Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbek tili darsligi yuzasidan tarqalayotgan e'tirozlarga munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda musiqa anjomlarining nomlari rasmlariga muvofiq emasligi tasvirga olib tarqatilgan darslik Respublika taʼlim markazi tomonidan 2022-2023- oʻquv yili uchun tayyorlangan va davlat tili ikkinchi til sifatida oʻqitiladigan sinflarga moʻljallangan 10-sinf Oʻzbek tili darsligidir.
Darslikning 99-betdagi "Oʻylang va toping" degan topshiriq ostida keltirilgan 5-mashq shartiga koʻra, musiqa asboblarining nomlari atayin chalkashtirib berilgan va oʻquvchidan tasvirga qarab musiqiy asboblarining nomini toʻgʻri topishni talab etadi.
Yaʼni mashq aralash berilgan nomlarni tasvir asosida toʻgʻri nomlashni nazarda tutadi. Mashq haqida oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmada ham alohida tushuntirish berilgan.
**Rasmda darslikning eʼtirozga sabab bo'lgan sahifasi va metodik qo'llanmada mashq yuzasidan berilgan ko'rsatma keltirilgan.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
🎥O'zbekiston Barkamollik uchun ta'lim dasturi texnik ekspertlari, Xalqaro mutaxassislardan taqdimot👇
👩🏫Syuzan Ianuzzi — Cambridge University Press hamda Oxford University Press nashriyoti muallifi, ona tili va o'qish savodxonligi fani bo'yicha xalqaro ekspert.
📝Mavzu: Ta’lim standartlari va o‘quv materiallarini tayyorlash jarayonlari
🔗YouTubeda tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/S11LchOrgLs
👩🏫Romin Yazdonpanoh — Madaniyatlararo muloqot bo‘yicha tadqiqotchi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
📝Mavzu: Formativ va summativ baholashga asoslangan holda standartlar yaratish
🔗YouTubeda tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/O1RzABCQWvY
👩🏫Liza Horvard — Mustaqil taʼlim boʻyicha maslahatchi, ingliz tili boʻyicha materiallar muallifi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
📝Mavzu: Ijtimoiy emotsional ta’lim
🔗YouTubeda tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/67Fu9EsXuss
👩🏫Flavia Ramos Mattusi — Mustaqil taʼlim boʻyicha maslahatchi va ingliz tili boʻyicha materiallar muallifi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
📝Mavzu: Ingliz tilini xorijiy tili sifatida oʻqitishni yaxshilash
🔗YouTubeda tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/53_5Zvc53hU
👩🏫Dina Vertkina — Mustaqil taʼlim boʻyicha maslahatchi va ingliz tili boʻyicha materiallar muallifi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
📝Mavzu: Ta’lim barqarorligi, Ta'lim dasturlarining hayot sikli
🔗YouTubeda tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/hd_VDn3m4nU
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#Prezident_qarori
2023/2024-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yoʻnalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#xalqaro_tajriba #fin_maktabi
Ustozlarimizning talabiga muvofiq, ayni paytda Finlyandiyada bo'lib turgan ilmiy xodimlarimiz tomonidan mazkur davlatdagi yuqori maktablarda o'tiladigan darslar, imtihonlar, o'quvchilarning yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beruvchi dasturlar, ota-onalar va maktab o'rtasidagi munosabatlar haqida Gradia maktabi misolida videorolik tayyorlandi.
O'ylaymizki, o'zingiz uchun ko'plab qiziqarli va foydali ma'lumotlarni kashf etasiz.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Rasman: Umumiy qiymati 5,5 milliard so‘m bo‘lgan, Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida, matematikadan Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi.
Olimpiada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo’naltirish maqsadida 10-11-sinf maktab va litsey o’quvchilarini qamrab oladi.
Arizalar 1-fevralga qadar maxsus platforma (olympiad.pdp.uz) orqali bepul qabul qilinadi.
Matematika fanidan o’z bilimlaringizni sinab ko’ring va Respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!
📹Batafsil maʼlumot videoda: 00:00
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#ТАВСИЯ
Об-хавони совуқ кунларида, дарс жараёни давомида, ўқувчини 40-45 дақиқа бир жойда , харакатсиз ўтириб қолишларига йўл қўймаслик мақсадида, вақти-вақти билан, синф хонаси ичида, ўқувчилар ўқитувчи билан биргаликда, 1-2 дақиқа давом этадиган, харакатли ўйинларни ташкил этиб туришлари мақсадга мувофиқ бўлади....
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Аномал совуқ кунларидан кейин мактабни, синф хоналарини ўқув жараёнига тайёрлаш, иссиқлик тизимидаги нозозликларни бартараф этиш жараёни аксарият мактабларда шу тартибда бўлгани шубхасиз .....
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
✍️ Maktab direktorlari uchun so`rovnoma
👨🏫 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Britaniya Kengashi davlat (o’rta ta’lim, maxsus, Prezident) maktablarida ingliz tili o'qituvchilarining malaka oshirish ehtiyojlari va imtiyozlariga oid hisobot tayyorlamoqda.
Ushbu so'rovnoma savollariga javob berib, siz O'zbekistonda ingliz tilini o'rganish va o'qitish standartlarini oshirishiga qaratilgan ushbu hisobotga muhim hissa qo'shgan bo’lasiz.
👉 Savollarga anonim ravishda quyidagi havola orqali javob berishingizni so’raymiz:
https://www.surveymonkey.co.uk/r/uzbekheadteachers
Jami 14 ta savol mavjud. Javoblarni 27 yanvarga qadar yuborishingizni iltimos qilib qolamiz.
Hamkorlik uchun tashakkur! 🫡
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❗️Тошкент шаҳридаги мавжуд 335 умумтаълим муассасасидан 278 тасида 23 январь куни ўқув машғулотларига рухсат берилади
❇️Хабарингиз бор, 23 январь, душанба кунидан пойтахтимиздаги умумтаълим муассасаларида III чорак ўқув машғулотлари бошланади.
Мутахассисларнинг билдиришича, ўқувчилар таълим оладиган синфхоналарда ҳаво ҳарорати +18 даражадан паст бўлмаслиги талаб қилинади. Ўрганишлар якунига кўра, эртага мавжуд 335 таълим муассасасидан 278 тасида III чорак дарс машғулотлари бошланади.
Аммо ҳаво ҳарорати юқорида белгиланганидан паст кўрсаткичга эга 57 та умумтаълим муассасасида узлуксиз таълим жараёнлари босқичма-босқич бошланиши режалаштирилган. Жумладан,
• Бектемир туманидаги 345, 346, 347, 348,
• Миробод туманидаги 83, 94,
• Мирзо Улуғбек туманидаги 54, 209,
• Олмазор туманидаги 1, 28,
• Сергели туманидаги 33, 68, 269, 352,
• Учтепа туманидаги 199, 251,
• Чилонзор туманидаги 79, 101, 114, 138, 162, 163, 168, 173, 178, 179, 181, 182, 183, 184, 188, 201, 202, 232, 270, 280, 281-сонли умумтаълим мактаблари, 4-сонли махсус мактаб-интернати,
• Шайхонтоҳур туманидаги 19, 39, 59, 82, 85, 92, 132, 141, 167, 169, 180, 186,
• Юнусобод туманидаги 87, 259,
• Янгиҳаёт туманидаги 2, 3, 334,
• Яшнобод туманидаги 145-сонли умумтаълим мактаби, 77-сонли ихтисослаштирилган мактаб-интернатларида синфхоналарда ҳаво ҳарорати меъёридан пастлиги туфайли дарс машғулотлари масофавий таълимга ўтказилади.
Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
23-yanvardan barcha maktablarda lll chorak boshlanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23-yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini ma’lum qiladi.
Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo’lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o’qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan murojaatlaringizni
@xtv_nazorat_bot orqali yuborishingiz mumkin.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Ertaga barcha ta`lim muassasalarida darslar boshlanadi!
Ertaga — 23-yanvar, dushanba kunida quyidagi hududlarda hamda barcha ta’lim muassasalari(maktab, bog‘cha, litsey, kollej, texnikum, OTM va boshqalar)da o’quv mashg’ulotlari boshlanadi.
Hududiy hokimliklar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi e‘lonlari:
🗄 Toshkent shahri
🗄 Buxoro viloyati
🗄 Surxondaryo viloyati
🗄 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
🗄 Toshkent viloyati
🗄 Namangan viloyati
🗄 Qashqadaryo viloyati
🗄 Sirdaryo viloyati
🗄 Xorazm viloyati
🗄 Farg‘ona viloyati
🗄 Navoiy viloyati
🗄 Jizzax viloyati
🗄 Andijon viloyati
ℹ️ Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida 18-yanvar sanasidan darslar boshlangan.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
❔ Kanalimizda pedagoglar attestatsiyasi natijasiga ko‘ra 26 ming nafardan ortiq o‘qituvchining mutaxassis lavozimiga muvofiq emasligi ma’lum qilingach, botimiz (@uztdibot)ga "Attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis-pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinmi?" mazmunidagi savollar yuborilmoqda.
🖊 Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
🗄 navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda (55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa);
🗄 uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan taqdirda.
🛡 Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis lavozimidagi pedagog navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan uch marta jalb etiladi.
ℹ️ Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
❗️ Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
O'qituvchilardan to'rtala sektorga «atvet».
Manba: habikatura
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2022 йилда ўтказилган педагог кадрлар аттестацияси якунларига кўра:
✅ 33 999 (иштирок этганларнинг 6,6%) нафар педагогларга олий малака тоифаси,
✅ 107 435 (21%) нафар педагогларга биринчи малака тоифаси,
✅ 167 314 (32,6%) нафар педагогларга иккинчи малака тоифаси,
✅ 32 780 (6,4%) нафар педагогларга мутахассис малака тоифасини бериш тўғрисида,
✅ 26 534 (5,2%) нафар педагогларга нисбатан эса "мутахассис лавозимига мувофиқ эмас"лиги тўғрисида қарор қабул қилинди.
✅ 144 522 (28,2%) нафар педагоглар навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этиб паст балл олганлиги сабабли уларга нисбатан салбий қарор қабул қилинмади (Қарорсиз қолдирилди).
‼️Аттестация натижаларига кўра Олий, биринчи ва иккинчи малака тоифалари берилган 308 748 (иштирок этганларнинг 60,2%) нафар педагогларнинг шахсий кабинетларига "Педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисида электрон рақамли Сертификат" лар юборилди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ijtimoiy tarmoqlarda "Farzandingiz doirani nay deb siz bilan talashsa undan jaxlingiz chiqmasin" deb nomlangan video tarqaldi.
Mashqni shartini oʻqimay, tushunmay tarqatilgan video
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Таълимдаги ишларимиз нега самарасиз бўлмоқда? — экспертлар билан интервью
Kun.uz мухбири халқ таълими, унда ўқувчилар, ота-оналар ва ҳатто ўқитувчиларнинг ўзи ҳам қониқмайдиган сифатсизлик, шу сифатсизликни қандай қилиб сифатлига айлантириш мумкинлиги ҳамда янги вазир энди нима қилиши керак, деган саволлар атрофида таълим экспертлари: Баҳодир Ғаниев, Абдураҳим Носиров ҳамда Тошкентдаги “Лидер” хусусий мактаби директори Феруза Ваҳобова билан интервью ўтказди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARI SO'RALADI
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!
Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini mazkur manzilga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.
Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etishlari zarur.
⚡️ #Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!
‼️ Навбатдан ташқари (муддатидан илгари) тоифа олиш тўхтатиладими?
❓Савол: ✍️ Саволим шундан иборатки, "2023 йил баҳорги аттестациядан сўнг навбатдан ташқари топшириш бекор қилинади"- деб эшитдим. Фақат беш йилда бир марта мажбурий аттестацияда ўтказилар экан. Шу тўғрими? Жавоб учун олдиндан раҳмат. (Фарғона вилояти Ёзёвон туманидаги 37-мактабнинг математика фани ўқитувчиси).
❗️Жавоб: ...Биз бу тўғрисида расмий хабар эшитмадик ва амалдаги тартибга ўзгартириш киритиш тўғрисида қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжатни кўрмадик.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
📘“Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning zamonaviy usullari ” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⁉️Синфхоналарда ҳаво ҳарорати қандай бўлиши керак?
Қонунчиликка кўра, таълим муассасаларининг ўқув хоналарида машғулотлар ўтказишда меҳнатни муҳофаза қилиш талабларига мувофиқ ҳаво ҳарорати 16º С дан паст бўлмаслиги лозим.
Физика ўқув лаборатория хонасида мунтазам равишда ҳарорат 18º С – 21º С, ҳавонинг намлиги 40 – 60 фоиз бўлиши талаб этилади.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
✍️ Maktab Ingliz tili oqituvchilari uchun so
rovnoma
👨🏫 Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligi va Britaniya Kengashi davlat maktablarida ingliz tili o'qituvchilarining malaka oshirish ehtiyojlari va imtiyozlariga oid hisobot tayyorlamoqda.
Ushbu so'rovnoma savollariga javob berib, Siz O'zbekistonda ingliz tilini o'rganish va o'qitish standartlarini oshirishiga qaratilgan ushbu hisobotga muhim hissa qo'shgan bo’lasiz.
👉 Savollarga anonim ravishda quyidagi havola orqali javob berishingizni so’raymiz:
https://www.surveymonkey.co.uk/r/uzbekteachers
Javoblarni 27 yanvarga qadar yuborishingizni iltimos qilib qolamiz.
Hamkorlik uchun tashakkur! 🫡
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Таътилдан сўнг ўқишнинг биринчи куни😅
Бугунда мактаблар бошланди...
Видеодаги ҳолатлар рўй бера бошлагандир?
Барчага яхши кайфият тилаб қоламиз!
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
23-январдан барча ўқув муассасаларида,мактабларда анъанавий тарзда ўқиш бошланади.
ЎҚИШ БОШЛАНАР ЭКАН
Уйда ўтириб ногоҳ,
Кўнгил ғашланар экан,
Эшитдингми эй ўртоқ,
Ўқиш бошланар экан.
Майин шаббода елди,
Юраклар нурга тўлди,
Хабарнинг зўри келди,
Ўқиш бошланар экан.
Ортда қолдими бари,
Борамиз мактаб сари,
Кетибди,,Аномали",
Ўқиш бошланар экан.
Хурсанд ота оналар,
Тўлиб кўнгил хоналар,
Ўйин тамом болалар,
Ўқиш бошланар экан.
Тонг отиб чиқар қуёш,
Милтирар кўзларда ёш,
Дийдор яқин синфдош,
Ўқиш бошланар экан.
Дийдорлашамиз яна,
Қиламиз зўр тантана,
Эшитдингизми она
Ўқиш бошланар экан.
Илм-зиё,илм-нур,
Берар кўнгилга ҳузур,
Яратганга минг шукур,
Ўқиш бошланар экан.
Хуршид Карим
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Эртадан мактабларда ўқишларимиз «жўнлайн»😂
Битта аномал совуқ ҳамма нарсани остин-устун қилиб ташлади
Эртадан мактабларда "жўнлайн" ўқишлар бошланади. Ҳамма ўқишга☺️
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Финландия таълим тизими, Финландия таълим тизими деб оғиз кўпиртирмасдан Ўқитувчиларимизга у ерда бор шароитларни ҳам қилиб берайлик, берганимиз 4 сўм пул, талабларимиз кўпайиб кетмаяптими?
Manba: Qoraxabar
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Мактабларда 64 хил касб ўргатилади, хорижлик ўқитувчилар жалб қилинади – Президент топшириғи
Шунингдек, касб-ҳунар устахоналари ташкил этилади, улар жиҳозланади ва зарур ашёлар билан таъминланади.
👉 https://kun.uz/10519358
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#TEZKOR
⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi
Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyat yuzasidan Bosh Prokuratura rahbariyati bilan gaplashdim, holat ayni damda nazoratga olingan va o‘rganilmoqda.
Prezidentimizning tegishli Qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman.
O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman.
Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️«Қаттиқ афсусдаман» — Ангрен шаҳар прокурори
Ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб қилишга даъват қилган Ангрен шаҳар прокурори Улуғбек Қобулжонов видеомурожаат билан чиқди.
Прокурор ўзининг видеомурожаатида барча ўқитувчилардан кечирим сўради.
Қоғозга қараб зўр ўқирканлар...
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU