otabek_khasanov | Unsorted

Telegram-канал otabek_khasanov - Otabek Hasanov

21580

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/

Subscribe to a channel

Otabek Hasanov

“Ixtiro qilishga intilayotgan, qilgan ixtirosiga patent olish uchun kurashayotgan, ixtirosini chiqarishga intilayotgan va ularni eksport qilib, “o‘zbek brendi”ni dunyoga olib chiqishni niyat qilayotgan — jadidlardir. Millatga o‘zligini anglatishni, yurt yoshlarini ilm-hunar egallashga da’vat qilishni, Vatanga yaxshilik sog‘inishni kasb qilganlar — jadidlardir. Men boshqacha bo‘lishini tasavvur etolmayman”.


Abdulla A’zamov, akademik.

“Jadid” gazetasining 29-sonidan

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_25_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/PkQvb2mz7JI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#hamkorlik

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Endilikda tizimdagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda kuchlar birlashtiriladi.


Muloqot davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Birgalikda qilinadigan ishlar, amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident farmoniga (PF-111-son, 14.07.2025) ko‘ra:

➖Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi;

➖Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi;

➖Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;

➖Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;

➖Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;

➖Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#yangi_son

📰 "Ma’naviy hayot" jurnalining 2025-yildagi 2-soni nashrdan chiqdi.

Har bir xalq ulkan daraxtga o‘xshaydi.
Uning ildizlari naqadar teran bo‘lsa, qaddi-basti ham shunga yarasha ulug‘ bo‘ladi. Ma’naviyat xalqning ana shunday o‘q tomiridir. Bu ildizlardan suv ichgan avlod aslo kam bo‘lmaydi. Ko‘zlagan murodiga ham shu quvvat bilan yetib keladi.


🔰 "Ma’naviy hayot" jurnali bu yo‘lda siz-u bizga yaxshi ko‘makchi bo‘la oladi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Mustaqillikning 34 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʼoyani oʼzida mujassam etgan holda oʼtkaziladi.


“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”
gi Prezident qarori qabul qilindi.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/127528

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/127528

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Kamolon mahallasining hayoti bilan tanishdi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident: "Men ham tirbandlikda turdim".


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekistonda Yoshlar kuni keng nishonlandi. Mamlakatda IT xizmatlari eksporti qariyb 1 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_23_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/-mQ7xpEArp4 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Kecha "Buyuklar haqida 100 ta dalil" kitob taqdimotini o‘tkazdik. Kitob "100 ta dalil" loyihasi doirasida "Hamma bilishi shart" shiori ostida nashr qilingan. Kitobda maxsus QR kodlar orqali sun’iy intellektda yaratilgan roliklarni ham tomosha qilish mumkin.

Kitob taqdimotida olimlar, ziyolilar, san’at vakillari va yoshlar faol ishtirok etdi. Iloji boricha taqdimotda tarix va bugun, zamonaviylik va milliylik ruhining uyg‘unligiga ahamiyat qaratildi.

Shu bois kitob taqdimoti yangi formatda, kitob g‘oyasiga mos tarzda musiqiy chiqishlar, qiziqarli viktorinalar bilan boyitildi.

Meni xursand qilgani, yoshlar tik turib bo‘lsa ham barcha so‘zlarni eshitdi, sahna ko‘rinishlarini ko‘rdi, musiqalarga jo‘r bo‘lardi.

Kitoblar maktab kutubxonalariga yetkaziladi, shu bois barcha ta’lim tillariga o‘girilgan ham.

Shu bilan albatta, loyiha to‘xtab qolmaydi. Hali davomli tarzda buyuklarimiz haqidagi ma’lumotlarga boy kitobchalarni nashr qilishda davom etamiz.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Президент ва ёшлар учрашувидан 20 ЭНГ МУҲИМ ЯНГИЛИК ВА ТАШАББУС

1. Ўзбекистон ёшлари топ-500 олийгоҳларга киришда Марказий Осиёда 1-ўринни эгаллади.

2. 30 нафар ёш дунёнинг топ-10, 500 нафар топ-100, 1 500 нафар топ-300 университетларда ўқияпти.

3. Ўзбекистон миллий терма жамоаси илк бор Жаҳон чемпионатига йўлланма олди.

4. 261 та ёшлар ташкил қилган корхонанинг йиллик айланмаси 100 млрд сўмдан ошди.

5. Сурхондарё ёшлар олийгоҳга кириш кўрсаткичида 11-ўриндан 4-ўринга чиқди.

6. 2024 йил 6 ойида халқаро фан олимпиадаларида 166 та медаль қўлга киритилди.

7. “Бир миллион дастурчи” лойиҳасида 325 минг ёш IT соҳасига ўқитилди.

8. 150 мингдан ортиқ ёшлар халқаро тил сертификатларини олди (икки баробар ўсиш).

9. “Гарвардчилар” мактаби Беруний номидаги халқаро мактаб сифатида иш бошлади.

10. Ҳар йили 3 000 салоҳиятли ўқувчи дунёнинг нуфузли университетларига тайёрланади.

11. STEM соҳалари учун “Эл-юрт умиди” квоталари бир неча баробар оширилади.

12. Топ-300 олийгоҳга кирган ёшларга банклар томонидан 20 000 доллар имтиёзли кредит берилади.

13. “Бир миллион сунъий интеллект етакчилари” дастури жорий этилди (AI study – 100 000 ёш).

14. 5 йилда барча мактаб битирувчилари сунъий интеллект соҳасида билимли бўлади.

15. “Рақамли авлод қизлари” дастури орқали 50 000 қиз қамраб олинади.

16. Ёшлар стартапларига 145 млн доллар венчур сармоя ажратилди (1 млрд долларгача етади).

17. “Менинг касбим” танлови ва “моҳирлик ва бизнес соати” орқали касб танлашга кўмак.

18. “Келажак лидерлари” дастурига ҳар йили 100 нафар ёш жалб этилади ва хорижий стажировкадан ўтади.

19. 300 миллион долларлик “Ёшлар бизнеси” ва “Келажакка қадам” дастурлари орқали 240 минг ёш банд этилади.

20. Ўзбекистон БМТнинг “Ёшлар – 2030” стратегиясини жадал амалга ошираётган 10 та давлат қаторига кирди.

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Президент: Боланинг ёмони бўлмайди. Уларга катталарнинг меҳри, имкониятларини намоён қилишлари учун шароит, ўзига ишонч бўлиши учун мотивация керак.

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident va yoshlar uchrashuvidan 20 ENG MUHIM YANGILIK VA TASHABBUS

1. O‘zbekiston yoshlari top-500 oliygohlarga kirishda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

2. 30 nafar yosh dunyoning top-10, 500 nafar top-100, 1 500 nafar top-300 universitetlarda o‘qiyapti.

3. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

4. 261 ta yoshlar tashkil qilgan korxonaning yillik aylanmasi 100 mlrd so‘mdan oshdi.

5. Surxondaryo yoshlar oliygohga kirish ko‘rsatkichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa chiqdi.

6. 2024-yil 6 oyida xalqaro fan olimpiadalarida 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

7. "Bir million dasturchi" loyihasida 325 ming yosh IT sohasiga o‘qitildi.

8. 150 mingdan ortiq yoshlar xalqaro til sertifikatlarini oldi (ikki barobar o‘sish).

9. "Garvardchilar" maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshladi.

10. Har yili 3 000 salohiyatli o‘quvchi dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlanadi.

11. STEM sohalari uchun "El-yurt umidi" kvotalari bir necha barobar oshiriladi.

12. Top-300 oliygohga kirgan yoshlarga banklar tomonidan 20 000 dollar imtiyozli kredit beriladi.

13. "Bir million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi joriy etildi (AI study – 100 000 yosh).

14. 5-yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt sohasida bilimli bo‘ladi.

15. "Raqamli avlod qizlari" dasturi orqali 50 000 qiz qamrab olinadi.

16. Yoshlar startaplariga 145 mln dollar venchur sarmoya ajratildi (1 mlrd dollargacha yetadi).

17. "Mening kasbim" tanlovi va "mohirlik va biznes soati" orqali kasb tanlashga ko‘mak.

18. "Kelajak liderlari" dasturiga har yili 100 nafar yosh jalb etiladi va xorijiy stajirovkadan o‘tadi.

19. 300 million dollarlik "Yoshlar biznesi" va "Kelajakka qadam" dasturlari orqali 240 ming yosh band etiladi.

20. O‘zbekiston BMTning "Yoshlar – 2030" strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🇺🇿 Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.

Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”
,

- dedi Prezident.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining "Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans poydevori" bo‘limida mamlakatimizning ijtimoiy, ilmiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyoti aks ettiriladi.

Shu bois, mutaxassislar bilan birgalikda doimiy tarzda muhokamalar olib borib, taqdimotlar ustida ishlamoqdamiz.

Har bir bo‘limning mazmun-mohiyati interaktiv tarzda, eng so‘nggi axborot texnologiyalari asosida boyitilmoqda.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#dolzarb_mavzu

NOMUHIMDA OQAYOTGAN MUHIMLAR

Na moddiy, na madaniy, na maʼnaviy
tomondan foydasi boʻlmagan bunday
“kinoasar”larni ham bir marta foydalanishga
moʻljallangan yaltiroq, jimjimador, diqqatni
tortadigan sunʼiy buyumlarga oʻxshatish
mumkin. Unga azbaroyi bekorchilik,
muhimdan nomuhimni farqlamaslik,
toʻgʻri maslahat olmaslik tufayli sarflagan
vaqt uvol. Soatlaringni, koʻz nuringni,
asabingni sarflab, evaziga vaqting-naqdingni,
jismoniy-maʼnaviy salomatligingni, chiroyli
fazilatlaringni boy berasan.


"Yangi O'zbekiston"
gazetasining 2025-yil 17-iyul kungi sonida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muhtarama ULUGʻOVAning "Nomuhimda oqayotgan muhimlar" nomli tahliliy maqolasi e'lon qilindi.

O'qishni tavsiya qilamiz.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Ilmdan boshqa najot yo‘q! Bu oddiy gaplar emas, bu kelajak uchun qilgan eng yaxshi sarmoyamiz. Bugun yig‘gan boyligimiz, buyumlarimiz eskirishi mumkin, lekin farzandga berilgan ilm faqat va faqat ertamizni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bu galgi ijtimoiy rolik orqali ozroq hazil ostida bu hayot haqiqat haqida eslatmoqchi bo‘ldik. Bolalarimizni o‘qitaylik, ularga imkon, sharoit yaratib, ishonch bildiraylik!

#yangiruhiyat #maromiylik

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#кун_ҳикмати

Бу дунё кураш майдонидир. Бу майдоннинг қуроли: соғлом жисму тан, ўткир ақл ва яхши аҳлоқдир!

✍ Фитрат

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori,do‘stim, maslahatdoshim Alisher Zafarovichning tavallud kuni!

Alisher Zafarovich haqiqiy yoshlar lideri! U so‘zi, amali, yutuqlari va intilishlari bilan bugun yoshlarni o‘z ortidan ergashtirib, katta marralarni egallamoqda. Dunyodagi nufuzli ta’lim dargohi Stanfordda tahsil olmoqda.


U bilan yoshlar intilishlari, kreativ loyihalar, kitoblar haqida soatlab gaplashamiz, fikr almashib, bahslashamiz ham. Alisher Zafarovich har doim yoshlarning intilishlarini qo‘llash, harakatlarini rag‘batlantirish, orzulari yo‘lida yordam berishga intiladi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz Yangi O‘zbekistonda ulkan orzu, tarixiy maqsadga aylangan Renessans asosini yaratmoqda. Bu jarayonda Alisher Sa’dullayev yoshlarni birlashtirish, tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirishda fidoyilik bilan mehnat qilmoqda. Bu yo‘lda unga omad, muvaffaqiyat va sog‘lik tilayman!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_24_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/GMHLm7H4UPI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Jizzax viloyatining Zomin tumanida yosh ijodkorlarning an’anaviy “Zomin seminari” da ishtirok etdik.

Aytish mumkinki, har yili bu oddiy seminar emas, yosh ijodkorlarning chinakam adabiyot bayramiga aylanib ketadi.

1997-yildan boshlab mazkur seminar o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, bugungi kunga kelib, yanada yangicha ruh bilan tashkil etib kelinmoqda.

End muhimi, yosh iste’dodlarni kashf etish bilan birga, ular uchun bir umrlik adabiy saboqlarga imkon ham yaratmoqda.

Adabiyot — ma‘naviyat asosi. Shu bois, bu maydonga qancha iste’dodlar kirib kelsa, so‘z bilan millat ruhi ham ko‘tarilib boraveradi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#qaynoq_jarayonlar

Xabaringiz bor, yosh vatandoshlar uchun mamlakatimizdagi oromgohlarda “Anor” yozgi dam olish dasturi amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, 3 ta mavsum uchun 112 nafar qamrab olinishi ko’zda tutilgan.

Dastlabki bosqichda Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yosh vatandoshlarimiz mavsumni chog’ o’tkazdilar.

Ular uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.


Tadbir doirasida o’g’il-qizlarda vatanparvarlik, tarixiy xotira, milliy o‘zlik va jamoaviylik tuyg‘ulari mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari, kino namoyishlar, sahna chiqishlari, milliy qadriyatlar asosidagi interaktiv o‘yinlar va ijodiy bellashuvlar o’tkazildi.


Ilovani yuklab olish:
📱 Play market 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uzbekistonlikmiz
📱 App store 👉 https://apps.apple.com/uz/app/ozbekistonlikmiz/id6745947549
🌐 Platforma orqali o'rganish 👉 https://onatilim.vatandoshlar.uz

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

⚡️Katta odamlar

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi haqida 8 ta fakt:

1. Kitobga 10 nafar buyuk sarkarda, allomalarimiz kiritilgan.

2. Ular haqidagi ma’lumotlar qisqa, aniq va qiziqarli tarzda berilgan.

3. Kitob 8 ta tilda nashr etilgan.

4. Kitobda maxsus QR kodlar orqali sun’iy intellektda yaratilgan videolarni tomosha qilish mumkin.

5. Kitob 25 ming nusxada chop etilgan.

6. Kitob tarixchi-olimlar, tilshunoslar hamkorligida tayyorlangan.

7. Kitobga “Hamma bilishi shart” degan shior tanlangan.

8. Kitob mamlalatimizdagi barcha maktablar kutubxonasiga taqdim etiladi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun.

Mustaqilligimizni mustahkam asosi bo‘lgan davlat ramzlarimiz g‘urur, iftixorimizdir.


Barcha vatandoshlarimizni milliy ramzimiz qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaymiz.


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Kelajak liderlari” dasturi ishga tushadi…

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🇺🇳Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida "Mahalla instituti aholi bilan davlat o‘rtasida muhim ijtimoiy ko‘prik" mavzusida konferensiya o'tkazildi.

Читать полностью…

Otabek Hasanov

“Bir narsani aniq tushunib olish zarur. Bolani yomoni bo‘lmaydi. Ularga kattalarning mehri, imkoniyatlarini namoyon qilish uchun sharoit, o‘ziga ishonch bo‘lishi uchun motivatsiya kerak”,

- dedi Prezidentimiz so‘zining davomida.

Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi a’zolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor o‘zlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Eng muhimi, bu o‘quvchilarning aksariyati kelajakda hayotini qaysi kasbga bog‘lash haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmoqda.

Bunday tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar – mening qanotlarim.

Ayting, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray?

Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini ko‘rib chiqishga tayyorman”
,

- dedi Prezident.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Qadrli yoshlar! Barchangizga Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Aziz yoshlar, ota-onangiz sizlarni belimizning quvvati, Vatan ko’zqorachiqlarim, Prezident ishonchim, millat davomchim, xalq ertamiz, deydi!

Bu ulkan mas’uliyat, bu katta baxt!

Ochig’i, har safar ko’zi yoniq, qalbi uyg’oq yoshlar bilan gaplashsam, ruhim tetik, jismim shijoatga to’ladi!

Yoshlik - shunday sehrli, shunday go’zal fasl!

Bu faslning har daqiqasini oltinga, har g’alabasini davomga, mag’lubiyatini shijoatga, ilmini taraqqiyotga, mehrini ota-ona, Vatan, oilaga aylantiring!

Unutmang, qoningizda g’alaba, ma’rifat, buyuk millat, donishmad ajdodlar bor!

Ularni uyg’oting va dunyoga o’z so’zingizni ayting!

Biz esa sizlarga elka tutib, parvozingizga qanot, g’oyalaringiz ishonch berishga doim tayyormiz!

BAYRAM MUBORAK!

/channel/otabek_khasanov

Читать полностью…
Subscribe to a channel