⚡️2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun JAVOBLAR VARAQASI
🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.
©️Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
,,Ўқитувчи мақоми"тўғрисидаги қонун муҳокамаси
,, ЎҚИТУВЧИ МАҚОМИ"
Ўқитувчи устозларга
Улуғ мақом берамиз,
Яъни уларга бепул,
,, Қоғоз қалам берамиз".
Мажбурий меҳнат ҳам йўқ,
Пахта йўқ,ташвиш ғам йўқ,
Энди бозор кунлари,
Уларга дам берамиз.
Унингдек қадди ғоз йўқ,
,,Беш йиллик имтиёз " йўқ,
Сабр, матонатига
Ҳаммамиз тан берамиз.
,,Тиббий кўриги" бепул,
Ярми текин,ярми пул,
Санаторийси учун,
Йўлланма ҳам берамиз.
,,Устоз отангдек улуғ",
Супраси эса қуруқ,
Энг муҳими уларга
Улуғ бир,,Ном "берамиз.
✍Хуршид Карим
5.05.2023
Шоир Хуршид Каримнинг шеърларидан баҳраманд бўлиш учун 👉@Xurshid_Karim 👈аъзо бўлинг
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Chilonzordagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzganligi va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi.
Ayni damda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Avvalroq, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi bogʻcha direktorining 15 yoshli oʻgʻli 4 nafar qizchaga tegajogʻlik qilgan bo’lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
BOLA YAXSHI OʻQISHI UCHUN QANDAY YORDAM BERISH KERAK?
Hamma bola tugʻma daho emas, ularning hammasi ham maktabga chiqishi bilan tezda darslarni oʻzlashtirib, faqat besh baholarni olib kela olmaydi. Shu sabab 1-sinfdagi har bir bola individual yondashuvga muhtoj. Maktab tanlash, repetitorlarni yollash, bolalar xonasini qulay jihozlashgina darslarni oʻzlashtirishining sifatini oshirish uchun yetarli emas.
1️⃣ Agar farzandingiz maktabdan xafa boʻlib qaytgan boʻlsa, u bilan gaplashing, yomon kayfiyat sabablarini soʻrang. Bola ota-onalar bilan har qanday mavzuda suhbatlashishdan qoʻrqmasligi kerak. Ehtimol, u sinfdoshlari bilan janjallashgan yoki oʻqituvchidan yoqimsiz gap eshitgandir. Muammoni darhol muhokama va hal etgan yaxshi.
2️⃣ Agar oʻquvchi darslarni oʻrganishda qiynalayotgan boʻlsa, ota-onalar qiyin mavzuga diqqatni qaratib, tushunishga yordam berishlari kerak. Bu bolaga oʻziga boʻlgan ishonchni beradi va masʼuliyatni rivojlantiradi.
3️⃣ Agar u doimo yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlib kelsa-yu toʻsatdan ikki va uchlarni qatorlashtirib olsa, vahimaga tushmasligingiz kerak. Ehtimol, u shunchaki charchagan, uxlamagan, oʻrganishni unutgandir. Hamma ham xato qiladi. Undan bunday keskin muvaffaqiyatsizlik sababini bilib oling. Qarabsizki, u tezda oʻziga kelib, baholari yaxshilanadi.
4️⃣ Farzandingiz sizni yomon koʻrsatkichlar bilan muntazam ravishda “xursand” qilayotgan boʻlsa, unga yordam kerak boʻlishi mumkin. Bunday holda, faqat gaplashish yetarli emas. Oʻqituvchilari bilan suhbatlashing — ehtimol ular sizga nima qilish kerakligini aytishadi. Oʻgʻlingizga yoki qizingizga darslarda yordam berishni boshlang, bolaning materialni qanday oʻrganganligini tekshiring. Agar sizning yordamingiz yetarli boʻlmasa, professional repetitorni yollang.
5️⃣ Bolaning vaqti va kun tartibini toʻgʻri yoʻlga qoʻying. Bu maktabda yaxshi oʻqishiga yordam beradi. Agar kun tartibi toʻgʻri rejalashtirilgan boʻlsa, u holda uning jismoniy va ruhiy salomatligi mustahkamlanib, intellektual qobiliyatlari rivojlanadi.
6️⃣ Bolaning toʻshagi qulaymi, xonasining yorugʻligi qanday, qayerda darslarini tayyorlaydi, stol va stul unga boʻyi va yoshiga mosmi yoki yoʻqmi shularga eʼtibor bering. Bola miriqib uxlasa, tanasi dam oladi. Demakki, u bilim olishi yaxshilanadi. Inson miyasi tunda ham ishlaydi. Shunga koʻra, bola yotadigan xonada televizor yoki radio yoqib qolmasin.
7️⃣ Parkka sayr qilish paytida bolangizga daraxtlar va hayvonlar haqida aytib bering. Birgalikda mamlakat tarixi yoki dengiz hayoti haqidagi hujjatli film tomosha qiling. Oilaviy mutolaa tashkil qilishda sarguzasht romanini emas, balki yulduzlar haqidagi ensiklopediyani tanlang. Farzandingizga atrofingizdagi dunyo haqida savollar bering va oʻzingiz ham qiziq maʼlumotlar aytib bering.
Uni muzey, teatr, galereya va koʻrgazmalarga olib boring. Bunday sayohatlar intellektual rivojlanishdan tashqari, badiiy didi va estetik idrokini shakllantiradi. Unga yangi narsalarni oʻyin tarzda oʻrgating.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❗️Ota-onalarning taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrugʻiga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.
Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday bahsli vaziyatlar faqatgina maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda maktab psixologi bilan dars jarayoniga halaqit bermagan holatda hal etilishi lozim.
Taʼlim muassasasi hududida jamoa aʼzolarining ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari oʻzaro hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish va hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etishlari kerak.
❗️Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish holatlari uchun:
👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
❕Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining etti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.
Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuniga muvofiq unumiy orta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi.
Har qanday rasmiy xabarlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Joriy yilning may oyi yurtimiz teatrlarida maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonudan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantrish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ruyobga chiqarishdan iboratdir.
Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.
Unga ko‘ra o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
“Maktablarda futbol” dasturi doirasida tashkil etilgan nazariy va amaliy seminar mashgʻulotlari yakunlandi.
Dastur doirasida tashkil etilgan seminar mashgʻulotlaridan videolavha.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Педагоглар фаолиятига ноқонуний аралашган мансабдор шахслар маъмурий қамоққа олиниши мумкин
Педагог ходимларнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилганлик учун жавобгарлик кучайтирилиши муносабати билан Президент томонидан имзоланган Қонунга (ЎРҚ–826, 27.03.2023 й.) асосан Жиноят ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексларга қўшимча ва ўзгартишлар киритилди
🔰 Жиноят кодексига киритилган кўшимчага кўра:
🔹 Меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш таълим ташкилоти педагог ходимига нисбатан худди шундай қилмиш учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилса, қуйидаги жазо чораларидан бири қўлланилишига сабаб бўлади:
▫️БҲМнинг 150 бараваридан 200 бараваригача (45 млн сўмдан 60 млн сўмгача) миқдорда жарима;
▫️3 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш;
▫️3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари.
Илгари бундай норма мавжуд эмас эди.
☑️ Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга кўра, меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш БҲМнинг 50 бараваридан 100 бараваригача (15 млн сўмдан 30 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
❗️Эндиликда мазкур Кодексга киритилган ўзгартиш ва қўшимчага кўра, худди шундай ҳуқуқбузарлик таълим ташкилоти педагог ходимига нисбатан содир этилса, БҲМнинг 100 бараваридан 150 бараваригача (30 млн сўмдан 45 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
Илгари бундай норма мавжуд эмас эди.
📝 Шунингдек, педагог ходимнинг касбий фаолиятига таълим олувчиларнинг билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш билан ифодаланган тарзда қонунга хилоф равишда аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:
➖фуқароларга БҲМнинг 7 бараваридан 10 бараваригача (илгари 5 баравардан 7 бараваргача), мансабдор шахсларга эса 10 бараваридан 15 бараваригача (илгари 7 баравардан 10 бараваргача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
📌 Бундан ташқари, худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилса:
➖фуқароларга БҲМнинг 10 бараваридан 15 бараваригача (илгари 7 баравардан 10 бараваргача), мансабдор шахсларга эса 15 бараваридан 20 бараваригача (илгари 10 баравардан 15 бараваргача) миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача маъмурий қамоққа олишга (илгари ушбу жазо чораси қўлланилмаган) сабаб бўлади.
Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
‼️Май ойидан бошлаб педагог ходимлар қанча ойлик иш ҳақи олади?
📌Маълумки, 2023 йилнинг 1 майдан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимлари иш ҳақи миқдори 7 %га оширилмоқда.
📌Май ойидан оширилган ойликлар бўйича ҳисобланганда педагог ходимлар қуйидаги миқдорларда ойлик оладилар:
📌Мактаб директори:
📍 3 млн 816 минг 990 сўм (400 ўқувчигача);
📍 4 млн 75 минг 624 сўм (401-880 ўқувчигача);
📍 4 млн 321 минг 741 сўм (881-1600 ўқувчигача);
📍 4 млн 571 минг 633 сўм (1600дан ортиқ).
📌Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)
📍 3 млн 564 минг 956 сўм (400 ўқувчигача);
📍3 млн 816 минг 990 сўм (401-880 ўқувчигача);
📍 4 млн 75 минг 624 сўм (881-1600 ўқувчигача);
📍 4 млн 321 минг 741 сўм (1600дан ортиқ).
📌Директорнинг ҳўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
📍 1 млн 512 минг 2211 сўм (400 ўқувчигача);
📍1 млн 649 минг 960 сўм (401-880 ўқувчигача);
📍 1 млн 793 минг 565 сўм (881-1600 ўқувчигача);
📍 1 млн 942 минг 607 сўм (1600дан ортиқ).
📌ЧҚБТ раҳбари: 2 млн 755 минг 648 сўм
📌Ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчи (0.5 ст) – 1 млн 377 минг 824 сўм
📌Психологлар:
📍 Олий маълумотли психолог – 2 млн 480 минг 84 сўм;
📍 Иккинчи тоифали психолог – 2 млн 655 минг 870 сўм;
📍 Биринчи тоифали психолог – 2 млн 836 минг 137 сўм;
📍 Олий тоифали психолог – 3 млн 8 минг 761 сўм.
📌Ўқитувчилар:
📍 Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 2 млн 575 минг 883 сўм;
📍 Олий маълумотли ўқитувчи – 2 млн 755 минг 648 сўм;
📍 Иккинчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 85 минг 99 сўм;
📍 Биринчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 437 минг 740 сўм;
📍 Олий тоифали ўқитувчи – 3 млн 798 минг 940 сўм;
📌Мактаб лаборанти (1 ст)– 1 млн 363 минг 337 сўм.
📌Кутубхона мудири:
📍 Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 814 минг 665 сўм;
📍 Олий маълумотли – 1 млн 979 минг 952 сўм.
📌Кутубхоначи:
📍 Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 573 минг 584 сўм;
📍 Олий маълумотли – 1 млн 656 минг 406 сўм.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi
🎚️ O'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish elektron platformasidan joriy yilning 23-yanvaridan – 1-fevraliga qadar bo'lgan muddatda 34 649 nafar o'qituvchilari ro'yxatdan o'tdi va jami 9 064 ta ijodiy ishlar kelib tushdi. Ulardan 2 848 tasini metodik qo'llanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodarslar tashkil etdi.
✍️ Elektron platformaga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralash bosqichidan o'tdi. Bunda eng yaxshi ishlar o'qituvchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan aniqlandi.
🫥 2– saralashda elektron platformaga yuklangan ilg‘or ish tajribalarini baholash jarayoniga barcha fanlar kesimida 254 nafar ekspert jalb qilindi.
🏃♂️ So'nggi baholash natijalariga ko'ra, jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi. Shulardan 3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 68 ta ish Respublika, 104 ta ish viloyat, 279 ta ish tuman bosqichda ommalashtirildi.
Quyidagi havola orqali Ilmiy metodik kengash qarori va sertifikatlarni onlayn shaklda yuklab olish mumkin: ➡️ http://certificate-ommalashtirish.uz/table
⚙️ Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Ана_холос
❗️Тошкент шаҳрини 250 млрд долларга сотувга қўйган шахс мактаб ўқувчиси бўлиб чиқди😳👇
Афсуски бунақанги ёшларга имконият берилса ватанни хам сотиб кўйишади...
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Президент мактабларига талабгорнинг 4-синфда математика ва табиатшунослик фанларидан йиллик баҳолари "5" бўлиши лозим
АОКАда ўтказилган брифингда Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги ахборот хизмати раҳбари Жўрабек Жангиров Президент мактабларига 2023-2024 ўқув йилига қабул юзасидан маълумот берди:
⏺Президент мактабларига ҳар йили 2 та 5-синфга 24 нафар ўқувчи қабул қилинади.
⏺Талабгорнинг ота-онаси жорий йилнинг июн ойида Агентликнинг махсус портали (ariza.piima.uz) орқали электрон шаклда ҳужжатларни топширадилар.
⏺Президент мактабига кириш имтиҳонлари 2 босқичда ўтказилади.
⏺Кириш имтиҳони натижалари Агентликнинг расмий веб-сайтида имтиҳон топширилган кундан кейин 30 кун мобайнида эълон қилинади.
⏺Президент мактабининг кириш имтиҳонларидан ўтган ўқувчилар тўлиқ бепул таълим олишади.
⏺Кириш имтиҳонлари давлат ва қорақалпоқ (Қорақалпоғистон Республикасида) тилларида ҳамда талабгорнинг танловига мувофиқ инглиз тилида ўтказилади.
©️Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги ахборот хизмати
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Қўшимча педагогик фаолият учун тўланадиган устамалар маълум қилинди
Бошқа маъмурий-ҳудудий бирликдан келиб фаолият юритаётган олий ва биринчи тоифага эга ўқитувчиларга — базавий тариф ставкаларига нисбатан 100 фоиз тўланади.
👉 https://kun.uz/56079331
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2023/2024-ўқув йилидан бошлаб педагогик кадрлар тайёрловчи ОТМларнинг сиртқи таълим шаклига камида беш йил педагогик стажига эга ўқитувчилар қабул қилинади
2023/2024-ўқув йилидан бошлаб педагогик кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасаларининг педагогика соҳасидаги таълим йўналишларига сиртқи таълим шакли бўйича ўқишга фақатгина таълим тизимида педагогик фаолиятга оид камида беш йиллик иш стажига эга бўлган шахслар қабул қилинади.
Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Педагогик таълим сифатини ошириш ва педагог кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасалари фаолиятини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарорида белгиланган.
Бунда, педагогика соҳасидаги таълим йўналишларида сиртқи таълим шакли бўйича ўқиш истагида бўлган шахсларнинг таълим тизимида камида беш йиллик педагогик иш стажига эга эканлиги “Ягона миллий меҳнат тизими” идоралараро дастурий-аппарат комплексидаги маълумотлар асосида белгиланади.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги умумтаълим муассасаси директорларидан олий таълим муассасаларига 2023/2024-ўқув йилига кириш тест имтиҳонларида иштирок этиш учун ҳужжат қабули бошлангунга қадар мактабда фаолият юритаётган олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ўқитувчиларга тегишли маълумотларни вазирликнинг “Ягона электрон tizimi-erp.maktab.uz” дастурига киритишларини сўрайди.
©️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ММИБДЎ лавозимига ўтганда, Вазир устамаси тўхтатиладими?
#Yurist_Xizmati 4017-савол:
Assalomu alaykum Men maktabga yaqinda Manaviyat ishlari bòyicha direktor òrinbosari etib tayinlangan edim,shu orada vazir jamgarmasining 100% lik ustamasini yutib ham oldim.Aprel oyidan tòlanishi kerak edi.Menga rahbarlarga bu ustama berilmaydi deyishyapti iltimos shunga aniqlik kiritib bersangiz
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Халқ таълими вазир жамғармасидан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 5,5 баравари миқдорида ҳар ойлик устама сизга тўланади.
ВМ 425-сон қарор мутлақо бошқа мазмунда. Низомнинг номига эътибор беринг! “Халқ таълими вазирининг жамғармаси тўғрисида”ги Низом.
Энди қаранг! Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарори билан тасдиқланган “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини рағбатлантиришнинг директор жамғармасини ташкил этиш ва унинг маблағларидан фойдаланиш тартиби тўғрисида”низомнинг 27-бандига кўра умумтаълим муассасасининг раҳбар ходимларига (директор, директорнинг ўқув ишлари ҳамда маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари) ва ўз фаолиятини соатбай ҳақ тўлаш асосида амалга оширадиган ўқитувчиларига мазкур ҳар ойлик устамалар белгиланмайди.
☝️Қарорнинг номига эътибор беринг! Бу сизга келтиришган асосдан тубдан фарқланади. Сиз олган устама педагог ходимларга Халқ таълими жамғармасидан берилади.
Сизга устама ололмаслигингиз ҳақидаги қоида эса фақат директор жамғармасидан тўланадиган устамаларга нисбатан татбиқ этилади.
✅ Хулоса қиладиган бўлсак, сизга Халқ таълими вазири жамғармасидан тайинлаган устама тўхтатилмайди. Бу масалада норматив ҳужжатни нотўғри талқин қилишгани учун туман адлия бўлимига мурожаат қилишингиз лозим
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
"Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "yo'g'urt", ''o'tuk", ''kerpich" so'zlari xato yozilgan deya talqin qilinayotgan postdagi rasm 1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligidan olingan.
Unda "sayohatchi" so'zlar ya'ni turkiy tillardan rus tiliga o'tgan so'zlar haqida ma'lumot keltirilgan.
7 yashar bola uchun tanish bo'lgan mazkur so'zlarni "yo'g'urt", ''o'tuk", ''kerpich" shaklida darslikka kirtishdan maqsad - o'quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish va chetdan o‘zlashgan so‘zlar haqida ma’lumot berishdan iborat va bu haqida o'qituvchi uchun metodik qo'llanmada ham darsni tashkil qilish bo'yicha metodik tavsiyalar va qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, keltirilgan so'zlar rus tiliga turkiy tillardan o'tganini etimologik lug'atlar ham tasdiqlaydi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Диққат
❗️Мактабларда ремонт учун пул йиғиш қатъиян тақиқланган.
Сиз қайсидир мактаб ёки боғчаларда пул йиғиш билан боғлиқ ҳолатлар ҳақида хабардор бўлсангиз, мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг 712020909 рақамли «ишонч телефони»га мурожаат қилишингиз сўралади.
Барча танишларга юбориб, хабардор қилинг
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўқитувчилар ҳақидаги қонун лойиҳаси ниҳоят кун тартибига қайтди. Лойиҳа “қайчиланган” бўлиши мумкин
Педагогларга 5 йил эртароқ пенсияга чиқиш ҳуқуқини бериш, уларнинг уй-жой ва автомобил сотиб олишга сарфлаган даромадларини солиқдан озод қилиш, йилда бир марта соғлигини тиклаши учун базавий маошига тенг миқдорда моддий ёрдам бериш каби таклифлар лойиҳадан чиқариб ташланган бўлиши мумкин.
👉 https://kun.uz/68604877
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️ ‼️Мактабда таълим бераётган эркак педагоглар сони сўнгги 5 йилда қарийб 28 минг нафарга ошган
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2022/2023 ўқув йилида республика бўйича умумтаълим муассасаларида таълим бераётган педагоглар сони (ўриндошларсиз) 521,6 минг нафарни ташкил этган.
✅ Шундан 159,9 минг нафари ёки жамига нисбатан 30,7 % ини эркак педагоглар ташкил этган.
✅ 2022/2023 ўқув йилида 2018/2019 ўқув йилига нисбатан эркак педагоглар сони 27,8 минг нафарга ёки 21,0 % га кўпайган.
©️Таълим назорати
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Тезкор #Тўлиқ
⚡️ Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Конституцияси тўлиқ шаклда.
⚡️Ўзбекистонда янги таҳрирдаги Конституция бугун 1 майдан эътиборан расман кучга кирди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️ “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi maʼqullandi
Bugun 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.
Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilyapti:
👉 pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi;
👉 pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi;
👉 ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi;
👉 davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi;
👉 pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Биласизми
❗️Бугундан янги Меҳнат кодекси кучга кирди
📝 “Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексини тасдиқлаш тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган.
🔰 Янги Меҳнат кодексига кўра, жумладан:
🔹Меҳнат шартномасида ходимни камситадиган шартлар бўлишига йўл қўйилмайди. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Меҳнатга натура шаклида ҳақ тўлаш тақиқланади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Ишдан бўшатиш нафақаси 200 фоизгача тўланади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Дам олиш куни байрам кунига тўғри келса кейинги кунга кўчирилади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Иш берувчининг ходимдан меҳнат шартномасида шартлашилмаган ишни талаб қилиши тақиқланади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Ходим ҳар хил малака талаб этиладиган ишларни бажарганда унга юқори малака бўйича ҳақ тўланади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Йиллик асосий таътил муддати 21 календарь кун этиб белгиланади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Хизмат текшируви ўтказиш тартиби белгиланмоқда. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Ходимларга иш ҳақи қисман сақланадиган қўшимча таътиллар берилиши мумкин. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Аёлларга ҳомилани антенатал (туғруққача) парваришлаш учун қўшимча бўш кунлар берилади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹3 ёшгача боласи бор аёлларни ишдан бўшатиш асослари кенгайтирилди. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Айрим тоифадаги ходимлар учун синов муддати 3 ойдан 6 ойгача узайтирилади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Ходимни бошқа иш берувчига вақтинча хизмат сафарига юбориш тартиби белгиланмоқда. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Ишга қабул қилинаётганда қандай ҳужжатлар сўралади? ➖ БАТАФСИЛ
🔹Иш берувчининг бошқа жойга кўчиши меҳнат шартномасини ўзгартиришга асос бўлади. ➖ БАТАФСИЛ
🔹Ишга қабул қилинаётган 18 ёшга тўлмаган шахсларга дастлабки синов белгиланмайди. ➖ БАТАФСИЛ
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Референдумнинг дастлабки натижалари эълон қилинди
Унга кўра, 15 040 055 сайловчи ёки овоз беришда қатнашганларнинг 90,21 фоизи янги таҳрирдаги Конституцияни ёқлаб овоз берган.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️ Abituriyentlarga Davlat OTMga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra,
➖ 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
🔹 Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.
➡️ 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YAIDXP) orqali murojaat qiladilar.
👉 Loyiha bilan batafsil tanishib chiqing
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ММТВдан навбатдагиси. Бу сафар шармандали тендер натижаси бекор қилинди
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг таъминот хизмати 2023/24-ўқув йили учун инглиз тили фанидан 1-11 синф машқ дафтарлари, дарсликлар сотиб олиш мақсадида жами 11 та лотда тендер ўтказган. Тендерларда негадир қиммат нарх таклиф қилган тадбиркорлик субъекти ғолиб деб топилиб, 30 фоиз арзон нарх таклиф қилган МЧЖ жараёндан четлаштирилган.
👉 https://kun.uz/94032050
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️ Kundalik.comda sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kundalik.com tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
MMTV huzuridagi Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining iltimosiga binoan, sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi.
Uzrli sababli:
➖ Uzrli sababga ko‘ra qatnashmaslik (p | dq)
➖ Kasallik sababli yo‘qligi (b | k)
Uzrli sababsiz:
➖ Uzrli sababsiz qatnashmaslik (n|s)
➖ Muntazam o‘tkazib yuboradi (c | m)
➖ Ruxsatsiz xorijda (zg | ch)
➖ Ota-onalar o‘qishiga qarshilik qiladilar (rp | q)
➖ Ota-ona nazorati yo‘q (bk | ns)
Turmush qurganligi sababli o‘tkazib yuborgan (cn | tq)
Boshqa sabablar:
➖ Darsga kechikkanligini bildirish (o | kq)
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Pedagogik_vaziyat
🤔 Vaziyat:
Aytaylik, xorjiy til darsi.
O‘qituvchi nafaqat o‘z guruhi, balki betob bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhiga ham dars o‘tishi kerak.
🆘 Bolalar o‘zlarini juda xunuk tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, bahslashib, bir-birlariga maktublar tashlamoqdalar, qog‘ozdan samalyot yasab uchirmoqdalar va hokazo.
⚠️ Orada o‘qituvchiga nistaban hurmatsizlik va beodoblik ham qilmoqdalar (ochiqchasiga emas, ehtiyotkorona). Ayniqsa, bir bola alohida ajralib turibdi.
🔥 O‘qituvchi e’tibor bermaslikka harakat qilib, dars o‘tishda davom etmoqda. Orada bolalarni tinchlantirishga urinmoqda, tinchlantirish maqsadida ikki baho qo‘yish, direktorni sinfga taklif qilish va ota-onalarini maktabga chaqirish kabi qo‘rqitish usullarini ham qo‘llab ko‘rmoqda.
🗓 O‘qituvchi o‘quvchilarga navbatdagi vazifa berdi – matnni o‘z so‘zi bilan aytib berish. Biroz vaqt o‘tgach, o‘qituvchi eng to‘polonchi o‘quvchidan matnni aytib berishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘raydi. U faqat birinchi jumlani takrorlay olaman, deb javob beradi.
O‘qituvchi: “Demak, bahoying ikki”.
O‘quvchi: “Yo‘q, unday bo‘lsa, aytib beraman”.
O‘qituvchi: “Endi kech. Vaqtliroq o‘ylashing kerak edi”.
O‘quvchi takroran: “Ha, aytib beraman”.
☄️Bunday gap talashish yana bir necha daqiqa davom etadi, natijada o‘qituvchi ikki baho qo‘yadi va o‘quvchi uni haqoratlab, sinfdan chiqib ketadi. O‘qituvchi dars o‘tishda davom etadi.
💬 Savol: Mazkur holatda qanday pedagogik vaziyat yuzaga kelgan? Vaziyatni baholang va javoblarigizni izohlarda qoldiring!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU