piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#live

Ayni vaqtda Xalqaro press klubда Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda!

🖥 Jonli efirni "O'zbekiston 24", "UzReport" va "Renessans" telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#brifing

📢 2023/2024-O‘QUV YILIDAN "YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA QATOR YANGI O‘QUV YO‘NALISHLARI TASHKIL QILINMOQDA

Jumladan:

Pedagogika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Amaliy matematika;
Sun’iy intellekt va robotexnika;
Kiberxavfsizlik;
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishlari yangi tashkil qilindi.

"Yangi O‘zbekiston" universitetida 10 nafar professor-o‘qituvchi Germaniya, AQSH, Koreya, Rossiya davlatlaridan jalb qilingan.

87 ta mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilot bilan amaliyot o‘tash uchun hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, universitetda Google  kompaniyasi bilan hamkorlikda IT loyihalar ham tashkil etilgan.
📏📏📏📏📏📏

🏛 AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov "Yangi O‘zbekiston" universitetida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

➖➖➖
A'zo boling:
🚀 /channel/J_Jangirov

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023

🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

📩
qabul@piima.uz

Eslatib o‘tamiz, murojaatda quyidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi kerak:

Murojaatchi (ota-ona yoki qonuniy vakili) va o‘quvchining ism-sharifi;
Telefon raqami;
O‘quvchining ID raqami;
O‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#eslatma

🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

📆 Shunga ko‘ra, ushbu maktablarning imtihon natijalari shu haftaning oxirlarida Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Fargʻona_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️AGENTLIK DIREKTORI FARG‘ONA VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI BILAN TANISHDI

🗺  Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari davomida Farg‘ona viloyatdagi 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Farg‘ona viloyatida 19 ta obyekt shundan, 3 ta Farg‘ona shahrida va O‘zbekiston, Quva tumanida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 16 ta Qo‘qon (2 ta), Marg‘ilon, Quvasoy, shaharlarida, Bag‘dod, Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

❗️Hozirda qurilish-ta’mirlash (demontaj) ishlari 8 ta obyektda yakunlangan, 8 tasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan, 3 tasida davom etmoqda.

Ta'kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan jami 168 ta obyektda qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Namangan_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️NAMANGAN VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab - internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

✔️ Namangan viloyatida 13 ta obyekt shundan, 1 ta Namangan shahrida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 12 ta Yangiqo‘rg‘on, Chust, Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Pop, Norin, Namangan, Mingbuloq, Kosonsoy, Yangi Namangan tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash (demontaj) ishlari 7 ta obyektda yakunlangan, 6 tasida davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

📝Ular:

Diyorbek Shokirov – IELTS 7
Yusufboy Komiljonov – IELTS 7
Asadbek Fayzullayev – IELTS 6.5
Yo'ldoshev  Nodirbek IELTS 6.5
Sevinchoy Yoʻldosheva  – IELTS 6
Dilnoza Xudoyorova – IELTS 6
Zuhra Otabekova – IELTS 6
Dilnura Xudaynazarova – IELTS 5.5

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#100_foizlik_grant

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining bitiruvchilari Muxriddin Qurbaniyazov hamda Raxmetulla Barliqbayevlar Xalqaro oliygohlarda 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Muxriddin Qurbaniyazov – Halla universiteti (Janubiy Koreya)

Raxmetulla Barliqbayev – Ural davlat konchilik universiteti (Rossiya)

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

  ✔️ Science fani o‘qituvchisi
  ✔️ Biznes fani o‘qituvchisi
  ✔️ Iqtisodiyot asoslari fani o‘qituvchisi
  ✔️ Geografiya fani o‘qituvchisi
 
Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu manzilga jo‘nating: @ps_nukus_bot

📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+ 99 861 224 90 23
Ichki raqam: 115

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Og‘abek Nazarov, Abdulaziz Qobiljonov, Shohrux Odilov I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli universitetda bitiruvchilar "Xalqaro talaba" sifatida haftasiga 20 soat ishlash imkoniyati, koplab stipendiya programmalari hamda xalqaro "Work And Travel" va "ERASMUS+" dasturlarida qatnashishlari mumkin.

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

✔️Ona tili va adabiyot
✔️Tarix
✔️Matematika
✔️Tasviriy san'at va chizmachilik
✔️Texnologiya (Robototexnika)

❗️Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasi va chet tili bilish darajasiga ega bo‘lishlari shart.

Texnologiya (robototexnika) fanini o‘qitish uchun nomzod robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, Texnologiya yoki Informatika va axborot fani o‘qituvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

📌 Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin: 

🗺Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy
📞 +998-99-429-59-18

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Prezident_maktablari
#arxiv

Fakt 24 | Prezident maktablari: Zamonaviy metodik va katta imkoniyatlar
#uzbekiston24

📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ustozlar_forumi

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning birinchi kuni boʻlib oʻtdi.

Unda 24 nafar pedagog xodimlar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida Agentligimiz tizimidagi maktablarning oʻqituvchilari ham bor.

📝Ular:

Mamarasulova Hilola Toʻychiyevna – Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
Otaxonova Mashxuraxon Ikromjonovna – Andijon viloyati Andijon shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo fani oʻqituvchisi;
Nazarov Vohidjon Shakarboyevich – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani oʻqituvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, mazkur forumda Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ustozlar_forumi
#1_kun

🔴 Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda.

⚡️Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

- “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
- “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
- “Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;

⚡️ Maktab ta’limi yo‘nalishida:

- “O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
- “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
- Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
- “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
- “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etilgan.
______________
❗️Treninglar avvalida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ustozlar_forumi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
 
📍 Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:

- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.

✔️Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️ Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchilari Baxtiyor Abdiyev va Rahmatilla Karimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qutuvchi Mirfozil Mirzaahmedovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.

✔️ Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.

⚡️ Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
#uzbekiston24

🔔 Ayni paytda umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy etish, yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olish bo‘yicha o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treninglar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Respublika ta’lim markazining malakali mutaxassislari hamda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning trener-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

➡️ Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminarlar joriy yilning 15-17-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda, 22-24-avgust kunlari tuman va shaharlarda, 28-29-avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️AGENTLIK DIREKTORI FARG‘ONA, ANDIJON, NAMANGAN, SIRDARYO, TOSHKENT VILOYATLARIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI BILAN TANISHDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Andijon viloyatdagi 14 ta, Farg‘ona viloyatdagi 19 ta, Namangan viloyatdagi 13 ta, Sirdaryo viloyatidagi 10 ta, Toshkent viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

📝Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#toshkent_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️TOSHKENT VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Ta'kidlash lozim, Toshkent viloyatida 13 ta obyekt shundan, Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Ohangaron shaharlarida hamda Bekobod, Bo‘ka, O‘rtachirchiq, Parkent, Bo‘stonliq, Zangiota, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 11 ta obyektda yakunlangan bo‘lib, 2 tasida (Yangiyo‘l shahar va Bo‘stonliq tumani) avgust oyining songiga qadar ta’mirlash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

📝Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_natijalari_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari fayl variantda taqdim etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning kirish imtihoni javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Dunyoning top universitetlaridan 2,4 million dollarlik grant yutgan Prezident maktabi o‘quvchisi
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#arxiv

Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Namangan shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Andijon_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ANDIJON VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab - internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Ta'kidlash lozim, Andijon viloyatida 14 ta obyekt shundan, 1 ta Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 12 ta Xonobod shahrida va Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Izboskan. Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda jami loyihaviy quvvati 6888 o‘rinni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust holatida 4 ta (Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati) foydalanishga topshirilib, 10 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#prezident_maktabi
#arxiv

Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📈IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

📆 Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

🏛 Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💯Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

🪪 Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

💫 Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

🏅Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo'ldi.

📊 Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

❗️“Diffusion Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi

📆 Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida fizika, matematika va muhandislik sohalarida dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida 10-Xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🗺 Konferensiya Germaniya, AQSH va Polsha kabi davlatlarda 2005-yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda birinchi marta Oʻzbekistonda o‘tkazilmoqda.

🫥 Ushbu konferensiyada barcha ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://dfx.newuu.uz/

📝 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 20-avgustga qadar davom etadi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi California Institute of Technology oliygohiga qabul qilingan BIRINCHI OʻZBEKISTONLIK TALABA boʻldi hamda 320.000 AQSh dollari miqdoridagi grant sohibiga aylandi.

🫥 Shuningdek, oʻquvchimiz:
University of Nottingham (Britaniya universitetlari TOP-20 taligidan joy olgan);
University of Illinois Urbana-Champaign (Amerika universitetlari Assotsiatsiyasi aʼzosi);
Cardiff University (mashhur tadqiqot universiteti) oliygohlarida oʻqish uchun qabul xatlarini qoʻlga kiritdi.

💥 Qolaversa, Jafar Arifjanov Cardiff universitetining “Vice-Chancellorʼs International Scolarship” stipendiyasiga ham loyiq topildi.

❗️Maʼlumot uchun, o‘quvchimiz IELTSdan 8.0 ball sohibi.

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

✔️ Musiqa to‘garagi rahbari;
✔️ San’at, dizayn va tasviriy san’at to‘garagi rahbari;
✔️ Informatika va dasturlash to‘garagi rahbari;
✔️ Robototexnika to‘garagi rahbari.

🔹Talablar:
➖ oliy ma'lumotli bo‘lishi;
➖ 3 yillik ish tajribasiga egaligi;
➖ chet tillarini bilishi;
➖ IT savodxonligi yuqori bo‘lishi zarur.

📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
+998997130870
@KhivaPMBot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

🔔Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

Texnologiya (robotatexnika)
Tarbiyachi o‘qituvchi

⚡️Oylik maoshi: Pedagog toifasi va til bilish darajasiga bog‘liq.

❗️Talabgor o‘qituvchilar eng kamida oliy toifaga, tarbiyachilar 2-malaka toifasi va chet tili bilish darajasiga ega bo‘lishlari shart.

📆 Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

😀 +998914821015

📍Manzil: Andijon shahar, Amur Temur ko‘chasi, 26-uy

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel