otashyashin | Unsorted

Telegram-канал otashyashin - Оташ Яшин

-

Yig'lama qarshimda tiz chókib, Qandayin kuldiray, kulmasang? Tushungin, ketmasam bôlmaydi, Ne qilay, sevishni bilmasang?

Subscribe to a channel

Оташ Яшин

Bu qo'shiq qalblardan o'chmaydigan toza asar. Eslayman, bolaligimda uyimizdagi magnitofonda bu, "Bandaman", "Karvon", "O'xshaydi-ku!", "Sumbula", yana "Bolalar"ning qo'shiqlari qayta-qayta yangrab turar edi. Uyimiz to'rini televizor egallaguncha magnitofon eng yaxshi ovunchoq edi. Keyin telefonlar chiqdi, istaganimizni eshitaverdik. Lekin kassetalarini barmoq bilan qaytarib, "shiq" etib joylashtirib, qora va qattiq tugmachasini bosib, tepaga qarab yotib tinglashning mazasi boshqacha bo'ladi ekan...
Kassetaga ovoz yozib, shunday buyuk qo'shiqlarning pachag'ini chiqarganimda ham aybdorni topish qiyin emas edi:)
Mol boqqanda olib chiqishni man qilishmaganida rosa maza bo'lar edi, ex...
To'g'risi, daraxtning tepasiga chiqib, biror baquvvat shoxga ilib qo'yib, soatlab shabadaga yuz tutish gashti, sizga aytsam, eng rohat ish edi.
O'sha magnitofonni oxirgi ko'rganimda abgor holda edi. Uni tuzatish fikri keldi-yu kasseta topolmasligimni o'ylab, fikrimdan chalg'idim. Zamonaviy qurilmalar orqali istalgan musiqani eshitish mumkin. Lekin ular yoshlikdagi zavqni, hayratni, muhabbatni, beg'uborlik, soflikni eslata olmaydi-da...

Читать полностью…

Оташ Яшин

Madina zo'r fotograf!

Читать полностью…

Оташ Яшин

Outdoor life...

Baysun

Читать полностью…

Оташ Яшин

Lolalar. Jo'rabek

@otashyashin

Читать полностью…

Оташ Яшин

Дадам нега бир нарсани чиригунча кийишларини тушунмас эдим айтсам “хали янгику” дер эдилар. Биз(Фарзандлари) хар ой янги кийим олар эдик.

Суратдаги дадам эмас лекин Ҳамма оталарга фарзандлари кулса шуни ўзи етарли экан.

Бундай гўзалликни кўрсатмасам бўлмас.

@hikmatovlive

Читать полностью…

Оташ Яшин

Yalangoyoq yoshligim

📍Oltinsoy

@otashyashin

Читать полностью…

Оташ Яшин

Qishlog‘im
📍Sherobod

Читать полностью…

Оташ Яшин

Biror yoqimli narsa eshitaman desangiz, manakay😁
👇

https://youtu.be/1kU--qRfWFU

Читать полностью…

Оташ Яшин

Hayotda Hamdamlarga oson bo‘lmaydi...

Читать полностью…

Оташ Яшин

***
Қасам ич,
Осиё,
Соро,
Марям,
Фотиматуз Заҳро,
Робия
ва Лайло ҳаққи...

Қасам ич,
булғанмаган дарёлар,
эримаган қорлар,
очилмаган ғунчалар,
тўкилмаган япроқлар,
ичилмаган булоқлар ҳаққи...

Қасам ич,
қиндаги қиличлар,
тешилмаган зирҳлар,
эгилмаган ёйлар,
отилмаган ўқлар ҳаққи...

Қасам ич,
очилмаган гўрлар,
йиртилмаган қафаслар,
қонга беланган жасад ила
жаноза ўқилган шаҳидлар ҳаққи...

қасам ич,
исмат ҳижоби ортидаги покиза юзлар,
иффатдан эгилган жаннатий бошлар,
ҳақ сари босилган мустақим қадамлар
ва зангор кимхоб ёпинган тобутлар ҳаққи
“Хиёнат қилмадим”, деб қасам ич!..

© Асқар Маҳкам

Читать полностью…

Оташ Яшин

BOLALARGA

Otasi taqqan nishon
qiziqtirar goʻdakni,
Bu yumaloq dadajon
qopqogʻimi choynakning?

Otasi javob berar:

Axir tushunmaysan-ku
tushuntirsam oppogʻim,
Choynakniki emas bu -
oʻz ogʻzimning qopqogʻi!

1984

Muhammad Solih

Читать полностью…

Оташ Яшин

Hayot faqat baxtli odamlarning chiroyli tabassumidan iborat emas. Shaharda odamlar erta uchun tun-kun kurashadi, chiranadi, ter to'kadi...

Biz boshqalarning his-tuyg'ulari, muammosi, turmush-tarziga beparvomiz. Aslida atrofimizdagi har bir inson - qahramon.

@madinaazam

Читать полностью…

Оташ Яшин

Toshkent. Metro. Odamlar. Taqdirlar.
O‘sha kezlarda kundalik o‘y-xayollarimni yozib borar edim. Ajoyib damlar edi...

Читать полностью…

Оташ Яшин

Bu dunyoda odamning qadridek arzon narsa ko‘rmadim:(

Читать полностью…

Оташ Яшин

Qiz bir qo‘lidan osma olyapti. Ikkinchisi bilan qorniga tirab telefon titkilayapti. "Kara sevda"ning yangi qismini ko‘rib bo‘lib, Tiktok'dan 20 tacha videoni svayp qilgandan keyin 10 daqiqacha kim bilandir g‘ungurlashdi. Hamshira ham kelavermadi. O‘zim chalqancha yotvolib elektroferez olyapman(zo‘r narsa ekan bu elektr masaj degani:). Shu qizginani osmasi bexato ketmasin, deb tepaga qarab-qarab qo‘yapman:) Tuzalib ketsin deyman-da ichimda. Telefon yomon kasal qilibdi boyaqishni:(
Endi, o‘zimga kelsak, menga zarur-da bu matoh, hamma ishim shu bilan, to‘g‘ri tushunasiz😆

Читать полностью…

Оташ Яшин

Qaniydi, fotoapparat topsam dam olish kuni, bir xumorni chiqarib rasm tushirib kelsam...
Aaaancha bo'libdi-da o'ziyam🙁

Читать полностью…

Оташ Яшин

O‘zingga kelganida hech kim qarashmasa, alam qilmasligi uchun ham yaqin aloqalardan vos kechib yashash kerakday tuyulaveradimi sizga ham?
Bu ikkilanish ko‘p qiynasa-da barbir odamlar o‘rtasidagi manfaatdorlik tushunchasi ularni bir-biriga bog‘lab turaveradi.

Читать полностью…

Оташ Яшин

Bir do'stim Sochidan yuboribdi. Atmosfera zo'r-a?
🔊

Читать полностью…

Оташ Яшин

- Xotin zoti nima uchun yaralgan?
- "Men sizga aytgandim-ku!" degan gapni aytish uchun:)

Читать полностью…

Оташ Яшин

***
Echkemardek lapanglab
Quvib yetib echkini.
Emchagini changallab
Bosib emdim sutini.

Shervachchadek irillab
Kakliklarni ovladim.
Tuxum bosgan qushlarni
Uyasini kavladim.

Toblab yotdim yelkani
Ertalabgi quyoshga.
G'orlarning lang dahani
Kutib olar choshgohda.

Baytallarni yeldirib
Uyurlarni suvladim.
Ilonlarni o'ldirib
Qulunlarni quvladim.

Juvonadek yer shoxlab
Sig'may o'sdim dalamga.
Podalarga ergashib
Ergashmabman odamga.

Xo'jayor

Читать полностью…

Оташ Яшин

Bugun bratimni dnyuxasi ekan. Shu sabab mashshoqdan bir juft tinglaymiz:)

Читать полностью…

Оташ Яшин

"Tillo uzuk" qo‘shig‘ini bir do‘stimiz juda ajoyib, boshqacha qilib kuylabdi.

Читать полностью…

Оташ Яшин

"Dunyodagi eng yomon qamoqxona o'zimiz quradigan qamoqxonadir..."

Kinodan

Читать полностью…

Оташ Яшин

АГАР ҲАЁТ ШУ БЎЛСА...

Ресторанлар...
Барлар...
Мусиқа...
Сассиқ урён болдирлар...
Тослар...
ирканч лаблар...
Сигареталар...
Ҳаром-ҳариш ўпишлар...
Наҳслар...
Шу ҳаётми!..
Хиёнатлар...
Ҳасадлар...
Кинлар...
Сиёсатлар...
Фитналар...
Қонлар...
Ғижимланган тунд қош-қабоғлар...
Тирсиллаган сийналар...
Рақслар...
Бу нокаслар...
Бу баланд-пастлар...
Шу ҳаётми!..
Йилтиллаган юзлар...
Ҳовузлар...
Шир яланғоч шаҳвоний қизлар...
«Валет», «Дама», «Корол»лар, «Туз»лар...
Мулозимлар...
Ҳаром жиз-бизлар
Шу ҳаётми!..
Данғиллаган саройлар, кўшклар,
ўркач-ўркач елкалар тўшлар,
ўргатилган кўппаклар қушлар,
ит ётишлар, мирзатуришлар...
Шу ҳаётми?!
Бир қўшниси очидан ўлган,
бир қўшнисин томи тўкилган,
бирин қадди етмиш букилган,
ўзи қонлар ичиб қутурган...
Шу ҳаётми?!
Бир кўчада гадолар лак-лак...
Бир кўчада «Тўйлар муборак!»
Бирин оши - ушоғу туршак...
Бирида йўқ на нону намак...
Шу ҳаётми?!
Бировининг хотини аждар...
Бирови хас-хашакдан баттар...
Бирови бу дунёни қарғар...
Бирови бу дунёни ямлар...
Шу ҳаётми?!
Билолмадим, эй ғариб бошим,
Билмам, қирққа кирдию ёшим...
Агар ҳаёт шу бўлса тикка
тупурдим мен унинг бетига...

© АСҚАР МАҲКАМ

Читать полностью…

Оташ Яшин

Mutelik jonga tegdi...

Читать полностью…

Оташ Яшин

Boysunga borib keldim.
Tabiati - asal!

@otashyashin

Читать полностью…

Оташ Яшин

Bilsangiz, qishloqda erta kuzda xazon terish ham zap ajoyib ish-da! Hovlidagi daraxtlardan tushadigan qurigan barglarni keyinroq, avvaliga daladagisini terib kelasan. Ayang bo‘shagan un xaltani qoqa-qoqa senga uzatar ekan, uni ushlashing bilan badaning vijirlab ketadi:) O‘zi, kuz haqida xayol qilsam, tanamga sovuqlik yugurib, biroz varaja tutadi. Chunki ana shunday damlarda xazon yig‘ishtirish bir tomondan zavqli, boshqa tomondan rosa ezma ishdek tuyulardi - changigan xas-xazonlar darrov joningga tegib qoladi.
Ba'zan dalaga yetib kelganingda, supurgi olish esingdan chiqqan bo‘ladi, yoki xazon ko‘p-u xaltang kichikligi xafsalangni pir qiladi. Buning aksi ham bo‘lib turar.
Keyin qurigan shoxlardan bir nechtasini sindirib, qo‘lbola supurgi yasaysan-da yangi kelinchaklardek egilib-egilib ishga kirishasan. Endigi vazifa taxmon-taxmon ko‘rpadek uyilgan barglarni bitta xaltaga joylash. Kuching yetganicha solasan, keyin oyoq bilan bosib zichlaysan. Kamiga ustiga chiqib sakraysan...
Endi eng qiyini qoldi: xaltaning bir uchiga mayda toshni joylab, burab, ko‘tarib ketish uchun tuguncha yasaysan-da uyinggacha yelkangda ko‘tarib ketasan. Xijolatli tomoni shuki, yo‘lda yoningdan qizlar o‘tib ketayotsa, xalta qancha og‘ir bo‘lmasin, qo‘ling qiyilib ketsa ham uni yerga qo‘yib tin olishdan bir lahza qo‘rqasan - uyat bo‘ladi:) O‘zi bir qurib qolgan xazon bo‘lsa:)
Qaniydi bu barglarni olib kelish bilan ish bitsa. Chunki deganda mollarga bersang, bir martaga yeb tugatishadi. Yechim esa dadang aytganidek "boloxonadan bir bog‘ beda tushirib maydalaysan, olib kelgan barglaring bilan "durushta" (aralashtirish) qilasan".
Ex! Bugun jo‘ralarga va'da berilgan futbol, "Sariq devni minib"ni o‘qish, uyga vazifa bahona senga yoqadigan yumushlar - rasm chizish, she'r yozish, multfilm ko‘rish, hamma-hammasi xazon yig‘ishtirib kelmaydigan kuningga qoladi (Agar shunda ham omading kelsa).
Bu qishloqlik bolalarning uy yumushlaridan atigi bittasi. Men hali mol boqish, o‘tin/tezak terish, yer chopish, mollarning tagini tozalash, chiqitlarini bog‘ga sochish, beda o‘rish, eshakning ustiga bochkalarni ortib, yuzlab chaqirim joylardan ichimlik suv topib kelish, ayang aytgan joyga sut-qatiq olib borib, sotib kelish, Maysara xolaga kechagi "gap"ning pulini berib kelish, dadangga Sattor akaning nosidan atigi ikki-uch otim olib kelish(ertaga qaytarib berish sharti bilan), uyda non bo‘lmasa, butun guzarni aylanib (iloji bo‘lsa, yangi pishirilgan) non qarz olish, buvingni ko‘rgani ayang bergan qaynatma sho‘rvani chang ko‘chalar aro yetkazib kelish... Eh-he, gapirsam, bir dunyo yumush bor.
Odamlar hech qachon qishloqlik bolalarning qoloqligi, soddaligidan kulishga haqi yo‘q, deb o‘ylayman. Bilaks, ba'zi qishloqda tug‘ilganlarning zakovati uncha-munchasini shoshirib qo‘yadi, buni bilasiz.
Men o‘z fahmimcha yozdim qishloqda yashagan kishi sifatida. Shaharlik bolalarda ham shu kabi o‘zlariga yoqadigan, yoqmaydigan yumushlari bo‘lsa kerak.
Barbir bolalikning o‘ziga xos zavqli va yoqimsiz xotiralari bo‘ladi. Shularni eslab qoldim-da bir...

18.04.2023

@otashyashin

Читать полностью…

Оташ Яшин

Qo‘shiq shunaqa bo‘lsa!

Читать полностью…

Оташ Яшин

#trend_yopildi

- Do‘stim, ikkita kredit oldim!
- Ikkitani nima qilasan?
- Bittasi senga, bittasi menga😆

Читать полностью…

Оташ Яшин

"Qishloqi bola"
Usmon Azim


@otashyashin

Читать полностью…
Subscribe to a channel