pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

💥“Эл-юрт умиди” жамғармаси 2023 йилги навбатдаги 2-очиқ стипендия танловида сиз ҳам фаол иштирок этинг!

🔰Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади. Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг Онлайн ҳужжат топшириш платформасида батафсил ёритиб берилган: http://admission.eyuf.uz.
Қўшимча саволларга жавобларни
(71 203 14 41, 71 203 00 47,
71 203 00 48, 71 203 00 53) телефон рақами ёки
Жамғарманинг /channel/EYUF_Admission_2023bot расмий бот канали орқали шунингдек, info@eyuf.uz электрон почта манзили орқали олиш мумкин.

“Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни ўз танловларида кутиб қолади!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Эртадан асосий фан олимпиадасининг II босқичи бошланади

Эртага, 17 октябрь
куни қорақалпоқ тили ва адабиёт, қозоқ тили, тарих ва география фанларидан олимпиаданинг II (туман, шаҳар) босқичи ўтказилади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўқитувчиларига эътибор ҳақида...

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ 15-oktabr — o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

2023-yil 9-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 15-oktabr (to‘lov qilish 16-oktabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 15-oktabr kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

📆 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va 2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Respublika_ijtimoiy_fanlar
#Onlayn_seminar_taqdimotlar

📘 Fan: Tarix
📝 Mavzu: “Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy ta'limiy metodlardan foydalanish va ularning afzalliklari” mavzusida tayyorlagan taqdimot

👩🏻‍🏫 Muallif: Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 12-umumta’lim maktabining Tarix fani o‘qituvchisi Qosimova Nazokat Norqo‘ziyevna

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Chekka va togʻli hududlar uchun “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etildi 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etildi. 

Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta togʻli va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablar. Mazkur maktablarda yuqori sinf oʻquvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qoʻshimcha taʼlim oladi. 

Onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad chekka hududlar va togʻli joylarda taʼlim sifatini oshirish hamda isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar bersa, Respublikaning boshqa togʻli va chekka hududlaridagi taʼlim muassasalarida ham joriy etilishi mumkin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda

Germaniyaning "Nachrichten aus der Chemie" jurnalining oktabr sonida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi haqida maqola chop etildi.

❗️Ma'lumot o‘rnida: mazkur olimpiada 11-17-iyun kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan.

➖ Unda O'zbekiston, Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishdi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Asosiy_olimpiada

📣📣Asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda!

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishni va qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda.

❗️Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil etiladi. Har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etadi.

⚡️Asosiy olimpiadaning II (tuman) bosqichi ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Тошкентда мактаб синфхонасидан чаён топилгани бўйича расмий маълумот берилди

9-синф ўқувчиси ўзи билан қоғоз қутида мактабга жонсиз чаён олиб келган ва мактабдошларига ҳазиллашиш мақсадида чаённи коридорда қолдирган.

👉 https://kun.uz/20325753

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Тошкентда 6-синф ўқувчиси жисмоний тарбия дарси вақтида вафот этди

6 октябр куни жисмоний тарбия дарси вақтида 6-синф ўқувчиси кўкрак қафасига копток тегиши натижасида ҳушини йўқотган. Юнусобод туманидаги 7-сонли клиник шифохонада тез тиббий ёрдам кўрсатилишига қарамай, ўқувчи вафот этган.

👉 https://kun.uz/74577678

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urgani aytilgan videoga munosabat bildirildi

Mazkur holat tuman hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

Batafsil — http://dy.uz/1VQbE

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Bugun 11-sinf o‘quvchilari onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin

Bugun, 6-oktyabr kuni soat 10:00dan 19:00 ga qadar 11-sinf o‘quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalar o‘tkaziladi.

✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.

Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.

Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.

Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-30-sentabr kunlari 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.

✅ Bugun esa professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

✅ Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik tadbirkor o‘z o‘qituvchisiga 2 xonali uy sovg‘a qilgani haqidagi xabarni o‘qib, rosti juda xursand bo‘ldim.

⚡️ Ustozlarni e’zozlash an’anaga aylanayotgani rost bo‘lsin!

O‘z o‘rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Vazirga_murojaat
#Bayonot_22

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➖ 00:09 Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Shu yilning may oyida Aptis for teachers sertifikatini olganman. Maktabimiz rahbari 2023-yil sentabr oyidan boshlab ushbu sertifikat uchun ustama to‘lanmasligini aytmoqda. Shu to‘g‘rimi?

➖ 01:39 Hozirda oliy o‘quv yurtining 4-kurs talabasiman, shuningdek maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Savolim, ushbu fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritsam, ustama to‘lanadimi?

➖ 02:26 Magistr darajasidagi yangi ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilar ham kasbiy sertifikat olgunga qadar stajyor-tadqiqotchi bo‘lib ishlaydimi? Ularning oylik maoshi qanday belgilanadi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Мактаб ўқувчилари учун кузги таътил 4 ноябрдан бошланади

Мактаб ўқувчилари учун I чоракнинг сўнгги куни 3 ноябрга тўғри келиб, 4 ноябрь куни кузги таътилнинг илк куни саналади. Таътил 6 календарь кун, яъни 9 ноябргача давом этади. II чорак эса 10 ноябрдан бошланади.

❗️Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йилдаги 140-сонли қарори билан тасдиқланган Низомга мувофиқ, ўқувчилар учун таътил кунлари қуйидагича белгиланган:

👉кузги таътил
- 4 ноябрдан бошлаб 6 календарь кун;

👉қишқи таътил - 28 декабрдан бошлаб 14 календарь кун;

👉баҳорги таътил - 21 мартдан бошлаб 7 календарь кун;

👉ёзги таътил - охирги босқичли назорат синови ўтказилган кундан (босқичли назорат ўтказилмайдиган синфлар учун ўқув йили тугаган кундан кейинги кундан) бошлаб 1 сентябргача.

1-синф ўқувчилари учун эса февраль ойи давомида қўшимча бир ҳафталик таътил белгиланади.

Маълумот учун:
Таътилнинг охирги куни байрам (ишланмайдиган) кунга тўғри келиб қолган тақдирда, дарс машғулотлари кейинги иш кунидан бошлаб давом эттирилади.

Байрам (ишланмайдиган) кунларига тўғри келиб қолган дарс машғулотларининг мавзулари ўқув дастурларини ихчамлаштирган ҳолда кейинги дарс машғулотларида ўтказилади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактабдан агар иқтисодни қиссак, эртага қамоқхона қурамиз... 👇

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❓490 ming so‘m mukofot pulini direktorning o‘zi ham olishga haqlimi?

Vazirlar Mahkamasining qarori (30.09.2019-yildagi 823-son)ga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

✅ Ushbu qoidaga ko‘ra, direktorning o‘zi ham mazkur moddiy rag‘batlantirishni olishga haqli.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning mavqeini oshirish borasidagi jarayonlarni o‘zida aks ettirgan “O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan tanlov shartlariga ko‘ra, respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 3 tadan, jami 42 ta eng yaxshi videorolik vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmoq sahifasiga joylandi va g‘oliblar eng ko‘p ovoz yig‘ish yo‘li bilan aniqlandi.

Tanlov g‘oliblari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

G‘oliblar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Izoh: quyida tanlovda eng ko‘p ovoz (12 ming) olgan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 81-IDUM 10-sinf o‘quvchisi Sardor Karimov tomonidan tayyorlangan videorolik.

✅ @Pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan joriy etilgan o‘ziga xos ushbu bayramda turli xalqaro tashkilotlar dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning hayot tarzi, ularning qiziqishlari, ta’lim olish sharoitlariga qaratadi. Qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi va tahlil etiladi.

Aytish lozimki, O‘zbekistonda ham qizlarning ta’lim olishi, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish borasida barcha qonunchilik asoslari va munosib sharoitlar yaratilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6,4 mln nafar o‘quvchilarning 3,1 mln nafarini qizlar tashkil etadi.

⚡️Eng e’tiborlisi, vazirlik tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 200 mingga yaqin o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda bilim va kasb-hunar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu o‘quv maskanlarida qizlar kashtachilik, to‘quvchilik, pazandalik kabi yo‘nalishlar qatorida, rabototexnika, IT va boshqa ko‘plab zamonaviy kasb va bilimlarga doir bilimlarini oshirishmoqda.

Bu ta’lim markazlarida qizlarni kasbga o‘qitish, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz o‘quvchi-qizlar!

➖ Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu muhim sana — qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman. O‘zbekona odob-axloq, go‘zallik va nafosat doimo sizlarga hamroh bo‘lsin!
O‘qish va izlanishdan hech qachon to‘xtamang!

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Bilasizmi

✅ Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (980 ming soʻm) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan:

🔘sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

➖15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz;
➖16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz;
➖21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz;
➖26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz;
➖31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz;

🔘 daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz.

🔘 informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Yurist_maslahati

❓Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Yaqinda tug‘ruq ta’tilidan qaytdim. Menga dars taqsimoti ta’tilgacha bo‘lgan davrdagi kabi taqsimlanadimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar boshqarmasi hamda Yuridik bo'limi xodimlari javob berishdi.

✅ Adliya vazirligi tomonidan 30.06.2020-yilda "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qaror ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 15-bandiga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, taqsimot har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari bir qator ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi.

❗️Bunda xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatgich natijalari yuqori bo‘lsa, (toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.

Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

MAKTAB VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM INTЕGRATSIYASI O‘QUVCHINING AQLIY QOBILIYATLARI VA IJODIY QIZIQISHLARINI UYG‘UNLASHTIRISHGA YORDAM BЕRADI

Farzandlarimiz ta’lim va tarbiyasidagi muhim qismlardan biri maktabdan tashqari ta’lim sanaladi. Ba’zan bu bolaning hayotida majburiy maktab o‘quv dasturidan kam bo‘lmagan rolni o‘ynaydi.

To‘garaklarga qatnaydigan bolalar o‘z vazifalarini boshqa tengqurlariga qaraganda samaraliroq bajarishi ham psixologlar tomonidan isbotlangan. Odatda bunday bolalar bo‘sh vaqt nima ekanligini va uni qanday unumli o‘tkazish kerakligini yaxshi tushunadigan intizomli bolalar sanaladi.

To‘garaklarga qatnayotgan o‘quvchilarimiz bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish bilan birga oilalariga daromad ham olib kela boshlashgan.

Shunday o‘quvchilarimizdan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Kompyuter grafikasi va dizayni" to‘garagiga 1 yildan oshiq vaqt davomida qatnayotgan Islom Ajimuratov. U bugun to‘garakda kompyuter grafikasi dasturlaridan foydalangan holda 2D illustratsiyalar, Vektorlik rasmlar yarata oladi. Bundan tashqari, multfilm qahramonlarini chizib uni harakatlantira oladi.

To‘garakka qatnash asnosida Islom o‘zining maqsadini ham belgilab olgan. Uning eng katta orzusi mashhur illustrator va animator bo‘lish.

Quvonarlisi, u to‘garakda egallagan bilimlari ortidan o‘zining ilk 1000 AQSh dollar miqdoridagi daromadini ham topishga ulgurgan.

Maktab va maktabdan tashqari ta’limning integratsiyasi o‘quvchining aqliy qobiliyatlari va ijodiy qiziqishlarini uyg‘unlashtirishga yordam berishini ana shu birgina misol orqali ham ko‘rish mumkin.

Men ota-ona va ustozlarimizdan o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib “Barkamol avlod” to‘garaklariga jalb qilishlariga chaqirib qolaman.

Videoda o‘quvchimiz Islom yaratgan ishlardan ba’zi namunalar keltirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Masjid qurish yaxshi, lekin bugun maktabga juda katta ehtiyojimiz tushyapti” — muftiy Nuriddin Xoliqnazarov

Musulmonlar idorasi raisi maktab, bog‘cha, shifoxona qurishning ham savobi juda katta ekani haqida gapirdi.

Batafsil — http://dy.uz/gkDws

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг 03-03/1-4798-сонли хати

⏳ 2022 йил 16-сентябрь


📄"Умумтаълим муассасаларида "Табиий фан" (Science) фанидан қисқа муддатли малака ошириш курсини тамомлаган ва тегишли сертификатни қўлга киритган ҳолда "Табиий фан" (Science)дан дарс бераётган бошланғич таълим ўқитувчилари, шунингдек, физика, география ва биология фани ўқитувчиларини тегишли равишда бошланғич таълим, физика, география ва биология фанидан амалдаги малака тоифалари бўйича тарификациядан ўтказиш ва мос равишда тўловларни белгилаш тўғрисида"
@T_Nurmetov

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Энди мактаб ва боғча атрофида тезлик махсус мосламалар ёрдамида назорат қилинади

Йўл ҳаракати қоидаларига кўра, мактаб ва мактабгача таълим ташкилотлари олдида транспорт воситалари тезлигини соатига 30 километрдан оширмасдан ҳаракатланишга рухсат этилади.

👉 https://kun.uz/17574475

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Савол: Тарбия фанидан олинган малака тоифаси Тарих ёки ҳуқуқ фанига ўтадими?

❗️Жавоб: Ўтмайди!
Амалдаги тартибга кўра, Низомнинг 18 банди: Педагог кадрлар олий маълумот олганлиги ёки қайта тайёрлаш курсларидан ўтганлиги ҳақидаги дипломда (кейинги ўринларда — диплом) кўрсатилган тайёрлов, таълим йўналиши, мутахассислик ёки ихтисослигига мос келадиган ўқув фанлар бўйича аттестациядан ўтади.

Педагог кадрларнинг дипломида биттадан ортиқ тайёрлов ёки таълим йўналиши, мутахассислик ёки ихтисослик кўрсатилган бўлса, улар дарс бераётган ҳар бир ўқув фани бўйича алоҳида аттестациядан ўтади.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ЯПОННИ ЎЗБЕКЧА СЎЗЛАТГАН БАЙРАМ
Йиллар давомида ўзгалар уйда дам олиб, ўзлари эса пахта даласида нишонлаган устозлар байрами бу йил ўзгача шукуҳ билан нишонланди. Устозларни табрикламаган соҳа вакиллари-ю, таниқли шахслар қолмади.
Санъаткордан тортиб тадбиркоргача яхши тилаклар билдириб, устозларига ҳатто умра сафарига йўлланмалар ҳам олиб беришди. Бу эса таълим соҳасида туб бурилишнинг, устозларга эътиборнинг кескин ўзгаришидан далолатдир.
Энг эътиборлиси эса япониялик шахснинг ижтимоий тармоқлар орқали ўзбек устозларини ўзбек тилида табриклаб, уларга раҳмат айтгани бўлди.
2007- 2012 йиллар давомида япониялик уч нафар педогог Хоразм вилояти Янгибозор туманидаги 9-сон мактаб интернатида ишлаб, ўша пайтдаги мактаб-интернат директори Хамро Салоевнинг уйида яшашган экан.
Бугунги кунда эса ўша япон педогоглари ўзбекча гапириб, улар тайёрлаган хоразмлик ўқувчилар эса жаҳон аренасида тўп сурмоқда.
Дарҳақиқат, соҳани яхши тушунган, ишнинг кўзини билиб, японларни ҳам ўзбекча гапиртира олган директорнинг Хоразм вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармасига бошлиқ қилиб тайинланиши - вилоят таълимида кескин бурилиш ясаб, кейинги икки уч йил ичида таълим сифати бўйича рейтингда Республикада биринчиликни, ўқитувчилар аттестацияси бўйича юқори натижани қўлдан бермай келаётганини ҳам айтиб ўтиш жоиз.
Ҳа, таълим соҳасининг барча бўғинларини мана шундай ўз касбининг дарғаларига топширсак нафақат японлар балки, финлар ҳам, араблар ҳам ўзбекча гапириб раҳмат айтишса, таълимни биздан ўрганишса ажаб эмас...

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Японияда Ўқитувчилар куни йўқ

Бу воқеани айтиб берарканман, бутун қалбим билан бизнинг жамият ҳам бу даражага етишини истайман, ўқитувчига нисбатан муносабат шу даражада бўлишини, ўқитувчи ҳам шунга муносиб бўлишини.

👉 https://kun.uz/91787987


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel