oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

Faxrli talabamiz bilan tanishing!

🎓 Aydos Ahmedov – S8JM-22 guruhining iste’dodli talabasi hamda sportda o‘z o‘rnini topgan chempion!

➡️ 2023-yil Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkazilgan musobaqada Aydos 57 kg vazn toifasida Kikboksing bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️ 2024-yil sentabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan Kikboksing Jahon Kubogida u o‘z mahoratini yana bir bor isbotlab, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️ 2024-yil oktabr oyida Kambodjada o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida Aydos yana bir bor xalqaro arenada g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan vatanimiz sharafini yuksaltirdi.

Osiyo Xalqaro Universiteti bunday iqtidorli talabalar bilan har doim faxrlanadi!


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU'DA PODCAST: YANGI SONI

Ish va o‘qishni birlashtirish – zamonaviy talabalar uchun eng dolzarb mavzulardan biri. Xo'sh, aslida bu qiyinmi yoki oson?🔥

OXU'da Podcast loyihamizning 3-sonida bir vaqtning o‘zida ham o'qib, ham ishlayotgan talabalarimiz bilan qiziqarli suhbatni o'tkazib yubormang!

Marhamat, https://youtu.be/1-Ay2U6aZx8?si=nDmqN7kbIwHzkO4W

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Osiyo Xalqaro Universitetida “Yoshlar teatr studiyasi” tomonidan sahnalashtirilgan “Quyoshni sen uyg‘otasan” spektakli namoyishi bo'lib o'tdi!

💡 Avvalroq “Kelinlar qo‘zg‘aloni” spektakli bilan iliq taassurot qoldirgan teatr studiyasi, bu gal ham o‘zining ijodiy va mahoratga boy chiqishlari bilan barchaning eʼtiborni tortdi.

🎵 Ijro davomida universitetimiz iqtidorli talabalarining yuksak mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi. Ularning jonli, samimiy va hayajonli rollari tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olib, ulkan olqishlarga sazovor bo‘ldi.

✔️Yoshlar teatr studiyasi” ijodiy faoliyatini izchil davom ettirib, yangi sahna asarlari bilan talabalarning iste’dodlarini kashf etishda davom etmoqda. Hurmatli talabalar, bunday tadbirlarda faol ishtirok eting va o‘z imkoniyatlaringizni namoyish qiling!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

❄️ 1-dekabr – qishning ilk kuni!

Barchamizga zumrad qishning ilk kuni muborak bo‘lsin!

Qish – eng go‘zal fasllardan biri. Oppoq qorlari, tiniq havosi va iliq hislari bilan bu fasl boshqa fasllardan ajralib turadi, shunaqa emasmi? 🙂

☃️ Har bir kuningiz iliq va mazmunli o‘tsin!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔥 #Marifat_ulashib
Bugun Osiyo Xalqaro Universitetida unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi mazkur tadbirga nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi:
✔️O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qo‘chqorov
✔️ Filologiya fanlari nomzodi Shodmon Sulaymon

✏️ Talabalarimiz o'z qalamlariga mansub she'rlardan aytib, shoirlarimizdan maxsus sovg'alar olishdi. Shu bilan birga, talabalar o'zlari qiziqqan savollarga javob olib, shoirlar she'rlaridan parchalar aytishdi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat bilim ulashadi, balki yoshlarning ijodiy ilhomini qo‘llab-quvvatlaydi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️ Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat o'tkazildi!

📌 Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari mayor Shernazarov Sardor Nabiyevich Buxoro yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'ning o'rinbosari podpolkovning Azimov Feruz Faxriddinovich va Osiyo Xalqaro Universiteti profilaktika inspektori universitet yoshlariga jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida ma'lumot berishdi.

📍 Suhbat davomida yoshlarni huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonunlarni hurmat qilishga undash bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

❓Osiyo Xalqaro Universitetida sirtqi ta'limda ham o'qib ham ishlab kelayotgan navbatdagi talabalarimizning fikrlari siz uchun qiziqmi? Qiziq bo'lsa reaksiya qoldirishni unutmang.

250+ reaksiyalardan so'ng videoni telegram sahifamizga joylaymiz ❤️🔥👍

Talabalar faolroq bo'lamiz🤩

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥼 Tibbiyot fakultetida har hafta dolzarb mavzular bo'yicha ochiq ma’ruzalar davom etadi!

💊 Bu galgi mavzu: "Qandli diabet: kasallik belgilari va uning dunyo miqyosidagi ahamiyati" bo'ldi. Bugungi kunda diabet aholining har o‘ndan birida tashxis qilinayotgan global muammo sifatida ko‘rilmoqda.

Tashkilotchilar:
Klinik fanlar kafedrasi
➖Fundamental fanlar kafedrasi
➖Umumiy fanlar kafedrasi
➖“Medical Ship” jamoasi
➖1-4 bosqich stomatologiya yo‘nalishi talabalari


Har haftaning dushanba kuni o‘tkaziladigan ushbu ochiq ma’ruzalarda siz dolzarb mavzular bo‘yicha qimmatli bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Axborot almashuvida faol ishtirok etib, o‘z bilimlaringizni yanada boyiting!

🔔 Kelgusi hafta ham sizni qiziqarli mavzular kutmoqda!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏆 "Tibbiyot mohirlari" IV Xalqaro tibbiy-amaliy ko‘nikmalar olimpiadasida Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari faxrli natijalarni qo'lga kiritishdi!

🥼 Kuni kecha, Toshkent tibbiyot akademiyasi konferensiyalar zalida "Tibbiyot mohirlari" tibbiy-amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro olimpiada boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqa talabalarning tibbiy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi platforma sifatida tashkil etildi.

🏅Quvonarli jihati shundaki, Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi Mamayusupov Fayzullo Ilxomjon o‘g‘li ushbu xalqaro olimpiadada faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalarning ilm-fan va ta'lim integratsiyasida faol ishtirok etishini rag‘batlantirishdir!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏅 Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi – o‘zbek jang san’ati qora belbog‘ sohibasi!

🇺🇿 2015-yilda o‘zbek jang san’ati qora belbog‘iga ega bo‘lgan. 2016-yildan boshlab qo‘l jangi sport musobaqalarida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
2023-yil may oyida, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Open turnirida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

🥇 2023-2024-yillarda "Oliy toifali kickboxing treyneri" sifatida faoliyatini davom ettirgan holda, Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada jahon kubogi sohibasi bo‘lib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🎉 Jo‘rayeva Nozimani erishgan ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va unga kelgusi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yanada ulkan g‘alabalarni tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Talabalar uchun vaqtni samarali boshqarish: TOP 7 maslahatlar seriyasi!

📌 O‘qish, dam olish, ish va orzular orasida muvozanat topish uchun vaqtni boshqarishni o‘rganish muhim!

Vaqtingizni anglab, uni samarali boshqarishni istaysizmi? Mazkur maslahatlar seriyasi siz uchun! Karuselni aylantiring va har bir maslahatdan unumli foydalaning! ⬆️

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥼 Osiyo Xalqaro Universitetining talabalari Buxoro viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashmoqda!

💡 Pediatriya sikli bo‘yicha amaliy dars jarayonlari nafaqat ularning nazariy bilimlarini boyitmoqda, balki haqiqiy tibbiy muhitda bolalarga yordam berish tajribasini ham orttirmoqda!

📌 Yosh shifokorlarimiz jonkuyar ustozlari yetakchiligida bolalar salomatligi uchun xizmat qilish, ularga yordam berish mas’uliyatini his qilmoqda.

Bu kabi jarayonlar kelajakdagi professional shifokorlarning ilk qadamlari sifatida katta ahamiyatga ega.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida 22-noyabr "Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

✅ Pedagogika va Psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari O.R. Avezov va Z.S. Elov hamda Yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir dasturi psixologiya yo'nalishidagi talabalar o'rtasida musobaqa tarzda o'tkazildi.

⚡️ Kafedra professori T.H.Olimov boshchiligidagi hakamlar hay'ati jamoasi barcha shartlarni odilona va shaffof tarzda baholab, bugungi bayram bilan o'qituvchi va talabalarni tabriklashdi.

🥳 Bayramingiz muborak aziz psixologlar!


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi muhim seminar-trening tashkil etildi!

📌 Seminar-treningda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bojxona ekspertizasi bo‘limi boshlig‘i, bojxona xizmati mayori Rahmatov Narzullo Umrboyevich talabalarimiz bilan uchrashib, ularga giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha zarur bilim va tajribalari bilan bo‘lishdi.

🎓 Ushbu tadbir Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, talabalar uchun narkotrafik yo‘nalishlari va ularning oldini olish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

💡 Trening qiziqarli muhokama va dolzarb savollarga boy bo‘ldi. Mazkur ochiq darslar talabalar bilimini oshirish bilan birga, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish va giyohvandlikka qarshi kurashda faol ishtirok etishlari uchun kuchli turtki beradi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 Osiyo Xalqaro Universitetida xotin-qizlarga bag‘ishlangan muhim mavzuda davra suhbati o‘tkazildi!

💬 "Erta tug‘uruq, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish" mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi raisi Ixtiyorova Shaxodat Xayotovna, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Xuseynova Abira Amonovna, shuningdek, adliya boshqarmasi, reproduktiv salomatlik markazi hamda IIBdan yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

🎯 Tadbir davomida ayollar va qizlarning jamiyatdagi o‘rni, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash borasida nazariy bilim va foydali tavsiyalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

✔️ Tadbir so‘ngida ma'ruzachilarga Osiyo Xalqaro Universiteti ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

✍️ 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni!

📌 Ushbu kun munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti faol talaba yoshlari Buxoro shahar 24-sonli "Nurli maskan" ko'zi ojizlar maktabiga tashrif buyurishdi.

Xayriya karvoni bilan yetib borilgan maktabda tarbiyalanuvchilar uchun ajoyib tarzda konsert dasturi tashkil etildi.

📎 Nogiron insonlarning hayoti – bizga saboq, bardosh va kuch manbai. Ularning har biri alohida e’tibor va chuqur hurmatga munosibdir.

⚡️ Tadbir so'ngida xayriya karvoni sovg'alari barchaga tarqatildi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU'DA PODCAST: YANGI SONI

Bu galgi soni umuman boshqacha!

OXU'da Podcast loyihasining 3-sonida bir vaqtni o'zida ham o'qib, ham ishlayotgan talabalarimiz suhbati sizga qiziqmi? 🙂

Unda doimgidek, birinchi "🔥" reaksiya, keyin suhbat, kelishdikmi?

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchilarining Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrifi!

📎Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabining Akademik direktori Frank Ford va 20 nafar bitiruvchilar Osiyo Xalqaro Universitetining tibbiyot yo‘nalishlariga moslangan 5-kampusiga tashrif buyurdi!

💡Mazkur tashrif davomida ular universitetning ilg‘or o‘quv jarayoni, zamonaviy moddiy-texnik bazasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi!

Frank Fordning ta'kidlashicha, bizning universitet kelajakka qadam tashlash uchun eng qulay va munosib joylardan biri ekan!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Bugun Osiyo Xalqaro Universitetida texnika yo‘nalishi laboratoriyalariga sayohat qilamiz! Tayyormisiz?

Unda ketdik! Videoni tomosha qiling va amaliyotga asoslangan darslarimizga o’zingiz baho bering!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universitetida o‘tgan ochiq dars va amaliy mashg‘ulotlardan yorqin lahzalari! (3-qism)

Marhamat, Universitetimizda o‘tkazilgan ochiq dars va mashg‘ulotlar jarayonidan kadrlarni e'tiboringizga havola qilamiz! 📥

Tomosha qiling

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU'da Podcast loyihasining 2-sonini e'tiboringizga havola qilamiz!

🎙 Bu safar mikrofon qarshisida — hayotini ikki yo‘nalishda muvaffaqiyatli boshqarayotgan talabalarimiz!

Ular ham o‘qiydi, ham ishlaydi, va eng muhimi, o‘z maqsadlariga ishonch bilan qadam tashlashda davom etishmoqda 🔥

Marhamat, tomosha qiling https://youtu.be/nM_FT0hzgCo?si=yaw7yRnM6DZQ8QUp

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari "Biznes Marafon"da!

💎 Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning biznesga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgan “Biznes Marafon” loyihasi Osiyo Xalqaro Universitetining 400 dan ortiq talabalari uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

💡Bu loyiha yoshlarga o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirish, muvaffaqiyatli tadbirkorlik sirlarini o‘rganish, va real biznes tajribasidan ilhom olishga yordam bermoqda. Marafon davomida malakali tadbirkorlar va spikerlar universitet talabalarining qiziqishlariga javob berib, o‘z maslahatlarini taqdim etishdi.

✔️Marafonning diqqatga sazovor nuqtalari:
Talabalar spikerlar bilan ochiq muloqot qildilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Yoshlar Kelajagimiz Jamg‘armasining tajribali vakillari – Xayrullo Sattorov, Xasan Mamasaidov, Umidjon Ishmuhammedov va Azim Bayanxanov – speker sifatida qatnashib, o‘zlarining muvaffaqiyat hikoyalari bilan talabalarni ruhlantirdilar.

Biznes Marafon” – kelajagingizga bir qadam yaqinroq turing!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌿 Osiyo Xalqaro Universiteti “Yashil Makon” loyihasi doirasida ekologiyaga o’z hissasini qo‘shmoqda!

🌲 Ushbu loyiha, ekologik muhitni yaxshilash, havo sifatini tozalash va yashil makon yaratishga qaratilgan. Bu nafaqat atrof-muhitni tozalash va shahar shovqinini kamaytirishga, balki ekologik ongni oshirishga ham xizmat qiladi. Ushbu archa daraxtlari havo sifatini yaxshilash, biologik xilma-xillikni oshirish, shovqinni pasaytirish va estetik go‘zallik yaratish kabi foydali jihatlari bilan ahamiyatli hisoblanadi.

🔥 Loyihaning muvaffaqiyati mahalliy hokimiyat, universitet talabalari va o‘qituvchilarning faol ishtiroki bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, bu tashabbus yoshlarda ekologik mas’uliyatni shakllantirish va yashil muhitga e’tibor qaratishda muhim o‘rin tutadi.

🌐
www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida "Knowledge arena" intellektual loyihasining 2-bosqichi bo'lib o'tdi!

📌 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi hamda "Tarix va filologiya kafedrasi" o'qituvchilari hamkorligida filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishida ta'lim oluvchi yigit-qizlar ishtirokida o'tkazildi.

⚡️ Shiddatli kurashlar bilan o'tgan bu loyiha ilmga chanqoq yoshlarning bilim saviyasini oshirishga, ingliz tilidan olayotgan bilimlarini sinovdan o'tkazishga yordam beradi.

Loyiha umumiy 4ta turdan iborat bo'lib, yakuniy turda g‘olib chiqqan guruhlar sertifikat hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” intellektual bahslarining navbatdagi turi o‘tkazildi!

📚 Iqtisodiyot va Pedagogika fakulteti talabalarining bilimdonligi va zukkoligi yana bir bor sinovdan o‘tdi. Har bir savolga javob izlash jarayoni ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual musobaqa, balki qiziqarli va unutilmas tajribaga aylandi.

⚡️ Musobaqada turli yo‘nalishlardagi bilimlar sinovdan o‘tkazilib, qizg‘in bahs va murosasiz musobaqalar talabalar o‘rtasida haqiqiy jamoaviy ruhni shakllantirdi!

💬 Jamoalarning har bir muvaffaqiyatli javobi hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholandi. Ayniqsa, musobaqa davomida talabalarning bilim olishga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqining oshgani yaqqol sezildi.

🏆 Osiyo Xalqaro Universiteti yoshlarning intellektual va ijodiy rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Osiyo Xalqaro Universitetida "Iste'dodlar namoyishi" tanlovi bo'lib o'tdi!

🎭 Yoshlar siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyish etib, ko‘tarinki ruhda bellashdilar.

Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi:
✔️Aktyorlik mahorati
✔️Qo‘shiqchilik san’ati
✔️ Xoreografiya

Tanlov natijalari esa quyidagicha bo‘ldi:
🥇 Navruzaliyev Merimjon (Aktyorlik mahorati)
🥈 Bozorqulov Abdulaziz (Qo‘shiqchilik san’ati)
🥉 Hikmatova Mohinur (Xoreografiya
)

G‘oliblarni universitetimiz nomidan chin yurakdan tabriklaymiz va ularga kelgusi ijodiy faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥳 G’ALABA MUBORAK!
❤️FINAL MUBORAK!

🏆 Osiyo Xalqaro Universitetining "Omadli jentelmenlar" jamoasi QVZ yarim finalida g‘alaba qozonib, FINAL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

🔥Tinimsiz mehnat va harakatlar bilan jamoamiz FINALDA!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥳 22-noyabr – Xalqaro Psixologlar kuni!

👩‍🏫 Bugun qalblarni anglaydigan, inson ruhiyatiga mehr bilan qaraydigan barcha psixologlarni samimiy tabriklaymiz!

⚡️ Osiyo Xalqaro Universitetining aziz talabalari, psixologiya yo‘nalishidagi bilimlaringiz bilan kelajakda insonlarni hayotini yaxshilashda yordam berishingizga ishonamiz!

Biz sizlardan faxrlanamiz va har biringizga muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura va tadqiqotchilik imtihonlari o‘tkazilmoqda!

💎 Osiyo Xalqaro Universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2025-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon va suhbatlar tashkil etildi!

✍️ 20-noyabr kuni tasdiqlangan jadvalga muvofiq, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha talabgorlarning yozma va og‘zaki imtihonlari o‘tkazildi.

🎯 Jarayon davomida talabgorlarning ilmiy tayyorgarligi va ixtisoslik bo‘yicha bilimlari atroflicha baholandi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️Prezidentimiz 2025-yilni  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel