#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish uchun qabul davom etmoqda.
📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.
📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
👇Maktablarimizdagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://portal.piima.uz/page/o-quvchilar-bo-sh-o-rinlari
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
⏰ Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 22-iyun soat 18:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari
❗️Agentlik tizimidagi maktablardagi vakant o‘rinlarga job.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 22-iyun soat 16:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz hududlar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
📈 Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#prezident_maktabi
⚡️Bu yil 14 ta Prezident maktabini bitirayotgan 326 nafar o‘quvchilarimizning xalqaro til bilish (IELTS) sertifikatini qo‘lga kiritganlar soni 326 nafarni, xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bitiruvchilar soni 168 nafarni, nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilinganlari soni 275 nafarni tashkil etadi.
🎞 Yuqoridagi videolavhada Navoiy shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: 1206
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#ijod_maktabi
#10_iyun_30_iyun
❗️2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo‘lib o‘tadi.
🗂 Ijod maktablarining qabul kvotalari
📝 Ijod maktablaridagi o‘quvchilar bo‘sh o‘rinlari
🪪 Ma'lumot uchun, Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabiga resbublikaning istalgan hududidan o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.
🏢 Hozirgi kunda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidan boshqa barcha ijod maktablarida yotoqxonalar mavjud.
🎞 Lavha — Prezident.uz
☎️ Call-markaz: 1206
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jonli_efir
#bitiruvchi_2023
⏺Ayni damda 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi boshlandi.
❗️Tadbirni ONLAYN tarzda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:
🎞 JONLI EFIR
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023
⚡️ Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o‘quvchilar “G‘alaba bog‘i”da bo‘ldi.
✅ Bitiruvchilar xalqimizning ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi.
📌 Ma’lumot uchun, bugun agentlik tomonidan Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tadbir o‘tkaziladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 21-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023
⚡️ Xabar berganimizdek, agentlik tomonidan 20-22-iyun kunlari Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari uchun alohida bitiruv tadbirlarini o'tkazish belgilangan.
⏰ Bugun, bitiruvchilar uchun o‘zining betakror iste'dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosirning 110 yilligiga bag‘ishlangan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.
📌 Ushbu asar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetining “MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Diyor yangiliklari |Prezident maktablariga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda
#buxoro_MTRK
📍Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#prezident_maktabi
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va “STEAM – ta’lim” dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.
📌 Yuqoridagi videolavhada Nurafshon shahridagi prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: 1206
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 20-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❓Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?
➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
➖Prezident maktablariga talabgorlar o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.
☎️ Call-markaz: 1206
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari
❗️Agentlik tizimidagi maktablardagi vakant o‘rinlarga job.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 19-iyun soat 16:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz hududlar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
📈 Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❓ Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?
✅ Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.
❓ O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?
✅ Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.
❓ Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?
✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.
☎️ Call-markaz: 1206
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bitiruvchi_2023
❗️Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlardan videolavha
📍Toshkentda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomiga jam bo‘lgan 326 nafar Prezident maktabi bitiruvchilari uchun madaniy tadbirlar “Mehr” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyishi bilan boshlandi.
🔹 Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.
🎉 “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi esa barcha o‘quvchilarning xotirasida bir umrga esda qolarli bo‘ldi.
✅ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va o‘quvchilarga katta hayot yo‘lida porloq parvozlar tilashdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_olimpiadasi
#Taqdirlash
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Sovrindorlar Agentlik tomonidan noutbook, televizor singari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandi.
❗️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti olimpiadaning fizika, informatika, kimyo yo‘nalishlarida 1-, 2-, 3- o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 152 million so‘mdan, matematika yo‘nalishida 1-, 2-, 3- o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 120 million so‘mdan jami 1 milliard 728 million so‘m ta’lim granti ajratdi.
🔹 Shuningdek, g‘oliblarga Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Perfect universiteti, Xalqaro Kimyo universiteti, PDP universiteti, Alfraganus universiteti tomonidan 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan jami 1,5 milliard so‘mga yaqin ta’lim grantlari uchun vaucherlar topshirildi.
🥇G‘oliblarimiz bilan tanishing:
📝 RO‘YXAT
🏆Olimpiadada 9 nafar o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Navoiy shahridagi Prezident maktabi Agentlik kubogi bilan taqdirlanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ishga_talkif_etamiz
📣 TANLOV DAVOM ETMOQDA!
❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan RAHBAR VA PEDAGOG kadrlar diqqatiga!
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.
📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.
🗂 Talab etiladigan hujjatlar
💼 Bo‘sh ish o‘rinlari
📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 22-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bitiruvchi_2023
❗️Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi bo’lib o‘tdi.
✅ Ushbu kechada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va o‘quvchilarga katta hayot yo‘lida porloq parvozlar tilashdi.
⏺Tadbirda Prezident maktablarining bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
✅ Har bir maktab o‘zlari tomonidan tayyorlab kelgan badiiy chiqishlari tadbirga yig‘ilganlar tomonidan davomli olqishlar bilan kutib olindi.
🗣Eslatib oʻtamiz, bu yil Prezident maktablarini 326 nafar oʻquvchi bitirmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
⏰ Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 21-iyun soat 17:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023
⚡️ Agentlik tizimidagi Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo‘lishdi.
⏰ Maktab bitiruvchilari uchun universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Unda o‘quvchilar talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, u yerda joylashgan “Apple” markazi hamda “3D” print chop etish xonalari, o‘quv xonalari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda universitet kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
📌 Shuningdek, bitiruvchilarga universitetga qabul va imtihon jarayonlari haqida tushunchalar berildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Summativ_baholash
❗️PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDAGI BAHOLASH TIZIMI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA HAM JORIY ETILADI
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
📝 Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.
✔️ Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko‘zda tutilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyundan_10_iyulgacha
❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅ 2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
🔸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga;
🔸Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga;
🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.
⏰ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-iyundan – 10-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023
⚡️Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktablari faoliyat yuritadi.
⏰ Agentlik tomonidan joriy yilning 20-22-iyun kunlari ushbu Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari uchun alohida bitiruv tadbirlarini o'tkazish belgilangan.
🔹 Shu munosabat bilan, hududlarda joylashgan Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari Toshkent shahriga yetib kelishdi.
✔️21-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha Prezident maktabi bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tadbir o'tkaziladi.
✅ Tadbir jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
📢 DIQQAT, E'LON!
❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
➖Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjatlar qabuli boshlandi.
⏰ Ushbu Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-iyundan – 10-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabining 16 nafar 7-sinf o‘quvchilari ingliz tilini bilish darajasidagi CEFR Milliy sertifikatlarini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritishdi.
Ular:
➖Norxo‘ja Abdurahmonov – C1
➖Sardorbek Abduqosimov – B2
➖Behruz Chilmuhammedov – B2
➖Ruxshona Artiqboyeva – B2
➖Og‘abek Abdurazzoqov – B2
➖Diyor Abdurashidov – B2
➖G‘olib Ko‘charboyev – B2
➖Farhodjon Doniyorov – B2
➖Shoxruz Muhammadov – B2
➖Sulton Maʼmurjonov – B2
➖Shohjahon Bolqiboyev – B1
➖Temur Raxmonqulov – B1
➖Jasurbek Turg‘unboyev – B1
➖Jasurbek G‘ulomov – B1
➖Davronbek Dilshodov – B1
➖Shohjahon Zillobidinov – B1
✨ O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#eslatma
📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.
✅ Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas.
⏰ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.
📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi.
🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 18-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.