oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Osiyo Xalqaro Universitetida Narzullayeva Gavhar Qobilovna bilan samimiy suhbat!

✏️ Osiyo Xalqaro Universitetida Kogon tumani 1-IDUM o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi, Vazir stipendiyasi sohibasi Narzullayeva Gavhar Qobilovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

💡 Mazkur uchrashuv davomida Gavhar Qobilovna o‘zining boy pedagogik tajribasi, ta’lim sohasidagi yutuqlari va zamonaviy innovatsion yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U ta’lim jarayonida nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning ma’naviy kamoloti va shaxs sifatida shakllanishi yo’lidagi tajribalarini bo’lishdi.

📌 Shuningdek, Gavhar Qobilovna o‘z kasbiy yuksalishi yo‘lida uchragan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tishdagi muvaffaqiyatlarini talabalarga samimiylik bilan so‘zlab berdi. Suhbat davomida u ta’limni rivojlantirishda insonparvarlik va ma’naviyatning o‘rni, shuningdek, o‘quvchilarga ilhom beruvchi ustozlik mas’uliyatining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rash va mutaxassisdan batafsil javob olish orqali qimmatli tajriba orttirdilar.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

😅 Imtihon siz uchun ham bayrammi?

" Ha" — 🔥
" Yo'q" — 🫡

Unutmang, sessiya ham o'tadi, ammo xotiralar bir umrga qoladi 🤗

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Endi navbat tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarga!

📊 2025-yil uchun qanday maqsad qo‘yganlarini bilish maqsadida talabalarimiz o‘rtasida kichik bir so‘rovnoma o‘tkazdik.

Talabalarimiz ulkan maqsadlar sari intilmoqda, orzulari esa cheksiz! Ularning har biriga omad tilaymiz! 🤗

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💡Imtihon mavsumi yaqinlashmoqda!

📚 Bu davr har bir talaba uchun katta sinov bo‘lishi mumkin. Ammo to‘g‘ri yondashuv va samarali tayyorgarlik bilan har qanday qiyinchilikni yengishingiz aniq!

Siz uchun TOP-7 eng samarali usullarni tayyorladik! Bu maslahatlar bilimlaringizni mustahkamlash va imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizga yordam beradi.

➡️ Karuselni aylantiring va tayyorgarlikni hozirdan boshlang! ✔️

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🧦 OXU’da Yangi Yil kayfiyati ayni avjida!

Archalar bezatildi
, kampuslarda bayramona atmosfera hukm so'rmoqda🎄

🔥 Xullas, bizda Yangi Yil shukuhi o'zgacha.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

❄️ Birinchi qoringiz bilan!

☃️Tabiatning oppoq mo'jizasi yerga tushib, hammamizga bayram kayfiyatini olib keldi.

☕️ Bugun issiq choy bilan deraza yonida o'tirib, o'zgacha sokinlik va go'zallikdan bahramand bo'ling!

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔥 Osiyo Xalqaro Universiteti: xalqaro ilmiy maydonda muvaffaqiyat sari!

✍️ 2024-yil 13-14 dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy “Samarqand Olimpiada-2024” xalqaro musobaqasida Osiyo Xalqaro Universitetining 7 nafar iqtidorli tibbiyot talabalari ishtirok etishmoqda.

🎯 Mazkur olimpiada nafaqat yurtimiz, balki Ozarbayjon, Germaniya, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya va Qirg‘iziston kabi 9 davlatning 49 ta universiteti talabalari o‘rtasida o‘zaro tajriba va bilim almashinuvi uchun yuksak nufuzli maydondir. Jami 4000 dan ortiq ishtirokchilar orasida universitetimiz talabalarining qatnashishi ularning xalqaro ilmiy maydonga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.

⚡️ Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari o‘tgan yilda ham ushbu musobaqada ishtirok etib, munosib natijalarga erishishgan edi. Bu yil ham talabalarimiz yangidan-yangi cho‘qqilarni zabt etishga tayyor va bu yo’lda ularga muvaffaqiyat tilaymiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universitetining 1-binosida "Zakovat" intellektual bahslarining navbatdagi soni bo'lib o'tdi!

⚡️ Turli sohalarda bilimdon va zukko talabalardan tashkil topgan jamoalar o'z aql-zakovati va bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Bahslar davomida murosasiz kurashlar, qizg'in savol-javoblar bo'lib o'tdi.

📎 Har bir to'g'ri javob ballari hakamlar hay'ati tomonidan adolatli tarzda baholab borildi. Musobaqa davomida talabalarning bilimga bo'lgan intilishi yanada oshgani sezildi.

🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti doim yoshlarning intellektual o'sishini qo'llab-quvvatlashda davom etadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥋 Navbatdagi faxrli sportchimiz!

⚡️Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari sportda yuksak natijalarga erishishda davom etishmoqda! S12JM-22 guruh talabasi Olimov Oxunjon shularning yorqin namunasidir.

✔️ 2023-yil dekabr oyida Olimov Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda MMA bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

✔️2024-yil mart oyida u Buxoroda o‘tkazilgan "Open Bukhara" musobaqasida Sanda sportidan xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi.

✔️ Olimov ikki karra O‘zbekiston chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi va Amir Temur (ATF) klubi a’zosidir.

Talabamizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 OXUda madhiya kuni qanday o’tdi?

🎯 Bugun, 10-dekabr OXUning barcha kampuslarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi baland ovozda jarang sochmoqda! Talabalar va o‘qituvchilar milliy g‘urur bilan madhiyani kuylashib, birdamlik va Vatanga muhabbat ruhida bugungi kunni nishonlashmoqda.

☀️  O‘zbek xalqining ozodlik, tinchlik va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlari madhiyaning har bir misrasida aks etib, qalblarni jo‘shqinlik va iftixor tuyg‘usi bilan to‘ldirmoqda.

🇺🇿 Milliy madhiya – xalqimizning birligini, tarixini va porloq kelajakka ishonchini ifoda etuvchi muqaddas kuydir!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥳 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!

🇺🇿 1992-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan bo‘lib, u xalqimizning erkinlikka bo‘lgan intilishi, ona Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati va milliy g‘ururini ifoda etadi.

🎵 Keling aziz vatandoshlar, bugun madhiyamizni yanada baland ovozda kuylab, yuragimizda milliy faxrni his qilamiz!

🙌 Barchamizga ushbu kun muborak bo'lsin!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

📌 Konstitutsiyamamlakatimizning huquqiy poydevori, erkinlik, adolat va barqarorlikning kafolatidir. 1992-yilda qabul qilingan ushbu tarixiy hujjat xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi va har bir fuqaroning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.

💎 Osiyo Xalqaro Universiteti ushbu muhim sanani nishonlar ekan, talaba-yoshlarni huquqiy ongi yuqori, bilimli va mas'uliyatli avlod bo‘lishga undaydi. Kelajak avlodning yetukligi – Konstitutsiyamizga hurmat va uning tamoyillarini hayotda amalga oshirishdan boshlanadi.

🥳 Barchamizga Konstitutsiya kuni muborak bo'lsin
!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Osiyo Xalqaro Universitetiga World Monuments Fund (WMF) va Markaziy Osiyo Tadqiqotlari Instituti (CARI) vakillari tashrif buyurdi!

🏛 Uchrashuvda Buxorodagi an’anaviy tarixiy uylarni saqlash loyihasida universitetimizning hamkorligi muhokama qilindi.

📌 Tomonlar madaniy merosni saqlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, nafaqat Buxoro, balki butun Markaziy Osiyodagi tarixiy obidalarni asrab-avaylash masalalarida fikr almashishdi. Universitetimizning ilmiy yordami va madaniy merosni asrashdagi faolligi alohida ta’kidlandi.

💡 WMF va CARI bilan hamkorlik, universitetimizning xalqaro miqyosda tan olinishi va tarixiy yodgorliklarni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, loyihaning ilmiy resurslardan foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish va tadqiqotlar o‘tkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

🔥 Ushbu hamkorlik universitetimiz mavqeini mustahkamlash va madaniy merosni saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔥 Osiyo Xalqaro Universitetida Rektor Stipendiyasi uchun test jarayonlaridan videolavha!

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 Osiyo Xalqaro Universiteti magistri — Adilov Baxtiyor Alisherovich Buxoro viloyati hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi!

🔥 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari va bitiruvchilarining jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasini doimo qadrlaydi. Universitetimizning Iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchisi, yuqori malakali mutaxassis Baxtiyor Alisherovichni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani bilan chin dildan tabriklaymiz!

Baxtiyor Alisherovichning viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi, uning iqtisodiyotga oid chuqur bilimlari va boshqaruv tajribasini yangi darajaga olib chiqadi. Bu tayinlov, ayniqsa, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Uning tajribasi va bilimlari viloyatda yoshlarga oid siyosatni ilgari surish, jamiyatdagi ijtimoiy masalalarni hal qilish va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Biz, Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi, Baxtiyor Alisherovichning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va yoshlarga oid tashabbuslarini amalga oshirishda omad tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram |Osiyo.Xalqaro.Universiteti."> YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universitetida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi!

📌 Osiyo Xalqaro Universitetida “Xorijiy tillar (ingliz tili)” yo‘nalishidagi 2-kurs M4-XT-23 guruhi magistrlari tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu dars Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, o‘ziga xos interaktiv va ko‘ngilochar yondashuvi bilan ajralib turdi.

💡 Tadbir davomida talabalar turli o‘yinlar va innovatsion metodlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamladilar. Magistrlar tomonidan ijro etilgan ko‘ngilochar chiqishlar esa ishtirokchilarga iliq kayfiyat va ilhom bag‘ishladi.

Universitetda bunday mahorat darslari muntazam o‘tkazilib, talabalar bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqda.

🎯 Tadbir yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, bu esa magistrlar uchun alohida rag‘bat bo‘ldi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetining "Zakovat" intellektual o‘yini saralash bosqichining 4-turi ham muvaffaqiyatli yakunlandi!

📊 Har bir bosqichda talabalarning bilimi va zukkoligi sinovdan o‘tdi. Bu saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va "Zakovat Pro" bosqichiga yo‘llanma olgan guruhlar quyidagilar:

✔️ 14-FT(i)-24
✔️ 1-JM-23
✔️ 1-T-24


💡 Ushbu o‘yin davomida dono va zukko talabalar intellektual janglarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahslar orqali kuch sinashishdi.

Osiyo Xalqaro Universiteti yoshlarning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda doimo yetakchi!


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU PODCAST | Davlat stipendiyasi egalari bilan suhbat!

🔥 Bizning navbatdagi qahramonlarimiz:
"Navoiy", Islom Karimov" hamda "Pahlavon Mahmud" nomidagi davlat stipendiyalarini qo'lga kiritgan talabalarimizning ilhomlantiruvchi hikoyalari!

Marhamat, suhbatni havola orqali o'tib tomosha qilshingiz mumkin ☺️
https://youtu.be/JOOcsYM9f6A?si=tEnkvOgnEbSAdiA0

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universitetida bo'lib o'tgan ochiq darsdan lavhalar (4-qism)!

Universitetimizda o‘tkazilgan ochiq darslar mana shunday lahzalarga boy bo‘ldi!

💡 Mazkur jarayonlarda talabalarning ishtiyoqi, innovatsion yondashuvlar va o‘qituvchilarning chuqur bilimlari uyg‘unlikda namoyon bo‘ldi!

Marhamat, ochiq dars jarayonlarining eng qiziqarli lavhalarini tomosha qiling! 🔥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🚀 “Samarqand Olimpiada-2020”: OXU talabalarining sharafli yutuqlari

📍 Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “Samarqand Olimpiada-2020” Tibbiyot xalqaro fan olimpiadasi Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun muvaffaqiyatli natijalar bilan yakunlandi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston bilan bir qatorda Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya va Qirg‘iziston kabi mamlakatlarning nufuzli universitet talabalari o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 Quvonarlisi, Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari ushbu musobaqada munosib ishtirok etib, quyidagi yutuqlarga erishdilar:
• 🥈 Ilxomova Laziza Anvar qizi – 2-o‘rin
• 🥈 Haydarov Umidjon Keldiyor o‘g‘li – 2-o‘rin
• 🥉 Mardonov Shoxjaxon Shavkat o‘g‘li – 3-o‘rin
• 🥉 Abdurahmonov Bahodir Zarifovich – 3-o‘rin

🌎 Onlayn formatda ishtirok etgan talabalarimiz ham ajoyib natijalarga erishdilar:
• 🥈 Abdirazzoqova Mavjuda Akbar qizi – 2-o‘rin
• 🥉 Teshayev Shoxijahon Otabek o‘g‘li – 3-o‘rin


🎉 Talabalarimizni bu sharafli yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz! Ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar va yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔥 Osiyo xalqaro universitetining yana bir magistri shahar hokimi etib tayinlandi!

📎 Osiyo xalqaro universitetining iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi magistri, o‘zining kasbiy faoliyatida katta yutuqlarga erishgan malakali mutaxassis Mirshakar Toʻraboyev - Kogon shahri hokimi etib tayinlandi.

📊 Mirshakar Muzaffarovich mehnat faoliyatini Buxoro shahar moliya bo‘limi iqtisodchisi sifatida boshlab, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ko‘plab muhim loyihalarni amalga oshirib, sohani rivojlantirishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan.

🥳 Biz Mirshakar Toʻraboyevning kelgusi faoliyatida yanada katta yutuqlarga erishishini, Kogon shahrini yanada ravnaq toptirish yo‘lida yangi marralarni zabt etishini, barcha mehnatlari natijasida xalqimizning farovonligini ta’minlashda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalaridavlat stipendiyalari sovrindorlari!

📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug’iga asosan, Osiyo Xalqaro Universitetining bir qator iqtidorli talabalari davlat stipendiyalariga loyiq topildi.

🎖 Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi: Djurayeva Malika Ziyedillo qizi va Hasanova Taxmina Roziqovna;
🎖 Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi: Ramazonov Jahongir Abdurasul o‘g‘li;
🎖 Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi: Olimov Diyorbek Dilshodjon o‘g‘li

🥳 Talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz! Ularning mehnatlari va intilishlari davomida yanada katta yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz. Sizlarning yuksak marralarga erishishingiz biz uchun doimo faxr va quvonch manbaidir.

Kelgusidagi ta’lim va faoliyatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎄 OXUda Yangi Yil BAYRAMI!

🎉 Bayramona kayfiyatni his qilishga tayyormisiz?

19-dekabr kuni soat 17:00da OXUda
barcha uchun unutilmas Yangi yil BAYRAMI bo‘lib o‘tadi!

🎵 Sevimli qo‘shiqlar, ajoyib chiqishlar, qiziqarli sovg‘alar va albatta, yorqin bayramona muhit sizni kutmoqda. Keling azizlar, Yangi yilni birgalikda nishonlab, unutilmas xotiralar yaratamiz!

Barchani biz bilan birga Yangi yilni qarshi olishga taklif qilamiz! ☃️

📍 Manzil: OXUning 1-binosi (manzilni ko'rish)

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔥 Osiyo Xalqaro Universitetida darslar qizg'in pallada!

Muhokamalarga boy qizg‘in darslar, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan professorlar, va bilimga chanqoq talabalar – bularning barchasi Osiyo Xalqaro Universitetida 😎

Marhamat, tomosha qiling: https://youtu.be/jm5PX8Aqtpo?si=tKfoBv4nOMjofs4W


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💸 Talabalar uchun byudjetni boshqarish bo‘yicha foydali maslahatlar!

🎓 Talabalik davri – qiziqarli, ammo moliyaviy muammolarga duch kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan davr. Ko‘pchilik talabalar byudjetni boshqarish bo‘yicha tajribaga ega emas.

Bu muammolarni yengillashtirish uchun biz sizga maxsus foydali post tayyorladik.

Karuselni aylantiring va moliyaviy hayotingizni tartibga solishni boshlang! 📤

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurash kuni!

⚡️ Adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida barchamiz birlashamiz. Korrupsiya rivojlanishimizni to‘xtatadigan illatdir, unga qarshi kurash — barchamizning fuqarolik burchimiz. Halollik va poklik hayotimizning mezoniga aylansin!

⚖️ Keling, bugun kichik amallarimiz bilan katta o‘zgarishlarni boshlaymiz! Halol kelajak sari birga odimlaylik! Korrupsiyasiz ta’lim - bu barqaror rivojlanishning kafolati.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📚 Osiyo Xalqaro Universitetida "Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati!" kitob ko‘rgazmasi!

🇺🇿 Osiyo Xalqaro Universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan maxsus kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

📌 Ushbu tadbirda siz mamlakatimiz asosiy qonuniga oid eng qimmatli ma’lumotlar, tarixiy asarlar va zamonaviy yondashuvlar bilan tanishishingiz mumkin.

💎 Konstitutsiya – bizning erkinligimiz, huquqlarimiz va imkoniyatlarimiz kafolati! Tadbir davomida talabalarimizga o'z bilimlarini boyitish va tarixning muhim sahifalariga nazar tashlash imkoniyati yaratildi desak sira adashmagan bo'lamiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 Bugun universitetimizda "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" nomli ijtimoiy-siyosiy tadbir bo‘lib o‘tdi!

💬 Tadbir davomida yurtimiz Konstitutsiyasining qadri, huquqiy bilimlarning jamiyatimiz rivojidagi o‘rni, yoshlarning fuqarolik mas’uliyati kabi mavzular keng qamrab olindi. Talabalar jonbozlik bilan faol ishtirok etib, qiziqarli taqdimotlar, ma’ruzalar va muhokamalarda qatnashishdi.

🎙 Tadbirning yorqin lahzalaridan biri talabalarning ijodiy chiqishlari bo‘ldi. She’r va musiqiy chiqishlar barchani zavqlantirdi. Har bir qatnashchi qalbidan o‘z yurtiga bo‘lgan mehr va sadoqatni his qildirdi.

Konstitutsiyamiz – bizning baxtimiz va ravnaqimiz kafolati. Uni sevish, himoya qilish va yuksaltirish – barchamizning burchimizdir!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Osiyo Xalqaro Universitetida "Zamonaviy oliy ta'limda liderlik" mavzusida ma'ruza o‘tkazildi!

📌 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻlimi hamda Xalqaro aloqalar bo'limi hamkorligida tashkil etilgan Markaziy Osiyo Amerika Universiteti prezidenti doktor Timoti Edvard O'Konnorning "Zamonaviy oliy ta'limda liderlik" mavzusida seminari bo'lib o'tdi.

🔥 Seminar davomida globallashib borayotgan zamon talablariga mos ravishda oliy ta'limdagi yangiliklar haqida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarning kelajakda o‘z kasbining mohir ustasi va haqiqiy lider bo‘lishi uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan talabalar bilan suhbat tashkil etildi.

💡 Talabalar professor bilan muloqot jarayonida o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 American University of Central Asia (AUCA) prezidenti Timothy O’Connor Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi!

📍 Uchrashuv davomida AUCA prezidenti Timothy O’Connor va Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Memorandum imzolanishi natijasida talaba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar, o‘qituvchilarni tayyorlash hamda umumiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📌 Bu tashrif ikki universitet o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Bu kelishuv ikki tomonning tajribalarini boyitib, ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy loyihalar sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

✔️ Tashrif Markaziy Osiyo mintaqasida ta’lim va innovatsiyalar rivoji uchun yangi ufqlarni belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel