Madaniyat sohasi orqali o‘zaro munosabatlarimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish men uchun katta sharaf va ma'suliyatdir
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Qardosh xalqlarimizning bir-biriga bo‘lgan yuksak hurmati ifodasi
Yaqinda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Qirg‘iz Respublikasi madaniyat va san’at sohasi vakillaridan bir guruhini faxriy unvonlar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzolagan edi.
O‘z navbatida, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Hurmatli Sadir Nurgojoyevich Japarov O‘zbekiston madaniyat va san’at sohasi vakillarini yuksak unvonlar bilan taqdirlash haqida Farmon qabul qilgandi.
Ikki mamlakat yetakchilarining bunday yuksak e’tibori, avvalo, ular o‘rtasidagi do‘stona va samimiy munosabatning, qolaversa, azaliy do‘st va qardosh xalqlarimizning bir-biriga bo‘lgan hurmat-ehtiromining yaqqol ifodasidir. Madaniyat sohasi vakili sifatida bundan chin dildan quvongan bo‘lsam, menga “Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berishga qaror qilinganini eshitib, katta mamnuniyat hissini tuydim.
Qirg‘iz Respublikasiga tashrifimiz doirasida bugun mamlakat rahbari qabulida bo‘ldik va Hurmatli Sadir Nurgojoyevichdan ushbu yuksak unvonni qabul qilib oldik. Bu men uchun hayotimdagi yana bir unutilmas voqea bo‘ldi.
Qirg‘iz Respublikasi Yetakchisi muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini, bunda madaniyat sohasi alohida o‘rin tutayotganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonga tashrifi doirasida Qirg‘iziston madaniyati kunlari yuksak saviyada o‘tkazilganini e’tirof etib, 2025-yilda Qirg‘izistonda bo‘ladigan O‘zbekiston madaniyati kunlari xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarda muhim voqea bo‘lishiga katta ishonch bildirdi.
Fursatdan foydalanib, xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qaratayotgan yuksak e’tibori uchun ikki davlat rahbarlariga, meni yuksak unvonga loyiq ko‘rgani uchun qirg‘iz xalqiga chin dildan tashakkur izhor etaman. Madaniyat sohasi orqali o‘zaro munosabatlarimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish men uchun doimo sharaf bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Yurakni_madh_etgan_sado
Qay bir manzilda bo‘lmasin jonajon Vatanimizning ovozi bo‘lib kirib boradigan, qalblarimizni mislsiz iftixorga to‘ldirib yangraydigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Konstitutsiya farovon hayot kafolati
Dunyoda hech bir davlat, hech bir jamiyat yoʻqki qonun bilan tartibga solinmagan boʻlsa. Har birida xalq manfaati, insonlar shaʼni, qadr qimmati huquqiy kafolatlangani bois ham dunyoda muvozanat barqaror boʻlib kelmoqda.
Tahlillarga koʻra, har tomonlama katta davlatga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekiston aholisi 2040-yilga borib 50 millionga yetadi. Tabiiyki, jamiyatning yarmidan koʻpini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib sharoit yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar boʻlishi lozim. Ayonki, bu yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda oʻz aksini topdi.
Bugungi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman!
Barchangizga sogʻlik-omonlik, oilaviy farovonlik tilayman.
Yurtimiz osmoni hamisha tinch va musaffo boʻlsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Konstitutsiya
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Harbiy xizmatchilarda yuksak vatanparvarlik, yurtda fidoyilik sifatlarini yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdim. Shuningdek, Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va madaniyat departamenti jamoasini ochilgan yangi bino bilan samimiy tabrikladim.
“Sohibqiron Amir Temur bobomiz davlatni davlat darajasiga ko‘tarish uchun, avvalo, askarlar va harbiy sohaga katta e’tibor qaratgani tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bobomizning harb ilmiga oid qarashlari, hayotiy o‘gitlari hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. So‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiliklarida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, sarhadlarimiz daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash yo‘lida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar harbiy xizmatchilar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish kabi ezgu maqsadlarni ham qamrab olgani alohida diqqatga sazovordir. Binobarin, biz yoshlarimizning qandaydir to‘qima yoki o‘ylab topilgan obrazlarga ergashib emas, aynan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari buyuk tarix yozgan ajdodlarimizga havas qilib, ulardek haqiqiy vatanparvar bo‘lib kamolga yetishlarini istaymiz. Ta’lim-tarbiya jarayonida ham shunga intilamiz” – Ozodbek Nazarbekov.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Videoreportaj
#Artist_4_mavsum
⚡️ Kuni kecha “Artist” loyihasining navbatdagi mavsumining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, g'oliblarni tabrikladi va taqdirladi.
To'rt nafar ishtirokchilar: Akmalxo'ja Xolxo'jayev, Ruxsora Otajonova, Yahyo G'aniev, Muhammadali Adilbayevlarga “Artist” loyihasining homiylari tomonidan moliyalashtirilib xarid qilingan Tracker rusumli avtomashinalar sovg'a qilindi.
So‘nggi kunlarda shov-shuv bo‘layotgan, qo‘shimcha sovrinlar davlat byudjetidanmi degan savollarga vazir tomonidan javob olindi:
“Bu safar noan’anaviy tarzda oxirida finalga kelgan 4 nafar ishtirokchilarning hammasiga avtomashinalar sovg‘a qilindi. Buni sababini ham o‘sha yerda hamma ko‘rdi, bildi, xalqimiz boshqa ishtirokchilarni tanladi, mutaxassislar esa professional jihatdan boshqa ishtirokchilarni tanladi, o‘rtada mutaxassislar va muxlislar o‘rtasida tafovut paydo bo‘ldi. Xalqimiz ham rozi bo‘lsin, xursand bo‘lsin degan maqsadda keyingi 2 nafar ishtirokchilarga ham avtomashina sovg‘a qilinishiga kelishildi. Birinchi 2 ta avtomashina homiy kompaniya tomonidan taqdim qilingan bo‘lsa, keyingi 2 ta avtomashina “Artist”loyihasi tashabbuskorlari tomonidan o‘z mehnatlari va mablag‘lari hisobidan taqdim qilindi, bu yerda hech qanday byudjet mablag‘lari ishlatilmagan…”
Qaraqalpaq tili degende sahra sulıwlıǵın ózinde jámlegen, adamdı erksiz ózine tartatuǵın tildi túsinemiz.Haslında biz dúnyadaǵı hesh bir tilde biygána dep bilmeymiz.
Biraq, ana tili bárshemizdi júregimizden tereń orın alǵan. Solay eken, ózbek hám qaraqalpaq tili de áyne bir xalıqtıń tili. Óytkeni, bizlerdiń qálblerimiz bir, kewillerimiz muhabbat sezimleri arqalı baylanısqan.
Til― millettiń úlken baylıǵı, biybaha qádiriyatı hám múlki esaplanadı. Sonlıqtan onda usı til dóretiwshisi bolǵan xalıqtıń tariyxı hám mádeniyatı sáwlelenedi.
Qaraqalpaq tili ullı oyshıllarımız, shayırlarımız benen jazıwshılarımızǵa ilhám baǵıshlaǵan,xosh hawaz iyelerin dúnyaǵa tanıtqan, úlken saxnalardı lárzege salǵan til. Bunı hasla umıtpaymız.
Bıyıl qaraqalpaq tiline mámleketlik til biyligi berilgenligine 35 jıl toldı. Usı qutlı sáne menen qaraqalpaq xalqın shın júrekten qutlıqlaymız. Ana tilimizdiń qáddi tik, qádiri bálent bolsın!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Taqdimot
Bugun bir qator farmon va qaror loyihalari taqdimoti bilan tanishdik
Hujjat loyihalarida milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish orqali xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini chuqur singdirish, moddiy va nomoddiy madaniy merosimizni yanada ommalashtirish, shuningdek, aholining madaniyat va san’at sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirishni maqsad qilingan loyihlar taqdimoti bilan tanishdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#uchrashuv
⚡️ 26-noyabr kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida poytaxtdagi Simpoziumlar saroyida soha mas’ullari, umumta’lim, musiqa va san’at maktablari pedagoglari bilan muloqot o‘tkazildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Maqomni birga kuylaymiz...
Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu noyob boylikni asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, yoshlarimiz qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida mamlakatimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, bugungi kunda maqom san’ati butun respublikamiz bo‘ylab, boshlang‘ich ta’limdan tortib, akademik fan darajasigacha bo‘lgan bosqichlarda uzluksiz tarzda o‘rganilmoqda. Buning ahamiyati nihoyatda katta. Chunki maqom inson qalbi va ruhini tarbiyalaydi, uning estetik didi va tafakkurini shakllantiradi. Shaxs sifatida kamol topishida katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham maqom san’atini keng targ‘ib qilish bo‘yicha turli loyihalarga qo‘l urilmoqda.
Bu borada televideniyening roli katta. Shu bois “Navo” telekanalida “Maqomni birga kuylaymiz” nomli yangi koʻrsatuv tashkil etildi. Kuni kecha O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga tashrif buyurib, ushbu koʻrsatuvning ilk sonini suratga olish jarayonida ishtirok etdik.
Mazkur loyiha orqali xalqimizga maqomning moʻjizakor ohanglari va mahoratli san’atkorlarimiz ijrosini yanada keng namoyish etishni rejalashtirganmiz. Tashrif mobaynida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining ijodiy jarayonlari, yangi loyiha doirasidagi ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
Fursatdan foydalanib, maqom san’ati fidoyilariga, yangi ko‘rsatuv ijodkorlariga boshlangan xayrli ishda ulkan muvaffaqiyat tiladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Madaniyat_kunlari
#Rossiya
⚡️ 6 ming o‘ringa ega Kreml saroyida “Mendirman o‘sha”, “Omon yor”, “Ko‘k jiguli” va boshqa qo‘shiqlar kuylandi
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28056
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Россия Федерациясининг маданият ва санъат соҳалари вакилларини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении представителей сферы культуры и искусства Российской Федерации"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Ko‘ksimizni g‘ururga to‘ldirib hilpirayversin!
Mana o‘ttiz uch yildirki, jahon ayvonida O‘zbekiston yuzi, o‘zbek xalqi iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrog‘imizda millatimiz g‘ururi mujassam.
Undagi har bir rang o‘z ramziy ma'nosiga ega, xalqimiz hayotidan hikoya qilayotgandek, go‘yo. Uning har hilpirashida o‘tmish, yurt erki uchun jon fido qilgan, xalqi ilmu ma'rifati yo‘lida borini bergan millat qahramonlarining fidokorligi va yorqin kelajagimiz aks etgan.
Bu bayroq hilpirashiga boqqan butun O‘zbekiston ahli o‘zining mustaqil Vatan, musaffo osmon, bag‘rikeng bir xalq farzandi ekanligini yanada teranroq his qiladi.
Hech shubhasizki, bayrog‘imizning dunyo arenalarida baland ko‘tarilishi har birimizning ko‘ksimizni cheksiz iftixorlarga to‘ldiradi.
Bayrog‘imiz borligiga shukronalar aytib, ko‘zga surtamiz.
Ona Vatan bayrog‘i hamisha yuksak-yuksaklarda erkin va mardonavor hilpirayversin! Toki, biz unga boqib erkin yurt farzandlari ekanligimizni unutmaylik! Bugungi kun barchamizga muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Live
Kuni kecha Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlagan edi.
Qaynoq taassurotlarim bilan Qirg‘iziston Respublikasidagi “ALA-TOO 24” telekanali orqali bo‘lishmoqdaman.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Yurakni_madh_etgan_sado
⚡️ Bugun, 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Shu munosabat bilan vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Madaniyat vazirligi jamoasi Davlat madhiyasini kuylashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Konstitutsiya_32
⚡️Bosh prokuraturada Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qatnashdi
✅ Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/29710
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Xabaringiz bor, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 7-dekabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Madaniyat vazirligi jamoasi hamda el suygan taniqli san’atkorlar ishtirokida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ajratilgan 2,5 gektar yer maydonida (terak) daraxt nihollari o‘tqazdik.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ham daraxt nihollari o‘tqazilmoqda.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни муносабати билан бугун тантанали тадбир ташкил этилди. Унда Президент Шавкат Мирзиёевнинг халқимизга байрам табригини ўқиб эшиттирдим.
Давлатимиз раҳбарининг қутловида бутун халқимизга самимий тилаклар изҳор этилиб, мазкур айём сиёсий-ҳуқуқий, ижтимоий-иқтисодий, маънавий-маърифий ҳаётимизда катта ўзгаришлар амалга оширилаётган тарихий бир шароитда ўтаётгани таъкидланган.
Ушбу муҳим ўзгаришлар алоҳида қайд этилиб, ислоҳотларни жадал давом эттириш, янгиланган Конституциямиз нормаларини ҳаётга татбиқ этиш бундан буён ҳам эътибор марказида бўлиши айтилган.
"Халқимизнинг ҳуқуқий тафаккури, хоҳиш-иродасининг ёрқин тимсоли ва амалий ифодаси бўлган Асосий Қонунимиз билан ҳар қанча фахрлансак арзийди. Бу ноёб қомуснинг ҳар бир моддаси ва қоидасини ўрганиш, уларга ҳурмат, меҳр ва эътибор билан муносабатда бўлиб, тўлақонли ижро этиш барчамиз учун муқаддас бурч ва мезонга айланишини истардим",
"Мы гордимся нашим Основным законом – ярким символом и практическим воплощением правового сознания и воли народа. Считаю, что изучение каждой статьи, каждой нормы этого уникального правового документа, проявление к ним уважения должны стать для всех нас священным долгом и жизненным принципом",
Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Harbiy xizmatchilarda yuksak vatanparvarlik, yurtda fidoyilik sifatlarini yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada hamda Ma’naviyat va madaniyat departamenti yangi binosining foydalanishga topshirilishida ishtirok etdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Matbuot xizmati 2025-yildagi rejalari bilan tanishtirdi
Bugun Madaniyat vazirligining matbuot xizmati jamoasi tomonidan tayyorlangan yangi islohotlarga poydevor bo‘ladigan 2025-yildagi rejalar taqdimoti bilan yaqindan tanishdim.
Bunda, Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro va mahalliy tadbirlarni yoritish, OAVlar bilan ishlash, milliy kontentlar yaratish, mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni, milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida qilinishi rejalashtirilgan ishlarni muhokama etdik.
Taqdimot davomida vazirlik Matbuot xizmati rahbari Sirojiddin O‘sarov tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Xivada bo‘lib o‘tgan “Lazgi” festivali, Zominda bo‘lib o‘tgan “Maqom” anjumani, Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronasi” festivali to‘g‘risidagi xabar va maqolalarning xorijiy hamda mahalliy OAVlarda tezkorlik bilan o‘z vaqtida yoritilgani va bu jarayonlarga nafaqat mahalliy OAVlar balki xorijiy OAVlarning bo‘lgan ijobiy munosabati meni quvontirdi.
Taqdimot so‘ngida, matbuot xizmati bo‘limi ishlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularning istiqboldagi rejalari bo‘yicha takliflarini tinglab, o‘z tavsiyalarimni berib o‘tdim.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
"Maqomni birga kuylaymiz!"
Moʻjizakor ohanglar va mahoratli san’atkorlarimiz ijrosi
Katta loyiha boshlandi! Tez kunda namoyish etiladi.
Telegram I Instagram | Facebook I maqommarkazi?si=Ll_maWRixuU9JElt">YouTube
2024-2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdik
Yig‘ilishda markaziy apparati xodimlari hamda onlayn tartibda hududiy tizim tashkiloti rahbarlari bilan muhokama qilib oldik.
Batafsil: 👉 https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28840
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutidagi yoshlar bilan uchrashdi
✅ Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28747
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#uchrashuv
Sizlar yaxshi bilasiz, yurtimizda barcha soha va tarmoqlarda ulkan maqsadlar belgilab olingan.
Аna shu maqsadlarga erishish, taraqqiyotni izchil davom ettirish bevosita yoshlarimizga, ularning bilimi, tafakkuri, dunyoqarashi va eng asosiysi, vatanparvarligiga bogʼliq!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев маданият ва санъат соҳасини ривожлантириш, хусусан, театрларнинг жамият маданий ҳаётидаги аҳамиятини ошириш ва улар фаолиятини янада қўллаб-қувватлашга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию культуры и искусства, в частности дальнейшей поддержке театров и повышению их значимости в культурной жизни общества.
#Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #teatr
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇷🇺
⚡️ Rossiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida Rossiya va O‘zbekiston madaniyat vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
👉 Batafsil: https://davlat.uz/oz/madaniyat/news/view/27873
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Xushxabar
⚡️ Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik san'atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.
✅ Har ikki ijrochi o‘zbek va rus madaniyatini yaqinlashtirish va boyitishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
✅ Ma'lumot o'rnida, “Do‘stlik” ordeni 1994-yil bahorida ta’sis etilgan bo'lib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
🇺🇿18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi sana munosabati bilan Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan qo‘shiq va videoklipni e'tiboringizga havola etadi.
Jonajon Vatanimiz bayrog‘i hamisha yuksaklarda hilpirayversin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram