pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми

🔰 Ишлаб чиқариш ёки педагогик фаолиятни илмий иш билан бирга муваффақиятли олиб борувчи шахслар учун асосий иш жойларидаги ўртача ойлик иш ҳақлари ва лавозимлари сақланган ҳолда:

➖ номзодлик диссертациясини ва дарсликлар ҳамда ўқув-услубий қўлланмаларни тугаллашлари учун муаллифларга 3 ойгача;

➖ докторлик диссертациясини тугаллаш учун 6 ойгача бўлган муддатга ижодий таътиллар берилади.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

Taʼlim nazorati kanali (@uztdi)ning muhokamalar guruhida va botimiz(@uztdibot)ga nodavlat universitetlarda o‘qiyotgan talabalar yoki ularning ota-onalari tomonidan

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

Xorij tajribasida bunday holatlar bo‘lganda qanday yo‘l tutilgan?
"
kabi savollar bilan ko‘p murojaat qilishadi.

O‘zbekiston telekanali orqali 31-yanvar kuni efirga uzatilgan "Munozara maydoni" ko‘rsatuvida Ta‘lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ushbu savolga javob bergan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Kim bo‘lsam ekan?
Qaysi kasb yaxshiroq?

Ha, bu sog‘lom fikrli, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashni istovchi har bir yosh oldida turgan eng dolzarb savol, ayniqsa u maktabni bitirayotgan bo‘lsa.

Bunday vaqtda biz kattalar ularga to‘g‘ri maslahat berishimiz zarur bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti “Kasb-hunarga yo‘naltirish metodologiyasi” ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlarni, ayniqsa maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha qator izlanishlar olib borilmoqda.

👆Yuqoridagi rolik shu to‘g‘rida.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Билим ва маҳорати устида доимий ишлаган, албатта, қадр топади” — ойига минг доллар топаётган мактаб ўқитувчиси

Ўзбекистон мактабларида берилаётган таълим сифати танқид қилинаркан, бунга сабаблардан бири сифатида ўқитувчилар ойлигининг пастлиги ҳам айтиб келинади. Сўнгги йилларда соҳага ва ўз устида ишловчи ўқитувчиларга бўлаётган эътибор, яратилаётган имкониятлар сабаб, ойлиги сезиларли юқори ўқитувчилар кўпаймоқда.

👉 https://kun.uz/82600318

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Rasmiy_bayonot

So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrardik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Navoiyni_eslab
Ilmni kim vositayi joh etar,
Oʻziniyu xalqni gumroh etar.

Ushbu videorolik buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582-yilligiga bag'ishlanadi. Respublika ta'lim markazi xodimlari Sizga ulug' mutafakkir ijodini 7 tilda tinglash zavqini baxsh etadilar.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Yotoqxonaga DXM yoki YAIDXP orqali joylashish tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Davlat dasturi loyihasiga koʻra talabalarga yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish taklif etilmoqda.

Bunda:

yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ижтимоий тармоқларда "Ўзбекистондаги мактабларда бир синфдаги ўқувчилар сони 20-24 кишигача қисқартирилади" мазмунидаги ёлғон хабарлар тарқалди

Ўзбекистонда синфдаги ўқувчилар сонига чеклов белгиланиши режалаштирилмоқда:

• 1-4-синфлар - 20 ўқувчи
• 5-9-синфлар - 24 ўқувчи
• 10-11-синфлар - 20 нафардан ошмаслиги керак дейилади хабарда


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda — Davlat dasturi Farmoni loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!

Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Коллеж ва техникумларнинг дуал таълим шакли бўйича ҳам давлат грантлари ажратилиши мумкин

Давлат дастури лойиҳасига кўра 2023/2024 ўқув йилидан бошлаб давлат грантлари коллеж ва техникумларнинг дуал таълим шакли бўйича ҳам ажратилиш таклиф этилмоқда.

Натижада, жорий йилда дуал таълим шакли бўйича давлат гранти асосида камида 5,7 минг нафар ўқувчи қабул қилинади.

Дуал таълим шаклида ўқувчи профессионал таълим муассасасида назарий билимларни олади ва бир вақтнинг ўзида ишлаб чиқариш корхонасида меҳнат фаолиятини амалга ошириб, амалий кўникмаларини мустаҳкамлайди (Германия, Швейцария, Австрия тажрибаси).

Шунингдек, 2023 йил 1 сентябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида малакали хорижий экспертларни жалб қилган ҳолда Европа касбий таълим ва касбга ўқитиш сифатини таъминлаш тизими талабларига тўлиқ жавоб берадиган 1 тадан намунавий профессионал таълим муассасалари фаолияти йўлга қўйилиш назарда тутилган.

Натижада, намунавий профтаълим муассасалари Европа Иттифоқи Комиссияси, Германиянинг Халқаро ҳамкорлик жамияти (ГИЗ), КФВ банки, Швейцариянинг Ўзбекистондаги элчихонасини, Кореянинг “ЕДЦФ” фонди билан биргаликда ташкил этилади.

Ушбу муассасалар фаолиятига замонавий стандартларни жорий қилиш учун уларга ўқув режа ва дастурларни, таълим шакли ва муддатини мустақил белгилашга рухсат этилади. Шунингдек, ҳар битта муассасага 4 нафардан хорижий экспертлар жалб этилади.

Лойиҳа бўйича таклиф қолдириш мумкин: https://2023.strategy.uz/83-2/


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Kun_rasmi

🎨Milliy o'quv dasturi asosida tayyorlangan darsliklar rassomlari tomonidan yaratilgan bu ijod namunalari allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalishga va o'zbek xalqining turk birodarlariga bildirgan hamdardligi ramziga aylanib ulgurdi.

1-rasm muallifi – Respublika ta'lim markazi Darsliklar dizayni bo'limi mutaxassisi Sarvar Farmonov.

2-rasm muallifi
Respublika ta'lim markazi Darsliklar dizayni bo'limi mutaxassisi Umid Sulaymonov.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Attestatsiyada maktab tomonidan beriladigan ball haqida o‘qituvchilar fikri

Joriy yilning 26-yanvaridan boshlab Ta’lim nazorati (
@uztdi) va Pedkadr.tdi.uz kanallarida "O‘qituvchilarga malaka toifalarini berishda ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlik to‘g‘risidagi (20 ballik) ma’lumotnoma bo‘lishi kerakmi?" mazmunidagi anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.

Unda 35 ming nafarga yaqin pedagoglar ishtirok etdi (06.02.2023 holatiga). So‘rovnoma natijasiga ko‘ra,

🗄 Respondentlarning 47 foizi (16 302 nafar) "Faqat test orqali o‘qituvchi faoliyatiga baho berib bo‘lmaydi, ish beruvchilar fikri ham kerak", deb hisoblaydi.

🗄 Shuningdek, kuzatuvchilarning 39 foizi (13 381 nafar) ning fikricha, "Kerak emas, ma’lumotnoma berish xolis tashkil etilmasdan, tanish-bilishchilik, ta’magirlik kuchayib ketdi."

🗄 Ishtirokchilarning 10 foizi (3 439 nafar) ushbu masalaga befarqligini bildirgan.

🗄 4 foiz (1 482 nafar) kuzatuvchi esa so‘rovnomada "Kerak, faqat ma’lumotnomani tuman (shahar) yoki viloyat boshqaruv organlari berishlari kerak" javobini tanlagan.

So‘rovnoma hali ham kanalimizda faol ko‘rinishda, kirib ovoz berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ #ПКА_2023_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!

❓Савол:
✍️ Мен Қарақалпоғистон Республикаси Элликқала туманидаги мактаблардан бириги жорий йилнинг 24 январидан ишга қабул қилиндим. 2023 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган аттестацияга топширмоқчи эдим, лекин мактаб раҳбарлари "балл бера олмаймиз" - деяпти. Шу тўғрими? Аввалги мактабимга 2019 йил октябрь ойида ишга қабул қилинганман, кейин декрет таътилида ҳам бўлдим. Декретдаги вақт ҳам иш стажга кирадими? Энди мен навбатли аттестацияга топширсам ҳам бўладими? Илтимос батафсил жавоб берсангиз.

❗️Жавоб: Бу тўғри албатта (мактаб раҳбарларининг гаплари). Низомнинг 34-банди: Педагогик маҳорат ва психологик тайёргарликни баҳолаш натижалари юзасидан маълумотнома аттестациядан ўтиш учун ҳужжат топшириш бошланган санага қадар кўпи билан тўрт ой муддат ичида берилган бўлиши лозим.

📌 Сиз 2023 йилги аттестацияларда иштирок этмоқчи эканлигингизни аввалги (эски иш жойингиз) мактаб раҳбариятига ўтган йили сентябрь-декабрь ойларида маълум қилиб, маълумотномани 31 декабрга қадар олган бўлишингиз керак эди.

📌 Декрет таътиллари ҳам иш стажига қисман (бола 3 ёшга тўлгунча болани парваришлаш таътилларида бўлиш вақти, лекин ҳаммасини жамлаганда кўпи билан 6 йил) қўшиб ҳисобланди;

📌 Низомнинг 6-банди: Қуйидагилар навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:

📍ҳомиладор аёллар, улар ҳомиладор бўлган даврда ҳамда ишга чиққанидан кейин бир йил давомида;

📍ҳомиладорлик ва туғиш ҳамда болани парвариш қилиш таътилларида бўлган аёллар, улар таътилда бўлган даврда ҳамда ишга чиққанидан кейин бир йил давомида;

📍педагогик фаолият билан шуғулланаётган уч ёшгача болалари бор аёллар навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмаслиги;

Низомнинг 7-бандида эса: "Навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар ўз хоҳишига кўра навбатдан ташқари аттестациядан ўтишлари мумкин"лиги белгилаб қўйилган.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Инфографика — ҳар куни!

Миллиардерлар энг кўп қаерда яшайди❓
Қаерларда гўшт кўп ейилади❓
Қанча одам ўзини демократик давлатда яшайман, деб ҳисоблайди❓
Қайси давлатларда неча дақиқада бир финжон қаҳва пулини ишлаб топиш мумкин❓

Бу каби саволларга жавобларни ушбу 👉каналдан топасиз.

Муҳим мавзулар, қизиқарли фактлар бари — инфографика шаклида.

Уланинг! Ҳар куни
Инфографика!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Xalq taʼlimi vazirining (hozirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi) 2021-yil 24-dekabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2022-2023-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 414-son buyrugʻining 3-ilovasi 9-bandiga asosan 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil berilishi belgilangan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ #ПКА_2023_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!

❓Савол:
✍️ Тошкент вилояти Юқори Чирчиқ туманидаги 33-умумий ўрта таълим мактабининг она тили ва адабиёт фани ўқитувчисиман. Мен 2017 йил июнь ойида иккинчи малака тоифасини олганман. 2022 йилнинг июнь ойида иккинчи тоифамнинг амал қилиш муддати тугаши сабабли мен навбатдаги-мажбурий аттестацияда иштирок этишим керак эди. Аммо, мен 2021 йилнинг ноябрь ойидан туғруқ ва декрет таътилига чиққанлигим сабабли мажбурий аттестацияда иштирок эта олмадим. Савол: Агар, мен 2023 йил ишга чиқсам, тоифа олиш учун ҳужжат топшираётганимда амалдаги тоифамни иккинчи кўрсатаманми ёки мутахассисми?

❗️Жавоб: Ўз ҳоҳишингизга кўра иккинчи тоифадан биринчи тоифага ўтиш учун навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этишингиз мумкин.

📌Низомнинг 6-банди: Қуйидагилар навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:

📍ҳомиладор аёллар, улар ҳомиладор бўлган даврда ҳамда ишга чиққанидан кейин бир йил давомида;

📍ҳомиладорлик ва туғиш ҳамда болани парвариш қилиш таътилларида бўлган аёллар, улар таътилда бўлган даврда ҳамда ишга чиққанидан кейин бир йил давомида;

📍педагогик фаолият билан шуғулланаётган уч ёшгача болалари бор аёллар навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмаслиги;

📌 Низомнинг 7-банди: Навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрларнинг амалдаги малака тоифалари (лавозимлари) сақланиб қолади ҳамда уларга таълим ташкилотларида ишлаган даврида мазкур малака тоифаси (лавозими) бўйича ҳақ тўланади.

P.S Амалдаги тартибга кўра: Сизнинг фарзандингиз уч ёшга тўлгунга қадар, 2017 йилда олган иккинчи тоифангиз ўз кучида қолади ва шу тоифа бўйича ҳақ тўланади!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

📢Assalomu alaykum hurmatli ilm ahli!!!

Ingliz tilini online noldan va levelini kotarmoqchi, oʼrganmoqchi boʼlganlar, sizlar uchun ajoyib imkoniyat!!!
Har kunlik tashkillashtiriladigan til kursiga marhamat!!!
Atigi 100 000 soʻm toʼlab, tez orada samarali natijaga erishing! May va iyun oylarida imtihon topshiruvchilar uchun.  Darslar IELTS 7 VA milliy sertifikat C1 bor oʼqituvchi tomonidan tashkillashtiriladi.


📲Murojaat qilinglar: +998997721717

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Биласизми

❗️Олий таълим муассасаларининг педагогика йўналишларида кундузги, кечки, сиртқи бўлимларнинг 3-4-курсларида ўқиётган шахслар давлат мактабгача таълим тизимида педагогик фаолиятни амалга ошириши мумкин.

☑️ Бунда уларга ўрта махсус, касб-ҳунар маълумотга эга бўлган тегишли лавозимдаги ходимнинг базавий тариф ставкаси сингари базавий тариф ставкаси белгиланади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“Дадам ўқитувчи, ойим тикувчи” — президент мактабида ўқиётган оддий оила фарзандлари

Бегойим ва унинг укаси Беҳзод Тошкент шаҳридаги президент мактабида ўқийди. Улар аввалига оддий мактабда ўқишган, саралаш жиддий бўладиган президент мактабига киришда иккиси ҳам инглиз тилидан қийналишган, лекин математика ва мантиқий фикрлашдан юқори баҳо олишган.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

🔆"Darslarni tashkil etishda toʻgʻri maqsad qoʻyish va refleksiya" mavzusidagi seminar taqdimoti

Trener:
Dilafruz Azamatova,Toshkent shahridagi Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi

🔅Yozib olingan onlayn dars linki: https://www.youtube.com/watch?v=j0cxNi10JYo

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️527 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish rejalashtirilgan

Davlat dasturi loyihasiga koʻra:

🏗 “Namunaviy maktab” loyihalari asosida 527 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish orqali 196 ming oʻquvchi oʻrnini yaratish va maktablarni toʻliq zamonaviy mebel, uskunalar bilan jihozlash;

🖥 Umumtaʼlim maktablaridagi 1200 ta maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash;

⚒ Respublikadagi 4860 ta (shundan 2509 ta oʻgʻil va 2351 tasi qiz bolalar xonasi) umumtaʼlim maktablaridagi texnologiya xonalarini jihozlash;

🏫 Nodavlat taʼlim muassasalari sonini 400 taga yetkazish kabi chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

MUNOSАBАT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʼzbekistondagi maktablarda bir sinfdagi oʼquvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi toʼgʼrisidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʼra, 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash hisobiga 1,2 million oʼquvchi oʼrni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.

Qaror bilan 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʼrsatkichlari tasdiqlangan boʼlib, unga koʼra respublika boʼyicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Аyni damda bir sinfda oʼquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo’lib, blogerlardan yolgʼon maʼlumotlar tarqatmaslikni soʼrab qolamiz.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактаб ўқитувчиларининг аттестацияси бекор қилинмаган — вазирлик

Педагоглар аттестациясига масъул ташкилот – Таълим инспекцияси тугатилгани боис баҳорги аттестация учун аризалар қабули ҳали бошланмади. Бу ўқитувчилар орасида аттестация ўтказилмаслиги мумкин деган хабарлар тарқалишига сабаб бўляпти. Kun.uz Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигидан ҳолат ҳақида изоҳ олди.

👉 https://kun.uz/33449096

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#биласизми?

2023/2024 ўқув йилидан бошлаб босқичма-босқич умумий ўрта таълим муассасаларида янги ўқув дастурлари амалиётга киритилади. Бунда:
умумий ўрта таълим муассасаларининг 1–4 синфларида ўқувчиларни илғор хорижий тажриба асосида ишлаб чиқилган дарсликлар бўйича ўқитиш;
5–9-синфларда ўқувчиларга умумтаълим фанларидан таянч билимлар бериш;
10–11-синф ўқувчиларининг қизиқиш ва қобилиятига мос бўлган ихтисослашган дастурлар асосида билим бериш амалиёти жорий қилинади.
Бунда, бошланғич синф ўқувчиларини жамоа бўлиб ишлаш, мулоқот қилиш, креатив ва танқидий фикрлаш кўникмалари асосида ўқувчини мантиқий фикрлашга, ўз фикрини ифода эта олишига ва дарсларда эркин муҳитни шакллантиришга эътибор берилади.
10–11-синфларда 14 та мажбурий фанлардан ҳафталик юклама 31 соатни ташкил этади. Такомиллаштирилган ўқув режа асосида 8 та мажбурий фан ва 2 та танлов фан (кимё-биология, математика физика, тарих-ҳуқуқ, она тили ва адабиёт-чет тили) танлаш имконияти яратилади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#tahlil

Ota-onalar diqqatiga!

Nima sababdan baʼzi o‘quvchilar maktabga borishni istamaydi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining bu galdagi so‘rovnomasi ota-onalarning taʼlimga munosabatini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz! So‘rovnoma natijalar tahlili ham institutning rasmiy kanalida eʼlon qilinadi.

🧾 Ishtirok etish havolasi: https://bit.ly/3lf1CZW

☝️ Sizning fikringiz biz uchun muhim!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi

Davlat dasturi loyihasiga koʻra 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan yangi oʻquv dasturlarini amaliyotga kiritilish taklif etilmoqda.

Bunda:
👉umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1–4 sinflarida oʻquvchilarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish;
👉5–9-sinflarda oʻquvchilarga umumtaʼlim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
👉10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy etiladi.

Natijada, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini jamoa boʻlib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari asosida oʻquvchini mantiqiy fikrlashga, oʻz fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga eʼtibor beriladi.

10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan oʻquv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot, chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.

✅Loyiha boʻyicha taklif qoldirish mumkin: https://2023.strategy.uz/83-2/

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Liderlar_hamjamiyati

“Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

✅ Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.

Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.

Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ЎҚИТУВЧИЛАР САВОДСИЗМИ ЁКИ ПИЧОҚНИНГ СОПИ ЎЗИДАН ЧИҚАРИЛАЯПТИМИ?

Тўғрисўзлиги, чўрткесарлиги ва айниқса, устозлар ҳимоячиси бўлганлиги учун биз чуқур ҳурмат қиладиган таниқли сиёсатчи Кобул Дўсов бу сафар ХТБ мудирлари хабарларига асосланиб 35 фоиз мусиқа ўқитувчиларининг чолғу асбобларини чалиб билмаслиги, рус тили ўқитувчилари мудирлар билан рус тилида гаплаша олмаганлигини маълум қилибди.
Устозлар тўғрисидаги салбий маълумотларнинг айнан ХТБ мудирлари томонидан ва яна айнан ўқитувчиларни ҳар қандай ҳолатда ҳам ҳимоя қиладиган маҳоратли ва таниқли сиёсатчининг қўли билан оммага ошкор қилиниши - ҳам таажжубли, ҳам ажабланарли ҳолдир.
Нима бу? Пичоқнинг сопини ўзидан чиқаришми ёки???
Ўқитувчилар фаолиятига, оёқларига кишан бўлаётган атесстация, тест, тоифа, сертификат ва бошқа бало бадтарларга нисбатан норозилик кучаяётган, бу усулларнинг ўзини оқламаганлиги борасидаги далиларнинг ижтимоий тармоқлар орқали тарқалаётгани ортидан юқоридаги маълумотларнинг оммага сиздирилиши – мантиқан олиб қарасак провокациядан бошқа нарса эмас.
Ва бу фитнанинг айнан ХТБ мудирлари орқали амалга оширилиши эса ачинарли ҳолатдир.
Сал кенгроқ мушоҳада қилайлик. Шу пайтгача халқ таълими қўлида педогог дипломи бўлган ҳар бир ёшни ишга олишга мажбур бўлган. Шу боис устозлар тўғрисидаги ушбу салбий маълумотлар тўғри бўлган тақдирда ҳам айбни халқ таълими вазирлигидан эмас, русча салом алик қила олмайдиганларнинг қўлига “рус тили ўқитувчиси” деган диплом берган Олий таълимдан излаш лозим. Бунинг учун айнан Олий таълим жавоб бериши шарт.
Бу хабарларнинг оммага сиздирилиши ва устозларни оммавий саводсиз қилиб кўрсатиш сабабларининг янада аниқроғи: атесстация, тест, тоифа, сертификат ва шу каби баҳоналар билан ўқитувчилардан миллиардлаб ундирилаётган пуллардан қуруқ қолмаслик учун жонҳолатдаги уриниш ва талвасага тушишдир. Акс ҳолда эса сариқ товуқдан бошқа ҳеч ким сомон сочиб, маълумот бериб ўз кетини ўзи очмайди!

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

❌Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
❌ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
❌tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

✅Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga qoʻshiling!
👇👇👇👇
@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel