piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi.

🔹
Unda mehmonlar maktab binosi bo‘ylab ekskursiya qilib, maktab haqida barcha maʼlumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Президентимиз саъй-ҳаракатлари билан илмга ва илм аҳлига муносабат ўзгарди, олимларнинг қадри тиклана бошлади!
___

Усилиями нашего Президента изменилось отношение к науке и людям науки, ценность учёных начала восстанавливаться!

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Nozimbek Turgʻunboyev Vengriya davlatida joylashgan Debretcen va Eotvos Lorand universitetlarining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha sifatida oylik stipendiya, yotoqxona va tibbiy sug‘urta xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

🗣Maʼlumot o‘rnida, Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 6,000,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgan.

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 17-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT E'LON!

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

📩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik
rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
• Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🕊Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

❗️SINFDOSHLAR VENGRIYADA HAM BIRGA OʻQISHADI

📍Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursınbaev Vengriya davlatida joylashgan Debretcen universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa ular xorijiy oliy taʼlim muassasasida ham birga tahsil oladigan boʻldi.

🗣 Maʼlumot oʻrnida:
Asadbek Reymbergenov 16 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 1,051,300 AQSH dollari miqdoridagi grantni qoʻlga kiritgan.

Begdulla Tursınbaev 3 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 284,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qoʻlga kiritgan.

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktabi
#Ona_tili_va_adabiyot

⚡️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritdi.

🎒10-11-sinf o‘quvchilari:

➖ Farangiz Muhammadiyeva – 81.3%
➖ Sevinch Allanazarova – 77%
➖ Maftuna Xudoynazarova – 76.7%
➖ E'zoza Yo‘ldosheva – 75.4%
➖ Madina Boymurodova – 72%
➖ Mushtariy Saidova – 71.8%
➖ Iroda Xushvaqtova – 68.9%
➖ Gulnoza Cho‘yanova – 66.8%
➖ Dilnavo Sobirova – 65.2%
➖ Maftuna Nasrulloyeva - 62,8%
➖ Ruxshona Rahmonova – 61.2%

❗️Ma'lumot uchun, mazkur ijod maktabining 21 nafar bitiruvchisidan 16 nafari xalqaro darajadagi IELTS va milliy sertifikatlarga ega.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#eslatma

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida hamda t.me/PIIMATelegramBot orqali yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz.

Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar o'quvchi qabul qilinadi?

📌 2023-2024-o'quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo'lib o'tadi.

Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:

🔸
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar,
🔸
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
🔸
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar o'quvchi qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Zamon | Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni
#sevimli_tv

📍Nukus shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi.

Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi. Bunday ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik kabi qobiliyatlar yanada rivojlanadi.

📌 Yuqoridagi videolavhada Buxoro shahridagi prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga nechanchi sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi?

❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#TDT

⚡️ Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari VII yig’ilishi bo’lib o’tmoqda

Tadbirni kirish so’zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi:

- Turkiy davlat tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2012-yildan buyon doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda va katta ahamiyatga ega.

Zero, oldimizda turgan masalaga yechimlarni topish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va turkiy olamning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish faqatgina hamkorlik orqali amalga oshadi.

Shubhasiz, Turkiy svilizatsiyaning yuksalishidagi asosiy yo‘nalish ham ilm-fandir. Bugungi yig‘ilish turkiy davlatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.

Shundan so‘ng, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev so’zga chiqib, O‘zbekistonda ta'limga katta e'tibor qaratilayotganini e'tirof etdi:

- Kecha Samarqandda joylashgan ta'lim muassasalarida ham bo'ldik. Ularning har biri bizda ulkan taassurot qoldirdi. Birgina Prezident maktablari g'oyasini alohida ta'kidlab o'tish joiz. O'tgan 4 yil davomida bu maktablar ko'rsatayotgan natijalar O'zbekiston ta'lim tizimining naqadar yuqori ko'rsatkichlar qayd etayotganligini ko'rsatib turibdi.
_____
❗️ Yig‘ilish doirasida ko'p tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid loyiha hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Unda O'zbekiston tomoni:

✔️Maktabgacha ta'lim sohasida UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirish,
✔️ qardosh maktablar hamkorlik dasturini yanada rivojlantirish,
✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish bo'yicha takliflar kiritdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Yangiliklar 24 | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matbuot anjumani
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Farzandimning hujjatlarini 30-iyun kuni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz saytiga topshirsak, ishchi guruh tomonidan hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi?

Prezident maktablariga o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari, baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabi hujjatlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🔖 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

❗️E’tibor bering, hujjat topshirishning oxirgi kuni – 30-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin bo‘ladi.

📌 Ya’ni 30-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 30-iyun soat 00:00 da tugatadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘tayotgan hafta O‘zbekiston ta’lim sohasida ikkita yirik xalqaro tadbir bilan tarixda qoldi. 

Biri Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining uchrashuvi bo‘lsa, keyingisi Xivada kecha nihoyasiga yetgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan mazkur olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vyetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Ummon Sultonligi, Gruziya, Turkmaniston kabi davlatlaridan yuzdan ortiq o‘quvchilar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Vatanimiz sharafini 16 nafar o‘quvchimiz munosib himoya qildi, deb faxr bilan aytishim mumkin.

Fursatdan foydalanib, olimpiadada g‘olib bo‘lgan, unda munosib ishtirok etgan va tashkil qilishga bosh-qosh bo‘lgan barchani g‘alaba bilan muborakbod etaman.

Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirlarni tashkil etishda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasiga esa umumiy ishimizga qo‘shgan hissangiz uchun, hamkorlik va barcha sa’y-harakatlar uchun o‘zimning minnatdorligimni bildirib qolaman. Zero, katta kuch va mehnatsiz bu ishni uddalash qiyin bo‘lardi.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining hammasi ham aniq va tabiiy fanlarga qabul qilmas ekan. Ushbu maʼlumotlarni maktablar kesimida qayerdan olsak bo‘ladi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

🗂 Ro‘yxat

Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, ularning qaysi fanlardan nechinchi sinfga qabul qilishi haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimida yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

🗂 Ro‘yxat

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Хивада бўлиб ўтган Абу Райҳон Беруний номидаги биринчи халқаро кимё олимпиадаси иштирокчилари ва ғолиб ҳамда совриндорларини табриклайман. Олимпиадада уч қитъанинг 16 давлатидан ёш олимлар иштирок этди.

Бундай нуфузли халқаро олимпиадалар Ватанимизда бўлиб ўтиши бежиз эмас.

Президентимиз саъй-ҳаракатлари билан  илмга ва илм аҳлига муносабат ўзгарди, олимларнинг қадри тиклана бошлади. Таълимга янги талаблар қўйиляпти, бутун тизим янгиланмоқда.

Олимпиадада иштирок этган ёшлар барча тенгдошлари учун ўрнак ва намуна бўлади.

___

Поздравляю участников, победителей и призёров первой Международной олимпиады по химии имени Абу Райхана Беруни, состоявшейся в Хиве. В олимпиаде приняли участие молодые учёные из 16 стран трёх континентов.

Неслучайно такие престижные международные олимпиады проводятся в нашей стране.
 
Усилиями нашего Президента изменилось отношение к науке и людям науки, ценность учёных начала восстанавливаться. К образованию предъявляются новые требования, обновляется вся система.
 
Молодые люди, принявшие участие в олимпиаде, станут примером для всех своих сверстников.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nurshoda Qodirberganova 17 ta xorijiy oliy taʼlim muassalaridan 1,332,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi.

Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi. Bunday ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik kabi qobiliyatlar yanada rivojlanadi.

🎞 Yuqoridagi videolavhada Farg‘ona shahridagi prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 16-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
➖ Maktab hayoti,
➖ Dars jarayonlari,
➖ To‘garaklar,
➖ Sport musobaqalari hamda maktab faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 17-IYUN
⏰ 08:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoyi MFY, Istiqlol ko‘chasi, 13-uy

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: +998722215919

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktabi
#ona_tili_va_adabiyot

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11 nafar o‘quvchisi Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritdi.

10-,11-sinf o'quvchilari:

➖ Gulsanam Abdulhakimova – 86,9 %
➖ Shaxzoda Muhiddinova – 74,8 %
➖ Sabrina Samandarova – 71,3 %
➖ Mushtariy O’tkurova – 72,7 %
➖ Ruxshona Ochilova– 65,5 %
➖ Umida Abduqayumova – 60,2 %
➖ Kumush Salimova – 64,9 %
➖ Sevinch Abdullayeva – 84 %
➖ Gulira’no Anvarova – 71,4 %
➖ Sevara Normamatova – 62 %
➖ Visola Abduhakimova – 61,8 %

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktabi
#ona_tili_va_adabiyot

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 15 nafar o‘quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritdi.

10-,11-sinf o'quvchilari:

➖ Bahora Muhammadiyeva – 91 %
➖ Nozima Rahmonqulova – 86.7 %
➖ Ruxshona Nurullayeva – 85.9 %
➖ Karomatoy Ikromjonova – 85.8 %
➖ Nilufar Yuldosheva – 84.6 %
➖ Sevinch Abdazova – 82 %
➖ Diyora Hatamova – 81.8 %
➖ Aziza Hamidolimova – 80 %
➖ Zarifa Mardiyeva – 79.9 %
➖ Xulkaroy Sindorova – 79.8 %
➖ Nasiba Boshmanova – 78.2 %
➖ Visola Tursunova – 76.4 %
➖ Ruxshona Qodirqulova – 66.8 %
➖ Ruxshona Sunnatova – 64 %
➖ Sarvarbek Abduhamidovlar – 62.4 %

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 15-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tanlov
#ishga_talkif_etamiz

📣 TANLOV BOSHLANDI

❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan RAHBAR VA PEDAGOG kadrlar diqqatiga!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar

💼 Bo‘sh ish o‘rinlari

📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari
job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktabi
#Ona_tili_va_adabiyot

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 14 nafar o‘quvchisi Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

11-sinf o‘quvchilari:
➖ Dildoraxon Anorboyeva – 88.1%
➖ Ruxshona Ortiqaliyeva – 81.5%
➖ Gulchiroy Davronbekova – 79.9%
➖ Muslimaxon No'monjonova – 79.1%
➖ Zohidaxon Sotiboldiyeva – 75.3%
➖ Madina Raxmidinova – 62.2%

10-sinf
o‘quvchilari:
➖ Durdonaxon Axmadjonova – 76%
➖ Mahfuzaxon Rafiqova – 74.5%
➖ Baxoroy Abdunabiyeva – 71.7%
➖ Xadichaxon Muhiddinova – 65.7%
➖ Gulbadanbegim Aliqulova – 64.1%
➖ Odinaxon Raxmatulayeva – 60.4%

9-sinf
o‘quvchilari:
➖ Madinabonu Oribjonova – 70.2%
➖ Gulsanam O'rmonbekova – 69.2%

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#matbuot_anjumani

⚡️Bugun, 9-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shakirova, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Inom Xujamov hamda yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Mazkur matbuot anjumanida:
🔹 Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2023-2024-o'quv yiliga hujjatlar qabuli;
🔹 Yangi o'quv yiliga tayyorgarliklar;
🔹 Talabgorlarning hujjatlaridagi o'zgarishlar;
🔹 Call-markaz faoliyati;
🔹 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish kabi savollarga batafsil javob berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Jonli_efir
#matbuot_anjumani
#qabul_2023

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etayotgan MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

▶️ JONLI EFIR

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel