#Survey
✅ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan tizimda faoliyat koʻrsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarga munosabatini o'rganish maqsadida onlayn anonim so'rovnoma o'tkazilmoqda.
So'rovnomada qatnashish 5 daqiqa vaqtingizni oladi.
❗️ Sizning javobingiz biz uchun muhim!
👉 https://forms.gle/z9pAEyamC6YnZR7A8
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari,
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabr etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.
Qadrli ustozlar,
Aziz o’quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Эртага биринчи синфга чиқаётганлар 😁
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Андижонда боғча болаларини урган тарбиячи ишдан бўшатилди
Шунингдек, «ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамага сабаб бўлиб, таълим тизими имижига салбий таъсир ўтказувчи ҳолатни юзага келтиргани учун» боғча раҳбариятига белгиланган тартибда интизомий чора қўлланган.
👉 https://kun.uz/05245559
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Олис ҳудудларда жойлашган умумий ўрта таълим муассасаларида бошқа ҳудудлардан келиб фаолият юритаётган педагог ходимларнинг базавий тариф ставкаларига иш стажидан келиб чиқиб белгиланадиган махсус устамалар МИҚДОРЛАРИ
Олис худудлар рўйхати👇
https://lex.uz/docs/4367859?ONDATE=08.06.2019%2000#4369788
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Бу йил Ўзбекистон мустақиллигининг неча йиллиги нишонланади?
#ШАРМАНДА
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
МАКТАБДА КОРРУПЦИЯ ???
Мактабда коррупция бўлса нима бўлади ?
Билиб қўйинг таълимнинг самараси ўлади.
Сифат кўрсаткичлари минус томон юради,
Ўша мактаб ҳар жойда энг охири туради.
Қай бир мактаб тортилса коррупция домига,
Катта ,катта доғ тушар ўша мактаб номига,
Ундай мактаб ҳар ерда энг орқада туради,
Болалар бошқа мактаб томонларга ,,суради''
Давлатнинг дарс соатин,қай бир раҳбар пулласа,
Ажабланманг у ерда фисқ- у, фасод гулласа.
Мактабда коррупция оҳ, ақлга сиғмайди,
Иймонсизлар ҳушҳол-у ,виждони бор йиғлайди.
Мен ,,блоггер'' эмасман,лекин ҳақни ёзаман,
Ҳақни ёзиб дўстларим семирмайман,озаман.
Бу дунёда кўп аҳир қалами -тиғ моҳирлар,
Лекин қайда қолди у,ҳақни ёзар шоирлар,
Пора олган одамни асло эр деб атаманг,
Ёзганимни тилчилар,майли шеър деб атаманг.
Ғийбатдан нима фойда,ҳақни ёзадиган пайт,
Шу муаммолар ҳақида ёзиб қўйинг икки байт.
Кўнгиллар гўзал мудом,меҳр билан,гул билан,
Инсон қадри ўлчанмас доллар билан,пул билан.
Мактабда коррупция бўлса нима бўлади ?
Ёшларнинг келажаги ҳазон бўлиб,сўлади.
🖋Хуршид Карим
@Xurshid_Karim
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalari tasdiqlandi, unga ko‘ra 18 ta yo‘nalishda tanlov sinflari tashkil etish tavsiya etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 213-sonli (19.07.2023 y.) buyruq imzolandi.
➡️ Tanlov sinfi umumiy o‘rta ta’lim muassasasida mavjud 7-11-sinflar o‘quvchilari kontingenti hisobidan ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi.
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bir nechta yo‘nalishda tanlov sinfi tashkil etilishi mumkin. Bunda, ta’lim muassasasida 7-11-sinflarning biridan bitta sinf mavjud bo‘lgan taqdirda ham tanlov sinfi tashkil etiladi. Bunda, tanlov sinflarini 18 ta yo‘nalishda tashkil etish tavsiya etiladi.
🗂 Buyruq matni va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.
@Pedagoglarga
Maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, maktab taʼlimi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, umumiy o‘rta taʼlim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy Ustavi tasdiqlandi.
Yangi tahrirdagi maktab Ustaviga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
✅ “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi;
✅ maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);
✅ maktab taʼlimida raqamlashtirish (ERP) va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
✅ sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;
✅ o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish;
✅ inklyuziv taʼlim jarayonlari.
Shuningdek, yangi Ustavga maktab maʼmuriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.
Barcha maktab maʼmuriyatlaridan mazkur namuna asosida maktab Ustavlarini yangilab olishlari hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishlari so‘raladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Давлатимиз раҳбари мактаб таълими қамровини янада ошириш юзасидан мутасаддиларга қатор топшириқлар берди.
Иқтисодиёт ва молия вазирлигига келгуси йилда 50 та, 2025 йилда яна камида 100 та мактабни хусусий шериклик асосида қуриш бўйича инвесторлар билан келишувга эришиб, амалий ишларни бошлаш топширилди.
Умуман, 2030 йилгача ҳар йили 100 тадан мактаб қурилишига хусусий шерикларни жалб қилиш вазифаси қўйилди.
Вазирлар Маҳкамаси ва Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига бир ой муддатда мактабларга четдан 1 миллиард доллар жалб қилиш бўйича аниқ ҳисоб-китоблар ва лойиҳа таклифларини тайёрлаб, хорижий ва халқаро молия ташкилотлари билан амалий ишларни бошлаш топширилди.
Вилоят ҳокимларига 1 ноябрга қадар демографик ўсиш, аҳоли жойлашуви ва зичлигини ҳисобга олган ҳолда, келгуси йилда янги мактаблар қуриш учун ер участкаларини аниқлаш, Қурилиш вазирлиги билан биргаликда 1 февралга қадар янги мактабларнинг лойиҳа ҳужжатларини ишлаб чиқиб, тендерларни эълон қилиш бўйича топшириқ берилди.
@Pedagoglarga
Ўқитувчиликка қабул қилиш танлов асосида амалга оширилади
Бунда, илк бор қабул қилинган номзодлар 1 йил ўқитувчи-стажёр бўлиб ишлайди ва йил якуни билан касбий сертификат олиши лозим.
👉 https://kun.uz/94155683
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Юқори синфда ўқитиладиган фанлар 16 тадан 11 тага қисқаради
Олийгоҳга киришга иштиёқи бор бўлган 10-11 синф ўқувчиларига "кимё – биология", "математика – физика", "математика – чет тили", "она тили ва адабиёт – чет тили" фанлари уларнинг танлови асосида чуқурлаштириб ўқитилади.
👉 https://kun.uz/90396826
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Президент мактаб ўқувчиларига йод препаратларини бепул тарқатиш бўйича топшириқ берди
Жорий йилда ҳам мактаб ўқувчиларига йод препаратларини бепул тарқатиш давом эттирилади.
👉 https://kun.uz/93799969
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
«Ёшлигимизда 5 метр нарига чиқиб ўқитувчига салом берардик» — Шавкат Мирзиёев ўқитувчилар обрўсини кўтариш ҳақида
«Ҳозир шунақа борми? Нима ўзгарди? Замон тезлашди, компютер кирди, лекин биз ўзлигимизни, урф-одатимизни тиклашимиз керак-ку», — деди давлат раҳбари мактаб таълими бўйича ўтказилаётган видеоселекторда.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi
«Muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratyapmiz», dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida. Xususan, o‘tgan davrda muallimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 baravar oshgani (o‘rtacha oylik 3 million so‘m) ta’kidlangan.
Natijada, 6 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni – 23 mingga yetgan, 10 mln so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshgan.
Yana 2 mingga yaqin muallimlarga Vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti. Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ota-onalarning ta’limdagi ishtiroki oʻquvchilar muvaffaqiyatining kalitidir
1-qism
Ta’lim tizimini takomillashtirish. Saralar tajribasi – AQSh kesimida.
Batafsil: https://telegra.ph/Ota-onalarning-talimdagi-ishtiroki-o%CA%BBquvchilar-muvaffaqiyatining-kalitidir-09-04
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
BIRINCHI QO‘NGʻIROQ
Maktab - bilim o‘chog‘im,
Qalbimda nur charog‘im,
Jaranglaydi ovozing,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
Bizlar ilmga chanqoq,
Hammamiz do‘stmiz,o‘troq,
Yangrashing kutdik mushtoq,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
Bilimlar kuni bu kun,
Ko‘zlarda sevinch - uchqun,
Hamma shod,hamma ma’mnun,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
Boshimdagi oftobim,
Yo‘l ko‘rsatgan har bobim,
Hazinamsan kitobim,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
Onamdayin mehribon,
Otamdek ulug‘ inson,
Salom sizga ustozjon,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
Biz yoshlarmiz bilimdon,
Orzuyi osmon,osmon,
Chorlaysan ilm tomon,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
Maktab qadrdon maskan,
Yurt uchun fido jon,tan,
Kutmoqda bizni Vatan,
Birinchi qo‘ng‘irog‘im.
🖋Xurshid Karim
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Эртага мактаб...
Янги ўқув йилининг бошланиши. Аслида, ўқитувчилар, ўқувчилар талабалар учун ҳаётдаги янги босқичнинг бошланиши деса ҳам тўғри бўлади. Кимдир яна бир йилга улғайди, кимдир бир йилга кексайди... Бу ҳаётга қандай қарашингизга боғлиқ
Эртадан бошлаб илм масканлари яна ғала-ғовурга тўлади. Ота-оналар ҳам бироз бўлсада дам олади. Устозлар аллақачон фарзандидек бўлиб қолган ўқувчиларини қучоқ очиб,(балки ишонмассиз) бироз соғиниб кутиб оладилар.
Кузнинг салқин тонгларида минг бир ўй билан ишга отланаётган, қалби кийган либосларидек оппоқ ҳамкасбларим. Янги ўқув йили муборак бўлсин. Бугун сизни табриклашга ҳақлиман. Сабаби тан-жонингиз соғ, оилангиз тинч, муҳими уйингизга бироз бўлсада даромад келтирасиз. Илм-урфон тарқатасиз. Келажак бунёдкорига айланасиз.
Майли, сизни ҳеч ким эътироф этмасин, майли мукофотларга илинманг, аммо сидқидилдан ишланг, сизни худо ёрлақасин, ўзи мукофотласин.
Фарзандларингиз камолида шу беминнат хизматингиз акс этсин.
Қаршимизда турган яна бир ўқув йили, омадли, баракали келсин.
Ҳамиша шогирдлар ардоғида бўлинг. Унутманг, сиз миллат болаларини тарбиялаб, илм беряпсиз, биз учун арзимасдек туюлган ҳатти-ҳаракатимиз, айтган сўзларимиз кимнингдир ҳаётини тубдан ўзгартириб юбориши мумкин, ёки кимнингдир кўнглини синдириб қўйиши мумкин.
Буни кичик бир мисол тариқасида айтиб ўтишим мумкин. Яхши кўрган жиянларимдан бирининг устози бетоб бўлиб уч-тўрт кун дарсга келолмай қолибди, ўрнига сабоқ бергани кирган муаллима шу жиянимга "Сен бола жуда кўп гапирар экансан!" дея танбеҳ берибди. "Аслида ҳеч нарса гапирмадим, жим ўтирдим. Ўзимнинг устозим тезроқ кела қолсалар эди" —дейди жиянчам кўзлари маъюс тортиб. Унинг биргина шу гапга бир ҳафта сиқилиб юрганини кўриб, биз аҳамиятсиз деб ҳисоблаган оддий жумлаларимиз ҳам бола руҳиятига қаттиқ таъсир қилишини ўшанда сезгандим.
Имкон қадар кўнгилларни асрайлик...
Аллоҳим барчамизга билим,сабр, куч-қувват, саломатлик, ширин лутф берсин.
Янги ўқув йилингиз муборак бўлсин, азиз ҳамкасблар!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4K nima degani?
Boshlang‘ich sinflarda qo‘llanishi boshlanayotgan yangi tamoyil haqida.
4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:
1.Kritik (tanqidiy) fikrlash.
2.Kreativ fikrlash:
3.Kommunikativlik.
4.Kollaboratsiya.
Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi.
PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti.
2. Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
3. Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.
4. Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Сурхондарёда мактаб директорига шикаст етказган шахс қамоққа олинди
Мактаб директори Умида Турсуновага ҳимоя ордери берилди, унга тан жароҳати етказган шахсга нисбатан қамоққа олиш тартибидаги эҳтиёт чораси қўлланилди.
👉 https://kun.uz/05408180
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”
Mustaqilligimizning 32 yilligi muborak bo‘lsin!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Кун_тарихи
🇺🇿 1991 йил 31 август куни Ўзбекистон Республикасининг Мустақиллиги эълон қилинди.
1991 йилнинг 1 сентябри эса ҳар йили юртимизда - Мустақиллик куни сифатида нишонланиб келинмоқда. Мустақиллигимизнинг 32 йиллиги муборак бўлсин азизлар!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Maktab yoshidagi bolalarning sog'lom ovqatlanish tartibi
✅ Maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlarning sog‘lom o‘sishida to‘g‘ri ovqatlanish katta ahamiyat kasb etadi. Boisi, har bir bola organizmi intensiv rivojlanadi, metabolizmda murakkab o‘zgarishlar ro‘y beradi, markaziy asab tizimiga yuk ortadi.
Shu bilan birga, bolalikda o‘rnatilgan ovqatlanish odatlari bolaga butun hayoti davomida hamroh bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ota-onalar bolalarini to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish uchun asosiy qoidalarni bilib olishi zarur.
⚡️ Statistikaga ko‘ra, kattalarning ko‘pchiligi stressli vaziyatlarda ovqat yeyishini tan oladi. Bolalarga: “Ovqatlaning, hammasi o‘tib ketadi!” — deb aytish kerak emas. Agar bola xafa bo‘lsa yoki xavotirlansa, shirinlik taklif qilmasdan, stress sababini bartaraf etishga yordam berish kerak.
❗️Hurmatli ota-onalar! Bolalarning sog‘lom ovqatlanish tarzini qanday tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassis fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz. Foydali ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1222
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
“Сувни ичволинг, ҳаяжонланманг, биз оддий суҳбат қиляпмиз“, — президент мактаб директори билан суҳбатлашди
Видеоселекторда келгуси йилдан сертификациядан ўтган директорлар ойлигини 50 фоизга, ўринбосарлар иш ҳақини эса 30 фоизга ошириш бўйича топшириқ берилган эди.
“Мен бугун ҳам қўл қўйишим мумкин, лекин коррупциядан қўрқаман. Барибир келамиз шунга, лекин меҳнатимиз билан келайлик“, — деди давлат раҳбари.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Президент Шавкат Мирзиёев йиғилишда ўқувчи ўринларини кўпайтиришга алоҳида тўхталди.
Келгуси йилда Инвестиция дастури доирасида мактаблар қурилишига 3 триллион сўм ажратилади. Бунинг ҳисобига 150 минг янги ўқувчи ўрни яратилади.
Бунда асосий эътиборни 2 коэффициентдан юқори қувватда ишлаётган 595 та мактабни кенгайтиришга қаратиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.
Шунингдек, кам қувватда ишлаётган 61 та коллеж биноси ўрнида мактаблар ташкил қилинади. Бу ҳам қўшимча 42 минг ўқувчи ўрни, дегани.
Хусусий шериклик асосида келгуси йилда 50 та (35 минг ўқувчи ўрни) мактабни барпо этиш ишлари бошланади.
Хусусий секторга қўшимча шароитлар яратиш орқали йилига камида 25 минг ўқувчи ўрни ташкил қилинади. Бунинг учун тадбиркорларга хусусий мактаб ташкил қилиш учун кредитнинг 7 фоиз қисми бюджетдан қоплаб берилади.
Янги мактаб қуриш учун ер майдонлари фақат мактаб қуриш учун мақсадли аукционга чиқарилади.
Умуман, бу ишлар орқали келгуси йилнинг ўзида 250 минг ёки ўтган йилга нисбатан 2 карра кўп ўқувчи ўрни яратилади.
Facebook|Instagram|Twitter
Мактаб директорлари ва ўринбосарларининг ойлиги оширилади
Энди мактаб директорлари ва ўринбосарлари ҳар беш йилда бир марта сертификациядан ўтади. Келгуси йилдан сертификациядан ўтган директорлар ойлиги 50 фоизга, ўринбосарлар иш ҳақи эса 30 фоизга оширилади.
👉 https://kun.uz/05374050
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
500 та мактабда Президент ва ихтисослашган мактаблар ўқув дастури жорий этилади
Келгуси беш йилда ушбу тизим барча мактабларда жорий қилинади.
👉 https://kun.uz/09358354
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ҳокимлар мактабларни таъмирлашга кам маблағ ажратаётгани танқид қилинди
Мактабларни таъмирлашга бу йил маҳаллий бюджетдан 135 миллиард сўм ажратилган. Бироқ, 31 та туман ва шаҳарда ҳокимлар ушбу мақсадлар учун маблағ бермаган.
👉 https://kun.uz/33126971
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Давлатимиз раҳбари соҳада мавжуд муаммоларни таҳлил қилди.
Жумладан, ҳозирда бошланғич синфларда 11 та, юқори синфларда 16 та фан ўтилаётгани билан ўқувчилар аниқ бир йўналишда чуқур билимга эга бўлмай мактабни битираётгани қайд этилди.
Масалан, 107 та тумандан талаба бўлганлар олийгоҳга кириш имтиҳонларида математика бўйича максимал баллнинг ярмини ҳам йиға олмаган. Физика, кимё ва биология бўйича ҳам бирорта туман ва шаҳарда мақтагулик натижа йўқ.
Ўтган йили 220 минг муаллимдан 86 минг нафари ёки 37 фоизининг билим ва кўникмаси “қониқарсиз” баҳоланган. Айниқса, ҳозирда талаб юқори бўлган информатика, физика, инглиз тили, математика ва кимё фани ўқитувчиларининг билими “қониқарсиз” эканлиги аниқланган.
Ёки, 51 минг нафар чет тили ўқитувчиларидан атиги 17 минг нафари (33 фоизи) “C-1” даражасига эга. Ваҳоланки, 2025 йилдан бошлаб чет тилидан фақат “С-1” даражаси бор ўқитувчилар дарс ўтиши мумкин бўлади.
@pedagoglarga
Ўтган даврда муаллимларнинг ойлик иш ҳақи ўртача 2,5 баравар ошди.
Жумладан, чет тили, IT, математика, кимё, биология бўйича миллий ва халқаро сертификати бор ўқитувчиларга устама, чекка ҳудудга бориб ишлаган муаллимларга алоҳида тўлов жорий этилди.
Натижада 6 миллион сўмдан 10 миллион сўмгача маош оладиган ўқитувчилар сони 23 мингга етди, 10 миллион сўмдан юқори ойлик олувчилар 1 мингдан ошди. Яна 2 мингга яқин ўқитувчиларга вазир жамғармасидан қўшимча устамалар тўланяпти.
Мактаблар юкламасини камайтириш мақсадида 700 минг ўқувчи ўрни яратилди. Бу – аввалги йилларга нисбатан 15 баравар кўп.
Жорий йилда Тошкентдаги 81-мактаб ва Ал-Хоразмий ихтисослашган мактаби Халқаро экомактаб дастурининг олий мукофотига сазовор бўлди. Бундай ютуққа Марказий Осиёда илк бор бизнинг мактабларимиз эришди.
Юқори малакали, ўз устида ишлайдиган муаллимларни янги ёндашувлар асосида қўллаб-қувватлаш тизими яратилди.
"Кўп ёшларимиз қизиқиши ва қобилиятига мос касб-ҳунар эгаллашни афзал кўраётгани ҳам давр талаби. Шу боис болаларимизга мактабдаёқ камида иккита чет тили, компьютер ва касб-ҳунарни ўргатсак, қўлида ҳунари бўлса, ҳаётда ўз ўрнига эга бўлади”, - деди Президент.
Facebook|Instagram|Twitter