otabek_khasanov | Unsorted

Telegram-канал otabek_khasanov - Otabek Hasanov

21580

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/

Subscribe to a channel

Otabek Hasanov

Kuzatuvchilarimiz yaxshi biladi, ko‘p yillar davlat xizmatini rivojlantirish sohasida ishladik. Doim bir narsa —davlat xizmatchisining ish va oila o‘rtasidagi mas’uliyati teng bo‘lishi haqida ko‘p gapirardik, loyihalar qildik.

Boisi, qadriyatlar oilada shakllanadi, kelajaklarimiz oilada kamol topmoqda.

Vaqt o‘taveradi, lekin oiladagi har bir lahza qadrli, erta uchun muhim!

Mazkur ijtimoiy rolik orqali ham yo‘qotilgan har lahza farzandlar bilan sizni qalban uzoqlashtirishi haqida eslatmoqchimiz.

Aytgancha, erta yakshanba, har dam olish kunini oilaviy kun sifatida belgilab, birga vaqt o‘tkazish, sayohat qilish, teatr, konsertlarga borish mumkin.

#xalqchildavlat #maromiylik

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Barchangizni "27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Sizlar davlat va xalq orasida ishonch, o‘zaro muloqot ruhini mustahkamlash, axborot maydonida xolis, tahliliy, ta’sirchan mediakontentlarni yaratishda fidoyilik, jasorat ko‘rsatib kelmoqdasiz.

Davlatimiz rahbari ham o‘z bayram tabrigida jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslaganligi ham bejiz emas.

Ayniqsa, har bir ijodkor jurnalistlar o‘z ijodi bilan ma’naviyat , ma’rifat ulashib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bu uchun ularga doim cheksiz minnatdorligimni bildiraman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_22_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/RyCQ3mDQN80 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

AQSHda safarimiz davom etmoqda. Bugun BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori o‘rinbosari Diyene Keyta xonim bilan uchrashdik va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.

Keyta xonim Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda bo‘layotgan islohotlar, xususan gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar, bolalar huquqlarini himoya qilish, yoshlar siyosatida olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etdi.

Ayniqsa, xalqimizning o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy manzillari dunyo ahlini hayratga solishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda UNFPA bilan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni muhokama qilib oldik.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🇺🇳 BMT Bosh kotibining yordamchisi BMT Yoshlar byurosi rahbari Felipe Paulyer bilan uchrashdik.

🇺🇿 Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar siyosati davlat islohotlarining markazida turibdi. O‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mahalla tizimi orqali yoshlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini bilish va manzilli yordam berish imkoniyati ham shakllanmoqda.

🔍Felipe Paulyer O’zbekistonda yoshlar siyosati, ularga berilayotgan e’tibor, ta’lim olishlari, o’zlarini namoyon etishlari uchun juda katta imkoniyatlar yaratilganini e’tirof etdi.

🔍”O’zbekistonlik yoshlar juda ilmga chanqoq. Ayni paytda dunyoning turli nuqtalaridagi nufuzli universitetlarida o’zbekistonlik yoshlarni ko’rish quvonarli. Ular orasida STEM sohalari (injenerlik, IT, biomeditsina), iqtisodiyot va huquq kabi yo‘nalishlar ommalashgan. Bu albatta mamlakat kelajagiga o’zining ijobiy samarasini beradi” - dedi Yoshlar byurosi rahbari.

🔍Uchrashuvda BMT Yoshlar ofisi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdik.

- Juniyor Professional Offiser dasturi doirasida o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni BMTning turli tuzilmalarida malaka oshirishlari uchun kvota ajratish;
- 2026-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yoshlar parlamentlari forumini xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlash va BMT rasmiy sherik sifatida ishtirokini ta’minlash.


🔍Ma’lumot o’rnida, BMT Yoshlar Byurosi — bu BMT Kotibiyati tarkibida yoshlar masalalariga ixtisoslashgan bo‘lim. U BMT Bosh kotibining “Bizning umumiy kun tartibimiz” nomli hisobotidagi tavsiyalar asosida tashkil etilgan va BMT Bosh Assambleyasining 76/306-sonli rezolyutsiyasi (2022-yil) bilan tasdiqlangan.

🔍Yoshlar byurosining asosiy vazifalari:
• Yoshlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish;
• Ularni qarorlar qabul qilish jarayonlariga faol jalb qilish;
• BMT tizimidagi yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish va mas’uliyatni kuchaytirish;
• Yoshlarni BMTga yaqinlashtirish va BMTni yoshlarga yaqinlashtirish.


Tashrif davom etmoqda.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Har bir yosh shu millat, shu vatan vakili, davomchilari. Otamiz ilmli, onalarimiz oqila bo‘lgan deyish bilan chegaralansak, ular haqida eslaganda faxrlansak-u, oldimizdagi farzandlarimizni ilm yo‘lida qo‘llamasak, ularga ishonmasak, o‘zgarishlar aslo kelmaydi.

Bu Vatan farzandlari ilm olishi, kasb o‘rganishi lozim. Orzulari, maqsadlari hoyu havas, mol-dunyo, dabdaba bilan o‘lchanmasligi shart. Chunki, ilmgina, bilimli yoshlargina o‘zgarishlarning yangi davrini boshlab beradi. Navbatdagi ijtimoiy roligimiz orqali bir katta oila taqdiri misolida shular haqida eslatmoqchi bo‘ldik.

Farzandlarimiz o‘qisin, ilm olsin, yuksak cho‘qqilarga chiqsin.

HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/T6cydTJ6J78
#yangiruhiyat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

"Viloyatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, odamlar bilan gaplashib, islohotlarimiz ularning hayotiga shiddat bilan kirib borayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Oldinlari bitta viloyatdagi o‘zgarishlar bilan tanishishga bir kun yetardi. Shu kunlarga yetib keldik, hozir bitta tumanga bir hafta ham kam",

- dedi davlatimiz rahbari.

Batafsil: /channel/Press_Secretary_Uz/5857

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Davlatimiz rahbari Qarshi shahridan Shahrisabzga ketayotib, poyezdda qashqadaryolik faollar bilan samimiy muloqotda bo‘ldi.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Davron Abdurashidov "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Daminov "El-yurt umidi" jamg‘armasining ijrochi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar, Markaziy bankda boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Tanlov doim o‘z qo‘lingda!

#yangiruhiyat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik #yakdilmintaqa

Читать полностью…

Otabek Hasanov

"Bir narsani to‘g‘ri tushunib olish zarur. Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi",
- dedi Prezident.

Masalan, tumandagi xodimning oyligi vazirlikka qaraganda 3-4 karra kam bo‘lgani uchun kadrlar qo‘nimsizligi yuqori ekani qayd etildi.

Tuman hokimiga yuzdan ortiq qonun va qarorlar bilan 500 ga yaqin funksiya yuklatilgani bilan, ularning yarmidan ko‘pini bilmaydi. Chunki o‘zi ham, o‘rinbosarlari ham 40 foiz vaqtini yig‘ilish o‘tkazishga sarflayapti.

Tuman tashkilotlari shtatini taqsimlash, yaxshi rahbarni rag‘batlantirish, yomonini almashtirish bo‘yicha hokimda vakolat yo‘q. Quyi bo‘g‘indagi shtatlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadiga mos emas.

Tumandagi kompleks rivojlanishga mas’ul birorta idora 3-5-yillik maqsad va rejalar dasturini qilib, hokim oldiga masala qo‘ya olmayapti, kunlik topshiriqlar bilan ovora.

Shu bois, ayrim tumanlarda tayyor berilgan resursga ham loyiha topilmayapti.

#xalqchildavlat

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Kecha ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildik.

Bugun yoshlar qaysi sohada ko‘p faoliyat yuritsa, o‘sha sohaga yangilik, zamonaviy qarashlar ham kirib keladi.

Hozirda sohada 137 nafar yoshlarimiz bor. Suhbat davomida ular o‘zlarining takliflari, yangi loyihalari haqida gapirdi.

Muloqot davomida bildirilgan takliflarni inobatga olib, yoshlarni xorijiy tillar, yangi zamonaviy kasblar, IT sohasidagi so‘nggi yangiliklarni o‘rganishlari uchun qo‘shimcha zarur sharoit, moddiy rag‘bat va imkoniyatlar yaratiladigan bo‘ldi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Yaxshi bilasiz, "Siyosiy-ma’rifat soati" hozirda mazmun va shakl jihatdan har sonida o‘zgarib bormoqda.

Quvonarlisi, davlat tashkilotlarining barcha xodimlari tomonidan har hafta katta qiziqish bilan kutiladi, tomosha qilinadi.

Bugun bir suratga ko‘zim tushdi. Unda Toshkent shahrida barcha davlat fuqarolik xizmatchilari " Siyosiy-maʼrifat soati" da bir jamoa bo‘lib yig‘ilib, maxsus lavhalarni tomosha qilmoqda.

Niyatimiz ham shu, davlat xizmatchisi ma’rifatli bo‘lsa, ma’naviyati yuqori bo‘lsa, jamiyat ham o‘zgaradi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Nutq — qiyofangiz!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Safarimiz davomida vatandoshlarimiz bilan bir necha marotaba uchrashdik.

Har uchrashuvdan keyin qalbimda g‘urur, faxr uyg‘ondi, rosti.

Bu safar
Floridadagi vatandoshlarimiz bilan dildan suhbat qurdik.

Hatto, okean ortida ham bobolarimizning ilm nuri taralib turibdi.

Orlandodagi Al-Buxoriy Islom markazining jamoat birlashmasi bugungi kunda AQShdagi o‘zbeklar va albatta boshqa millat vakillariga beminnat ilm ulashmoqda.

O‘zbekona dasturxon atrofida vatandoshlarimiz bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha katta rejalar tuzdik, fikr almashdik, qadriyatlarimizni asrash bo‘yicha loyihalar g‘oyasini o‘yladik.

Ular bu yerda yashayotganiga qaramay, doim yurtimizdagi yangiliklar, islohotlardan xabardor bo‘lib, okean ortida ham o‘zlarini vatan taqdiriga daxldor, deb hisoblashlari quvonarli.

Ochig‘i, AQSh safari davomida ko‘p bora o‘zbek qalbini asrab, qadriyatini avaylab yashayotgan vatandoshlarimizdan faxrlandim.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi


@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun okean ortida olis Amerikada Vatan ruhini, mehrini his qildim.

Suratlarda ko‘rib turganlaringiz vatandoshlarimiz. Ular Florida shtatida “Uzbek-American madaniyat va ta’lim xalqaro markazi”da azaliy qadriyatlarimizni asrab, avaylab kelmoqda.

Markazda faqat milliy bayramlarimiz emas, an’analarimiz bo‘lgan hunarlar, milliy taomlarimiz, raqslarimiz ham o‘rganilar, yosh avlodga ham yetkazilar ekan.


To‘g‘risi ko‘rib faxrlandim. Markazga jamoamiz tomonidan nashr etilgan “Buyuklar haqida 100 dalil” kitobining o’zbek va ingliz tillaridagi nusxalarini sovg‘a qildik.

Aslida vatanparvarlik chegara bilmaydi, qayerda bo‘lma, qalbingda yurt muhabbati bo‘lsa, qadriyat va an’analar ham sen bilan yashayveradi!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

🇺🇳 Dunyoning nufuzli minbarida qadim qadriyatlar manzili – Mahalla tizimi taqdimot qilindi.

🔍Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida "Mahalla instituti aholi bilan davlat o‘rtasida muhim ijtimoiy ko‘prik" mavzusida konferensiya o'tkazildi.

🔍Xalqaro anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Nepalning Doimiy Vakili Lok Bahadur Thapa, Yoshlar ishlari bo‘yicha Bosh kotibning yordamchisi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yoshlar Byurosi rahbari Felipe Paullyer, O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov, qator xorijiy tuzilmalar va mahalliy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔍Unda Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan mahalla tizimidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida taqdimot qilindi.

🌍 O'zbekistonda 3 ming yillik tarixga ega, dunyoda o'xshashi bo'lmagan tuzilma – mahalla instituti asrlar davomida xalqimiz hayotining mazmuni bilan birga, qadriyatlar, insoniy munosabatlar, orzu va maqsadlar asosi bo'lib kelgan.

🔍Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va sa’y-harakati bilan mahalla tizimi bugun jamiyatimizda kechayotgan islohotlarning hal qiluvchi bo‘g‘inga aylandi. Mahalla – Yangi O‘zbekiston davrida mazmunan transformatsiyalashdi va BMT ning 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror Rivojlanish maqsadlaridagi 17 ta maqsad hamda 169 ta vazifalarini bajarishda eng faol asosiy ijtimoiy institutga aylandi.

🔍Xalqaro konferensiyada qator jahon tashkilotlari rahbarlari tomonidan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#AQSH_safari

🇺🇿 🇺🇸
AQShga xizmat safarimiz boshlandi.

🌍 Tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida
"Mahalla instituti aholi bilan davlat o‘rtasida muhim ijtimoiy ko‘prik" mavzusida konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan mahalla tizimidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida AQSh tomoniga taqdimot qilinadi.

Shuningdek, safar davomida BMT rahbariyati va uning tuzilmalari mutasaddilari bilan uchrashuvlar, o‘zbekistonlik vatandoshlar, yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Agar kuzatuvchilarimiz orasida AQSh da tahsil olayotgan, yashayotgan yurtdoshlarimiz bo’lsa, bizga murojaat qilishlari mumkin.
Aytishadi-ku, Vatan tafti, Vatan nomi barchamizni qayerda bo‘lmasin birlashtiradi!

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Aziz kuzatuvchilar, yangi chiqqan Prezident Farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari sohasida qator yangiliklar kutilmoqda. Xususan:

2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilari lavozim maoshi ularning ish tajribasi, ilmiy va malaka darajasi, natijadorligi hamda boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, yagona prinsip asosida shakllantiriladi. Mutasaddilar 2025-yil 1-noyabrga qadar davlat xizmatchilarining oylik ish haqi tizimini tubdan takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritishi lozim

Asos:
PF-95-son, 19.06.2025-yil

#Davlat_fuqarolik_xizmatida_yangi_davr #xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_21_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/lfmSi24weI8 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Qadrli kuzatuvchilarimiz yaxshi biladi, “Uy” nomli animatsion qisqa metrajli film o‘tgan yili premyera qilingan edi.

Lekin haligacha ijtimoiy tarmoqlar, odamlar orasida ko‘rilmoqda, muhokama qilinmoqda.

Hozir ayni ta’til kunlari farzandlaringizga shu filmni qo‘yib bersangiz, ham qiziqarli ham foydali bo‘lishiga ishonaman.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga tashrif buyurib, "Parkentsoy" turar-joy massivining qurilishi bilan tanishdi. Shu yerda tumanni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot hamda parkentlik faollar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

#Mirziyoyev #tanishuv #Parkent #bunyodkorlik

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Xitoy" sammitida ishtirok etdi.

#yakdilmintaqa

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Ilm olaylik!

#yangiruhiyat

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

O‘tgan besh oyda mamlakatimizda sanoat 6,4 foizga o‘sdi, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshdi.

Lekin kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi.

“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.

Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.

Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”,


- dedi davlatimiz rahbari.

#xalqchildavlat

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Bugun Ohangaron shahrida davlat xizmatchilari bilan zamonaviy rahbar qiyofasi haqida gaplashdik.

"Siyosiy ma’rifat soati" doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotimiz ochiq, samimiy, savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Bugun rahbar shunchaki boshqaruvchi emas, balki, zamonaviy bilimlar egasi, siyosiy tafakkuri, xalq bilan muloqot madaniyati yuqori hamda yangicha boshqaruv yondashuvlarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi shart.

Mazkur mavzular doirasida o‘zaro fikr almashdik.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

#Siyosiy_ma’rifat_soati_20_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/mmAgzs0EF6I sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

Otabek Hasanov

Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining "Yangi O’zbekiston – Yangi renessans" bo‘limini tashkil etish borasida olimlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Mazkur jarayonlar yakuniy bosqichga yetmoqda.

Taqdim qilinadigan ma’lumotlar to‘plandi, kreativ usuldagi eksponatlar chizmalari tayyor, faqat oldimizda bu jarayonlarni yanada jadallashtirish, eng birinchi galda topshiriladigan loyihalarni aniqlashtirish vazifasi turibdi.

Bugun bu borada olimlar bilan maslahatlashdik, oldimizda turgan muhim ishlarni belgilab oldik.

To‘g‘risini aytganda, bu loyiha har bir olim, har bir loyiha ishtirokchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, shu bilan birga g‘urur ham bag‘ishlaydi.

@otabek_khasanov

Читать полностью…
Subscribe to a channel