pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

#Soʻragan_edingiz

Savol:
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda informatika fanidan “Google for education” hamda matematika fanidan GMAT xalqaro sertifikatlarga ustama beriladimi?

Javob:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son Farmonining 9-bandida Xalq taʼlimi (Maktabgacha va maktab taʼlimi) vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan.

Shunga koʻra, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan matematika fanidan GMAT hamda informatika fanidan “Google for education” sertifikatlariga ega o‘qituvchilar uchun qoʻshimcha ustama toʻlanishi ko‘zda tutilmaganligini maʼlum qilamiz.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak. Yangi Qonun esa buni amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Президент фармони билан 1 апрелдан пенсия ва нафақалар миқдори, 1 майдан меҳнатга ҳақ тўлаш миқдорлари оширилмоқда

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#xorij_tajribasi 🇫🇮 🇯🇵 🇰🇷

Dunyoning ta'lim sohasida eng yetakchi davlatlaridan biri hisoblanadigan Finlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreyada maktab ta'limi tizimi qanday kompetentlik asosida faoliyat yuritadi?

🗞 Mazkur maqolamiz ayni shu masalaga bag'ishlanadi.

👉 Maqola matni: https://avloniy.uz/uz/press-center/news/4


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning viloyat bosqichi nazorat materiallari bilan tanishing.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Infografika

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 17.03.2023 - 24.03.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ҳилола Умарова: “Директорлар мени энг кўп ўйлантирадиган, таълимдаги энг оғриқли нуқталардан биридир"

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова Сирдарё вилоятининг 300 дан ортиқ мактаб директорлари билан учрашди.

"Директорлар мени энг кўп ўйлантирадиган, таълимдаги энг оғриқли нуқталардан биридир. Кўп йиллар мактабда директор бўлганим учун бу лавозимнинг машаққатини биламан. Таълимда фақат сизлар билан ўзгариш қила олишимиз мумкин.

Ҳар бирингиздан биринчи навбатда ҳалоллик талаб қиламан. Ҳалол бўлмаган инсонга таълимда ўрин бўлиши мумкин эмас. Ҳалол мактаб директорининг фаолиятига ҳеч ким тўсқинлик қилишига йўл қўймайман. Директор ҳалол бўлса, унинг ёнида мен тураман!

Сиз билан биз ўқитувчиларнинг жамиятдаги обрў ва нуфузини юксалтиришимиз керак, бунинг учун эса энг аввало, уларнинг салоҳияти ва малакасини оширишимиз керак. Бугун нима учун истаган ота-она мактабга келиб, ўқитувчига гапиришга ҳадди сиғяпти? Ўз ҳурматини, қадр-қимматини билган ўқитувчига ҳеч ким ортиқча гапиришга ҳадди сиғмайди. Ўқитувчиларнинг нуфузини кўтариш эса бизнинг вазифамиз. Мактабга замонавий директор раҳбарлик қилса, буни ота-она ҳам сезади. Шу боис лавозимингизни суиистеъмол қилмаган ҳолда мактабингизда таълим сифатини кўтаришга ўзингиз ҳаракат қилинг.

Бугун вазирлик томонидан ўқитувчиларнинг малакасини ошириш йўлида дастлабки қадамлар қўйилди. Таътил пайтида ҳар бир ўқитувчини фан кесимида ўқитиш йўлга қўйилди.

Вилоятда 325 та мактаб бор. Бу дегани, шунча раҳбар ва бир-биридан фарқ қилувчи шунча муҳит дегани. Шундай мактаблар борки, инфратузилмаси яхши эмас, лекин у ердаги муҳитни бирорта замонавий мактабдан топа олмайсиз.

Янгиликни ўзимиздан бошлашимиз керак. Биз эса вазирлик жамоаси билан биргаликда сизлар билан елкама-елка ишлаймиз.

Биз бир кемадамиз - зиёлилар кемасида. Бу тизимда муаммо бўлмаслиги учун ўз устимизда ишлашимиз лозим.

Ишимиз ҳам, жамоамиз ҳам оиламиз, ҳар иккиси тинч бўлса, кўнглимиз хотиржам бўлади. Шундай экан, барчамизгага оиладан оилага ёруғ юз билан бориш насиб қилсин",
- дейди вазир.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Vazir Hilola UMАROVА: "Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymaymiz”

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʼz bordi:

“Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin”, -
deydi Hilola Umarova.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

‼️Prezident maktabi kirish imtihonlarida qanday savollar beriladi.

⭕️⭕️⭕️‼️ Prezident maktabi🔰 imtihonlari numunasidagi eng sara matematika testlari, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari berib boriluvchi @PMTESTS kanalida imtihonlarning namunaviy testlari bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'ling! Kanalimiz obunachilari hozirgacha: 💠
57 ta matematika fanidan saralash imtihoni testlari
28 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari
bilan bilimlarini oshirib 🔑yechimlarini o'rganib (jami 2500 ga yaqin savollar📄) o'zlashtirib📈 bo'ldi.

🫵SIZCHI? Siz ham prezident maktabi imtihon savollaridan xabardormisiz?!

Navbatdagi 28-online axborotni tahlil qilish testi @pmtests Kanalimizda ochiq o'tkaziladi.

🫵SIZning bilimingizni oshirib beruvchi quyidagi kanallarga obuna bo'ling.👇👇👇

👋👉1-kanal. Prezident maktabi testlari Asosiy kanal.
👋👉2-kanal. 1-11-sinflar uchun MATEMATIKA testlar.
👋👉3-kanal. Prezident maktabi ingliz tili testlari.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Zilzilaga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Qurilish tashkilotlarida, mahalliy hokimliklarda hududning seysmik joylashuv xaritasi bor. Ular shu ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda loyiha paytidayoq zilzilabardoshlikni hisobga olishi va uylarni shunga asosan qurishi kerak.

Bundan tashqari, har bir inson, oila, jamoa zilzila paytida to‘g‘ri harakat qilish uchun avvaldan o‘z rejasi bo‘lishi va uni yaxshilab o‘zlashtirib olishi lozim. Rejada kamida 3 ta band bo‘lishi kerak:

❓zilzilagacha nimalarni bilishimiz kerak?
❓zilzila vaqtidagi harakatlarimiz nimadan iborat bo‘lishi kerak?
❓zilzila o‘tgach nima ishlarni qilishimiz kerak?

Avvalo, uydagi xavfli va xavfsiz hududlarni aniqlab olishimiz kerak. Masalan, deraza-oynalar oldi, shkaflar, baland, og‘ir predmetlarning oldi xavfli hisoblanadi, ularning ustiga qo‘yilgan og‘ir narsalar ham.

Eshik kesakisi, uyning ichki burchaklari, mustahkam mebel (stolning tagi), kichkina xonalar, masalan, vannaxona, hojatxonalar xavfsiz joy sanaladi. Mana shu hududlarni tezlikda egallash kerak.

Ko‘pchilik zilzila payti ko‘chaga yuguradi. Ammo ko‘pqavatli uylardan chiqib ketish tavsiya qilinmaydi. Chunki odam zilzila bo‘layotganini anglagunicha jarayonning yarmiga yetib kelgan bo‘ladi. Zilzila xuddi chaqmoqdek keladi. Masalan, Toshkent zilzilasi 5 sekund davom etgan. Hech bir zilzila davomiyligi 1 daqiqagacha bormaydi. Ko‘pqavatli uylarda esa zinapoya, liftlar eng xavfli hudud sanaladi.

Shuning uchun ko‘chaga yugurmay, uyning ichki burchagi, eshik kesakisi, mebel tagidan joy olishga intilish kerak.

Zilzila o‘tib, yer tinchlanvolgach, atrofga qarash kerak: agar jiddiy talofatlar bo‘lsa, masalan, derazalar sinsa, katta buyumlar qulasa, demak birinchi to‘lqin kuchli bo‘lgan, ikkinchi to‘lqin kelishi mumkin. Odatda episentr yaqin-uzoqligiga qarab ikkinchi to‘lqin qisqa fursatda yo birmuncha vaqtdan keyin keladi. Shunga ko‘ra ikkinchi to‘lqingacha ko‘chaga chiqib olish mumkin.

Mutaxassisning Hudud24 saytiga bergan tavsiyalaridan

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Ўқитувчилар_диққатига
⚡️Ўқитувчилар “Open budget”да овоз тўплашга мажбурланаётгани айтилмоқда.

Ижтимоий тармоқлар орқали жойларда баъзи ўқитувчиларга “Tashabbusli budjet” лойиҳасида овоз йиғиш учун мажбурий топшириқ берилаётгани, топшириқни бажаришга беэътибор қараётган ўқитувчиларга керакли чора кўриш билан таҳдид қилинаётгани тўғрисида хабарлар тарқалмоқда. Ушбу ҳолатлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан жиддий ўрганилмоқда.

❗️Эслаб қолинг: Ўқитувчиларни мажбурлаб овоз тўплаш ёки овоз тўпламаган ўқитувчиларга қанақадир усулда тазйиқ ўтказиш тегишли жавобгарликка сабаб бўлади!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Ustozlar_uchun
Daftar tekshirishda vaqtni tejaymiz

Vaqt - moddiy va maʼnaviy qadriyat. Boshqa moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni toʻplash va saqlash mumkin. Vaqt har soniyada siljiydi, yoʻq boʻlib ketadi, u noyobdir. Bu yerda ajoyib polshalik shifokor va oʻqituvchi Yanush Korchakning soʻzlarini keltiramiz: “Har bir daqiqa, hozirgi soat va bugungi kunni ehtiyot qiling ... chunki u oʻladi va hech qachon takrorlanmaydi”.

Oʻqituvchining ishi oʻziga xos mehnatdir. Daftarlarni tekshirish bu mehnatning bir qismi hisoblanib, koʻp vaqtni oladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻrtacha 18 soatlik ish haftasida oʻqituvchi daftarlarni tekshirishga kuniga 2,5 soat, haftasiga 15 soat sarflar ekan. Qarabsizki, oʻqituvchi bolalar bilan yana-da mazmunli ishlash uchun oʻz dunyoqarashini doimiy ravishda kengaytirish istagi va boʻsh vaqt yetishmasligi oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi.

Daftarlarni tekshirishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish usullaridan birini oʻrgatamiz. Oʻquvchilaringiz sizga daftarlarni aynan tekshirish boshlanishi kerak boʻlgan betini ochiq holatda topshirishadi. Keyin ularni sinfda darhol tekshirishingiz mumkin. Yoki ularni shu taxlit joylashtirib, uyiga olib borishingiz osonroq boʻladi.

Oʻqituvchi oʻquvchining ishini tekshiradi va oʻng qoʻli bilan baho qoʻyadi (agar u oʻnaqay boʻlsa), chap qoʻli bilan bu daftarni chetga surib qoʻyadi. Bu vaqtda keyingi daftar oʻqituvchining koʻz oldida boʻladi. Shu tariqa tekshirish davom etaveradi.

Bu usulning yaxshi tomoni oʻqituvchining koʻz oldida oʻquvchining ism-familiyasi emas, uning ishi koʻrinadi, bu esa tekshiruvning yana-da obyektiv boʻlishiga yordam beradi. Toʻgʻri hamma ham bu usulga rozi boʻlmasligi mumkin, ularga masalan, doʻkon javonlarida boʻlgani kabi, tekis taxlangan daftar toʻplamlarini koʻproq afzal koʻrishadi. Bunda esa, bir necha soniyani behuda yoʻqotib, har bir daftarni shitirlatib kerakli betni qidirishlariga toʻgʻri keladi.

Tekshirish jarayoni tugagach, oʻquvchilarning ochiq turgan daftarlaridagi baholarni oʻng qoʻl bilan jurnalga kiritasiz, qaramagan holda chap qoʻl bilan daftarlarni yopib, xuddi shunday taxlab chiqaverasiz.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#befarqmasman

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 52-moddasida Davlat o‘qituvchilarning kasbi, sha’ni, qadr-qimmatini ulug‘lash, ularni har tomonlama mehnatini himoya qilish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi deyilgan. Men buni juda quvonib qabul qildim. Albatta, bu orqali o‘qituvchining obro‘si yanada ortadi. O‘qituvchi qadrlangan yurtda yoshlar to‘g‘ri ta’lim-tarbiya oladi. Ilm-fan rivojlanadi. Bu esa mamlakamizning baxtli kelajagi demakdir.

Anora Mahmudova,
O‘zbekiston Qahramoni


Siz ham befarq bo'lmang!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktab hayoti bilan bogʻliq qiziqarli faktlar

🔹Agar koʻplab mamlakatlarda maktab formasi majburiy boʻlsa-da, lekin oʻquvchilar uchun bosh kiyim kamdan-kam uchraydi. Avstraliyalik maktab oʻquvchilari shlyapa kiygan holda yangi bilimlarni oʻrganishlari bilan ajralib turishadi!

🔹Britaniyaning Vestminster maktabida oʻqituvchilar bilan oʻquvchilar kechki taomni birgalikda tanovul qilishadi. Anʼanaga koʻra, oʻqituvchi va oʻquvchilar bitta oila boʻlishlari shart. Bunday norasmiy uchrashuvlar oʻzaro aloqalarni oʻrnatishga imkon beradi. Kechki taom paytida odatda qiziqarli oʻyinlar boʻladi.

🔹 Italiyada eng muhim va qiyin darslar, masalan, italyan yoki matematika ertalab oʻqitiladi.

🔹Xitoy maktablari ba'zi o'qituvchilar mashg'ulotlar oralig'idagi tanaffuslarda o'quvchilarni ish stolida yonida uxlashga ruxsat berishadi.

🔹 Har bir oʻqituvchi, uning ishini ham bolalar, ham ularning ota-onalari qadrlasa, xursand boʻladi. Masalan, AQSHda oʻqituvchilarga otalar va onalardan maktublar joʻnatish yaxshi anʼanaga aylangan. Ular ustozga minnatdorchilik bildirishadi va u oʻgʻil yoki qiziga aynan nimada yordam berganligini taʼkidlashadi. Bunday xabarlar oʻqituvchi maqomi uchun juda qimmatli va muhimdir.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

✅ @pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

TAYINLOV

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Bektemirov Xamro Solayevich Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Xamro Bektemirov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Таълим ва тиббиёт ходимларига оид имзоланган иккита қонун ушбу соҳаларда меҳнат қилаётган 1 миллион нафар аҳолимиз ҳуқуқларининг ҳимоясини янада кучайтиради

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Yaxshi oʻqituvchi koʻp savol beradi

https://telegra.ph/Yaxshi-o%CA%BBqituvchi-ko%CA%BBp-savol-beradi-12-09


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⁉️ Умумтаълим мактаблари ўқитувчиларининг синф раҳбарлари учун қандай устама ва имтиёзлар берилган?

📌 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Халқ таълими ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг такомиллаштирилган тизимини тасдиқлаш тўғрисида 2005-йил 21-декабрдаги 275-сон қарорида Умумтаълим муассасалари ўқитувчининг синф раҳбарлиги учун қўшимча ҳақ тўловлари назарда тутилган.

📌Унга кўра мазкур тўловлар синфдаги ўқувчилар сонига қараб, меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорида нисбатан фоиз ҳисобида амалга оширилади.
Яъни

📍 15 нафар ўқувчига эга синф раҳбарлиги учун 26,4 % (ҳозирги вақтда 242 минг 880 сўм),

📍16 нафардан 20 нафаргача ўқувчига эга синф раҳбарлиги учун 31,6 % (ҳозирги вақтда 290 минг 220 сўм),

📍20 нафардан 25 нафаргача ўқувчига эга синф раҳбарлиги учун 36,9 % (ҳозирги вақтда 339 минг 480 сўм),

📍26 нафардан 36 нафаргача ўқувчига эга синф раҳбарлиги учун 42,1 % (ҳозирги вақтда 387 минг 320 сўм),

📍31 нафар ва ундан кўп ўқувчига эга бўлган синф раҳбарлиги учун 52,8 % (ҳозирги вақтда 485 минг
760 сўм).

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasining hududiy (viloyat) saralash bosqichi nazorat materiallari bilan tanishing.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot_3

⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot orqali javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ 11-sinf o’quvchisi yoz oylarida xorijiy davlatlardan birida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiada ishtirok etsa, maktabdagi bitiruv imtihonlaridan ozod qilinishi mumkinmi?
▶️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari qay tartibda bo‘ladi? Kirish imtihonlarida qatnashish shartlari qanday?
▶️Umumta'lim maktablari o‘qituvchilarining sinf rahbarligi uchun qanday ustama va imtiyozlar belgilangan?

❕Bayonotlarimiz davom etadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish  6-aprelgacha davom etadi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Yurist_maslahati

❓Maktablarda ta’til bo’lgan vaqti ham o‘qituvchi ishga chiqishi kerakmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga muvofiq, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 125-moddasida ish beruvchi xodimning ishlagan vaqtini hisoblab borishi shartligi belgilangan. Ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haq to‘laydi (Mehnat kodeksining 154-moddasi).

Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta-ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘z faoliyatini namunaviy yillik ish reja asosida amalga oshirishadi.

Pedagoglar ish rejasi ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lib, quyidagi ikki yo‘nalishda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.

O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy o‘rta ta’lim muassasasida olib borilishini inobatga olgan holda, maktabda dars bo‘lmagan davrda ham o‘qituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

2023-yilgi (hijriy 1444-yil) zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Номус можароси: она қизининг муаллимини тегажоғликда айблаб, туҳмат учун жазоланди

Сўнгги вақтларда вояга етмаган болаларга нисбатан тегажоғлик мавзуси тез-тез тилга олинмоқда. Kun.uz'га бу масалада яна бир мурожаат келиб тушди. Она қизига муаллими зўравонлик қилганини айтмоқда. Kun.uz аризачи аёл, муаллим ва она икки йил аввал худди шу даъво билан айблаган яна бир педагог билан гаплашди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар рўйхати кенгайтирилди

"Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги Ҳукумат қарори (120-сон, 23.03.2023 й.) қабул қилинди

Қарорга кўра, 2023 йил 1 апрелдан қуйидагилар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:

✅ педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга педагог ходимлар;

✅ ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda

BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarning 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.

“STEM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Maths” so‘zlarining qisqartmasi. O‘zbekchasiga qisqacha qilib aytganda, STeM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni anglatadi.

STEMga aloqador kasblar qaysilar?

STeM kasblari 4 ta fan doirasidagi barcha kasblarni o‘z ichiga oladi.

Bular orasida hisobchi, texnik yozuvchi, kompyuter dasturchisi, kimyogar, moliyaviy tahlilchi, veb-dasturchi, biolog, atrof-muhit muhandisi, tizim tahlilchisi, muhandis-quruvchi, mexanik muhandis, statistik, psixolog, ma’lumotlar bazasi muhandisi, ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi, IT-menejyer, shifokor, "data scientist" kabi kasblar bor.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#befarqmasman

Men o'sib rivojlanib kelayotgan avlodlar kelajagiga befarq emasman, ularning umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz asosida shakllanishini, yetuk insonlar bo'lishini istayman. Buning uchun ham Ozbekistonning dunyoviy va huquqiy davlatga yangilanayotgan Konstitutsiyada mustakamlash zarur deb hisoblayman. Men befarq emasman!

Barchangizni "Men befarq emasman" chellenjida qatnashishga chorlayman!
#befarqmasman

Siz ham befarq bo'lmang!

MADRIMOV ISROIL

Sportning boks turi bo'yicha chempion

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Bayonot

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan tayinlovlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali savollar kelib tushmoqda.

Savollarga oydinlik kiritish hamda vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati bo’yicha RASMIY BAYONOTni e’tiboringizga havola etamiz.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel