pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida maktab va maktabgacha ta'limga oid qanday vazifalar belgilandi?

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ta’lim tizimi faoliyatiga doir qator yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan:

2023-yil 1-sentabrdan boshlab
— har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil:
👉 https://uzedu.uz/uz/news/922

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Yaponiya 3 ta ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 140 ming AQSH dollari miqdorida grant mablag'i ajratdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Xatori Takashi ishtirokida “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik ijtimoiy loyihalarga ko‘mak berish grantlari” dasturi doirasida qator shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aytish lozimki, joriy yilda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 1 ta umumta’lim maktabi va Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti Yaponiya hukumatining maqsadli grantini qo‘lga kiritdi. Qariyb 140 ming AQSH dollari miqdoridagi ushbu mablag‘lar ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

Loyihaga ko‘ra, Urganch shahridagi 31-sonli maktab uchun o‘quvchi va o‘qituvchilarning salomatligi va gigiyenasini yaxshilashga qaratilgan chiqindi suvlarni yapon texnologiyasidan foydalangan holda toza suvga tozalash moslamasi o‘rnatiladi.

Shuningdek, loyiha doirasida Termiz shahridagi 19- hamda 28-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining sifatli ta’lim olishlari uchun muassasalardagi mavjud eski mebel jihozlarini yangilash ishlari olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1995-yildan buyon Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik ijtimoiy loyihalarga ko‘mak berish grantlari” dasturi amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur dastur doirasida respublikamizda nodavlat notijorat tashkilotlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 29,8 million AQSH dollarini tashkil etuvchi 419 ta loyiha amalga oshirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ustama olish uchun milliy sertifikatda eng kamida 80% natija qayd etish lozim!

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida sertifikat olish uchun maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plash lozim. Lekin ustama olish uchun minimal talab tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. 2022-yil 11-mayda qabul qilingan Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga 20% (xalqaro tan olingan sertifikatlarga 50%) miqdorida ustama berilishi belgilangan.

Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili sertifikalar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini va har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlaydi hamda o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 2022-yilda ustama olish uchun sertifikatning eng kam darajasi milliy sertifikat uchun 80% etib belgilangan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Қорақалпоғистонда ўқувчиларга сифатсиз озиқ-овқат маҳсулотлари берилаётгани аниқланди

Кегейли туманидаги айрим мактабларда олиб борилган ўрганиш давомида ўқувчиларга чириган олма берилаётгани маълум бўлган.

👉 https://kun.uz/94629161

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Mehrli maktab” hududlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglarni ishga taklif qiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi
ning mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglar ishga taklif qilinadi.

Bunda viloyatlardagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining gematologiya va onkologiya bo‘limlarida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish uchun quyidagi mutaxassislik yo‘nalishlari talab etiladi:

✅ Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish uchun pedagog xodim (ona tili va adabiyot, matematika hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari);
✅ Psixolog;
✅ Tarbiyachi;
✅ Tarbiyachi yordamchisi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

✅Pedagog xodim lavozimiga:
oliy (pedagogik) ma’lumotli, dars berayotgan fani bo‘yicha kamida birinchi toifali, 5 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan pedagoglar;

✅psixolog lavozimiga:
oliy ma’lumotli, bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega, kamida 5 yil psixolog faoliyati bilan shug‘ullangan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan mutaxassislar;

✅tarbiyachi lavozimiga:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;

✅tarbiyachi yordamchisi lavozimiga:
o‘rta ma’lumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega, kamida 3 yillik stajga ega xodimlar.

📌Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mehrli.maktab@xtv.uz elektron pochta manziliga 2023-yilning 20-martiga qadar (shu kun ham) quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim:

➡️ma’lumotnoma-obyektivka;
➡️pasport (ID-karta);
➡️oliy o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom nusxalari.

Yuqoridagi malaka talablariga mos kelgan nomzodlar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

⚠️Ma’lumot uchun: belgilangan qonunchilik talablariga ko‘ra, “Mehrli maktab” pedagog xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 100 foizlik ustama beriladi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ushbu notoʻgʻri talqin qilinayotgan xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi.

Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Soʻng tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.

Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.

2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

RASMIY MUNOSABAT

EKSTERNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLAR MAKTABDA TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARGA TADBIQ ETILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin”
degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo'lmagan yolg'on xabarligini ma'lum qiladi.

Bu xabarlar maktabni o'z vaqtida tugata olmagan, ya'ni maktab yoshidan o'tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtixon topshirish uchun arizalar berish bilan bog'liq xabarning noto'g'ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda,

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo'q va ularga tadbiq etilmaydi!

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Сергелидаги спорт мактаблари бузилмайди – вазирлик

Kun.uz таҳририятига Сергели туманидаги собиқ 2-сонли болалар ва ўсмирлар спорт мактаби ёпилиб, биноси бузилиши ҳақида мурожаат келиб тушди. Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги хавотирга ўрин йўқлигини маълум қилмоқда.

👉 https://kun.uz/93799814


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktabda zilzila vaqtida qanday harakatlanish haqida tushuncha beriladimi?

Umumtaʼlim maktablari uchun tayyorlangan darsliklarda zilzila vaqtida qanday harakatlanish haqida atroficha tushuncha berilgan. Qolaversa, darsliklardan tabiiy ofat vaqtida zarur boʻladigan muhim hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan maxsus amaliy topshiriqlar ham oʻrin olganini ko'rish mumkin.

Batafsil: https://telegra.ph/Maktabda-zilzila-vaqtida-qanday-harakatlanish-haqida-tushuncha-beriladimi-02-24


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Навоийда ҳоким мактабларга текшириш юборди. Бу ҳукумат қарорига зид

Навоий шаҳри ҳокими Муратхан Эгамқулов ҳудуддаги мактаблар фаолиятини ўрганиш учун ҳокимлик ходимларидан иборат ишчи гуруҳ тузди. Мазкур ишчи гуруҳ аъзолари мактабларга бориб, директорлар ва ўқитувчиларга босим ўтказаётгани айтилмоқда. Ҳокимнинг бу ҳаракати ҳукумат қарори, балки давлат раҳбари олиб бораётган сиёсатга зид.

👉 https://kun.uz/92193098

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Pul evaziga chiqarilayotgan maqolalar va tabdirlarda g‘oliblik oʻqituvchiga ustama uchun imtiyoz beradimi?

degan savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova quyidagicha javob berdi:

“Ilgari oʻqituvchi ustama olish uchun, albatta, biror jurnal yoki gazetada maqolasi chiqqan boʻlishi kerak edi.

Chunki Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori boʻyicha pedagogdan baholanayotgan oʻquv yilida ommaviy axborot vositalari, taʼlimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallar va turli anjumanlarda maqola, tezis, konsepsiya hamda istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid ishlari boʻlishi talab etilardi. Endilikda qarorga oʻzgartirish kiritilgan va bu talab bekor boʻlgan.

Oʻqituvchilarga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish esa belgilangan tartiblarga koʻra amalga oshiriladi. Nodavlat tashkilotlarning turli tadbirlarida qatnashish xarajatlarini davlat mablagʻlari hisobidan qoplash holati qonunga zid hisoblanadi”.

✅ @Pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

"Бугун раҳбар бўлиш оғир, шу билан бирга, шарафли масъулият. Демократик жамиятда давлат бошқарувида халқ раҳбарларни, раҳбарлар халқни қўллаб - қувватламас экан, асл мақсад, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги, эртанги кунга ишонч билан яшашга эришиш муаммолигича қолаверади"

Шукритдин Пахрутдинов
сиёсий фанлар доктори, профессор

"Янги Ўзбекистон
" газетасининг 2023 йил 22 февраль сонида А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти профессори, сиёсий фанлар доктори Шукритдин Пахрутдиновнинг "Янги Ўзбекистонда демократик жамият ва раҳбар масъулияти" номли мақоласи билан танишинг.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov UNESCO'ning tabiiy fanlar yo‘nalishidagi mukofotini qo‘lga kiritdi

Tashkilotning rasmiy saytida xabar berilishicha, hakamlar hay'ati nomzodlarning inson hayoti sifatini yaxshilashga qo'shgan hissasini baholab, 4 nafar g‘olibni tanlab olgan.

Har bir laureat 87 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Ibrohim Abdurahmonov esa g‘o‘zaning kasalliklarga chidamliligini aniqlashda ishlatiladigan molekulyar markerlarni ishlab chiqqani uchun mukofotga loyiq ko‘rilgan.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 24-fevral kuni e’lon qilinadi

✅ 2023-yil 29-yanvar kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi.

📝 Mazkur test sinovida 5 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etgan bo‘lib, hozirda ularning yozma ishlari tekshirilmoqda.

⏳ Yozma ishlarni tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, hozirda mazkur jarayonni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilinmoqda.

📋 Vazirlar Mahkamasining 646-son qarorida test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.

📆 Shu sababli yozma ishlarni tekshirish jarayonini 24-fevralga qadar yakunlash va 24-fevral kuni test natijalarini e’lon qilish rejalashtirilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi.

Unga koʻra 2023-yil 1-apreldan boshlab:

professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

POWER POINT DASTURIDA ANIMATSION SLAYD QANDAY YARATILADI?

Darslarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida oʻqituvchilarga foydali boʻladi degan maqsadda Respublika taʼlim markazi tomonidan ushbu videorolik oʻzbek tilida tayyorlandi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda

✅ Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun "Sun’iy intellekt asoslari va internet buyumlari" - Internet of things -IoT bepul o‘quv kurslariga start berildi.

Mashg‘ulotlar Toshkentdagi AMITY universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 24 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

❗️Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad pedagog kadrlardagi sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari haqida nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Shuningdek, ishtirokchilardagi trenerlik qobiliyatlarini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkentdagi AMITY universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📍O'quv kursi offlayn tarzda tashkil etilgan. Istiqbolda mazkur treninglar hududlarda onlayn shaklda yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Yurist_maslahati

❓Ota-ona farzandini maktabga yuborishni istamasa, qanday chora ko‘rish mumkin?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47- modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining malaka oshirish tartibi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-iyuldagi "Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi 355-sonli qaroriga ko'ra:

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart. Malaka oshirish shakllarining umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilangan.

Toshkent shahrida joylashgan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining respublika bo'yicha Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari mavjud.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

БИЗ ҚАЁҚҚА КЕТАЯПМИЗ ЁХУД КУЧ -ЭЧКИДАМИ?

Кўчага “Аслам сила”, дея бақириб чиққан болаларни бир- иккита таниқли сиёсатчилар қўллаб-қувватлаб: “Улар ўзлари учун қадрли бўлган шахснинг озодлиги учун, эзгулик учун намойиш қилишди”, дея фикр билдиришди. Уларнинг фикрини ўқиб болаларнинг яқин ўртоғи, устози ёки спорт мураббийини ноҳақ олиб кетишган бўлса керак, деб ўйладим. Аммо... ўша “дўст”, “мураббий”нинг кимлиги билан қизиқиб, унинг оддий тик-токер эканлиги, оғзига келган алмойи жалмойи гапларни қайтармай ора-орада сизга ўрта бармоғини кўрсатиб турувчи, икки сонияда бир узун сочларини ноз билан силаб, лабларини чуччайтириб қўювчи йигитни кўриб – кўчага чиққан болалардан ҳам, уларнинг ҳаракатини қувватлаган ўша сиёсатчидан ҳам ҳафсалам пир бўлди.

Яна беихтиёр, ўзларини кушхонага бошлаб бораётган эчки ортидан “Эчки сила”, дея маъраб кетаётган қўйлар подаси ва ўша қўйларни “қуррайй”, дея олқишлаётган кушхона қассоби эсимга тушди.

Болаларнинг бу ҳаракатларини ҳимоя қилиб чиқаётганлар: “..илтимос шу авлодни ҳам мажруҳ қилмайлик...Ахир фақат эркин ва мағрур инсонларгина ҳур ва чинакам Мустақил давлат қура олишади”, дея давлат мулозимларига мурожаат ҳам қилишди.

Хўш, эркак бўлатуриб соч силашдан тортиб лаб чуччайтиришгача, ўрта бармоқни қандай оғизга солишгача ёш болаларга кўрсатиш -уларнинг онгини мажруҳ қилмас экану, ўша тик токер фаолиятига ички ишлар ходимлари томонидан ҳуқуқий баҳо берилса болалар онги мажруҳ бўлиб қоларканми?

Устозлари, мураббийлари ортидан кутубхона, спорт залларига эмас, ўзларига ўрта бармоғини кўрсатиб, лабини чуччайтирган олифта ортидан югурадиганларни эркин ва мағрур дея оламизми?

Ўзларининг онгини, эркинлигини, ғурурини, ҳурлигини мана шу тик токернинг изнига топшириб, улар айтган жойга, айтган вақтида мактабни ҳам, ўқишни ҳам ташлаб чопаётган бу болалар қандай мустақил давлат қуриши мумкин?

Қани айтингчи, ёш-ёш қизлар билан бирга кап-катта аёлларимиз ҳам юртимизга келган турк эркак актёрларининг орқасидан чопиб, ўзларини уларнинг оёқлари остига ташласа-ю, зиёли сиёсатдонларимиз “Келинг, қизларимизнинг орзу ҳавасларини ўлдирмайлик”, дея бу шармандагарчиликни оқлаб чиқса – бу нима деган гап?

Ёш-ёш болаларимиз ўзларининг онгини заҳарлаётган тик токер ортидан манқуртлар каби чопса-ю, таниқли сиёсатчиларимиз болалар онгини мажруҳ қилманг, дея ички ишлар ходимларини айблаб чиқса, буни қандай тушуниш мумкин?

Аксинча, мана шу таниқли зиёлиларимиз, сиёсатдонларимиз аёл қизларимизнинг ор номусини ҳар қандай касдан ҳимоя қилишса, болаларимизни ҳар қандай ғоя ва ҳаракатлардан сақлашга уринишса тўғрироқ бўлмасмиди?

Сал кенгроқ фикрлайлик! Аслида, болаларимиз онгини заҳарлаётган тик токерлар фаолиятига ҳуқуқий баҳо беришга интилаётган, халқ осойишталигини таъминлаш билан бирга, миллат тақдирини ҳам, сизу бизнинг фарзандларимиз келажагини ҳам қайғуриб фаолият кўрсатаётган ички ишлар ходимларига раҳмат айтишимиз керак эмасмиди?

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист. Хоразм.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Barcha bolalar o'sha zahoti uylariga tarqalgan

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta voyaga yetmaganlar “Aslam sila”, deb ketayotganligi aks etgan videodagi holat yuzasidan IIV mas'ullari bolalar o'sha zahoti uylariga tarqatilganligini ma'lum qildi.

Toshkent shahar IIBBning holat yuzasidan Rasmiy maʼlumoti:

Joriy yilning 24-fevral kuni taxminan soat 15.30 larda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining blogini yurituvchi yutuber, 2004-yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyatida yashovchi Aslambek Baxromov Chilonzor tumanidagi “Magic City” ko‘ngilochar maskani yaqinidagi avtoturargoh oldida fan klub aʼzolarini chaqirib, ular bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi bo‘lgan va ularga sovg‘alar tarqatishligini bildirgan. Uchrashuvga taxminan 130-140 nafarga yaqin voyaga yetmagan bolalar yig‘ilgan va jamoat tartibini buzib shovqin-suron ko‘targan. Shu hududda xizmat olib boruvchi Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari tartibsizlikni oldini olish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida A.Baxromovni ichki ishlar bo‘limiga olib ketgan. Xodimlar A.Baxromovni olib ketayotgan vaqtida bir nechta voyaga yetmaganlar uning ketidan avtomashinagacha kuzatib borishgan. So‘ng uchrashuvga yig‘ilganlarning barchasi tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan A.Baxromovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (“Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tuman sudiga taqdim etiladi.

Hurmatli fuqarolar! Har qanday ommaviy tadbirlarni o‘tkazayotganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz!


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

"Bunday tadqiqotlar ta'lim tizimini yanada rivojlantiradi.."

⚡️Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan xalqaro TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda.

🏫 Jarayonlarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan respublikamizdagi 30 ta maktabning rahbarlari va 600 nafarga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

🎥 Tajriba-sinov uchun tanlab olingan maktablardan biri Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ayrim o‘qituvchilari mazkur tadqiqot haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Batafsil: https://tsbm.uz/oz/news/talis-tadqiqotining-tajriba-sinov-jarayonlari-otkazilmoqda


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Шавкат Мирзиёев: Ҳар бир ислоҳотда ўқитувчилар кўз олдимда бўлади

Президент Қашқадарё вилоятига ташрифини Қарши тумани Янги Батош маҳалласидаги янги мактаб билан танишувдан бошлади. Бу ерда давлат раҳбари ўқувчи ва ўқитувчилар билан суҳбатлашди.

👉 https://kun.uz/78655567

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Hamisha sizlar bilanmiz!

Imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktablarda qanday ta'lim olishmoqda?

25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda jami 225 nafar bola kasbga yo'naltiriladi. Ularning 25 nafari uyda taxsil oladi. O'z ishiga fidoyi ustozlar tufayli, ular ham ijtimoiy hayotga tayyor, mustaqil shaxs bo'lib yetishadilar.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Metodik_yordam
❓Sinfxonada doʻstona muhitni shakllantirish yoki oʻquvchilarning darsga boʻlgan diqqatini tortishda muammolarga duch kelyapsizmi?

👌Ushbu videorolik orqali sinfni boshqarishning samarali strategiyasi haqida oʻrganib, dars davomida yuzaga kelgan muammolarga yechim topishingiz mumkin.

Video soʻngida Respublika taʼlim markazining kimyo fani metodisti Sevara Gʻiyosiddinova oʻz ish tajribasida qoʻllagan “baxtli qoʻngʻiroq” usuli haqida gap boradi.

Yana qanday mavzularda metodik yordam olishni istaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

❗️Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Bilasizmi

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 300 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

❗️Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln soʻmdan 4,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Asos: OʻzR Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 47-modda


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel