piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan o‘zbek tilida nutq so‘zladi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

19-sentabr kuni, Nyu-York: Markaziy Osiyo va AQSH yetakchilarining birinchi sammiti, BMTning yuksak minbaridan ilgari surilgan muhim tashabbuslar va samarali ikki tomonlama uchrashuvlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI SHAHRIXON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️ Ochilish marosimida ko'p yillar davomida o'quvchilarga ta'lim bergan faxriy ustoz O‘zbekiston qahramoni Kamoliddin G'offurov, Shahrixon tuman hokimining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, Shahrixon tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi mudiri ishtirok etdilar.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

🟢 Bu taʼlim dargohiga Andijon viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishga qabul qilindi.

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabdagi 456 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish maqsadida 43 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Nyu-Yorkda bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi va AQSHdagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Intervyu 24 | Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi
#18sep #uzbekiston24

📍Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (ESLATMA: Agar xorijiy OTMlarini tamomlagan boʻlsangiz diplomingiz nostrifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni ham ilova qilish shart);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

Ish yurituvchi

Talablar:

✔️ O'rta maxsus yoki oliy ma’lumotli;
✔️O'z sohasida ish tajribasi (ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq);
✔️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:

🔹 Ahil va professional jamoa;
🔹 Doimiy malakaviy o‘sish;
🔹 Iqtidorli o‘quvchilar;
🔹 Xalqaro konferensiya va treninglar;

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 21-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu telegram manzilga jo‘nating:
@ToshkentPM_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Ta’lim sohasidagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda
#14sep #uzbekiston24

06:26 Vobkent tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

"Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

FEE vakillari tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra ekologiya sohasidagi nufuzli xalqaro mukofotga O‘zbekistonning 2 ta maktabi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va marosimga mezbonlik qilgan Toshkent shahri 81-sonli maktabi munosib topildi.

Taqdirlash marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi, Yevropa Ittifoqi, BMT va uning tarkibiy tuzilmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari ishtirok etdi.

Ziroat Mirziyoyeva eko-maktablar o‘quvchilarini Barqaror rivojlanish ramzi — Yashil bayroqni qo‘lga kiritgani bilan samimiy qutladi hamda "Mamlakatimiz bir. Sayyoramiz bir. Vazifamiz bitta — uni asrab-avaylash. Barchamiz bir bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Bugungi faolligingizni ko‘rib, kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga ishonaman", deb ta’kidladi.

Maktab hududida Toshkentdagi "Eco-schools Uzbekistan" loyihasida ishtirok etayotgan barcha maktablar tomonidan tayyorlangan kichik eko-ta‘lim festivali tashkil etildi. Barcha xohlovchilar efir moylari va qiyom tayyorlanishi, chiqindini saralash, energiyani tejash va suvdan oqilona foydalanishga mo‘ljallangan uskunalar yaratilishini kuzatish, issiqxonaga kirib ko‘rish, tuproqni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya jarayoni, bolalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan tuproqni boyituvchi va sug‘orishda suvni iqtisod qiluvchi biogumus bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Zamin | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktablari

⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "General va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi

🟢Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi.

Kunning ikkinchi qismida, oʻquvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar, jangovar harbiy chiqishlar, oʻquv mashgʻulotlarida qoʻllaniluvchi usullar namoyish etildi.

🗣Bunday uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirib, kelajakda vatan ravnaqiga xizmat qiluvchi shaxslar boʻlib ulgʻayishida beqiyos oʻrin egallaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati
#12sep #uzbekiston24

Xabar berganimizdek, Navoiy viloyatida yangi va zamonaviy tarzdagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirilgan edi.

Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi 336 o‘rinli 3 qavatli bo'lib, fizika, kimyo, biologiya laboratoriya, robototexnika va informatika xonalari kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bugungi kunda maktabda 41 nafar pedagog xodimlar 306 nafar o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

❗️Ta'kidlash lozim, 2022-2023-o’quv yili yakuniga ko’ra, maktab bitiruvchilari oliygohga kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Qarshiyeva Laylo SAT imtihonida 1480 ballni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot o‘rnida, iqtidorli o'quvchimiz xalqaro IELTS imtihonidan ham yuqori natijani qo‘lga kiritgan edi.

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#seminar_trening
#baholash_tizimi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilarining umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishini yagona standartlar asosida baholash tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 14 ta hudud fan metodistlari uchun amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘i asosida, 500 ta umumta'lim maktablarida baholash tizimining maqsadlari, joriy etish yo‘llari va baholash usullari haqida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ma'lumotlar berishdir.

🟢Seminarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Dilshoda Norboyeva, Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, markaz direktor o‘rinbosari Iroda Saibova tomonidan keng tushunchalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

BOSH HISOBCHI
➖ MUHANDIS

Talablar:

🔹bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot (iqtisod va moliyaviy yo'nalishlarda);
🔹davlat tilida ravon yozma va og'zaki nutq;
🔹ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq;
🔹axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilishi;
🔹moliya-buxgalteriya (moliya-iqtisodiyot) sohasida kamida 5 yillik ish staji.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu telegram manzilga jo‘nating: @hudajkulnirikgmail

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 18-19-sentabr kunlari IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglar boʻlib oʻtdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningdan koʻzlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar haqida maʼlumot berishdan iborat.

❗️Ta'kidlash lozim, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida shartnoma imzolangan.

Ushbu dastur o‘quvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. O‘quvchilar turli xil ma'lumot manbalari bilan ishlashni o'rganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

🗣IB (International Baccalaureate) - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik
#World_bank

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi.

❗️ Uchrashuvda tomonlar:

➖professional ta’lim tizimini rivojlantirish,
➖o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida birgalikda loyihalarni davom ettirish hamda
➖istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#O‘quv_seminar

⚡️Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Agentlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, ta’lim muassasalarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamlakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus o‘laroq ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣Ma’lumot uchun, o‘quv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️ TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISI SOHIBJON DILMURODOV IELTS IMTIHONIDAN 8,5 BALLNI QO‘LGA KIRITDI.

🟢 Ma'lumot uchun, Sohibjon 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasi bronza medali, 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023) bronza medali, Misrda bo'lib o'tgan "Climate science" xalqaro olimpiadasi bronza medali, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bronza medali, Xalqaro Beruniy olimpiadasi kumush medali sohibi hisoblanadi.

✔️ Shuningdek, u SAT xalqaro imtihonidan 1520 ballni qo'lga kiritgan.

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

"Orzum olimpiadada medal olish edi" — O‘zbekiston uchun tarixiy natija qayd etgan informatika olimpiadachilari
#18sep #kunuz

⚡️ "Kun.uz" saytida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Dilyorbek Valijonov va Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Dilshodbek Xo‘jayevlarning intervyusi e'lon qilindi.

🎞 TOʻLIQ VIDEO

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

♾Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

❓1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

➖ Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

➖Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

➖Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

❕Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

⏳Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktablari
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLAR O'QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

Jumladan,

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 14 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni, 10 nafar o'quvchi xalqaro SAT imtihonidan esa 1420-1520 ballni qo'lga kiritdi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining 18 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7.5 ballni, 5 nafar o'quvchi xalqaro SAT imtihonidan esa 1400-1470 ballni qo'lga kiritdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining 18 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo'lga kiritdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Mahliyo Rahmonova IELTS imtihonida o'z bilimini sinab 8 ball natijani qo'lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Abdulaziz Sobirov IELTS imtihonidan 8 balni qo'lga kiritdi. Shuningdek u SAT imtihonidan 1560 ballni, "Zakovat" o'quvchilar ligasi g'olib jamoasi - " Et Cetera" a'zosi, "Vice-head of the United students" vitse-prezidenti, "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

🟢 Maktablarimizda faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar ham doimo izlanishdan, o'z ustida ishlashdan to'xtamaydilar. Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritdi.

💫 Ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

"Eco-Schools" xalqaro dasturi dunyoning 77 ta mamlakatida amalga oshirilayotgan bo‘lib, yoshlarni atrof-muhit masalalari bilan shug‘ullanishga jalb qiluvchi va uni faol himoya qilish imkonini beruvchi eng namunali dastur sifatida tan olingan. O‘zbekistonda dastur 2021 yildan buyon amalga oshirilmoqda, mamlakatimiz maktablaridagi 492 nafar o‘quvchi va 10 ming nafardan ziyod eko-faolni birlashtirgan.

Международная программа Eco-Schools действует в 77 странах мира и признана лучшей программой по экологическому образованию, которая побуждает молодых людей заниматься окружающей средой и предоставляет им возможность активно защищать ее. В Узбекистане реализуется с 2021 года, объединив 492 имплементатора программы — учащихся школ и более 10 000 эко-активистов по всей стране.

Zamin | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabiga yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilariga zamonaviy noutbuklar topshirildi.

🟢 Ta'kidlash lozim, o'quvchilarga kompyuterdan foydalanish bo'yicha texnik talablar, dasturlar bilan ishlash, taqdimotlar tayyorlash, internet va axborot bilan ishlash madaniyati dars jarayonlarida o'rgatib boriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Сambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish jarayoni davom etmoqda

⚡️AGENTLIK TARJIMONLAR VA KIMYO, BIOLOGIYA, FIZIKA FANLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVINI EʼLON QILADI

📝NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishda ochiqlik, kreativ fikrlash.

🗂 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka).

📭 Hujjatlarni kitob@piima.uz elektron pochtasiga yuborishingiz lozim.

📆 HUJJATLAR 2023-YIL 29-SENTABRGA QADAR QABUL QILINADI.

☎️ Murojaat uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 273)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#water_time

📣 “WATER TIME” DASTURI SAMARQAND SHAHRIDA!

Ichimlik suviga bo‘lgan munosabatni yoshlikdan munosib shakllantirish davr talabidir. Ana shu maqsadda “Water time” dasturi ijodkorlari Samarqand shahrida bo‘lib, Prezident maktabi o‘quvchilari bilan ichimlik suvi va uni asrab-avaylash mavzusida fikr almashishdi.

Unda butun dunyo hamda Oʼzbekistondagi ichimlik suvi muammolari va yechimlari borasida fikr-mulohazalar zukko o‘quvchilar talqinida o‘z ifodasini topdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

➖ Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

➖ banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

➖ umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Prezident maktablari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun "tayanch maktab" etib belgilanyapti
#12sep #kun_uz

❗️Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.

🗣Batafsil: https://kun.uz/09233048

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#zakovat
#ijod_maktablari

Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentligimiz tizimidagi barcha ijod maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Beruniy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Shohrux Davlatboyev va Shоxiddin Karimov SAT imtihonida 1600 balldan 1440 va 1410 ball to'plab  matematika yo'nalishida yuqori natijani ko'rsatdilar.

SAT- bu standartlashtirilgan, nufuzli xalqaro universitetlarning bakalavr bosqichiga topshirmoqchi bo’lgan talabalardan talab qilinadigan test hisoblanadi. SAT bu Amerikaning test tizimi bo’lib, College Board degan tashkilot tomonidan olinadi. SAT asosan Amerika, Kanada, Buyuk Britaniya, Singapur va Janubiy Koreyaning top universitetlari tomonidan kirish imtihoni sifatida talab qilinadi.

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel