#Prezident_maktabi
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov hamda Ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva tashrif buyurdi.
✅Tashrif davomida mehmonlar muassasada tashkil etilgan ta'lim jarayonlari, undagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
🗣Shuningdek, Toshkent shahridagi Prezident maktabining turli yo'nalishlardagi eng ilg'or bilimlarini egallab kelayotgan bir qator faol o'quvchilari bilan bevosita muloqotga kirishib, ular erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni e'tirof etdilar.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#marafon
10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.
Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilmoqda
Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilinmoqda
✅ Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L'atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda.
➖ Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv treningi boshlandi.
📌 Trening mashg‘ulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq frunsuz tili o‘qituvchilari bo‘lib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni o‘quv jarayonlarida qo‘llay olishning muhim jihatlari o‘rgatilmoqda.
✔️ Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili o‘qituvchilari 150 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelishmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.
🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.
✅Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.
⏳Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
#Prezident_maktabi
⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.
✅Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
🗺Jumladan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
🌳Tadbir davomida maktab atrofiga turli navlardagi daraxt ko'chatlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#SAT
⚡️Bugun, Agentligimiz tizimidagi 7 ta Prezident maktabida navbatdagi xalqaro SAT imtihoni bo‘lib o‘tdi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
🗺Ayni damda Toshkent, Jizzax, Andijon, Termiz, Farg'ona, Buxoro va Guliston shaharlaridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab
⚡️Agentligimiz tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishda davom etmoqda
✅ Jumladan:
➖11-sinf oʻquvchisi Charosxon Tursunova AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetining grantini qoʻlga kiritdi.
💰Grant miqdori 122 ming AQSH dollari (yiliga 30500 AQSH dollaridan).
➖11-sinf oʻquvchisi Yulduz Abdurashidova AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetining grantini qoʻlga kiritdi.
💰Grant miqdori 122 ming AQSH dollari (yiliga 30500 AQSH dollaridan).
💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya huzuridagi "Qorabayir otlari" mahorat maktabi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
✅Tadbir davomida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari: Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Salim Ashur, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
⚡️Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
📝 Jumladan:
➖ 1-oʻrin – Abdulhamid Xidirov, Bohirbek Ibrohimov – Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
➖ 3-oʻrin – Muso Rahimberganov, Umrbek Oktabrov – Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
🗣Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadada 5 ta (Oʻzbekiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Estoniya, Qozogʻiston) davlatdan jami 150 ta guruh qatnashdi.
💫 Oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#100_foizlik_grant
⚡️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishmoqda
✅ Jumladan, maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi Abubakrsiddiq Rustamov AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.
💰Grant miqdori 108 ming AQSH dollari (yiliga 27 ming AQSH dollaridan).
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktab
⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilari "Kichik tibbiy xodim" oʻquv-kursining amaliy mashgʻulotini oʻtkazish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasida boʻldi
✅Amaliy mashgʻulotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining Intensiv terapiya, nevrologiya, nefrologiya, revmotologiya, kardioreabilitatsiya, fizioterapiya va jarrohlik boʻlimlarida travmotolog-ortoped shifokor Abdulaziz Toshpo'latov hamda Intensiv terapiya bo'limi shifokori Nazokat Maxmudjonova tomonidan olib borildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#seminar_trening
📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.
✅Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda yoʻlga qoʻyilgan oʻquvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimini respublikamizning 500 ta umumtaʻlim maktablarida tajriba-sinov tartibida joriy etish maqsadida barcha hududlarda Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Agentlik tizimidagi maktablarda STEM fanlarni oʻqitish metodikalarini yanada takomillashtirish, xalqaro maktablar bilan fikr almashish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida boʻlib turibdi.
Delegatsiya aʼzolari Abu-Dabidagi Amirlik Milliy maktablari (Emirates National Schools)ning faoliyati bilan tanishdi. Agentlik tizimidagi maktablarning STEM fanlar oʻqituvchilari uchun zamonaviy metodika hisoblanadigan Loyihaga asoslangan taʼlim (Project–Based Learning) treningi tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida bir qancha seminar-treninglar tashkil etilib, BAAning taʼlim sohasidagi tajribasi, Oʻzbekiston va BAAdagi oʻqitish metodikalarining oʻxshash hamda farqli tomonlari haqida maʼlumotlar berildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#WeAreCentralAsia
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf
🗺Toshkentda bolalarni ekota’limga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiya tasdiqlandi
📝Strategiya ekologik muammolar va ularning yechimi haqida yoshlar va bolalarning xabardorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, strategiya maktabgacha va maktab ta’limi siyosatining barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi
⚡️Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
📝Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.
🗺Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabriklaymiz
#xushxabar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.
⏳Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.
📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
➖ Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
➖ Elektron jurnal yuritilish;
➖ Byudjet intizomi;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
➖ Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.
📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | 500 ta maktab Prezident va ixtisoslashgan maktablar baholash tizimiga o‘tdi
#uzbekiston24
Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#uchinchi_bosqich
⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Prezidentimiz — dunyo eʼtirofida!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ikkinchi_bosqich
⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun tanlovning ikkinchi bosqich test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
🗺Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 13 ta hududidagi Prezident maktablarida hamda Toshkent shahri uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Abu-Dabi shahriga borishgani haqida xabar bergan edik.
Abu-Dabidagi Amirlik Milliy maktablari rahbariyati va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrtasida muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvlar davomida bir qancha seminar-treninglar tashkil etildi. Jumladan, Agentlik tizimidagi maktablarning STEM fanlar oʻqituvchilari uchun zamonaviy metodika hisoblanadigan Loyihaga asoslangan taʼlim (Project–Based Learning) treningi boʻlib oʻtdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot — "Turkiy dunyoning oliy ordeni" tantanali topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti — MDH Faxriy nishoni tantanali topshirilgan edi.
#Mirziyoyev #sammit #TDT #mukofot
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangi Oʻzbekiston | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#mtrk #Oʻzbekiston
🗺Zangiota va Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Tanlov
⚡️ Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar diqqatiga
📆Tanlovning ikkinchi (test) bosqichi shu yilning 4-noyabr kuni hamda tanlovning uchinchi (suhbat) bosqichi 5-noyabr kuni oʻtkaziladi.
❌ Test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishingiz soʻraladi! Imtihonga kechikkan oʻqituvchilar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
🪪 Oʻzingiz bilan fuqarolik pasportini olishni unutmang.
🗺Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 13 ta hududidagi Prezident maktablarida hamda Toshkent shahri uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkaziladi.
📝 Quyidagi havola orqali test sinoviga kirish vaqtini aniqlab olishingizni soʻraymiz:
👉 https://portal.piima.uz/page/o-qituvchilar-tanlovi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ChSB
⚡️QASHQADARYO VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA HAM ILK BOR CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH SINOVLARI BO'LIB O'TMOQDA
🗓 2023-2024-oʻquv yilidan Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan.
📌 Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (ChSB) jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
📚 Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan ChSB imtihonlarini topshirishmoqda.
✅Shu jumladan, Qarshi shahridagi 9-10- va 50-umumta'lim maktablariga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi ustozlari biriktirilgan. Aytish kerakki, ijod maktabi va ushbu maktablar o'rtasida doimiy hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
🔰Xususan, mazkur maktablardagi ta'lim-tarbiya jarayonlari, darsdan keyingi mashg'ulotlar bo'yicha tajribalar o'rtoqlashiladi, muntazam ravishda metodik ko'rsatmalar tavsiya etib boriladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#CHSB
⚡️Umumtaʼlim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtmoqda
📆 2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
⏺Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
📝Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB imtihonlarini topshirishmoqda.
🗣Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
__________
🗺Fotolavhalarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university
⚡️"Yangi Oʻzbekiston" universitetida "Milliy qadriyatlar kuni" bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
✅Unda ajdodlardan avlodlarga yillar davomida meros boʻlib kelayotgan oʻzbekona milliy qadriyatlarimiz namoyish etildi. Jumladan, milliy kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari, milliy liboslar koʻrgazmalari va milliy sport oʻyinlari oʻtkazildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube