📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
🔭 Har kuni chiqayotgan yo‘nalishlarni ko‘zdan qochirmayapsiz-a?
🎯 Unutmang, xattoki bitta yo'nalishni o‘tkazib yuborish ham hayotingizdagi katta o‘zgarishdan kechish bo‘lishi mumkin!
Yo'nalishlarni barcha ma'lumotlari bilan bafurja tanishib chiqishingizni maslahat beramiz
!
🩺 Osiyo Xalqaro Universitetida OLIY HAMSHIRALIK ISHI yo'nalishi!
🥼 Zamonaviy tibbiyotda hamshiralik faoliyati shunchaki yordamchi xizmat emas, balki mustaqil, chuqur bilim va mas’uliyat talab qiluvchi muhim kasbga aylangan. Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi orqali siz kasallarni parvarishlash, reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassisga aylanasiz.
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️ Klinik tibbiyot, diagnostika va bemorlarni parvarishlashning zamonaviy usullarini o‘rganasiz
✔️ Har xil yoshdagi bemorlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz
✔️Shoshilinch holatlar, profilaktika va psixologik yondashuvni chuqur o‘zlashtirasiz
✔️Tajribali shifokorlar hamda chet ellik tibbiyot mutaxassislarining seminar va master-klasslarida qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Davlat va xususiy klinikalarda oliy toifali hamshira
➡️ Reabilitatsiya va uy sharoitidagi parvarish xizmatlari xodimi
➡️Tibbiy muassasalarda parvarish jarayonini boshqaruvchi koordinator
➡️Psixologik-ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiy xodim
➡️Tibbiyot kollejlari va o‘quv markazlarida o‘qituvchi
🧩 Osiyo Xalqaro Universitetida MAXSUS PEDAGOGIKA yo'nalishi!
🛡 Zamonaviy ta’lim tizimida ehtiyojlari turlicha bo‘lgan bolalar bilan ishlay oladigan, mehrli va malakali mutaxassislarga talab katta. Maxsus pedagogika – bu logopediya, defektologiya va inklyuziv ta’limni o‘z ichiga olgan, har bir bolaning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tushunishga qaratilgan muhim yo‘nalishdir. Agar siz bolalar bilan ishlashni, ularga yordam berishni va jamiyatda ijobiy o‘zgarish yasashni xohlasangiz, OXUning Maxsus pedagogika yo‘nalishi aynan siz uchun!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Nutq buzilishlari, aqliy va jismoniy rivojlanishdagi muammolar bilan ishlash metodikasini o‘rganasiz;
✔️ Logopedik va defektologik diagnostika asoslarini o‘zlashtirasiz;
✔️ Amaliy mashg‘ulotlar, psixologik yondashuv va individual ta’lim texnikalari bilan tajriba orttirasiz;
✔️ Chet ellik mutaxassislar bilan seminar va master-klasslarda qatnashib, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganasiz!
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Maxsus maktab va markazlarda logoped yoki defektolog
➡️Reabilitatsiya markazlarida mutaxassis
➡️Inklyuziv ta’lim bo‘yicha konsultant
➡️Oliy ta’lim muassasalarida pedagog
➡️Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy pedagog
📣 Osiyo Xalqaro Universiteti Rektori Nepalda xalqaro hamkorliklarni mustahkamlash yo‘lida!
💙 Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU) delegatsiyasi Nepalga tashrifi davomida Madaniyat, Turizm va Fuqaro aviatsiyasi vaziri Hurmatli Badri Pandey, Nepalning Tailanddagi elchisi Janobi Oliy Dhan Bahadur, NRNA ICC prezidenti Dr. Badri K.C hamda Asian Technology Institute (AIT) Muhandislik va Texnologiyalar fakulteti dekani Dr. Sangam Shrestha bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🤝 Muzokaralar davomida xalqaro ta’lim standartlariga mos akademik hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy ta’lim imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
🌺 Xush kelding Navro’z!
Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding bahor, hush ko’rdik navruz.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding bahor, hush ko’rdik navroz.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding bahor, xush ko’rdik navro’z.
🎉 Navro'zi olam muborak bo'lsin!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida ushbu milliy bayram qadriyatlar va an’analar bilan uyg‘un holda, jo‘shqin ruhda nishonlandi. Sumalak bazmi kechayu kunduz davom etdi. Olov atrofida do‘stona suhbatlar, xalqona qo‘shiqlar va samimiy tilaklar yangradi.
🎵 Milliy folklor ansambllarining chiqishlari milliy merosimizning betakror jozibasini namoyon etdi. Buxorolik mashhur san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari esa bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
💡 Faol talabalar taqdirlandi. Ularning intilishi, fidoyiligi va mehnati e’tirof etildi. Milliy taom festivali esa Navro‘zning haqiqiy totini his etish imkoniyatini berdi. Iftorlik dasturxoni atrofida to‘plangan talabalar o‘zaro iliq tilaklar bildirib, bahorning fayzidan bahramand bo‘ldilar.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
“OXUda iftorlik dasturxoni yozildi! 🌙✨
Barchaning yuzida tabassum, samimiy suhbatlar va iliq muhit…
🥰 Bayram ayni avjida va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi! 🎉🤲”
www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎉 OXUda Navro‘z bayrami boshlandi! 🌿
Universitetimizda bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z tantanalari qizg‘in davom etmoqda! 🌸
📌 Talabalar milliy liboslarda
📌 An’anaviy taomlar: sumalak, ko‘ksomsa va boshqa lazzatlar
📌 Qiziqarli o‘yinlar va sumalak
📌 Jonli kuy-qo‘shiqlar va raqslar
Bayramona kayfiyatda hammamiz bir joydamiz! Sizni ham ushbu quvonchli onlarni baham ko‘rishga taklif qilamiz! ✨
🍀 Talabalar Navro‘z bayramini qanday nishonlamoqda?
🌺 Biz OXU talabalari o‘rtasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdik va ma’lum bo‘ldiki, ko‘pchilik Navro‘zni Universitetimizda o'tkazilayotgan Sumalak party'da nishonlamoqda!
Ba’zilar oila davrasida, boshqalar esa do‘stlari bilan milliy o‘yinlar o‘ynab, sayr qilib dam olishni tanlashgan.
Navro‘z – do‘stlik va mehr-oqibat bayrami! Siz-chi, Navro‘zni qanday o‘tkazmoqdasiz? 🌸
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🥳 QVZ 2025: Osiyo Xalqaro Universiteti QVZ terma jamoasi yarim finalda!
🤍 Osiyo Xalqaro Universitetining faxri – "Osiyo" terma jamoasi — QVZ VOHA LIGASI musobaqasining saralash bosqichida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi!
🔥 Bu shunchaki natija emas, balki jamoamizning iste’dodi, mehnati va jipsligi bilan erishilgan ulkan muvaffaqiyat! Ularni chin dildan tabriklaymiz va navbatdagi bosqichlarda ham zafarli yurishini tilaymiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🌿 "SUMALAK PARTY"ga marhamat!
🌸 Keling azizlar, bahorning iliq nafasi, tabiatning uyg‘onishi va qutlug‘ Navro‘z shukuhini birga nishonlaymiz!
😀 Manzil: OXU, 1-bino
😀 Sana: 19-mart, soat 15:00 da
Sizni kutib qolamiz!
📦 Osiyo Xalqaro Universitetida LOGISTIKA yo'nalishi!
🚀 Bugungi tezkor iqtisodiyot sharoitida logistika sohasi global savdo, ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlarining yuragi hisoblanadi. Agar siz yuk tashish, ombor boshqaruvi va ta’minot zanjirlarini samarali yo‘lga qo‘yishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, OXUning Logistika yo‘nalishi siz uchun ideal tanlov!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Logistika jarayonlarini boshqarish va samarali ta’minot zanjirlarini tashkil etishni o‘rganasiz;
✔️ Xalqaro transport tizimlari, ombor menejmenti va bojxona tartiblarini tushunasiz;
✔️ Amaliy mashg‘ulotlar va real biznes-case’lar orqali nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirasiz;
✔️ Chet ellik mutaxassislarning master-klasslarida qatnashib, xalqaro logistikaning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️Transport va yuk tashish kompaniyalari mutaxassisi
➡️Ombor menejeri va ta’minot zanjiri koordinatori
➡️ Xalqaro savdo va bojxona xizmatlari bo‘yicha ekspert
➡️ Logistik tahlilchi va yetkazib berish bo‘yicha strateg
➡️ Katta ishlab chiqarish va chakana savdo korxonalarida logist menejer
📣 Osiyo Xalqaro Universiteti bilan kelajak kasbingizni tanlash yanada oson!
🗓 Ertadan boshlab biz sizni har kuni bitta yo‘nalish haqida ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz. Bu esa har bir yangi talabaga o‘zining qiziqish va maqsadlariga mos keladigan sohani tanlash imkonini beradi.
🎓 Ularning har biri zamonaviy bozor talablariga javob beradigan va amaliy bilim berishga yo‘naltirilgan yo‘nalishlardir.
Shunday ekan, sahifamizni kuzatib boring 🤗
🎙 Rektor Stipendiyasi sohiblari bilan ochiq suhbat!
🛫 Osiyo Xalqaro Universitetining eng iqtidorli talabalari – Rektor Stipendiyasi sovrindorlari bilan eksklyuziv suhbat tashkil etdik.
— Ular qanday qilib akademik yutuqlarni muntazam saqlab kelishmoqda?
— Ilmiy va shaxsiy rivojlanishda qanday tamoyillarga amal qilishadi?
Ushbu savollarga javobni videoda bilib olishingiz mumkin! 📤
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🧾 Ochiq darslarning o‘rni qanchalik muhim?
Osiyo Xalqaro Universitetida ochiq darslar o‘quv jarayonining ajralmas qismi. Chunki aynan shu mashg‘ulotlar orqali talabalar:
✔️ Nazariy bilimlarni real holatlar orqali mustahkamlaydi – o‘rganilgan tushunchalar amaliy misollar bilan sinovdan o‘tkaziladi.
✔️ Mustaqil tahlil qilish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi – har bir mavzu yuzasidan chuqur o‘ylab, ilmiy xulosalar chiqaradi.
✔️ Ustoz va soha mutaxassislari bilan bevosita tajriba almashadi – ilmiy-amaliy muloqot o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi.
✔️ Muammolarga innovatsion yechim izlaydi – jamoaviy muhokamalar va tajriba asosida muammolarga yangicha yondashuv shakllanadi.
✔️ Kasbiy malakasini oshiradi – kelajakdagi ish faoliyati uchun zaruriy amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi.
Osiyo Xalqaro Universitetida har bir ochiq dars talabalarning intellektual va kasbiy o‘sishiga xizmat qiladi.
🔗 Marhamat havola orqali tomosha qilishingiz mumkin!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🧠 Dars vaqtida miyamiz qanday ishlashini bilasizmi?
📖 Nega ba’zan bir marta o‘qigan narsamiz yodda qoladi-yu, boshqa payt esa kitob sahifalariga tikilib turib ham hech narsani tushunmaymiz? Gap shundaki, miyamizning faoliyati ham kun davomida o‘zgarib boradi!
➡️ Qanday qilib samarali dars qilish mumkinligini bilishni istasangiz karuselni aylantiring va miyangiz uchun eng qulay vaqtni bilib oling! ⏰
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
⚡️ OXU va IT Park: Startap-ekotizimini rivojlantirish yo‘lida yangi hamkorlik!
🤍 Osiyo Xalqaro Universitetida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, startap-ekotizimini shakllantirish hamda IT-ta’limni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi “IT Park Ventures” venchur investitsiya fondi vakillari hamda Buxoro viloyati filiali “IT-Park” direktori universitetimizga tashrif buyurdi.
🛡 Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar, innovatsion g‘oyalar va ilmiy ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi texnologik yechimlar muhokama qilinib, eng istiqbolli startap loyihalar va innovatsion g‘oyalar saralab olindi.
💡 Tadbir doirasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi, bu esa universitet talabalarining IT-sohasidagi izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning loyihalarini real sektor bilan bog‘lashga xizmat qiladi.🌐 www.oxu.uz
🛡 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar o‘rtasida bilim va tafakkur bellashuviga asoslangan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Buxoro Zakovat klubi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, analitik tahlil qilish qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
🖥 Mazkur bosqich intellektual savol-javoblar, fikr almashinuvi va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Final bosqichi mazmunan boy va saviyali tarzda tashkil etilgan bo‘lib, bahs-munozaralar asosida kechgan ushbu bosqich talabalarning dunyoqarashi va tafakkur salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
G‘oliblar universitet ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalarga intellektual faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎙 Ishlasam – o‘qish qolib ketadi, o‘qisam –ishmi?
Ikkalasiga birday ulgurish qiyin deysizmi? Haqiqatda, oson emas.
🌸 Navro‘z – yangilanish va mehr bayrami!
🌷 Bahor nafasi bilan qalblarga iliqlik, yuraklarga ezgulik inadi. Navro‘z – bu nafaqat tabiat uyg‘onishi, balki yangilanish, do‘stlik va hamjihatlik timsoli!
Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi barchangizni ushbu fayzli ayyom bilan muborakbod etadi! Yangi yil sizga ezgu niyatlar, yangi imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Ilm yo‘lidagi intilishlaringiz barakali bo‘lsin, qalbingizda bahoriy ilhom hech qachon so‘nmasin!
🥳 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🧪 Osiyo Xalqaro Universitetida BIOLOGIYA yo'nalishi!
🍀 Hayot mohiyatini anglash, tirik organizmlarning tuzilishi va funksiyalarini o‘rganish – ilm-fan va texnologiyalar rivojida muhim o‘rin tutadi. Biologiya yo‘nalishi tibbiyot, ekologiya, genetika, biotexnologiya kabi sohalarga asos yaratadi. Agar siz tabiat qonuniyatlarini o‘rganish, ilmiy kashfiyotlar qilish va inson hayot sifati uchun yangi yechimlar ishlab chiqishni istasangiz, OXUning Biologiya yo‘nalishi aynan siz uchun!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Genetika, mikrobiologiya, bioinformatika kabi fanlarni chuqur o‘rganasiz
✔️Zamonaviy laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
✔️Biotexnologiya, farmatsevtika va ekologiya sohalarida amaliy bilimga ega bo‘lasiz
✔️Chet ellik mutaxassislarning master-klasslarida qatnashib, xalqaro tajribani o‘zlashtirasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Ilmiy-tadqiqot markazlari va biotexnologiya laboratoriyalarida olim;
➡️Farmatsevtika va genetik muhandislik bo‘yicha mutaxassis;
➡️Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ekspert;
➡️Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida innovatsion yechimlar ishlab chiquvchi;
➡️ Ta’lim va ilmiy sohada biologiya fani bo‘yicha pedagog!
📢 Bugun OXUda bayram kayfiyati! 🎉
Bugun OXUda sumalak pishirilmoqda! 🍲
🔥Volontyorlar faol ishtirok etmoqda, barcha milliy liboslarda bayramni nishonlashyapti. 🎶
Qo‘shiqchilar jo‘r bo‘lib kuy kuylashmoqda, atmosfera esa haqiqiy Navro‘z kayfiyatida!
Bayram muborak, OXU oilasi! 🎉
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🌿 OXUda Sumalak sayli! 🌿
Haqiqiy bahoriy shodiyona! OXUda sumalak pishirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda! 🔥
Do‘stona muhit, mazali sumalak va cheksiz quvonch – barchasi sizlar uchun!
🔈 OXU talabalari nufuzli xalqaro konferensiyada yuqori ilmiy salohiyatini namoyish etishdi!
🤍 Osiyo Xalqaro Universiteti Psixologiya yo‘nalishi talabalari Sh. To‘rayev va Z. To‘ymuradova ilmiy rahbarlari Z. Elov boshchiligida o‘tkazilgan “Zamonaviy dunyoda shaxs muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli anjumanda 15 ta xorijiy universitet vakillari qatnashib, ilmiy fikrlar almashildi. Bizning iqtidorli talabalar o‘zining chuqur tahliliy yondashuvi va ilmiy salohiyati bilan ajralib turib, konferensiyaning eng yaxshi ishtirokchilari sifatida e’tirof etildilar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
😀 Osiyo Xalqaro Universitetida MATEMATIKA yo'nalishi!
🛍Matematika – barcha fanlarning asosi va zamonaviy texnologiyalar rivojining negizi. Moliya, muhandislik, axborot texnologiyalari va ilmiy tadqiqotlarning barchasi matematik asoslarga tayanadi. Agar siz analitik fikrlashni rivojlantirish, murakkab masalalarni hal qilish va ilmiy innovatsiyalarga hissa qo‘shishni istasangiz, OXUning Matematika yo‘nalishi siz uchun eng to‘g‘ri tanlov!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️ Yuqori darajadagi analitik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz
✔️ Zamonaviy texnologiyalar va dasturlash tillari bilan ishlash orqali amaliy matematikani o‘rganasiz
✔️ Moliyaviy modellashtirish, sun’iy intellekt va kibernetika sohalariga tayyorgarlik ko‘rasiz
✔️ Xalqaro darajadagi mutaxassislar va chet ellik olimlar ishtirokidagi master-klasslarda qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️Bank va moliyaviy institutlarda tahlilchi;
➡️ IT sohasi va dasturiy ta’minot muhandisi;
➡️Muhandislik va texnik loyihalar bo‘yicha ekspert;
➡️ Sug‘urta va investitsiya kompaniyalari uchun risk-tahlilchi;
➡️ Ilmiy-tadqiqot markazlarida olim yoki pedagog!
🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida magistrlar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetining magistratura talabalari tomonidan zamonaviy ta’lim yondashuvlariga asoslangan mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu dars davomida M1-XT-24 guruhi talabalari innovatsion metodlarni sinovdan o‘tkazib, interaktiv o‘yinlar yordamida bilimlarini mustahkamlashdi va amaliy mashg‘ulotlar orqali tajriba almashishdi.
😀 Tadbir faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmay, amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning o‘zaro tajriba almashishiga ham zamin yaratdi. Talabalar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki ta’lim jarayonida kreativ fikrlash va jamoaviy ishlash muhimligini yana bir bor his qilishdi.
Ushbu mahorat darsi magistratura bosqichi talabalari uchun samarali bilim va tajriba maydoniga aylandi desak adashmagan bo'lamiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi!
🛡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasman start berildi.
🔥 Tantanali ruhda o‘tgan ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
⚡️ Shuningdek, 2000 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar ushbu ezgu tashabbusga qo‘shildi. Shu bilan birga, respublikaning 14 hududidan turib, vazirlik markaziy apparati hamda barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn ravishda tadbirni kuzatishdi.
Bundan tashqari, loyiha doirasida ishtirokchilar Jizzax viloyatidagi BYD Uzbekistan va ADM Jizzakh mashinasozlik zavodlariga dual ta’lim tizimi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Bu tashrif ularga zamonaviy sanoat jarayonlarini o‘rganish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratdi.
☘ Tabiatga e’tibor – kelajakka sarmoya!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🌎 Ilmiy hamkorlik: Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU) rektori Dehli Universiteti professorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi!
✍️ Mazkur uchrashuv doirasida mehmonlarga universitetimizning strategik maqsadlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari hamda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashdir. Dehli Universiteti professorlari ushbu tashrif davomida OXU talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazish, seminar va master-klasslar tashkil etish tashabbusini ilgari surdilar.ℹ️ Har ikki tomon tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bu tashabbus doirasida ikki kunlik ilmiy-ma'rifiy dastur amalga oshiriladi. Ushbu dastur OXU va Dehli Universiteti o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash barobarida, talabalarga zamonaviy ta’lim yondashuvlari va zamonaviy ta'lim metodlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.
#haziltime
Xo'sh, OXUning faol talaba grajdanlari, endi hazil navbati sizga 😅
— Zakovat o'yiniga kim qatnashadi?
— Men
— Kibersport musobaqasiga?
— Men
— Videoga tushishga?
— Men
— Mobilografiya kursiga?
— Men
— Va undan tashqari
— Men 😄
O'zini ko'rganlar bormi? Molodets! Bitta "🔥" bosib, yana shunday davom eting!
P/s: shunaqa faol do'stlaringizga ham yuborib qo'ying
🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti va Abylkas Saginov nomidagi Qarag‘anda Texnika Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
🧾 Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar, magistratura va doktorantura dasturlarini qo‘shma ta'lim asosda tashkillashtirish, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy qilish hamda amaliyot dasturlarini hamkorlikda tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.
⚡️Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube