piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayramga_munosib_tuhfa

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino qurilishiga 7 mlrd. 800 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Mazkur maktab 408 o‘quvchi o‘rniga ega.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil gapirdi.

Marosimda ramziy tasma qirqilib, yig‘ilganlar ta’lim-tarbiya muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy jihozlar hamda qurilmalar o‘quvchilarning kuchli bilim va tafakkurga ega farzandlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ijod maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🚀Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🚀Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🚀Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🚀Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🚀Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🚀Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🚀Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🚀Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🚀Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Boshqaruv_kengashi

🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident maktablari Boshqaruv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

📝 Unda Boshqaruv kengashining maqsad va vazifalari, Prezident maktablarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari, maktablarni xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyasidan oʻtkazish borasida olib borilayotgan ishlar, maktablarda ish yuritish hujjatlarini hamda zamonaviy xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish singari masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, yig’ilish doirasida Agentlik rahbari Konstututsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi va Bosh Qomusimizdagi ta’limga oid bandlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkaziladi.

📝Mazkur olimpiada 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

1️⃣ Hududiy bosqich: 4 turda boʻlib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Agentlik bosqichi: 3 turda tashkil qilinadi. Bunda har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadi.

Hududiy bosqich 2023-yilning 9-dekabr kuni barcha hududlarda boʻlib oʻtadi.

📆 Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida shu yilning 16-noyabridan transfer.piima.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

❗️Mazkur transfer.piima.uz platformasi orqali arizalarni qabul qilish 2023-yil 5-dekabr kuni soat 18:00da toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant eʼlon qiladi:

✔️ Biznes fani;
✔️ Kimyo;
✔️ Fizika laboranti;
✔️ Kompyuter taʼlimi.

📝Talablar:
Oliy toifali pedagog (5 yildan ortiq ish tajribasi);
C1 daraja (xalqaro sertifikat);
Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Iqtidorli oʻquvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa koʻplab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 29-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
🤖 http://t.me/BuxPmBot
🚀 @LayloHR

🎙Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
📞 +998916466451

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Xayrli kun | Oʻquvchi almashish dasturi amaliyotda
#FargʻonaMTRK

🗺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Prezident maktabi binosi qachon bitadi? – Sho‘rchi" mazmunida qoldirilgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 106-Farmon bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  maktablarni ta’mirlash, zamonaviy o‘quv qurollari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel va o‘quv-laboratoriyalar bilan jihozlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktabi deyilayotgan maktab aslida Agentlik tizimidagi Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi. Hozircha barcha hudud markazlarida jami 14 ta Prezident maktabi bor.

Mazkur holat bo‘yicha Sho‘rchi tuman hokimligining rasmiy munosabati:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Sho‘rchi tumanida ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2023-2024-o‘quv yilida ushbu ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi sababli o‘quv jarayonlari Sho‘rchi tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida amalga oshirilmoqda.

Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida ayni vaqtda qurilish ishlari olib borilmoqda. Maktab uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar xususan, fizika, kimyo, biologiya hamda robototexnika xonalari uchun jihozlar keltirilgan. Yaqin kunlarda o‘quvchilar yangi va zamonaviy binoda o‘qishni boshlashlari ko‘zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🗺Jizzax shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari tomonidan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyat 2-sonli zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internatida tadbir tashkil etildi.

🗣Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad bayram munosabati bilan zaif eshituvchi bolalarni kayfiyatini koʻtarish, xursandchilik ulashish va ikki maktab oʻquvchilarini doʻstlashtirishdan iborat.

⚡️Tadbir davomida oʻquvchilar birgalikda turli xil ijodiy ishlar bajarishdi, oʻyinlar oʻynashdi va raqsga tushishdi.

🌲 Tadbir soʻngida esdalik sifatda birgalikda doʻstlik daraxti oʻtqazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

⚡️Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

🏆“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

📝Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

🗺Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi bo'lib o'tmoqda

Konferensiyada Microsoft kompaniyasida ko’p yillar davomida faoliyat yuritgan va hozirgi kunda ham ishlab kelayotgan xorijlik va mahalliy IT mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar ham o'tkazilmoqda.

📝 Jumladan:
Microsoft kompaniyasi hamjamiyat yaratuvchisi Martin Tatar – Microsoft hamjamiyati lider dasturlari mavzusida;
Besh yil davomida Microsoftda Muhandislik menejeri sifatida ishlagan Hassan Habib – Tizim dizayni va arxitekturasida zamonaviy naqshlar mavzusi;
Microsoftda Dasturlash muhandisi Vlad Ten – “Toshkentdan Microsoftgacha bo’lgan davrga sayohat” mavzusidagi ma’ruzalar qilishmoqda.

Yig‘ilganlar IT sohasiga doir yangi bilimlar olish, o‘zaro netvorkingni kuchaytirish va Microsoft kompaniyalaridagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#1_dekabr
#34_yil

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida 1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Bebaho xazinam – Ona tilimsan" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiridan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu sana keng nishonlanib kelinadi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda hududdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarimizda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

"Bebaho xazinam – Ona tilimsan" shiori ostida o‘tayotgan tadbirlarda yozuvchi va shoirlar, tilshunos olim va jamoat arboblari, xorijlik o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz tomonidan Qoraqalpoq tilida yangragan qo‘shiqlar, milliy kuy va raqslar, shuningdek, badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘lmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | O‘zbekiston — Buyuk Britaniya: ta’lim sohasidagi hamkorlik
#uzbekiston24

Daqiqa | Buyuk Britaniya
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🗺Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin olgan oʻquvchilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

📝Ularni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi masʼullari, ota-onalari va yaqinlari kutib olishdi.

Maʼlumot uchun, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga start berildi.

📆 Bugun ushbu jarayonlar Toshkent shahridagi maktab oʻqituvchilari uchun boʻlib oʻtadi.

Test sinovlarining 1-smenasi soat 11:00 da boshlandi.

2-smena jarayonlari soat 14:00 da oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Ma’lumot uchun: mazkur yangi tizimning barcha sinov materiallari xorijiy mamlakatlar, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur kabi davlatlar tajribasini oʻrgangan holda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ishlab chiqildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Axborot texnologiyalari sohasida xalqaro konferensiya
#uzbekiston24

Davr | “Raqamli avlod IT FEST” musobaqasi o‘tkazildi
#yoshlarTV

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi

🗺Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Jonibek Baxtiyorov AQSh universitetlaridan talabalikka qabul hujjati va grantlarini qoʻlga kiritdi:
Wingate University – $112000
University of Arizona – $ 52000

Maʼlumot uchun, Jonibek bir necha bor shaxmat boʻyicha respublika musobaqalari gʻolibi va IELTS imtihonidan 7.0 balli sertifikat sohibi boʻlgan.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

Xalqaro maktablar kengashi – xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

❗️Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

✔️Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Direktorlar_Angliyada

🗺Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etgan maktab direktorlariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir avvalida har bir ishtirokchi o‘z ta’lim muassasasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishini taqdimot qildi.

🗣Shundan so‘ng, har bir qatnashchi tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

⚡️Shu bilan Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga tashkil etilgan kasbiy rivojlanish dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📆 Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Xo‘jaobod shahridagi 17-maxsus maktab o‘quvchilarining bayram tadbirlarida faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish etildi hamda ijod maktabi tomonidan tayyorlangan maxsus bayram sovg‘alari topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT

⚡️Bugun, Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida navbatdagi xalqaro SAT imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

🗺Ayni damda Toshkent, Jizzax, Andijon, Termiz, Farg'ona, Buxoro va Guliston shaharlaridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

✅ Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga bordik.

Suhbat avvalida, Davlatimiz rahbarining har bir bolaga, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolajonlarga bo’lgan alohida e’tiborini va mehrini yetkazdik.

Uchrashuv davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari bizda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

❕Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O’quvchilarimiz “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” tadbirida ishtirok etishmoqda

✅ Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdujalilov Saidaziz hamda 9 sinf o‘quvchisi Gʻulomov Paxlavon “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” da qatnashishmoqda.

Ular tanlovda o‘zlarining yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha ishlab chiqqan loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, “Zayed barqarorlik mukofoti” Birlashgan Arab Amirliklarining kashshof global mukofoti hisoblanadi.

❗️ Ushbu loyiha doirasida kelib tushgan 5 mingdan ortiq arizalar ichidan final bosqichiga chiqqan 33 ta ariza orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan 3 ta loyihadan biri bo‘ldi.

👉 Taqdirlash marosimini jonli efirda kuzating: https://www.youtube.com/watch?v=aDUhnXLayx8

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Hamkorlik

⚡️Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) bilan shug‘ullanish o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini oshirish, innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash va o‘z sinflariga zamonaviy texnologiyalarni kiritish imkonini beradi.

🗺Nurafshon Prezident maktabida Chirchiq pedagogika universiteti va Turon xalqaro maktabi bilan hamkorlikda Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) trening sessiyalari o‘tkazilmoqda.

🔥Mazkur seminarlar o‘quvchilarni o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish orqali o‘zaro tajriba almashish va ta’lim tajribasini oshirish maqsadida har haftaning juma kuni o‘tkaziladi.

Birinchi mashg‘ulot matematika o‘qituvchisi Foman De La Kruz tomonidan "Metacognition" mavzusi bo‘yicha o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Zilzila va uning oqibatlari” hamda “Aholini zilzilada to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish” mavzularida o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlaridan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel