📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
⚽ OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA FUTBOL MUSOBAQASI BOSHLANDI!
Hurmatli talabalar!
📣 Osiyo Xalqaro Universitetida futbol musobaqasi tashkil etilmoqda. Musobaqa universitet talabalari o‘rtasida jamoaviy sport ruhini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etish shartlari:
✔️ Qatnashchilar: Universitetimizning barcha fakultet talabalari.
✔️ Jamoa tarkibi: 6 nafar o‘yinchidan iborat.
✔️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-martgacha.
✔️ Ro‘yxat qabul qilinadigan joy: Fakultet ma’naviyat bo‘limi.
Barcha talabalarni ushbu sport tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
P/s: Musobaqaning sanasi va o‘tkazilish joyi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
💐Osiyo Xalqaro Universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!
Tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar jamoasi ayollarni samimiy qutlab, ularning jamiyatdagi o‘rni va xizmatlarini e’tirof etdilar.
🎤 Konsert dasturida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, universitet jamoasi faol talabalarining onalarini e’tirof etib, ularni munosib taqdirlashdi!
🌹Bayram shukuhi ostida o‘tgan ushbu tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi. Osiyo Xalqaro Universiteti barcha ayollarni yana bir bor bayram bilan muborakbod etadi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌺 Ayni damda Osiyo Xalqaro Universitetida ayol ustoz va xodimlarni gullar bilan kutib olish jarayonidan qaynoqqina kadrlar! 😍
Читать полностью…🎉 E’TIBOR VA E’TIROF!
💙 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan nomli davlat stipendiya sohiblariga guvohnomalar Osiyo Xalqaro Universiteti Kengashi yig‘ilishida Universitet Rektori tomonidan topshirilib, ularning yutuqlari shaxsan e’tirof etildi.
📌 Bilimga tashna, izlanishdan charchamaydigan iqtidorli talabalarimizning mehnati yana bir bor munosib e’tirof etildi.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi💡Sizlar bilan faxrlanamiz! Kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz!
🏅 Ramazonov Jahongir Abdurasul o‘g‘li
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sohibi
🏅Olimov Diyorbek Dilshodjon o‘g‘li
Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohiblari
🏅Hasanova Taxmina Roziqovna
🏅Djurayeva Malika Ziyodullo qizi
🎓 OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA NAVBATDAGI REKTOR STIPENDIYASI TOPSHIRILDI!
🏅 Osiyo Xalqaro Universitetida bilim va mehnat hech qachon e'tiborsiz qolmaydi. 167 nafar Tibbiyot fakulteti talabasi hamda 130 nafar Ijtimoiy fanlar va texnika, Iqtisodiyot va Pedagogika fakultetlari talabalari o‘z bilim va intilishi bilan Rektor Stipendiyasi sohibiga aylandi! Bu – ularning mehnati va yuksak intilishining samarasidir.
🏆 Keyingi stipendiya sohibi siz bo'lishingiz mumkin! Shunday ekan bugundan boshlab o‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘ying, ularni ro‘yobga chiqarish uchun tinimsiz harakat qiling!
🪙 Zero, bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz, intilishingiz va mehnatingiz ertangi muvaffaqiyatingizning poydevori bo‘ladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🔥OXUDA PODCAST loyihasining yangi soni nima haqida?
Bugun dunyo til bilganlar uchun ochiq! Qayerda yashashingizdan qat’i nazar, til bilsangiz – imkoniyatlaringiz cheksiz!
Til bilish hayotimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Va eng muhimi – sizga nima beradi?
📣 Osiyo Xalqaro Universitetida "Eng yaxshi she'r" tanlovi bo'lib o'tdi!
📖 She’riyat muxlislari va ijodkorlar uchun unutilmas tadbir! Osiyo Xalqaro Universitetida tashkil etilgan "Eng yaxshi she'r" tanlovi katta qiziqish bilan o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy asarlari orqali qalblarni zabt etishdi va barchaga unutilmas lahzalar tuhfa etishdi.
Tanlov natijalari:
🥇-o'rin Xojiyeva Maktuba KM11-BT-22
🥈-o'rin Eshimova Xijrona 5-DAV-22
🥉-o'rin Olimova Munojot s10-MT-23
🌍 Xalqaro ilmiy hamkorlik: OXU tadqiqotchilari Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti dasturida!
Osiyo Xalqaro Universiteti Tarix va filologiya kafedrasi tayanch doktorantlari M.R. Tursunova va N.X. Xakimova 2025-yil 24-fevral – 28-mart kunlari Buyuk Britaniyaning nufuzli Sussex Universiteti tomonidan tashkil etilgan "Joy of Not Knowing" inklyuziv ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etish maqsadida Qozoq Milliy Ayollar Pedagogika Universitetiga tashrif buyurishdi.
🏅OXUning sportchi talabasi — Husniddin Nasriddinov 1-o'rinni qo‘lga kiritdi!
🏆 Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi Nasriddinov Husniddin (S4-JM-22) sportning USHU Sanda yo‘nalishi bo‘yicha 60 kg vazn toifasida yuqori natijaga erishdi. U 2025-yil 21-23 fevral kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib, o‘zining mahorati, chidamliligi va kurashuvchanligi bilan raqiblarini ortda qoldirdi hamda faxrli birinchi o‘rinni egalladi!
🇺🇿🤝🇺🇸 RASMAN! OXU VA WUST O‘RTASIDA HAMKORLIK IMZONLANDI!
🏦 Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU) va Washington University of Science and Technology (WUST) o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi yo‘lga qo‘yildi.
AQSH bilan hamkorlik haqida batafsil!
🖥 Ushbu kelishuv OXU talabalariga global ta’lim standartlariga mos bilim olish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish uchun yangi eshiklarni ochadi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇿 🇺🇸Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining Washington University of Science and Technology (WUST)ga tashrifi!
💡 Bu tashrif OXUning xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish va talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim qadam desak adashmagan bo'lamiz!
🏦 WUST – innovatsion ta’lim tamoyillari, ilmiy tadqiqot va zamonaviy bilimlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan AQSHdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri.
Qo‘shma dasturlar haqida tez orada batafsil ma’lumot beramiz.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi!
Unda mamlakatda yoshlar ishsizligini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, 2025-yilda bu jarayonni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
🖥 Uchrashuvda yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ish bilan band bo‘lmagan yoshlarning ijtimoiy beqarorlikka moyilligi, jinoyatga qo‘l urishi ehtimoli borligi qayd etildi. Bu kabi xavflarning oldini olish uchun yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, ularni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish dolzarb vazifa ekani belgilandi.
Yoshlar bandligini oshirish maqsadida katta bandlik dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida:
✔️ 126 trillion so‘m mablag‘ ajratilmoqda;
✔️ Mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi;
✔️ Mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari orqali 250 ming nafarga yaqin kishini daromadli faoliyat bilan ta’minlaydi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
📜 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi muborak bo'lsin!
🎉 Bugun 14-fevral, ulug‘ sarkarda, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi!
Bobur nafaqat buyuk saltanat barpo etgan hukmdor, balki qalbi nozik shoir, chuqur tafakkur egasi sifatida ham tarix zarvaraqlariga muhrlangan. Uning jasorati, donishmandligi va merosi asrlar osha bizga saboq berib kelmoqda.
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.
🌍 Osiyo Xalqaro Universiteti Rektor boshchiligida AQSHga rasmiy tashrifi boshlandi! 🇺🇸
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🤗 "OXUni bir jumla bilan qanday ta'riflagan bo'lardingiz?"
🎓 Talabalarimiz bu savolga qanday javob berganini bilishni istasangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling!
🔥 Endi o’ylab ko’ringchi, siz OXU’ga qanday ta’rif berardingiz?
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌺 Aziz ayollar, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo'lsin!
💙Osiyo Xalqaro Universiteti barcha xotin-qizlarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
🎉 Siz – nafaqat oilaning, balki jamiyatning tayanchisiz. Hayotingiz doimo go‘zallik va baxt bilan to‘lsin, orzularingiz ushalib, yutuqlaringiz yanada yuksalsin! Sizning borlig‘ingiz hayotga mazmun, qalblarga esa iliqlik bag‘ishlaydi.
Har bir tongingiz umid va quvonch bilan boshlansin. Har bir kuningiz go‘zallik va ezgulik bilan to‘lsin.
Bayramingiz muborak, aziz opa-singillar! 💐
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌸 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari ustoz va xodimalarga samimiy e’tibor va bayramona kayfiyat ulashdi.
Bayram iliqligi, ehtirom va tabassumlarga to‘la onlar universitetda unutilmas taassurot qoldirdi.
Sizga cheksiz hurmat va ehtirom, aziz ayollar! 🌷
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
✈️ MUHIM RASMIY E'LON!
Hurmatli talabalar!
🗓️ Kontrakt shartnomasining 3.3-bandiga muvofiq, belgilangan to‘lovlar quyidagi muddatlarga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilishi shart.
❗ 30-martga qadar umumiy to‘lovning kamida 75 foizi to‘langan bo‘lishi lozim.
Mazkur talab o‘quv jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash va turli noqulayliklarning oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shu sababli to‘lovlarni belgilangan muddatda amalga oshirish talab etiladi.
📥 Shartnomani yuklab olish: https://qabul.oxu.uz/shartnoma
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Talabalar bilan ishlash bo'limi:
+998335570009
+998333950009
🤖 Shartnomani bot orqali ham yuklab olishingiz mumkin: @oxu_uz_bot
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti talabalarining amaliy tadqiqotlari!
🥼 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika yo‘nalishi 3-bosqich talabalari sog‘liqni saqlash sohasida ilm-fan, innovatsiya va hamkorlikni targ‘ib etuvchi muhim tadbirda ishtirok etishdi!
🔬 Tadbir davomida talabalar dorivor o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini chuqur o‘rganib, turli damlamalar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Shuningdek, farmatsevtika sohasining ajralmas qismi bo‘lgan retsept yozish jarayonlarini sinovdan o‘tkazishdi.
💡Ushbu tajriba nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki innovatsion tibbiy yechimlarni izlash va amaliyotga tatbiq etish yo‘lida katta qadam bo‘ldi.
Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari – farmatsevtika sohasining bo’lajak yetakchilari!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌎 Osiyo Xalqaro Universiteti Rektorining Yevropa Xalqaro Universiteti (Malta) bilan rasmiy uchrashuvi!
🚀 Osiyo Xalqaro Universiteti rektori S.S. Dexkanov Yevropa Xalqaro Universiteti (Malta) vakillari bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
🖥 Tomonlar talabalar va o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlarida ishtiroki, akademik mobillikni rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashdilar.
💥 Muzokaralar iliq va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar xalqaro ta’lim standartlarini yanada yuqori darajaga olib chiqish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Ushbu uchrashuv Osiyo Xalqaro Universitetining xalqaro nufuzini oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirish sari muhim qadam bo‘ladi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🥼 "Zakovat" intellektual o'yining navbatdagi bosqichi Tibbiyot fakulteti talabalari o'rtasida o'tkazildi!
📌 Ushbu qizg‘in o‘yinning 2-bosqichi davomida har bir jamoa o‘zining bilim doirasi, tezkor fikrlash qobiliyati va mantiqiy tahlil yuritish mahoratini namoyon qildi.
💬 "Zakovat" nafaqat bilim, balki strategik fikrlash, jamoaviy hamkorlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish mahoratini ham talab qiladi. Shuning uchun har bir jamoa uchun bu musobaqa haqiqiy intellektual sinov bo‘ldi.
🛡Musobaqa hali yakunlanmadi! Keyingi bosqichda kim g‘olib bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. 2-bosqich natijalari asosida eng kuchli jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Siz ham “Zakovat”ga qiziqasizmi? Unda jamoangiz bilan ushbu intellektual bellashuvlarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🛡 Osiyo Xalqaro Universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir bo'lib o'tdi!
📜 Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning 110 yilligi munosabati bilan "She’riyat tongining yulduzi" nomli adabiy tadbir o‘tkazildi. Yoshlar siyosati, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda "Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti" nazoratchilari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Zulfiya ijodining bebaho merosi yodga olindi.
🎵 Tadbir davomida talabalar shoiraning sermazmun she’rlarini ifodali o‘qib, ijodiy chiqishlar va mushoiralarda ishtirok etdilar. Shuningdek, ko‘rik-tanlov shaklida o‘tkazilgan bahslarda ishtirokchilar uch yo‘nalish – tanishtiruv, slayd namoyishi va erkin mavzudagi chiqishlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
🌙 Xush kelding, muborak Ramazon!
🎉 Ramazon – bu nafaqat ro‘za tutish oyi, balki qalbni poklash, yaxshilik va mehr-oqibat ulashish oyi hamdir! Ushbu muborak oy – sabr, shukur va qalbning yuksalish vaqti. Ramazon insonni nafs ustidan g‘alaba qozonishga, ma’naviy poklanishga va ezgu ishlarga chorlaydi!
🥳 Oylarning eng afzali, musulmon ahlining intiqib kutgani – Ramazon barchangizga muborak bo'lsin, azizlar!
Yaxshiliklar tilab, ilm-u ma’rifat yo‘lida bardavom bo‘lishingizni, qalbingiz tinch, duolaringiz ijobat bo‘lishini tilaymiz. 🤲
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🏛 Buxoro viloyati uchun RAMAZON taqvimi!
🌙 Ramazon – sabr va poklanish oyi. Ushbu muborak kunlarda tutgan ro‘zalaringiz, qilgan duolaringiz qabul bo‘lsin! 🤲
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🏛 Washington University of Science and Technology (WUST)ga SAYOHAT!
💎 Universitetimiz rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich shaxsan WUST infratuzilmasi bilan tanishib, o‘quv muassasasi taklif etayotgan ilg‘or ta’lim uslublari va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini ko‘zdan kechirdi.
Yo‘nalishlari:
✔️ Kompyuter fanlari va IT
✔️ Muhandislik texnologiyalari
✔️ Biznes va menejment
✔️ Sun’iy intellekt va data science
✔️ Kiberxavfsizlik va dasturlash
🇺🇸🤝🇺🇿 AQSHdagi hamkorliklar davom etmoqda!
Yangi hamkorlikni yaqin soatlarda e’lon qilamiz! Reaksiyalaringizni kutamiz! 🔥
📜 Osiyo Xalqaro Universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi!
📌 Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
💡 Tadbir davomida Bobur merosining adabiy va tarixiy ahamiyati, uning davlat boshqaruvidagi ilg‘or qarashlari hamda yoshlar ma'naviy tarbiyasidagi roli atroflicha muhokama qilindi. Talabalar tomonidan Bobur g‘azallari o‘qildi, uning asarlaridan namunalar ifodali tarzda yodga olindi. Shuningdek, Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'ruzalar tinglanib, uning siyosiy va adabiy merosi haqida fikrlar almashildi.
💬 Tadbir doirasida sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodga buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur anglash, ularga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇸 Osiyo Xalqaro Universitetining AQShga rasmiy tashrifi!
🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich hamda Universitetimizning Xorijiy talabalar dekani Dr. Kishan Bhandari AQShga rasmiy tashrif doirasida New York shahrida World Monuments Fund (WMF) tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🛡 Uchrashuv davomida Buxoro shahrining tarixiy yodgorliklarini saqlash, ularni restavratsiya qilish va shu yo‘nalishda xalqaro investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
✔️ Shuningdek, ushbu tashabbus kelgusida Osiyo Xalqaro Universitetida turizm, tarix va boshqa yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi!
Kuzatib boring! AQShdagi hamkorliklar yana davom etadi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🎓 OXU magistrantlari bilan mini so‘rovnoma o'tkazdik!
💬 Osiyo Xalqaro Universiteti magistrantlari o‘qish va ish faoliyatini birgalikda olib borish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning fiklari va maslahatlari ushbu masalada sizga ham foydali bo‘lishi mumkin.
Agar javoblar qiziq bo‘lsa, videoni oxirigacha tomosha qiling 🤗
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🥳 SIZGA "VAAAUUU" YANGILIK TAYYORLAB TURIBMIZ!
😌 Osiyo Xalqaro Universitetining yangi keladigan talabalariga juda "moydek" yoqadigan super yangilik tayyorlab qo'ygan. Tez kunda e’lon qilinadi...
🔥 Hali yana bafurja gaplashamiz, xo‘pmi? Faqat 200 ta reaksiya yig‘ilsagina :)