📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
🔥 OXU Talabalari – G‘alabadan G‘alabaga!
🏅Bu yil OXU QVZ jamoasi Voha Ligasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va hozirda Oliy Ligada bahslar qizg'in tarzda davom etmoqda!
🏅 Bundan tashqari, sportchilarimiz Jahon va respublika miqyosida yetakchi o‘rinlarni egallashmoqda.
🏅Talabalarimiz ilmiy maqolalari va innovatsion dasturlari bilan xalqaro tanlovlarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, universitetimizni dunyo maydonida yanada yuksaltirishmoqda!
Bu YUTUQlarni alohida tilga olishimiz kerak edi, shundaymi? 🙂
🎓 Osiyo Xalqaro Universiteti chet ellik talabalar uchun ham bilim maskaniga aylanmoqda!
🌎 Dunyoning turli burchaklaridan kelgan yoshlar bizning universitetimizni tanlab, bilim olishda va madaniyatlar almashuviga hissa qo‘shmoqda.
☺️ Instagramdagi videolarni ko‘rgandirsiz-a? Ular bu yerda tahsil olayotganidan juda ham mamnun
Reaksiyalar qani? 💥
🥼Bu YUTUQni esa Tibbiyot ahli yaxshi tushunadi, shundaymi?
👩⚕ 2024-yil oktyabr oyida Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun Qasamyod kuni o‘tkazildi — kelajakdagi shifokorlarimiz kasbga sadoqatini yana bir bor namoyon etishdi!
🔭Tibbiyotchilar, bormisizlar? Shu yerdamiz deb qo'ying 🔥
🌍 Navbatdagi YUTUQ: Osiyo Xalqaro Universitetining xalqaro hamkorlari!
📈 Atigi 2 yil ichida biz dunyoning 11 davlatidagi 17 ta yetakchi universitet va 4 ta xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladik!
💡Ular Indoneziya, Pokiston, Braziliya, Turkiya, Iroq, Bangladesh, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Malayziya va yana ko‘plab davlatlarning nufuzli universitetlari hisoblanadi!
🔭 Shu yerdasiz-a? Keyingi yutuq nima haqida deb o'ylaysiz? Topguningizcha biz post tayyorlab turamiz, kelishdikmi?
🔥 Qani, ketdik!
📥2022-yil, 10-noyabr kuni 1 ta bino va 17 yo’nalish bilan faoliyat boshlagan universitet bugun… atigi 2 yilda 5 ta kampus va jami 62 ta ta’lim yo’nalishiga erishdi!
Har bir kampusi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan!
➖ Texnologik laboratoriyalar
➖ Mini farmatsevtika zavodlari
➖ Psixologiya va boshlang'ich ta'limga ixtisoslashgan maxsus xonalar
➖ Stomatologiya markazlari
➖ Klinik bazalar va boshqa ta'lim yo'nalishlari uchun ham barcha shart-sharoitlarlar yaratilgan!
🌎Osiyo Xalqaro Universiteti va AlmaU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
📎OXU Almaty Management Universiteti (AlmaU) delegasiyasini qabul qildi. Uchrashuv davomida universitetimizning faoliyati, o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🪙 Bu hamkorlik OXU uchun yangi imkoniyatlar yaratadi: kelishuv davomida ta’lim muassasalarimiz o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida memorandum imzolandi.
🧾 Ma’lumot uchun, AlmaU dunyoning nufuzli QS Ranking Global EMBA reytingida 95-o‘rinda turadi va MHD davlatlari ichida yagona Executive MBA kursiga ega!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
📈 Osiyo Xalqaro Universitetida o'tkazilgan ochiq dars va amaliyotlardan lavhalar! (1-qism)
🎯Biz sizga universitetimizda bo‘lib o‘tgan ochiq dars va amaliy mashg‘ulotlardan eng qiziqarli lahzalarni ulashgimiz keldi! Birinchi qismini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz!
