📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
📱 "Instagram Life" – real hayotmi yoki o‘rgimchak to‘ri?
— Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar endi trening o‘tishadimi? — Ha, shunday!
❄️ Oppoq manzara, sokinlik va sof havo – kutilmagan qish zavqi!
🤗 OXUda qish atmosferasini sizga ham ilindik!
❄️ Sizga yoqdimi? Bir so'z bilan — barchasi ajoyib, to'g'rimi? ❤️
🎙 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy ta’limda psixologning imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi!
⚡️ 2025-yil 4-7 fevral kunlari Osiyo Xalqaro Universiteti tomonidan Buxoro viloyatidagi maktab psixologlari uchun “Zamonaviy ta’limda psixologning imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari zamonaviy psixologik metodlar bo‘yicha qator ma’ruzalarni taqdim etdilar.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi – maktab psixologlarining zamonaviy metodlarni ta’lim jarayoniga joriy qilish orqali o‘quvchilar ruhiyatini yaxshilash va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali tashkil etishdir.
💡 Ishtirokchilar o‘quvchilarning psixologik salomatligini yaxshilash, ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan ilg‘or yondashuvlar va amaliy texnikalar bilan tanishdilar. Tadbir maktab psixologlarining professionallik darajasini oshirish, pedagogik jarayonlarning samaradorligini yaxshilash va psixologik yordam tizimini takomillashtirishga katta hissa qo‘shdi.
📜 Mir Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni!
🎉 Bugun 9-fevral, buyuk mutafakkir, mumtoz adabiyotimizning yorqin namoyondasi Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!
Necha asrlar o'tgan bo‘lsa-da, uning hikmatli so‘zlari bugungi avlodga ham ilhom manbai bo'lib xizmat qilmoqda! Haqiqiy ilm-u ma’rifat, adolat va ezgulik timsoli bo‘lgan bu siymoning merosi – xalqimizning bebaho xazinasi!
Navoiy tafakkuri bilan yuksalaylik, uning hikmatlaridan ilhom olaylik!
📌 Osiyo Xalqaro Universitetida mutaxassislar tomonidan navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tdi!
🖥 Maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun "Qandimcha" eksperimental davlat MTT direktori, "Ma’naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni sohibasi Yadgarova Dildora Ibadulloyevna bilan birgalikda seminar-trening tashkil etildi.
🛡 Trening davomida Maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasini boshqarish, bolalar psixologiyasi, bolalar bilan ishlash ko'nikmalari, rahbar ayol imidji, oila hamda ishni bir maromda olib borish haqida tushunchalar berib o'tildi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
#haziltime
Bu — o‘zbek tilining 2-alifbosi! 😅
🥼 Buni faqat mediklar tushunadi.
Tibbiyotchilar, yozuvingizni taniyapsizmi?
Ha, aytgacha! Bu postni do‘stlaringizga ulashishdan oldin "🔥" bosib, keyin yuboring, yo‘qsa, keyingi hazil mavzusi siz bo‘lishingiz mumkin! 😄
🏆 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” Rektor kubogi final bosqichi o‘tkazildi!
❓ Osiyo Xalqaro Universitetida Buxoro “Zakovat” klubi bilan hamkorlikda “Zakovat” Rektor Kubogi final bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
📌 Musobaqaning final bosqichida universitetning eng bilimdon jamoalari ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz bahslarni namoyish etishdi. Intellektual jang davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid murakkab savollarga javob berishdi va bilim, mantiq va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
🏆 Natijalar:
🥇 1-o‘rin – 1-T-24
🥈 2-o‘rin – 2-PS-24
🥉 3-o‘rin – 3-IQ-24
🔹 Mazkur turnir universitetimizda yoshlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilim va tafakkurni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
📣 Kelgusida ham bunday musobaqalar muntazam tashkil etilishi rejalashtirilgan!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🧑🎓 Talabalik – bu nafaqat darslar va imtihonlar, balki hayotning eng qiziqarli, eng mazmunli davri!
📊 Bu yillar davomida siz yangi do‘stlar orttirasiz, mustaqil hayotga qadam qo‘yasiz, bilim va tajriba yig‘asiz, unutilmas sayohatlar va tadbirlarda qatnashasiz. Eng muhimi, bu davr o‘z yo‘lingizni topishga, kelajagingizni yaratishga tayyorlaydi.
💡 Har kuningiz yangi imkoniyatlarga to‘la – ulardan unumli foydalaning va talabalikdan to‘liq bahramand bo‘ling!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
📣 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun "English Club" tashkil etildi!
💬 Agar siz ingliz tiliga qiziqsangiz va darsdan tashqari vaqtingizni foydali, maroqli va samarali o‘tkazishni istasangiz, marhamat, English Club sizni kutmoqda!
Club tarkibida 4 ta qiziqarli to‘garak mavjud:
📖 Book Review
🎭 Drama Club
🎬 Movie Time
🎶 English with Songs
📍 Manzil: OXUning 4-binosi
#haziltime
Universitetda duv-duv gap!
Ikki do'stning suhbati:
— Test imtihonlaridan qanday o'tding?
— Chochiptashladim ..
— Hay, nega baqirib aytasan
— Maksimal ball olganimni hamma bilsin, Universitetda duv-duv gap bo'lsin deymanda...😅
😁 Testlarni zo'r topshirib chiqqanlar, shu yerdamisizlar? Qani reaksiyangizni bir ko'raylikchi 🔥
🎯 Hamkorlik: Transmashholding delegatsiyasining Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrifi!
🇷🇺 Rossiyaning Transmashholding kompaniyasi rahbari Sayfutdinov Ruslan boshchiligidagi delegatsiya Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Buxoro viloyati hokimligi Investitsiyalar boshqarmasi vakili Shohruh Nurullayev hamda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki direktori Fayzullo Agzamov ham ishtirok etdi.
📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalar tanloviga talabgor talabalarni “Stipendiantlar klubi”ga qabul boshlandi!
🗺 “Stipendiantlar klubi”ga a’zolikka nomzodlar quyidagi tartib asosida saralab olinadi:
✔️Reyting bahosi bali (GPA-4,8 dan) past bo‘lmasligi lozim.
✔️Ilmiy tadqiqot ishlari (ilmiy maqola, tezis va b.) larni chop qilgan va chop qilishni maqsad qilganlar.
✔️ Erishgan yutuqlari (Davlat mukofoti, xalqaro va respublika fan olimpiadasi hamda koʻrik tanlovlar gʻolibligi, patent, ixtirolar va b.)
✔️ Til bilish sertifikati (Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi xorijiy til boʻlgan taqdirda boshqa xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi).
“Stipendiantlar klubi”ga a’zolikka nomzodlar quyidagi @Iqtidorlitalabaoxu telegram manzil orqali murojaat qilishlari mumkin.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🎤 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakultetida "Iste’dodlar shousi" tanlovi o‘tkazildi!
💡 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari o‘rtasida "Iste’dodlar shousi" tanlovi katta shijoat va qiziqish bilan tashkil etildi. Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda dekanat nazoratchilari hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tanlovda talabalar sessiya jarayonlari davom etayotganiga qaramay faol ishtirok etishdi.
🖥Tanlovda 9 ta jamoa o‘zaro 4 ta shart bo‘yicha kuch sinashdi. Jarayon nafaqat qiziqarli bellashuvlar, balki zavqli va ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tdi. Talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdilar. Tanlov davomida fakultet talabalari nafaqat iste’dodlarini namoyish etdilar, balki do‘stona muhit va jamoaviy birdamlikni ham mustahkamladilar.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
#qiziqarlifakt
📱 Ijtimoiy tarmoqlardan nechi soat foydalanaman deb o'ylaysiz?
💬 Bugungi kunda talabalar ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtacha 4-6 soat vaqt o‘tkazadilar. Bu vaqtning katta qismi ko‘pincha qiziqarli, ammo samarasiz kontentlarni ko‘rishga ketadi.
📊 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytiradi va bilim olish samaradorligini kamaytiradi. Shu sababli, kun davomida ijtimoiy tarmoqlarni maqsadli va nazorat ostida ishlatish tavsiya etiladi: faqat kerakli ma’lumotlarni izlash, ta’limga oid guruhlarda faol bo‘lish va boshqa foydali resurslarni kuzatish.
❓Endi: “Men ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq qaysi faoliyat bilan shug‘ullanaman – vaqtni foydali o‘tkazamanmi yoki oddiy ko‘ngilochar kontentni ko‘ramanmi?” - deb o’zingizga savol bering!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
☕️ Ertaga YAKSHANBA!
😄 Bir hafta davomida yig‘ilgan charchoqlarni chiqarib, miriqib dam oladigan kun!
☀️ Eshitdingizmi, ob-havo ham xuddi bahor kunlaridek iliq bo‘lar ekan. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Do‘stlar, oila va yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib kun, shunday emasmi? 🫶
Sessiyani esa bir kunga unutib turing! Dam oling va o‘zingizga vaqt ajrating! 😊
🎙 OXU PODCAST | YANGI SON!
🔥 Bu safargi suhbatimiz sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan bo'ldi! Ular qanday qilib ham ishlab, ham o‘qib muvaffaqiyatga erishishmoqda?
Albatta, bu yo‘lda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar ham bor…
💡 Keling ularning hayotiy tajribalarini birga tinglaymiz! Motivatsiya, qiziqarli hikoyalar va foydali maslahatlar sizni kutmoqda.
🤗 Podcastni to'liq videosini YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/TS1zCBQ7qww?si=4MEn90tJwHWKWQyS
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
❄️ Qish qaytdimi?
🗓 Mana fevral oyining o‘rtalariga ham yetib keldik, ammo tabiat bizni yana oppoq qorga burkadi! ❄️
🏦 Osiyo Xalqaro Universitetining hovlisi bugun haqiqiy qish manzarasiga burkandi – go‘yo tabiatning o‘zi bu kunlarni unutilmas qilishga harakat qilayotgandek.
Siz ham bu ajoyib qish atmosferasidan zavq olyapsizmi? Reaksiyalaringiz orqali bildirishingiz mumkin ❤️🤗😍
#gazal
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
🎤 Osiyo Xalqaro Universitetida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi!
📜 Bugun Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.
📖 Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. Unda Alisher Navoiy ijodining milliy madaniyat va adabiyot taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, ma’naviy merosining ahamiyati xususida fikr yuritildi. Talabalar tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qilib, musiqiy chiqishlar ijro etildi. Bu esa tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.
💥 Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, Alisher Navoiy ijodining o‘lmasligini yana bir bor isbotladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti va Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi!
🧾 Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Ruziev Sherzod Ibodullayevich hamda sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali boshlig‘i Saibov Hakimjon Mavlonovich Osiyo Xalqaro Universitetiga hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun tashrif buyurishdi.
💡 Universitetimiz rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Sud-tibbiy ekspertiza viloyat filiali bazasida kafedra tashkil etish va qon tahlili laboratoriyasini yaratish rejalashtirildi.
📇 Shuningdek, sud-tibbiyotga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔗 Batafsil: /channel/RSTEIAM/294?single
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
Tibbiyotchilarga bir hazil kelib qoldi! 😅
Shu yerda bo'lib turing, hech qayerga ketib qolish yo'q, kelishdikmi? 🔥
🔋 Ko‘rdingizmi, talabalik — eng unutilmas davr!
🔥 Bu yillar hayotingizning eng yorqin va esda qolarli sahifalarini yaratadi. Talaba bo‘lishning eng ajoyib 6 ta afzalligini yuqoridagi postda ham o‘qib, bilib olishingiz mumkin!
Shunday ekan, siz hozir eng baxtli insonlardan birisiz!
🏦 Osiyo Xalqaro Universitetiga xush kelibsiz!
↗️ Bilim olish – o‘zgarishning boshlanishi! Bugungi ta’lim muhitida yangi yondashuvlar, zamonaviy sharoitlar va amaliy tajribaga asoslangan o‘qitish uslublari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Osiyo Xalqaro Universitetida o‘rganish jarayoni nafaqat nazariy, balki kasbiy rivojlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi.
🎯 Zamonaviy 5 ta kampus talabalarga ilm olish va kasbiy rivojlanish uchun eng qulay muhitni yaratmoqda. Texnologik laboratoriyalar, mini farmatsevtika zavodlari, psixologiya va boshlang‘ich ta’lim uchun maxsus xonalar, stomatologiya markazlari, klinik bazalar – bularning barchasi nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
💡 Bu hali hammasi emas! Sahifalarimizni bir ko‘rib chiqsangiz, yanada ko‘plab muvaffaqiyatlarimiz bilan tanishasiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🔔 Tongni chiroyli boshlash muhim – 5 daqiqalik meditatsiya sirlari!
Ertalab uyg‘onganda qanday holatda bo‘lasiz? Kayfiyatingiz yo‘qmi? To‘yib uxlamagandek his qilasizmi? 🥱
🎯 Bular darsga va kundalik faoliyatingizga ta’sir qilmasligi uchun sizga oddiy, lekin samarali yechim bor – 5 daqiqalik meditatsiya! 🧘♂️
🔹 Ko‘zlaringizni yuming va chuqur nafas oling
🔹 Rejalaringiz va qilishingiz kerak bo'lgan ishlarga e’tibor qarating
🔹 Tanangizni bo‘sh qo'ying va ichingizdagi bezovtalikni chiqarib yuboring
🔹 Diqqatni ijobiy fikrlarga qarata turib: "Bugun kunim juda chiroyli o'tadi. Bugungi kunim har doimgidan-da omadli, quvonchli va muvaffaqiyatga boy bo'ladi" deb ayting!
Bu oddiy 5 daqiqalik mashq xotirani mustahkamlash, diqqatni jamlash va kayfiyatni ko‘tarishda yordam beradi.
🙂 Uni har tong bajarib turishni odat qiling!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎙 OXU tibbiyot fakulteti talabalari imtihonlardan qanday o‘tdi?
Imtihonlardan so‘ng ularning taassurotlari qanday? 📖
✔️ "Birinchi marta imtihon topshirayotganlarga nima tavsiya berasiz?"
✔️ "Imtihon topshirib bo'lgach o‘zingizni qanday xursand qilasiz?"
Bu savollarga talabalar qanday javob berishdi? Videoni oxirigacha tomosha qiling! 🎥
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
#haziltime
Talaba
O‘qishga ham kirib olding,
Qaddingni tut, talaba.
Talabalik oltin davring,
Davringni sur, talaba.
Garchi vatan farzandisan,
Fakultet arzandisan.
Shunday ekan, qadringni ham
Sal bilib yur, talaba.
Bo‘lmoq kerak gapga usta,
Bir gap aytsa starosta
O‘z bilganingdan qolmasang ham,
"Xo‘p-xo‘p" deb tur, talaba.
Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas,
Talaba degan semiz bo‘lmas.
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas –
Rost gap shuda, talaba.
Zachyot dardi bir balodir,
Imtihon ham bir balo..
Senga qolsa ikkovi ham,
Bo'lmasa-da, talaba 😅
Yoqdimi?
Yoqqan bo'lsa, bilasiz-a, "🔥" bosasiz va talaba do'stlaringizga yuborib qo'yasiz 😉
🔭 Qani toping-chi, bugun qanaqa kun?Yo'q, hech kimni tug'ilgan kuni emas!
🗓 Bugun 29-yanvar, Butunjahon INTERNETsiz (INTERNET ham dam oladigan) kun ekan, qoyilmisiz? 😅
📱 Shunday ekan, bugun internetni tinch qo'ying! Undan ko'ra yaqinlaringizni holidan xabar oling. Do'stlaringiz bilan dildan (layk, stories, kommentlarsiz) suhbatlashing!
🫶 Bu Internet (qurg'ur) kutib turadi, lekin yaqinlaringiz bilan o‘tgan har bir lahzalar – bebaho va unutilmas!
P/S: Ha, bu postni kimga yuborishni bilasiz-a? 🤗
😇 "Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan keyin o‘zingizni qanday rag'batlantirasiz"?
🔥 Bu safar sizga sessiya haqida qiziqarli videorolik tayyorladik.
Oxirigacha ko‘ring va talabalarimizning bu boradagi fikrlarini tinglang 📸
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida sirtqi talabalarning dars jarayonlari avjida!
💡 Bilimga chanqoq talabalar har bir darsda o‘zini namoyon etmoqda. Seminarlar esa faqat nazariya bilan cheklanmay, mazmunli suhbatlar, tajribali fikr almashuvlar va zamonaviy yechimlar bilan boyitilgan.
🔥 Har bir qadam – kelajakka poydevor! Talabalar ta’limga bo‘lgan qat’iyati bilan ilm-fan olamida o‘z yo‘llarini yaratmoqda.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎤 Namozov Sherzod Nasimovich bilan seminar-trening!
🏆 Osiyo Xalqaro Universitetida ikki karra Paraolimpiada chempioni, "O‘zbekiston Iftixori" unvoni sohibi Namozov Sherzod Nasimovich bilan seminar-trening tashkil etildi.
✔️ Seminarda sportda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, intizom va qat’iyatning ahamiyati haqida fikrlar bildirilib, ishtirokchilar qimmatli tajribalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bu uchrashuv talabalar uchun ilhom va yangi maqsadlar sari intilishga kuch bag‘ishladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube