Yig'lama qarshimda tiz chókib, Qandayin kuldiray, kulmasang? Tushungin, ketmasam bôlmaydi, Ne qilay, sevishni bilmasang?
#eski_video
Shu bola hozir katta yigit bo‘lib, meni izlab yurgan bo‘lsa kerak:)
Lekin samimiy edi o‘sha paytlar...
#кайфият_улашинг
Телевидение қаерга қараяпти?
🔹 Facebook
🔹 Twitter
🔹 Instagram
Каналга обуна бўлинг👇👇👇
/channel/mushtumjurnali
Manavi tentakni kanaliga obuna bo‘ladigan bekorchilar bo‘lsa, erinmanglar:)
Bitta odam qo‘shilsa ham shu bugun uxlamay duo qilib chiqadi sho‘rlik. Lekin ichakuzar narsalar qo‘yib boradi, bilmayman, qayerdan o‘marib keladi, lekin qiziq😆
Eshakso‘yarlar haqidagi xabarlar joningizga tekkan bo‘lsa, yakshanbani maroqli o‘tkazish uchun Qunduziyning plagiat haqidagi navbatdagi videosini tomosha qiling.
Aytgancha, ayriliq, aza, hijron, dard, alam haqidagi qo‘shiqlarga bitini to‘kib raqsga tushadigan dunyodagi yagona xalq afrikaliklar emas:)
Toshkent. Ko'plarni o'ziga mahliyo etgan go'sha!
Rizqi qo'shilganlarning ozru maskani. Ochga non, to'qqa imkon beradigan shahar. Maqsadsiz kishilar uchun esa haybat to'la g'ala-g'ovur joy.
Qachonlardir yana qaytaman, o'zimda tuganmas va notakror ijodkorlik ruhini his etsam. Yaqinlarimga kerakligim uchun ham qaytdim, buni hamma birday tushunavermadi. Balki ketmoqchi bo'lgan odam ildizlari bilan birga yoki ulardan vos kechib yo'lga otlanishi kerakdir.
O'zi, odamlar qay tomonlama poytaxtni qishloqdan afzal bilishadi? U yerda baxtli odamga aylanish mumkinmi? "Nega Toshkentga intilamiz?" Bunga javoblar turlicha. Gazeta.uz'ning maqolasida mulohazalarni o'qib, bilib olishingiz mumkin.
@otashyashin
Bitta xasni labimda tutib, dalada uzoq-uzoq xayollar surib ham kayf qilardim... Maysaga cho‘zilib osmonning tubigacha nigohlaringni qadab yotishdek rohatbaxsh yumush topish mushkul hatto!
O‘sha gap: tabassum dori, beparvolik qurol!
Barbir o‘lib ketamiz:)
...Токи мен тирикман –
Яшагин, ахир!
Мен ўлиб кетсам ҳам,
Яша... Илтимос...
Усмон Азим
*
Эй, ўзини ишга берган,
Ҳасратга берган,
Турмушга берган,
Фақат соғинчинг қолди менга,
Ўзингдан чиройли соғинчинг.
Сенга қарай десам,
Кўз ололмайман соғинчингдан,
Излаб борай десам,
Қўймайди соғинчинг...
Усмон Азим
@oshiqi_ishq
МЕН СЕНДАН ХАТ ЭМАС, ХАВОТИР ОЛДИМ
Мен сендан хат эмас, хавотир олдим
Бу чексиз оқшомнинг бир чеккасида.
Мен сени жуда оз қувонтиролдим,
Мен сенга жуда кўп битдим қасида.
Ким қўйиб берар бу туйғу исмини
Ким ўйлаб топади янги ибора –
Бора-бора тордир дунё мазмуни,
Фақат шу кўзларинг кенгдир тобора…
Муҳаммад СОЛИҲ
1976
@oshiqi_ishq
Men akamga suyanganim rost,
Yelkasida opichgani chin.
So'rasalar: kim eng yaqin do'st?
-Jigaringga teng kelmas hech kim.
@oshiqi_ishq
Birovga sizni tushunishga harakat qilishi kerakligini aytishga urinishingiz befoyda ekanligini unutmang!
@oshiqi_ishq
Sof qalb egalaridagina beg‘uborlikni, samimiyatni va haqiqiy muhabbatni his qilish mumkin...
@oshiqi_ishq
Kutgandim, bilgandim qachondir kamina tayyorlagan videolar potirlab tarqab ketishini.
Lekin birinchisi yomon bo‘lgandida😆
Boshlovchi ham, muxbir ham kerak emas endi. Shunaqa ish topish kerakki qorin to‘yg‘izish uchun, suniiy intelekt daxl qilolmasin. Bu 10-15 yillikdagi kelajak. O‘qituvchilik ham, fermerlik ham artificial xodimlar qo‘liga o‘tadi. She'r, roman yozish ham chakana ishga aylanadi bu ketishda.
Ilmni chuqurroq o‘rgangan odamgina och qolmaydi. Hatto o‘ta zamonaviylashgan yangi avlod robotlarini ham AI yasab beraveradi.
Inson zotiga nima ish qoladi unda? Oddiy kishilar qanday ro‘zg‘or tebratadi?
O‘shanda odamlar ish izlab O‘zbekistonga keladi. Mol boqadi, ko‘cha supuradi, daraxt kesadi...
Gastarbayterlarni boqadigan kuchli davlatga aylanamiz:) Ne baxtki, faxlanmay bo‘lmas!
Shunday ekan, rivojlanishni to‘xtatish va muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlab turish ma'qul:)
To‘g‘ri, oson bo‘lmaydi. Lekin buni uddalab kelganmiz, muhimi ishonch bor!
@otashyashin
Tohir Malikning "Shaytanati" haqida gap ketganda odatda birinchi boʻlib koʻpchilikning koʻz oldiga "Asadbek" keladi. Meni koʻz oldimga esa negadir tarixchi, ziyoli "Anvar" keladi. Toʻgʻri u asarning bosh qahramoni emas, uning tragediyasi asar syujetining bir qismi. U siz ham voqealar rivoji oʻz tizginida boraverardi, lekin..
Biroq, bu kichik epizod orqali Tohir Malik koʻp narsalarni aytib ketgandek goʻyo. Bir fransuz faylasufi - "Agar Fransiyani mingta ziyoli tark etsa uning molxonadan farqi qolmaydi" degandi. Bizni esa mana 30 yildir-ki ziyolilar, mutaxassislar va aql zakovatli insonlar tark etmoqdalar, ularning oʻrinlari esa boʻshasa boʻshayabdi-ki toʻlgani yoʻq.
Hali ketib ulgurmagan ziyolilar esa hamon sukutdalar, sukutda emaslari esa xalqni oʻzlari bilan ergashtirish oʻrniga olamon orasiga singib, ularning ortidan ergashmoqdalar. Olamonga yoqadigan, xayp boʻladigan mavzular orasida oʻralashib yuribdilar. Xalqni ortidan ergashtira oladigan birorta pichoqqa sop boʻladigan gʻoyaning oʻzi yoʻq.
Videoda Anvar oʻz joniga qasd qilgan sahnadagi sheʼrni qachon eshitmay, oʻsha birinchi koʻrganimdagi ogʻriqli tuygʻuni his qilaman.
Boshginamga agʻanagan, katta togʻlar alvido.
Men ketarman hasratlanib, ruxi sogʻlar alvido.
Bu dunyoning shoʻr ishiga, navnihollar tebraning,
Esliroq bogʻboni yoʻq, qoldi bogʻlar alvido.
Oppoq edi boshda bu dunyo:
Koʻcha oppoq, kechalar oppoq,
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Oppoq ranglar bilan yashamoq…
Xurshid Davron
@otashyashin
СЕВГИ ТАСАВВУРИ
Сенинг йўқлигинг аён бўлди,
Аммо умид билан яшайвераман.
Кўзингни,
Сўзингни,
Бус-бутун ўзингни
Ихтиро этдим;
Ихтиро этдим –
Хаёлланиб юришингни,
Кулишингни,
Ҳурлигингни,
Нурлигингни,
Нафасингни...
Ҳатто қафасингни
Ихтиро этдим.
Усмон Азим
@oshiqi_ishq
Чункигача мени қийнади тақдир,
Чункигача бўлган сўзимни унут.
Чункидан кейинги изҳорим ҳақдир,
Чункидан кейинги изҳорим – сукут.
Қаршингда жимгина турарман бедор,
Кутма... шу зайлда мангу қоларсан.
Чункидан кейинги гапимни, дилдор,
Фақат кўзларимдан тинглаб оларсан!
Алибек Анварий
@oshiqi_ishq
Мен чарчаб сенга суяндим, ҳақиқат.
Соат бонг урмоқда,
Гаплашайлик, кел.
Қўрқма,
Ўтиб кетди бир кунлик даҳшат.
Бугун, иккинчи апрель,
Ҳақиқат.
Иккинчи апрель..
У. Азим
@oshiqi_ishq