oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida oy sarhisobi

✔️ Hozir sizlarga universitetimizda o'tgan oy davomida bo'lib o'tgan tadbirlar va yangiliklar haqida yana bir bor eslatib o'tmoqchimiz.

🔹
Zukko talabalar ishtirokida navbatdagi "Zakovat" intellektual bahsi o'tkazildi

🔹 "Bir haftada - Bir asar" loyihasi davom etmoqda

🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

🔹 O'zimizning o'yin ko'ngil ochar tadbiri bo'lib o'tdi

🔹 Bepul rus tili kursi o'z faoliyatini boshladi, «Comedy Club» loyihasi, Navbatdagi zakovat bahslari

🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida "Oʻzbegim ayoli" koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi

🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida ”Mini Futbol” sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

🔹 Shaxmat-shashka sport musobaqasi bo’lib o’tdi

📆 Universitetimizda yanvar oyi ham tadbirlar va yangiliklarga boy bo'ldi. Ushbu tadbir va ko'rik tanlovlarning o'tkazilishi talabalarning yangi qirralarini kashf etishga xizmat qiladi.

Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏛 Kunduzgi ta'lim talabalarining sessiya jarayonlaridan lavhalar

📌 Kecha tibbiyot yo'nalishi talabalarining sessiya topshirish jarayonlarini e'tiboringizga havola etgan edik. Bugun esa qolgan ijtimoiy yo'nalishlarda tahsil olayotgan kunduzgi ta'lim talabalarimizning sessiya topshirish jarayonlariga ham guvoh bo'ling!

☑️ Universitetimizda sifatli ta'lim bilan bir qatorda yakuniy imtihon topshirish jarayonlarining odilona o'tkazilishiga ham alohida e'tibor qaratiladi. Talabalar sessiya davomida ortiqcha qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun ularga barcha kerakli bilimlarni berish har bir o'qituvchilarimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Inson bir narsaga erishish uchun haqiqatdan harakat qilsa, mehnatdan qochmasa, albatta o'z ko'zlagan maqsadiga erishadi

Ammo bir narsa borki, u tufayli maqsadga kutilgandan-da tezroq va osonroq yetib olish mumkin. Uning nomi esa – qiziqish🔥

🎓 Talabalik davrida ham xuddi shunday – fanlarni yaxshi ko'rib, qiziqib, ishtiyoq bilan o'qigan talaba mavzularni tezroq va osonlik bilan o'zlashtiradi. Natijada, kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishadi.

🏛 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalarimizning fanlarni qiziqib o'rganishlari, o'z sohalarini chuqur tushunib, kerakli kadr bo'lib yetishishlari uchun eng zamonaviy o'qitish metdolaridan foydalanamiz. Xalqaro darajadagi o'quv binolarimiz va Universitetimizdagi shart-sharoitlar esa so'zimizning yana bir isboti!

📈 Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏢 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati,ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi qoshida faoliyat yuritayotgan Shaxmat klubi hamda Universitet "Jismoniy madaniyat kafedrasi" va Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi hamkorlikda navbatdagi Shaxmat-shashka musobaqasiga start beradi

📣 26-yanvar kuni soat 14:00 da Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari o'rtasida sportning Shaxmat-shashka turi bo'yicha navbatdagi musobaqa bo'lib o'tadi.

📌 Aqliy kurash maydoniga barcha talabalarimizni taklif etib qolamiz! Albatta bahslar shiddatli va qiziqarli bo'ladi.

🔔 Musobaqada qatnashing va o'z sovrinli o'rningizni band qiling!

✔️ Musobaqada qatnashuvchilar 26-yanvar soat 10:00ga qadar manaviyat xonasiga ro'yxatga olinadi.

➡️ Manzil: Osiyo Xalqaro Universiteti 1/2-maruza xonasi.

🔥 Musobaqada ko'rishguncha, omad.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Sirtqi ta'lim talabalariga darslar davom etmoqda

☑️ Ayni damda sirtqi ta'limning yuqori kurs talabalariga dars jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Dars jarayonlari davomida talabalarga kerakli ko'nikmalar berilib ularning darslarga qatnashishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

📌 Yuqoridagi video-lavha davomida darslarning yuqori muhitini o'zingiz his qilib guvoh bo'lishingiz mumkin!

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Magistratura talabalari yakuniy imtihonlarni topshirishdi

⚡️ Osiyo Xalqaro Universiteti Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti:

70110501 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlangʻich taʼlim)
70110102 - Pedagogika va psixologiya
70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Yuqoridagi yo'nalish magistratura mutaxassisliklari 2-bosqich barcha guruhlarida 2024-yil 8-yanvardan 3-semestr yakunlari bo’yicha Ilmiy pedagogik ish hamda Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish bo'yicha dastlabki himoya, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.

☑️ Yuqoridagi video lavha orqali bo'lib o'tgan imtihon jarayonlari va magistrantlarimizning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Zukko talabalar ishtirokida navbatdagi "Zakovat" intellektual bahsi o'tkazildi

⚡️ Osiyo Xalqaro Universitetida OXU Ligasi "Zakovat" intellektual bahslarining qishki mavsum o'yinlari davom etadi. Musobaqaning 1-turi bugun 12-yanvar kuni boʻlib oʻtdi.

✔️ Qiziqarli va shiddatli bahslarga boy bo'lgan ushbu musobaqada zukko va bilimdon talabalardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar.

📆 Intellektual "Zakovat" musobaqasining 2-turi esa 18-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

📌 Keyingi turda ham o'z bilim va idroklarini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabalarni "Zakovat" kurash maydoniga taklif etib qolamiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Aziz talaba, yangi yilda o'quv jarayonlarini boshlab olishga tayyormisiz?

📌Ta'tilni oila davrasida maroqli o'tkazish yaxshi albatta, ammo dars jarayonlariga ham jiddiy yondashish vaqti keldi!

Ayniqsa, o'z yo'nalishingizdagi asosiy fanlarni yanada puxta o'rganib, kelgusida yetuk kadr bo'lib yetishishga bel bog'lashingiz lozim! Unutmang, o'z sohasini chuqur biladigan, malakali kadr har doim, hammaga kerak. Ayniqsa, hozirgi zamonaviy texnologiyalar davrida!

Bundan tashqari, imtihon jarayonlari ham yaqin. Barchangizga oraliq va yakuniy imtihonlarda omad tilab, fanlardan a'lo baholar olishingizni tilab qolamiz!

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Yangi yilda yangi marralarga intiling!🔝

Barchangiz yangi yilni munosib kutib oldingiz va bayramni oila davrasida maroqli o'tkazdingiz degan umiddamiz.

❗️Endi esa yangi yilda erishmoqchi bo'lgan yutuqlaringiz, maqsadlaringiz haqida jiddiy o'ylab olish vaqti keldi! Hozirgi keng imkoniyatlar va zamonaviy texnologiyalar davrida erishishingiz mumkin bo'lgan marralarning cheki yo'q. Sizdan faqatgina o'z yo'lingizni tanlash va oldingizga aniq bir maqsad qo'yib, astoydil harakat qilish talab qilinadi xolos ❗️

Shunday ekan, o'z sohangizda yetuk mutaxassis bo'lmoqchimisiz yoki o'zingizda yangi ko'nikmalarni rivojlantirib, shaxs sifatida o'smoqchimisiz – hozir ayni vaqti!
⌛️

Kirib kelgan yil barchangizda o'sish, rivojlanish, yetuk shaxslarga aylanish yili bo'lishini tilab qolamiz!


🌐
www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎆 Kirib kelayotgan 2024-yil barchamizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

🏛Osiyo Xalqaro Universiteti barcha professor-ustozlar, talabalar va xodimlarni, shuningdek, jamiyki yurtdoshlarimizni yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi.

Yangi yilda sizga olam-olam quvonch, baxt-saodat, oilaviy tinchlik va xotirjamlik tilab qolamiz. Yangi yil uchun rejalashtirayotgan barcha ezgu niyatlaringiz, maqsadlaringiz amalga oshishida tilakdoshmiz!

Bayramni oila davrasida, esda qolarli nishonlashingizni tilab qolamiz. Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin, azizlar!🥳

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📚OXU talabalari uchun ta'til davomida o'qiladigan 8 turdagi qiziqarli kitoblar jamlanmasi:

1️⃣ "Pride Prejudice" – Jane Austen asari.

2️⃣ "Преступление и Наказание" – Федор Достоевский asari.

3️⃣ "O'tkan kunlar"– Abdulla Qodiriy asari.

4️⃣ "Steve Jobs" - Walter Isaacson asari.

5️⃣ "The Bill Gates Problem" - Tim Schwab asari.

6️⃣ "Elon Musk" - Walter Isaacson asari.

7️⃣ "Atom odatlar" - Jeyms Klir asari.

8️⃣ "Продавец Обуви" - Фил Найт asari.

Ta'til vaqtini behuda o'tkazmang, yangi bilimlar va ko'nikmalarni o'rganish uchun ta'til – eng qulay vaqt

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari Rektor Stipendiyasi bilan mukofotlandilar!

🏛Universitetimiz Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti talabalari orasida bilim ko'rsatkichlari, fanlardan to'plagan baholari va bo'lib o'tgan test sinovlaridan olgan yuqori natijalari sababli Rektor Stipendiyalarini olishga muvaffaq bo'ldilar.

✅Ijtimoiy fanlar va texnika fakultetidan jami 59 ta talaba 500, 400, 300 ming so'mlik 💰 stipendiyalar bilan rag'batlantirildi.

🤩Umid qilamizki, bunday turdagi rag'batlantirishlar talabalar uchun motivatsiya bo'lib xizmat qiladi va yanada kuchliroq ta'lim olishga undaydi!

⌛️Siz ham o'z bilimingizni oshirib borib yuqori natijalar ko'rsating va keyingi Rektor Stipendiyasi egasiga aylaning.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥋Eng yaxshi sportchilar – Osiyo Xalqaro Universitetida!

✅ Xalqaro toifadagi Shotokan karate-do sport ustasi va oliy toifali murabbiy Olloberganov Umrbek 9 karra O'zbekiston chempioni hisoblanadi, hozirda Shotokan karate-do assotsiatsiyasi Xorazm viloyat hududiy bo'linmasi Raisi.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥋Faxrli sportchilar – Osiyo Xalqaro Universitetida!

📢 Xususan, S12JM-22 guruh talabasi Olimov Oxunjon sanda sport turi bo'yicha O'zbekiston Chempionatida 1-o'rinni, Qozog'istonda MMA sport turidan bo'lib o'tgan xalqaro miqyosdagi Chempionatda esa 2-o'rinni egallagan.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎄 Kechagi Tadbirdan qisqa lavhalar, Osiyo Xalqaro Universitetida unutilmas Yangi yil bayrami keng nishonlandi.

🥳 Va'da qilingandek, bayram quvonch-u kulguga, kuy-qo'shiqlarga va qiziqarli onlarga boy o'tdi.

✨ Ishonamizki, ushbu ajoyib bayram tadbiri yoshlarga kelayotgan yilni katta rejalar va maqsadlar bilan boshlab olish uchun munosib hordiq kechasi bo'lib xizmat qildi.

Bayramdan olingan qisqacha lavhalarni yuqorida tomosha qilishingiz mumkin ⬆️

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Sessiya jarayonlarida qatnashgan tibbiyot talabalaridan intervyu

🎦 Biz imtihon topshirgan talabalarimizning imtihon haqidagi fikrlari bilan qiziqib ko'rdik va ushbu mini-intervyulardan qisqa-videolavha tayyorladik, yuqorida tanishishingiz mumkin ⬆️

✔️ Barcha talabalarimizning fikridan xulosa qilish mumkinki, yoshlar sessiya jarayonlarida qiynalishmayapti – chunki bir semestr davomida malakali pedagog-o'qituvchilar yordamida olgan qimmatli bilimlari ularga qo'l kelmoqda.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Tibbiyot yo'nalishi talabalari sessiya jarayonlarida

⚕️ Yuqoridagi video-lavhada tibbiyot yo'nalishida tahsil olayotgan bilimdon talabalarimizning imtihon topshirish jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin ⬆️

👨‍💻 Ko'rib turganingizdek, imtihon kompyuter orqali, test ko'rinishida o'tkazilmoqda. Bu esa, o'z o'rnida, talabalarimizning bilimlarini holisona baholashga va har tomonloma shaffoflikni saqlashga yordam beradi.

🔝 Talabalarimizning yuqori sifatli ilm olishi va o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishi – biz uchun juda muhim!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

QVZ universitet terma jamoasi safiga qo'shiling!

Osiyo Xalqaro Universitetining olovqalb va QVZ sohasiga qiziquvchi ijodkor yoshlari diqqatiga!

✅ Siz mohir senariy ustamisiz?
✅ Komedik rollarni mahorat bilan ijro eta olasizmi?
✅ Ajoyib shou sahna ko'rinishlari hamda raqslar ijro etishga qiziqasizmi?
✅ QVZ sahna ko'rinishlarida rejissyorlik qila olish qobiliyatiga egamisiz?

Unda biz sizni Osiyo Xalqaro Universitetining QVZ terma jamoasi safiga chorlab qolamiz!

📲 Murojaat uchun: Osiyo Xalqaro Universiteti ma'naviyat bo'limi

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida ”Mini Futbol” sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

⚽️ Musobaqada universitetimiz yigitlaridan iborat jamoalar qatnashib, g’oliblik uchun maydonda to’p surishdi.

📊 "Mini Futbol" musobaqasida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar:

🏆1-O'rin: 1-Dav-21 Guruhi
🥈2-O'rin: S1-JM -21 Guruhi
🥉3-O'rin: 2 -Stom-23 Guruhi

🎉 Gʻalabani qoʻlga kiritgan va sovrindor jamoalarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Musobaqada faol ishtirok etgan talabalarga "Eng zoʻr toʻpurar" hamda "Eng zoʻr darvozabon" nominatsiyalari bilan taqdirlandi.

Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi taʼlim maskani!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Talabalik davridan samarali foydalaning

📌 Talabalik davri - bu shaxsiy va akademik rivojlanish uchun ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadigan hayotning hal qiluvchi bosqichidir. Bu vaqtdan unumli foydalanish o'ylangan va strategik yondashuvni talab qiladi.

Talabalik davringizdan unumli foydalanish bo‘yicha ba'zi ko'nikmalar:

✔️ Aniq maqsadlar qo'ying - Aniq maqsadlarga ega bo'lish sizning harakatlaringizni boshqaradi va diqqatingizni jamlaydi.

✔️ O'z sohangizdagi tengdoshlar, professorlar va mutaxassislar bilan networking o'rnating

✔️ Muloqot, jamoada ishlash va muammolarni hal qilish kabi muhim yumshoq ko'nikmalarni rivojlantiring.

Talabalik davringizga maqsad va o'sishga sodiqlik bilan yaqinlashib, hayotingizdagi bu o'zgaruvchan vaqtdan unumli foydalana olasiz.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

🇺🇿Yurtimizda Vatan himoyasi kabi sharafli ulugʻvor ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni katta bayram va shodiyona bilan oʻtadi.

⚡️Shu munosabat bilan Universitetimiz talabalari Ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda talaba yigit-qizlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, Vatanga boʻlgan sadoqat, mardlik, jasorat aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

⭐️ Yoshlarda Vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar, yosh avlod uchun Vatanga muhabbat tuyg'usini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi

👮‍♂️ Yurtimizda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

⭐️ Shu munosabat bilan 12-yanvar kuni soat 10:30 da Osiyo Xalqaro Universiteti asosiy binoning hovlisida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtadi.

✔️ Hurmatli Oʻqituvchi va talabalar barchangizni mazkur tadbirga taklif etib qolamiz.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Universitetimizda nafaqat o'zbekistonlik, balki chet ellik talabalar ham tahsil olishadi!

📌 Xususan, Pedagogika yo'nalishi 1-kurs talabasi Aktash Feride Butul shular jumlasidandir.

🔝Talabamiz aynan bizning oliy ta'lim muassasamizni tanlaganidan bag'oyatda mamnunligini va darslar yuqori darajadagi professionalizm bilan o'tilayotganini qayta-qayta e'tirof etdi.

Talabamizning Universitetimiz va ta'lim jarayonlari haqidagi batafsil fikri bilan yuqoridagi video-lavhada tanishishingiz mumkin ⬆️

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, qadrli Suxrob Sobirovich!

Butun Osiyo Xalqaro Universiteti oilasi – talabalar, ustozlar va xodimlar nomidan muhtaram rektorimizni bugungi tavallud ayyomlari bilan muborakbod etamiz!

🥳Umringiz uzoq bo'lsin, sixat-salomatlik, baxt-omad sizni tark etmasin deymiz! Oilaviy farovonlik, qalb xotirjamligini tilab qolamiz!

🔝Universitetimiz rivoji uchun ko'rsatayotgan harakatlaringiz, mehnatingiz beqiyosdir. Barchasi uchun tashakkur deymiz va kelgusida sizning boshchiligingizda Universitetimiz yanada balandroq cho'qqilarga erishishiga ishonamiz!

🌐
www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 2023-yil o'z nihoyasiga yetib bormoqda, biz esa e'tiboringizga yil sarhisobini taqdim etmoqchimiz!

📌 Ya'ni, 2023-yilda OXU Universitetimiz oilasi – talabalar va ustozlar erishgan yutuqlarni ushbu -"Highlights" bo'limida tanishishingiz mumkin ✔️

Ishonamizki, 2024-yil bundanda katta maqsadlarga, yangi zabt etilgan cho'qqilarga va barchamizni quvontiradigan ko'plab xushxabarlarga boy bo'ladi!

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📌Osiyo Xalqaro Universiteti sportchilari haqidagi qiziqarli ma'lumotlar davom etadi!

🥋 Keyingi sportchimiz – Axmedov Aydos S8JM-22 guruh talabasi bo'lib, 10 yildan ortiq vaqt mobaynida sportning kik-boksing turi bilan shug'ullanib keladi.

O'z faoliyati davomida 8 karra O'zbekiston Chempioni, 6 karra O'zbekiston kubogi va 3 karra xalqaro turnir g'olibi bo'lib, hozirda xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga sazovor bo'lgan.

🔝Qahramonimiz shuningdek jahonning ko'plab davlatlarida, xususan, Rossiya, Turkiya, Tailand chempionatlarida faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan!

🤩Biz talabalarimiz orasida mana shunday iqtidorli va xalqaro natijalarga erishgan yoshlar borligidan faxrlanamiz hamda kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz!

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥋Eng yaxshi sportchilar – Osiyo Xalqaro Universitetida!

✅ Yana bir talabamiz – Kenjayev Bekzod Jeet Kune-do sport turi qatnashchisi.

🥇Xalqaro Amir Temur kubogida ikki karra mutlaq g'olib deb topilgan.

Shuningdek talabamiz 2014-yilda Osiyo Chempionatida 1-o’rin.

🔝 2015-yildan - 2023-yilga qadar g’alabali seriya qayd etib kelmoqda.

🇺🇿 O’zbekistonning 39 karra chempioni.

🥇 2 karra Osiyo Chempioni va hozirda Xalqaro toifadagi sport ustasi va murabbiy bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda.

☑️ Talabamizning yutuqlari bardavom bo’lib qolishiga tilakdoshmiz

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari Rektor Stipendiyasi bilan mukofotlandilar!

🏛 Universitetimiz tibbiyot yoʻnalishi talabalari orasida bilim ko'rsatkichlari, fanlardan to'plagan baholari va bo'lib o'tgan test sinovlari asosida rag'batlantirilib Rektor Stipendiyalarini olishga musharraf bo'ldilar.

📈 Tibbiyot yoʻnalishi talabalaridan jami 95 ta talabamiz 500, 400, 300 ming so'mlik Stipendiya bilan taqdirlandi.

⚡️Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari har oy test sinovlarida o'z bilimlarini sinab ko'rishadi va har oyda Rektor Stipendiyalari uchun nomzodlar yangilanadi.

⌛️Siz ham o'z bilimingizni oshirib boring va Rektor Stipendiyasi egasiga aylaning.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥋Eng yaxshi sportchilar – Osiyo Xalqaro Universitetida!

🇺🇿 🇺🇿 Ahmadov Doniyor
Muaytay sport turi bo'yicha 7 karra O'zbekiston Chempioni.

🌏 Jahon chempionatining faxrli o'rinlar g'olibi hisoblanadi.

🥇 2019-yil 1-7 sentabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionati 1-o'rin sohibi.

🥉 2022-yil 9-21 Avgust kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida 3-o'rin sohibi.

🔝 Talabamizga keyingi faoliyatlarida ham yorqin galabalar tilab qolamiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Diqqat – Osiyo Xalqaro Universitetida barcha kutgan Yangi yil bayrami o'tkaziladi!

🎉 Bayram ajoyib chiqishlarga, xushkayfiyat ulashuvchi kuy-qo'shiqlarga va ko'plab qiziqarli o'yin-kulgularga boy o'tishi aniq.

📌 Talabarlarni birlashtirish, jamoaviy ruxni ko'tarish uchun kuy-qo'shiqlar va shou balet chiqishlari bo'lib o'tadi!

☑️ Bugun soat 16:00da bayramni o’tkazib yubormang!

📍Manzil: Universitet hovlisida

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel