piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi Olimbek Otaboyev oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega boʻldi.

Oʻquvchilimiz matematika, oʻzbek tili va adabiyoti umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat hamda xalqaro IELTS sertifikatini qoʻlga kiritib, jami 178 ball toʻpladi.


💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari

Loyiha ishtirokchiligidan mentorlikkacha — Charos Abdusattorova
"Raqamli avlod qizlari" haqida...

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabasi Charos Abdusattorova 2022-yildan buyon "Raqamli avlod qizlari" loyihasida ishtirok etib kelmoqda.

Shu kunga qadar ushbu IT tadbirda uning Quyosh panellari samaradorligini oshirish va LMS — ta'limni raqamlashtirish kabi Startap loyihalari g‘olib bo‘lgan.


✈️O‘tgan yili g‘oliblar qatorida u ham Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida bo‘ldi.

🌐 Batafsil videoda.
___________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_131

10-aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#zakovat

📣 Joriy yildan boshlab “Zakovat” musobaqalari bahor faslida oʻtkaziladi

✅ “Zakovat” musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qoʻmitasining mazkur bahslarni tashkil etish tartibiga doir qaror qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-yildan boshlab — umumiy oʻrta taʻlim maktablari, Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi taʻlim muassasalari hamda oʻrta-maxsus va professional taʻlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasidagi “Zakovat” musobaqalari bahor faslida oʻtkaziladi.

😐 Shunga binoan, musoboqalar joriy yilning aprel-may oylarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, oʻtkazilish sanasi haqida qoʻshimcha maʻlumot beriladi.

📍 Bu muhim! Musobaqa Nizomiga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilining kuzgi mavsumida oʻtkazilgan musobaqa gʻolib jamoa aʼzolariga oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz oʻqishga kirish boʻyicha imtiyoz hamda stipendiya berilgani inobatga olinib, joriy yilgi bahslarda musobaqa gʻoliblariga mazkur imtiyozlar berilmaydi.


👉 Shu munosabat bilan, gʻolib jamoalar aʻzolariga imtiyoz va stipendiyalar berish 2025-2026-oʻquv yilining bahorgi mavsumida oʻtkaziladigan musobaqalardan davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktabi
#rahbar_va_yoshlar

🤩 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida hokim ijod maktabimizdagi dars jarayonlari, oʻquv-laboratoriya xonalari, ijodiy koʻrgazmalar, Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan yaqindan tanishdi.


Oʻzaro muloqotda E.Turdimov oʻquvchilarimizning ilmiy, ijodiy salohiyatiga yuqori baho berib, ularning Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlariga tilak bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Koʻpchilik yaxshi biladi, ikki yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori sifatida ishlaganman. Shu sababdir direktorlar faoliyatidagi asosiy masalalar, muammolar, ularni hal etish choralari alohida diqqat-e’tiborimda.

Kecha Direktorlar kengashi aʼzolari uchun tashkil etilgan oʻquv kurslarida qatnashdim. Tizimdagi islohotlarda bu Kengashning muhim oʻrni bor, ularga direktorlarni lavozimga tayinlash vakolati berilgan.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazilayotgan oʻquv kurslariga barcha hududlardagi 127 nafar Direktorlar kengashi aʼzolari jalb etildi.

Jamoa muvaffaqiyatida rahbarning roli katta. Maktablarimizga zamonaviy, bilimli, halol kadrlar rahbar boʻlishi zarur. Faqat talabni qoʻyish bilan ish bitmaydi, albatta. Kadrlarimizni oʻqishi, oʻsishi, oʻz ustida ishlashiga sharoit yaratishimiz kerak. Shuning uchun oʻquv kurslarida zamonaviy metodlar, innovatsion yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar haqida chuqur bilimlar berilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashadi va taʼlim sohasidagi yangi trendlardan xabardor boʻladi.

Endigi vazifa: oʻrganilgan bilimlarni amalda qoʻllash, maktablarga oʻz ishini professional va vijdonan bajaradigan kadrlarni rahbarlikka tavsiya qilishdir. Bildirgan takliflaringizni esa oʻzim uchun qayd qilib oldim, hali oldinda qiladigan ishlarimiz koʻp.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_689

Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.

Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.

O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️IJOD MAKTABI OʻQUVCHISI 100 FOIZLIK XALQARO TAʼLIM GRANTI SOHIBI!

🤩 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aʼzamjon Shamsiddinov AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan San Francisco Bay University (SFBU)da tahsil olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur oliygoh asosan biznes va texnologiya sohalariga qaratilgan boʻlib, talabalarga ayni yoʻnalishlarda zamonaviy oʻquv dasturlarini taklif etadi.


💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalla M'jid bilan uchrashdi.

Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi" doirasida tashkil etildi.

Tadbir avvalida Najat Maalla M'jid tadbirning yuqori darajada tashkil etilganligi va mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.


Muloqot davomida Ozbekiston siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish ekanligi alohida ta'kidlandi.

Ma'lumot uchun: Mazkur yonalishda otgan yillar davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta Qonun, 1 ta Qaror va 4 ta Hukumat hujjati tasdiqlandi va BMTning "Bola huquqlari to‘g‘risidagi" Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.


Shuningdek, maktablarda har yili noyabr-dekabr oylarida “Zo‘ravonlikdan holi maktab” oyligi va “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda. Qator maktablarda xavfsizlik tizimlari va Face-ID ham joriy etilgan.

❗️Uchrashuv so‘nggida tomonlar bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib borishga kelishishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Behruzbek Xoldorov IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

🤩 Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongirbek Abdualimov Qatar davlatida joylashgan Carnegie Mellon universitetida taʼlim olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

📌 Ma’lumot o‘rnida, Jahongirbek Abdualimov IELTSdan 8 ball hamda SATdan 1510 ball ko‘rsatkichlariga ega boʻlgan.


💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi nufuzli xorijiy universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

🤩 Ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nilufar Jaylovboyeva Malayziya davlatida joylashgan Xiamen universitetiga "Biznes boshqaruvi" yoʻnalishi boʻyicha toʻliq grant bilan oʻqishga qabul qilindi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari erishayotgan yuqori natijalar
#xorazmMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, Ijod maktablari o‘quvchilari  o‘rtasidagi Ijodiy olimpiadaning Respublika bosqichi OAVda keng yoritildi:


Fargʻona MTRK
| Yirik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, ijod olimpiadasi va adabiy-badiiy kechalarga mezbonlik qilgan farg‘onaliklar. Adabiyotsevarlar dillashuvlari, tajriba va saboqlar

Fargʻona MTRK | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Fargʻona MTRK | Ijodiy olimpiadaning Respublika bosqichi

Fargʻona MTRK | "Ijod bog‘i oqshomlari"

uza.uz
| Marg‘ilonda ijodiy olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

uza.uz | Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi

🤩 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. Yangi avlodni sun’iy intellekt boshqaradigan dunyoga tayyorlash" mavzusida taqdimot qildi.


Unda sun’iy intellektning istiqboli va tarixi, turli sohalar rivojidagi o‘rni haqida, qolaversa, "Sun’iy intellektni o‘rgatish qanday foyda beradi?", "Sun’iy intellektni ta’limda qanday joriy qilish mumkin?" singari bir qancha savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda mazkur olimpiada ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari bilan bir qatorda Agentlik faoliyati bilan bog‘liq taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_yoshlari
#tanlov
#birinchi_bosqich

❗️"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 "Ijod yoshlari" tanlovining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 17-aprel kuni 6-sinflar uchun, 18-aprel kuni 5-sinflar uchun va 19-aprel kuni 4-sinflar uchun belgilangan manzillarda oʻtkaziladi.

⬇️Ruxsatnomani mazkur havola orqali yuklab olish mumkin.

Ruxsatnomada test sinovlari oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi.

‼️ Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart!

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi test shaklida o‘tkaziladi.

📝O‘quvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi berilgan ma’lumotni tahlil qila olishi, akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test beriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

oddiy darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan jami, 10 ball;
o‘rta darajadagi 10 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 balldan, jami 25 ball;
murakkab darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3 balldan, jami 15 ball, umumiy 50 ball beriladi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun har bir savolga 2 daqiqadan, jami 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Oʻquvchilarning test natijalari teng kelib qolgan taqdirda savollar darajasi inobatga olinadi. Murakkab darajadagi savollarni topgan o‘quvchilarga ustunlik beriladi.

💫 Test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar o'quvchi keyingi bosqichda ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

uza.uz | Jizzaxlik oʻquvchi AQShning 5 ta nufuzli universitetidan grant yutib oldi

🤩 Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi Gulmira Sag‘dullayeva Amerika Qo‘shma Shtatlarining 5 ta nufuzli universitetidan grant yutib oldi. Ushbu muvaffaqiyatga Gulmira yuqori bilimi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishlari natijasida erishdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Saida Mirziyoyeva bilan 6 kun

Biz odatda kameralar yoqilgandan keyingi voqealarni ko‘ramiz. Ungacha bo‘lgan jarayon, mehnat va mas’uliyat esa ko‘zga tashlanmaydi.

Nutqlarni tinglaymiz, ammo ularning yozilishi va ustidan ishlanishi mashaqqatini his etmaymiz.

Tadbirlar va uchrashuvlarni tomosha qilamiz, lekin tayyorgarlik jarayoni va katta jamoaning mehnati bizga ko‘rinmaydi.

Mana bu video aslida hammasi boshqacha ekanini ko‘rsatibdi.

Kun.uz rasmiy kanali

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI XORIJIY UNIVERSITETLARNING 100 FOIZLIK GRANTLARINI QOʻLGA KIRITDI!

🤩Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulshan Tursunboyeva AQShning 6 ta nufuzli oliygohlari taʼlim grantlarini yutdi.

Ulardan 2 tasi toʻliq grant hisoblanib, endilikda oʻquvchimiz Xavier University (grant miqdori 248 000 AQSh dollari) hamda Tulane University (grant miqdori 288 000 AQSh dollari)da toʻliq moliyalashtiriladigan grantlar asosida bepul taʼlim olish imkoniyatiga ega.


💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Amir_Temur_689
#Ajdodlarga_ehtirom_haftaligi

🤩 Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Andijon filiali tomonidan buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining  689 yilligi munosabati bilan "Temur tuzuklari" asari asosida tayyorlangan videorolik

📶 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda. Shuningdek, "Ajdodlarga ehtirom" haftaligi doirasida sohibqiron siymosiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, viktorinalar, "Zakovat" intellektual oʻyinlari, sport musobaqalari, chellenjlar oʻtkazilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Hudud | Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchilarining barchasi chet tillarini bilish boʻyicha xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi
#my5

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Oxirgi postdan keyin yana bir voqea esimga tushdi. Koʻpchilikning xabari bor, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosi kapital taʼmirlanib, ikkita qoʻshimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Qurilish jarayonida binoning asosiy kirish qismida mana bu daraxtni olib tashlash yoki boshqa joyga koʻchirish haqida biroz bahslashildi. Koʻpchilik daraxtni olib tashlamasak boʻlmaydi, asosiy kirishda turibdi, xalal beradi, bino va Avloniy tasvirini toʻsib turibdi degan fikrni bildirgan.

Yoʻq, daraxt qoladi, mayli koʻrinish sal toʻsilsa ham deganmiz. Va rasmda koʻrib turganingizdek daraxt joyida qolgan, hozir yam-yashil boʻlib turibdi.

Nazarimda har bir tirik jon, daraxt, hayvonga shunday munosabatda boʻlishimiz kerak. Mavjud yashillikni saqlash, yangi bogʻlar, yashil hududlar barpo etishdan toʻxtamaylik.

#yashilmakon #tabiat

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

uza.uz | AQShning eng nufuzli universitetiga yuz foizlik grantni qo'lga kiritgan Muhammaddiyor!

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muhammaddiyor Olimjonov nufuzli xorijiy oliygohlarning 100 foizlik grantlarini qo‘lga kiritgan.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#kun_fotosi

Rasmni Xorazmdagi maktablardan birida oldim. Hududdagi qolgan maktablarda ham bu tajriba allaqachon yoʻlga qoʻyilibdi. Plastik idishlar toʻplash uchun oddiy simlaridan yasalgan idishning balandligi naq 2,5 metr.

Maktablarda haftaning shanbasi sogʻlom turmush tarzi va ekologik madaniyatni targʻib etish kuni. Rasmdagi idishga toʻplangan plastik idishlarni har hafta maxsus mashinada olib ketishadi, tushgan pul maktab ehtiyojlari, tozalik ishlari, toʻtiqush va baliqlarni oziqlantirish uchun ishlatiladi. “ Haftalik daromadning eng kami 450 ming, eng koʻpi 850 ming soʻm boʻldi”, deydi maktab jamoasi. Qiziq, foydali tashabbus, shunday emasmi? Tabiatni asrash, tozalikka mehr bogʻcha va maktabdanoq shakllanib borishi kerak.

P/S: “Eko burchak” dagi toʻtiqush va baliqlarni rasmga olish yoddan chiqibdi

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#sport_maktabi
#xalqaro_hamkorlik
#qoʻshma_yigʻin

🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boks boʻyicha Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi bilan birgalikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda.

🥊 Unda sport maktabimizning yosh bokschilari hamda mehmon sportchilar malakali murabbiylar boshchiligida mahoratini oshirish bilan birga oʻzaro tajriba almashish imkoniga ham ega boʻlmoqda.


🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi ishtirokidagi qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini 16-aprelga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Voha 24 | Termiz shahridagi Prezident maktabida Model United Nations konferensiyasi tashkil etildi
#surxondaryoMTRK

Mazkur konferensiyada 100 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etib xalqaro masalalar boʻyicha notiqlik, muzokara yuritish va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻldi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xorazm

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning hududlarda soha masʼullari hamda pedagoglar ishtirokida oʻtkazayotgan uchrashuvlari davom etmoqda.

Mazkur uchrashuvlar doirasida, vazir Hilola Umarova Xorazm viloyatida ham boʻldi hamda hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tadbirida qatnashdi.

Tadbir avvalida davlatimiz tomonidan pedagoglar obroʻsini yanada oshirish hamda isteʼdodli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sohaga doir qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilishda taʼlim maskanlari rahbarlarining ushbu hujjatlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda dolzarbligini toʻla anglab yetishi hamda ularni oʻz kasbiy faoliyatida toʻla qoʻllay olishi zarurligi taʼkidlandi.

📍 Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25-martdagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiada gʻoliblarining pul mukofotlari 5 karra oshirilganligi, oltin medal olgan olimpiada gʻolibining mukofot puli qariyb 1 mlrd soʻmga yetkazilganligi alohida qayd etildi.


Yigʻilishda pedagoglarning joriy yilgi attestatsiya sinovlaridagi ishtiroki hamda fan sertifikatlarini qoʻlga kiritishlari, maktabgacha taʼlim qamrovini yanada oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash, yangi baholash tizimini joriy etishdagi navbatdagi masalalar tilga olib oʻtildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xushxabar
#CIS

🤩 FARG‘ONA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra, Agentligimiz tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.


Maʼlumot oʻrnida, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan hamda Andijon shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Oʻquvchimiz yutgan xalqaro taʻlim grantlari miqdori 1 600 000 AQSh dollaridan oshdi

🤩 Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialining 11-sinf oʻquvchisi Ibrohim Narzullayev 19 ta xorijiy universitetlarning grantlarini yutib, muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.

Eʼtiborlisi, Ibrohim AQShda joylashgan Webber xalqaro universitetining 100 foizlik, Willamette universitetining 95 foizlik grantlariga ham sazovor boʻldi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Robo_Coding
#Gʻoliblar

“ROBO-CODING” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🤖 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar aniqlandi.

5-8-sinflar bo‘yicha:

🥇1-o‘rin: Zomin tuman IMI jamoasi;
🥈2-o‘rin: Namangan shahridagi PM jamoasi;
🥉3-o‘rin: Fargʻona shahridagi PM jamoasi.

9-11-sinflar bo‘yicha:


🥇1-o‘rin: Namangan shahridagi PM jamoasi;
🥈2-o‘rin: Fargʻona shahridagi PM jamoasi;
🥉3-o‘rin: Buxoro shahridagi PM jamoasi.

👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel