Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.
#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi
Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:
✅Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
✅Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.
✅Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.
✅Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.
Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
✅Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.
✅Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
@hilola_umarova
Қашқадарёда солиқчилар 2-синф ўқувчилари орқали солиқ тўловчиларга эслатма-хат йўллади
Нишон туманида солиқ ходимлари “Биринчи қўнғироқ” кунида бошланғич синф ўқувчиларига мол-мулк ва ер солиқлари ҳақида эслатма-хат тарқатиб, уни ота-оналарига етказишларини сўради. Ходим болаларга солиқни қачон ва қандай тўлаш кераклигини тушунтириб, Конституциядан иқтибос келтирган. Солиқ қўмитаси ҳолатни қоралаб, текширув бошланганини билдирди. Болалар омбудсмани масъулларни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.
👉 https://kun.uz/kr/36696939
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ССВ янги ўқув йили арафасида мактаб ошхоналарида сотиш тақиқланган озиқ-овқатлар рўйхатини келтирди
Гамбургер, чизбургер, ҳот-дог, «кириешки», «хрустяшки», чипс, энергетик ва газланган ичимликлар... Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти бу турдаги маҳсулотларни кундалик таомномадан чиқаришни тавсия қилади. Қолаверса, улар Ўзбекистондаги умумтаълим муассасаларида рухсат этилмайдиган озиқ-овқат ва таомлар рўйхатига киритилган.
👉 https://kun.uz/kr/89522850
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
🇺🇿 Ўзбекистон қонунчилигида 1-сентябрдан кучга кирадиган айрим ўзгариш ва янгиликлар
▪️Пенсия ва нафақалар миқдори оширилади
▪️Айрим мактаб ўқувчилари учун бепул автобуслар қатнови йўлга қўйилади
▪️Суғурта полисларини қоғоз шаклида расмийлаштириш амалиёти бекор қилинади
▪️Пиво маҳсулотларининг чакана савдоси хабардор қилиш тартибида амалга ошириладиган фаолият турига киритилади
▪️Айрим чет тиллари бўйича имтиҳон харажатлари қоплаб берилиши лозим бўлган балл бир поғона пасайтирилади
▪️Йўл объектлари алоҳида рухсатнома олингандан сўнг қурилади ва таъмирланади
▪️Давлат харидларида ногиронлар, хотин-қизлар ва ёшларнинг бандлигини таъминлаган тадбиркорларга устунлик берилади
▪️Ов қилиш фақат овчилик хўжаликлари ҳудудида амалга оширилади
▪️Ов туризмини ташкил қилганлар мол-мулк ва ер солиғини камайтирилган ҳолда тўлайди
▪️Жойлардаги иқтисодиёт ва молия бош бошқармаларида саноатни ривожлантириш йиғма бўлимлари ташкил этилади
▪️Шоли етиштирувчиларга имтиёзли кредитлар ажратилади
#iqtibos
“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Hurmatli ustozlar, aziz yurtdoshlar!
Ona Vatanimiz istiqlolining 33 yilligi – mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin.
Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ozod diyorimizda har bir yil hamma sohada ulkan yutuqlar, tub o‘zgarishlar, xayrli natijalar bilan tarixga muhrlanayotgani bizni behad quvontiradi.
Ijtimoiy davlat deya atalgan Yangi O‘zbekistonimizdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash, har bir yurtdoshimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, mamlakatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqishdan iborat.
Bu o‘zgarishlar albatta ertangi kun egalarining bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq.
Shunday ekan, kelajagimiz bunyodkorlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar tilayman.
Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.
Barcha yutuqlarimizning poydevori, hayotbaxsh manbai sanalgan istiqlolimiz boqiy bo‘lsin!
Yana bir bor bayram muborak, azizlar!
Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari:
4️⃣ maktablarda — 4-sentyabr;
➖ akademik litseylarda — 4-sentyabr;
➖ kasb-hunar maktablarida — 4-sentyabr;
➖ kollej va texnikumlarning ikkinchi va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentyabr.
9️⃣ oliy ta’lim muassasalarida (barcha kurslar uchun) — 9-sentyabr;
❓Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun qabul davom etmoqda, shu sababli yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi hali aniq emas, bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Британия ва АҚШ мактабларида телефонга тақиқ қатъийлашяпти. Нега?
АҚШ ва Буюк Британия мактабларида телефондан фойдаланиш чекланяпти. Тақиқ ўқувчиларга ёқмаяпти, ўқитувчилар эса мамнун, ота-оналар аросатда. Хўш, тартиб нега пайдо бўлди ва у иш берадими?
👉 https://kun.uz/kr/23465104
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida 273-sonli buyruq
Читать полностью…Бошланғич синфларда табиий (Science) фан, Информатика ва ахборот технологиялари ҳамда Тарбия фанларидан кимлар дарс беришлари мумкин ва уларнинг малака тоифалари қандай белгиланади?
Мактабларда "Мустақиллик дарси" ва "Биринчи қўнғироқ" қай тартибда ўтказилади?
Бу ҳақида ҳудудларга Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2024 йил 23 августдаги 04-27-2255-сон кўрсатма хати юборилди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар
❓Савол: Қандай ҳолларда педагогларнинг аттестацияда иштирок этиш тўғрисидаги мурожаатлари рад этилиши мумкин!
2024/2025-o'quv yili uchun kalendar
P.S.: Bayram va qo'shimcha dam olish kunlar hisobiga o'zgarishi mumkin.
©E_baza_uzbekistan kanalidan olindi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
“Синфда ўқувчи кўп, дарслар тарбиявий соат билан ўтиб кетади” — юқори синф ўқувчилари
Мактабни тамомлаш арафасидаги ўқувчи ёшларни ўқитилаётган фанлар ва берилаётган билимлар қониқтиряптими? Kun.uz “Биринчи қўнғироқ” кунида Тошкентдаги 144-сонли мактаб битирувчилари ўртасида кичик сўров ўтказди.
👉 https://kun.uz/kr/77374498
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Мактабларнинг бўш ерларида ДХШ асосида боғча қуришга рухсат берилади
Президент ҳузурида таълим сифатини оширишга қаратилган таклифлар кўриб чиқилди. Қамровни кенгайтириш мақсадида мактабларнинг бўш ерларида давлат-хусусий шериклик асосида боғча қуришга рухсат берилади. Халқаро фан олимпиадалари иштирокчиларини 5-8-синфлардан бошлаб саралаб олиш йўлга қўйилади. Мукофотланадиган олимпиадалар сони 28 тага оширилади.
👉 https://kun.uz/kr/50210947
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!
Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.
Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.
Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.
Aziz o‘quvchilar!
Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Taqvim_mavzu_reja
#2024_2025
📘O‘zbek tili fani
#2_4_sinflar
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўқитувчилар ҳақида 19 йил олдинги гаплар...
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Президент ислоҳотларнинг 5 та устувор йўналишини санаб ўтди
Шавкат Мирзиёвнинг сўзларига кўра, Янги Ўзбекистонни барпо этишда асосий эътибор 5 та устувор йўналишга қаратилмоқда. Булар: сифатли таълим тизимини йўлга қўйиш, бизнесни ривожлантириш, коррупциядан холи, адолатли суд тизимини яратиш, соғлиқни сақлаш соҳасини тубдан яхшилаш ва экологик барқарорликни таъминлаш.
👉 https://kun.uz/kr/93160089
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#bizning_jamoa
Istiqlolning 33 yilligi muborak! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin 🇺🇿♾️
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Maktablar uchun “Mustaqillik dars” ishlanmasi
MMTV ning 2024-yil 23-avgustdagi 04-27-2255-sonli xati asosida
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Pedagoglarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish lozimligi haqida uchta vazirlik birgalikda topshiriq xati chiqardi.
Iqtisodiyot va moliya, Sog‘liqni saqlash hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan ushbu xatda "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonunga binoan, pedagoglar uchun tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish huquqi berilgani, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlari uchun joriy yilda Davlat byudjetidan 71,4 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum qilingan.
Barcha quyi bo‘g‘in rahbarlariga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish chog‘ida pedagoglardan haq olmaslikni qat’iy ta’minlash topshirig‘i berilgan.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Sinf soatlarining yangi rejalari (23.08.2024y. 273-sonli buyruq)
Bizni kuzatib boring, yangiliklarimiz koʻp!👇 https://t.me/joinchat/GkQWZESJTp1lYjgy
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ва Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 2024/2025 ўқув йили учун синф комлектларини шакллантириш бўйича ҚЎШМА ХАТИ.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Янги ўқув йилининг биринчи ўқиш куни ўтиладиган “Мустақиллик дарси” тақдимоти
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Бухорода мактаб ўқитувчилари “Ташаббусли бюджет”га овоз йиғишга мажбурланяпти
Kun.uz'га мурожаат қилган ўқитувчиларга кўра, Ромитан туманидаги мактабларда фаолият юритадиган ўқитувчиларга уйма-уй юриб, мактаб техник базасини яхшилаш учун овоз йиғиш буюрилган. Қонунчиликка биноан, бу меҳнатга мажбурлаш ҳисобланади.
“Ташаббусли бюджет”даги мажбурий овоз йиғиш ҳолатлари ҳақида 1282 ишонч телефони орқали хабар бериш мумкин.
👉 https://kun.uz/kr/71620625
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Maktab formalari shim + ko'ylak — 99.900 so'm!
🤵♂️Maktab yoshidagi farzandlaringiz, jiyan yoki ukangiz bormi?
🧳Sifatli maktab forma va sumkalarini taklif qilamiz, 99.900 so'mdan😊
Bu taklif kattalar uchun ham mavjud🤩
Shim o'lchamlari: 29 - 36
Ko'ylak o'lchamlari: S - 2XL gacha
Vaqtni o'tkizmang, sonlari cheklangan😉
🏪Ish vaqti 24/7🏪
📞Tel.: +99890-393-50-30
🚚 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud
📌41.2831641,69.212172,17z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.2831641!4d69.212172">Manzil
Batafsil👉 Allmaxda...✈️
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.
Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.
Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:
1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,
2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,
3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblariga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.
Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.
Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.
Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!