📆 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Zilzila va uning oqibatlari” va “Aholini zilzilada to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish” mavzularida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
🗣O‘quv mashg‘ulotlarini tegishli soha mutaxassislari Fanlar akademiyasi qoshidagi Gʻ.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi V.Yusupov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti o‘qituvchisi D.Rahimjonova hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazining mutaxassisi B.Fahriddinov tomonidan keng yoritib berildi.
📝Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-144-son Farmoniga asosan tashkil etildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#cooking_time
#somsa_party
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida “Qizlar ovozi“ klubi volontyorlari tarbiyachi-pedagoglari bilan birgalikda pazandachilik sirlarini o’rganish maqsadida o’zbek milliy taomlaridan bo'lgan somsani zo'r ishtiyoq bilan tayyorlashdi.
🗣Qizlarimiz mashg‘ulot davomida turli xildagi somsalarni tayyorlash, ularni bukish jarayonlarini bosqichma-bosqich o‘rganish bilan bir qatorda tengdoshlarini o‘zlari tayyorlagan somsalar bilan siylashdi.
✅Ushbu mashg‘ulot o‘quvchi qizlarimiz uchun dars mashg‘ulotlaridan keyingi qiziqarli jarayonlardan biri bo‘ldi. Mazali somsalar tayyorlash va bu haqda qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lish ularga ajoyib zavq bag‘ishladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ochiq_dars
#jarayon
🗺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tgan ochiq dars mashg‘ulotlaridan lavhalar.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Fotoreportaj
⚡️Treninglar davom etmoqda: xorijiy ekspertlar ishtirokida amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida treninglarining ikkinchi kuni bo'lib o'tdi.
❗️Unda singapurlik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan tabiiy fan mazmun-mundarijasini tashkil etuvchi o‘quv fanlaridagi integrativ yondashuv haqida fikr almashishdi.
➖ Shuningdek, seminar doirasida amaliy mashg'ulotlar ham tashkil etilib, unda dars jarayonlarini yanada interaktiv tarzda tashkil etish haqida so'z bordi.
📸 Jarayonlardan fotoreportaj.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshtepa_IM
🗺Agentlik tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf oʻquvchilari tumanda joylashgan "Global textile infinity" qoʻshma korxonasida boʻlishdi.
🗣Tashrif davomida paxta xomashyosidan kalava ip tayyorlash, undan mato toʻqish, tayyor matodan milliy brenddagi kiyimlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot oʻtashdi.
✅Tashrif yakunida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:
➖ maktab o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini tuzish,
➖dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta’limni (PBL) singdirish,
➖ o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.
___
Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):
- Bugun ertalab bizga maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi va o‘qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo‘ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o‘qituvchilar o‘z fanlarini ma’lumotlarga boy holda o‘tishmoqda.
Bizni bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_Angliyada
🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.
✔️Ishtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.
➖ Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#uch_avlod_uchrashuvi
#ijod_maktabi
⚡️ ADOLAT VA MA’NAVIYAT
🗺 O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida sud sohasining peshqadam vakillari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Uchrashuvda O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev, Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmonov, sud faxriylari, sudyalar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda sud faxriylari bosib o‘tgan hayot yo‘llari, boy tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab berdilar. Faoliyatlari davomida ro‘y bergan esda qolarli va ibratli voqealarni yodga oldilar. Tadbir bugungi kunda sud idoralarida faoliyat olib borayotgan yoshlar va ertangi istiqbolini ayni sohada ko‘rishni istayotgan o‘quvchilarning savollari, fikr-mulohazalari bilan yanada qizg‘in o‘tdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Xorazm24 | Oʻquvchi almashish dasturi amaliyotda
#25nov #XorazmMTRK
#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo
⚡️Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida ikki bosqichli olimpiadaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkaziladi.
🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ma’lumot berib boramiz.
🗺Hududlardan suratlar.
#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press&Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
🗣Ikki tomonlama muzokaralar davomida oʻtgan yillardagi hamkorlik natijalari va kelgusidagi rejalar haqida soʻz bordi. Jumladan, 2023-2024-oʻquv yili uchun Prezident maktablariga qabul jarayonlari, maktablarimiz uchun darsliklarni ishlab chiqish, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish va ularning Cambridge sertifikatiga ega boʻlishi singari masalalar muhokama qilindi.
➖ Muzokaralar soʻngida 2024-yil mart oyida Prezident maktablari oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-treningni oʻzkazishga kelishib olindi.
📝Maʼlumot uchun, Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari toʻliq mazkur tashkilot tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
#Angliya #Cambridge
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️SAMARQANDLIK O‘QUVCHIMIZ SHAXMAT BO‘YICHA QIZLAR O‘RTASIDA ILK JAHON CHEMPIONIGA AYLANDI!
🔴 Italiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Samarqand shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Afruza Hamdamova muddatidan avval g‘alaba qozondi.
❕Bu orqali Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.
➖ Mazkur tarixiy natija yoshlarimiz, xususan qizlarimizning o‘z sohalarida yangi marralarni zabt etayotganining yaqqol belgisidir.
✔️Barakalla, Afruza! Zafar hamisha yor bo‘lsin!
#seminar
⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasiga asoslangan baholash tizimi joriy etilmoqda
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan seminarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktori o‘rinbosari Iroda Soibova, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Xudoyqulov, boshqarma xodimlari, baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablari vakillari ishtirok etdi.
✅Tadbirda dastlab boshqarma boshlig‘i yangi baholash tizimining ahamiyati haqida fikr bildirdi. So‘ngra Agentlik mas’ullari tomonidan ushbu baholash tizimi haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, E-maktab.uz platformasi bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilaridan kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
🗣Ma’lumot uchun, Sirdaryoda 22 ta umumta’lim maktablarida Ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining baholash tizimi joriy etilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
✅ “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.
📆 Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
📝Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.
🗣Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.
❗️“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.
#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hamkorlik
🗺Namangan shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil qilindi
📝 Bu galgi uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:
➖ ota-onalar va sinf rahbarlari suhbati;
➖ oʻquvchilarning oʻtgan I chorak natijalari monitoringi;
➖oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash;
➖ oʻquvchilarning tarbiya va taʼlim jarayonlaridagi muammolar yuzasidan ota-onalarning murojaatlari boʻyicha tavsiyalarini oʻrganish.
✅Uchrashuv va suhbatlar OTA-ONA ➡️OʻQUVCHI ➡️ OʻQITUVCHI bogʻliqligida oʻtkazildi hamda yutuqlar va kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi.
❗️Oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasida bu kabi uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_Angliyada
🔴 Maktab direktorlarining Portsmutdagi kasbiy rivojlanish dasturlari davom etmoqda.
❗️Ushbu kasbiy rivojlanish dasturi doirasida ishtirokchilar quyidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda:
➖Horndean Technology College,
➖University Technical College,
➖Hayling College,
➖HSDC South Downs College,
➖Barton Peverill,
➖Fareham College,
➖Eastleigh College,
➖Oaklands Catholic School,
➖Park Community School.
⚡️ Mazkur dastur joriy yilning 2-dekabr kuniga qadar davom etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
#Prezident_maktabi
⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.
✅Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
🗺Jumladan, Navoiy shahridagi Prezident maktabida ham "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
🌲Loyiha doirasida maktab hovlisiga manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RaqamliAvlod
✅ Bugun "Raqamli Avlod IT FEST" doirasida "DG Contest" musobaqasi bo’lib o’tdi.
➖ Unda birinchi bosqichda eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritgan 15 nafar ishtirokchi o’zaro kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇 Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi Najmiddinov Ahliddin 1-o'rinni,
🥈TATU akademik litseyi o'quvchisi Rahmatillayev Shohruh 2-o'rinni,
🥉 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Habibov Mirzosharif 3-o’rinni egallashdi.
❗️Barcha g’oliblarni samimiy tabriklaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏆 "Raqamli Avlod IT FEST" boshlanmoqda!
📅 28-noyabr: DG Contest
📅 29-noyabr: Robototexnika bo'yicha Respublika musobaqalari
📅 30-noyabr: Hackathon
📅 2-dekabr: Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan
🏅 Haftalik davomida har kuni sizlarni qiziqarli bellashuvlar kutmoqda! O'z mahoratingizni namoyish etish va "Noutbook" hamda "Planshet" kabi qimmatbaho sovg'alarni qo’lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 💻📱
Ro’yhatdan o’tish uchun: online.raqamliavlod.uz
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Diyor yangiliklari | Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi
#27nov #SamarqandMTRK
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun “Dramaturgiya” darsi Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.
🗣Dars davomida o‘quvchilarga teatr sahnasi, sahna madaniyati, dekoratsiyalar, spektaklga qadar teatr jamoasida ishlovchi rejissyor, aktyor, rassom, orkestr, hattoki ovoz operatoridan tortib chiroq ustasigacha har bir xodimning mehnati haqida tushunchalar berdi.
📝O‘z navbatida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan har bir savoliga javoblar oldi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktor_stipendiyasi
MAKTAB DIREKTORI MAOSHIDAN A’LOCHI O‘QUVCHILARIGA STIPENDIYA BERADIGAN BO‘LDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida birinchi chorak yakuni bo‘yicha barcha fanlardan a’lo baholarga yakunlagan 6 nafar o‘quvchilarga "Direktor stipendiyasi" tashkil qilindi.
Maqsad esa ta’sis etilgan stipendiya orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university
⚡️“Talabalar ligasi” doirasida “QVZ” koʻrik tanlovi oʻtkazildi
✅"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalaridan iborat 4 ta jamoa oʻrtasida QVZ tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
📝Koʻrik tanlov yakuniga koʻra eng yuqori natijani qayd etgan jamoalar munosib taqdirlandi.
🏆1-oʻrin – “Digirman shou” jamoasi;
🥈2-oʻrin – “Maestro” jamoasi;
🥉3-oʻrin – “3-oʻrin” jamoasi.
#QVZ #final
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_Angliyada
✅ Maktab direktorlarining Portsmutdagi kasbiy rivojlanish dasturlari davom etmoqda.
➖ Loyiha doirasida ishtirokchilar bugun kunning birinchi qismida ishtirokchilar uchun moliyaviy savodxonlik va maktabning moliyaviy rejasini tuzishda maktab rahbariga lozim bo’lgan ko’nikmalarni rivojlantirish mavzusida treninglar bo’lib o’tdi.
⏳Kunning ikkinchi qismida esa maktabda kasbiy rivojlanish va ta’lim sifatini oshirish uchun mentorlik tizimini joriy qilish muhimligi haqida so’z bordi.
🗣Unda maktab barcha ta’lim jarayonida bemalol ishtirok eta oladigan va teng darajada iqtidorlarini namoyon eta oladigan makon bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university
⚡️Germaniyaning Rheinmetall AG kompaniyasi bilan hamkorlikda Mexatronika laboratoriyasi tashkil etiladi
🌐Germaniyaning Rheinmetall AG kompaniyasi bilan o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi.
⚙️ Kelishuvga ko‘ra, universitetda nemis kompaniyasining grant mablag‘lari evaziga zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan Mexatronika laboratoriyasi tashkil etiladi.
✅ Ushbu laboratoriyada talaba-yoshlar amaliy ko‘nikmalarni yanada oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
📝Ma'lumot uchun: Rheinmetall AG kompaniyasi 134 yillik tarixga ega bo‘lib, dunyoda 139 ta filial va 28 mingga yaqin xodimga ega.
#Rheinmetall #memorandum #mexanika
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#muloqot_muhokama_munozara
📚Umumta’lim maktablarining 5-sinf ona tili, adabiyot va o‘zbek tili fanlari o‘quv dasturi muhokama qilindi
🗺 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi Respublika ta’lim markazining “Filologiya fani bo‘yicha Ilmiy metodik kengash”ining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📝Unda sohaga doir yetakchi metodist olimlari va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etdi hamda umumta’lim maktablarining Milliy o‘quv dasturi asosida takomillashtirilgan 5-sinf ona tili, adabiyot va o‘zbek tili fanlariga doir o‘quv dasturlari muhokama etildi.
✅ Kengash yig‘ilishida ilmiy jamoatchilik vakillari tomonidan yangi o‘quv dasturida ona tili, adabiyot va o‘zbek tili fanlari ta’limi maqsad va vazifalari, mazmunini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_bolalar_forumi
🗺Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumi o‘tkazildi.
📆 Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu forumda 24 ta davlatdan kelgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar qatnashdi.
🇺🇿 Mazkur forumda O‘zbekiston yoshlari vakili sifatida Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gavharshodbegim Xomidova ishtirok etdi.
⚡️O‘quvchimiz iqlimni muhofaza qiluvchi ijtimoiy harakat a’zosi sifatida o‘zining taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
🗣Forum iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda o‘tayotgan turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan.
📝Ma’lumot uchun, mazkur Xalqaro forum Turkiya Oila va Ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_Angliyada
✅ Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.
⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.
🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.
❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.
✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.
➖ E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.
⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
#Hayʼat_majlisi
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosi hamda sohaga doir boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
❗️Qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishni ta’minlash uchun vazirlikning 2023-yil 15-sentabrdagi tegishli buyrug‘i asosida amaliy dasturlar rejasi tasdiqlangan.
➰Mazkur topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.
➖Tadbirda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doir qator muhim masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil etildi.
✔️Yig‘ilish so‘ngida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari mas’ullarining hisobotlari tinglandi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1354
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RaqamliAvlod
#DGContest
⚡️"Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining 1-bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.
🌐Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtib, 2-bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan "Top 15" ishtirokchilar roʻyxati bilan Raqamliavlod.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.
🗺Eslatib oʻtamiz, "DG Contest" musobaqasining final bosqichi 28-noyabr kuni 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube