pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

11862

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir... Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

КЎЧАДА ҚОЛГАН УСТОЗЛАР
(ёхуд меҳнатга раҳмат шуми?)
Ижтимоий тармоқларда “Пахтакор туманидаги 38-мактаб ўқитувчиси ўқувчини урмоқда” сарлавҳали хабар тарқалиб, ушбу хабарга эудлик билан Андижон вилояти ММТ бошқармаси томонидан муносабат билдирилиб, ўқитувчи ва воқеани тасвирга олиб уни тарқатган директор ўринбосари ишдан бўшатилгани расман хабар қилинган.
Тасвирга олиб уни тарқатган педогогнинг бўшатилишига эътирозимиз йўқ. Аммо видеотасвирни қайта қайта айлантириб кўрсам ҳам ўқувчига танбеҳ бераётган ўқитувчини бир зумда ишдан бўшатиб юборадиган даражадаги ҳолатни кўрмадим.
Огоҳлантириш бордир, интизомий чора бордир. Аммо, бирданига ўқитувчини ишдан бўшатиб ташлаш нимаси? Хўп, асаби чидамай “ҳайвон” сўзини ишлатгани учун ўқитувчи жазоланган экан, аслида унинг асабини чиқараётганлар, китоб дафтарсиз келиб билганини қилаётганлар, устозига гап қайтариб, бетига сапчиб, камига дарс пайтида сақич чайнаб шишириб пақиллатаётган ўқувчилар-у, уларнинг ота оналари жазоланиши керак эмасмиди?!!
Нима учун бошқарма ходимлари масаланинг бу томонига кўз юмишди? Нима учун ота оналарни чақириб дарс пайти сақич чайнаб билганини қилаётган, оғзидан тупук сачратиб устозининг бетига сапчиётган қизларининг аҳволини кўрсатиб ўз ходимлари – устоз ўқитувчини ҳимоя қила олмади???
Нима учун зудлик билан ижтимоий тармоқларга расмий муносабат билдириш, шов-шувларни бости-бости қилиш учун ўқитувчини қурбон қилиш керак? Шу ҳам масаланинг ечимими? Шу ҳам инсофданми?
Нима учун бировнинг боласини ўқитаман, одам қиламан дея кўз нури тўкиб олийгоҳда ўқиган, йиллар давомида тажриба тўплаб, жон куйдириб, асаби эговланиб охир оқибат дош беролмаган ўқитувчи бир зумда ишдан бўшатилиб – кўчага ҳайдалди??? Унинг ҳам рўзғори, болалари бордир ахир?!!
Бировнинг болаларини одам қиламан дея ўқувчисига танбеҳ бергани учун устозни ишдан бўшатиб, унинг болаларини оч қолдириш – АДОЛАТДАНМИ?
Нима учун Андижон вилояти ММТ бошқармаси мутасаддилари масаланинг бу томонини ўйлаб кўришмади? Ўйлаб кўришга фурсат топа олмас экан ва ўз ходимлари – ўқитувчи устозларни ўқувчи, ота-она, ижтимоий тармоқ ва ахборот хуружларидан ҳимоя қила олмас экан - бундай бошқармаларни Президентимиз таъбири билан айтганда бутунлай тугатиш лозим эмасми?
Афсуски, кейинги вақтларда мактаб билан боғлиқ бундай ҳолатлар деярли ҳар ой ижтимоий тармоқларда айланмоқда.
Таажжублиси шундаки, илгарилари ўқитувчиларни ҳокимият вакиллари, даҳшат сарлавҳа қўядиган қўлбола мухбирчалар-у, ваҳимачи блогерлардан ҳимоя қилиб келган бўлсак, эндиликда ўқитувчини ўқитувчидан, зам директор-у, ундан юқори таълим мутасаддилардан ҳимоя қилишга тўғри келмоқда...

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Чет тили имтиҳони саналари эълон қилинди

✅ Чет тилини билиш даражасини аниқлаш бўйича ноябр ойида бўлиб ўтадиган тест синови саналари эълон қилинди.

📆 Унга кўра тест синовининг ёзма қисми 25-26 ноябрь кунлари, гапириш кўникмасини баҳолаш имтиҳонлари эса 27-30 ноябрь ва 1-, 4-7 декабрь кунлари бўлиб ўтади.

👨🏻‍💻 Талабгорлар имтиҳон жойи, куни ва аниқ вақтини my.gov.uz сайтининг “Менинг аризаларим” бўлимидан билишлари ва рухсатномани юклаб олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга белгиланган вақтдан камида бир соат олдин паспорт ёки ID-карта билан келишлари сўралади.

Изоҳ: Тест синови натижалари имтиҳонлар якунлангандан сўнг бир ҳафтада эълон қилинади.

©️ Таълим назорати

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 29-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Maktab darslarini deb ro'za -yu namozlarini qazo qilgan, oyog'i Haj, Umraga yetmagan  oddiy o'qituvchi taqdiri.

Ta'limini olgan shogirdlari gunohlari uchun yelka tutgani uchun Behishtga yetgan ekan.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#LMS_haqida

🤫Bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi

🗣Hurmatli pedagog xodimlar!

✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti "Uzluksiz kasbiy taʼlim" platformasida siz uchun imkoniyat va qulayliklarni kengaytirishda davom etmoqda.

❌Endilikda siz bir necha fanlardan pedagogik faoliyat yuritsangiz ham platformada har bir faningiz uchun alohida telefon raqamidan ro‘yhatdan o‘tishingizga hojat yo‘q.

👤Platformada bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi.

✅Buning uchun siz profilingizga kirgan holda qo‘shimcha lavozim va faningizni kiritishingiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, siz kiritgan yo‘nalishlar doirasida platforma tomonidan qaysi fan bo‘yicha o‘qishni boshlashingiz haqida taklif beriladi. Endilikda buning uchun adminlarga faningizni o‘zgartirishni so‘rab, murojaat yo‘llashingiz shart emas. Fanlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari ketma-ket amalga oshiriladi.

➡️Videoyo'riqnoma: /channel/video_yoriqnoma/64

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Боғдод тумани ҳокими ўринбосари обуна режасини бажармаган коллеж директорини калтаклади

Фарғона вилояти Боғдод туманидаги педагогика коллежининг зиммасига бу йил газета ва журналлар учун қарийб 24 млн сўм обуна режаси қўйилган. Бу режани бажаролмаган коллеж директори туман ҳокимининг ўринбосари томонидан калтакланди.

👉 https://kun.uz/65503526

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

«Novda» нашриёти янги дарсликларни беғараз тайёрлаган, бунинг учун бюджетдан пул сарфланмаган» — вазир ўринбосари

Жорий ўқув йилидан бошлаб бутун республика бўйича бошланғич синфларга ўқитилаётган янги авлод дарсликлари «Novda» нашриёти томонидан ишлаб чиқилган. Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев Kun.uz'га берган интервюсида ушбу нашриёт қандай танлаб олингани, дарсликлар нашриёт томонидан беғараз тақдим этилгани ва бунинг учун давлат бюджетидан пул сарфланмаганини айтди.

📹 👉 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

✅ Bugun, 18-noyabr mustaqilligimiz va erkinligimizning ramzi bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida juda katta ahamiyatga ega.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi barchangizni ushbu sana bilan muborakbod etadi.

Mustaqilligimiz va tinchligimiz ramzi bo'lgan mamlakatimiz bayrog‘i abadiy hilpirab tursin!

#Davlat_ramzi #18_noyabr


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Qadrli ustozlar, aziz hamkasblar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Albatta, muqaddas bayrog‘imiz yurtimiz mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Uning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan ta’limga doir turli olimpiada, fan va sport tadbirlaridagi mag‘rur hilpirashini ko‘rganimizda ko‘ksimiz yuksak faxrga to‘ladi. Shu Vatan, shu xalq vakili ekanligimizdan cheksiz iftixor tuyamiz.

Bir so‘z bilan aytganda, shu elga daxldorlik hissini tuygan hamyurtimiz borki, bayrog‘imizning qadri va sharafini doimo baland tutadi. Har qadami va harakatida ushbu aziz tushunchalarga munosib bo‘lishga urinadi.

Shu ma’noda yoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘ularini boyitish, milliy mentalitetimizni asrab-avaylashda Davlatimiz bayrog‘ining o‘rni va ahamiyati kattadir.

Yana bir bor barchangizni bugungi kun bilan samimiy qutlayman.

Yurtimiz bayrog‘i doimo yuksaklarda mag‘rur hilpirayversin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ANDIJONLIK O‘QITUVCHI MAOSHIDAN A’LOCHI O‘QUVCHILARIGA STIPЕNDIYA BЕRDI

“O‘quvchilarim ko‘zidagi quvonch olayotgan maoshimdan ko‘ra ko‘proq huzur bеradi”
, — deydi Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova.

30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan ijodkor pedagog ta’lim jarayoniga ko‘plab yangiliklarni joriy etib, o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan ularning qiziqishini fanga oshirib kelmoqda.

Yorqinoy Mamatisaqova o‘z ustida ishlab, tinimsiz izlanishi jarayonida xorijlik pedagoglar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yaxshi tajribadan xabar topdi. Bu tajribani o‘zi ta’lim beradigan 10-"B" sinfida o‘tkazib ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Fidoyi pedagog 1-chorak yakuni bo‘yicha 4 nafar a’lochi o‘quvchini aniqlab, ularga sinf rahbarligi uchun to‘lanayotgan maoshidan "Ustoz stipendiyasi" berishni yo‘lga qo‘ydi. Yana 12 nafar a’lochi o‘quvchilarini taqdirlab, kelgusida boshqa o‘quvchilarning ham yaxshi o‘qishi uchun motivatsiya bera boshladi.

— II chorakdan stipendiya olish uchun ko‘p o‘quvchilarim harakat qilmoqchi. Bir oyda sinf rahbarlik uchun oladigan maoshim o‘quvilarimga ketsa ham ularni rag‘batlantirishdan zavqlanaman. Boisi, bu stipendiyani joriy qilganimdan so‘ng o‘quvchilarimning ota-onasi qo‘ng‘iroq qilib, rahmat aytishdi. Farzandi uyga pul solingan konvertni ochmay olib borib, ota-onasiga berganini quvonch bilan gapirishdi. Oila davrasida ochilgan konvertni uy to‘riga qo‘yib qo‘yishibdi. O‘quvchilarim ko‘zidagi quvonch menga u olayotgan maoshimdan ko‘ra ko‘proq huzur berdi.

Sinfda tarbiyasi og‘ir o‘quvchilari ko‘p bo‘lgani uchun har bir o‘g‘il-qiz qiziqishini aniqlab olib, jamoaviy o‘yinlar tashkil etadi. Natijada, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ham ustozi bilan yaqin munosabatda bo‘lib, sinfda ta’lim sifati oshishiga erishiladi.

Batafsil:https: https://uzedu.uz/y3/news/1333


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#хорижий_ўқитувчилар_фикри
#таълимга_сармоя_келажакка_сармоя

MAQSADIM, O‘ZBЕK O‘QUVCHILARIGA FRANSUZ TILIDA OG‘ZAKI VA YOZMA RAVISHDA O‘Z FIKRLARINI IFODA ETISHGA IMKONIYAT YARATISHDIR


O‘zbekistonda bo‘lgan birinchi kunimdanoq bu maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining saxovati va e’tibori menda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va mehribonligidan ham cheksiz hayratdaman.

Mening eng katta maqsadim, o‘quvchilarga fransuz tilida og‘zaki va yozma ravishda o‘z fikrlarini ifoda etishga imkoniyat yaratishdir. Shaxsan men o‘quvchilarning og‘zaki nutqiga ko‘proq e’tibor qarataman.

Darslar va to‘garaklarda til o‘rgatishning har xil zamonaviy, noan’anaviy uslublaridan foydalanishga harakat qilyapman. O‘quvchilarimning ishtiyoqi, ularning ko‘zlaridagi quvonch, hamkasblarim bilan hamkorlik va ta’lim jamoatchiligining ochiq munosabatlari menga katta ilhom beryapti.

O‘zbek o‘quvchilarining til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi, ajoyib qobiliyati va chuqur aql-zakovatlari chindan hayratlanarli. Agar menga keyingi yillarda ham O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatish imkoniyati berilsa, o‘zbek yoshlariga fransuz tilini o‘rgatishga hissa qo‘shishda davom ettishni juda xohlardim. Bu men uchun katta faxr.

Ishontirib aytamanki, o‘zbek o‘quvchilarining fransuz tilini o‘rganishlari uchun o‘zimning munosib hissamni qo‘shishga doim tayyorman.

David Kocter (Fransiya),
Toshkent shahridagi 112-maktabga biriktirilgan fransuz tili fani o‘qituvchisi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#хорижий_ўқитувчилар_фикри
#таълимга_сармоя_келажакка_сармоя

BU SHIDDAT BILAN RIVOJLANAYOTGAN DAVRDA BIZ - PEDAGOGLAR UCHUN ESKICHA USLUBLARDAN VOZ KECHISH JUDA MUHIM

O‘zbekistonlik o‘quvchilar IELTS imtihonini topshirish va yuqori ball olishga katta ahamiyat berishadi. O‘qituvchi sifatida men ularning til o‘rganish salohiyatini yuksak qadrlayman.

Bu shiddat bilan rivojlanayotgan davrda biz - pedagoglar uchun eskicha uslublardan voz kechish juda muhim. Smart doskalar, televizorlar, proyektorlar va ishonchli internet aloqasi kabi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini qo‘llash o‘quv tajribasini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Vizual ma’lumotnomalar va raqamli faoliyatlar yoshlar ongini jalb qilishi va ularning o‘rganish qobiliyatini oshirishda juda samarali ekanligi isbotlangan.

O‘zbekistonda o‘tkazayotgan vaqtim haqiqatan ham ajoyib bo‘lmoqda. Vazirlik tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak, mahalliy o‘qituvchilarning hamkorligi va o‘qituvchilik tajribam to‘liq va foydali bo‘lmoqda. O‘quvchilarning o‘rganish va bilimga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rish ilhomlantirmoqda.

Keling, o‘quvchilarimiz eng yaxshi ta’lim olishlarini ta’minlash uchun zamonaviy o‘qitish vositalari va usullarini qo‘llashda oldinga intilaylik.

Darrell David Johonson (Buyuk Britaniya),
Toshkent shahridagi 118-maktabga biriktirilgan ingliz tili fani o‘qituvchisi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Махсус репортаж | 500 та мактабда Президент ва ихтисослаштирилган мактабларнинг методикаси ва баҳолаш тизими жорий этилди
#12nov #uzbekiston24

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

🔴"Sir" metodi 🤫

     ✅O‘qituvchi barcha ishtirokchilarning qo‘liga yashirincha biror narsa (masalan, tugma, munchoq, pin, soat kabilar, dars mavzusiga oid, yoki bugungi mavzu shularning bosh harflaridan chiqqan bo‘lsa ham qo‘yadi.)

✅Bitta o'quvchi boshqalarning qo‘lidagi narsa haqida savollar berib, sirni ochishga harakat qiladi. Sirni ochgan oquvchi ortaga chiqib, faoliyatni davom ettiradi.

✅Bu metodni barcha fanlarda,barcha mavzularda qõllab kõrishingiz mumkin. Bu albatta o'qituvchining ijodkorligiga boĝliq!


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar, qadrli pedagoglar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi!

Albatta, bugungi kunda sohada mehnat qilayotgan 18 368 nafar pedagog-psixologlarning ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasidagi roli juda muhim o‘rin tutishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Sizlarning jonbozligingiz va katta mehnatingiz ortidan ta’lim muassasalarimizdagi bolalar bilan ish olib borish yanada zavqli, yanada qiziqarli.

Shu ma’noda sizlar o‘zingiz mehnat qilayotgan ta’lim maskanining chinakam fidoyilarisiz, desak adashmagan bo‘lamiz.

Yana bir bor bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!

______
Уважаемые психологи, работающие в системе дошкольного и школьного образования, дорогие педагоги!

Коллектив Министерства дошкольного и школьного образования искренне поздравляет всех вас с «Международным днем психологов».

Конечно, мы все прекрасно знаем, что роль работающих сегодня в нашей сфере 18 368 педагогов-психологов очень важна в повышении качества образования и воспитании из учеников всесторонне развитых людей.

Благодаря вашему энтузиазму и трудолюбию работать с детьми в наших образовательных учреждениях становится приятнее и интереснее. В этом смысле вы являетесь преданными своему делу.

Еще раз поздравляем вас с вашим профессиональным праздником!

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Ўзбекистонликлар Конституция куни муносабати билан 3 кун дам олишади!

Ҳафтада 5 кун ишлайдиган фуқаролар 8, 9, 10 декабрь кунлари дам олиши маълум бўлди.

Ҳафтада 6 кун ишлайдиганлар учун эса - 9 декабрь шанба иш куни ҳисобланади.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hokim oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklagan holatni keskin qoralaydi va majuriy obunaga mutlaqo qarshi

Kun.uz saytida eʼlon qilingan maqolada Bogʻdod tumani pedagogika kolleji zimmasiga yuklangan 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagan muassasa direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidan kaltaklangani aytilgan. Voqea 14-noyabr kuni Fargʻona viloyati Bogʻdod tumani hokimligi yigʻilishida roʻy bergan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi.

Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi boʻlib, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi.

Agar taʼlim muassasalarida gazeta-jurnallarga majburiy obuna holatlari aniqlansa, qonun doirasida zarur choralar koʻrilishi haqida ham ogohlantirilgan.

Taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, muassasaga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida istagan va zarur deb hisoblagan bosma nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlishlari mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va oʻquvchi-talabalarni majburiy obuna qildirish qatʼiy taqiqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

➖ Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

Prezidentning “Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida hamda yo'l-transport hodisalar o'choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o'tkazmaslik va fuqarolarning yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.

Eslatib o'tamiz, “Yoʻl harakati qoidalari”ga Oʻzbekistonda maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari atrofidagi yoʻllarda transport vositalarining tezligi 30 km/soatdan oshmasligi kerak.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Тошкентда ўқувчини тартибга чақирган мактаб директори уни тепиб, ҳақорат қилди

Пойтахтдаги 217-мактабда икки синфдош жанжал оқибатида муштлашган. Директор болаларнинг бирига танбеҳ бераркан, уни тепиб, ҳақорат қилган ва юзига тарсаки туширган. Ҳолатни ҳуқуқ-тартибот идоралари ўрганяпти.

👉 https://kun.uz/30797831

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi

Prezidentning (2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son) Farmonining muvofiq Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tashkil etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 363- sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 3-bobi 45-bandiga koʻra bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish munosabati bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasasidan chiqarish faqat taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Agar farzandini xorijda oʻqishini xohlovchi ota-ona, bolani xorijga dam olishga olib ketayotganligini koʻrsatib, taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligini olmaslik holati kuzatilsa, vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xatida asosan oʻquvchining qayerdaligi haqida 3 kun muddat ichida aniqlik kiritib tuman (shahar) komissiyasiga yozma xabar berilishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️Декабрь ойидан олий тоифали ўқитувчининг бир ставка учун ойлик маоши 4 млн сўмдан кўпроқ бўлади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 17 ноябрдаги “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги 196-сонли фармонига кўра, жорий йил 1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар 7% га оширилмоқда.

Ошириладиган маошлар бўйича ҳисобланганда педагог ходимлар декабрь ойидан бошлаб қуйидагича ойлик оладилар:

Мактаб директори:
🔵4 млн 084 минг 179 сўм (400 ўқувчигача)
🔵4 млн 360 минг 917 сўм (401-880 ўқувчигача)
🔵4 млн 624 минг 262 сўм (881-1600 ўқувчигача)
🔵4 млн 891 минг 647 сўм (1600дан ортиқ)

Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ):
🔵3 млн 814 минг 502 сўм (400 ўқувчигача)
🔵4 млн 084 минг 179 сўм (401-880 ўқувчигача)
🔵4 млн 360 минг 917 сўм (881-1600 ўқувчигача)
🔵4 млн 624 минг 262 сўм (1600дан ортиқ)

Директорнинг ҳўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
🔵1 млн 618 минг 065 сўм (400 ўқувчигача)
🔵1 млн 765 минг 457 сўм (401-880 ўқувчигача)
🔵1 млн 919 минг 114 сўм (881-1600 ўқувчигача)
🔵2 млн 078 минг 589 сўм (1600дан ортиқ)

ЧҚБТ раҳбари: 2 млн 948 минг 543 сўм

2024 йил 15 январдан бошлаб ЧҚБТ раҳбари:
🔵Мутахассис – 2 млн 948 минг 543 сўм;
🔵Иккинчи тоифали – 3 млн 301 минг 055 сўм;
🔵Биринчи тоифали – 3 млн 678 минг 381 сўм;
🔵Олий тоифали – 4 млн 064 минг 865 сўм

Психологлар:
🔵Олий маълумотли психолог – 2 млн 653 минг 689 сўм
🔵Иккинчи тоифали психолог – 2 млн 841 минг 780 сўм
🔵Биринчи тоифали психолог – 3 млн 034 минг 666 сўм
🔵Олий тоифали психолог – 3 млн 219 минг 374 сўм

Ўқитувчилар:
🔵Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 2 млн 756 минг 194 сўм
🔵Олий маълумотли ўқитувчи – 2 млн 948 минг 543 сўм
🔵Иккинчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 301 минг 055 сўм
🔵Биринчи тоифали ўқитувчи – 3 млн 678 минг 381 сўм
🔵Олий тоифали ўқитувчи – 4 млн 064 минг 865 сўм

🔵Мактаб лаборанти (1 ст)– 1 млн 458 минг 770 сўм

Кутубхона мудири:
🔵Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 941 минг 691 сўм
🔵Олий маълумотли – 2 млн 118 минг 548 сўм

Кутубхоначи:
🔵Ўрта махсус маълумотли – 1 млн 683 минг 734 сўм
🔵Олий маълумотли – 1 млн 772 минг 354 сўм

💬 Изоҳ: 2024 йил 15 январдан бошлаб ЧҚБТ раҳбарларига ҳам бошқа фан ўқитувчилари цингари малака тоифаси бериш тартиби йўлга қўйилади. Шундан сўнг уларнинг ойлик маоши ҳам малака тоифасига кўра фарқланади.
Манба.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ОЙЛИК ҚАЧОН ОШАДИ ?


Бу турмуш деганлари ташвиш ғамга бой бўлди,
Ташвишлардан тик қаддим камон бўлди ёй бўлди,
Нархлар осмонга учиб, осмондаги ой бўлди
Устозларни ойлиги қачон ошар экан-а.


Ҳаммаси ошди қурғур, свет газга тараф йўқ,
Доллари ошиб борар мисоли отилган ўқ,
Фақат ойлик ошмади, ошишидан дарак йўқ
Ўқитувчилар ойлиги қачон ошар экан-а.


Жуда хурсанд бўлгандик, дилдан кетганди ғубор,
Минг долларни эшитиб қувонгандик беозор,
Яна йўқолиб қолди устозларга эътибор,
Устозларнинг ойлиги қачон ошар экан-а.


Ошиб қолар деб кутдик баҳор, ёз-у кузлардан,
Рости фойда бўлмади баланд парвоз сўзлардан,
Ҳозир қурувчининг ҳам ойлиги кўп бизлардан,
Ўқитувчилар ойлиги қачон ошар экан-а.


Ҳаволанма эй, кўнгил ,, GM"ларни истама,
Дўстим бир оз кутиб тур қўй қарзимни қистама,
Ҳаммада йўқ,, Сертификат ", ҳаммада йўқ,, Устама"
Устозларнинг ойлиги қачон ошар экан-а.


Маошимиз рўзғорга зўрға, зўрға етяпти,
Шукур деймиз ва лекин ойликсизлар нетяпти,
Ойлик ошишин кутиб умр ўтиб кетяпти,
Ўқитувчилар ойлиги қачон ошар экан-а.

Хуршид Карим
16.11.2023
@Xurshid_Karim

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⁉️ Ишлаётган талабаларга ҳам миллий ёки халқаро Сертификатлар учун 20 ёки 50 фоизлик устамалар тўланадими?

❓Савол:
✍️ Мен 4 курс талабасиман. Мактабда асосий ходим сифатида ўқитувчи бўлиб ишлайман. Она тили ва адабиёт фанидан миллий сертфикат олсам, менга она тили ва адабиёт фанидан ўтадиган дарсларим учун 20 фоизлик устама тўланадими? Баъзилар "Сиз талабасиз, талабаларга устама тўланмайди"- деяпти, шу тўғрими? (А.Д.Б., Фарғона вилояти,Қўштепа тумани,5-умумий ўрта таълим мактаби)

❗️Жавоб: Бу нотўғри албатта, ("Сиз талабасиз, талабаларга устамлар тўланмайди"-деган гаплар). Ишлаётган талабаларга миллий ёки халқаро Сертификатлар учун 20 ёки 50 фоизлик устамалар тўлашни чеклаш бўйича норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар мавжуд эмас.

‼️Ҳукуматнинг 2005 йил 21 декабридаги 275-сон қарорида "Олий таълим муассасасининг кундузги, кечки, сиртқи таълим шаклларининг педагогика йўналишларида ўқиётган шахслар 3-курсдан бошлаб ўқишига халақит бермаган ҳолда педагоглик ишини амалга ошириш учун умумтаълим муассасаларида асосий иш жойи сифатида ишга қабул қилиниши мумкинлиги" -белгилаб қўйилган.

📌Жорий йилнинг 28 июль куни Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 2023-2024 ўқув йилида устама тўланадиган Сертификатлар рўйхатини тасдиқлаш тўғрисидаги қарор тасдиқланди.

📍Ушбу қарорда Билим ва кўникмаларни баҳолаш агентлиги ( собиқ ДТМ- Давлат тест маркази) томонидан Она тили ва адабиёти фанидан бериладиган Миллий Сертификатлар учун устама тўлашнинг энг кам миқдори сифатида юқори синф ўқитувчилари учун 80 балл, бошланғич таълим ўқитувчилари учун эса 60 балл белгилаб қўйилган.



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#хорижий_ўқитувчилар_фикри
#таълимга_сармоя_келажакка_сармоя

DARSLARNI MUHOKAMA VA MULOQOT SHAKLIDA O‘TISH SAMARALIDIR

Bu maktabda o‘zimni xuddi Germaniyadagidek his qilmoqdaman. Muloqot tilida muammo yo‘q, chunki maktab o‘quvchilari nemis tilini juda yaxshi gapiradi. Bu yerda dars berish menga katta zavq bermoqda.

Ushbu ta’lim maskanida darslarni an’anaviy standart usuldan qochgan holda, o‘z tajribamdan kelib chiqib muhokama va muloqot shaklida o‘tkazmoqdaman. Bu ham samarali, ham mendan shuni kutishmoqda, deb o‘ylayman.

Asosan 9-11-sinflar bilan bilan ishlashga urinaman, chunki bu o‘quvchilarga o‘zlariga munosib oliy o‘quv yurti tanlash va unga kirishda yordamim ko‘proq kerak, deb hisoblayman. Shuning uchun darslarimda bunga alohida urg‘u beraman.

Bolalarni rag‘batlantirish uchun biz turli xil ta’lim-tarbiya beruvchi o‘yinlar o‘ynaymiz. Bunda bolalarni Germaniya madaniyati bilan tanishtiraman va o‘z navbatida ular ham o‘zbek xalqining tarixi va an’analarini menga o‘rgatishmoqda.

Men O‘zbekiston yoshlari bilan tanishayotganimdan va ularga o‘z bilimim bilan yordam berayotganimdan juda mamnunman.

Jazvic Benjemin (Germaniya),
Toshkent shahridagi 60-maktabga biriktirilgan nemis tili fani o‘qituvchisi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#Diqqat_tanlov

❗️“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi

✍️ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.

❕Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

➡️ Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

🎁 G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

«Илғор педагогик технологиялар асосида яратилган” — ўқитувчи янги дарсликлар ҳақида

Ўзбекистон мактабларининг бошланғич синф ўқувчилари янги дарсликлар асосида ўқитилмоқда. 4К моделида ишланган дарсликларни ўзлаштириш даражаси қандай кечяпти? Мактаб таълимида уларнинг самарадорлиги сезилдими? Педагог ҳамда ўқувчиларнинг ота-оналари янги авлод дарсликлари ҳақидаги фикрлари билан бўлишди.

👉 https://kun.uz/62899510


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️ Fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 13-noyabr kuni fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

👉Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

INSTAGRAM METODI

😇 Bu qanday metod deya oʻylanayapsizmi unda metod haqida batafsil maʼlumotlarni boʻlishaman.

Bilamizki bugungi kunda yoshlar instagram platformasida anchagina faol. Ushbu metodni nomini aytishingiz bilanoq oʻquvchilarni oʻzingizga beixtiyor jalb eta olasiz.

🔹 Ushbu metod yuqori sinf oʻquvchilari uchun ayniqsa juda ham qiziqarli boʻladi.

Metod bilan tanishamiz: 🔻🔻

🔘 Oʻquvchilarni 4 yoki 5 guruhga boʻlib olamiz;

🔘 Har bir guruh uchun bittadan list,rangli qalamlar,ruchkalar berib chiqamiz ( ushbu jihozlarni oʻzingiz taqdim etsangiz yanada yaxshiroq boʻladi ) ;

🔘 Endi esa barcha guruhga bir xil mavzu berasiz. Ular listga oʻz fikrlarini noodatiy tarzda yozishlari , sheʼriy tarzda ifodalashlari yoki biror narsa chizish orqali mavzuni yoritishlari mumkin. Eng muhimi loyihaga kreativ yondashish va mavzuni tushunarli ifodalay olish;

🔘 Faqat bir shart shuki guruhlar listga nomlarini yozmasliklari va guruhlar bir birlariga bajargan ishlarini koʻrsatmasliklari kerak;

🔘 Loyihani bajarishga maʼlum muddat belgilang va belgilangan vaqt tugagach barcha ishlarni yigʻib oling;

🔘 Guruhlarga oʻz ishi namoyish etilganda bu bizni loyihamiz deb aytmasliklarini qattiq tayinlang;

🔘 Endi esa doskaga like (👍) , dislike (👎) belgisini chizib yozib qoʻying. Doska -bu instagram platformasi. Oʻquvchilar ishlarini instagramda yaʼni doskada navbatma navbat namoyish etasiz;

🔘 Har bir ish namoyish etilganda oʻquvchilarga yoqqan yoqmaganligini soʻrab like va dislike lar sonini yozib boring. Oʻquvchilar yoqtirganda qoʻllarini 👍 tarzda, aksincha boʻlsa 👎 tarzda koʻtaradilar va siz osongina aniqlab olasiz;

🔘 Like va dislike lar soniga qarab gʻolib guruhni aniqlaysiz va baholaysiz.

Ushbu yangi metodni albatta darslaringizda qoʻllab koʻring


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!
👇👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel