#Ertaga_forum!
1️⃣ “Ustozlar milliy forumi” an’anaviy tarzda har yilning avgust oyida o‘tkaziladi. Bu yilgi taʼlim shiori - "Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi"
2️⃣ Treninglar barcha fanlar kesimida, shuningdek maktabgacha ta’lim va ma’naviyat kabi yo‘nalishlarni qamragan holda, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
3️⃣ Forumda ustozlar ilg‘or metodikalar hamda tizimdagi yangiliklardan xabardor bo‘lishadi
4️⃣ Tadbir poytaxtda boshlanib, viloyat markazlari, so‘ngra tumanlar va maktablarda kaskad tarzida davom etadi.
5️⃣ Bu yilgi Forum “Renessans” oromgohida o‘tkazilib, unda hududlardan 400 nafar yetakchi o‘qituvchi va tarbiyachilar jalb etiladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Иш ҳақи, пенсия ва нафақалар миқдори оширилади — президент фармони
1 сентябрдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар 15 фоизга оширилади. 1 октябрдан эътиборан эса бюджет ташкилотлари ходимларининг маоши 10 фоизга, ўқитувчилар ва тиббиёт ходимларининг маоши эса 15 фоизга кўтарилади.
👉 https://kun.uz/kr/20831563
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⭕️⭕️⭕️
Yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
✅ 2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.
❗️Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.
________
Новый учебный год в школах начнется 4 сентября
✅ 22 декабря 2023 года был подписан Указ Президента Республики Узбекистан "Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2024 году".
❗️ Учитывая, что настоящим Указом установлены дополнительные выходные дни в связи с праздником Независимости, сообщаем, что новый 2024/2025 учебный год во всех школах начнется с 4 сентября 2024 года.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⁉️МАЛАКА ТОИФАСИНИ ОЛИШ УЧУН МАЛАКА ОШИРИШ ТАЛАБ ҚИЛИНМАЙДИ (ЧҚТБ фани ўқитувчилари бундан мустасно)!
⭕️⭕️⭕️ MAKTABLARDA METODIK KUNLAR QAYTMOQDA
⭕️⭕️⭕️⭕️ Umumta'lim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etiladi
2024-yil 7-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini
bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida"gi 246-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichini aniq (matematika, informatika) va tabiiy (fizika, biologiya, kimyo) fanlar yo‘nalishida boshlanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
"Oʻqituvchilar uchun" 👇
✅ @Pedagoglarga
15-16-avgust kunlari “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida “Ustozlar milliy forumi”ning respublika bosqichi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unda hududlardan 400 nafar ilgʻor, tashabbuskor, yetakchi oʻqituvchi va tarbiyachilar jalb etiladi.
Toshkent viloyatida joylashgan “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilishi koʻzlangan ushbu Forum tadbirlari kaskad usulida davom ettirilib, 19-20-avgust kunlari viloyat, 23-24-avgust kunlari tuman (shahar), 27-30-avgust kunlari barcha maktablarda tashkil etiladi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўзбекистонликлар Мустақиллик байрамида кетма-кет 4 кун дам олади
Ўзбекистонда Мустақиллик байрами муносабати билан кетма-кет 4 кун дам олиш куни бўлади:
🔹31 август — олти кун ишлайдиган ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
🔹1 сентябр — Мустақиллик байрами куни;
🔹2 сентябр — кўчирилган дам олиш куни;
🔹3 сентябр — барча учун қўшимча дам олиш куни.
👉 https://kun.uz/kr/32047160
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Ўзбекистон қонунчилигида эртага, 1 августдан нималар ўзгаради?
Ўзбекистон қонунчилигида 2024 йил 1 августдан бир қатор ўзгариш ва янгиликлар кучга киради.
Хусусан:
➖Автомобиль рақамлари тасодифий танлаш йўли билан берилади;
➖Электр энергиясини ҳисоблашнинг янги биллинг тизими жорий этилади;
➖Тиббиёт чиқиндиларидан муқобил иссиқлик энергияси ишлаб чиқариш йўлга қўйилади;
➖Айрим объектлар ҳудуднинг зилзилабардошлигидан келиб чиқиб лойиҳаланади ва қурилади;
➖Мастер-режа ҳудудидаги ерлар аукционга чиқарилади;
➖Рақамли криминалистика илмий-тадқиқот институти суд экспертизаларини ўтказади;
➖Талабалар ётоқхоналарига жойлашиш учун онлайн аризаларнинг қабули бошланади;
➖«метан» газнинг энг баланд нархи 3750 сўм қилиб белгиланган муддат тугайди.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).
Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.
Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
2024/2025 ўқув йили учун тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди
Молиявий мустақиллик берилган давлат ОТМлари белгиланган тартибга мувофиқ жорий йилда қабул қилинган талабалар учун тўлов-контракт миқдорларини мустақил белгилаш ҳуқуқига эга.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️KVOTA-2024. MAQSADLI QABUL
✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun
2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida)
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️KVOTA-2024
BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent
Jami: 5 ming 610 ta.
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️KVOTA-2024
BAKALAVR. SIRTQI.
#abituriyent
Jami: 52 ming 129 ta.
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
#xushxabar
⚡️ 2024/2025-o’quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yaxshi natija qayd etgan TOP-10 maktablar ro’yxati e’lon qilindi
📊 Jumladan:
✔️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
✔️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
✔️ Toshkent shahridagi Temurbeklar maktabi — uchinchi o’rinda — 152,29 ball;
✔️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
✔️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
✔️Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
✔️Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
✔️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
✔️Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball;
✔️ Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi oʻninchi oʻrinda— 147,33 ball.
👉 Batafsil
@Pedagoglarga
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi
1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
👉 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Мактаб мавсуми арафасида шифокор ўқувчилар иммунитетини ошириш бўйича тавсиялар берди
Ҳадемай янги ўқув йили бошланади. Қолаверса, олдинда — куз фасли. Демак, қарийб уч ойлик танаффусдан сўнг болалар организми яна ўқув мавсумига, мактаб режимига мослашиши керак.
👉 https://kun.uz/kr/84873581
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Андижонда ўқитувчилар мактабдаги қурилиш ишларига жалб қилинди
Ҳолат Асака туманидаги 37-умумтаълим мактабида кузатилган: аёл педагоглар оғир ишларни бажарган, арава етаклаб, қурилиш чиқиндиларини ташиган. Жараёнда ўқитувчилардан бири йиқилиб, жароҳат олгани ва қўли сингани ҳам айтилмоқда. Туман ҳокимлиги буни фаол ижтимоий фойдали меҳнат деб атади.
👉 https://kun.uz/kr/03527494
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Наманганда ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб қилган мактаб директори жаримага тортилди
Поп туманидаги мактаблардан бирида педагогларни муассасага чақиртириб, ўт-ўлан юлишга мажбурлаган директор 17 миллион сўм жаримага тортилди.
👉 https://kun.uz/kr/32102106
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⭕️⭕️⭕️ (Metod kuni) “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etiladigan kunlar
📆 Dushanba - Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya)
o‘qituvchilari;
📆 Seshanba - Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili)
o‘qituvchilari;
📆 Chorshanba - Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan – Science) o‘qituvchilari;
📆 Payshanba- Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari;
📆 Juma - Xorijiy tillar o‘qituvchilari;
📆 Shanba - Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa
madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar
boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari.
❗️❗️❗️❗️ “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari maktab o‘quvchilarining ta’til kunlarida ham tashkil etilishi mumkin
🤖Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar...
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Markaziy Osiyo birinchi ta'lim forumi o'tkaziladi
Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, oktabr oyida Toshkent shahrida Markaziy Osiyo birinchi taʼlim forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oʻtkaziladigan mazkur yirik forumga anchadan beri tayyorgarlik koʻryapmiz. Forum tadbirlari 2024-yil 10-oktabrdan boshlanib, dunyo tan olgan olimlar, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindorlarining yoshlarimiz uchun qiziqarli maʼruzalari, soha mutaxassislari uchun turli muhokama sessiyalarini oʻz ichiga oladi.
Hurmatli taʼlim fidoyilari, nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyodan 500 ga yaqin taʼlim va ilm-fan hamjamiyati vakillari tashrif buyuradigan ushbu yirik forumda yana qanday muhim masalalarga eʼtibor berilishi kerak deb hisoblaysiz? Taklif va fikrlaringiz jamoamiz uchun qiziq.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
1-синф ўқувчиларига “Президент совғаси” тарқатила бошланди. Болаларга нималар берилади?
Янги ўқув йилидан мактабларга чиқиши кутилаётган 700 мингдан ортиқ 1-синф ўқувчиларига 12 номдаги ўқув қуроллари берилади. Совғалар 10 августгача ҳудудларга, 20 августгача эса барча умумтаълим мактабларига етказилади. Kun.uz жараён қандай кечишини кузатди.
👉 https://kun.uz/kr/10902279
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
1-синф учун микроҳудуддан ташқари мактабларга қабул бошланди
1 августдан ота-оналар ўз ҳудудидан ташқарида жойлашган мактабларнинг 1-синфи учун ариза топширишига старт берилди. Жараён my.maktab.uz платформаси орқали амалга оширилади.
👉 https://kun.uz/kr/87247217
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Фарғонада ўқувчи қизни калтаклаган мактаб директори жаримага тортилгани маълум бўлди
Фарғонада ўқувчи қизни дарс вақтида рўмолни ечишини айтиб, уни калтаклаган мактаб директорига жазо тайинланди. Бу ҳақда Болалар омбудсмани хабар берди.
👉 https://kun.uz/kr/46016935
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
ВАЗИРЛИКНИНГ АРОСАТДАГИ МУНОСАБАТИ
(ёхуд халқаро олимпиадалар ва ғолиб қизнинг насиҳати ҳақида)
Ижтимоий тармоқларда Германиянинг Гёте институти томонидан ўтказилган немис тили олимпиадасида олтин медални қўлга киритган Раёна Иброҳимова вазир томонидан фақат ноутбук билан тақдирланиб қўйилгани танқидларга сабаб бўлмоқда. Айниқса, бу танқидлар спорт бўйича халқаро олимпиадада Диёра Келдиёрованинг ғолиб булганидан кейин янада кучайди.
Халқимизнинг таълим учун жон куйдираётгани таҳсинга лойиқ. Аммо, Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг шахсан ўзи бориб Раёнани ноутбук билан тақдирлаганини ҳам олқишлаш лозим. Негаки:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг: “Иқтидорли ёшларни аниқлаш ва юқори малакали кадрлар тайёрлашнинг узлуксиз тизимини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Қарорида ўқувчи ёшлар орасидаги халқаро олимпидалар рўйхати келтириб ўтилган бўлиб уларга:
1.Халқаро математика олимпиадаси-International Mathematical Olympiad (IMO).
2. Халқаро физика олимпиадаси - International Physics Olympiad (IPhO).
3.Халқаро кимё олимпиадаси - International Chemistry Olympiad (IChO).
4. Халқаро биология олимпиадаси - International Biology Olympiad (IBO).
5.Халқаро информатика олимпиадаси-International Olympiad in Informatics (IOI)лари киради.
Халқаро олимпиадалар ғолиблари ва уларнинг ўқитувчилари базавий ҳисоблаш миқдорининг қуйидаги миқдорларида бир марталик пул мукофотлари билан тақдирланади:
1-ўрин (олтин медаль) учун — 500, ўқитувчисига — 450 баравари;
2-ўрин (кумуш медаль) учун — 300, ўқитувчисига — 250 баравари;
3-ўрин (бронза медаль) учун — 200, ўқитувчисига — 150 баравари миқдорида.
Бундан ташқари, ушбу халқаро олимпиадалар ғолиблари давлат олий таълим муассасаларига тест синовисиз ва қўшимча имтиҳонсиз қабул қилинади. Шунингдек, қарорда халқаро олимпидалар ғолибларига яна бир қанча имтиёзлар ҳам белгиланган.
Энди Германиядаги бир институтнинг немис тили бўйича ўтказган олимпиадасига келсак – бу фақат Германия давлати манфаатларини кўзловчи немис тилини тарғиб қилиш бўйича халқаро тадбирдир.
Шунингдек, бир институт томонидан ўтказиладиган тил олимпиадаси билан Жаҳон давлатлари орасида тўрт йилда бир марта ўтказиладиган спорт олимпиадаси орасида эчки билан туядек фарқ бор. Уларнинг ғолибларига бериладиган мукофотлар миқдори ҳам шунга яраша.
Ушбу олимпиадалар ишига тааллуқли вазирликлар ва уларнинг матбуот хизматлари аросатда ўтирмай ўз вақтида бу тафовутларни оддий қилиб тушунтириб муносабат билдирганларида эди – ижтимоий тармоқларда бу даражада норозилик шов-шувлари кўтарилмасди...
(Сўнгсўз ўрнида: ярим аср яшаб, дунёнинг пасту-баландини кўриб ҳали ҳам насиҳат қилишга истиҳола қиламиз. Аммо, мактаб ўқувчисининг бир ғалабадан кейинги насиҳати кишини ўйлантиради ва вазирга нисбатан танқидларнинг ўринсиз эканлигини исботлайди... )
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2024-2025 ўқув йилидан ОТМга кириш учун минимал ўтиш баллари кўтарилади.
Жорий йилдан ОТМга кириш учун минимал ўтиш баллари кўтарилади, бу ҳақда олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шарипов маълум қилди.
Жорий йилда барча йўналишлар учун минимал ўтиш бали оширилади, энди аввалгидек 56,7 балл билан ўқишга кириш имкони бўлмайди.
Жорий йилги, яъни 2024-2025 ўқув йили учун ўтиш баллари:
➖ соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 75,6 балл;
➖ бошқа йўналишлар учун – 66,5 балл этиб белгиланади.
Келаси йили, яъни 2025-2026- ўқув йили учун ўтиш баллари:
➖соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл;
➖ бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланади.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️KVOTA-2024. MAQSADLI QABUL
✅ Maktab ta’limi sohasi uchun
2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️KVOTA-2024
BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent
Jami: 9 ming 158 ta.
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️KVOTA-2024
BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent
Jami: 127 ming 995 ta.
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
Олий таълим муассасалари ва таълим йўналишларини танлаш бошланди
Бугун, 27 июлдан давлат имтиҳонидан ўтган абитуриентларга йўналиш ва ОТМ танлашга рухсат берилди. Бунинг учун my.uzbmb.uz платформасининг “Олий ва профессионал таълим муассасаларига қабул” бўлимига кириб, “Хизматдан фойдаланиш” тугмаси босилади ва “ОТМ танлаш” бўлимига ўтилади.
👉 https://kun.uz/kr/36365429
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
⚡️Abituriyent 5 tagacha yo‘nalishni qanday tanlashi mumkin?
Kecha, 25-iyul kuni davlat OTMlarining bakalavriatiga kirish uchun test imtihonlarining so'nggi kuni edi.
Bugun oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi va barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi. Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi.
Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish va OTM tanlashlari mumkin. Bu yo‘nalishlar xohishga qarab har xil yoki bitta OTM doirasida tanlansa ham bo‘laveradi. Faqat mutaxassislik fanlari va ularning ketma-ketligi bir xil bo‘lishi kerak. Deylik, imtihon topshiriladigan birinchi fan matematika, ikkinchi fan fizika bo‘lsa, qolgan yo‘nalishlarda ham mutaxassislik fanlari xuddi shunday ketma-ketlikda bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek, nafaqat turli OTMning turli yo‘nalishlariga, balki turli ta’lim shakllariga ham hujjat topshirish mumkin. Masalan, birinchi yo‘nalish/oliygohga kunduzgi, keyingisiga sirtqi, boshqasiga esa kechki ta’lim uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!👇
✅ @Pedagoglarga
✅ https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU