📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
Diqqat – Osiyo Xalqaro Universitetida 2-kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!
📌 Imtihon 18-iyun, soat 8:00 da barcha yo'nalishlar uchun bo'lib o'tadi.
❗️Eslatib o'tamiz, Osiyo Xalqaro Universitetida kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud. Imtihonlarda qatnashish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar passport yoki ID karta bilan kelishingiz kerak.
📎 Agarda hali ham imtihonlar uchun ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, rasmiy sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:
qabul.oxu.uz
Eng nufuzli universitetlardan birida talaba bo'lishga harakat qilayotgan abituriyentlarga imtihon jarayonlarida omad tilab qolamiz!
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ Qabul haqida eng ko'p uchraydigan savollar
1.Qabul uchun qanday hujjatlar topshirish kerak?
qabul.oxu.uz sayti orqali ariza qoldirib imtihon kuni passport bilan kelish kerak.
2.Yana imtihonlar bo'ladimi?
Ha imtihonlar davom etadi, keyingi imtihon 18-iyun kuni bo'lib o'tadi.
3.Chet eldan va O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlaridan o'qishni ko'chirsa bo'ladimi?
Ha, ko'chirsa bo'ladi.
4.Imtihon topshirish uchun to'lov bormi?
Kirish imtihonlariga qatnashish uchun 200.000 so'm bir martalik to'lov qilinadi.
5.Qanday ta'lim shakllari mavjud?
Kunduzgi, kechki va sirtqi shakllari mavjud.
6.Universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?
Ha. Universitet davlat oliygohlari bilan bir xil namunadagi diplom taqdim etadi.
7.Navbatdagi kirish imtihonlariga qanday qatnashsa bo'ladi?
qabul.oxu.uz saytidan ro'yxatdan o'tish orqali.
8.Kontrakt to'lovlarini bo'lib to'lasa bo'ladimi?
Kontrakt to'lovlarini 3 qismga bo'lib to'lash imkoniyati bor.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Imtihonda barchaga omad!
Xabaringiz bor bugun universitetimizda dastlabki kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.
Imtihon topshirishga tayyorgarlik ko'rayotgan, talaba bo'lish istagidagi barcha abituriyentlarga imtihonda omad tilab qolamiz.
Imtihon natijalari esa haftaning ikkinchi ish kuni yani Seshanba kuni 16:00 dan boshlab ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizga sms tarzida yuboriladi.
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Test savollaridan namunalar
Universitetimizda kirish imtihonlari boshlanmoqda. Imtihonlar test shaklida o'tkaziladi.
- Davolash ishi ; Stomatologiya ; Farmatsevtika yo’nalishlari kimyo va biologiya fanlaridan
- Qolgan barcha yo’nalishlar uchun esa IQ (mantiq), Ingliz tili va Tarix fanlaridan imtihonlar bo'lib o'tadi.
Yuqoridagi test namunalaridan esa imtihonlarga qanchalik tayyor ekanligingizni bilib olishingiz mumkin.
Sizga omad😊
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetiga xalqimizga mashhur, tajribali va ko'plab bizneslarning egasi – Ibrahim Gulyamov tashrif buyurdi🤩
✔️ Tajribali tadbirkor tomonidan talabalarimiz bilan birgalikda ochiq seminar o'tkazildi va biznes olamiga qiziquvchi barcha tinglovchilar qimmatli ma'lumotlarni olishdi.
Bundan tashqari, Ibrahim Gulyamov talabalar tomonidan berilgan savollarga ham javob berdi🔝
Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Magistratura yo'nalishida tahsil olmoqchi bo'lgan talabalar uchun ham universitetimizda imkoniyat bor
📌 Osiyo Xalqaro Universitetidagi magistratura yo'nalishlari bilan tanishing
🔹 Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim)
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetidagi bakalavriat yo'nalishlari va kontrakt narxlari bilan tanishing
🔹 Pedagogika va Psixologiya
🔹 Boshlang'ich ta'lim
🔹 Maktabgacha ta'lim
🔹 Filologiya tillarni o'qitish (Ingliz tili)
🔹 Filologiya tillarni o'qitish (Rus tili)
🔹 Tarix
🔹 Jismoniy Madaniyat
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
🔹 Davolash ishi
🔹 Stomatologiya
🔹 Farmatsiya
🔹 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
🔹 Konchilik ishi
✔️ Bakalavrda umumiy 14ta yo'nalish
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
📄 Ariza topshirish tartibi bilan yana bir bor tanishtirib chiqamiz
✅ Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi bo'lish istagidagi barcha abituriyentlar uchun rasmiy saytimizdan ro'yxatdan o'tish tartibini yana bir bor eslatib o'tamiz.
📌 Universitetimizda o'qish istagidagi abituriyentlar www.oxu.uz rasmiy saytimiz orqali ariza topshirish imkoniga ega.
🎥 Quyidagi videoda esa bu jarayon bilan yana bir marta tanishib chiqishingiz mumkin.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
"Zakovat 4" — Intellektual bahslar bo'lib o'tdi !
📚 02.06.2023-yil Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari o'rtasida "Zakovat Quiz" intellektual o'yinlarining navbatdagi turi bo'lib o'tdi. O'yin juda qiziqarli va kuchli bellashuv ruhida o'tdi.
📊 Mazkur o'yinimizda 20 ta jamoa qatnashdi. Shundan 3 ta jamoa faxrli o'rinlarni egalladilar.
🥇 1 - o'rin va kubog sohibi "Iqtisodchilar" jamoasi
(Iqtisodiyot yo'nalishi)
🥈 2 - o'rin sohibi "Yosh pedagoglar" jamoasi
(Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi)
🥉 3 - o'rin sohibi "1/21" Shifokorlar jamoasi
(Stomatologiya yo'nalishi)
📌 Ushbu faxrli o'rinlarni egallagan jamoalar va faol qatnashgan talabalarimizga universitetimiz tomonidan estalik sovg'alari topshirildi.
⚡️ "Zakovat Quiz" intellektual o'yinlari yana davom etadi, universitetimizning bilimdon o'g'il - qiz talabalarini keyingi bosqichlarda kutib qolamiz.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Telegram | Instagram | Facebook
🎉Osiyo Xalqaro Universiteti 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Universitetimizdagi talabalar ishtirokida bolalar uchun bayram sovg'alari ulashildi.
🔥Osiyo Xalqaro Universiteti ushbu bayram tabrigida, Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam, bolalar jarrohligi bo'limida davolanayotgan va Buxoro shahar 61-sonli Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilariga, universitetimiz nomidan bayram sovgʻalari berildi.
🔆Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida ”Mini Futbol” sport musoboqasining 3-bosqichi yakunlandi
⚽️ Ushbu musobaqada Universitetimizning faol va chaqqon yigitlaridan iborat 22 ta jamoalar qatnashib, g’oliblik uchun maydonda to’p surishdi.
🎉 G'oliblikni tibbiyot fakulteti talabalaridan iborat "Olimpik" jamoasi qo'lga kiritib Universitetimiz bosh sovrini hisoblanmish “Universitet ko'chma kubogi” egasi bo'lishdi.
📊 "Mini Futbol" musobaqasida g'olib bo'lgan jamoalar:
🏆 1-O'rin "Olimpik" jamoasi
(Tibbiyot yoʻnalishi)
🥈2-O'rin "S4 J.M 22" jamoasi
(Jismoniy madaniyat yo'nalishi)
🥉3-O'rin "S6 J.M 22" jamoasi
(Jismoniy madaniyat yo'nalishi)
Osiyo Xalqlaro Universiteti - xalqaro darajadagi taʼlim maskani!
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universiteti kuni kecha 5-6 juftlikda davolash ishi DI-3-21 guruh talabalari bilan RSHTYOIM BF KARDIOTERAPEVTIK REANIMATSIYA bo'limida amaliyot darslari o'tkazildi.
📌 Amaliyot davomida talabalarimiz shifokorlar hamrohligida ish jarayonlarini batafsil o'rganib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Telegram | Instagram | Facebook
⚽️ Osiyo Xalqaro Universitetida "Minifutbol" sport musobaqasi 3-tur o'yinlariga start berildi.
🗓 Universitetimizning faol va chaqqon talabalaridan iborat, jami 22 ta jamoa ushbu musobaqada qatnashmoqda.
"Minifutbol" o'yinlari 26-27 may kunlari bo'lib o'tmoqda.
📊 Universitetimiz tomonidan o'tkazilyotgan mazkur musobaqa talabalarimizni ta'lim olishi bilan birga sport bilan shug'illanishlariga ham imkon yaratib beradi.
🎉 Barcha jamoalarga omad tilab qolamiz, ushbu "Minifutbol" musobaqamizda faol ishtirok etgan talabalarga va g'olib bo'lgan jamoalarga Universitetimiz tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida 2023-2024 o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi
📌 Talaba bo'lish istagidagi barcha abituriyentlar diqqatiga!
📆 25-maydan universitetimizda qabul boshlanganini ma'lum qilamiz. Endi sizda ham talaba bo'lish imkoni bor. Kelajakdagi muvaffaqiyatli qadamlaringizni biz bilan boshlang. Talaba bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi ta'lim maskani!
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305-00-09
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Sirtqi ta'lim guruhlaridagi faol talabalar rag'batlantirildi
✅ Sirtqi ta'lim yo'nalishidagi talabalarimiz 1-kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Shu munosabat bilan o'z guruhlarida faol va yaxshi natija ko'rsatgan bir nechta guruh sardorlariga ularni rag'batlantirish maqsadida stipendiya, bir martalik pul mukofotlari topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetiga kirish imtihonlariga start berildi
📌 Kuni kecha, 11-iyun kuni Osiyo Xalqaro Universitetining ilk kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonlari shaffof tarzda o'tkazildi. Abituriyentlar o'zlari tanlagan yo'nalishlar bo'yicha kirish imtihoni testlarini topshirishdi. Imtihon jarayonlaridagi atmosferani yuqoridagi video-lavhada ko'rishingiz mumkin ⬆️
⚡️ Eslatib o'tamiz keyingi imtihonlarimiz 18-iyun kuni soat 08:00da bo'lib o'tadi. Siz ham ushbu imtihonlarda qatnashmoqchi bo'lsangiz www.oxu.uz sayti orqali ariza qoldirishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida "Balli qizlar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi
✨ Ushbu tanlovda talaba qizlar 4 ta shart bo'yicha bellashdilar. Tanlovda qizlarimizning aqliy salohiyati tezkor savol-javoblar orqali sinab ko'rildi, pazandalikda bir-biridan chaqqon qizlarimiz hamma shartlarni a'lo darajada bajardilar.
🔥 Tanlov so'ngida esa tanlovda ishtirok etgan har bir qizga alohida nominatsiyalar bo'yicha tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Osiyo Xalqaro Universiteti - xalqaro darajadagi taʼlim maskani!
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ "Volleybol" sport turi bo'yicha qizlar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.
📊Ushbu musobaqada universitetimiz qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va sovrindor bo'lgan jamoalar:
🥇1-o'rin S2-JM-21 jamoasi
(Jismoniy madaniyat yo'nalishi)
🥈2-o'rin S5-PP-22 jamoasi
(Pedagogika va psixologiya yo'nalishi)
🥉3-o'rin S8-PP-22 jamoasi
(Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi)
Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar gʻalabani qoʻlga kiritdi, gʻolib boʻlgan jamolarga universitetimiz tomonidan sovgʻalar topshirildi. Universitetimizda bunday musobaqalar davom etadi.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida sportning "Volleybol" turi bo'yicha bahslar yakunlandi
📊 Ushbu musobaqada universitetimiz talabalaridan iborat jami 15 ta jamoa ishtirok etdi.
🔥 O'g'il bolalar o'rtasida boʻlib oʻtgan ushbu musobaqa qizgʻin va shiddatli tarzda boʻlib oʻtdi.
🎉 Musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar:
🥇1-o'rin S3-KI-22 jamoasi
(Konchilik ishi yo'nalishi)
🥈2-o'rin S1-JM-21 jamoasi
(Jismoniy madaniyat yo'nalishi)
🥉3-o'rin 5-STOM-22 jamoasi
(Tibbiyot yoʻnalishi)
✅ 10-iyun kuni qizlar oʻrtasida ham "Volleybol" musobaqasi boʻlib oʻtadi. Ushbu sport turiga qiziqadigan barcha talabalarni musobaqada kutib qolamiz!
Telegram | Instagram | Facebook
Bugungi kunning yana bir sayyor darsi
Osiyo Xalqaro Universitetining "Jismoniy madaniyat" kafedrasi tomonidan S15-JM-22, S1-JM-21, S2-JM-21 guruhlari bilan Buxoro shahardagi "Buxoro Semurg' va Yoshlik sport majmuasi"da sayyor dars o’tkazildi.
Amaliyot davomida talabalar kompleks bilan yaqindan tanishib, yaratilgan shart - sharoitlarga o'zlari guvoh bo'lishdi. Ushbu amaliyot ham talabalarimiz uchun har tomonlama foydali bo'ldi.
Telegram | Instagram | Facebook
Imtihonlar boshlanmoqda
📆 Dastlabki imtihon 11-iyun sanasida soat 8:00da Osiyo Xalqaro Universiteti binosida bo'lib o'tadi.
📌 Abituriyentlardan imtihonga vaqtida kelishlari so'raladi.
⚡️ Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz.
📍Manzil: Buxoro shahar, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko'chasi 74-uy.
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Tadbirkorlikka qiziqadigan Buxorolik talabalar uchun ajoyib yangilik.
8-iyun kuni soat 10:00 da Osiyo Xalqaro Universitetida Ibrahim Gulyamov bilan "Hayotda o'z o'rnini topish" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tadi.
⚡️ Agarda siz tadbirkorlikka qiziqsangiz ushbu dastur aynan siz uchun.
Dasturda o'zingizni qiynayotgan barcha savollarga Ibrahim Gulyamovdan javob olishingiz mumkin.
⏰ Registratsiya vaqti 09:00da
Kech qolmasdan kelishingizni so'rab qolamiz.
Universitetimizning yana bir sportchi talabasi jahon kubogida faxrli o'rin egalladi.
🏢 Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy madaniyat S5-22 guruhi talabasi Urozov Obid, Qozogʻistonning Shimkent shahrida oʻtkazilgan jahon kubogida O'zbek jang sanʼati sport turi boʻyicha 85 kg vaznda ringga tushib faxrli 3-o'rinni egalladi.
🎉 Urozov Obidni Universitetimiz jamoasi va talabalari nomidan tabriklaymiz, keyingi musobaqalarda ham ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallashini tilab qolamiz.
⚡️ Universitetimizda ta'lim olayotgan barcha talabalar shu kabi musobaqalarda va fan olimpiadalarida ishtirok etib faxrli oʻrinlarni olishiga, Oʻzbekiston va Universitetimiz nomini butun dunyoga tanitishga biz ishonamiz !
Telegram | Instagram | Facebook
Istiqbolli kasblar
📌 Hozir kunda dunyo shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Qaysidir kasblar odamlarga mutlaqo keraksiz bo'lib qolayotgan bo'lsa ularning o'rniga yangi kasblar rivojlanib boryapti.
⚡️ Kelajakda esa eng istiqbolli kasblar sifatida kompyuter texnologiyalari, til va psixologiya yo'nalishlari qaralmoqda. Ushbu sohalarga talab hamisha yuqori bo'lgan va bu, kundan kunga ortib bormoqda.
✅ Ushbu yo'nalishlarning barchasi Osiyo Xalqaro Universitetida mavjud.
❌ Sizningcha kelajakda qaysi sohalar o'z ahamiyatini yo'qotadi?
Telegram | Instagram | Facebook
1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuni bilan barcha bolajonlarimizni muborakbod etamiz!
Har bir bolajonga sixat-salomatlik, baxtli bolalik, to'la-to'kis oilada ulg'ayish ne'matini tilab qolamiz💫
Shu bilan bir qatorda, barcha yoshlarni va shu jumladan talabalarimizni yozning ilk kuni bilan tabriklaymiz! Ushbu yoz fasli ajoyib xotiralarga, yangiliklarga va manfaatli izlanishlarga, yangi bilimlarga boy bo'lsin🤩
Hurmat bilan, Osiyo Xalqaro Universiteti ma'muriyati 🏛
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti, Klinik va umumiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi tomonidan 2023-yil 26-may kuni 4 juftlikda 4-STOM-22 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi 4-Oilaviy Poliklinikada amaliyot darslari o'tkazildi.
Shifoxonadagi stomatologlar tomonidan talabalarga ish jarayonlari ko'rsatib o'tildi. Amaliyotda talabalar o'zlarining olgan bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi.
Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent viloyatida 3 kunlik o'quv seminar bo'lib o'tdi
📌 Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi»da “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusiga oid 3 kun davom etgan o‘quv-seminar bugun o'z nihoyasiga yetdi.
🏛 Mazkur o‘quv-seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
⚡️ Ushbu 3 kun davom etgan o'quv-seminarda xodimimiz «Rahimova Nozigul» ham ishtirok etdi. Yakunda esa faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul boshlandi
⚡️ Bu yilgi o'quv yilidan boshlab universitetimizda abituriyentlar kunduzgi va sirtqi ta'lim bilan birgalikda kechki ta'lim yo'nalishida ham o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shuningdek universitetimizda 14ta bakalavr va 3ta magistratura yo'nalishlari mavjud.
📌 Talabalik onlari sizni kutmoqda. Kelajakdagi orzu va maqsadlaringizga biz bilan erishing.
☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998 55 305-00-09
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Start-up loyihasi bor talabalarimiz uchun ajoyib imkoniyat
🏢 Universitetimizda «IT PARK» va «Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan» tomonidan tashkil etilgan «President Tech Award» startaplar tanlovining prezentatsiyasi bo'lib o'tadi.
📆 Seminar 25-may (ertaga) soat 14:00da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
📌 Agarda sizda ham ushbu tanlovning yo'nalishlariga mos keladigan startap loyihalar mavjud bo'lsa ushbu tanlovda ishtirok etish imkoniga egasiz. Loyiha mukofot jamg'armasi 1 million dollarni tashkil etadi. Ushbu loyiha bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga seminar davomida javob olishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook
Osiyo Xalqaro Universitetida ochiq eshiklar kunidan qizg'in lavhalar🔥
Universitetimizda ochiq eshiklar davom etmoqda.
🏛 Oliygohimiz xodimlari esa ushbu mehmonlarni iliq kutib olishdimoqda hamda barcha o'quv binolari, dars jarayonlari, ta'lim yo'nalishlari bilan tanishtirmoqdalar. Qabulga oid savollarga javob berishmoqda.
⬆️ Bizda jarayon qizg'in, buni yuqoridagi videolavhada ko'rishingiz mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram |Instagram |Facebook