Imlosi qiyin soʻzlar (6-qism) | 5️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | oriftolib">YouTube
Nonlari boʻlmasa, shirinkulcha yeyishsin!
Hukmdoru amaldorlarning oddiy xalq hayotiga eʼtiborsizligi, bepisandligini ifodalaydigan bu ibora ancha mashhur. Uni fransuz malikasi Mariya Antuanettaga nisbat berishadi. Ammo bu fikrni ilk bor u aytmaganini tasdiqlaydigan dalillar bor.
Bu ibora ilk bor fransuz mutafakkiri Jan-Jak Russoning “Iqrornoma” asarida qayd etilgan. Unga koʻra, bir malikaga dehqonlarning yegani noni yoʻqligi haqida aytishadi, malika esa: “Unda brioshi yeya qolishsin” deb javob beradi.
Oʻzbekchaga shirinkulcha yoki pirojniy deb tarjima qilinadigan brioshi tuxum va sariyogʻ qoʻshib pishiriladigan doʻmboq shirinlikdir. U oʻziga toʻqlarning dasturxonidagina topiladigan yegulik edi.
Russo “Iqrornoma”sida malikaning nomini keltirmaydi. Asarning ayni shu bobi 1760-yillarda yozilgan. Bu paytda Mariya Antuanetta 10 yoshlarda edi va hali malika emasdi. U 1774-yili eri Lyudovik XVI taxtga oʻtirgach, malika maqomiga erishadi. Mantiqan olganda, shirinkulcha haqidagi ibora Mariya Antuanettaga tegishli emas.
Ayrim mualliflar bu voqeani malikaning dushmanlari oʻylab topgani va uni obroʻsizlantirish uchun tarqatganini aytadi. Iborani fransuz saroyining boshqa xonimlariga nisbat beradiganlar ham bor. Yana bir variantga koʻra, brioshi haqidagi gap – Jan-Jak Russoning badiiy toʻqimasi.
Oʻxshash voqea qadimgi Xitoyda ham boʻlgan. Szin sulolasi hukmdori Xuey-diga mamlakatdagi boshboshdoqliklar tufayli odamlar guruch topa olmay och qolgani haqida xabar berishadi. U esa: “Axir qiyma yeyishsa boʻladi-ku!” deb javob beradi.
Telegram | oriftolib">YouTube
Punktuatsiyaga oid maqolalar
3-qism
🔹 Modomiki: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Natijada: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Nahot(ki): vergul kerak emas
🔹 Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Sanani qoʻshtirnoqqa olmaslik kerak
🔹 Snoska qoʻyish qoidalari
🔹 Soʻng, soʻngra: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?
🔹 Undalmasiz murojaatda vergul kerakmas
🔹 Xolos: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Xususan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Hurmat bilan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Chunki: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Shu sababli: vergul kerakmi yo yoʻq?
🔹 Shubhasiz: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 1-qism
👉 2-qism
Telegram | oriftolib">YouTube
“Turing, janob, sizni buyuk ishlar kutmoqda!”: jahonga mashhur iboralar aslida kimga tegishli?
Dunyoga mashhur, dovrug‘i yetti iqlimga ketgan, juda ko‘p xalq va elatlar qo‘llaydigan iboralar bor. Xo‘sh, ular qanday paydo bo‘lgan, uni dastlab kim, nima maqsadda ishlatgan? “Daryo” nashrida ana shunday iboralar tarixi haqidagi maqolam eʼlon qilindi.
👉 daryo.uz/hLnADf8E
Telegram | oriftolib">YouTube
Musulmon gʻisht va nikolay gʻisht
Savol:
Oʻtkir Hoshimovning “Urushning soʻnggi qurboni” hikoyasida yapaloq musulmon gʻisht iborasiga duch keldim. U nimani anglatadi?
Javob:
Musulmon gʻisht oʻtmishda yurtimizda ishlatilgan gʻisht turidir. Milliy ensiklopediyaga koʻra, u kvadrat shaklda boʻlgan – boʻyi va eni 24 santimetr. Qalinligi esa 5 santimetr. XIX asrning ikkinchi yarmidan qurilishda toʻrtburchak shaklli gʻishtlardan ham foydalanila boshlagan. Ular nikolay gʻisht deb atalgan.
Hozirgi pishiq gʻishtlarning oʻlchami har ikki gʻisht turidan farq qiladi. Musulmon gʻisht va nikolay gʻisht bugun ham bor, lekin uy koʻtarishda ishlatilmaydi. Musulmon gʻishtlar koʻproq yoʻlaklarga terilsa, nikolay gʻishtlardan oʻchoqlar qurishda foydalaniladi.
Nikolay gʻisht iborasida Nikolay ismi turdosh otga aylanib ketgani uchun kichik harfda yozish kerak.
Imlosi qiyin soʻzlar (5-qism) | 5️⃣2⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | oriftolib">YouTube
Sogʻligʻi haqida qaygʻurishga vaqti yoʻq odam yeriga urugʻ qadashga eringan dehqonga oʻxshaydi.
Island xalq maqoli
Telegram | oriftolib">YouTube
Imlosi qiyin soʻzlar (5-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars bilan tanishing. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Mudofaa
🔹 Taassurot
🔹 Murojaat
🔹 Taalluqli
🔹 Vakuum
🔹 Birpas
👉 youtu.be/lov2QzF5Dpo
Telegram | oriftolib">YouTube
Oydin kechalarda, shudringli oʻtloqlarda yurmagan odam dunyoning shodligini anglamabdi.
Yunon xalq maqoli
Telegram | oriftolib">YouTube
Nima degani?
Soʻz va iboralar maʼnosiga oid maqolalar
1-qism
🔹 Vallomat kim?
🔹 “Ayolgʻu” nima degani?
🔹 “Ammamning buzogʻi”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri koʻrsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?
🔹 “Asfalasofilinga ketdi”: asfalasofilin nima?
🔹 “Bir kallaqand, uch soʻm pul” – filmlardagi nodir soʻzlar, ularning maʼnosi nima?
🔹 “Jigʻimga tegma” – jigʻ nima?
🔹 “Juftakni rostladi” – juftak nima?
🔹 “Zero” nima degani?
🔹 “Iyigʻi chiqdi” – iyiq nima?
🔹 “Kiroyi kuyoving shundoq boʻlsa”: kiroyi nima?
🔹 “Qarz-qavola qildi”: qavola nima?
🔹 “Qulogʻi tom bitgan”: tom nima?
🔹 “Nafsi hakalak otdi”: hakalak nima?
🔹 “Nuktadon” nima degani?
🔹 “Pisanda qildi”: pisanda nima?
Telegram | oriftolib">YouTube
Yaxshi gap bilan erisholmagan qattiqqoʻllik bilan ham erisholmaydi.
Anton Chexov
Telegram | oriftolib">YouTube
Navkardan mergangacha: tomirida moʻgʻul qoni oqqan soʻzlar
Oʻzbekchada asli moʻgʻulcha boʻlgan soʻzlar anchagina. Ular tilimizga singib, oʻz soʻzimizga aylanib ketgan. Moʻgʻulcha ekanini sezmaysiz ham. “Daryo” nashrida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.
👉 daryo.uz/hBm7wBek
Telegram | oriftolib">YouTube
Oʻzing mehnat qilib topmagan narsa yengil tuyuladi.
Chechen xalq maqoli
Telegram | oriftolib">YouTube
Korzinka podkasti nihoyat YouTube yuzini koʻribdi
Qadim-qadim zamonda Korzinka podkastida qatnashgandim. Unda til, tarjima, atamashunoslik, lugʻatlar bilan ishlash kabi mavzularda suhbatlashgan edik. Shu podkast keyin negadir aro yoʻlda qolib ketgandi. Rosa dam yegandan keyin Oʻzbek tili bayrami arafasida eʼlon qilishibdi. Tasodifan koʻrib qoldim va sizlarga ham ilindim.
Lekin videoda nuqson bor ekan. Yarmidan koʻproq qismida tovush tasvirdan oldinlab ketibdi 🤷🏻♂️
👉 youtu.be/ednnd8y9ixY
Telegram | oriftolib">YouTube
Yangi choʻzmachilik: yokida
Yokida. Yoʻq, bu yaponlarning ismi emas. Choʻzmachilar yoʻq joydan toʻqigan soʻz bu. Hozir, agar kabi soʻzlarga keraksiz oʻrinda -da qoʻshimchasini qoʻshish uchrab turardi. Endi yoki bogʻlovchisiga ham oʻrin-payt kelishigini yelimlashyapti. Nega bu qoʻshimcha kerak, maʼnosi, vazifasi nima – mantiqli javob yoʻq.
Yaxshilar, yo, yoki, yoinki, yoxud soʻzlari bor. Lekin yokida degan soʻz yoʻq!
Eʼtibor bering:
Yo toʻgʻri gapiringlar, yokida jim turinglar. ❌
Yo toʻgʻri gapiringlar, yo jim turinglar. ✅
Yo toʻgʻri gapiringlar, yoki jim turinglar. ✅
Yokida degan soʻzni umuman ishlatmang. U tag-tugi bilan xato. Uni qoʻllash – yo savodsizlik, yokida tilni his qilmaslik belgisi.
Telegram | oriftolib">YouTube
Farqi nimada?
Soʻz va iboralar maʼnolaridagi nozik farqlarni oʻrganing.
1-qism
🔹 “Kashf” va “ixtiro”: farqi nimada?
🔹 Alifbo va alifbe: farqi nimada?
🔹 Antarktida va Antarktika: farqi nimada?
🔹 Darslik va oʻquv qoʻllanma: farqi nimada?
🔹 Dahliz va yoʻlak: farqi nimada?
🔹 Qitʼa va materik: farqi nimada?
🔹 Magnituda va ball: farqi nimada?
🔹 Maqol va matal: farqi nimada?
🔹 Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?
🔹 Pashsha va chivin: farqi nimada?
🔹 Pashshami yo chivin: turli hududlarda turlicha maʼno bildiradigan soʻzlar
🔹 Turshak va bargak: farqi nimada?
🔹 Universitet va institut: farqi nimada?
🔹 Mirzo va mirza: farqi nimada?
🔹 Bular bir xil maʼnoli soʻz emas — nozik maʼno farqiga ega 12 ta soʻz
Telegram | oriftolib">YouTube
Salqin, sarin va shudring
Salqin soʻzi oʻzbekchada iliqdan pastroq orombaxsh havo haroratini va quyosh nuri tushmaydigan, sersoya joyni anglatadi. Uning ildizi moʻgʻulcha salxin soʻziga borib taqaladi. Hozirgi moʻgʻul tilida bu soʻz shamol, shamolli, shamol bilan ishlaydigan kabi maʼnolarni anglatadi.
Sarin oʻzbekchada toza va yangi, salqin va yoqimli, nafis kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Ildizi moʻgʻulcha seruun – salqin, sovuq, tetiklashtiruvchi soʻziga borib taqaladi. Oʻzbekchada shu soʻzga oʻzakdosh boshqa bir soʻz ham bor – sergak. Bu soʻzni sezgir, fahmi oʻtkir, uygʻoq kabi maʼnolarda qoʻllaymiz. Sergak aslida turkiycha, u moʻgʻulchaga turkiy tillardan oʻzlashgan degan qarash ham bor.
Shudring esa moʻgʻulcha shuuder soʻzidan. U Navoiy asarlarida shudrun shaklida uchraydi.
Telegram | oriftolib">YouTube
Imlosi qiyin soʻzlar (6-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars bilan tanishing. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Adil va adl
🔹 Asl va asil
🔹 Afzal va abzal
🔹 Boyaqish va boyoqish
👉 youtu.be/5IE1cTvg4p0
Telegram | oriftolib">YouTube
Imloga oid maqolalar
5-qism
🔹 Manzil qanday yoziladi?
🔹 Markaziy kengash: bosh harf bilanmi yoki kichik?
🔹 Milodiymi yo melodiy?
🔹 Mingyillik va ming yillik: qay biri toʻgʻri?
🔹 Muhokamalarning “sevimli” savoli: “sentabr”mi yoki “sentyabr”?
🔹 MFY va QFYlar nomi qanday yozilishi kerak?
🔹 Navlar nomi qanday yoziladi?
🔹 Namoyon va namoyanda
🔹 Necha, nechi va nechchi
🔹 Nyu-York emas, Nyu York
🔹 -ov (-yov): chiziqcha kerak emas
🔹 Oyshami yoki Oisha?
🔹 Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar va kafedralar nomi qanday yoziladi?
🔹 Omikron, “omikron” yoki Omicron?
🔹 Onlayn yozishmalarda eng koʻp uchraydigan 🔟 ta xato
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
Telegram | oriftolib">YouTube
Doʻnon otmi, echkimi?
Moʻgʻul tilidan oʻzlashgan doʻnon soʻzi oʻzbekchada uch yoshga toʻlib, toʻrt yoshga oʻtgan ot yoki tuyani ham, ikki yoshga toʻlib, uch yoshga qadam qoʻygan qoʻy yoki echkini ham anglataveradi. Masalan:
Doʻnonning toyligi boʻlmas,
Nokasning – boyligi.
Bu maqolda gap ot haqida emas, chunki toʻrt yoshli ot toydan afzal. Maqolda esa afzallik emas, kamchilik nazarda tutilyapti. Chunki nokas boy boʻlolmagani kabi doʻnon ham toy boʻlolmaydi degan maʼno anglashilyapti. Bu oʻrinda doʻnon qoʻy yoki echki maʼnosida.
Bu soʻz koʻchma maʼnoda boʻyi yetgan mazmunida ham qoʻllanadi. Lekin bu koʻproq xalq ogʻzaki ijodi, sheva yoki soʻzlashuvda kuzatiladi.
Moʻgʻulcha doʻnoʻ yoki doʻnoʻn soʻzining oʻzagi toʻrt – doʻroʻ (doʻrvoʻn) soʻziga borib taqaladi. U toʻrt yoshdagi erkak hayvonni bildirgan. Hozirgi moʻgʻul tilida esa toʻrt yoshli buqani anglatadi.
Moʻgʻulchadan gurav yoki gurvan – uch oʻzagidan yasalgan soʻzlar ham oʻzlashgan. Gʻoʻnon – ikki yashar aygʻir yoki qoʻchqor. Gʻunajin – ikki yoshdan oshgan urgʻochi qoramol. Qiziq tomoni, oʻzbekchada uch maʼnosi ikkiga oʻzgarib qolgan.
Telegram | oriftolib">YouTube
Agar kun boʻyi hech narsa oʻrganmagan boʻlsang, kuning bekor oʻtibdi.
Xitoy xalq maqoli
Telegram | oriftolib">YouTube
Silovsin – yirtqich mushuk
Silovsin – mushuksimonlar oilasiga mansub, oyoqlari uzun, tumshugʻi choʻziq, koʻzi juda oʻtkir yirtqich hayvon. Uning terisi ham shu soʻz bilan ataladi.
Oʻrta asrlarda moʻgʻul tilidan oʻzlashgan silovsin soʻzi asliyatda ham shu hayvonni bildirgan. U moʻgʻul shevalarida silius, shuluus, silegusun, shuluuxen kabi shakllarga ega boʻlgan.
Turkiy tillarda silovsinga juda oʻxshash hayvon qoraquloq deb atalgan. Uning dasht silovsini, Misr silovsini kabi nomlari ham bor.
Telegram | oriftolib">YouTube
Ahmoqqa maslahat berish – oʻlikka dori berish.
Abxaz xalq maqoli
Telegram | oriftolib">YouTube
Manglay – peshona
XII–XIII asrlarda tilimizga oʻrinlashgan manglay soʻzi moʻgʻulchada peshona, oldingi, ilgʻor kabi maʼnolarni anglatgan. Bu soʻzni Navoiy asarlarida uchratish mumkin. U XIV asrga oid “At-tuhfa” lugʻatiga ham kiritilgan.
Xoʻsh, manglayning asl turkiy varianti boʻlganmi? Boʻlgan: alin.
Manglay bugun tilimizda nisbatan kam qoʻllanadi, alin esa mutlaqo isteʼmoldan chiqib ketgan. Ularning oʻrnini forscha peshona egallagan. Baʼzan shunaqa – asl soʻzlarimiz, asrlar boʻyi yashab kelgan nodir iboralarimiz tilimizning peshonasiga sigʻmay qoladi.
Telegram | oriftolib">YouTube
Chiroy – yuz, chehra
Bu soʻz XIV asr boshida yaratilgan “Qipchoqlar kitobi” (Codex Cumanicus) lugʻatiga kiritilgan. Chiroy soʻzi moʻgʻulcha saray – yuz, chehra, koʻrinish soʻzidan.
Navoiy asarlarida goʻzallik, jamol maʼnolarida qoʻllangan bu soʻz hozir ham ayni shu mazmunni ifodalaydi.
Chiroy moʻgʻulchadan oʻzlashgan boʻlsa, turkiy tilda uning muqobili boʻlmaganmi? Boʻlgan. Mahmud Koshgʻariy chiroyli maʼnosida koʻrklug, taylang, ezgu kabi soʻzlarni keltiradi. Bugun ulardan ikkitasi tilimizda bor. Koʻrk chiroy, koʻrkli, koʻrkam chiroyli maʼnosida boʻlsa, ezgu soʻzi yaxshilik baxsh etuvchi, xayrli degan mazmunga ega.
Telegram | oriftolib">YouTube
Imloga oid maqolalar
4-qism
🔹 Kobulmi yoki Qobul?
🔹 Koʻngilchanmi yo koʻngilchang?
🔹 Koʻp soʻraladigan savol: qoʻsh undoshli oʻzlashmalarga qoʻshimcha qanday qoʻshiladi?
🔹 Koʻcha nomlari va uy raqamlari qanday yoziladi?
🔹 Qizil kitobmi yoki “Qizil kitob”?
🔹 Qisqartma soʻzlar: qoʻshimchalar qoʻshib yoziladimi yo ajratib?
🔹 Qisqartmalar imlosi: lotin yozuvidagi xatolar
🔹 Qozogʻiston poytaxti – Ostona
🔹 QR kod
🔹 Quvaytmi yoki Kuvayt?
🔹 Qoʻshtirnoq
🔹 Lavozim, ilmiy unvon va ilmiy daraja: qanday ketma-ketlikda yozish kerak?
🔹 Lotin alifbosining yangi tahriri uchun taklif
🔹 Mavzu nomlari qanday yoziladi?
🔹 Mana bu va manavi
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
Telegram | oriftolib">YouTube
Til oʻzlashmani oʻzi istagan maʼnoda olishi johillik emas
Oyina.uz portalida “Ibo” “qarshilik”, “mugʻombir” “tavakkalchi” – asliga zid maʼnoda qoʻllanuvchi soʻzlar sarlavhali maqolani oʻqib qoldim. Muallif arab tilidan oʻzlashgan va asl maʼnosidan uzoqlashgan yoki butunlay aks maʼnoni anglatuvchi soʻzlar haqida yozgan. Yaxshi misollar topilgan. Baʼzi soʻzlarning asliyatdagi maʼnosi:
Isnod – tayanch, tirgak.
Ehtimol – bardosh, chidam.
Maza – shoʻr, nordon gazak.
Bisot – gilam.
Bashara – tana, gavda, inson.
Hayf – adolatsizlik, nohaqlik.
Jahl – nodonlik, bilimsizlik.
Soʻzlarning bu tarzda asliyatdan uzoqlashgani, umuman boshqa maʼnolarni anglatishga oʻtganini muallif johilona holat, soʻzni oʻz tarjimasiga arzitmaslik deb hisoblaydi. Bu – yanglish qarash.
Til boshqa tildan soʻz oʻzlashtirayotganda uni asliyatdagi maʼnoda qabul qilishga majbur emas. U mustaqil harakat qiladi, chet tilining qosh-qovogʻiga qaramaydi. Istasa, asliyatdagi maʼnoda qabul qiladi, istamasa – yoʻq.
“Bosh” deb ataladimi?
Mashhur yozuvchi Hans Kristian Andersen tashqi koʻrinishiga u qadar eʼtibor beravermas edi. Ohori qolmagan plashi va eski shlyapasini kiyib, Kopenhagen koʻchalarida sayr qilib yurardi. Bir kuni bir olifta uni toʻxtatib, savolga tutadi:
– Taqsir, boshingizdagi anavi matoh “shlyapa” deyiladi-da, a?
Yozuvchi shu zahoti javob beradi:
– Olifta shlyapangizning ostidagi anavi matoh “bosh” deb ataladi-da, shundaymi?
Telegram | oriftolib">YouTube
Hech kim emasligingni qayerda sezish kerak, aytaymi? Yaratganning oldida. Mayli, aqlning, goʻzallikning, tabiatning oldida, lekin odamlarning oldida emas. Odamlar orasida qadr-qimmatingni anglab turishing kerak.
Anton Chexov
Telegram | oriftolib">YouTube