piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#ixtisoslashtirilgan_maktab

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🗺 Jumladan, Quyi Chircgiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌲Loyiha doirasida maktab hovlisiga manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xorijiy_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari Angliyaning Portsmut shahriga malaka oshirish uchun jo‘nab ketishgandi.

📆 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova hamda Portsmut universiteti rahbariyati va masʼul shaxslari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣Unda malaka oshirishga kelgan tizimdagi maktab direktorlari uchun ushbu malaka oshirish jarayonlarining ahamiyati, qolaversa, tajriba tariqasida tadbir qatnashchilarining 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida amaliyot o‘tashi haqida fikr-mulohazalar almashildi.

🌐 Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Angliya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.

#Angliya #Portsmut

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚡️Jadidchilik harakati haqida film yaratildi

Jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan "Armon" filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

❗️Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi.

🎞 Filmni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbek tilida : https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z

Rus tilida : https://youtu.be/ze7UeuFAozc?si=eM_HGt2h2mXp44y5

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Amaliy_mashgʻulot
#Shovot_IMI

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI OʻQUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

🗺 Maktabning 10-"B" sinf o'quvchilari Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da boʻlishdi.

Oʻquvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichlari, mahsulotni qadoqlash hamda korxona mahsulotlarini eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot oʻtashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Direktorlar_Angliyada
#ikkinchi_kun

🗣Xabar berganimizdek, bir guruh maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida kasbiy rivojlanish mashg’ulotlarida ishtirok etishmoqda.

❗️Bugungi treninglarda:
o’quvchiga yo’naltirilgan ta’lim,
maktab direktorlari uchun o’quvchining manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish hamda
o’quv dargohida bolalar uchun har tomonlama qulay muhit yaratish haqida so’z bordi.

Kunning ikkinchi yarmida esa ta’limdagi o’zgarishlar va islohotlarni amaliyotga joriy etishdagi risk va muammolar hamda ta’limda natijaga erishish uchun inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar haqida seminar bo’lib o’tdi.

📝Eslatib o’tamiz, Portsmutdagi kasbiy rivojlanish mashg’ulotlari 2 hafta davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dastur_ijrosi_amalda

🗺Xabar berganimizdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida boʻlib turibdi.

Sirdaryolik oʻquvchilar Ogahiy uy-muzeyi va shoir yashab ijod etgan xonadon bilan tanishgan jarayonidan lavha.

🎞 Ushbu video Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" toʻgaragi aʼzosi maktabning 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Otaboyeva tomonidan tayyorlangan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Direktorlar_Angliyada
#birinchi_kun

🗺“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📝Unda:
Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi;
samarali boshqaruv uchun direktor va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so‘z bordi.

Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda bu borada o‘qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🗣Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o‘z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi

🏆 PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI YEVROOSIYO CHEMPIONI BOʻLDI

🗺Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Imronbek Kasimov xalqaro tanlovda gʻalaba qozondi.

🥇 Malayziyada boʻlib oʻtgan Xalqaro “Euroasian Spelling Bee Lexical Skills” tanlovining final bosqichida gʻalaba qozonib oltin medal va gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi.

Xalqaro maktablar kengashi – xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

❗️Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

✔️Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishdi.

📱Maʼlumot uchun, Xalqaro maktablar kengashi vakillari mazkur jarayonlarni online tarzda ham kuzatib borishmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

📆 Bugun ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan direktorlar Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirish uchun jo‘nab ketishdi.

⚡️Gʻoliblarning 12 nafari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari.

📝Ular dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida amaliyot o‘tashadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim
#ixtisoslashtirilgan_maktab

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

🗺 Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

⚡️Mamlakatimiz bayrog‘i har birimizning ko‘nglimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlab abadiy hilpirab turaversin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim
#ixtisoslashtirilgan_maktab

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

🗺 Agentligimiz tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda o‘quvchilar vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etishdi. "O'zbegim o'g'lonlari" harbiy to'garak a'zolari o'zlarining musiqiy chiqishlarini namoyish etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzidir. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.

Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga bitmas-tuganmas iftixor bagʻishlaydi.

Davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi

⚡️QOʻMONDON VA YOSHLAR UCHRASHUVI

🗺Navoiy shahridagi Prezident maktabida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

⚡️Unda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev mutaxassisligi boʻyicha hayotiy tajribasi haqida soʻzlab berdi va oʻquvchilarning keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Vatan ravnaqi uchun kerakli kadrlar boʻlib yetishishiga ishonch bildirdi.

🗣Ochiq muloqot davomida yoshlar harbiy soha bilan bogʻliq boʻlgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Taʼlim_sayohati
#Angliya

⚡️Buyuk Britaniya: xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktablar o’quvchilarining ta’lim sayohati boshlandi

Ayni vaqtda “Xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilari ta’lim sayohati uchun Londonda bo’lib turishibdi.

Kunning birinchi qismida o’quvchilar Temza, Trafalgar maydoni, Bukingem saroyi, “Big Ben” va “Tower Bridge” kabi diqqatga sazovor joylarda bo’lishdi.

🗺Sayohat davomida shuningdek Angliya ta’lim jarayonlari, jumladan, “Ardmor” til o‘qitish maktabi, Kembrij, Oksford universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, Kembrij, London, Vinzor, Oksford shaharlari, Temza daryosi bo‘ylab sayohat qilish rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

"KUN XABARLARI" | OʻQUV – SEMINAR TASHKIL ETILDI
#Samarqand_MTRK

⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasiga asoslangan baholash tizimi joriy etilmoqda.

▶️ 00:48 – Iroda Soibova, Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktori o‘rinbosari.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon

🌱FARZANDIM BILAN NIHOL EKAMAN

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🗺Jumladan, Xiva shahridagi Prezident maktabida "Farzandim bilan nihol ekaman" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌲Ota-onalar maktab hovlisiga farzandlari bilan birgalikda turli navdagi manzarali va mevali koʻchatlar oʻtqazishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Musiqiy_kecha
#Prezident_maktabi

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabida musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi

🌐Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakili sifatida tashrif buyurgan Gabriel Abad Fernandez ham tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida o'quvchilarimiz jahon va milliy musiqa durdonalarini ijro etishdi.

Uzoq davom etgan kecha barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚠️ XUSHXABAR

🔭2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari hamda 1 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritdi.

⚡️Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning olti nafar iqtidorli oʻquvchilari 2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida (OWAO 2023) ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga joʻnab ketgan edi.

📆 14-21-noyabr kunlari Sochida o‘tkazilgan mazkur olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimiz bilan tanishing:
Abdulloh Abdurashidov🥈 KUMUSH;
Abdulloh Mamaniyozov🥉BRONZA;
Ozodbek Ravshanov🥉BRONZA;
Nurbek Rayimov🥉BRONZA;
Muhammadamin Qurbonov 🔖 FAXRIY YORLIQ.

🌐Quyidagi havola orqali olimpiadaning yopilish marosimini ko‘rishingiz mumkin:
📹 https://www.youtube.com/watch?v=kwnPV4QNlvU

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#ota_onalar_bogʻi

🌱MAKTABIMIZNI YASHIL MAKONGA AYLANTIRAMIZ

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida "Ota-onalar klubi" yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur klub tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab hovlisida "Ota-onalar bogʻi" yaratildi.

🌲Ota-onalar maktab hovlisiga farzandlari bilan birgalikda turli xil manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zamin_Foundation

Iqlim o‘zgarishi, Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik halokat, ta’lim inklyuzivligi, stigmaga barham berish masalalari.

Bolalar va yoshlar nafaqat tengqurlari, balki butun dunyo uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirmoqda.

Har bir bolaning ovozi eshitilsin!
20 noyabr, #ButunjahonBolaKunida O‘zbekiston bolalar huquqlarini himoya qilish va ilgari surishga sodiqligini tasdiqlab, "Dunyoni moviy rangga bo‘ya" global aksiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

#WorldChildrensDay
#ForEveryChildEveryRight

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Bayrogʻim_faxrim

Maxsus reportaj | 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

🗺Guliston shahridagi Prezident maktabi;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
🗺Kattaqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

#maxsus_reportaj #diyor_yangiliklari
#Uzbekiston24 #Samarqant_MTRK

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Muqaddasdir vatan bayrogʻi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔬TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

🗺Yangi O‘zbekiston” universitetida “Klublar kuni” o‘tkazildi

Mazkur “Klublar kuni”da “Yangi O‘zbekiston” universitetidagi barcha mavjud klublar o‘z dasturlarini namoyish etib, talabalar bo‘sh vaqtlarida qanday foydali ishlarni amalga oshirishlari mumkinligi haqida ma'lumotlar berishdi.

🗣Hozirgi vaqtda universitetda 4 turdagi (intellektual, ko‘ngil ochar, sport va ilmiy) 32 ta klub mavjud bo‘lib, talabalarning tashabbusiga ko‘ra yana yangi klublar tashkil etilishi mumkin.

📚Shu kuni universitetda kitoblar yarmarkasi ham o‘tkazildi.Talabalar yangi chop etilgan o‘zbek, ingliz, rus tilidagi milliy va jahon adabiyotining turli janrdagi asarlari bilan tanishdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim
#Prezident_maktabi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan tadbirlardan lavhalar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Qadrli ustozlar, aziz hamkasblar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Albatta, muqaddas bayrog‘imiz yurtimiz mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Uning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan ta’limga doir turli olimpiada, fan va sport tadbirlaridagi mag‘rur hilpirashini ko‘rganimizda ko‘ksimiz yuksak faxrga to‘ladi. Shu Vatan, shu xalq vakili ekanligimizdan cheksiz iftixor tuyamiz.

Bir so‘z bilan aytganda, shu elga daxldorlik hissini tuygan hamyurtimiz borki, bayrog‘imizning qadri va sharafini doimo baland tutadi. Har qadami va harakatida ushbu aziz tushunchalarga munosib bo‘lishga urinadi.

Shu ma’noda yoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘ularini boyitish, milliy mentalitetimizni asrab-avaylashda Davlatimiz bayrog‘ining o‘rni va ahamiyati kattadir.

Yana bir bor barchangizni bugungi kun bilan samimiy qutlayman.

Yurtimiz bayrog‘i doimo yuksaklarda mag‘rur hilpirayversin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Читать полностью…
Subscribe to a channel