Eng qiziq va qaynoq lavhalar hali oldinda! Shunday ekan, bizni kuzatib boring 💬
Marhamat: Tanishing!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🗣Osiyo Xalqaro Universitetida "Bolalarga beraylik dunyoni" nomli psixologik trening o‘tkazildi!
ℹ️ Mazkur trening, universitetning yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi hamda "Pedagogika va psixologiya kafedrasi" o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Timur Hasanovich Olimov hamkorligida tashkil etildi.
💡 Trening davomida talabalar tomonidan tayyorlangan turli interaktiv va ijodiy metodlar namoyish etilib, ishtirokchilarning katta qiziqishiga sazovor bo‘ldi. Bu qiziqarli va samimiy muhitda o‘tkazilgan tadbir barcha qatnashchilarga chin ma’noda ma’qul keldi va ularda chuqur taassurot qoldirdi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🔈 Osiyo Xalqaro Universitetida OKTYABR oyi qanday o‘tdi?
⚡️ Universitetimiz ushbu oyni turli tadbirlar, ijodiy loyihalar va yutuqlar bilan yodda qoldirdi. Keling, o‘tgan oyning asosiy voqealariga nazar tashlaymiz:
🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" oyligiga start berildi!
🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida "Volontyorlar forumi" tashkil etildi!
🔹 Osiyo Xalqaro Universiteti va Germaniyaning Gisma Universiteti o‘rtasida yangi ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
🔹 "Zakovat" intellektual loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi!
🔹 "Techno plus" nomli intellektual o'yini o'tkazildi!
🔹 Universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
🔹 "Ibn Sino avlodlari" loyihasiga start berildi!
🔹 Navbatdagi yangi loyiha — "Zinama-zina"!
🔹 OXU'da futbol chempionati!
🔹 "Volontyorlar akademiyasi"dan xayriya konserti!
🔹 "Osh festivali" tashkil etildi!
🔹 "Omadli jentelmenlar" jamoasi QVZ chorak finalida g‘alaba qozondi!
🔹 "Mening qobiliyatim" tanlovi boshlandi!
🔹 "Tibbiyot talabalari uchun "English club" tashkil etildi!
🔹 "Eng kreativ video" tanloviga start berildi!
🔹 "Milliy Taomlar Festivali" boshlandi!
🔹 Talabamiz Ollaberganov Umrbek, shotokan karate-do bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🚊 Osiyo Xalqaro Universitetining temir yo‘l transporti yo‘nalishidagi talabalari uchun sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi!
📍 Ushbu dars davomida talabalar temir yo‘l aloqa tizimi ishlash jarayoni, harakat xavfsizligi qoidalari, ekspluatatsiya ishlari va temir yo‘l uzellari kabi amaliy jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.
⚡️ Amaliyotga yo‘naltirilgan bu darslar, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash va sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi desak sira adashmagan bo'lamiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
📣 BEPUL 30 ga yaqin kurslar Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun!
🎓 O‘qish davomida nafaqat nazariy bilimlar, balki real hayotga oid ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishda oson bo'lishi uchun 30 qa yaqin kurslarimiz siz uchun muhayyo!
💡 Til va mahorat kurslari:
➖ CEFR (tayanch doktorantura uchun)
➖ Ingiz tili;
➖ Rus tili;
➖ Turk tili (Doktarantura uchun);
➖ Nemis tili;
➖ Ona tili va adabiyot: Imlo savodxonligi va Davlat tilida ish yuritish;
➖ Pedagogik mahorat klubi;
🔖 Ilmiy va kasbiy rivojlanish:
➖ Talabalarni ilmiy tadqiqotlarga tayyorlash kursi;
➖Tarix;
➖ Psixologik xizmat;
🛠 Texnologiya va dizayn:
➖ Personal Computing kursi bo‘yicha sertifikat dasturi;
➖ Frontend bo‘yicha sertifikat dasturi;
➖ Muhandislik va kompyuter grafikasi bo‘yicha sertifikat dasturi;
⚙️ Fan va tibbiyot:
➖ Anatomiya;
➖ Fiziologiya;
➖ Gistologiya;
➖ Preklinik stomatologiya;
➖ Hamshiralik ishi;
📈 Biznes va menejment:
➖ Buxgalteriya hisobi;
➖ Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan kursi (1:C);
➖ Marketing, PR va SMM;
⚽️ Sport va sog‘liqni saqlash:
➖ Murabbiylik, sportda birinchi yordam va CPR sertifikat dasturi;
➖ Jismoniy tarbiya dasturini loyihalash va Sport natijalarini tahlil qilish sertifikat dasturi
📣 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari, magistrantlari va o'qituvchilari diqqatiga!
Universitetda Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovining universitet bosqichi boshlanganini e’lon qilamiz. Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar qabul qilinadi:
➡️ Folklor: O‘zlikni ifodalovchi og‘zaki an’ana va shakllar;
➡️ Ijrochilik san’ati: Maqom, sozandachilik, raqs, so‘z ustasi, qo‘g‘irchoq o‘yinlari;
➡️Jamiyat urf-odatlari: Marosimlar va bayramlar (oilaviy, xalq, kasbiy, mavsumiy);
➡️ Tabiat va koinot bilan bogʻliq bilim va urf-odatlari: (tabobat va koinot bilan bog‘liq urf-odatlar, an’anaviy tabobat, milliy taomlar);
➡️ An’anaviy hunarmandchilik: Kulolchilik, ganchkorlik, do‘ppido‘zlik, miniatyura san’ati.
🗓 Ilmiy ishlar 5-noyabrgacha qabul qilinadi!
Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi va maqolalari maxsus to‘plamda chop etiladi!
Savollar yuzasidan Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qiling: 📲 @Iqtidorlitalabaoxu
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🏛️ Osiyo Xalqaro Universitetida Rektor va tibbiyot yo'nalishida tahsil olayotgan guruh sardorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi!
📌 Suhbat davomida talabalarning ta'lim jarayoni, amaliyot tajribalari va ilmiy izlanishlar yuzasidan fikr almashildi. Rektor, talabalarning fikr va takliflarini tinglash orqali ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.
📍 Uchrashuvda 156 nafar guruh sardorlari o‘z savollarini berib, universitetdagi imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish yo‘llari haqida batafsil so‘rashdi.
✔️ Rektor talabalarning fikr-mulohazalari universitet uchun muhim ekanini ta’kidladi. Ochiq muloqot orqali ta’lim jarayoni takomillashtiriladi va har bir talabaga rivojlanish imkoniyati yaratiladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
Biz ovoz berdik! Sizchi?
Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi saylov jarayonida faol ishtirok etdilar.
⚡️Har bir ovoz muhim, chunki u kelajagimizni belgilaydi.
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
📣 Osiyo Xalqaro Universitetida yangi loyiha — "OXU'da Podcast"!
⚡️OXU talabalari o‘qish bilan birga qanday qilib ish topib muvaffaqiyatga erishganini bilasizmi?
Biz siz uchun ularning real tajribalari o‘z ichiga olgan podkastlar tayyorladik.
🔥 Qiziq bo'lsa, reaksiyalaringizni ayamaysiz degan umiddamiz!
🌏 Xalqaro Tajriba: OXU Talabalari Indoneziyada!
📎 Bizning iqtidorli talabalarmiz Indoneziyaning Semerang shahridagi Diponegoro universitetida xalqaro amaliyot dasturida qatnashib, bilim va tajribalarini oshirib qaytishdi.
🚀 OXU talabalari uchun har bir imkoniyat eshigi ochiq! Biz ularning yuksak iqtidorlarini qo'llab-quvvatlab, har bir muvaffaqiyatini mamnuniyat bilan nishonlaymiz!
📣 Bu YUTUQimiz alohida e'tiborga loyiq!
👩🏫 OXU'da professor-o‘qituvchilarimizning mehnati yuksak qadrlanadi. Har yili o‘tkaziladigan e’tirof doirasida, joriy yilda ham ularga pul mukofotlari ajratildi.
💻 Bu mukofotlar bilim fidoyilarini yangi cho‘qqilarga intilish, o‘z sohasida yuqori natijalar sari dadil qadam tashlashga undaydi. OXU uchun har bir ustozning yutuqlari — yuksak e’tirofga munosib qadriyatdir!
Batafsil
Reaksiyalar ko'rinmayapti 😎
Osiyo Xalqaro Universiteti xalqaro maydonda:
➡️ 2024-yilning aprel oyida universitetimiz "Ta’lim va kasb 2024" ko‘rgazmasida dunyo oliygohlari qatorida o‘z o‘rnini mustahkamladi!
➡️ Keyinchalik, Turkiyada o‘tkazilgan EURIE 2024 sammitida ham qatnashib, yangi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirdi
➡️ Koreyaning Kyondju shahrida esa xalqaro anjumanda faol ishtirok etib, muhim muzokaralar o‘tkazishdi.
➡️ Parijda UNESCO Digital Learning Week tadbirida universitetimiz rektori boshchiligida raqamli ta’lim imkoniyatlarini o‘rganishdi!
Hali davom etamiz, shu yerda qoling va "🔥" bilan qo'llab-quvvatlab turing
↗️ Osiyo Xalqaro Universitetining o‘sishi raqamlarda!
🏦 Hozirgi kunda...
20 ta bakalavr
8 ta magistratura
25 ta ordinatura
5 ta doktorantura
4 ta masofaviy yo‘nalishlar mavjud!
💬 Oldinda bundan-da qiziqarli tarix kutmoqda! Shunday ekan qo'llab-quvvatlashni davom eting va biz bilan qoling 💥
🎉 Bugun Osiyo Xalqaro Universiteti 2 yillik tarixi haqida gaplashamiz: raqamlarda va yutuqlarda!
📊 Bugunga qadar universitetimiz ko'plab yutuqlarga erishdi. Ammo bugun sizga atigi 20 tasini taqdim etamiz!
Demak, hozirni o'zida "2 YILDA 20 ta YUTUQ" loyihasiga start beramiz!
Boshladikmi? Siz aniq biz bilanmisiz? Qo‘llab-quvvatlab turasiz-a🙂
🏅Osiyo Xalqaro Universitetida bilimga chanqoq talabalarimiz Rektor stipendiyasi bilan taqdirlandilar!
🛫 Bizning faol va bilimga chanqoq talabalarga eng yuqori e’tibor — Rektor stipendiyalari! Bu mukofot nafaqat ularning muvaffaqiyatlarini ulug‘laydi, balki kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.
🎉 Barcha stipendiya sohiblarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Yodingizda bo‘lsin, bu imkoniyatlar hammaga ochiq!
💡 Siz ham o‘z iste’dodingizni ko‘rsating va stipendiya oluvchilar safidan joy oling! Osiyo Xalqaro Universiteti sizning rivojlanishingiz uchun har bir imkoniyatni taqdim etadi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎙 Osiyo Xalqaro Universitetida "Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi e’lon qilindi!
✏️ Mirzo Ulug‘bekning 630-yilligiga bag‘ishlab, universitetimiz “Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan barcha talabalar va magistrlar qatnashishlari mumkin.
✍️lmiy maqolalar 5-noyabrga qadar Iqtidorli Talabalar bilan Ishlash bo‘limiga topshirilishi lozim.
Savollar uchun Iqtidorli Talabalar bilan Ishlash bo‘limiga murojaat qiling: 📲 @Iqtidorlitalabaoxu
Bu post Osiyo Xalqaro Universitetidagi barcha talabalarga tegishli!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎓 Bugun chet ellik talabalarimiz Buxoroning boy tarixiy merosini kashf qilish uchun sayohatga otlandilar!
🕌 Bugun Osiyo Xalqaro Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi xorijiy va mahalliy talabalar uchun Buxoro tarixiy markaziga sayohat uyushtirdi. Ushbu tadbir Buxoroning boy merosini chuqurroq o‘rganish va talabalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
🕍 Sayohat davomida talabalar Labihovuz ansambli, qadimiy savdo tokchalari, Kalon majmuasi va Arkdagi muzeylarni tomosha qilishdi. Tadbirda talabalar bir-birlari bilan fikr almashib, dolzarb masalalar haqida suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Universitet vakillari ularga gidlik va hamrohlik qildi. Bunday madaniy almashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
💡 "OXU'da Podcast" loyihasining ilk sonini qarshi oling!
Talabalarimiz qanday ham o‘qib, ham ishlayotgani sizga qiziq bo'lsa kerak a? 🙂
To‘liq video YouTube sahifamizda! Marhamat, https://youtu.be/kLRoV4rqVYo?si=DplTYbxjOnnD_jQr
🎯 Osiyo Xalqaro Universitetida chet ellik talabalardan taqdimot!
🥼 Xabaringiz bo’lsa, joriy yildan boshlab Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakultetida chet ellik talabalar tahsil olishni boshlashgandi.
💥 Tibbiyot fakultetida tahsil olishni boshlagan chet ellik talabalar o'rtasida ko'krak bezi saratoni kasalligi haqida xabardorlik dasturi doirasida taqdimot bo'lib o'tdi.
📝 Ushbu taqdimotda chet ellik talabalarning har biri ko'krak bezi saratoni kasalligi doirasida o’z taqdimotlarini qildilar. Taqdimotda hindistonlik talabalarimiz faol ishtirok etishdi va qiziqarli chiqishlar qilishdi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎓 OXU talabalari, 30+ BEPUL kurslarni qabul qilishga tayyor turing!
Qanaqa kurslar bor ekan deysizmi?
Birinchi "🔥" reaksiyalar, keyin kurslar, kelishdikmi?
💎 Osiyo Xalqaro Universiteti Kengashining 2024/2025-o‘quv yili uchun 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
✔️ Yig‘ilish avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasining qaroriga asosan, ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar rasman topshirildi va rag‘batlantirildi.
☄️ Mazkur tashabbus universitet tomonidan ilmiy faoliyatni rivojlantirish va professor-o‘qituvchilarning erishgan yutuqlarini qadrlash maqsadida muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев бугун тонгда оила аъзолари билан сайловда овоз берди ҳамда сайлов участкасига келган фуқаролар билан самимий мулоқот қилди
—
Сегодня утром Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи проголосовал на выборах и искренне пообщался с гражданами, пришедшими на избирательный участок
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari ham o‘qib, ham ishlab kelayotganidan xabaringiz bormidi?
Talabalarimiz ta’lim jarayonidanoq ish topib, tajriba orttirmoqda.
➡️ Marhamat, tomosha qiling
"OXU'da Podcast" loyihasining ilk sonidan qisqa kadrlar! To'liq videosini ham kutayotganlar bormi?
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🗳️ Ovoz berish — kelajakka qo‘yilgan qadam!
🏛️ Osiyo Xalqaro Universiteti barcha xodimlar va talabalarni 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovida faol ishtirok etishga taklif etadi!
📍 Saylov biz uchun nafaqat fuqarolik huquqimizni amalga oshirish, balki yurtimiz istiqbolini belgilaydigan mas’uliyatdir. Har birimizning ovozimiz — mustaqil kelajakning poydevori. Shuning uchun yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik va o‘z hissamizni qo‘shaylik.
⚠️ Unutmang, sizning ovozingiz muhim!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube