#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
➖ Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
➖ Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➖ O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
➖ Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;
🔹 Imtihon bosqichlari.
Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.
Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat
📆 2023-yilning 5-iyun kuni 15:00 da Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@piimauz)da ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙 Ovozli chat Agentlik tizimidagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring
🗂 Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:
🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_darsliklar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agеntligida Ilmiy-mеtodik kеngashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
✅ Mazkur yig‘ilishda nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi o‘qituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etishdi.
📚 Kengash yig‘ilishida Agentlik tizimidagi maktablarning turli sinflari uchun ishlab chiqilgan Informatika, Matematika, O‘zbekiston tarixi, Ona tili, Fizika, Biologiya, Adabiyot darsliklari hamda ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani ta’lim dasturlari muhokama etilib, ularning taqdimoti o'tkazildi.
📌 Yig‘ilish so‘ngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangi davr | “Ta’limda boshqaruv” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
#yoshlar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ovoza | Maktab o'quvchisining ixtirosiga buyurtmalar kelib tushmoqda
#renessans_tv
📍 Agentligimiz tizimidagi Payariq tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Temurbek Ubaydullayev ixtiro qilgan qurilmaga hozircha 40 ga yaqin buyurtma kelib tushgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun
🔴 “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.
✔️ Treninglar doirasida ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosarlari tomonidan yo’nalishlar kesimida sho’balarda davra suhbatlari tashkil etildi.
❗️Muhokamalar davomida hududlarda mavjud muammolar eshitilib, yechimlari to’g’risida so’z yuritildi.
📍Shundan so’ng, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimdagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
✔️ Unda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Sarvar Erkinovning ma’ruzasi eshitildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Zamon | Chekka qishloq qizining o'qishdagi muvaffaqiyati
#sevimli_tv📍Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ijodiy_hamkorlik
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga bordi.
✅ O'quvchilar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. So'ngra, ular ishtirokida ijodiy uchrashuv va she’riy mushoira, shuningdek, psixologik trening tashkil etildi.
⏰ Ta'kidlash joiz, ijod maktablari orasida o‘zaro hamkorlik iliq munosabatlar shakllanishi va o‘quvchilar orasida yakdil maqsadlarning birlashuviga zamin yaratadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yaxshi rahbar — bu faqat o‘zining fikri va so‘zlariga bo‘ysunadigan jamoani boshqaradigan inson emas, bu atrofiga hamfikr insonlarni yig‘ib, sohasini rivojlantira oladigan insondir.
Shu bois hududlarda ma’muriy islohotlar doirasida birlashtirilgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma rahbarlariga “Ta’limda boshqaruv” mavzusida trening tashkil qilish fikri tug‘ildi.
Ikki kunlik treningda hudud rahbarlari bilan ko‘rishib, har bir viloyat kesimida olib borilayotgan islohotlar, yuzaga kelayotgan muammolar, yangi tashabbuslar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rib chiqishni maqsad qildik.
O‘tgan besh oy davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga birlashtirilgan tashkilotlar — Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Xorijiy tillar agentliklari, Ta’limni nazorat qilish inspeksiyalari faoliyatini to‘liq o‘rganish imkoni berildi. Endi esa har birimizni oldimizda eng asosiy masala – ta’lim tizimini rivojlantirib, o‘quvchilarni yetuk salohiyatli etib tarbiyalashdan iborat. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli va shaffof tarzda bajarishimiz, farzandlarimizni sifatli ta’lim bilan ta’minlashimiz lozim.
Ikki kunlik trening davomida hudud rahbarlariga o‘z ustilarida ishlashlari uchun imkoniyat beriladi. O‘zim ham shu ikki kun davomida har bir rahbar bilan muammolarni tahlil qilib, rejalarni tuzib olamiz.
Treningdan eng avvalo, nima xohlayapmiz? Endi qaysi yo‘ldan ketamiz? Buning uchun oldimizda qanday vazifalar turibdi?
Ikki kun davomida mana shu savollar bo‘yicha birgalikda ishlaymiz. Ularga javoblar topib, vazifalar belgilab olishimiz lozim. Biz yangi bosqich “Ta’limda boshqaruv”ning yangicha va zamonaviy tizimiga o‘tishimiz zarur.
Xulosamiz shuki, har bir rahbar o‘zidan boshlamasa, biz ta’limda o‘zgarish qila olmaymiz.
#BirgaZaminYaratamiz
#BirgeAlemJaratamiz
Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Nukusdagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida ochilgan "Zamin Creative" ijod studiyasi va gospital turdagi "Mehrli maktab" filialiga bordi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Toʻgaraklar_faoliyatidan
#Ijod_maktabi
📍Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi "Drama" toʻgaragi aʼzolari tomonidan ijro etiladigan sahna koʻrinishlari namoyishiga tayyorgarlik jarayonlari.
⚡️ "Shum bola" qissasi, "Oʻtkan kunlar" romani va "Toʻmaris sharq malikasi" nomli sahna koʻrinishlari jonlantirildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
📍Qarshi shahridagi Prezident maktabida sport sohasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi
❗️ Unda Yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi A.Karimov, viloyat yoshlar siyosati bosh boshqarmasi vakillari, sport murabbiylari hamda jahon, osiyo va xalqaro musobaqalarida g‘olib bo‘lgan viloyat sportchi yoshlari ishtirok etdi.
⚡️Mehmonlar maktab o‘quvchilari bilan yaqindan tanishdi, sportga qiziqishi baland yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.
🏀Uchrashuv so‘ngida o‘quvchi yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Uchunchi_bosqich
#Suhbat_jarayoni
⏺ Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan pedagoglarning suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
📍 Suratlarda Buxoro hamda Xiva shahridagi Prezident maktablari.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.
Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.
Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.
Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.
Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.
Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring
🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
📝 IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#xorijiy_hamkorlik
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga Angliyaning Portsmud universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
🔰Delegatsiya a'zolari James Bullock va Lee Oakley FHSS Global Briefing – SLAL mavzusida o'quvchilarga taqdimot qilishdi hamda qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.
▶️ Bundan tashqari, mehmonlar Prezident maktabi ta'lim tizimi, sharoitlar va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Kun xabarlari | O'zbekiston – Xitoy hamkorligi izchil rivojlanmoqda
#samarqand_MTRK
📍Agentligimiz tizimidagi Samarqand shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijodiy_hamkorlik
#2_kun
⚡️Xabar berganimizdek, Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga borgan edi.
✅ O'quvchilar ijod maktabi bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda Xo'jayli tumanidagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi.
⏰ Shuningdek, Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi, Qoraqalpog'iston davlat tarix muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeylarida bo'lib, u yerdagi qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari, san'at namunalari bilan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo'lishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
📢 “Yangi O‘zbekiston” universitetida o'qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!
🔹 Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:
➖ Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
➖ Mexanika muhandisligi
➖ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
➖ Dasturiy ta’minot muhandisligi
➖ Kiber xavfsizlik
➖ Sun’iy intellekt va robototexnika
➖ Amaliy matematika
➖ Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
➖ Pedagogika
➖ Sanoat boshqaruvi
📌 Keyingi imtihon avgust oyida bo'lib o'tadi.
➡️ O‘qishga ariza topshirish uchun siz mazkur havolaga kirishingiz va o‘zingiz haqidagi so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.
📞 Call-markaz: +998712024111
👍 Telegram bot: @newuucontact_bot
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar, maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ularning ustozlari hamda ota-onalar uchun "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
No comment | Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni
#andijon_MTRK
📍Agentligimiz tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#soʼnggi_qoʼngʼiroq
⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "So’nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo'lib o'tdi
🔹 Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi hamda fahriy o'qituvchilarni “Xalq ta'limi fidoyisi", "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.
▶️ Shuningdek, olimpiada, tanlovlar g’oliblari hamda a'lochi o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#soʼnggi_qoʼngʼiroq
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o’tkazildi.
🔹 Tadbirda o'quv yilida yuqori natijalarga erishgan, olimpiada hamda tanlovlarda g'olib bo'lgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
⏰ So'zga chiqqanlar yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.
🔹 Unda mehmonlar maktab binosi bo'ylab ekskursiya qilib, maktab haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lish bilan bir qatorda o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#befarqemasman
⚡️ Biz befarq emasmiz
📍 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan videorolik.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Soʻragan_edingiz
❓Savol: Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda informatika fanidan “Google for education” hamda matematika fanidan GMAT xalqaro sertifikatlarga ustama beriladimi?
❗️Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son Farmonining 9-bandida Xalq taʼlimi (Maktabgacha va maktab taʼlimi) vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan.
🗣 Shunga koʻra, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan matematika fanidan GMAT hamda informatika fanidan “Google for education” sertifikatlariga ega o‘qituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanishi ko‘zda tutilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ijod_maktablari
❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari muddatidan oldin talabalik baxtiga erishib, xalqaro top 300 talik universitetlarga grantni qo‘lga kiritishdi.
📌 Hakimova Sarvinoz 3 ta xorijiy universitet:
🫥 Lynchburg University – 108,000$
🫥 SUNY at Buffalo University – 44,000$
🫥 Cincinnati University – 40,000$
🧮 Jami: 192,000$
📌 Saparboyeva Ziyoda 4 ta xorijiy universitet:
🫥 Caldwell University – 100,000$
🫥 Cincinnati University – 40,000$
🫥 SUNY University at Buffalo – 24,000$
🫥 University of Massachuetts Boston – 12,000$
🧮 Jami: 176,000$
📌 Hasanova Zarnigor 2 ta xorijiy universitet:
🫥 University of Missouri – 60,000$
🫥 SUNY University at Buffalo – 24,000$
🧮 Jami: 84,000$
💡 Ma'lumot o‘rnida, Zarnigor IELTS sertifikatiga 7.5 ball, Ziyoda va Sarvinoz esa 6.0 ball bilan ega bo‘lishgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣DIQQAT
❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING
🔴 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan "Buyuk allomalar izidan" nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.
⚡️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.
👆 Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.
🏆 Mukofotlar:
🔹 Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.
🫥 Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.
⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube