#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
⚡️ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI YANA IKKITA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
✅Xonobod shahri va Xo‘jaobod tumanida Ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu taʼlim maskanlarida o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🎉Nuroniylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari maktablarda faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni yangi maktab hamda boshlangan o‘quv yili bilan tabriklab, barchaga omad va zafarlar tiladi.
🗣Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangiliklar 24 | 2026-yilda O‘zbekiston xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi
#uzbekiston24
✅ Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.
G‘olib o‘quvchilarimiz:
➖Dilyorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
➖Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 XORAZM VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI XIVA SHAHAR 1-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️ Tadbirda Xiva shahar hokimi T.Davletov hamda nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🔹 Xiva shahrida joylashgan oldingi Bolalar shaharchasi yangidan rekonstruksiya qilinib, qo'shimcha 330 o‘rinli bino qurilib ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi va o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
⏰ Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
✔️ Bu taʼlim dargohiga Xorazm viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 27 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.
🟢 Ayni paytda mazkur maktab-internatda 168 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 SHAYXONTOHUR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI YANGI O‘QUV BINOSIGA EGA BO‘LDI
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-2024-o‘quv yilini yangi o‘quv binosida boshladi.
⏰ Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan hamda 672 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabda o‘quvchilarga 65 nafar pedagog tahsil berib kelishmoqda. Yangi binoda 55 ta sinf xonasi mavjud bo‘lib, fizika, kimyo, biologiya fanlariga mo‘ljallangan laboratoriyalar zamonaviy tarzda jihozlangan.
✅ O‘quv maskanidagi mavjud 28 ta sinfning 22 tasi aniq (matematika, fizika, ingliz tili) va 6 tasi tabiiy ( kimyo, biologiya va ingliz tili) fanlarga ixtisoslashgan.
📍Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan ushbu ta’lim dargohida xitoy tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi.
🟢 Maktabning iqtidorli bitiruvchi-o‘quvchilari joriy yilda qator xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlariga talabalikka qabul qilindi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals
📣 “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi
⚡️ Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.
🟢 Tadbirda Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 25 nafar universitet Prezidentlari, olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
✔️ Konferensiyaning ilk marta mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.
❗️ Eslatib oʻtamiz, konferensiya 3 kun davom etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals
⚡️ Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida 6-8-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasining ochilish marosimi ertaga soat 9:00 da boshlanadi.
✅ Ushbu konferensiya 2005-yildan beri Germaniya, AQSh va Polsha kabi davlatlarda 9 marta o‘tkazilgan bo‘lib, dunyo ilm-fan olamida katta nufuzga ega. Ta'kidlash lozim, Markaziy Osiyoda ilk marotaba O‘zbekistonda tashkil qilinmoqda.
🟢Quyidagi havolalar orqali konferensiya o‘tkaziladigan manzil geolokatsiyasi va video yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
📍Geolokatsiya
🎞 Video yo‘riqnoma
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Zamon | Ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o'quv yili boshlandi
#sevimli_tv
📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#bilimlar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2023/2024-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.
🎞 Suratlarda Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar:
🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Tahlilnoma | Ta’lim sohasidagi jiddiy qadamlar: maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilarni kutayotgan eng muhim o‘zgarishlar
#uzbekiston24
▶️ 02:25, 06:01, 17:30 Anmari Anderson – Toshkent shahridagi Prezident maktabining maxsus fanlar bo‘yicha akademik direktori
▶️ 07:25 Rodan Kondes – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#bilimlar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida 2023-2024-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.
✅ Tadbirlarda faxriy mehmonlar so'zga chiqib, boshlangan yangi o'quv yili bilan o'quvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod etdi.
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:
🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI 205 TA MAKTAB HAMDA “YANGI OʼZBEKISTON” UNIVERSITETI 2023/2024-OʼQUV YILIGA TAYYOR!
Ular:
⏺14 ta Prezident maktabi;
⏺9 ta Ijod maktabi;
⏺182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati;
⏺“Yangi Oʼzbekiston” universitetidir.
🔔 Eslatib o‘tamiz, bugun, 4-sentabr kuni barcha maktablarimizda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Ma'lumot uchun, yangi 2023/2024-oʼquv yiliga Prezident maktablariga 336 nafar, ijod maktablariga 460 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 11 444 nafar, shundan yangi tashkil etilgan 13 ta maktabga 1344 nafar, “Yangi Oʼzbekiston” universitetiga 475 nafar o'quvchilar imtihon asosida saralab olindi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 XUSHXABAR
Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza!
📌 To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
✔️ G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov-Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev -Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.
Ma’lumot o‘rnida joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktablari
📍Agentligimiz tizimidagi Farg'ona shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari
#seminar_trening
⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.
✅ Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.
⏰ O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nurafshon_pm
#erishilgan_yutuqlar
📈 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI
⚡️Joriy yilda Nurafshon shahridagi Prezident maktabini 24 nafar o‘quvchi bitirdi.
✅ Ularning barchasi Xalqaro IELTS (100%) sertifikatini hamda 10 nafari SAT sertifikatini, bir nafar o‘quvchi Xitoy tilidan HSK 4-darajasini qo‘lga kiritdi.
🏛 Bitiruvchilarimizning 22 nafari Arizona State university, University of Arizona, Colorado State University, Lancaster University,Toronto school of Management kabi 119 ta Xorijiy Oliy ta'lim muassasalaridan tahsil olish bo‘yicha takliflar olishdi.
💫 "Youth creating a peaceful future", "The Earth Prize", Clime science Olympiad, "Breakthrough Junior Challenge", "International Young Eco-Hero Awards", Harvard International Relations Scholars Program singari xalqaro tanlov va dasturlarda g‘olib bo‘lishdi.
💯 Shodiyor Shukuraliyev, Orifjon Qarshiboyev, Mardona Nuriddinova, Behzod Asqaraliyev, Jahongir Gafarov kabi besh nafar bitiruvchilar Turkiyaning oliy ta'lim muassasalarida to‘liq grant asosida tahsil olish imkonini beruvchi "Turkiye Burslari" dasturidan 100 foizlik grant sohibi bo‘lishdi.
🪪 Maktab bitiruvchisi Nurshoda Qodirberganova 17 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 1,332,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.
❗️Yana bir bitiruvchi Himoyiddin Abdumalikov hozirgi kunda umumiy miqdorda $1,132,000 grant sohibiga aylanib, 27 ta nufuzli oliygoh talabasiga aylandi.
➡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✉️ Telegram
📷 Instagram
🗳 Facebook
📍 Manzil: Nurafshon shahri, Yangiobod mahallasi.
📞 Telefon: +998 55 900 03 04
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi tajribali pedagog Tolipova Jamila Olimjonovnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
✅ Turon Fanlar Akademiyasi akademigi Ilmiy unvoni sohibi;
✅ Umumiy o‘rta ta’lim maktabning 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Biologiya” darsliklari (7 tilda chop etilgan) muallifi;
✅Ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-9-sinflari uchun Biologiyadan chop etilayotgan darsliklarning fan mutaxassisi va muallifi;
✅110 dan ortiq ilmiy ishlari chop etgan bo'lib, 20 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 10 ta metodik qo‘llanma, 6 ta metodik tavsiyanoma, 70 dan ortiq ilmiy-metodik maqola, tezis va o‘quv dasturlari muallifi;
✅"Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni sohibasi;
✅"Xalq ta’limi a’lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
🗣Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda. Jumladan:
🟢2019-yildan buyon biologiya o‘qituvchilari uchun onlayn shaklda “Mahorat maktabi” tashkil etib, o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha video ma’ruzalar o‘tkazib kelmoqda;
🟢2019-yildan buyon jami 7 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilib, 2 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), 5 nafar pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy-pedagogik kadr tayyorlagan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSINING OCHILISH JARAYONIDAN VIDEOLAVHA
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 FARG'ONA VILOYATIDAGI QUVASOY SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️ Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullajon Qosimov ochib berdi. Shuningdek, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, yangi o‘quv yili va zamonaviy qiyofa kasb etgan maktab bilan tabrikladi.
✅ Ta'lim muassasasi 672 o‘ringa mo‘ljallangan bo'lib, 47 ta o‘quv xonalari, 6 ta laboratoriya, 9 ta kompyuter sinf xonalari, oshxona, sport zali va kutubxona zamonaviy tarzda jihozlangan.
🗣Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyidagi xizmat safari davomida Farg‘ona viloyatdagi 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
✅ Tomdi tumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
⏰ Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinfxonalari eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
🟢 Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 30 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.
❗️ Ayni paytda mazkur maktab-internatda 301 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kasbga_oʻqitish
#Oqdaryo_tajribasi
✅ Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, vazir Hilola Umarova hamda videoselektor orqali hokim o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Odil Abdurahmonov:
➖Yangi o’quv yilida e’tiboran 500 ta maktabda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi va o’quv dasturlarini joriy etmoqchimiz. Prezident maktablariga bu yilgi qabul jarayonlarida 1 ta o‘ringa 200 ta nomzodning to'g'ri kelgani ham bu tizimning naqadar samarali berayotganini ko‘rsatdi.
➖Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida hokim, ota-ona va maktab o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash joriy etish ko’zda tutilmoqda.
Hilola Umarova:
➖Kasbga o'qitishni joriy qilishda katta-katta korxona rahbarlari bilan tizimni integratsiya qilish, hozirgi bozorda qanday mutaxassislarga talab mavjudligini o'rganish kerak.
❗️Endi malaka oshirish institutlari Respublika bo'ylab bir xil standart asosida tashkil etiladi.
🔴 Ma'lumot uchun, bugun Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryo tumani 32-sonli maktab tajribasini o'rganish uchun yig'ilishdi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1234
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI QIZILTEPA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️ Ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev qatnashdi.
✅ Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi 336 o‘rinli 3 qavatli bo'lib, fizika, kimyo, biologiya laboratoriya, robototexnika va informatika xonalari kerakli jihozlar bilan ta'minlangan.
🔹 Bugungi kunda maktabda 41 nafar pedagog xodimlar 306 nafar o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
✔️ Ta'kidlash lozim, 2022-2023-o’quv yili yakuniga ko’ra, maktabimiz bitiruvchilari oliygohga kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishdi.
🟢 Maktabda faoliyat yuritayotgan matematika fani o’qituvchilari Aziza Jumayeva, Zamira Hojiyeva hamda tarix o’qituvchisi Farrux Axmedov milliy sertifikatlarni, barcha ingliz tili fani o'qituvchilari esa C1 darajadagi xalqaro sertifikatlarga ega.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
📣 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda ota-onalar va ustozlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
✅ Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor xalqaro informatika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
#4sep #uzbekiston24
✔️ G‘olib o‘quvchilarimiz:
➖Dilyorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
➖Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bilimlar_kuni
#ijod_maktablari
⚡️Agentligimiz tizimidagi ijod maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" tantanalari va 2023/2024-o‘quv yilining ilk kunida “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi.
⏰ “Mustaqillik darsi”da bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar va bunyodkorlik ishlari, taʼlim tizimi to‘g‘risida so‘z bordi.
📝 IJOD MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangiliklar 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi brifingi
#4sep #uzbekiston24
✅ Yangi oʼquv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida jami 205 ta taʼlim tashkilotlarida 70 438 nafar oʼquvchilar taʼlim-tarbiya olishadi.
Jumladan:
➖14 ta Prezident maktabida 2 320 nafar oʼquvchi;
➖ 9 ta ijod maktabida 1 839 nafar oʼquvchi;
➖182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda 66 279 nafar oʼquvchi;
➖ “Yangi Oʼzbekiston” universitetida 831 nafar talaba taʼlim-tarbiya olishadi.
➖➖➖
✅A'zo bo‘ling:
🚀 /channel/J_Jangirov
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli ta’lim tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.
Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
📍Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
💫 Ta’kidlash lozim, joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO‘SH O‘RINLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN KIRISH IMTIHONI TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA BO‘LIB O‘TDI
✔️ Imtihonda sinflar kesimida tegishli ingliz tilini bilish sertifikati bor 49 nafar talabgor qatnashdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
⚡️ Joriy yilning 31-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
➡️Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-admissions-test-results-july-2023
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Agentligimiz huzuridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrining Yunusobod, Yakkasaroy, Mirobod, hamda Olmazor tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining pedagog xodimlari uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tdi.
✅ Seminar Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.
⏰ Seminar davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonini
rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining
ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube