlar taqdim etishga yoʻnaltiriladi.
👉 tirikchilik.uz/oriftolib
Aytgancha: kanal faoliyatini postlarga ⭐️ bilan munosabat bildirib ham qoʻllash imkoni bor.
@oriftolib
Boja, bajanak, boldiz, pochcha
...“Turkiy tillarning etimologik lugʻati”da bajanakning qadimiy shakli ba:ja (birinchi boʻgʻin unlisi choʻziq) boʻlganligi aytiladi. Demak, bu soʻzning bajanak emas, boja shakli qadimiyroq ekan. Bajanak (bajanaq, bajinaq, bajinah, pajanak va hokazo) esa ba:ja soʻziga – (a)naq qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasalgan va bu qoʻshimcha kichraytirish maʼnosiga ega boʻlishi mumkin. Bizningcha, bajanak deyish koʻproq oʻgʻuz lahjasi, xususan, turk, ozarbayjon, gagauz (koʻkoʻgʻuz) va boshqa gʻarbiy turk tillariga xos, ular orqali bu soʻz fors, arab, arman, bolqon xalqlari, jumladan, bulgʻor, serb, xorvat tillariga ham oʻtgan. Tojik tilidagi boja esa, bizningcha, oʻzbek tilidan oʻzlashgan.
Shuningdek, oʻzbek va tojik tillarida opaning yoki yaqin qarindoshning eriga nisbatan pochcha (pochcho) soʻzi ishlatiladi (shevalarda: bәchchә, guyәv pәchchә, kuyәv pәchchә, jezdә, jezzә, yezdә, yazna). “Turkiy tillarning etimologik lugʻati”dan koʻrinadiki, boja soʻzi baʼzi turk xalqlari tillari, shevalarida paja, pacha, pachanak kabi shakllarda ham qoʻllanadi. Baʼzi shevalarda esa bu soʻz kuyov, opaning eri maʼnolariga ega. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, mazkur jihatlar pochcha ham boja soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin degan taxminga olib keladi.
Boja, bajanak soʻzlari etimologiyasi xususida baʼzi mutaxassislar bu soʻz asosida qadimgi turkiydagi singil maʼnosidagi baji yotadi degan fikr bildirgan. Bajanak, boldiz soʻzlari “Devonu lugʻotit-turk”da ham bor. Mahmud Koshgʻariy boldizga “Devon”da shunday izoh beradi: “baldїz – xotinning singlisi. Erning singlisiga baldiz deyilmaydi, singil deyiladi”.
Abduvohid Hayit
@oriftolib
“Mayli, chap qoʻlim bilan oʻynayman”
Semyuel Klemens oʻn sakkiz-oʻn toʻqqiz yoshlarida Nevada shtatidagi Virjiniya Siti shaharchasiga keladi. Bu yerda “Mahalliy tadbirkorlik” (“Territorial Enterprise”) gazetasiga ishga kirib, Mark Tven taxallusi bilan chiqishlar qiladi.
Kunlarning birida boʻlajak yozuvchi bilyardxonaga kiradi. U yerda bir notanish kishi yarim dollarga bilyard oʻynashni taklif etadi. Semyuelni qiziqtirish uchun “Mayli, chap qoʻlim bilan oʻynayman”, deb qoʻshib ham qoʻyadi. Bu gap yosh reportyorga taʼsir qiladi. Bu maqtanchoqning adabini bir berib qoʻyay deb yeng shimarib oʻyinga kirishadi.
Biroq ish chappasiga ketadi. Oʻyinni boy bergan Mark Tven raqibiga: “Chap qoʻlda shunchalik oʻynar ekansiz, oʻng qoʻlda oʻynashingizni ham bir koʻraylik”, deydi havas bilan. “Afsus, ilojim yoʻq, – deb javob beradi raqibi, – axir men chapaqayman”.
👉 Mashhurlar hayotidan
@oriftolib
“Vatan” soʻzi doim bosh harf bilan yoziladimi?
Imlo qoidalariga koʻra, vatan soʻzi kichik harf bilan yoziladi. Chunki u atoqli ot emas. Bu soʻzga ulugʻvorlik, yuksaklik maʼnosini qoʻshish uchun uni bosh harf bilan yozish mumkin. Xuddi shu tartib asosida inson, mehr, nomus, ota, ona, ozodlik kabi soʻzlarni ham bosh harfda bersa boʻladi. Bu holat asosan badiiy va publitsistik matnlarga xos.
❗️ Eʼtibor bering: shart deyilmayapti, mumkin deyilyapti. Vatan soʻzini nega kichik harfda yozding deb bolta koʻtarib keladiganlardan boʻlmang.
📌 Demak:
Oʻzbekiston – vatanim manim ✅
Oʻzbekiston – Vatanim manim ✅
@oriftolib
Sinov darvozasi
Qadim zamonda bir podsho vazirlikka munosib kishi qidira boshladi. Eng yaxshi nomzodni tanlash uchun bir sinov oʻylab topdi. Saltanatidagi eng katta darvozani qalʼaga keltirishlarini buyurdi. Bu ulkan temir eshikni koʻrganlar hayratdan yoqa ushladi.
Saroy aʼyonlari, turli amaldorlar, donishmandlar yigʻilgan majlisda podsho shunday dedi:
– Katta darvozani koʻrgan boʻlsalaring kerak. Uni bekorga olib kelmadim. Uning eshigini ocha bilgan kishini vazir lavozimiga tayinlayman.
Aʼyonlar darvozaga yaqin ham bormadi. Shuncha odamning oldida sharmanda boʻlishni oʻzlariga ep koʻrmay, bu yogʻi nima boʻlar ekan deb kuzata boshlashdi. Donoligi bilan nom qozongan baʼzi bir kishilar darvozani bir qur aylanib koʻrdilar-u, ammo eshikni ochishga harakat qilmadilar. Koʻpchilikning hafsalasi pir boʻldi: donishmandlar voz kechgan ishga urinishdan ne naf!
Biroq shu payt bir yasovul podshodan izn soʻradi. Ruxsat olgach, dadil borib dastani tortdi: eshik osongina ochildi. Darvoza hatto qulflanmagan ham ekan. Shunchaki oʻz holicha yopib qoʻyilgan ekan.
Yasovul oʻziga ishonchi, dadilligi tufayli yuksak martabaga erishdi.
Hayotda aynan shunday vaziyat uchrashi amrimahol boʻlsa-da, shunga oʻxshash holatlarga tez-tez duch kelib turamiz. Tavakkalchilik, ikkilanmay olgʻa qadam tashlash bizga muvaffaqiyat keltirsa, jurʼatsizlig-u qatʼiyatsizlik afsus va attanglarga sabab boʻladi.
⚡️Yosh kitobxonlarga ham 3ta elektromobil!
“Yosh kitobxon” tanloviga 3 ta yosh toifasi bo'yicha (10-14; 15-19; 20-30) 3 ta elektromobil qo'yiladi!
Eng yaxshi kitoblarni o'qib, siz nafaqat yangi bilimlarga ega bo'lish, ilm-fan rivojiga o'z hissangizni qo'shish, balki mukofot sifatida elektromobilni qo'lga kiritishingiz mumkin.
Tanlovning 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!
@alisher_sadullaev
Bolalar uchun sovgʻa tayyorlaganmiz. Nasib qilsa, sentyabr oyida taqdim qilamiz.
Kitoblar 3+ yosh toifasidagi bolalar uchun moʻljallangan.
Mualliflar:
Dinara Muminova
Nilufar Jabborova
Gulnoz Tojiboyeva
Qobiljon Shermatov
Dilnavoz Najimova
Sa’dullo Quronov