piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#CHSB

⚡️Umumtaʼlim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtmoqda

📆 2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.

Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

📝Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB imtihonlarini topshirishmoqda.

🗣Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
__________
🗺Fotolavhalarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

⚡️"Yangi Oʻzbekiston" universitetida "Milliy qadriyatlar kuni" bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Unda ajdodlardan avlodlarga yillar davomida meros boʻlib kelayotgan oʻzbekona milliy qadriyatlarimiz namoyish etildi. Jumladan, milliy kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari, milliy liboslar koʻrgazmalari va milliy sport oʻyinlari oʻtkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Diqqat_imtihon

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident maktablarida I chorak uchun yakuniy imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Jarayon
#CHSB_imtihonlari

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Ijod maktablarida ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#ijod_maktabi

🌱Yurtimiz boʻylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi boʻlib oʻtmoqda

🗺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi

📆 “Infolib Oʻzbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻquvchilar bilan samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Maktabda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi. Maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.

📝Ma'lumot uchun, shu yilning sentabr oyida mazkur maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#Prezident_maktabi

⚡️Atrof muhit qanchalik ozoda va go‘zal bo‘lsa u yerda baraka bo‘ladi

🗣“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

🗺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌱Tadbir davomida maktab atrofiga turli navlardagi gullar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#ijod_maktabi

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🗺Jumladan, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌲Tadbir davomida maktab atrofiga turli xil manzarali daraxtlar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Hudud | Professorning ixtirolari Buyuk Britaniyada patentlashtirildi
#26oct #my5

📍“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Vazir Hilola Umarova yaqinda "Zakovat" respublika ko'rik-tanlovida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolarini yana bir bor tabriklab, ularning keyingi ishlariga omad tiladi.

✔️ Shuningdek, "Zakovat" jamoasi ustozi, ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolovni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi

⚡️ Fargʻona shahridagi Prezident maktabida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kun munosabati bilan “Bir makon, bir maqsad: tinchlik va rivojlanish uchun birlashamiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Qarshi shahri Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘ldi. Xonadon egalari bilan bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi.

Jumladan:
Ulug'bek Sherqulov – 1490
➖Shohjahon Ilhomov – 1470
➖Abbos Xolbo'tayev – 1450
➖Azizbek Boltaboyev – 1450
➖Ahrorbek Berdiyorov – 1450
➖Sherzod Mardiyev – 1440
➖Jahongir Orziqulov – 1430
➖Xushnudbek Iboydullayev – 1410
➖Farrux Davronov – 1400
➖Javohir Erkaboyev – 1400

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish" dasturi yo'lga qo'yilgan.
#informatsion_dastur

Shu munosabat bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo'layotgan jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi:
Maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari

Talablar:
Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1 darajada bilishi;
Pedagogik jamoa bilan ishni to'g'ri tashkillashtirishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
Ishga ma'suliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

✔️Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 1-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot
(Ma'lumotnomada telefon nomer va til bilish darajasi ko'rsatilgan bo'lishi shart).

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Agentlik tizimidagi maktablarda STEM fanlarni oʻqitish metodikalarini yanada takomillashtirish, xalqaro maktablar bilan fikr almashish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida boʻlib turibdi.

Delegatsiya aʼzolari Abu-Dabidagi Amirlik Milliy maktablari (Emirates National Schools)ning faoliyati bilan tanishdi. Agentlik tizimidagi maktablarning STEM fanlar oʻqituvchilari uchun zamonaviy metodika hisoblanadigan Loyihaga asoslangan taʼlim (Project–Based Learning) treningi tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida bir qancha seminar-treninglar tashkil etilib, BAAning taʼlim sohasidagi tajribasi, Oʻzbekiston va BAAdagi oʻqitish metodikalarining oʻxshash hamda farqli tomonlari haqida maʼlumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon

☘️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

🗺 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik
#new_Uzbekistan_university

⚡️“Times Higher Education“ tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

📆 Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida "Times Higher Education" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi.

❗️Uchrashuv avvalida mazkur reyting agentligi bilan hamkorlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, xususan bugungi kunda "Yangi Oʻzbekiston" universitetida oʻziga xos tadqiqot faoliyati yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlab oʻtildi.

🗣Uchrashuv doirasida tomonlar 2024-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan "Markaziy Osiyo universitetlari forumi"ga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#CHSB_imtihonlari

🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Ijod maktablarida ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📝Imtihonlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan nazoratchilar ishtirokida boʻlib oʻtmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Koreya ta'lim markazi direktori tashrif buyurdi

🔴 Janubiy Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Chu Man Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyat va qulayliklar bilan tanishish barobarida maktabda yo'lga qo'yilgan koreys tili to'garaklari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda bu borada o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv so'ngida Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Koreya ta'lim markazi o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qator kelishuvlar amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi

ZAMONAVIY YONDASHUV, AMALIY KOʻNIKMA

Oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishda taʼlim muassasalarida yoʻlga qoʻyilgan zamonaviy yondashuvlarning oʻrni muhim. Ayni jihatdan, Namangan shahridagi Prezident maktabining bir guruh oʻquvchilari jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga tashrif buyurdilar.

Dastlab oʻquvchilar sud binosidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi raisi tomonidan “Qonun va jinoyatchilik” mavzusida amaliy dars mashgʻuloti oʻtib berildi.

Unda sud hokimiyati, qonunchilik normalari, sud jarayonlarining tartibi haqida tushuntirishlar berildi. Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqida gapirilib, Prezident maktablari buning yorqin ifodasi ekani eʼtirof etildi.

Sud jarayonlarining qanday tartibda oʻtishi, huquqbuzar va jinoyatchilarga beriladigan jazo turlari, yetuk huquqshunos va sudya boʻlishning sir-asrorlari haqidagi savollarga sud raisi tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Yakunda Namangan viloyati sudi hamda Prezident maktabi oʻrtasida bu kabi hamkorlik tadbirlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#CIS

⚡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xodimlari uchun Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tomonidan seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

🟢 Dastur davomida vakillar maktab xodimlariga CIS aʼzoligiga oʻtish uchun kerak boʻladigan zarur koʻnikmalar va turli tavsiyalar, muhim ma'lumotlar berdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

✅ Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.

Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.

Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.

Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.

Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.

Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.

Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga viloyat hokimi E.Soliyev boshchiligida Fransiya va Tatariston davlatlari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🗣Ular Prezident maktablari taʼlim tizimi, yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquvchilarning erishayotgan xalqaro darajadagi yutuqlari hamda maktab hayoti bilan yaqindan tanishishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi

Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘lgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT
#natijalar

⚡️Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqda.

📝Jumladan:

Oʻgʻilxon Baxodirova – 1530 ball;
Oybek Axmedov – 1500 ball;
Sardor Noʻmonov – 1480 ball;
Sunnatillo Xoʻjayev – 1470 ball;
Muhammadqodir Rustamov – 1460 ball.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

⚡️Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida bugun viloyatning Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu ta’lim muassasasidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#natijalar
#Prezident_maktabi

⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Laylo Qarshiyeva  IELTS imtihonidan 8.5, SAT imtihonidan 1480 ballni qoʻlga kiritdi

🗣Oʻquvchimizning fikrlari bilan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo'sh o'rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 27-oktabr (shu kuni ham) kuniga qadar bo'lib o'tadi.

➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlar job2.piima.uz sayti orqali 27-oktabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

📞 Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Oliy Majlis Senatida "Ona tilim – faxrim" mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi
#22oct #uzbekiston24

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Bayram 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va oʻquvchilari ishtirokida boʻldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel