📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
Konchilik yo'nalishi talabalari uchun sayyor dars tashkil etildi ⛏
O'tgan haftada oliygohimizning Konchilik yo’nalishi S2-KI-22 guruh talabalari bilan "Knauf Buxara Gipsʼʼ korxonasida sayyor dars oʻtkazildi.
Ushbu sayyor dars davomida talabalarimiz korxona bo'ylab kichik sayohat amalga oshirishdi. Bu jarayonda talabalar korxonaning faoliyat tarixi, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxona mutaxassislaridan mahsulotlarni tayyorlash usullari haqida ma'lumotni bilib oldilar.
Bu korxonaga tashrif talabalarimiz uchun har tomonlama foydali va yangi ma'lumotlarga boy bo'ldi.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🏢 Osiyo Xalqaro Universiteti vakili Qozon iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda
Qozon Federal Universitetining taklifiga binoan Osiyo Xalqaro Universiteti vakili Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo'lib o'tayotgan Iqtisodiy forumda ishtirok etmoqda. Ushbu anjuman doirasida 17-19 may kunlari Qozon Federal Universitetida "YUNESKO'ning jahon madaniy merosining barqaror rivojlanishdagi o'rni" mavzusida konferensiya bo'lib o'tmoqda.
Konferensiyada Osiyo Xalqaro Universiteti xalqaro aloqalar bo'limi rahbari Babaev S.ning 18-may kuni ushbu konferensiyada prezentatsiyasi bo'lib o'tdi. Shu bilan birga Osiyo Xalqaro Universiteti va Qozon Federal Universiteti kelajakda o'zaro hamkorlik masalalarida kelishuvga erishishdi.
🤝 Shuningdek forum davomida Qozon Federal Universitetining birinchi prorektori, Nigeriya davlat elchisi va YUNESKO ishlari milliy komissiya raisi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🔥 Aprel oyi Stipendiyalari sohiblariga topshirildi
📊Universitetimiz talabalari orasida aprel oyida bilim ko'rsatkichlari, fanlardan to'plagan baholari va bo'lib o'tgan test sinovlari natijalari yuqori bo'lgan talabalar Rektor Stipendiyasi bilan taqdirlandi.
Shulardan 31 ta talabamiz tibbiyot yoʻnalishi bo'yicha, boshqa yo'nalishlar bo'yicha esa 17 ta talabamiz stipendiya bilan taqdirlandi.
💰9 ta talabamiz 500 ming so'mlik Stipendiya bilan rag'batlantirildi.
💶 16 ta talabamiz 400 ming so'mlik Stipendiya bilan rag'batlantirildi.
💵 23 ta talabamiz esa 300 ming so'mlik Stipendiyalar bilan rag'batlantirildi.
🤝 Stipendiya sohiblarini tabriklaymiz. Shuningdek, ushbu Stipendiyalar har oy o'z bilimi bilan reytingda yuqori natija ko'rsatgan talabalarga berib borilishini ma'lum qilamiz!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram |Instagram |Facebook
📸 Ochiq eshiklar kunidan fotolavhalar
Bugundan Osiyo Xalqaro Universitetimizda ochiq eshiklar kuni boshlandi va ko'plab abituriyentlar, o'quvchi yoshlar tashrif buyurishmoqda.
Universitetimiz mas'ul xodimlari esa tashrif buyruvchilarga oliygohimiz faoliyati, ta'lim yo'nalishlari va qabul imtihonlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berishmoqda.
Siz ham ochiq eshiklar kunida tashrif buyuring va oliygohimiz bilan bog'liq savollaringizga shu yerda batafsil javob oling.
Davom etadi: 16 maydan 26 maygacha
Vaqtlari: 10:00 dan 16:00 gacha
📍Manzil: Buxoro shahri, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko'chasi 74-uy
⛳️ Mo'ljal: Avtovokzal (viloyat sudi to'g'risida)
Batafsil ma'lumot uchun:
📲 +998 55 305-00-09
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram |Instagram |Facebook
🏢 Osiyo Xalqaro Universitetida Press Konferensiya bo'lib o'tdi
🔹 Bugun Osiyo Xalqaro Universitetimizda ko'plab OAV vakillari, jurnalistlar hamda bloggerlar ishtirokida oliygohimiz faoliyati va ta'lim jarayonlariga bag'ishlangan Press Konferensiya tashkil etildi.
Press Konferensiya kutilgandanda yuqori darajada bo'lib o'tdi. Unda qatnashchilarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javoblar berildi ✔️
🔹Xususan, qatnashchilarga oliygohimizda tashkil etilgan yo'nalishlar, ta'lim dasturlarimiz, yuqori ta'lim tashkilotlari bilan yo'lga qo'yilgan hamkorliklarimiz, universitetimiz doirasida tashkil etilayotgan bellashuvlar, shuningdek qabul jarayonlari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
🔹Shundan so'ng, Konferensiya ishtirokchilari bilan universitetimiz bo'ylab sayohat tashkil qilindi va talabalarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar.
Jarayon bilan yuqoridagi fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin! ⬆️
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
9-may, "Xotira va qadrlash kuni" – barchangizga muborak bo'lsin!
Jasorat, mardlik, qat'iyat – bularning barchasi bizning ajdodlarimizga xos fazilatlardir. Ularning tariximizda qoldirgan izlarini, tinimsiz harakatlari va o'z jonidan kechib bo'lsada, haqiqiy vatanparvarlikning yaqqol namunasiga aylanganliklarini tilga olmay, ilojimiz yo'q⚜️
Aslida, bugungi tinchligimiz, osoyishtaligimiz va musaffo osmonimizning sababchisi ham, aynan shu insonlardir💫
Ular bizning qalblarimizda, xotiralarimizda mangu yashaydilar.
Azizlar, keling, nafaqat ajdodlarimizni – balki yonimizdagi yaqinlarimizni, oilamizning yoshi ulug' a'zolarini ham vaqtida qadrlaydik, ularga bizning hayotimizdagi o'rinlari haqida bot-bot eslatib turaylik!
Zero, o'tib borayotgan har bir onimiz ham bir kun kelib xotiraga aylanadi🌠
Hurmat bilan, Osiyo Xalqaro Universiteti ma'muriyati🏛
🧑🎓Talabalarimizning universitetimiz haqidagi fikrlari
✔️ Xabaringiz borki, biz Osiyo Xalqaro Universitetimiz talablari orasida ularning universitetdagi ta'lim jarayonlari va tanlovlari haqida fikrlarini bilish maqsadida suhbatlar olib bormoqdamiz. Bu gal ham biz talabalarimizning fikrlarini o'rganib chiqdik va sizlarga taqdim etmoqdamiz!
Yuqoridagi videolavhada talabalarning fikrlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin ⬆️
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🔥Talabamiz navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi
📈Jismoniy madaniyat yo'nalishi S1 guruh talabasi Ahmedov Shohruh Kick Boxing bo'yicha 16 yildan beri shugʻullanib keladi, shu yillar davomida 7 karra Oʻzbekiston chempioni, 6 karra xalqaro chempion, 2 karra Osiyo chempioni bo'lgan.
🏆Ushbu talabamiz 2023-yil aprel oyida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan musobaqada 65 kg vaznda ringa tushib chempionlik kamarini va "O'zbekiston faxri" nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.
🔥2023-yil 15-18 mayda bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionatiga hamda avgust oyida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
🤝Ahmedov Shohruhga ushbu musobaqalarda ham g'alaba qozonib chempionlik kamarini qoʻlga kiritishini Universitetimiz jamoasi va talabalari nomidan tilab qolamiz.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🏢 Osiyo Xalqaro Universiteti faxrli talablari bilan tanishing
⚡️16-19 Mart kunlari Toshkent shahrida Taekwondo ITF sport turi boʻyicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati oʻtkazildi.
🔥Ushbu musobaqada Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari faol ishtirok etdi va faxrli oʻrinlarni egallashdi.
🔹Mazkur musobaqada Jismoniy madaniyat yo'nalishi talabasi Poʻlatov Farxod 92 kg vazndagi sportchilar o'rtasida faxrli 1-o'rinni egalladi.
🔹Qizlar o'rtasidagi bahslarda qatnashgan Jismoniy madaniyat yo'nalishi talabalari Shamionova Mag'zuna 67 kg vaznda faxrli 1-o'rinni, Normurodova Zarina esa 77 kg vaznda faxrli 2-o'rinni egalladilar.
🤝 Talabalarimizni ushbu g'alabalar bilan Osiyo Xalqaro Universiteti ustozlari va talabalari nomidan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda, jahon chempionatlarida yuqori o'rinlarni egallashlariga tilakdoshmiz.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi taʼlim maskani!
🌙 Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin, azizlar
Barchangizni musulmon ahlining eng go'zal bayramlaridan biri – Muborak Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz!
Xonadoningizga tinchlik-totuvlik, hayr-baraka, oila a'zolaringizga esa sixat-salomatlik, baxt tilab qolamiz 💐
Ramazon oyida qilgan barcha ezgu ishlaringiz va duolaringiz ijobat bo'lishiga tilakdoshmiz 🤲
Har biringizga bayramni oila davrasida, yuqori kayfiyat bilan o'tkazing deb qolamiz✨️
Hurmat bilan, Osiyo Xalqaro Universiteti ma'muriyati 🏛
🌄 "Buxara-Art-Gallery" galareyasida sayyor dars tashkil etildi
✨ Osiyo Xalqaro Universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Z. B. Jumayeva tomonidan S5-IQ-21 guruhi bilan "Buxara-Art-Gallery" galereyasida sayyor trening dars tashkil etildi.
Ushbu darsda talabalarimiz tasviriy san'at turlari va asarlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga bu talabalardagi ijodiy tasavvurni yanada boyitishga xizmat qildi deyish mumkin.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🏢 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari Buxoro shahridagi maktabda amaliyot o'tashmoqda
🔸Osiyo Xalqaro universiteti hamda Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan imzolangan memorandum doirasida hamkorlikdagi ishlar debochasi sifatida Buxoro shahridagi 23-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida universitetning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari joriy yilning 27-mart kunidan pedagogik amaliyotni o‘tashmoqda.
🔸Talabalar jarayonlarni kuzatib, zamonaviy darslarni tashkil etish usullari, o‘quvchilar bilan individual va guruh ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalar va interfaol metodlarni samarali qo‘llash, pedagogik madaniyat va mahorat sirlaridan voqif bo‘lishmoqda.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
👨💻 Buxoro IT Parkda sayyor dars o'tkazildi
🧩 Osiyo Xalqaro Universiteti Iqtisodiyotning S-23-IQ-22 va S-27-IQ-22 guruh talabalari bilan 2-3 juftlikda Buxoro IT Parkda sayyor dars oʻtkazdi.
Dars davomida talabalarga IT Park mutaxassislari o'zlarining va IT Parkning ish faoliyati haqida ma'lumotlarni berib o'tdilar. Shundan so'ng talabalar muassasa binosi bo'ylab sayohatni amalga oshirib, undagi qulayliklar va imkoniyatlar bilan tanishdilar.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
⚡️Talabalar bilan sport amaliy mashg'uloti o'tkazildi
⚜️ Osiyo Xalqaro Universitetining "Jismoniy madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi Sayfiyev Hikmatillo Xayrullayevich tomonidan S12-JM-22 guruh talabalariga "Akrobatik mashqlar" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi.
✔️ Amaliy mashg'ulotda talabalar ixtisoslashgan harakatlar tamoyillari va qoidalari bilan tanishtirilib, ushbu jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanishning sog'lom hayotga ta'siri haqida ma'lumotlar berildi.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Faxrli talabalarimizdan biri bilan tanishing!
⚡️Nasriddinov Husniddin Osiyo Xalqaro Universitetining Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-kurs (S9-JM-22) talabasi.
🤼♂️ Sportning USHU turi bo‘yicha 13 yoshidan shug‘ullanib keladi. 2022 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda sportning an’anaviy "USHU" (JTF) yo‘nalishida 52 kg vaznda faxrli 1-o‘rinni egalladi.
2023 yil 7-8 aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasi, Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan sportning an’anaviy "USHU" yo‘nalishi bo‘yicha Xalqaro turnirga yo‘l oldi.
🤝Nasriddinov Husniddinga Universitetimiz nomidan omad tilaymiz va kelajakda yanada ko'plab Olimpiadalarda qatnashib faxrli o'rinlar olishiga umid bildiramiz!
Osiyo Xalqaro Universiteti yanada kengaymoqda 📣
✔️ Universitetimiz tomonidan tibbiyot yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz uchun 7 qavatdan iborat bino ochilishi tashkil qilinmoqda. Talabalar 2023-2024 o'quv yilidan boshlab ushbu binoda o'qishlari rejalashtirilgan.
🏛 Bino Osiyo Xalqaro Universiteti yaqinida joylashgan bo'lib, unda eng zamonaviy o'quv xonalari, laboratoriyalar, amaliyot xonalari, oshxona va shu kabi sifatli ta'lim uchun kerakli barcha imkoniyatlar yaratiladi.
Umid qilamizki, yaratilayotgan shart-sharoitlar talabalarimizning yanada samarali ta'lim olishlarida yordam beradi🔝
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Qiziqarli viktorina 🔥
Talabalarning Universitetdagi oltin davri qizg'in o'quv jarayonlari bilan bir qatorda unutilmas xotiralarga boy bo'lishi, albatta, muhimdir.
🏛 Shu sababli biz Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun lirik chekinish tashkillashtirib, viktorina o'tkazishga qaror qildik.
✔️ Ushbu viktorina talabalarning turli davlat bayroqlari haqidagi bilimlarini sinash maqsadida o'tkazildi. To'g'ri javob berganlar esa Universitet tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
⬆️ Viktorina jarayonlarini yuqoridagi videolavha orqali tomosha qilib, siz ham bilimlaringizni sinab ko'ring!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram |Instagram |Facebook
🥳 Endi talabalarimiz yanada ko'proq quvvat bilan o'qiydilar
👨🍳 Bugundan Osiyo Xalqaro Universitetida 2-oshxona o'z ish faoliyatini boshladi. Talabalarning tanaffus vaqtidagi eng sevimli manziliga aylanadigan bu maskan o'zida barcha zamonaviy qulayliklarni jamlagan va har kuni talabalarni mazzali taomlar va shirinliklar bilan bahramand qilishga tayyor!
Xullas, talabajonlar, talabaxonlar mazzali taomlarga kelaverasizlar! Shirin taomlar quvvati bilan o'qish natijalaringizni oshirib boraverasizlar.😊
Ha aytishadi-ku, "to'q qoringa miyya yaxshi ishlaydi" deb 😁
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🎉Osiyo Xalqaro Universitetida ochiq eshiklar kuni!🎉
🏢 Osiyo Xalqaro Universiteti siz qadrli abituriyentlarni, litsey-kollej bitiruvchilarini hamda maktab bitiruvchilarini 16-maydan 26-maygacha bo'lib o'tadigan ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz.
Ochiq eshiklar kunida siz:
✔️ Universitetimiz hamda bizdagi yo'nalishlar bilan yaqindan tanishishingiz;
✔️ Ta'lim jarayonlarini o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz;
✔️ Talabalarimiz bilan suhbatlashishingiz va ularning fikrlarini eshitishingiz;
✔️ Imtihonlar haqida ma'lumot olishingiz;
✔️ Universitetimizda yaratilgan sharoitlar: Kutubxona, ARM, O'quv xonalari bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi.
📌 Agar siz kelajakda tanlagan yo'nalishingizda yetuk mutaxassis bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz va buning uchun sifatli ta'limni taqdim etadigan oliygohni izlayotgan bo'lsaniz, universitetimizda o'tkaziladigan ochiq eshiklar kuniga tashrif buyuring hamda o'zingiz uchun yangi imkoniyatlarni kashf eting.
Sana: 16-maydan 26-maygacha
Vaqtlar: 10:00 dan 16:00 gacha
📍Manzil: Buxoro shahri, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko'chasi 74-uy
⛳️ Mo'ljal: Avtovokzal (viloyat sudi to'g'risida)
Batafsil ma'lumot uchun:
📲 +998 55 305-00-09
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
⚡️Osiyo Xalqaro Universitetida Magistratura talabalari uchun 1-semestr yakuniy attestatsiya imtihonlari boshlandi
📚10-may sanasidan boshlab, magistraturaning Boshlang'ich ta'lim, Iqtisodiyot, Pedagogika va psixologiya yo'nalishi talabalari uchun attestatsiya imtihonlari boshlandi. Imtihon jarayonlari talabalar uchun qulay va shaffof tarzda o'tishi uchun universitetimiz tomonidan qulayliklar yaratildi.
Shuningdek, hozirda imtihonlar bilan birgalikda talabalar o'rtasida magistirlik ishlari va ilmiy ishlar boʻyicha suhbatlar olib borilmoqda.
Osiyo Xalqaro Universiteti ma'muriyati o'tayotgan imtihon jarayonlarida barcha talabalarga omad tilab qoladi 🔥
🧠 Ma'lumotlarni uzoq muddatga eslab qolishning ushbu usulini bilarmidingiz?
Bilamizki, hozirgi davr axborot asridir. Kunlik hayotimizda ham ko'plab ma'lumotlarni qabul qilamiz va keraklisini eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin qancha takorlasak ham uzoq vaqtga xotiramizda saqlab qola olmaymiz.
🧑🎓Bu holatni ko'pincha talabalarda seminar va sessiya paytida yodlagan ma'lumotlarini eslay olmasligida ko'rishimiz mumkin. Shu sababli bugun talabalarimiz uchun uzoq muddatli yodlashga yordam beradigan samarali usulni yoritib o'tmoqchimiz!
✔️ Psixolog German Ebbengauzning ushbu samarali takrorlash usuli bilan ma'lumotlarni uzoq vaqtga eslab qolish mumkin:
1. Ikki kunda yodlash
— Birinchi takrorlash ma'lumotlarni o'qib tugatgan zahoti amalga oshiriladi
— Ikkinchi takrorlash birinchi takrorlashdan 20 daqiqa o'tgach.
— Uchinchi takrorlash ikkinchisidan 8 soat o'tgach.
__ To'rtinchi takrorlash esa uchinchisidan 24 soat o'tgach.
2. Uzoq muddatga eslab qolish
— Birinchi takrorlash ma'lumotlarni o'qib tugatgan zahoti amalga oshiriladi.
— Ikkinchi takrorlash birinchi takrorlashdan 20-30 daqiqa o'tgach.
— Uchinchi takrorlash ikkinchisidan 1 kun o'tgach.
— To'rtinchi takrorlah uchinchisidan 2-3 hafta o'tgach.
— Va so'ngi marta takrorlash to'rtinchi takrorlashdan 2-3 oy o'tgach.
Shuningdek, Ebbengauz tajribalaridan quyidagicha xulosa beradi:
— Tushunib yodlangan ma'lumot 9 marta tezroq esda qoladi.
— Ma'lumotlarni butunligicha yodlash qismlarga bo'lib yodlashdan samaraliroq.
— Yodlagan kishi olayotgan ma'lumotini kelajakda kerak bo'lishini bilsa, uni yaxshiroq eslab qoladi.
Foydali bo'lgan bo'lsa, buni boshqa talaba do'stlaringizga ham yuboring ↗️
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🦷 Stomatologiya yo'nalishi talabalariga ochiq dars o'tkazildi
📖 Kecha 6-stom-22 guruh talabalari bilan anatomiya fanidan "Doimiy tishlar xususiy va umumiy anatomiyasi, ularda uchraydigan anomaliyalar, sut tishlarining umumiy va xususiy anatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Ochiq dars jarayoni interfaol tarzda o'tkazilib, mazvu talabalarga prezentatsiyalar, ko'rgazmali materiallar va misollar bilan tushuntirildi. Dars davomida talabalar bilan savol-javoblar ham o'tkazildi.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
📚 Buxoro adabiyot muzeyida sayyor dars o'tkazildi
✨ Kuni kecha Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi F1 va F2 guruhi talabalari bilan birga Buxoro adabiyot muzeyida Adabiyotshunoslik fanidan sayyor dars o‘tkazildi.
📖 Unda ''Badiy asarda g'oya, shakl va mazmun'' mavzusi, Abdurauf Fitratning ''Abulfayzxon'' tragediyasi asari tahlili, asar yaratilish tarixi va Fitratning yozuvchilik mahorati talabalarga asosli shaklda ko‘rsatib o‘rgatildi.
Talabalar bilan sayyor darslar davom etmoqda. Keyingi postlarimizda bu haqida yoritib boramiz!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
⚡️Osiyo Xalqaro Universitetida ”Mini Futbol” sport musoboqasining 2-bosqichi yakunlandi
⚽️ Ushbu musobaqada Universitetimizning faol va chaqqon yigitlaridan iborat 8 ta jamoalar qatnashib, g’oliblik uchun maydonda to’p surishdi.
🎉 G'oliblikni "Olimpik" jamoasi qo'lga kiritib Universitetimiz bosh sovrini hisoblanmish “Universitet ko'chma kubogi” egasi bo'lishdi.
📊 "Mini Futbol" musobaqasida g'olib bo'lgan jamoalar:
🏆 1-O'rin "Olimpik" jamoasi
(Iqtisodiyot yoʻnalishi)
🥈2-O'rin "Davolash 2/21" jamoasi
(Davolash ishi yo'nalishi)
🥉3-O'rin "Davolash" jamoasi
(Davolash ishi yo'nalishi)
🔥 Fakultetlararo bo’lib o’tgan ”Mini Futbol” sport musoboqasida o’z jamoasini final bosqichiga qadar g’oliblik sari undagan va murosasiz kechgan bahslarda, shiddatli o’yin ko’rsatgan talabalar estalik sovg'alari bilan rag’batlantirildi.
Osiyo Xalqlaro Universiteti - xalqaro darajadagi taʼlim maskani!
Osiyo Xalqaro Universiteti magistrlarining maqolalari xalqaro konferensiyada nashr etildi 👏
📝 Osiyo Xalqaro Universitetining Tarix va filologiya kafedrasi dotsenti Ochilov Alisher To'lis o'g'lining ilmiy rahbarligi ostida 2 nafar magistrimiz — Hasanova Mavjuda G'aniyevna va Asadov Muxriddin Nuriddin o'g'lining maqolalari xalqaro "PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS INTERNATIONAL CONFERENCE 2023" konferensiyasida nashr etildi.
🔹Hasanova Mavjuda G'aniyevna konferensiyada "XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida jadidlarning yangi usul maktablari faoliyati" mavzusidagi maqolasi bilan qatnashdi va xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
🔹Asadov Muxriddin Nuriddin o'g'li esa konferensiyada "Psixologik-pedagogik masalalarda ilm-fanning rivojlanish tendensiyalari" mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
Magistrlarimizning ushbu natijasi albatta universitetimizning ham faxridir. Bunda albatta universitetimiz ustozlarining xizmatlari beqiyosdir. Ishonamizki, bu yutuqlarimizning boshlanishi, biz talabalarimizning bundanda katta natijalarni ko'rsatishlariga aminmiz 😊
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Talabalarimiz uchun Buxoro sport majmuasida sayyor dars tashkil etildi
⚜️ Osiyo xalqaro universitetining "Jismoniy madaniyat" kafedrasi o’qituvchilari Sayfiyev Hikmatillo Xayrullayevich hamda Saidova Mahbuba Ayubovna tomonidan S3-JM-21, S7-JM-22, S8-JM-22, S9-JM guruhlari bilan Buxoro sport majmuasida sayyor dars o’tkazildi.
Dars davomida talabalar o'zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliy jihatlarini ko'rib chiqdilar. ✔️
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
📣 Oliy ta'lim talabalariga 2-kursdan boshlab mutaxassisligi bo'yicha ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo'yicha ishlashga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Qaror muhokamasida ishtirok eting:
https://regulation.gov.uz/oz/d/78449
🔥 Mart oyi Stipendiyalari sohiblariga topshirildi
📊Universitetimiz talabalari orasida mart oyida bilim ko'rsatkichlari, fanlardan to'plagan baholari va bo'lib o'tgan test sinovlari natijalari yuqori bo'lgan talabalar Rektor Stipendiyasi bilan taqdirlandi.
💰8 ta talabamiz 500 ming so'mlik Stipendiya bilan rag'batlantirildi.
💶 16 ta talabamiz 400 ming so'mlik Stipendiya bilan rag'batlantirildi.
💵 26 ta talabamiz esa 300 ming so'mlik Stipendiyalar bilan rag'batlantirildi.
🤝 Stipendiya sohiblarini tabriklaymiz. Shuningdek, ushbu Stipendiyalar har oy o'z bilimi bilan reytingda yuqori natija ko'rsatgan talabalarga berib borilishini ma'lum qilamiz!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
🏢Osiyo Xalqaro Universiteti hamda Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi
📝 Ushbu Memorandumga muvofiq talabalarga Konstitutsiyamizda belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohatlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish. Har jabhada tenglasha oladigan universitetimiz talabalarini ilm fan va innovatsiyalarga jalb qilish hamda iqtidorli yoshlarimizni xalqaro tanlovlarda ishtirok etishlarini qo'llab-quvvatlashni ushbu Memorandum o'z ichiga oladi.
🔥 Universitetimiz talabalaridan ushbu imkoniyatlardan to'laqonli foydalangan holda o'zlarining bor salohiyatini namoyon etishlarini va xalqaro darajadagi talabalar orasida bo'lishlarini tilab qolamiz!
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Ismoil Somoniy maqbarasida sayyor dars o'tkazildi
25-mart kuni Osiyo Xalqaro Universiteti S6-T-22 Tarix yo’nalishi talabalari bilan Ismoil Somoniy maqbarasida amaliy sayyor dars o'tkazildi.
Sayyor darsda maqbara tarixi yoritilib, uning asoschilari bo'lgan Somoniylar sulolasi va davlatining vujudga kelishi hamda tarixiy ahamiyati haqida talabalarga ma'lumotlar berildi.
✔️ Ushbu sayyor dars davomida talabalar darsliklar orqali olgan nazariy bilimlarini yana bir bor mustahkamlab olishdi.