pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

Малака синовлари ўтказиладиган саналарга ўзгартириш киритилди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги таълим муассасалари педагогларини малака синовларидан ўтказиш саналари белгиланган.

❗️Аттестацияда иштирок этувчи номзод педагоглар томонидан юборилган мурожаатларни хатловдан ўтказиш натижасида айрим фанлардан ўтказиладиган малака синов кунларига ўзгартириш киритилди. Хусусан:

➖ 11-12 ноябрда ўтказилиши белгиланган Немис тили, Француз тили фанлари синов жараёнлари 18 ноябрь кунига;

➖ 13 ноябрда ўтказилишни белгиланган Мусиқа маданияти фани синов жараёнлари 18 ноябрь кунига;

➖ 14 ноябрда ўтказилиши белгиланган Жисмоний тарбия фани синов жараёнлари 18 ноябрь кунига;

➖ 15 ноябрда ўтказилиши белгиланган Қорақалпоқ тили ва адабиёти, Қорақалпоқ тили (Давлат тили) фанлари синов жараёнлари 19 ноябрь кунига кўчирилди.

©️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактаб дарсликлари ижараси учун тўлов тикланиши мумкин

Иқтисодиёт ва молия вазирлигига кўра, «дарсликлар ва машқ дафтарларининг тўлиқ давлат бюджети ҳисобидан чоп этилиши ота-оналар масъулияти пасайиб кетиши ва дарсликларга нисбатан эътиборсиз муносабатда бўлиш ҳолатларини келтириб чиқармоқда».

👉 https://kun.uz/kr/72775454

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bir hafta avval, kanal orqali “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagoglarimiz fikrlari bilan qiziqqan edik. Murojaat botimizga qisqa muddatda mingdan ortiq takliflar keldi, haliyam kelishda davom etmoqda. Ular orasidagi ayrim takliflar e’tiborimizni tortdi:

➖Tanlovni onlayn test shaklida oʻtkazish adolatli boʻladi, xuddi toifa test sinovidagidek. Natijalar ham oʻsha vaqtdayoq chiqsa nomzodlarda ortiqcha savollar qolmaydi. Nazorat ham toifa test sinovidagidek tashkillashtirilsa, menimcha, shaffof va adolati boʻladi.

➖Alohida platforma yaratilishi kerak. Test ham, oldingi natijalar ham platformaga joylanishi kerak. Tanlovni platforma oʻtkazishi kerak. Ochiq darslarni internet va telekanallar orqali onlayn translyatsiya qilish kerak.

➖2016-yil “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashganman. Oʻshanda notanish maktabda dars berib, pedagogik mahoratimizni koʻrsatgan edik. Pandemiyadan keyin esa internetda ovoz toʻplash “moda”ga aylandi. Menimcha, biz musobaqani oʻtkazishning oʻsha “jonli” shaklini qaytarishimiz kerak.

➖Hujjatbozlik kam boʻlishini soʻramoqchiman, masalan testmi testga borib yechib kelish kerak, ish staji necha yil, toifasi nechchi, maktab direktoridan tavsifnoma kabi ortiqcha hujjatlar talab qilmanglar, iltimos.

➖Oʻqituvchilarni har tomonlama baholash uchun terma sinf tuzib ushbu sinfga dars oʻtishlarini aytish hamda eng soʻnggida qaysi oʻqituvchi sifatli bilim berganligini aniqlash uchun oʻquvchilarni suhbat va test qilish kerak.

➖Taʼlim sohasida haqiqatan ham fidoyi ustozlarni tanlab olishda jamoatchilik fikri inobatga olinishi lozim. Korrupsiyani oldini olish uchun mustaqil ekspertlar tarafidan har bir nomzodning yillar davomida xalq taʼlimini rivojlantirishga qoʻshgan hissalari oʻrganib chiqilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Bunda nomzodlar tarafidan maʼlumotlarni yashirish yoki boʻrttirib koʻrsatish holatlari aniqlansa, ularga va maktab maʼmuriyatiga qatʼiy chora koʻrish lozim.

➖Respublika bosqichini televideniye orqali savol-javob tarzida oʻtkazish kerak va har bosqichda boshqa-boshqa hakamlar hayʼati boʻlsin.

➖Oʻqituvchining staji ahamiyatsiz qilib qoʻyish kerak. Chunki shunday yoshlarimiz bor shijoatga toʻla, pedagogik mahorati ham juda zoʻr, hattoki 20-yillik stajga ega pedagoglardan ham yaxshiroq natijalar koʻrsata oladi. Oʻqituvchining unvonlari ham asosiy jihat qilib koʻrsatilmasligi kerak.

➖Men tanlovda faqat oʻqituvchini oʻzini emas, oʻquvchilarini natijalarni ham oʻrganish, natijalar asosida maʼlum bir ball qoʻyishni taklif qilmoqchiman, chunki har bir daraxtni mevasiga qarab baho beriladi, oʻzi qanchalik koʻrkam boʻlmasin, yaxshi meva bermasa, u qadrli boʻlmaydi.

➖Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan ustozlar maʼlum muddat oraligʻida biror platformada roʻyxatdan oʻtishlari, xuddi vazir ustamasidagi kabi (qiyinligi ham shu darajada) 30 ta test mutaxassislik fanidan, 10 ta test pedagogik mahoratdan boʻlib, keyingi bosqichga oʻtish balli belgilanishi kerak.

➖Birinchi bosqich test boʻlsin. Testda 80% dan kam ball olsa ikkinchi bosqichga qoʻyilmasin. Fan olimpiadasini savollarni kabi savollardan tuzilsin. Baholash jarayoniga layk bosish yoki ovoz toʻplash kabi oʻqituvchining oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarni qoʻshmaslik kerak.

➖ “Yil oʻqituvchisi” tanlovida oʻqituvchining erishgan yutuqlariga qaralsa, ixtisoslashgan maktab oʻqituvchilarida imkoniyati koʻproq boʻladi. Chunki ular saralangan oʻquvchilarga bilim berishmoqda. Shuning uchun oʻqituvchilarga oʻz fani va metodlar boʻyicha testlar, topshiriqlar berilsa adolatliroq boʻladi. Oʻz fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar darajasidagi topshiriqlar berilsa nur ustiga aʼlo nur.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

✔️ Dastlabki natijalarga ko‘ra, Qonunchilik palatasidagi 150 ta o‘rin partiyalar orasida quyidagicha taqsimlanadi:

🔵 O‘zLiDeP — 64 ta o‘rin (38 ta bir mandatli okrug, 26 ta yagona okrug);

⚪️ Milliy tiklanish — 29 ta (15+14);

🔴 Adolat SDP — 21 ta (9+12);

🟣 XDP — 20 ta (7+13);

🟢 Ekopartiya — 16 ta (6+10).



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Санэпидқўмита синфхоналарда меъёрдаги ҳарорат қанча бўлиши кераклигини тушунтирди

Санэпидқўмита тавсияга кўра, енгил жисмоний иш учун ҳаво ҳарорати камида 21 даража ва нисбий намлик эса 40-60 фоиз бўлиши лозим.

👉 https://kun.uz/kr/76061775

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Профтаълим муассасалари техникумларга бирлашяпти – тизимда қандай ўзгаришлар бор?

Техникумларга оид президент фармонига кўра, 672 та профтаълим муассасалари негизида 600 та техникум ташкил этилади. Ўқиш муддати ўқувчи ва касбга мослаштирилади. Фармондаги шу ва бошқа ўзгаришларга Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги тушунтириш берди.

👉 https://kun.uz/kr/47620349

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Oʻzbek adabiy tili tarixi

Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.

Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Усмон Шарифхўжаев бошқа ишга ўтди

У 2020 йилдан халқ таълими вазири биринчи ўринбосари, 2023 йилги «админреформа»дан кейин мактабгача ва мактаб таълими вазири биринчи ўринбосари сифатида ишлаб келаётганди.

👉 https://kun.uz/kr/01949127

"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovining respublika bosqichi boshlandi

✅ “21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

Maʼlumki, tanlovning hududiy saralash bosqichlari 16-20-sentabr kunlari oʻtkazildi va bunda ishtirokchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus bot orqali roʻyxatdan oʻtib, video-taqdimotlarini yuborishdi.

⚡️ Bugun poytaxtimizdagi 191-maktabda tanlovning respublika bosqichiga start berildi. Unda hududiy bosqichlarda gʻolib deb topilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maktablarining 2 nafardan ona tili va oʻzbek tili fani oʻqituvchilari ishtirok etadi.

Tanlov gʻoliblari ertaga — 18-oktabr kuni quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun — “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. soʻm pul mukofoti;
2-oʻrin uchun — “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
3-oʻrin uchun — “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

👉 Maʼlumot uchun: 17-18-oktabr kunlari Toshkent shahridagi 191- va 196-maktablarda “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Oʻzbek tili” va “Ona tili” fanlaridan mahorat darslari ham tashkil etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ижтимоий тармоқларда биринчи синф дарсликлари ҳақида хазил ролик тарқалибди 😅

Таниш ҳолатми?

"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Малака тоифа синовлари ўтказиладиган саналар белгиланди


✅Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим муассасалари педагоглари учун жорий йилнинг август-декабрь ойларида ўтказиладиган малака тоифа синовлари вақти белгиланди. Унга кўра:

➖Информатика ва ахборот технологиялари фанидан — 29 октябрь куни (1 кун);

➖Математика, физика фанларидан — 30-31 октябрь кунлари (2 кун);

➖Бошланғич таълим фанидан — 1-2 ва 4 ноябрь кунлари (3 кун);

➖Ўзбек тили (Давлат тили), Она тили ва адабиёт фанларидан — 5-6 ноябрь кунлари (2 кун);

➖ Кимё, Биология, География, Иқтисодий билим асослари, Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик фанларидан — 7-8 ноябрь кунлари (2 кун);

➖ Тарих, Тарбия, Давлат ва ҳуқуқ асослари фанларидан — 9 ноябрь куни (1 кун);

➖Француз тили, Инглиз тили, Корейс тили, Немис тили, Хитой тили, Япон тили фанларидан — 11-12 ноябрь кунлари (2 кун);

➖Рус тили (миллий мактабларда), Рус тили ва адабиёти (рус), Қирғиз тили ва адабиёти, Қозоқ тили ва адабиёти, Тожик тили ва адабиёти, Туркман тили ва адабиёти, Мусиқа маданияти фанларидан — 13 ноябрь куни (1 кун);

➖ Жисмоний тарбия, Тасвирий санъат ва чизмачилик, Технология (сервис хизмати йўналиши — қиз болалар учун), Технология (технология ва дизайн йўналиши — ўғил болалар учун) фанларидан — 14 ноябрь куни (1 кун);

➖ Мактабгача таълим муассасалари тарбиячиси, Мактабгача таълим ташкилоти психологи, Тарбиячи-методист, Ўқитувчи-дефектолог, Ўқитувчи-логопед, Мусиқа ходими (Мусиқа раҳбари), Психолог, Қорақалпоқ тили (Давлат тили), Қорақалпоқ тили ва адабиёти фанларидан — 15 ноябрь куни (1 кун);

Шунингдек, Мусиқа адабиёти ва тарихи, Мусиқа назарияси, Санъат тарихи, Амалий санъат, Этика ва эстетика, Академик хонандалик, Анъанавий ижрочилик (чолғу ижрочилиги, хонандалик), Анъанавий чолғулар ижрочилиги, Архитектура дизайни, Ахборот технологиялари асослари, Бадиий гилам ва гобеленлар уста-рассоми, Бадиий каштачилик уста-рассоми, Бадиий кулолчилик уста-рассоми, Бадиий наққошлик уста-рассоми, Бадиий ёғоч ўймакорлиги уста-рассоми, Бахшичилик санъати, Чарм буюмлари дизайнери, Дамли чолғулар ижрочилиги, Дамли ва зарбли чолғулар (габой, фагот, туба , тромбон), Дастгоҳли рангтасвир рассоми, Драма театри ва кино актёрлиги, Эстрада чолғулари ижрочилиги, Эстрада хонандалиги, Фолклор ижрочилик санъати, Фортепиано ижрочилиги, Графика рассоми, Ҳайкалтарошлик, Интерер дизайни, Кино ва телевидения рассоми, Композиция, Компютер графикаси ва дизайн, Консертмейстер (Жўрнавоз), Лак миниатюраси рассоми, Ландшафтлар ва атроф муҳит дизайнери, Либослар дизайни, Маҳобатли рангтасвир рассоми, Мусиқий театр актёрлиги, Мутахассисликка кириш, Оммавий байрамлар ва театрлаштирилган томошалар режиссори, Қаламтасвир, Рангтасвир, Қўғирчоқ театри актёрлиги, Рангтасвир ва амалий санъат асарларини қайта тиклаш рассоми, Рассом-фотограф, Саноат дизайни, Цирк санъати (жисмоний йўналиш), Тарбиявий ишлар методикаси, Тарихий театр либослари санъати рассоми, Тасвирий санʻат (чизматасвир, рангтасвир, графика, ҳайкалтарошлик), Театр санʻати, Театр саҳна безаги рангтасвир рассоми, Театр санъати бутафори рассоми, Техноген санъати, Торли чолғулар ижрочилиги, Умумий фортепиано, Вокал санʻати, Халқ чолғулари ансамбли, Халқ рақси ижрочиси, Хонандалик, Хор дирижёрлиги, Хореография (Халқ саҳна рақси), Зарбли чолғулар фанларидан — 16 ноябрь куни (1 кун) малака тоифа синовлари ўтказилади.


©️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги


"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

📣 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

❗️Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

👉 Ushbu manzillar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.


"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўқитувчиларнинг пахта теримига жалб этилиши ноқонуний — ММТВ

Пахта нархи билан боғлиқ муаммолар фонида, мактаб ўқитувчиларига терим учун одам топиш вазифаси юклатилаётгани ҳақида гап-сўзлар пайдо бўлди. Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ўқитувчиларни бундай ҳолатларда вазирликнинг ишонч телефонига мурожаат қилишга чақирди. Қишлоқ хўжалиги вазирлиги терим нархи килосига 2500 сўм белгиланганини эълон қилди.

👉 https://kun.uz/kr/47646833



"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

O’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi

Fransiyada bo'lib o'tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdik.


Sammit doirasida turli uchrashuvlar bo‘lib, muhim kelishuvlarga erishyapmiz.

Ulardan biriga to‘xtalsam. Bugun Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdik.

Uchrashuvda janob Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot o’rnida: hozirgi kunda O’zbekistonda fransuz tili 600ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda.


Uchrashuvda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Bizni quvontirgani fransuz tomoni ushbu yo‘nalishlarda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shunday qilib sizlarga yana bir xushxabarni yetkazmoqchiman.

Uchrashuv so’ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitsadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025-yil davomida 200 nafar o’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzoladik.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Самарқандда янги 1 800 ўринли мактаб биноси сифатсиз қурилаётгани аниқланди

Аниқланган қоидабузарликлар юзасидан инспекция томонидан бажаралиши мажбурий бўлган кўрсатмалар берилган, сифатсиз ишлар жойида демонтаж қилдирилган.

👉 https://kun.uz/kr/57394723

"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Олтинкўлда мактаб директори ўқувчиларни калтаклади

Андижон вилояти Олтинкўл туманидаги 38-умумтаълим мактаби директори ўқувчиларни калтаклади. У бир гуруҳ ўқувчилар билан “тарбиявий суҳбат” ўтказиш жараёнида икки боланинг бош қисмига урган. Вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ҳолат ўрганилаётганини билдирди.

👉 https://kun.uz/kr/81850398

Эхтиёт бўламиз...

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Postning davomi👇

➖Tanlovga qatnashuvchi oʻqituvchilar qaysi fan oʻqituvchisi boʻlishidan qatʼiy nazar chet tilini bilish talabi qoʻyilsin, chunki zamonaviy ustoz oʻz tilidan tashqari chet tilini ham bilishi kerak. Eng asosiysi, bu tanlovda oʻqituvchining ishtirok etish, etmasligini maktab direktori yoki yuqorida turgan shaxslar belgilamasligi kerak.

➖Avval test, keyin taqdimot va suhbat eng oxirida esse yozish masalan oʻqituvchi taʼlim sifati va samaradorligi ga qanday hissa qoʻsha oladi, qanday yangiliklar qiladi. Esse esa dunyo tajribasida bor va aniq baholash mezoni.

➖Oʻqituvchiga beriladigan savollar tanlov kuni respublikadan yuborilsa hech kimni savolni oldindan olib tayyorlanishiga imkon qolmasdi va bu ham adolatni taʼminlar edi.

➖Barcha ishtirokchilar bir xil talablar va mezonlar asosida baholanishi kerak. Masalan, oʻqituvchining kasbiy yutuqlari, innovatsion metodlari va oʻquvchilar bilan ishlashdagi samaradorligiga diqqat qaratish mumkin. Mustaqil ekspertlar guruhi tanlov jarayonini kuzatib borishi va noxolisliklarni oldini olish uchun monitoring qilib borishi kerak. Oʻqituvchining jamoatchilikdagi nufuzi, oʻquvchilar va ota-onalar bilan munosabatlari va jamoatchilik hayotidagi faolligiga ham eʼtibor berish zarur.

➖Tanlov shartlari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, hakamlar boshqa tumandan, boshqa viloyatdan boʻlishi shart. Yaʼni Gʻijduvon tumanida bosqichi boʻladigan boʻlsa, oʻqituvchi ochiq dars oʻtadimi yoki biror fanga oid taqdimot tayyorlaydimi, uni Gʻijduvon tumanidagilar emas, boshqa tumandagilar tekshirishsin. Yoki tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi anonim boʻlib turadigan shartlar boʻlsin.

➖Tanlov jarayonida ota-onalar, mutaxassislar va oʻqituvchilar hamda taʼlim sohasi vakillari oʻz fikrlarini bildira oladigan tizim boʻlishi kerak!

➖Oʻqituvchi chet tili yoki matematika, informatika, oʻzbek tili fanlaridan dars bersa u yil davomida nechta oʻquvchini milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qilsa aynan shu koʻrsatkichi hisobiga tanlov gʻolibi deb topilsa, bu ham maktabga ijobiy natija ham oʻquvchilar orasidan bilimli va sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar sonini ortishiga hissa qoʻshgan boʻlar edi.

P/S: Aytganimdek, biz uchun har bir fikr, taklif qadrli. Botga kelgan barcha taklifni shaxsan o‘zim va jamoamiz o‘qib boryapmiz 😊

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўзбекистонда мактабларда кузги таътил 4 ноябрдан бошланади

Мактаб ўқувчилари учун чоракнинг сўнгги куни 2 ноябрга тўғри келиб, 4 ноябр кузги таътилнинг илк куни ҳисобланади.

👉 https://kun.uz/kr/36085780

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Қирғизистон ўқитувчиларининг ўртача ойлиги салкам 4 млн сўмни ташкил этади

Мамлакатнинг таълим ва фан вазири Догдуркул Кендирбоеванинг маълумотига кўра, қирғиз ўқитувчиларининг ўртача ойлик иш ҳақи 3 млн 952 минг сўмдан юқорини ташкил этмоқда. Иқтисодчи Отабек Бакиров бу сумма Ўзбекистон ўқитувчиларининг ўртача ойлигидан баланд эканига эътибор қаратган.

👉 https://kun.uz/kr/06921196

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Odamlarning gap-soʻzlari:
— Seryozna, konechno, da, atak, vopshe, fkusi yoʻq, uje, prosta, normalniy...

Bunday gap-soʻzlarga chidolmagan kishining hayqirigʻi:
— Tak, stop!

Oʻz tili chin himoyachisining chaqirigʻi:
— Toʻxtating! Bas, yetar!

Boshqa til soʻzlarini aralashtirib gapirish zamonaviylik belgisi emas. Oʻzbekcha soʻzlar bilan fikrini toʻliq, tushunarli ifoda etish ona tiliga boʻlgan hurmat belgisi.

Tilimizga hurmatsizlik qilmaylik!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

21-oktabr - O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir.Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she'ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun'iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma'lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da'vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan. Talabalarning «O’zbek tili bayrami» deb nomlangan bu tadbiri ko’proq miting-namoyishga o’xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so’zlab, she'rlar o’qib, ularni asrashga da'vat qilishdi. Yig’ilganlar «Til — xalq boyligi», «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!», «Tilga hurmat — elga hurmat» kabi rang-barang shiorlarni ko’tarib olishgan edi. «Til bayrami»- da xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug’lovchi qo’shiqlar kuylashdi. Yoshlarga alohida zavq-shavq baxsh etuvchi kichik kulguli sahna asarlari ijro etildi». 21 oktyabrni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996 yil 10 sentyabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e'tiboran har yili «O’zbek tili kuni»ni o’tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktyabr barcha o’quv yurtlarida har yili — o’zbek tili kuni sifatida nishonlanishi ta'kidlandi. Shular asosida 21 oktyabr — milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanadi.Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o’tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e'tibor — elga e'tibor», «Til — millat ko’zgusi» shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida til bayramini o’tkazish bo’yicha yaxshi tajriba to’plangan. Til bayramining mazmunli va qiziqarli o’tishi har bir o’quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o’z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog’liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“6 мингга яқин ўқитувчилар 10 миллион сўм маош олмоқда” – вазир Ҳилола Умарова

Шавкат Мирзиёев президентликка келгач, ўқитувчининг маошини минг долларга етказиш ҳақида кўп гапирган. Мактабгача ва мактаб таълими вазирига кўра айни пайтда 6 мингга яқин ўқитувчилар 10 миллион сўм маош олишмоқда. Талабларимиз бир хил, дея қўшимча қилади Умарова.

👉 https://kun.uz/kr/24592165

"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Xalqaro_forum
#live

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Markaziy Osiyo Universitetlari forumidagi nutqidan:

"O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu bizga ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada tezkor va samarali ravishda amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

2016-yilda O‘zbekistonda atigi 77 ta oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam 210 tadan oshdi. Talabalar soni 5 barobarga ortib, ayni vaqtda 1 million 300 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Bugungi nufuzli forumga mezbonlik qilayotgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti ham ana shu islohotlar samarasi sifatida yuzaga kelgan.

Ushbu ta’lim dargohini rivojlantirishda biz dunyoning yetakchi ta’lim maskanlari – AQSHning Massachusets texnologiya instituti, Germaniyaning Myunxen texnika universiteti va Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz."



"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#infografika

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil sentabr oyidagi faoliyati

"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги педагогларни аттестациядан ўтказиш 2024 йил 29 октябрь куни бошланади.

Малака синовлари аввал эълон қилинган манзилларда реал вақт режимида барча ўқув фанлари бўйича тест (шу жумладан, жисмоний тарбия, чет тили фанларидан ҳам) шаклида ўтказилади.


"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Бугун 10 октябрь Аттестация учун тўловларни амалга оширишнинг охириги куни


📣 Аттестацияда иштирок этиш учун мурожаат юборган педагоглар диққатига!

✅Аттестация жараёнлари учун тўловларни 2024 йилнинг 10 октябрига қадар амалга оширишингиз мумкин.

Хабарингиз бор, 2024 йилнинг иккинчи ярмида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестацияси учун мурожаат юбориш муддати 1 августдан 1 октябрга қадар давом этди.

➡️ Навбатдан ташқари (ўз ихтиёри билан) аттестацияда иштирок этиш учун ариза юборган педагоглар томонидан тўлов қилишга улгурмай қолиш ҳолатлари бўлган ва бу бўйича Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига мурожаат қилишган.

❗️Ўқитувчиларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ҳамда уларга қулайлик яратиш мақсадида педагоглар аттестациясида иштирок этиш учун тўловни амалга ошириш муддати жорий йилнинг 10 октябрига қадар узайтирилганлигини маълум қиламиз.

©️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги


"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Дунёда ўқитувчи бўлишнинг қиймати

▪️Италияда
Учта касб эгалари тирбанд йўлда қолмаслиги керак:
Тез ёрдам, ўт ўчирувчилар ҳамда ўқитувчилар.

▪️Францияда
Бойлар ўз яшаш жойлари билан мақтаниш учун ўқитувчилар билан бир ҳудудда яшашга интиладилар.

▪️Швецияда
Биринчи фарзандим шифокор, аммо иккинчи фарзандим ундан яхшироқ касб эгаллашни истайди, яъни ўқитувчи бўлмоқчи.

▪️Германияда
Меркел норозилик билдираётган шифокорларга мурожаат қилди:
- Сизнинг маошингиз сизни ўқитган ўқитувчиларнинг иш ҳақидан юқори бўлишини кутмаслигингиз керак.

▪️Aнглияда
Бу бола даҳо, у ўқитувчидек фикрлайди...

▪️Японияда
Соясини топтамаслик учун ўқитувчидан етти қадам ортда юр!


"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Наманганда ўқувчилар ижарага олинган Gentraʼда ЙТҲга учради. Машинани бошқарган ўсмир вафот этган

Йўлнинг қарама-қарши томонига чиқиб кетиб, катта тезликда юк машинасига урилган Gentraʼда 5 ўқувчи бўлган. Уларнинг 1 нафари – машинани бошқарган ўсмир вафот этган, қолганлари шифохонанинг жонлантириш бўлимига ётқизилган.

👉 https://kun.uz/kr/09155070


"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Хитойда 1000 марта ўтириб-туришга мажбурланган ўқувчи бутун умрга ногирон бўлиб қолиши мумкин

Бола машқни 200 марта бажарганидан кейин оёқлари ўзига бўйсунмаётганини ҳис қилган, ўқитувчи эса келиб унинг оёғига тепган.

👉 https://kun.uz/kr/88385529

"Oʻqituvchilar uchun" kanali👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel