oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

QVZ musobaqalarining faxrli natijasidan keyingi yana bir kutilgan yangilik: Osiyo Xalqaro Universiteti yana birinchi o'rinda!🥇

📌 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan Buxoro viloyati nodavlat oliygohlari orasida o'tkazilgan "Talabalar ligasi" sport musobaqalari doirasida "FUTBOL" sport turi bo'yicha universitetimiz  sha'nini munosib himoya qilgan talabalarimiz jamoasi faxrli 1-o'rinni egallashdi.

Albatta, bizning talabalarga faqat g'oliblik yarashadi.

🏆 Shuningdek, Universitetimiz jamoasiga esdalik sovg'alar hamda musobaqa kubogi taqdim etildi.

🎗Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi taʼlim maskani!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi

📢 Hurmatli talaba-yoshlar!

🤗 26-aprel kuni Osiyo Xalqaro Universitetida Buxoro viloyati tarixidagi eng katta, «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda. Yirik yarmarkada Buxoro viloyatidagi 30 dan ziyod nufuzli tashkilot va korxonalar ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

📌 Universitetimizning yuqori kurs talabalarini bank, moliya, turizm, ishlab chiqarish, sanoat, pedagogika, neft-gaz, sport, ekologiya, xizmat ko'rsatish, IT, sog'liqni saqlash sohalari bo'yicha faoliyat olib boradigan, mehnat yarmarkasiga taklif etib qolamiz.

Ushbu yarmarkada siz sohangiz bo'yicha bo'sh ish o'rinlariga ega bo'lishingiz, ta'lim olayotgan sohangizdagi korxona va tashkilot xodimlari bilan suhbat o'tkazishingiz hamda o'z karyera yo'lingizni belgilab olishingiz mumkin.

📍 Manzil:
Osiyo Xalqaro Universiteti bosh bino hovlisida

🗓️ Boshlanish vaqti:
26-aprel soat 11:30 da

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Do'stlar bilan ta'lim olish yanada samaraliroq

Do'stlar bilan o'rganish, o'zaro munosabatlar orqali bilim va tushunish jarayonini yanada samarali qiladi. Bu jarayon talabalarda qo'llab-quvvatlash, o'z fikrlarini erkin ifodalash kabi kerakli ko'nikmalarni shakllantiradi. Bunday muhit talabalarda mavzu bilan chuqurroq shug'ullanishga yordam beradi.

📌 Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, do'stlar bilan o'rganish ta'lim tajribasini boyitib, ko'plab muhim ko'nikmalarni rivojlantiradigan o'zgaruvchan energiyaga boy jarayondir.

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti esa ayni shu jihatlarni e'tiborga olgan holda talabalarning hamjihatlikda va yuqori energiya bilan bilim olishiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida yuqori energiya bilan ta'lim oling

💥E'tibor berganmisiz – inson muhim ishlar bilan band bo'lganida va ayniqsa, o'zi sevadigan sohada izlanayotganida, energiyaga boy bo'ladi va hatto charchoqni ham bilmaydi.

🤩 Bizning talabalarimiz ham xuddi shunday – Universitetga yangi bilimlarga chanqoq holda tashrif buyurishadi va yangiliklar o'rganishdan, fikr almashishdan, o'z ko'nikmalarini oshirishdan aslo to'xtashmaydi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Hindistonning "Future Planner" agentligi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

🤗 🇮🇳 Endilikda chet ellik talabalar ham Osiyo Xalqaro Universitetida ta'lim olishadi. Kecha Osiyo Xalqaro Universiteti va Hindistonning "Future Planner" agentligi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

📌 Ushbu shartnomaga ko‘ra agentlik Hindistonda Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi bo‘lish istagini bildirgan abituriyentlarga talaba bo‘lishda ma’muriy, texnik va konsultativ yordam berish hamda xizmat ko‘rsatishni yo'lga qo'yadi.

Shartnomaga ko‘ra abituriyentlar 2024-2025 o‘quv yillari uchun universitetimizga hujjatlarni topshiradilar. O'qishga qabul qilingan Hindistonlik talabalar Osiyo Xalqaro Universitetining tibbiyot yo'nalishlarida ta'lim olishadi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

"Zakovat" intellektual bahslarining navbatdagi soni o'tkazildi

⚡️OXU Ligasi "Zakovat" intellektual bahslarining aprel oyi bahslariga start berildi hamda mart oyi mutlaq g'oliblari e'lon qilindi.

Qiziqarli va shiddatli bahslarga boy bo'lgan ushbu musobaqada universitet talabalaridan tashkil topgan jamoalar o'z aqliy salohiyatlarini ishga solib, musobaqada faol ishtirok etib kelishmoqda.

🎉 Shuningdek kuni kecha Zakovat musobaqasining navbatdagi bahslari bo'lib o'tdi. Bahslar anchagina shiddatli murosasiz o'tganini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Intellektual musobaqaning g'olib va sovrindorlari hamda faol ishitokchilariga keyingi o'yinlarda ham omad va g'alabalar tilab qolamiz.

📌 Shuningdek "Zakovat" bahslarining bahorgi mavsumi ham davom etadi! Siz ham o'z jamoangiz bilan bahslarda ishtirok etib, g'oliblik sari kurashishingiz mumkin.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Bugun Buyuk Britaniya va Qozog'istonning nufuzli oliygoh vakillari universitetimizga tashrif buyurishdi

⚡️ 5-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universitetida "Tabiiy fanlar sohasidagi dolzarb muammolar va innovatsion texnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.

✔️ Ushbu konferensiyada 10 dan ortiq davlatlardan kelgan 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Konferensiya asosiy ma’ruzachilaridan iborat bir guruh olimlar esa bugun Osiyo Xalqaro Universitetiga taklif etildi.

🇬🇧🇰🇿 Bugungi uchrashuvda ishtirokchi bo'lgan Buyuk Britaniyaning University of Reading oliygohi professori va Qozog'iston Fanlar Akademiyasi vakillari bilan o'zaro istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

🟢 Shu bilan birga xorijiy professor hamda Toshkent Davlat Texnika universiteti professori G.A.Ixtiyarova tomonidan Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti tadqiqotchilari va talabalari uchun leksiya tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlarga universitetimiz laboratoriyalari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko'rsatib o'tildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Ish beruvchi va yoshlar uchrashuvi

🤗👍 Osiyo Xalqaro Universitetida ilk marotaba Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda "Ish beruvchi va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

📈 Kompaniya vakillari tomonidan Artel korxonasi tuzilmasi, o'quv bazalari, ishlab chiqaradigan mahsulotlari, bonuslar, xalqaro hamkorlik haqida tushuncha berildi.

Kompaniyaning ochiq vakant lavozimlari e'lon qilindi va talabalar qiziqishi, yo'nalishi, mahoratini hisobga olgan holda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetining faol guruh sardorlari mukofotlandilar!

Universitetimizning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan mart oyi guruhlarining guruh sardorlari orasida darslarda doimiy faol qatnashib kelgan va fanlarni o'zlashtirishi namunali bo'lgan, guruh davomati ko’rsatkichi yuqori bo’lgan, guruhni ilgari yetaklayotgan sardorlarimiz kurs yakuni bo’yicha bir martalik rag'batlantirishga munosib ko'rilib, sertifikatlarni qabul qilib olishdi.

👏 Ijtimoiy yo’nalishlardagi jami 51 ta talabalarimiz pul mukofotlariga loyiq ko'rilib munosib taqdirlanishdi. Faol guruh sardorlarini ushbu yutuqlari bilan tabriklab qolamiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida oy sarhisobi

📆 Bugun 1-aprel yangi oy va yangi o'qish haftasining boshlanishi. Osiyo Xalqaro Universiteti esa an'anaga sodiq qolgan holda ortda qolgan oy sarhisobini taqdim etadi.

🔹 Universitetimizda "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

🔹
Talabalar bilan "Buxoro Varnet" bogʻiga sayohat tashkil etildi

🔹 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻlimi tomonidan "Tarix Tilga Kirganda" nomli intellektual oʻyin boʻlib oʻtdi

🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida "Yoshlar teatr studiyasi" tomonidan spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi

🔹 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi tomonidan "Balli qizlar!" koʻrik tanlovi tashkil etildi

🔹 Universitetimiz talabalari tomonidan ayol-qizlarga tabriknoma

🔹 "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" loyihasining 3-soni tashkil etildi

🔹 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati ma'naviy-marifiy ishlar bo'limi tomonidan navbatdagi "Biz kitobni sevamiz" loyihasi bo'lib o'tdi

🔹 Narshaxiy izdoshlari - Bahorgi mavsum

🔹 Qardosh xalqlar madaniyat festivali

🔹 Osiyo Xalqaro Universitetida Navro'z bayrami nishonlandi!

🔹 Universitetimizda "Kitobxon qizlar" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

🔹 Mehr bering - mehrga zor qalblar uchun

☑️ O'tkazilayotgan tadbirlarda talabalarimiz faol ishitirok etib o'zlarining yangi qirralarini ko'rsatishlari va bir qancha ko'nikmalarni o'zlarida shakllantirishlari mumkin.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Jismoniy madaniyat yo'nalishida o'zini chiniqtirib kelayotgan navbatdagi talabamiz Olimov Diyorbek

💭 "Sport nafaqat tanani, aqlni ham rivojlantiradi" – deydi talabamiz. Darhaqiqat, o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishni istagan yoshlarni birlashtirib turadigan g'oya ham shu – doimo o'sib-rivojlanish, yangiliklarni o'rganishdir!

Talabamizning bu boradagi qarashlari va fikrlarini yanada batafsil yuqorida eshitishingiz mumkin ✔️

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari Rektor Stipendiyasi bilan mukofotlandilar!

🏛 Universitetimizning Ijtimoiy fanlar va texnika hamda tibbiyot fakulteti talabalari orasida bilim ko'rsatkichlari, fanlardan to'plagan baholari va bo'lib o'tgan test sinovlarida yaxshi natija ko’rsatgan 118 nafar talabalarimiz Rektor Stipendiyalarini olishga musharraf bo'ldilar.

⚡️Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari har oy test sinovlarida o'z bilimlarini sinab ko'rishadi va har oyda Rektor Stipendiyalari uchun nomzodlar yangilanadi.

✔️ Siz ham o'z bilimingizni oshirib boring va Rektor Stipendiyasi egasiga aylaning.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 Osiyo Xalqaro Universitetida Navro'z bayrami nishonlandi!

🏛 Osiyo Xalqaro Universitetida "Xush kelding Navro'zim" nomi ostida umummilliy bayram tadbiri tashkil etildi.

✨Tadbir davomida tashkil etilgan milliy raqslar, bahoriy qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari, milliy va jahon cholg'ularining o'zgacha shou-chiqishlari barchaga manzur bo'ldi.

Talabalar tomonidan tashkil etilgan bahoriy dasturxon hakamlar tomonidan baholanib, "Eng yaxshi bahoriy dasturxon" nominatsiya bo'yicha g'olib guruhga pul mukofoti taqdim etildi.🤩

🌺 Osiyo Xalqaro Universiteti barchani kirib kelayotgan Navro'z bayrami bilan muborakbod etadi!

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Kerakli kadr bo'lib yetishing!

📌 Bekorga shaxsiy rivojlanish, o'z ustida ishlash, mustaqil shug'ullanish haqida ko'p takrorlamayapmiz. Negaki bugungi tobora rivojlanib borayotgan zamonda ozgina to'xtab qolsangiz, yoningizdagilardan ortda qolib ketish hech gap emas❗️

⚡️ Turli IT texnologiyalari tufayli ham ish o'rinlari anchagina qisqargani barchamizga ayon. Shu sababli ham oddiy kadrlarga emas, malakali, qobiliyatli, o'z ishining professionali bo'lgan mutaxassislarga talab ortgan.

✅ Siz mana shunday kadrga aylanish uchun harakatni hozirdanoq boshlashingiz lozim. O'z sohangizni chuqur o'rganish, jahon adabiyotlari orqali mustaqil izlanish va har bir bo'sh vaqtingizni unumli o'tkazish sizga top mutaxassis bo'lib yetishishingiz uchun xizmat qiladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Jahon kubogi bahslarida talabamiz o'zining navbatdagi yutug'ini qo'lga kiritdi

⚡️ 2024-yil 9-15 mart kunlari Qozog'istonning Turkiston shahrida Sportning O'zbek jang san'ati turi bo'yicha Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tdi. Quvonarli jihati shundaki ushbu nufuzli turnirda qatnashgan Osiyo Xalqaro Universiteti Stomatologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi Saparov Mehroj faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

🎉 Talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklab kelajakda yanada yorqin g'alabalarni qo'lga kiritishini tilab qolamiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

«Ta’lim va Kasb 2024» XXV xalqaro koʻrgazmasi

2024-yilning 17-18 aprel kunlari Toshkentda Movenpick mehmonxonasi ko'rgazmalar zalida XXV an'anaviy "Ta’lim va kasb 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Bu ko'rgazmada Osiyo Xalqaro Universiteti vakillari ham ishtirok etishmoqda. Ko'rgazmada 20 dan ortiq mamlakatlardan kelgan universitet vakillari qatnashmoqda. Bular Malayziya, Italiya, AQSH, Polsha, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi va boshqalar.

🔖 Ko'rgazma maydonlarida turli universitet vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada Markaziy Osiyoda yetakchi bo'lgan «Nazarbaev University» va AQSHning «Washington University of science and technology» vakillari Osiyo Xalqaro Universitetiga hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun taklif qilindilar va ularning tashrifi natijasiga ko'ra kelishuvlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

QVZ bo'yicha universitetimizning "Maximum" jamoasi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

📌 Kecha Qarshi shahri "QVZ voha ligasi-2024" yarim final bahslari bo'lib o'tdi. Quvonarli jihati unda ishtirok etgan universitetimizning «Maximum jamoasi» 1-o'rinni qo'lga kiritib final yo'llanmasiga ega chiqishdi.

🎉 Jamoamizni ushbu g'alaba bilan tabriklab final bahslarida omad va g'alabalar tilab qolamiz.

QVZ musobaqasining final o'yinlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi. Universitetimiz talabalaridan jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini kutib qolamiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti faol talabalari bilan "Yetti pir" ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi

🗝 Buxoro — tabarruk zamin. Azal-azaldan turli savdo yo‘llari, madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan bu ko‘hna go‘shaning ohanrabosi, ko‘rku tarovati insonni doimo o‘ziga chorlab turadi.

Buxoroning ayni shu qadimiy madaniyati va ko'rku tarovati bilan yanada yaqinroq tanishish maqsadida Ma'naviyat tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan talabalar bilan "Yetti pir" ziyoratgohlariga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida talabalar ziyoratgohlar haqida tarixiy faktlar va bilimlarga ega bo'lib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📹 Sayohat davomidagi jarayonlarni video davomida batafsil ko'rishingiz mumkin.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti barcha musulmon ahlini ayyomlarning eng go'zali – Ramazon Hayiti bilan muborakbod etadi!

🗓 Ramazon oyida tilagan barcha orzu-niyatlaringiz amalga oshishini, xonadoningiz esa doimo hayr-baraka, baxt-saodatga to'la bo'lishini tilab qolamiz.

Ibodatlaringiz, ezgu amallaringiz bardavom bo'lishiga tilakdoshmiz!

Yana bir bor bayram barchamizga muborak bo'lsin, azizlar 🌙

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

📌 Buyuk sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurdan milliy madaniyatimiz va davlatchiligimiz uchun bebaho meros qolgan. Bobomizning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi “Temur tuzuklari” nomli tarixiy asar asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk bobokalonimiz harbiy va siyosiy yo'li doimiy ravishda o‘rganilib kelinmoqda.

🟢 Shu yil bobomiz tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar ishtirokida buyuk davlat arbobi sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab bayram tashkil etildi.

Tadbir davomida Amir Temur hayoti va siyosiy faoliyati haqida so‘z bordi. Iqtidorli talabalarning Amir Temur hayotiga asoslangan sahna ko'rinishlari barchaga birdek manzur bo'ldi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi tomonidan "Tarix Tilga Kirganda" nomli intellektual o'yini final bosqichi boʻlib o'tdi.

✔️ Mazkur tadbirda universitetimiz zukko va bilimdon talabalaridan iborat jamoalar o'zaro bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Bilimdon talabalarga o'yinimiz finalida rektorimiz S.S.Dexkanov tomonidan yo'llangan savollar o'ynaldi va rektorimiz imzosi tushurilgan kitob sovg'a qilindi. Shu bilan birga prorektorimiz M.N.Nurullayev tomonidan ham savollar o'ynaldi va sovg'a sifatida prorektor imzosi tushurilgan kitoblar berildi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

🥇 1-o'rin: "Beruniy" jamoasi
🥈 2-o'rin: "The Best" jamoasi
🥉 3-o'rin: "Atom-5" jamoasi qo'lga kiritdi.

📌 Musobaqada yuqori o'rinlarni egallagan jamoalar pul mukofotlari va universitet brendi tushirilgan estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi o'zining maxsus "Shifokor robot" qurilmasi bilan sanoat yarmarkasida qatnashdi

⚡️ Joriy yilning 4-aprel sanasida Buxoro viloyat hokimligi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligida sanoat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu sanoat yarmarkasida universitetimizning ixtirochi hamda kashfiyotchi talabalari faol ishtirok etishdi.

📌 Xususan universitetimizning 1-KT-22 guruhida tahsil olib kelayotgan talabamiz Ramazonov Jahongirning bemorlarga yordam beradigan, ozish va semirish uchun ixtiro qilingan "Shifokor robot" qurilmasi Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tomonidan alohida e'tirofga sazovor bo'ldi.

Osiyo Xalqaro Universiteti keng imkoniyatlar maskani!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Shaxsiy rivojlanishda oliy ta'limning o'rni

📚 Oliy ta'lim shaxsiy rivojlanishda hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Negaki talabalik mas'uliyatini olgan har bir yosh avlod ushbu davr mobaynida kasbiy muvaffaqiyat uchun zarur bo'lgan amaliy bilim va ko'nikmalarini o'zida shakllantiradi.

Universitet hayoti, yangi tanishuvlar, turli-tuman dunyoqarashlar ichra esa talaba o'zligini yanada kashf etishga, haqiqiy qiziqishlari, nozik va kuchli tomonlarini anglashga erishadi.

🔔 Shu sababli ham ikkilanmasdan aytish mumkin: shaxsiy rivojlanishda universitetning o'rni beqiyos.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

"Nasriddin Afandi" festivali

🎉 1-aprel hazil-mutoyiba kuni munosabati bilan Ko'hna Buxoroning yuragi bo'lmish eski shahar qismida "Nasriddin Afandi" festivali tashkil etildi.

☑️ Ushbu festivalda Osiyo Xalqaro Universitetining Volontyorlar klubi a'zolari hamda xodimlar faol ishtirok etishdi. Milliy urf-odat va qadriyatlarni o'zida mujassam etgan ushbu festival barcha yosh-u qariga birdek yaxshi kayfiyat ulashdi!

Festivaldan lavhalarni video davomidan batafsil ko'rishingiz mumkin.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Biznes loyihalar marafoni

📌 Barchamizga ma'lumki, davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilindi. Shu maqsadda Yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi tomonidan «Biznes loyihalar marafoni» tashkil etildi.

✔️ Loyihadan ko'zlangan maqsad  talabalarni biznesga bo'lgan ilmiy salohiyatini oshirish hamda yangi tadbirkor yoshlarni kashf etishdir.

⚡️ Loyiha davomida talabalar o'zining yangi biznes loyihalari bilan tanishtirib o'tishdi. Loyiha mavsumiy bo'lib, g'olib jamoa startap loyihalar tanloviga yo'naltiriladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida intensiv dars jarayonlari

🔝 Biz talabalarimizning har tomonlama bilimga ega, o'z sohasini chuqur tushunadigan va kelajakda jamiyat uchun manfaatli mutaxassis sifatida faoliyat olib borishlari tarafdorimiz. Buning uchun esa, avvalambor, Universitetimizdagi dars sifatlariga e'tibor qaratganmiz.

📌 Oliygohimizda har bir fan uchun yuqori malakali o'qituvchi va professorlar tayinlangan. Dars jarayonlari, baholash tizimi, yangi mavzularni talabalarga tushuntirish usullari ham zamonaviylashtirilib, hozirgi yosh avlodga moslashtirilgan holda olib borilmoqda.

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 Navro'z ayyomi muborak bo'lsin, qadrli yurtdoshlar!

Osiyo Xalqaro Universiteti barchangizni kirib kelgan Navro'zi olam bilan muborakbod etadi🌷

Ushbu go'zal bahoriy bayramda siz va oilangizga ulkan baxt, omad, tinchlik-farovonlik tilab qolamiz🥳 Bayram shukuhi, xursandchilik va quvonch xonadoningizni aslo tark etmasin!

Bayramni yuqori kayfiyat bilan, yaqinlaringiz davrasida o'tkazishingizga tilakdoshmiz💫

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Navro'z bayrami yaqinlashayotgani munosabati bilan universitetimizda «Navruz party» tashkil etildi

🎉 Osiyo Xalqaro Universiteti Tarix va Filologiya kafedrasi o'qituvchilari Bafoyeva Rohila va Lola Idiyevalar hamda Yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi hamkorligida "Navruz party" tashkil etildi.

✔️ Navro'z bu qadimiy milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Tashkil etilgan ushbu bayramda ham asrlar davomida shakllangan xalq qo'shiqlari, laparlar, raqslar va qo'shiqlar talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

🌸 Bahorona qilib bezatilgan bayram dasturxoni ham bayramga o'zgacha ko'rk bag'ishladi. Yaqinlashib kelayotgan Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin!

📌 Eslatib o'tamiz ertaga soat 11:00 da universitetimiz hovlisida Navro'z bayrami tadbiri bo'lib o'tadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

"Zakovat" - Bahorgi mavsum boshlandi

⚡️ Osiyo Xalqaro Universitetida Talabalar Ligasi "Zakovat" intellektual bahslarining bahorgi mavsum o’yinlariga start berildi. Musobaqaning 1-turi 14-mart kuni bo’lib o’tdi.

☑️ Qiziqarli va shiddatli bahslarga boy bo'lgan ushbu musobaqada zukko va bilimdon talabalardan tashkil topgan jamoalar g’oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

📌 Keyingi turda ham talabalarimizdan o'z bilim va salohiyatlarini namoyish etishlarini kutib qolamiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Tanishing: yana bir iqtidorli va intiluvchan talabamiz, Jalilova Sevinch!👩‍🎓

🤩 Talaba endigina 1-kursda tahsil olayotganiga qaramay, o'z tanlagan sohasini chuqur o'rganishga allaqachon kirishgan va yetuk mutaxassis bo'lib yetishish uchun aynan Osiyo Xalqaro Universitetini tanlaganidan bag'oyatda mamnun.

Xo'sh, talaba nega aynan bizning oliy ta'lim muassasamizni tanlagan va qanday natijalarga erishmoqda❓

Ushbu savolga javobni yuqoridagi video-lavhani tomosha qilib bilib olishingiz mumkin ⬆️

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel