Maktab o‘quvchilariga maxsus telegram bot orqali bepul test yechib, imtihonga tayyorlanish imkoniyati yaratildi
Prezident maktablaridagi 16 ta hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining 6-7-8-9-10-sinflaridagi 3 395 ta bo‘sh o‘rinlarni o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilingan haqida xabar bergan edik.
👫 Bo‘sh o‘rinlar uchun tanlovda o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi va eng yaxshi natija ko‘rsatganlar o‘qishga qabul qilinadi.
O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan namunaviy testlar maxsus telegram botga joylashtirildi.
Hozirgi paytda telegram botga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar sinflar kesimida joylashtirilgan:
➖Matematikadan 6-7-8-sinflar uchun
➖Ingliz tili 6-7-8-sinflar uchun
➖Fizika 7-sinflar uchun
🗂 Tez fursatda boshqa sinflar uchun ham test topshiriqlari botga joylashtiriladi.
✔️ Test ishlash uchun ushbu bot 👉 @piimatestbot
📌 Ushbu bot orqali test topshiriqlarini bajarish bepul.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Савол: Навбатдан ташқари аттестацияга тўлов қилиб, тестга қатнаша олмаса, қандай натижа ва сертификат берилади? (П.М.У. Сирдарё вилояти, Гулистон тумани)
Узрсиз сабабларга кўра иштирок этмаган бўлса, салбий қарор қабул қилинмайди, тўлови қайтариб берилмайди.
Наманганда мактаб директори ўринбосари ўқитувчилар номидан кредит олгани маълум бўлди
«Вазифасига нисбатан совуққонлик билан ёндашган» директор ўринбосари лавозимидан озод қилинган.
👉 https://kun.uz/kr/70219037
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Rasman: maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ONLAYN TEST boshlandi!
🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Ertaga yakshanba, 2-iyun kuni Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!
📆Test vaqti: 2-iyun (09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!
Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!
Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;
👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
✅ @Pedagoglarga
Hurmatli Pedagoglar!
Ommalashtirish.uz platformasida viloyat miqyosida ommalashtirilgan hamda Respublika miqyosiga tavsiya etilgan metodik ishlar natijalari e'lon qilindi.
Baholangan metodik ishlaridan norozi bo'lgan pedagoglar joriy yilning 29-may soat 19-00 dan 31-may 19-00 ga qadar shaxsiy kabinetingiz orqali ariza qoldirishingiz mumkin.
Ushbu arizalar tegishli viloyatlarda tashkil etilgan apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqiladi va javob beriladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
Nizomga ko‘ra (28.04.2014 ro‘yxat raqami 2577) darsliklar yoki OʻMQlardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki OʻMQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:
➖birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning bir baravari miqdorida;
➖2-4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
➖5-9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Hurmatli taʼlim ishtirokchilari, ustozlar va ota-onalar,
🗂 Ayni kunlarda umumiy oʻrta taʼlimda baholash jarayonining joriy holati va mavjud muammolarni oʻrganish hamda davlat taʼlim standartlari talablarini bajarilishiga erishish, bunda taʼlim oluvchilar va taʼlim beruvchilarning hisobdorligini oshirish maqsadida amaliyotchi oʻqituvchilar, soha mutaxassislari va ota-onalar fikri oʻrganilmoqda.
❇️ Endilikda Siz ham umumiy oʻrta taʼlimda baholash talablarini takomillashtirish boʻyicha takliflaringizni taqdim etishingiz mumkin.
📤 Buning uchun soʻrovnomada ishtirok etib, takliflaringizni yuborishingizni soʻraymiz.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/NxieaCJBrmA5GKXT9
📌 Har bir murojaat mutaxassislar va olimlar tomonidan oʻrganib chiqiladi va baholash tizimini takomillashtirishda foydalaniladi.
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
MAKTABDA O‘QUV-PEDAGOGIK HUJJATLARNI YURITISH ELEKTRON SHAKLGA O‘TKAZILDI
Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab hujjatlari to‘liq elektron shaklda yuritiladi.
❗️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi.
Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ТЎҚҚИЗ ОЙЛИК ХАВОТИР
Ўқитувчиларни ҳомиладор аёлларга ўхшатаман. Улар тўққиз ой давомида хавотир, ҳадик, асаббузилиш билан яшаса – ўқитувчилар ҳам тўққиз ой мобайнида мана шуларни ҳар куни бошидан ўтказади. Фарқи – ўқитувчиларники камида йигирма беш - ўттиз баробар кучлироқ бўлади.
Эсон омон қутилганингиз билан, азиз устозлар...
Сизларга чексиз эҳтиром ва таъзим билан
Мирзабек ЖАПАҚОВ, Хоразм.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Дарслик йўқолса, ўқувчи жарима тўлайди – мактабларда дарсликлар қандай ижарага берилади?
Мактабларда ўқув йили тугади, ўқувчилар йил давомида фойдаланган дарсликларини топширишлари керак. Йўқотилган китоблар учун эса жарима тўланади. Дарсликларга оид қоидаларни кўриб чиқамиз.
👉 https://kun.uz/kr/08450964
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
«Давлатимиз эртанги тақдири сизларнинг қўлингизда» - президент мактаб битирувчиларига табрик йўллади
Шавкат Мирзиёев ёшларга янги ҳаёт остонасида туришганини, бу йўлда тинимсиз изланиб, янги марралар сари талпиниш, дадиллик ва қатъий ишонч ҳисси доимо ҳамроҳ бўлиши лозимлигини таъкидлади.
👉 https://kun.uz/kr/02673405
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
🕊 Bugun shunchaki oddiy kun emas !
Bolaligim kóz oldimga keldi.
Qóshiqni eshitib yoshlikni eslaymiz !
❤️
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❗️Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi
Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
✅ Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
❓Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o’quvchi qabul qilinadi?
✅ Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.
❓Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topshirsa bo’ladimi?
✅ Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.
❓Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun o’quvchining baholariga qanday talab qo’yiladi?
✅ Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.
O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.
Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.
Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:
➖ Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.
➖ Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.
➖ Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.
➖ Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Қашқадарёда юк машинаси пиёдалар йўлакчасида уриб юборган ўқувчи ҳалок бўлди
Ўқувчилар сони бир неча нафар бўлган ва улар бахтли тасодиф туфайли омон қолган.
👉 https://kun.uz/kr/92247009
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Milliy reytingda yetakchilik qilib kelgan oliygohlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan oʻrin oldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan eʼlon qilingan dunyodagi eng yaxshi universitetlari TOP-1000 talik reytingiga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (547-oʻrin) hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (781–790-oʻrin) ham kiritildi.
Taʼkidlash joizki, 2017-yildayoq Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi OTMlarga xalqaro reytinglardan oʻrin olishlariga ko‘maklashish vazifasi belgilab berilgan edi.
Shu asosida 2017-yildan boshlab Taʼlim sifati nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taʼlim sifatini obyektiv va shaffof baholab borish, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro tan olingan reytinglarda oʻrin olishlariga koʻmaklashish maqsadida QS, THE, ARWU kabi xalqaro tan olingan reyting agentliklari metodologiyasi asosida milliy oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlab, har yili eʼlon qilib borish yoʻlga qoʻyildi.
Eʼtiborlisi, bugungi kunda xalqaro reytingda munosib oʻrin egallagan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti milliy reytingda ham muntazam ravishda ravishda yuqori oʻrinlarni egallab kelgan: 2017-yil 3-oʻrin, 2018-, 2019-yillarda 2-oʻrin, 2020-, 2021-yillarda esa 1-oʻrin.
Oʻzbekiston milliy universiteti ham inspeksiya tomonidan eʼlon qilingan reytingda milliy reytingda 2017-, 2018-, 2019-yillarda 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2020- va 2021-yillarda 2-oʻrinni band etgan.
Fursati kelganda aytib oʻtish joizki, inspeksiya tomonidan har yili OTMlar reytingi eʼlon qilinganda baholash metodikasi va jarayonning xolisligi boʻyicha turli xil eʼtirozli fikrlar ham uchrab turgan.
Biroq vaqt oʻtib milliy reytingda yetakchilik uchun talashib kelgan oliygohlarimiz Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba TOP-1000 talik roʻyxatdan oʻrin olgani bu farazlarning barchasi asosiz ekanligi koʻrsatib berdi.
Ushbu ikki universitet jamoasini koʻp yillik mehnatlarining amaliy natijasi xalqaro miqyosida tan olingani bilan samimiy tabriklaymiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Joriy yilda abituriyentlarga maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati
Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.
Chet tilidan ijodiy imtihon savollari B1 darajada bo‘ladi. Jami 2 soat 45 daqiqada 4 bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar beriladi:
➖ 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol);
➖ 2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol);
➖ 3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball);
➖ 4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball).
Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi (boshqa OTMlar qabuli 20-iyulgacha). Abituriyent yo‘nalishlarni tanlayotganda faqat ijodiy imtihon olinadiganlarni tanlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Расман: Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2024-йил 14 февралдаги 03-01/14-623-сонли хати билан 2024-2025-ўқув йили учун умумтаълим муассасаларидаги ўқитувчиларнинг базавий таъриф ставкаларига ҳар ойлик устамалар белгилашда инобатга олишга тавсия этилаётган фан олимпиадалари, кўрик танловлар, мусобақалар ва тадбирлар рўйхати эълон қилинди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!
Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…
Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.
Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.
Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
✅ @pedagoglarga
#xushxabar #rasmiy
⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor
Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.
Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.
Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Эртага тоифа тестлари бўлади
Узрли сабабларга кўра малака (тест) синовларида иштирок эта олмаган педагоглар 30-31-май кунлари аттестациядан ўтказилади
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
📣 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.
➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishi maʼlum qilamiz.
✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❗️Давлат ОТМлари Бакалавриатига қабул жараёни 2 босқичда амалга оширилади
“Кўп юклама ва кам маош” - боғчаларда болалар калтакланаётганининг сабаблари ҳақида
Сўнги вақтларда давлат боғчаларида тарбиячиларнинг болаларга зўравонлиги ҳолатларига тез-тез кўзимиз тушадиган бўлиб қолди. Kun.uz бунинг сабабларини ўрганиш мақсадида Мактабгача таълим агентлиги вакили, психолог ва аноним қолишни истаган соҳа ходими билан суҳбатлашди.
📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Кейинги йилдан чет тили биринчи фан сифатида белгиланган таълим йўналишларига сертификат олиш мажбурий бўлади
2025/2026 ўқув йили қабулидан бошлаб фанлар мажмуасида чет тили биринчи фан сифатида белгиланган таълим йўналишларига қабул хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификат асосида амалга оширилади.
Яъни келаси йилдан бошлаб, қайси йўналишда чет тили биринчи фан (3,2 балл) бўлса, ўша йўналишга фақат сертификати борларгина ҳужжат топшира олади.
Эслатиб ўтамиз, яқинда муҳокамалар порталида бакалавриат таълим йўналишлари учун ўқишга киришда тан олиш режалаштирилаётган сертификатлар рўйхати (юқоридаги расмда) эълон қилинган эди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Oʻquvchilaridan qutilgan oʻqituvchi.
Xazil video qilishibdilar
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ommalashtirish bo‘yicha Respublika bosqichiga tavsiya etilgan metodik ishlar uchun qilinadigan taqdimotlarni baholash mezoni
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими ходимларини рағбатлантириш жамғармаси маблағларини шакллантириш манбаъси бўлган, умумтаълим муассасаларнинг директор жамғармасига ажратилган маблағларнинг 5 фоизи туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлими ходимлари, шу жумладан методистлари ҳамда умумтаълим муассасалари директорларини моддий қўллаб-қувватлаш тадбирларига йўналтирилиш мумкинлиги тўғрисида КЎРСАТМА ХАТ.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
СУПЕР АҚЛЛИЛИК БАЛОСИ
Нархларни сунъий кўтаришга таклиф берилиб, даъватлар янграмоқдами? Унинг ортидан нархлар ошиб халқ норозилигига сабаб бўлиши мумкинми?
-Унда Президентимизнинг халқни рози қилиш сиёсатини ошкора соботаж қилаётган бундай нусхаларни ҳам, фақат жарима қилиш, лимит белгилаш, нархни ошириш каби таклиф ва фикрларни кенг тарғиб қилиб, халқ орасида норозилик ва ишончсизлик уйғотаётган телеканал ва ижтимоий тармоқларни ҳам халқ душмани, миллат хоини сифатида баҳолаб, уларга тегишли чора кўриш лозим.
Илло, муаммони ечишда илмий, креатив фикрлаш ўрнига фақат жарима қилиш, лимит белгилаш, нархни кўтаришдан бошқасига ақли етмайдиган бундай “супер ақллилар” эрта индин иқтисодиётимизни чўктириши, норозиликларни кучайтириб миллий хавфсизлигимизга ҳам таҳдид солиши, халқ ва миллатни хароб қилиши шубҳасиз!
Демади, деманглар...
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU