Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi
❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__
Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта
Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2024 года (7 календарных дней).
Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2024 года.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Бухорода мактаб ўқувчилари олиб кетилаётган автобус ЙТҲга учради
Когон туманидаги мактабнинг 9-11-синфлари ўқувчилари автобусларда Бухоро шаҳрига театр томошасига олиб кетилаётган бўлган. Бир ўқувчи ҳалок бўлган, яна бири жароҳатланган, 25 кишига биринчи тиббий ёрдам кўрсатилган. Kun.uz манбасига кўра, ўқувчиларни театрга олиб бориш дарс пайтида амалга оширилган.
👉 https://kun.uz/kr/75969304
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ЎҚИТУВЧИНИНГ ОХИРАТИ ОБОДМИ?
(ёхуд алдагани устоз яхшими?)
Кейинги вақтларда ижтимоий тармоқ, асосан ўқитувчилар гуруҳи ва каналларида бир видеотасвир айланётган, устозлар ундаги шеърни “сел” бўлиб тинглашаётган экан. Уни менга ҳам ташлаб қўйишибди.
Видеотасвирдаги шеърда мўйлови энди сабза ураётган йигит ровийлардан нақл келтириб, ўқитувчилар ўлганидан кейин (ҳа, айнан ўлганидан кейин) Сирот кўпригидан бир ҳатлаб ўтиб кетиши, жаннатга тушишини ваъда қилаётган экан!
Соддагина ўқитувчилар... Катталар етмаганидек, мўйлови энди сабза ураётганлар ҳам сизни аврай бошладими? Яхши кунларингизга асраб қўйган сўнгги тийинингизни ҳам интернетга, мегабайтга сарфлашга беихтиёр мажбур қила бошладими?
Сиз “сел” бўлиб, чайқалиб ўтириб, мегабайтга қарз олиб, уларнинг шеърини тинглаётганингизда - улар лайк, просмотр тўплаб ана шу мегабайтлардан улуш олиб, сизнинг ҳисобингиздан чўнтагини қаппайтираётганини наҳот англаб етмасангиз?
Шу йигитни топиб:
-“Укам, майли Сирот кўпригидан менинг ўрнимга сен ўтақол. Менга эса Истанбул кўприги бўлмаса ҳам, ўзимизнинг янги қурилган Зомин кўпригидан бир ўтиш учун юз минг сўм бериб тур,”-деб кўрингчи!
Бош бармоғини ўрта ва кўрсаткич бармоғи орасига суқиб кўрсатмаса – мен кафил!!!
Ҳурматли устозлар! Миллатимиз, кўпсонли халқимиз, давлатимиз келажаги сизларнинг қўлингизда. Демак, миллат, халқ, давлат келажаги қўлида бўлган зотлар тиригида эъзозланиши, вақтида дам олиши, ҳаж, умра зиёратларига бориши, денгиз соҳилида қаҳва ичиб, Сирот кўпригини ўйламай Истанбул кўпригини томоша қилишига ҳаққи бор.
Чўпчакларга ишонманг...
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Тошкент ва Фарғонадаги мактабларда ёнида пичоқ олиб юрган ўқувчилар аниқланди
11 март куни Фарғона вилояти ва Тошкент шаҳрида таълим муассасаларини қўриқлашнинг янги тизими доирасида ўқувчи ва ўқитувчилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида мактабларда хизмат олиб бораётган Миллий гвардия ходимлари томонидан пичоқ олиб юриш билан боғлиқ иккита ҳолат аниқланган.
👉 https://kun.uz/kr/34353324
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Савол: Мен биринчи марта аттестацияда иштирок этяпман. Аттестациядан "йиқилсам" (ўта олмасам, паст балл тўпласам) мен билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинадими?
❗️Навбатдан ташқари аттестацияга жалб этилган педагог кадрлар аттестациядан ўта олмаган тақдирда, уларнинг малака тоифаси (лавозими) туширилмайди ҳамда улар лавозимига мувофиқ эмас деб ҳисобланмайди.
‼️Мутахассис (олий маълумотли ўқитувчи) лавозимидаги педагог кадрлар навбатдаги мажбурий аттестациядан ўта олмаган тақдирда, иш берувчи ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли у билан тузилган меҳнат шартномасини меҳнат тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларида белгиланган тартибда бекор қилиш ҳуқуқига эга.
Савол: Тоифа олиш учун неча балл тўплаш керак?
Жавоб: Низомнинг 44-банди Иккита босқич натижаларига кўра:
а) олий малака тоифали ёки бош ўқитувчи лавозимидаги педагог кадр:
б) биринчи малака тоифали ёки етакчи ўқитувчи лавозимидаги педагог кадр:
в) иккинчи малака тоифали ёки катта ўқитувчи лавозимидаги педагог кадр:
г) мутахассис ёки олий маълумотли ўқитувчи лавозимидаги педагог кадр:
❗️Навбатдан ташқари аттестацияга жалб этилган педагог кадрлар аттестациядан ўта олмаган тақдирда, уларнинг малака тоифаси (лавозими) туширилмайди ҳамда улар лавозимига мувофиқ эмас деб ҳисобланмайди.
‼️Мутахассис (олий маълумотли ўқитувчи) лавозимидаги педагог кадрлар навбатдаги мажбурий аттестациядан ўта олмаган тақдирда, иш берувчи ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли у билан тузилган меҳнат шартномасини меҳнат тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларида белгиланган тартибда бекор қилиш ҳуқуқига эга.
17-martdan 17-aprelga qadar 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida informatika fan olimpiadasi o'tkaziladi
✅ 2023-yil 20-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish belgilab berilgan edi.
❗️Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash imtihonlari o'tkaziladi.
➖ Mazkur imtihonlar yo'riqnomasi taqdim etilmoqda.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Савол: Навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этиш учун тўлов қилгандим. Айрим сабабларга кўра тестда қатнаша олмайман. Тўлаган тўловимни қайтариб олсам бўладими?
Педагог кадр давлат хизматидан фойдаланишдан бош тортганда тўланган йиғим қайтарилмайди.
Қашқадарёда мактаб директори ўқувчиларнинг бошини уриштирди
Директор икки нафар ўқувчини «партани синдиргани» учун шундай «тарбиялаган». Болалар омбудсманининг маълум қилишича, ҳолатни Яккабоғ тумани ИИБ ўрганмоқда.
👉 https://kun.uz/kr/99664008
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги қарори
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan munis opa-singillar,
Qadrli ustozlar!
Avvalo, sizlarni va siz orqali oilangizdagi barcha xotin-qizlarni bugungi bahor ayyomi — “8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman hamda o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Ayol borki, butun olam bor, ayol borki, hayot bor. Ayol borki, zaminimizda yasharish, yangilanish davom etaveradi. Aminmanki, jonajon yurtimizdagi har bir er yigit, avvalo, mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bo‘lishini istaydi, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni yengishni o‘zining sharafli burchi, deb biladi.
Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida ham bugungi kunda barcha sohalarda ayollarimizning faolligi kundan kun ortib bormoqda. Xususan, ta’lim tizimida ham ana shunday yuz minglab zahmatkash va fidoyi xotin-qizlar farzandlarimiz baxtu kamoli uchun sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.
Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor go‘zallik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadoningizga fayzu baraka tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Xotin-qizlar bayrami nega va qanday nishonlanadi?
Bahor — bayramlar bilan boshlanadi. Ko‘klamning ikkinchi haftasida — 8 martni nishonlaymiz. Xo‘sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug‘lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yoki... Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “ayol” arabcha so‘z bo‘lib, “oila” kalimasi bilan o‘zakdoshdir. Biroq 8 martga nisbatan “ayol” so‘zi emas, balki xotin-qizlar degan so‘z keng qo‘llaniladi.
Bu kun o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar. Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar. Biroq bu kun birinchi marta 1891 yil 19 martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveytsariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O‘shanda milliondan ortiq erkak va ayollar manifestlarda ishtirok etadilar. Saylash va joylarni boshqarish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan bir qatorda teng huquqli bo‘lishga harakat qiladilar.
1910 yil Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferentsiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi. Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag‘allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatiga ega bo‘lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.
Rossiyada esa xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1913 yil Peterburgda bayram qilindi. Rossiya Dumasiga ayollar muammosi bo‘yicha ariza berildi va hukumat a’zolari 1913 yil 2 martda bir yarim ming aholini yig‘ib, bu masalani hal etishga ruxsat berdi. Unda ayollarning saylash huquqi, onalikni davlat tomonidan ta’minlash va muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yilda esa Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ayollar urushga qarshi namoyishlar uyushtiradilar.
1917 yil fevral oyining oxirgi yakshanbasida Rossiya ayollari “Non va tinchlik” shiori ostida ko‘chaga chiqdilar. To‘rt kundan keyin esa Nikolay II ayollarga saylash huquqini berishni va’da qildi. Bu kun Yulian yilnomasida 23 fevral hamda Grigorian yilnomasi bo‘yicha 8 martda nishonlana boshlandi.
8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.
Sobiq sho‘ro ittifoqi barham topgandan so‘ng 8 mart — xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH
davlatlari: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekistonda bayram qilinadi.
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, MDHdan tash-qari ushbu bayram asosan G‘arb davlatlarida nishonlanadi. Xo‘sh, Sharqda-chi?
Maqolani davomi👇
✅ @pedagoglarga
Geografik tabrik👏👏👏
Assalomu alaykum hurmatli latofatli, go‘zal va mehribon opa-singillar. Sizlarni bugungi 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramingiz bilan tabriklayman. Sizlarga shunday tilak bildiramanki:
🌳Sog'ligingiz Baobob daraxtidek mustahkam.
🌍 Umringiz Ekvator chizig'idan ham uzun bo'lsin
🛫Qadringiz Himolay tog'laridanda baland,
🌈Har bir o'tgan lahzangiz Niagara va Viktoriya sharsharasi kabi go'zal va purvuqor ,
⛵️Eng asosiysi hayotingiz Xristofor Kolumb kabi sarguzasht va kashfiyotlarga boy bo'lsin.
🌺 Shuningdek baxt va omad giyohingiz Amudaryo va Sirdaryoda, Qizilqum va Qoraqum cho'llari bag'riga oqib ketmasin.
💧Ilmingiz Mariana botig'idanda chuqur bo'lsin.
BUGUNGI BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN !!!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Гулистонлик йигит Миллий гвардиянинг сохта гувоҳномаси билан мактабга киришга уринди
У Миллий гвардиянинг хизмат кийимида бўлган. Сохта гувоҳномани топшириш сўралганида, қаршилик кўрсатган. Маълум бўлишича, йигит бошқа бир мактабда 11-синфда ўқийди. Гулистон шаҳар прокуратураси йигит нега махсус кийим ва гувоҳнома орқали мактабга кирмоқчи бўлганига аниқлик киритяпти.
👉 https://kun.uz/kr/89092448
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
✅ Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.
O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.
Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.
Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.
Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#sõragan_edingiz_ommalashtirish
Ko‘pchilik pedagoglardan kelayotgan murojaatlardan kelib chiqib, shuni ma'lum qilamizki, oldingi o‘quv yillarida ommalashtirilgan metodik ishlarni muddati 3 yildan ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa, ular hali ham amalda hisoblanadi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Самарқандда Damas’га занжирланган болани шу кўйга ўқитувчи солгани маълум бўлди
У гўёки болани қочиб кетмасин деб оёғидан занжирлаб қўйган. Болалар омбудсмани бола қандай хулқда бўлишидан қатъи назар, унга нисбатан бундай ғайриинсоний, ноқонуний чора кўрилишига мутлақо йўл қўйиб бўлмаслигини айтиб чиқди.
👉 https://kun.uz/kr/32367052
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
МАКТАБНИ ТИНЧ ҚЎЙИНГЛАР
(ёхуд каллаларингизга сизларни)
Дунёнинг ҳар бир бурчагида ўқиладиган, энг обрўли интернет нашрларда “Фарғонада яна бир мактаб ўқувчиси бедарак йўқолди”, сарлавҳаси билан хабар тарқалди. Аввало, қизнинг ота-онасига сабр тилаймиз.
Хабарда эса қизнинг нечанчи йил туғилгани-ю, қайси маҳаллада туриши ва яшаш уйидан чиқиб кетиб бедарак йўқолгани айтиб ўтилган. Хўш, маҳалласи, вояга етмаганлиги ва асосийси уйидан чиқиб кетиб бедарак йўқолгани маълум бўлса мактаб бу ерда (агар ўзбекча тушунмасангизлар) при чём???
Ўзбек мактаблари тўғрисида ваҳима тарқатиб обрўсини туширувчи сарлавҳалар қайдан келади каллаларингизга сизларни а ? Каллаларингизга сизларни??!
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Наврўз байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олишади?
⁉️ Малака тоифалари босқичма-босқич берилади ёхуд тоифалардан "сакраб" ўтиб бўлмайди.
❗️Жавоб: Низомнинг 44-банди: Иккита босқич натижаларига кўра:P.S Малака тоифаларини ошириш ёки тушириш босқичма-босқич, яъни бир поғона кўтариш ёки бир поғона тушириш орқали амалга оширилади (алоҳида ютуқлари учун тўғридан-тўғри (аттестациядан ўтказилмасдан) бериладиган малака тоифалари бундан мустасно).
Мактабларга компютерлар харид қилишда салкам 1 млрд сўм талон-торож қилингани маълум бўлди
2021-2022 йилларда Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги “Ўқув таълим-таъминот” давлат муассасаси томонидан 919,4 млн сўм талон-торож қилиниши натижасида “Бир миллион дастурчи” лойиҳаси доирасида харид қилинган электрон воситалар жойларга етиб бормаган.
👉 https://kun.uz/kr/97665039
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Мактабларда давомат 97,7 фоизга етди — Миллий гвардия
Таълим-тарбия борасидаги мажбуриятларни бажармаган 124 минг ота-она расмий огоҳлантирилган, 4 мингга яқини маъмурий жавобгарликка тортилган.
👉 https://kun.uz/kr/97408603
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Andijon tumanidagi 10-maktabning 10 nafar o‘qituvchisi 1000 dollardan maosh olmoqda.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Педагоглар аттестацияси бўйича диагностика тестлари ташкил этилади
2024 йилнинг биринчи ярмида ўтказиладиган аттестация олдидан педагогларни қўллаб-қувватлаш ҳамда синовларга тайёргарлик учун шароит яратиш мақсадида умумтаълим фанлари бўйича диагностика тестлари ташкил этилмоқда.
Ушбу тест топшириқлари Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан эълон қилинган педагоглар аттестацияси бўйича малака тоифаси синовлари топшириқларининг мавзулари ва қўлланилган адабиётлар рўйхати асосида шакллантирилган.
Диагностик тестда педагогнинг мутахассислик фани бўйича 35 та, касб стандартидан 5 та ҳамда педагогик маҳоратни аниқлаш мақсадида илғор педагогик услуб ва технологияларни қўллаш бўйича 10 та топшириқ берилади.
Яъни ҳақиқий аттестация жараёнларига ўхшаш форматдаги ва миқдордаги топшириқлар берилади.
👉 Диагностика тестларида иштирок этиш учун @uztdi_testbot телеграм боти орқали ҳозироқ рўйхатдан ўтиб қўйишингиз мумкин.
❗️Тестлар бугун, 9 март куни 17:00 да бошланғич синф ўқитувчилари учун бошланади.
Бошқа фанлар бўйича бошланиш вақтлари Таълим назорати (@uztdi) каналида эълон қилиб борилади.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Аттестацияда иштирок этиш учун мурожаат юборган педагоглар 10 мартгача тўлов қилишлари мумкин!
Xotin-qizlar bayrami nega va qanday nishonlanadi?
Maqolani boshi👆
Sharqda ham bu bayram o‘zgacha tarzda nishonlanadi. Masalan, Yaponiyada xuddi shunga o‘xshash bayram mavjud. Lekin u xotin-qizlar emas, balki faqatgina qizlar (Xina Matsuri) bayramidir. Bu ayyomni qo‘g‘irchoqlar bayrami deb ham atashadi. Bayram 3 martda o‘tkazilib, barcha yapon qizlariga baxt va sog‘lik tilaydi. Yaponlar qizi bor uy ostonasidagi qizil javonga chiroyli kiyintirib qo‘yilgan qo‘g‘irchoqni qo‘yishadi. Mamlakatning ba’zi joylarida esa qog‘ozdan yasalgan qo‘g‘irchoqlarni suvga tashlaydilar. Bu bilan suvga tashlangan qog‘oz-qo‘g‘irchoq o‘zi bilan baxtsizlik va kasallikni ham olib ketsin, deyiladi.
Qizlarga atalgan qo‘g‘irchoqlar odatda vasiyat qilib qoldirilgan bo‘ladi. Chunki bu qo‘g‘irchoqlar juda qimmat bo‘lib, narxlari 1000 AQSh dollaridan kam bo‘lmaydi. Ular bir oy davomida ostonada turib, keyingi yil uchun yana yig‘ishtirib qo‘yiladi.
Nodira Manzurova,
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
8-mart kuni haqida ajoyib faktlar
8-mart kuni dunyoning qator davlatlarida bayram sifatida nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekiston hududida ham. bu kunning tarixi haqida turli-tuman taxminlar, mishmishlar va afsonalar yuradi. o‘tmishga nazar solsak, 8-mart haqida hali biz eshitmagan ma’lumotlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
1) 1914-yil boshida Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta rasmiy bayram sifatida kiritildi.
2) 1909-yilning 28-fevral kuni AQSH ilk bor Ayollar kunini nishonladi.
3) 1911-yilda Daniya, Avstriya, Shveysariya va Germaniya Ayollar kunini nishonlashni boshladi.
4) 1913-yildan e’tiboran Xalqaro ayollar kuni 8-martga ko‘chirildi.
5) Avval bu bayram 23-fevralda nishonlangan.
6) 2000-yildan boshlab dunyoning aksari davlatlarida Xalqaro ayollar kuni rasmiy bayram sifatida qabul qilindi.
7) Avstraliyada ilk bor bu bayram 1911-yilning 19-martida nishonlangan.
8) Aynan shu kuni jahonda ilk bor ayollarning norozilik namoyishlari va mitingi boshlandi.
9) 1956-yildan e’tiboran ushbu sana dam olish kuni deya tasdiqlandi.
10) Qadimgi Rimda ham bu bayram nishonlangani haqida ma’lumotlar mavjud.
11) Bu bayramni jahonning 31 ta davlati rasmiy ravishda nishonlaydi.
12) 8-mart Suriyada “Revolyutsiya kuni” sifatida nishonlanadi.
13) 1910-yil Daniyaning Kopengagen shahrida Klara Setkin ushbu kunni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlashni taklif qilib chiqdi.
14) Bu kun Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi.
15) 1914 yildan boshlabgina 8-mart bayram sifatida rasmiy qabul qilingan.
16) Statistikaga ko‘ra, 100 nafar odamdan faqat 4 nafari ushbu bayramni restoranda nishonlashni istaydi.
17) “8-mart” degan atir faqat sobiq ittifoqda bo‘lgan.
18) Daniyaning Kopingagen shahri ushbu bayram asoschisi deya e’tirof etiladi
19) 1702 yilning 8-martida Anna Buyuk Britaniyaning qirolichasi bo‘lgan bo‘lsa, 1728 yilning shu kunida Pyotr II Rossiya imperiyasining taxtiga keldi.
20) 1968 yilda Yangi Zelandiya ushbu kunni bir yilda 4 marta nishonladi
Sarvar Anvar o‘g‘li
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Qadrli opa-singillar, sizlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Hamisha muqaddas va eʼzozda boʻling!
Hurmat bilan, "Oʻqituvchilar uchun" kanali jamoasi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўзбекистонда таровиҳ намози ўқиладиган вақтлар маълум бўлди
Таровиҳ намози республика бўйлаб 10 март кунидан бошланади.
👉 https://kun.uz/kr/10833057
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
O‘zbekistondagi maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan
Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘tkazgan tadqiqotda aytiladi. Shuningdek, tadqiqotda yana quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
➖ Bitta o‘quvchi o‘rniga 1,2 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda;
➖ Maktablarning 16 foizga yaqini kapital ta’mirlashga muhtoj, 4,6 foizi esa umuman yaroqsiz holatda;
➖ Umumta’lim maktablarida har bir o‘quvchiga 0,03 ta, qishloq joylarda esa 0,04 ta kompyuter to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich dunyo mamlakatlari bilan solishtirganda ancha past. Masalan, Qozog‘istonda har bir o‘quvchiga 0,72 ta, Ozarbayjonda 0,55 ta, Belarusda 0,55 ta, Turkiyada 0,25 ta, umumiy Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlarida esa 0,85 ta kompyuter to‘g‘ri keladi;
➖ Shuningdek, umumta’lim maktablarining 64,2 foizida oshxona yoki bufet, 95 foizida kutubxona, 79 foizida sport zali bor. Maktablarning 70,5 foizida vodoprovod mavjud. Umumta’lim maktablarining 99 foizi isitish tizimiga ega.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU