📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
Tarix
Tarix fanlari turli madaniyatlar, jamiyatlar va davrlar haqida keng tushunchaga ega bo'lishni ta'minlaydi. Tarixni o'rganish odamlarga o'zlarining shaxsiyati vaqt o'tishi bilan qanday rivojlanganligini yoritishda yordam beradi. O'zimizni madaniy va tarixiy merosimizni o'rganish, o'zligini anglash, turli urf-odatlar va jamiyatni tushunish uchun eng avvalo tarixni o'rganish lozim.
Siz ham Tarix fanlariga qiziqasiz va kelajakdagi kasbingiz aynan ular bilan bog'liq bo'lishini istaysizmi❓
✅ Unda hech ikkilanmasdan ushbu ta'lim yo'nalishini tanlayvering!
🔝 Biz bilan tarix mutaxassisligi bo'yicha zamon talablariga javob beradigan eng sifatli bilimlarni olishingiz va barcha imkoniyatlaringizni ishga solib, yuqori haq to'lanadigan talabgir pedagog-kadr bo'lib yetishishingiz mumkin!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universiteti Fransiyaning IFP Ecole universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda!
⚡️ Bugun Fransiyaning Ruel-Malmezon shahrida joylashgan IFP Ecole universiteti taklifiga binoan Osiyo Xalqaro Universiteti vakillari ushbu oliygohga tashrif buyurishdi.
📌 Bu universitet Fransiyaning nufuzli universitetlaridan hisoblanib, IT texnologiyalari va energetika sohasida yetakchilardan biridir. IFP Ecole rahbariyati bilan uchrashuv davomida turli masalalar muhokama etildi. Xususan kelajakda hamkorlik qilish, Osiyo Xalqaro Universitetining talabalari uchun ushbu oliygohda amaliyot jarayonlarini yo'lga qo'yish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek bu yerda mavjud sharoitlar bilan tanishuv bo’ldi. Bular VR va AR texnologiyalari, dars jarayonini raqamlashtirishni yanada sifatini oshirish va onlayn oʼquv kurslarini tayyorlashdagi tajribalar bilan tanishildi. Shu bilan birga kelajakda ushbu IFP Ecole universiteti bilan hamkorlik ishlarini davom ettirishga erishildi.
✔️ Osiyo Xalqaro Universiteti rektorining taklifiga binoan Fransiyalik hamkorlarning Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrifi kutilmoqda.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universiteti "Tibbiyot" yo'nalishi talabalari uchun yaxshi yangilik!
🏛 Sentyabr oyidan boshlab ushbu yo'nalishda o'qiydigan talabalar uchun maxsus o'quv binosi foydalanishga topshiriladi. Ushbu bino barcha zamonaviy shart-sharoitlarga, kerakli uskuna va texnologiyalarga ega hamda u yerda maxsus laboratoriya xonalari ham tashkil etilgan. Ushbu binoda Stomatologiya, Davolash ishi va Farmatsevtika yo’nalishi talabalari tahsil olishadi.
🔝 Universitetimiz talabalari, sizlarni oldinda qizg'in va yangi bilimlarga boy o'quv yili kutmoqda!
📌 Tibbiyot yo’nalishi uchun darslar 18-sentyabrdan boshlanadi.
📍Manzil
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi Parijda bo'lib o'tayotgan tadbirga tashrif buyurdi
⚡️ Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Suxrob Sobirovich Dexkanov boshchiligidagi delegatsiya YUNЕSKOning taklifiga binoan tadbirlarda ishtirok etish uchun Parijga tashrif buyurdi. YUNЕSKO Bosh qarorgohida ta’limdagi raqamli texnologiyalar va sun’iy intelektga bag'ishlangan "UNESCO Digital Learning Week" haftaligi 4-Sentyabrdan e’tiboran boshlandi. Ushbu forum raqamli ta'lim sohasida eng katta va muhim tadbir hisoblanadi.
✔️ Tadbirda Yevropaning ko'plab universitetlari vakillari ishtirok etadi. Tashrif davomida ushbu oliygohlar hamda Osiyo Xalqaro Universiteti o'rtasida hamkorlik masalalari ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Mustaqilligimizning 32 yilligi muborak bo'lsin, azizlar!🥳
🔝 Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, erkin va farovon hayot qurish yo'lini ochib bergan O'zbekiston davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz.🎊
✨ Oilangizdan tinchlik-farovonlik, baxt-saodat, xotirjamlik va muhabbat arimasin deymiz! Musaffo osmonimizga esa ko'z tegmasin, yurtimiz doimo tinch bo'lsin!
Ushbu bayram sizning, bizning – barchamizning bayramimizdir!🎇
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Sirtqi ta'limga qabul davom etmoqda
Sirtqi ta'lim shakli ish joyidan ajralmagan holda olib boriladigan ta'lim shakli hisoblanadi. Ko'pchilik talabalar ishlash bilan birga oliy ta'limni davom ettirish uchun sirtqi ta'lim tanlaydilar. Ushbu ta'lim shakli ish va o'qish o'rtasidagi muvozanatni yo'qotmasdan professional o'sish uchun zarurdir.
Agar siz ham ushbu ta'lim shaklida tahsil olmoqchi bo'lsangiz universitetimiz sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Hozir universitetimizdagi 9 ta yo'nalishlarda sirtqi ta'lim shakli mavjud. O'zingizga mos yo'nalishlardan birini tanlab universitetimizda sifatli ta'lim oling.
📎 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
Magistratura yo'nalishlari uchun qabul davom etmoqda
🎓 Magistratura yo'nalishlarida tahsil olmoqchi bo'lgan talabalar uchun universitetda qabul jarayonlari davom etmoqda. Hozirda universitetimizda 3ta magistratura yo'nalishlari mavjud:
✔️ Boshlang'ich ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Iqtisodiyot
📌 Eslatib o'tamiz magistratura yo'nalishlarida o'qish uchun til sertifikati talab etilmaydi. Magistraturada tahsil olmoqchi bo'lgan talabalar universitetning ichki suhbatidan o'tishlari kerak bo'ladi.
Kontrakt narxi 1yil uchun 22 million so'mni tashkil etadi.
📎 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
Ta'lim krediti olmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!
Endilikda talabalar Ipoteka-bankining respublikadagi barcha filiallaridan ta'lim kreditlari olishlari mumkin. Shuningdek talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitetimizning o'zida ham Ipoteka-bank va Asaka-bank xodimlari yordamida ta'lim krediti rasmiylashtirish ishlari yo'lga qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz oliy ta'limda tahsil olayotgan ayol-qizlar uchun foizsiz ta'lim kreditlari ajratiladi!
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Farmatsevtika
💊 Ushbu kasb tibbiyot yo'nalishidagi eng muhim va ahamiyatli sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu sohani yakunlagandan so'ng ijtimoiy dorixonalardan katta klinikalargacha shu bilan birga tadqiqot labaratoriyalari va farmatsevtika kompaniyalarida ish faoliyatingizni olib borishingiz mumkin.
Ushbu yo'nalishning kontrakt miqdori 1 yil uchun 26 million so'mni tashkil etadi. Agar siz soha mutaxassisi bo'lib yetishishni xohlasangiz ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Universitet bo'limlari dam olish kunlarisiz ishlamoqda!
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul bo'limlari, talabalar bilan ishlash bo'limi va call markaz yakshanba kuni ham o'z ish faoliyatini davom ettiradi. O'qishga qabul qilingan talabalar hujjatlarni topshirishlari va shartnomalarni olishlari, shuningdek qabul masalalari bo'yicha o'qishga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar ham qabul bo'limiga uchrashishlari mumkin.
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Boshlang'ich ta'lim
📌 Yurtimizda yildan yilga pedagog kadrlarga, ayniqsa boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarga talab ham oshib bormoqda. Ushbu yo'nalishda tahsil olish orqali siz jamiyatdagi eng foydali kasblardan birini egallaysiz. Ushbu sohani faqatgina sifatli ta'lim orqali puxta egallashingiz mumkin.
🔝 Bizning universitetimiz esa shu sohada sizga eng zamonaviy va sifatli bilimlarni berishga tayyor! Agar siz ushbu soha mutaxassisi bo'lishni istasangiz hoziroq ro'yxatdan o'ting: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
📣 2023-yil talaba bo'lishni orzu qilgan yoshlar uchun ajoyib yangilik!
🏛 Osiyo Xalqaro Universiteti kirish imtihonlari hali ham davom etmoqda. Eng qulay imkoniyat shundaki, endilikda kirish imtihonlari har kuni o'tkaziladi.
✅ Sizda hali ham talaba bo'lish imkoniyati bor – undan unumli foydalaning!
Eslatib o'tamiz DTM imtihonlaridan yaxshi ball to'plagan abituriyentlar universitetimizga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi👨🎓👩🎓
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Kontrakt shartnomasini onlayn olish tartibi
Osiyo Xalqaro Universitetiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga❗️
📄 Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida to'lov kontrakt shartnomasini qabul.oxu.uz/shartnoma sayti orqali onlayn yuklab olish yo'lga qo'yilgan! Talabalar sayt orqali shartnomani yuklab olib kontrakt to'lovlarini to'lashlari mumkin.
📹 Yuqoridagi videoda kontrakt shartnomasini yuklab olishga doir qo'llanma bilan tanishib chiqasiz.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Abituriyent va talabalar diqqatiga!
Osiyo Xalqaro Universitetiga o'qishga qabul qilingan va o'qishga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun universitetdagi ta'lim yo'nalishlarini har kuni birma-bir va batafsil tanishtirib o'tamiz.
Agar siz universitetimizdagi ta'lim yo'nalishlaridan birida tahsil olmoqchi bo'lsangiz ushbu ma'lumotlar sizga foydali bo'lishi aniq!
👍 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida imtihon jarayonlari qizg'in davom etmoqda
☑️ Imtihon jarayonlarining yuqori atmosferasini ushbu videolavha orqali ko'rishingiz mumkin.
💫 Oliy ta'limda o'qishni orzu qilgan va shu yo'lda harakat qilayotgan barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz!
⭕️ Eslatib o'tamiz, Osiyo Xalqaro Universitetiga DTM testlaridan 50 balldan yuqori to'plagan (tibbiyot yo'nalishlarida 80 balldan yuqori) abituriyentlar hech qanday ichki imtihonlarsiz qabul qilinadi.
☑️ Imtihon natijalaringizni qabul.oxu.uz rasmiy sayti orqali bilib olasiz.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
Ushbu yo'nalish talabalarga korporativ moliya, aktivlarni boshqarish kabi keng ko'lamli karyera yo'llarini ochadi. Moliya mutaxassislari biznes dunyosi bilan ham chambarchas bog'liq bo'lib, moliyaviy strategiyalar, investitsiya qarorlari va kompaniyalar muvaffaqiyatiga ta'sir qiluvchi moliyaviy rejalashtirish ustida ishlaydi. Bundan tashqari bank sohasida ham o'z karyera yo'llarini qurishlari mumkin.
🔝Moliyaviy bilimlaringizni professional darajada oshiring va o'z sohangizning yetuk kadriga aylaning. Shuningdek, davlat korxonalarida malakali kadr sifatida ishga kirish imkoniyatingiz ham mavjud!
☑️ Ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning va yurtimizdagi eng yaxshi universitetlardan birida sifatli ta'lim oling.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
O'qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!
🔔 O'qishga qabul qilingan talabalar universitetning «Talabalar bo'limi»ga kerakli hujjatlarni topshirib kontrakt to'lovlarini amalga oshirishingiz mumkin!
📂 Kerakli hujjatlar
✔️ Kontrakt shartnomasini universitetning o'zidan yoki https://qabul.oxu.uz/shartnoma sayti orqali onlayn tarzda olsangiz bo'ladi.
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari diqqatiga!
⚡️ Universitetimizda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo’nalishlarida shuningdek tibbiyot va magistratura yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar quyidagi telegram kanallar orqali o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin:
✔️ Kunduzgi va kechki ta’lim talabalari: @oxu_kunduzgi
✔️ Sirtqi ta’lim talabalari: @oxu_sirtqi
✔️ Tibbiyot yo’nalishi talabalari: @oxu_tibbiyot
✔️ Magistratura yo’nalishi talabalari: @oxu_magistr
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kanallarda har bir ta’lim shakli va yo’nalishiga doir yangiliklardan xabardor bo’lib borishingiz mumkin bo’ladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Darslar qachondan boshlanadi?
📆 2023-2024 yangi o’quv yilida o’qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!
Osiyo Xalqaro Universitetida kunduzgi ta’lim shaklidagi barcha yo’nalish yangi talabalari, xususan tibbiyot yo’nalishi yangi talabalari uchun ham darslar 18-sentyabrdan boshlanadi.
Shuningdek sirtqi ta’limda tahsil oladigan talabalar darslar boshlanish sanasi va boshqa qo’shimcha ma’lumotlarni @oxu_sirtqi telegram kanali orqali batafsil bilib olishlari mumkin!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Ingliz tili va adabiyoti
✔️ Zamonaviy dunyoda ish beruvchilar til ko'nikmalarini yuqori baholaydi. Til bilish sizga xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi. Dunyodagi ilmiy va texnologik ma'lumotlarning muhim qismlarini aynan ingliz tilida topishingiz mumkin. Ushbu tilni bilish turli sohalarning yangilik va yutuqlaridan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lishingizga zamin yaratadi.
🏛 Siz ham til o'rganib o'zingizga imkoniyatlar eshigini ochmoqchi bo'lsangiz unda Osiyo Xalqaro Universitetining ushbu ta'lim yo'nalishi aynan siz uchun! Biz bilan chet tili ko'nikmalarini mukammal o'rganing va eng talabgir kasblardan birini egallang!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Maktabgacha ta'lim yo'nalishi
📌 Ushbu soha vakillari bolalarning rivojlanish bosqichlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar doimo suv va havodek zarur bo'lib kelgan. Bu kasb sizga yosh bolalar bilan ishlash, ularning o'sishi va yutuqlariga guvoh bo'lish imkonini beradi.
✅ Hozirgi kunda maktabgacha ta'limning malakali tarbiyachilariga talab o'sishda davom etmoqda. Buning sababini esa erta bolalik davridagi ta'limning ahamiyatini ko'pchilik tushunib yetayotganidan bilish mumkin. Bu sohadagi sifatli ta'limni siz Osiyo Xalqaro Universitetidan olishingiz mumkin.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Stomatologiya
Yetuk stomatolog mutaxassis bo'lishni va eng daromadli kasblardan birini egallashni xohlasangiz, ushbu yo'nalishda tahsil olishingizni maslahat beramiz.
Osiyo Xalqaro Universitetida bo'lajak stomatologlar uchun nafaqat nazariy, balki amaliy mashg'ulotlarga ham katta e'tibor qaratilgan. Bunga yorqin misol qilib Stom markazlar va klinikalar bilan qilingan hamkorliklarni keltirish mumkin. Bu esa talabalarimizning ushbu sohada kattaroq tajribaga ega bo'lishi va soha mutaxassisi bo'lib yetishishiga xizmat qiladi.
☑️ Stomatologiya yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt narxi 26 million so'mni tashkil etadi. Siz ham ushbu sohada sifatli ta'lim oling va o'z sohangizning yuqori malakali kadriga aylaning!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul va imtihon jarayonlari davom etadi!
Buxoro shahrida joylashgan zamonaviy ta’lim dasturi va professor o‘qituvchilarni o‘zida birlashtirgan Osiyo Xalqaro Universitetiga UZBMB (DTM) testi natijalari bilan ichki imtihonlarsiz qabul qilinishingiz mumkin!
👉 17 ta ta’lim yo‘nalishlari
✅ Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun ham sirtqi ta'lim yo'nalishlariga qabul davom etmoqda!
✅ Bundan tashqari oliygohimizga chet el va mahalliy universitetlardan o'qishni ko‘chirishingiz mumkin.
🕓 Eslatib o'tamiz universitetda kirish imtihonlari har kuni o'tkazilmoqda! Imtihonlarda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
👍 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
So'ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'layotgan vaziyatga oydinlik kiritamiz!
📄 E'tiboringizga vazirlik bayonotnomasida ko'rsatilgan ta'lim yo'nalishlarini taqdim etamiz.
⚡️ Vazirlik bayonot bergan ro'yxatda yani 1-suratda sirtqi ta'limda o'qiganda diplomi tan olinmaydigan yo'nalishlar ko'rsatilgan. Ushbu ro'yxatdagi yo'nalishlar Osiyo Xalqaro Universitetida mavjud emas.
✔️ 2-suratda universitet litsenziyasida ko'rsatilgan barcha yo'nalishlarni ko'rishingiz mumkin. Universitetimizda tibbiyot va filologiya tillarni o'qitish (rus tili va ingliz tili) dan tashqari barcha yo'nalishlarda sirtqi ta'lim shakli mavjud.
📌 Oldin takidlab o'tganimizdek Osiyo Xalqaro Universitetida ta'lim, davlat standartlari va davlat talablariga to'laqonli javob beradi. Universitet sizni O'zbekiston hududida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom bilan ta'minlaydi.
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Davolash ishi
Insonlarning salomatligini tiklash va tibbiyot sohasida o'z o'rningizni topishga nima deysiz❓
💉 Davolash ishi yo'nalishi – Osiyo Xalqaro Universitetining eng talabgir yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va ushbu sohada tahsil oluvchi talabalarning yuqori sifatli ta'lim olishi uchun nafaqat eng yaxshi professor-o'qituvchilar, balki zamonaviy shart-sharoitlar ham yaratib berilgan.
☑️ Siz ham universitetimizda ushbu yo'nalishning kunduzgi ta'lim shaklida ta'lim olishingiz mumkin! Kontrakt to'lovi 1 yil uchun 26 million so'mni tashkil etadi.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Magistratura talabalari bilan Buxoro bo'ylab sayohat
🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida 2022-2023 o‘quv yili 1-kurs magistratura talabalarining II semestr oraliq va yakuniy nazoratlari hamda «Ilmiy pedagogik ish» va «Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash» bo'yicha ilmiy faoliyatini baholash 2023-yil 21-26 avgust kunlarida tashkil qilindi.
✔️ Attestatsiya jarayoniga tashrif buyurgan magistrantlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Universitet rahbariyati tomonidan Ko'hna va qadimiy Buxoroyi Sharifning dunyoga mashhur tarixiy obidalari ya'ni «7 Pir» bo'ylab sayohat uyushtirildi. Bu sayohat barcha magistrantlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Talabalarni turar joy bilan ta'minlash
🛏 Universitetimiz tomonidan viloyatlardan kelib ta'lim oluvchi kunduzgi ta'lim talabalari uchun barcha shart-sharoitga ega yotoqxonalar ajratiladi. Talabalar yotoqxona masalasi bo'yicha universitet xodimlari bilan bog'lanib joylarini band qilishlari mumkin.
📞 Yotoqxona masalasi bo'yicha bog'lanish:
+998943843777
+998943983777
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Pedagogika va psixologiya
⚡️ Hozirgi kunda ushbu sohada talab kundan kunga ortib borayotgani hechkimga sir emas. Chunki ko'plab odamlar o'zida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish uchun aynan Psixologlarga murojaat qilishadi.
📌 Kelajakda shu sohada kerakli kadr bo'lib yetishishingiz yo'lida sifatli ta'lim berish universitetimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Siz ham universitetimizda ushbu yo'nalishda 3 ta ta'lim shaklidan birida (kunduzgi, kechki va sirtqi) tahsil olishingiz mumkin.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
📢 Qabul davom etmoqda!
✅ Xabaringiz bor universitetimizda qabul jarayonlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Osiyo Xalqaro Universiteti qabul bo'limi ham soat 09:00 dan 18:00 gacha o'z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Agar sizda qabul jarayonlari bilan bog'liq qandaydir savollar yoki boshqa murojaatlar bo'lsa Universitet qabul bo'limiga kelib uchrashishingiz mumkin.
📍 Manzil: Buxoro shahar, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko'chasi 74-uy. (Avtovokzal, Xo'jalik sudi to'g'risida)
👍 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Abituriyentlar nima uchun Osiyo Xalqaro Universitetini tanlashmoqda ❓
⚡️ Hozirda universitetimizda qabul jarayonlari davom etayotganidan xabaringiz bor. Qabul jarayonlari davomida ko'plab abituriyentlar oliygohimizga qiziqish bildirib imtihon jarayonlarida ishtirok etishmoqda.
📌 Xo'sh, nega ko'plab talaba bo'lish istagidagi abituriyentlar aynan Osiyo Xalqaro Universitetini tanlashmoqda? Ushbu savol sizga ham qiziq bo'lsa videoni oxirigacha ko'ring.
✔️ Eslatib o'tamiz universitetimizda imtihon jarayonlari davom etmoqda.
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook