#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Kasbiga sadoqatli pedagog
#3oct #uzbekiston24
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi Gulshat Ataniyazova haqida koʻrsatuv
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Ko‘z o‘ngimizda...
#uzbekiston24
▶️ 03:24 – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
▶️ 09:43 – Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Kasbiga sadoqatli pedagoglar oilasi
#uzbekiston24
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Mohidil Ziyayeva haqida ko'rsatuv
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova: “Maqomi yuksak pedagoglar ishidan, davlatdan rozi bo’lib yashaydi”
👉Batafsil: “Yangi O’zbekiston” gazetasida
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni
⚡️Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan o'qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi tayyorlandi.
📍 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 42 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog, "Xalq ta’limi a’lochisi"- Rohila Vohidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:
✅“Ijodkor o’qituvchi -2022” anjumanida faol ishtirok etib, Yozuvchilar uyushmasi sertifikati bilan taqdirlangan;
✅ “Ustoz-2022“ milliy mukofoti tanlovining 1 va 2-bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan;
✅ 10 dan ziyod turli mavzudagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;
✅ 20 dan ortiq maqola va metodik tavsiyalari gazeta va jurnallarda bosib chiqarilgan;
✅ 10 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etgan.
⏰ Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:
➖ 2022-2023 yillarda o’quvchisi Olimjonova Iforaning bir qator nazm yo‘nalishidagi kitoblari nashr qilindi hamda maqolalari xorijiy va milliy jurnallarda chop etildi;
➖ 2022-2023 yillarda oʻquvchisi Rustamjonova Odinaning birinchi “Oy shulasi” nomli ilk to’plami nashr qilindi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ustozlar_kuni
#ehtirom
✨ Hayotimizda qanday yutuqqa erishgan bo‘lsak, qaysi marralarni zabt etgan bo’lsak unda qadrdon o‘qituvchi va ustozlarning beqiyos hissasi bor.
⚡️ Yangi O‘zbekistonning ertasi sanalgan yosh avlodning qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, hayot sabog‘ini o’rgatishdagi zahmati, ularni zamonaviy ko‘nikmalarni egasi, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs, el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalashdek vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingiz uchun tashakkur!
🌐 Agentligimiz tizimidagi maktablarni tamomlab, bugungi kunda xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalarimiz ustozlariga bayram tabrigini yo'llashdi.
🟢Behruz Erkinov,
New York University Abu Dhabi talabasi
🟢Begdulla Tursınbayev,
Vengriya davlatidagi Debretcen universiteti talabasi
🟢Asadbek Reymbergenov,
Vengriya davlatidagi Debretcen universiteti talabasi
🟢Go‘zalxon Haydarova,
Amerikadagi Garvard universiteti talabasi
🟢Azizbek Nazarov,
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabriknoma
Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!
Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.
Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.
Muhtaram muallimlar!
Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.
Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.
Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.
Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!
Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!
Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!
Ehtirom bilan,
Hilola Umarova
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!
Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan yosh avlod kamolida Sizlarning ulkan hissangizni e’tirof etib, sha’ningizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟢1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdirlangan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 11 nafar ta’lim sohasi xodimlariga "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🗣Vazir Hilola Umarova nomidan agentlik direktori Alisher Ubbiyev ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o'qituvchilari taqdirlandi
Jumladan:
➖ "Mehnat shuhrati" ordeni bilan
• Sharipova Muborak Mirzajonovna — Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati.
➖ II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan
• Kilichov Kodir Bobakulovich — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
• Tleuova Dilbar Abduraxmanovna — Mo‘ynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
➖ "Shuhrat" medali bilan
• Qaxorova Shahnoza Sunnatillayevna — Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
• Nazirov Xolimboy Nishonovich — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
• Sultanova Odina Gʻopurovna — Bekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
• Umarova Feruza Abidinovna — Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
• Xudayorov Hamza Murtazovich — Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
• Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovich — Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.
✅Ustozlarimizni mukofotlar bilan tabriklab, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_tabrigi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi
Batafsil: O‘zA
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⏺“1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.
⚡️Poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida vazirlik tizimidagi 40 nafar ta’lim sohasi xodimlarini "Xalq ta’limi fidoyisi", "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#amaliy_mashgʻulotlar
#toʻgaraklar
🟢 O‘quvchilarning barkamol shaxs va yetuk bilimdon insonlar bo‘lib voyaga yetishida maktabning o‘rni beqiyosdir. Maktablarimizdagi bolalarning ehtiyojlari hamda zamon talablari asosida ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun to‘garaklar va amaliy mashg'ulotlarni samarali yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalarimizdan biridir.
⚡️ Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktablari zamonaviy o‘quv laboratoriyalar bilan jihozlangan bo‘lib, darslar tanlov asosida ishga qabul qilingan malakali pedagoglar tomonidan eng so‘ngi ta’lim metodlarida olib boriladi.
⚡️O‘quvchilar uchun zamonaviy yotoqxona, 5 mahal bepul ovqat, darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlari, turli xil sport turlari, sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etilgan.
❓ Prezident maktabi o'quvchilarining bilimlarini yanada oshirish, ular o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish maqsadida turli fanlardan maktab ichki olimpiadasi, qiziqarli amaliy mashg'ulotlar hamda loyihalar tashkil etilmoqda.
📸 Maktablarimizdagi amaliy mashg'ulotlar va to'garaklar faoliyatidan foto lavhalar taqdim qilamiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#faxr_tuygʻusi
⚡️ FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK
✅ Abbos Poʻlatov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.
⏰ "Kim oʻylabdi deysiz, oddiy oilaning farzandi shunchalik marralarga erishadi deb. Haqiqat bor ekan, oʻqigan bola kirar ekan. Oʻqishga kirganini birinchi boʻlib ustozi bizga aytdi. Koʻzimga yosh keldi... "
🗣Maʼlumot uchun, Abbosning otasi Yodgor Roʻziyev – maktabda qorovul boʻlib ishlaydi. Onasi Matluba Rahmatova – uy bekasi.
⏺Iqtidorli oʻquvchimizga Olot tumanidagi 34-maktab boshlangʻich sinf rahbari Nilufar Xudoyqulova taʼlim bergan.
📈 Qolaversa, Abbos Buxoro shahridagi Prezident maktabidan tashqari Olot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga 84.8 ball bilan 1-o'rinda kirgan.
📍 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#motivation_time
⚡️ Xabaringiz bor, Andijon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Dilyorbek Valijonov Vengriyaning Seged shahrida oʻtkazilgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.
🟢 Dilyorbek maktabidagi oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi. Davra suhbatida u oʻquvchilarga Xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlish, ilm olish va shaxsiy rivojlanish borasida oʻz tajribalari haqida soʻzlab berdi.
⏰ Shuningdek, maktabda informatika faniga qiziquvchi oʻquvchilarni Xalqaro olimpiadaga tayyorlash boʻyicha mahorat darslarini yoʻlga qoʻyish taklifini berdi.
📍 Andijon shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ustozlar_kuni
⚡️ Qarshi shahridagi Prezident maktabida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Musobaqani respublika toifasidagi hakam Bekzod Husanov boshqarib bordi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik tadbirkor o‘z o‘qituvchisiga 2 xonali uy sovg‘a qilgani haqidagi xabarni o‘qib, rosti juda xursand bo‘ldim.
⚡️ Ustozlarni e’zozlash an’anaga aylanayotgani rost bo‘lsin!
O‘z o‘rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik.
#Ustozim
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ustozlar_kuni
#ehtirom
🌐 Agentligimiz tizimidagi maktablarni tamomlab, bugungi kunda xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalarimiz tomonidan ustozlariga yo'llangan bayram tabriklari.
🟢Asadbek Sultamuratov,
Turkiyaning Selcuk universiteti talabasi
🟢Muxriddin Qurbaniyazov,
Janubiy Koreya Respublikasining Wonju shahridagi Halla universiteti talabasi
🟢Ergashev Jamshid, Maripov Begzod,
Janubiy Koreya Baekseok universiteti talabalari
🟢Axmadov Abdulbosit, Xokimjonov Abdulxay,
Singapur davlatidagi universitet talabalari
🟢Ajiniyaz Ataniyazov,
AQSHdagi Massachusets universiteti talabasi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ustozlar_kuni
Jovid AKROM: Ustoz e’zozlanayotgan O‘zbekistonda ishlash ham sharaf, ham mas’uliyat!
✨ Ulug‘ kasb egalari – O‘zbekiston muallimlari safida mamlakatimizdagi turli o‘quv muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yuzlab chet ellik ustozlar ham borki, ular ham bor kuch-quvvati, aql-zakovati, malaka-yu mahorati va eng muhimi, iliq mehrini jannatmonand yurtimiz rivoji uchun bag‘ishlagan. Ular mehnatini e’tirof etish bugun biz uchun ham qarz, ham farz.
✅ O‘zA muxbiri yurtimizdagi ta’lim muassasalarida turli fanlardan saboq berayotgan chet ellik muallimlarning O‘zbekiston haqidagi fikri, taassurotlari, shuningdek, Prezident maktabi tizimiga ixtisoslashgan ta’lim va islohotlarga munosabati bilan qiziqdi.
🎥 https://youtu.be/kz67f30wpxQ
Batafsil: https://uza.uz/posts/524967
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ustozlar_kuni
#prezident_maktabi
⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan muborakbod etadi.
📍Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ustozlar_kuni
#ijod_maktabi
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Shahloxon Hamidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:
✅O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
✅"O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" ko‘krak nishoni sohibi;
✅Respublika yosh ijodkorlarining "Zomin" seminari ishtirokchisi;
✅"Ijodkor o‘qituvchi" Respublika anjumani ishtirokchisi;
✅"Sizsiz qanday yashayman" nomli she'riy kitob muallifi;
✅Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikat sohibi;
✅30 ga yaqin ilmiy, 50 dan ortiq publisistik maqolalari davriy va xalqaro gazeta va jurnallarda chop etilgan;
✅Ijod maktabi o‘quvchilarining "Ulug‘imsan Vatanim", "Yoshlik bayozi", "Oydin orzular" nomli to‘plamlari muharriri;
✅O‘quvchilarining 1 nafari Respublika, 3 nafari viloyat fan olimpiadasi ishtirokchisi;
✅12 nafar o‘quvchilari milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan;
✅7 nafar o‘quvchilari adabiyot va ijod yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika tanlovlarning g‘olibi;
✅Uning muharrirligida 3 nafar o‘quvchilarning birinchi kitoblari nashr qilingan;
✅O‘quvchilar uchun yo‘lga qo‘yilgan "Ijod ustaxonasi" nomli ijodiy to‘garak rahbari.
📍Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Vazir Hilola Umarova: “Pedagoglarning kasbiy huquq va faoliyati davlatimiz himoyasida”
Batafsil: O‘zA
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, oliy toifali o'qituvchi, tajribali pedagog Ataniyazova Gulshat Seytniyazovnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:
✅ Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
✅"Shuhrat" medali sohibi;
✅"Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko'krak nishoni sohibi;
✅ "Yilning eng namunali chuqurlashtirilgan fan o'qituvchisi" nominatsiyasi sohibi;
✅Ona tilini bilish darajasi bo'yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy sertifikatiga ( 81,3 ball) ega;
✅Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflari uchun tayyorlangan "Adabiyot" (Qoraqalpoq adabiyoti) darsligining fikr bildiruvchisi;
✅12 ta ilmiy maqola va tezislar, 5 ta metodik qo'llanma, 1 ta oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanmasi, 12 ta akademik litseylar uchun, 3 ta kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi muallifi.
📍Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliy_qadriyatlar
⚡️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT RUHIDA TARBIYALASH BORASIDA O‘TKAZILGAN TADBIRLAR
✅Tadbirlarda o‘quvchilarimiz milliy an’ana va urf-odatlarimiz, milliy qo‘shiq va o‘yinlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_ikkinchi_bosqich
🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh (vakant) rahbar lavozimlariga oʻtkazilgan tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga
📆 Tanlovning 2-bosqichi (suhbat) joriy yilning 22-sentabr kunidan boshlanadi.
❗️Suhbat Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn oʻtkaziladi
🗣Suhbat oʻtkaziladigan manzil, sanasi va vaqti nomzodning job2.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqami orqali xabardor qilinadi.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchilari xalqaro imtihonlardan yuqori ballarni qo'lga kiritishdi.
Jumladan:
✅MIRABBOS ANORQULOV
➖ SAT - 1500 ball
➖ IELTS - 7.5 ball
✅ULUG'BEK PAXRITDINOV
➖ SAT- 1440 ball
➖ IELTS - 7.5 ball
✅ SEVINCH SAMIDJONOVA
➖ SAT- 1410 ball
➖ IELTS - 7.5 ball
💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#SAT
#IELTS
📣 ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARGA ERISHMOQDALAR!
Jumladan,
✅ IELTS xalqaro sertifikati bo‘yicha:
➖Shirina To‘rayeva – 8 ball
➖Azizbek G‘anijonov – 8 ball
➖Niginabonu Yusupova – 7,5 ball
➖Umidjon Hakimov – 7 ball
➖Anoraxon Yo‘ldasheva – 7 ball
✅ SAT imtihonidan:
➖ Azizbek Abdullajonov – 1490 ball
➖ Izzatillo Ne’matjonov – 1460 ball
💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube