pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

▫️umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Maktab o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.

✅ Mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:

“Maqsadlarga intilish” testi,
➖ “Tashkilotchilik qobilyatini aniqlash” testi,
➖“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,
➖“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
➖ “O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,
➖“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobilyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
➖ “Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,
➖ “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqshla” testi,
➖“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
➖ “O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
➖ “Qiziqishlar xaritasi testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.

🔰 “Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.

✔“Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

❗️Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslaxatlar berib boriladi

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Dars soatlari taqsimoti

«Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandiga ko‘ra o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

👉 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

👉 Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6.0 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

👉 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

👉 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

👉 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

👉 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

👉 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

👉 belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

👉 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

👉 qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

👉 oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

👉 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

👉 oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

👉 oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

☝️Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

📣📣 Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida:

🥇Namangan viloyati, Namangan shahri 7-son maktabi umumiy
180 balldan 174 ball to‘plab 1-o‘rinni;

🥈Toshkent shahri, Yashnoobod tumani 145-son maktabi umumiy
180 balldan 173,2 ball to‘plab 2-o‘rinni;

🥉Buxoro viloyati, Buxoro tumani 1-son maktabi umumiy
180 balldan 173,0 ball to‘plab 3-o‘rinni egalladi.

Til ko‘nikmalari nominatsiyalari g‘oliblari va mutlaq g‘oliblar:

1.  “The best listener”: Esfir Nikonorova (Olmaliq, 5-maktab);
2.  “The best reader”: Samira Najmiddinova (Buxoro tumani, 1-IDUM);
3.  “The best writer”: Shaxriyor Sulaymonov (Buxoro tumani, 1-IDUM)
4.  “The best speaker”: Aminaxon Kurbonova (Samarqand tumani,
10-maktab);
5.  “Best of the best” (Mutlaq g‘olib): Mohinur Raximova (Yashnobod, 145-maktab)
6.   “Best of the best” (Mutlaq g‘olib)    Yasmina Muhiddinova (Buxoro tumani, 1-IDUM)

👉
Jonli efir

✅ @Pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining xabar berishicha 1-4-sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab darsliklari “4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etadi.

Ayni kunlarda poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ilg‘or oʻqituvchilar trener sifatida tayyorlanmoqda.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hududiy trenerlar koʻmagida kaskad shaklida shunday oʻquvlarda boshlangʻich taʼlim boʻyicha maktab metodik birlashma rahbarlari va barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilarga ham yangi darsliklardan foydalanishni oʻrgatish koʻzda tutilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Bayonot

❓Olis va chekka hududlar hamda ta'lim sifati past bo'lgan maktablarga dars berish uchun jalb qilingan oliy va birinchi toifali o'qituvchilarga qanday ustamalar nazarda tutilgan?

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

My.maktab.uz платформаси орқали 2023-2024-ўқув йилида ҳудудлар кесимида қанча ўқувчи қабул қилинди?

©️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Aniq fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Tabiiy fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

АЛАМЗАДА ДИРЕКТОР
(ЁХУД “ЭЛТУЗ”НИНГ ЭЛБУЗАР ХАБАРЛАРИ ҲАҚИДА)
Оммавий ахборот воситаларида чиқарилган ҳар бир хабар ўзининг аниқлиги ва холислиги билан таҳририятнинг обрўсини ошириши мумкин.
Аммо тегса беш, тегмаса ўн беш қабилида ўзига келган мурожаатларни орқа-олдига қарамай босиб чиқаравериш эса турли хил англашилмовчиликларни келтириб чиқариш билан бирга, таҳририятга бўлган ишончни ҳам сўндиради.
“Элтуз” интернет нашри ҳам хабарнинг орқа-ўнгги қизиқтирмайдиган, шов-шувга мойил тармоқлардан бири, десак адашмаймиз.
Унда эълон қилинган “Хоразм ММТБ бошлиғи директорларни ҳоким билан қўрқитмоқда” сарлавҳали хабарга таълим соҳасидан озми-кўпми хабарим бўлганлиги учун муносабат билдириб ўтмоқчиман.
Хабарда исми шарифи номаълум директорнинг хати эълон қилинган бўлиб, унда бошқарма бошлиғи ишга тайинлангач, ёппасига ҳожатхоналарга “ёпишиб” таъмирлатгани, энди эса мактабларнинг янги ўқув йилига тайёрлигини текшириб, “ҳоким келади, ҳоким ўрганади”, дея “қўрқитаётгани” айтиб ўтилган.
Ҳақиқатдан ҳам, кейинги икки-уч йил ичида Хоразмдаги барча мактаблардаги қаровсиз қолган, нураб ётган ҳожатхоналар таъмирланиб замонавий ҳолатга келтирилди. Кўплари янги қурилди. Ажириқ, тикан босиб ётадиган мактаб стадионлари атрофи ўралиб, майдони сунъий чим билан қопланди. Бу стадионлар нафақат мактаб ўқувчилари, балки, маҳалла ёшларининг ҳам вақтини мароқли ўтказадиган, турли хил тадбир ва мусобақалар майдонига айланди.
Шу ўринда савол туғилади:
1.Хўш, қисқа муддатда қилинган бу ишлар қайси маблағ эвазига амалга оширилди?
2.Қанча бошқарма бошлиғи алмашди-ю, нима учун уларнинг даврида бу ишлар қилинмади?
Биринчи саволга жавобни эса Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги “Халқ таълимини бошқариш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонидан топсак бўлади.
Фармоннинг учинчи бандида Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши раисидан тортиб, вилоят, туман ҳокимлари зиммасига мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларини қуриш, реконструкция қилиш, капитал ва жорий таъмирлаш, уларга туташ ҳудудларни ободонлаштириш, инфратузилмани (тротуарлар, йўллар ва бошқалар) зарур ҳолатда сақлаш бўйича буюртмачи функциясини амалга ошириш юклатилган.
Шунингдек, туманлар (шаҳарлар) комплекс ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича сектор раҳбарлари билан биргаликда мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларини ўқув йилига ва куз-қиш мавсумига ўз вақтида ва самарали тайёрлаш тадбирларини амалга ошириш ҳам ҳокимларга топширилган.
Хоразм ММТБ бошлиғи айнан мана шу Фармон шартларидан унумли фойдаланиб, қолаверса, ҳомий ташкилотлар, тадбиркорларни жалб қилиб ишбилармонлик билан иш юритгани шубҳасиз.
Фармондан келиб чиқадиган бўлсак, Бошқарма бошлиғининг “Ҳоким келади, ўрганади”, деган гапи директорлар учун айни муддао, мактаб таъмири ва бошқа камчиликларни ҳокимга етказиб, маблағ ажратишни сўрашнинг айни фурсати эмасми? Нима учун бу гапни тескари талқин қилиш керак?
Иккинчи саволга келсак. Собиқ бошқарма бошлиқлари даврида нима учун мактабларда юқорида айтиб ўтилган ижобий ишлар амалга оширилмаган? Нима учун стадионлар қаровсиз, ҳожатхоналар нураб ётсада айрим директорлар норози бўлиб ҳеч қаёққа хат ёзишмаган.
Адашмасам, у пайтларда мактаб таъмири учун маблағлар тўғридан-тўғри таълим муассасаси раҳбарлари қўлига келиб тушар, буюртмачи вазифасини ҳам ўзлари бажариб, маблағни ўз билганича сарфлашарди. Ажратилган маблағлар эса стадиондан тортиб, нураган ҳожатхонагача етиб бормасди.
Энди эса бу “ваколат” қўлдан кетгач айрим директорларнинг кўзига янги ҳожатхоналар балодай кўриниб, аламзадалик билан “Элтуз”га хат ёзган бўлса ажаб эмас...
(Хоразм таълими кейинги икки уч йил ичида таълим сифати бўйича рейтингда Республикада биринчиликни, ўқитувчилар аттестацияси бўйича юқори натижани қўлдан бермай келаётгани-ю, ўқувчиларининг Халқаро олимпиада мусобақасида 6 нафари 7 дона бронза медаль олгани эса алоҳида мавзу...)

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист. Хоразм.
@pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Infografika_2

❓Bugungi kunga qadar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nechta quyosh panellari o'rnatildi?

✅ Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

❕ Ma'lumotlar 10.08.2023 holatiga ko'ra taqdim etilmoqda.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ЎҚИТУВЧИЛАР ДАРС ТАҚСИМОТИ ҚАНДАЙ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ⁉️

Қуйидаги мезонлардан кимда кўпроқ бўлса, ўша ўқитквчи тўлиқ ставкада дарс олишга ҳақли бўлади.

Шу тартибда тақсимланади дарслар:

Дарслар тақсимотида ўқитувчининг ижтимоий ҳолати инобатга олинмайди. Фақат касбий кўрсаткичларига таянилади.

Вазирлар маҳкамасининг қарорида белгиланган тартибда тақсимланади. 30.06.2020 йилдаги "Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида"ги 3271-сонли низомнинг 15-бандида ўқитувчиларга дарс соатлари қуйидаги кўрсаткичларнинг устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланади дейилган яъни:

👉 халқаро олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;

👉  ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган халқаро олимпиадалар ғолиблари;

👉  чет тили ва STEAM фанларидан мутахассислиги бўйича халқаро сертификатларга эга ўқитувчилар TESOL Level 5, SEFR B2, IELT 6 ва ундан юқори, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги томонидан белгиланадиган бошқа сертификатлар);

👉  ТОП-1000 университетлар рейтингига кирадиган дунёнинг етакчи университетларини битирган ўқитувчилар;

👉 асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;

👉  ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолиблари;

👉  республика босқичидаги кўрик танловларда (йил ўқитувчиси) совринли ўринларга эга бўлган ўқитувчилар;

👉  олий малака тоифасига эга ўқитувчилар;

👉  биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар;

👉  асосий олимпиадаларнинг вилоят ва туман босқичи ғолибларининг ўқитувчилари;

👉  иккинчи малака тоифага эга ўқитувчилар;

👉  педагогик йўналиш бўйича магистр даражасига эга ўқитувчилар;

👉  белгиланган тартибда ўз фанидан ўтказилган назарий ва амалий синовлар натижаси бўйича аъло баҳоларга эга ўқитувчилар;

👉  олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар;

👉  қайта тайёрлаш бўйича дипломга эга ўқитувчилар;

👉  олий таълим муассасаларининг педагогик йўналиш бўйича битирувчи босқич талабалари;

👉  педагогик йўналиш бўйича хорижий давлатларнинг олийгоҳларини битирган, бироқ дипломи тан олинмаган ўқитувчилар;

👉  олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар ўрта махсус, профессионал маълумотга эга ўқитувчилар;

👉  олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар умумтаълим муассасасининг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Vazirga_murojaat
#Bayonot_21

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Maktab va bog‘chalarni kuz-qish mavsumida isitish qay tartibda amalga oshiriladi? Bunda quyosh panellari hamda elektr tejovchi qurilmalardan foydalanish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
 
➡️ 02:36 Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?

➡️ 04:17 Direktorlikka nomzodini qo‘yish uchun kamida 2 yil rahbar bo‘lib ishlash kerak, deyishyapti. Shu talab qanchalik to‘g‘ri? Kasbiy tajriba va erishgan yutuqlar inobatga olinmaydimi?

➡️ 06:30 Bog‘cha qorovullarining oyligi yaqinda ko‘tariladi, deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Bog‘cha qorovullariga ham qo‘shimcha mukofot va sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordamlar beriladimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактабда дарсларни ким тақсимлайди? Директорми ёки методбирлашмами?

Yurist Xizmati

4103-савол:

Maktablarda dars taqsimoti kim tomonidan amalga oshiriladi? Metod birlashmami yoki direktor?

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Саволингизга қуйидагича жавоб берамиз. Бу ҳолатда “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низомга (рўйхат рақами 3271) 15 ва 16-бандлари дарс тақсимотига нисбатан қўлланилади.

Энди қаранг! низом 15-бандига кўра умумтаълим муассасалари томонидан шакллантирилган дарс соатлари сеткаси умумтаълим муассасасининг педагогик кенгаши томонидан тақсимланади.

Умумий ўрта таълим муассасасининг педагогик кенгаши тўғрисидаги намунавий низом (рўйхат рақами 2799) 6-бандига кўра педагогик кенгаш таркиби умумтаълим муассасаси директори, директор ўринбосарлари ва педагог ходимлардан иборат бўлади.

Умумтаълим муассасасининг ҳар бир педагог ходими ишга қабул қилинган пайтдан бошлаб педагогик кенгашнинг аъзоси ҳисобланади.

Шунингдек, ушбу низом 8-бандига асосан умумтаълим муассасаси директори педагогик кенгаш раиси ҳисобланади. Педагогик кенгаш котиби педагог ходимлар орасидан тайинланади.

Ушбу қоида ҳамда тарификация низом (3271) қоидаларига кўра дарс тақсимотида методбирлашма раҳбари қатнашиши керак деган қоида йўқ. Педагогик кенгашда 2799 рўйхат рақамли низом 8-банди билан бошқа ўқитувчилар ва директор қатнашган ҳолда ўтказиш мумкин.

Бироқ дарс тақсимотида юқоридаги низомнинг (3271) 16-бандида кўрсаткичлар кетма-кетлик асосида устунликка эга бўлган ўқитувчиларга дарс соатларининг максимал миқдорлари белгиланиши тавсия этилиши айтилмоқда. Бу кўрсаткичлари юқори ўқитувчига максимал дарс бериш шарт дегани эмас.

Дарс соатлари тақсимотида мактабда шу фан бўйича мавжуд дарс соатларига, шу фандан дарс берувчи ўқитувчилар сонига, уларнинг кўрсаткичларига қараш лозим.

❗️Демак, дарслар умумтаълим муассасасининг педагогик кенгаши томонидан тақсимланади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўқувчини бошқа мактабга ёки синфга ўтказиш тартиби ҳақида маълумот берилди

Ўқувчини бошқа мактабга қайси вақтда ўтказиш мумкин? Янги мактабга қандай ҳужжатлар тақдим этилиши керак? Ўқувчи олдинги мактабидан қандай ҳужжатларини олиб кетиши керак?

👉 https://kun.uz/43817998

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Umumta'lim maktablarida oʻquvchilarni bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab jami 208 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 10-sinfdan boshlab o‘quvchilarga bitta kasb-hunarga o‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.

☝️O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati shakllantirildi.

💠Bunga ko‘ra,
✔️umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy ta’lim” fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunar turidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.

📌Tanlab olingan 208 ta maktabda oʻquvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yoʻnalishlardan biri boʻyicha kasb-hunar oʻrgatiladi:
✔️ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda),
✔️ tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha),
✔️ zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yoʻnalishi boʻyicha)

📌Ma'lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida 17 ming nafardan ortiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinf o‘quvchilariga kasb-hunarga o‘rgatiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunarlar o‘quv dasturlari bilan tanishish👈

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

💬“Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘qituvchilarga nima beradi?

💬Kurslarda boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning qaysi zamonaviy metodikalari o‘rgatilmoqda?

➡️Yuqoridagi kabi savollar bilan trener va ishtirokchi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yuzlandik.

✔️Seminar treningdan tayyorlagan bugungi video lavha shu haqida.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Rasman: Endilikda maktabda oʻqib turib, universitetda ham oʻqish mumkin!

🇺🇿 Oʻzbekistondagi Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Xalqaro universitetda ta'lim olish imkoniyati endilikda maktab oʻquvchilari uchun ham mavjud.

📥 Ayni paytda hujjatlar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinmoqda.

Endilikda 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari Xalqaro Nordik universiteti Foundation dasturini muvaffaqiyatli bitirib, universitetda imtihonsiz o‘qishni 2-kursdan davom ettira oladilar.

🔑 Shuningdek, belgilangan tartibga ko'ra o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalarga bakalavriat bosqichi uchun grantlar ajratiladi.

👩‍💻Qoʻshimcha savollar uchun: @niu_foundation

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Oʻqituvchilarga yuborib qoʻyamiz
(albatta xazil )

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Сўраган_эдингиз

❓Maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari qanday isitiladi? Mazkur muassasalarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish qanday yo'lga qo'yilgan?

✅ Respublikadagi mavjud 10 118 ta maktablarning:

➖3 284 tasi tabiiy gaz yoqilg‘isida;
➖23 tasi suyuq yoqilg‘ida;
➖6 807 tasi ko‘mir yoqilg‘isida;
➖4 tasi elektr energiyasi bilan;

🔹 mavjud 6 386 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:
➖2 300 tasi tabiiy gaz yoqilg‘isida;
➖3 599 tasi ko‘mir yoqilg‘isida;
➖37 tasi elektr energiyasi bilan isitilmoqda.

❗️Ta’lim tashkilotlarida elektr ta’minotini tejash maqsadida bugungi kunga qadar qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 390 ta hamda mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan 1 097 ta maktabga quyosh panellari o‘rnatildi.

⚡️Shuningdek, 2 107 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 511 tasiga quyosh panellari va 100 tasiga quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 57-son qaroriga asosan, joriy yilda 2 229 ta maktabgacha ta’lim va 2 335 ta maktab tashkilotlarining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish belgilangan.

🔴 Ayni vaqtda mazkur rejaga kiritilgan ta’lim tashkilotlari lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazirlik va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda zarur ishlar olib borilmoqda.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#live

Ayni vaqtda Xalqaro press klubда Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda!

🖥 Jonli efirni "O'zbekiston 24", "UzReport" va "Renessans" telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

1-синф ўқувчиларига бериладиган президент совғасида қандай ўзгаришлар бор?

2023/2024 ўқув йилида 1-синфга 732 960 нафар ўқувчи чиқиши режалаштирилган. Одатга кўра, бу йил ҳам болаларга мактаб ўқув-қуролларидан ташкил топган президент совғаси топширилади. Kun.uz совғаларнинг ҳудудларга қандай етказилаётгани бўйича репортаж тайёрлади.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Filologiya yo'nalishidagi fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Ijtimoiy fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Infografika
#Мактабгача_таълим

Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 71,8 foizga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 211 tadan 29 420 taga yetkazildi.

❕Ma'lumotlar 01.07.2023 holatiga ko'ra taqdim etilmoqda.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❓ Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?

Javob: Umumta’lim muassasasi o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta‘lim muassasa xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, umumta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

➖ Ikki va undan ortiq fandan dars beruvchi pedagoglarga direktor jamg‘armasidan har oylik ustama olishda mazkur ishchi guruh xulosasiga tayaniladi.

🔖 Nizomga asosan pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida o‘qituvchi bir nechta fandan dars bergan taqdirda uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida tartibda baholanishi qayd etilgan.

Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Стажёр ўқитувчи неча соат дарс олиши мумкин?

Маълумки, 2023/2024-ўқув йилидан бошлаб ОТМ битирувчилари стажор-ўқитувчи сифатида ишга қабул қилинади. Стажёр ўқитувчи сифатида ишга қабул қилиш бўйича вазирликнинг алоҳида кўрсатмаси ҳам қабул қилинди.

❌ Лекин бу кўрсатмада уларга неча соат дарс ажратилиши ҳақида қоида белгиланмаган

❓Хўш, стажёр ўқитувчи неча соат дарс олишга ҳақли?

💁 Дарс соатлари “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами 3271) қоидалари асосида тақсимланади.

Бунда ўқитувчиларга дарслар уларнинг эришган натижаларининг устувор кетма-кетлиги инобатга олинган ҳолда тарификация асосида бириктирилади. Низомнинг 15-бандида мазкур натижалар кетма-кетлиги қайд этилган.

Вазирлар Маҳкамасининг 572-сон қарори ҳамда вазирлик кўрсатмасига кўра стажор ўқитувчи тоифаси йўқ мутахассис ҳисобланади.

☝️Юқоридаги низом 15-бандида олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар ўрта махсус маълумотли ўқитувчилардан ҳамда қайта тайёрловдан ўтган тоифасиз ўқитувчилардан юқори поғонада қайд этилган!

✅ Шунга кўра стажёр-ўқитувчи улардан олдинроқ ва кўпроқ дарс олишга ҳақли ҳисобланади.

❗️Агар стажор-ўқитувчининг чет тили ва СТЕАМ фанларидан мутахассислиги бўйича халқаро сертификатларга эга ўқитувчилари мавжуд бўлса, у устувор кетма-кетликда олий тоифали ўқитувчидан ҳам юқори поғонада туради.

Шунингдек, низомнинг 16-бандида кўрсаткичлар кетма-кетлик асосида устунликка эга бўлган ўқитувчиларга дарс соатларининг максимал миқдорлари белгиланиши тавсия этилиши айтилмоқда.

Бу кўрсаткичлари юқори ўқитувчига максимал дарс бериш шарт дегани эмас.

❗️Дарс соатлари мактабда шу фан бўйича мавжуд дарс соатларига, шу фандан дарс берувчи ўқитувчилар сонига, уларнинг кўрсаткичларига қараш лозим.

✅ Бунда стажёр ўқитувчи ҳам, ўзининг натижаларга қараб дарс олишга ҳақли бўлади.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Yangi xodimlarni maktablarga ishga qabul qilish bo‘yicha eslatma

2023-2024 o‘quv yilida birinchi marta pedagog sifatida ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilarni “O‘qituvchi-stajor” xizmatchi lavozimi qabul qilish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma.

2023-yil 9-avgust 02-01/3-1188-son

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.

“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.

Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

1-синф ўқувчилари учун «Президент совғаси»ни мактабларга юбориш бошланди

Унинг таркиби 12 турдаги ўқув қуролларидан иборат.

👉 https://kun.uz/47137396

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel